20.11.1989 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida e’lon qilingan prinsiplarga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganini hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, mazkur hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq va erkinliklarga ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oila va tabiiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sishi va farovonligi uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924-yilgi Bola huquqlari to‘g‘risidagi Jeneva deklaratsiyasida va 1959-yil 20-noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda (23 va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda (10-modda), shuningdek ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus muhofaza va g‘amxo‘rlikka, jumladan, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin tegishli huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Voyaga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) hamda Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar ushbu bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonunga ko‘ra u ertaroq voyaga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar o‘z yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘ligi va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud har qanday boshqa holatlardan qat’i nazar, ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni hurmat qiladilar hamda ularni ta’minlab beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolani himoya qilishni ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani, uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha unga javobgar bo‘lgan boshqa shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini e’tiborga olgan holda, farovonligi uchun zarur bo‘lgan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash majburiyatini oladi hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy choralarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar bolalarga g‘amxo‘rlik qilish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan muassasalar, xizmatlar va organlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan normalarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida hamda ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan javob berishlarini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘radi. Ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan o‘zlarida mavjud imkoniyatlarning eng yuqori doirasida hamda zarur bo‘lgan hollarda, xalqaro hamkorlik doirasida ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar bo‘lgan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun eng yuqori darajada imkoniyat yaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bola tug‘ilgan zahoti ro‘yxatga olinadi hamda tug‘ilgan daqiqasidan boshlab ism va fuqarolikni olish huquqiga ega, shuningdek iloji boricha, ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rlik qilishlari huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarni o‘zlarining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishini hamda bu sohadagi tegishli xalqaro hujjatlarga asosan o‘zlarining majburiyatlari, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega bo‘lmagan taqdirda bajarilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar qonunda nazarda tutilganidek, bolaning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish, qonunga xilof ravishda aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bola o‘ziga xoslik elementlarining bir qismi yoki barchasidan noqonuniy tarzda mahrum etilgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlatlar uning bu xususiyatlari tezroq tiklanishi uchun zarur yordam va himoyani ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bola o‘z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydilar, vakolatli organlar sud qaroriga ko‘ra, qo‘llanilgan qonun va tartib-taomillarga muvofiq bunday ayrilish bolaning eng yaxshi manfaatlari yo‘lida zarurligini aniqlagan holatlar bundan mustasno. Bunday ajrim, masalan, ota-onalar bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan yoki u to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmagan yoxud ota-onalar alohida yashayotgan va bolaning yashash joyiga nisbatan qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan u yoki bu aniq holatda zarur bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq holda ishni har qanday sharoitda ko‘rib chiqish jarayonida barcha manfaatdor tomonlarga muhokamada qatnashish va o‘z nuqtai nazarini bayon qilish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar ota-onasining bittasi yoki har ikkalasidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam shaxsiy munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘lab turish huquqini hurmat qiladilar, bunday munosabatlar bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid keladigan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishtirokchi-davlat tomonidan qabul qilingan biror-bir qaror, masalan, hibsga olish, qamash, surgun qilish, deportatsiya yoki ota-onadan bittasi yoxud ikkalasining ham yoki bolaning o‘limi (ana shu shaxs davlat ixtiyorida bo‘lgan paytda har qanday sababga ko‘ra ro‘y bergan o‘lim ham shunga kiradi) tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlat ota-onaga, bolaga yoki, agar zarurat tug‘ilsa, oilaning boshqa a’zosiga ularning iltimosiga binoan oilaning yo‘qolgan a’zosi (a’zolari yashab turgan joy) haqida, agar bu bolaning farovonligiga ziyon keltirmaydigan bo‘lsa, zarur axborotni yetkazib beradi. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimosni qondirish o‘z-o‘zidan tegishli shaxs (shaxslar) uchun noxush oqibatlarga olib kelmasligini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 9-moddaning 1-bandi bo‘yicha ishtirokchi-davlatlarning majburiyatiga muvofiq bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida ishtirokchi-davlatga kirish yoxud undan chiqish uchun bergan ariza ishtirokchi-davlatlar tomonidan ijobiy, insonparvarlik va tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi kerak. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimoslar arizachilar va ularning oila a’zolari uchun noxush oqibatlar keltirib chiqarmasligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari, ota-onaning har ikkalasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘lab turish huquqiga ega. Ana shu maqsadda 9-moddaning 2-bandi bo‘yicha ishtirokchi-davlatlarning majburiyatlariga muvofiq ishtirokchi-davlatlar bolaning va ota-onasining har qanday mamlakatni tark etish, jumladan, o‘z mamlakatini tashlab ketish va unga qaytib kelish huquqini hurmat qiladi. Har qanday mamlakatni tark etish huquqiga nisbatan qonunda belgilab qo‘yilgan va davlat xavfsizligini, jamoat tartibini (ordre public), aholining sog‘lig‘i va ma’naviyati hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini saqlash uchun zarur hisoblangan, ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan boshqa huquqlarga mos tushadigan cheklashlargina amalda bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolalarning g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish uchun chora-tadbirlar ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu maqsadda ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama bitimlar tuzilishiga yoxud amaldagi bitimlarga qo‘shilishga ko‘maklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar o‘z qarashlarini shakllantirishga qodir bolaga shu qarashlarni bolaga taalluqli barcha masalalar bo‘yicha erkin ifoda etish huquqini ta’minlaydilar, zero bolaning yoshi va yetukligiga muvofiq, uning qarashlariga munosib darajada e’tibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu maqsadda bolaga, xususan, bolaga ta’sir ko‘rsatadigan har qanday sud yoki ma’muriy muhokamada bevosita yoxud vakil yoki tegishli organ orqali milliy qonunchilikning protsessual normalarida nazarda tutilgan tartibda eshitilish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bola o‘z fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborot va g‘oyalarni chegarasidan qat’i nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday huquqning amalga oshirilishi ba’zi cheklashlarga duch kelishi mumkin, biroq bunday cheklashlar faqat qonunda nazarda tutilgan va zarur bo‘lgan cheklashlar bo‘lishi mumkin, bular quyidagilar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro‘sini hurmat qilish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini (ordre public) yoxud aholining sog‘lig‘i yoki ma’naviyatini muhofaza qilish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning hamda tegishli holatlarda qonuniy vasiylarning bolaga uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqi va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘z dini yoki e’tiqodiga amal qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholining ma’naviyati va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlarga duch kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning uyushmalar va tinch yig‘ilishlar erkinligiga bo‘lgan huquqini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu huquqning amalga oshirilishiga nisbatan qonunga muvofiq qo‘llaniladigan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi (ordre public) manfaatlari yo‘lida, aholining sog‘lig‘i yoki ma’naviyatini saqlash, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlardan tashqari, biror-bir cheklashlar qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hech bir bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi yoki yozishmalar maxfiyligiga bo‘lgan huquqining amalga oshirilishiga o‘zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro‘siga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bola ana shunday aralashishlar yoki tajovuz qilishlardan qonun bilan himoya qilinish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar ommaviy axborot vositalarining muhim rolini e’tirof etadilar hamda bolaning turli milliy va xalqaro manbalardan olingan axborotlar hamda materiallari, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonlikka, shuningdek bolaning sog‘lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan axborotlar va materiallardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi hamda 29-modda ruhidagi bola uchun foydali axborot va materiallarni tarqatishini rag‘batlantiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) turli xil madaniy, milliy va xalqaro manbalardan bunday axborot va materiallarni tayyorlash, ayirboshlash hamda tarqatish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rag‘batlantiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) bolalar adabiyotini nashr etish va tarqatishni rag‘batlantiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ommaviy axborot vositalarining qandaydir ozchilikni tashkil qiluvchi guruh yoki tub aholiga mansub bolaning til ehtiyojlariga alohida e’tibor berishni rag‘batlantiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 13 va 18-moddalarni hisobga olgan holda bolaning farovonligiga zarar yetkazadigan axborot va materiallardan uni himoya qilishning tegishli prinsiplarini ishlab chiqishni rag‘batlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bola tarbiyasi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy va bir xil javobgarligi tamoyilining e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan barcha mumkin bo‘lgan sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar. Ota-ona yoki tegishli holatlarda qonuniy vasiylar bolaning tarbiyasi va rivojlanishi uchun asosiy javobgar bo‘ladilar. Bolaning eng yaxshi manfaatlari ularning asosiy g‘amxo‘rligi predmeti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini kafolatlash va unga ko‘maklashish maqsadida ota-ona va qonuniy vasiylarga bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam ko‘rsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmog‘ining rivojlanishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo‘ljallangan xizmatlar hamda bolalar parvarish qilinadigan muassasalardan ularning foydalanish huquqiga ega bo‘lishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolani ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik, haqoratlash yoki suiiste’mollik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki e’tiborsizlik, qo‘pol muomala yoki ekspluatatsiya qilish, jumladan, jinsiy zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish maqsadida hamma zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy chora-tadbirlarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday himoya choralari, kerak bo‘lganda, bola va unga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga zarur qo‘llab-quvvatlashni taqdim etish maqsadida ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish uchun, shuningdek bola bilan yuqorida ko‘rsatilganidek shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish hollari munosabati bilan ogohlantirish va aniqlash, xabar berish, ko‘rib chiqish, tergov qilish, davolashga yuborish va shundan keyingi choralarning boshqa shakllarini amalga oshirish, jumladan, zarur bo‘lganda, sud ishini boshlash uchun samarali tartib-taomillarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zining oila g‘amxo‘rligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo‘lgan yoki o‘zining eng yaxshi manfaatlari yo‘lida bunday g‘amxo‘rlikda qola olmaydigan bola davlat tomonidan ko‘rsatiladigan alohida himoya va yordamni olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar o‘z milliy qonunlariga muvofiq bolani parvarish qilishning almashtirilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bolani bunday parvarishlash, jumladan, islom shariati bo‘yicha “kafolat”ga tarbiyaga berishni, asrab olishni yoki zarurat bo‘lganda, bolalar boqiladigan tegishli muassasalarga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Parvarishni almashtirish turlari ko‘rib chiqilayotganda bola tarbiyasidagi vorislikning maqsadga muvofiqligi hamda uning etnik kelib chiqishi, diniy va madaniy mansubligi, ona tili yetarli darajada hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola asrab olish tizimining mavjudligini e’tirof etgan yoki hal qiladigan ishtirokchi-davlatlar bolaning eng yaxshi manfaatlari birinchi navbatda hisobga olinishini ta’minlaydilar, ular:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bolani asrab olish faqat qo‘llaniladigan qonun va tartib-taomillarga muvofiq hamda barcha ishga taalluqli va ishonchli axborot asosida bolaning ota-ona, qarindoshlar va qonuniy vasiylariga nisbatan maqomiga qarab, agar talab etilsa, manfaatdor shaxslar zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan maslahat asosida asrab olish uchun o‘zlarining ongli roziliklarini berishlarini aniqlaydigan vakolatli hokimliklar tomonidan hal etilishini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa mamlakatda bolani asrab olish, agar bolani tarbiyaga topshirish yoki uning tarbiyasini ta’minlay oladigan yoxud asrab oladigan oilaga joylashtirish mumkin bo‘lmasa, agar bolani kelib chiqishi mamlakatida biron bir munosib parvarish bilan ta’minlashning iloji bo‘lmasa, bolani parvarish qilishning muqobil usuli sifatida qaralishi mumkinligini e’tirof etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) bola boshqa mamlakatda asrab olingan taqdirda xuddi mamlakat ichkarisida bolani asrab olishga nisbatan qo‘llaniladigan kafolat va normalar bir xil qo‘llanilishini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bola boshqa mamlakatda asrab olingan taqdirda bolaning joylashtirilishi shu ish bilan bog‘liq shaxslarga o‘zini oqlamagan moliyaviy foyda keltirmasligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) zarur holatlarda ushbu moddaning maqsadlariga ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartlashuvlar yoki bitimlar tuzish yo‘li bilan erishishga ko‘maklashadilar hamda shu asosda bolaning boshqa mamlakatda joylashuvi vakolatli hokimiyatlar yoki organlar tomonidan amalga oshirilishini ta’minlashga intiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar qochoq maqomini olishni istagan yoki qochoq hisoblangan bolani qo‘llaniladigan xalqaro yoki ichki huquq va tartib-taomillarga muvofiq ham unga hamroh bo‘layotgan va bo‘lmayotgan ota-onasi yoki har qanday boshqa shaxsga ushbu Konvensiyada va inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro hujjatlarda yoki ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar ishtirokchilari hisoblangan insonparvarlik hujjatlarida bayon qilingan qo‘llaniladigan huquqlardan foydalanishda tegishli himoya va insonparvarlik yordam bilan ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu maqsadda ishtirokchi-davlatlar, o‘zlari zarur deb topgan holatlarda, bunday bolani himoya qilish, unga yordam ko‘rsatish hamda har qanday qochoq bolaning ota-onasi yoki oilasining boshqa a’zolarini izlashda, uning o‘z oilasiga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa vakolatli hukumatlararo tashkilotlar yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilayotgan nodavlat tashkilotlarining har qanday sa’y-harakatlariga ko‘maklashadilar. Ota-onasi yoki oilasining boshqa a’zolarini topib bo‘lmagan holatlarda bu bolaga, ushbu Konvensiyada nazarda tutilganidek biror-bir sababga ko‘ra o‘zining oilaviy qurshovidan doimiy yoki vaqtincha mahrum bo‘lgan har qanday boshqa bolaga ko‘rsatiladigani kabi himoya taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar aqliy yoki jismoniy jihatdan noraso bola o‘zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o‘ziga ishonch tug‘diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to‘laqonli hamda munosib tarzda yashashi lozimligini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar noraso bolaning unga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi huquqiga ega ekanligini e’tirof etadilar hamda imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yordam so‘rab iltimos qilingan bo‘lsa va bolaning ahvoliga, uning ota-onasi va bola to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilayotgan boshqa shaxslarning mavqeyiga mos keladigan yordamni, uni olish huquqiga ega bo‘lgan bolaga va unga g‘amxo‘rlik qilish uchun javobgar bo‘lganlarga bunday yordamning taqdim etilishini rag‘batlantiradilar va ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Noraso bolaning alohida ehtiyojlari e’tirof etilib, yordam ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq bolaning ota-onasi yoki unga g‘amxo‘rlikni amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, imkon qadar bepul beriladi hamda bunday yordam noraso bola ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, tibbiy xizmat, sog‘liqni tiklash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish sohasidagi xizmatlardan va dam olish vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlashni maqsad qilgan, bu esa, bolani, iloji boricha to‘liq ijtimoiy hayotga jalb etish va uning shaxsiyatining rivojlanishi, jumladan, bolaning madaniy va ma’naviy rivojlanishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishtirokchi-davlatlar xalqaro hamkorlik ruhida noraso bolalarning sog‘lig‘ini saqlash profilaktikasi, tibbiy, ruhiy va funksional davolanishi sohasidagi tegishli axborotning ayirboshlanishiga, xususan, reabilitatsiya usullari, umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik to‘g‘risidagi axborotni tarqatishga, shuningdek ishtirokchi-davlatlar o‘zlarining bu sohadagi imkoniyatlari va bilimlarini yaxshilash hamda tajribalarini kengaytirish imkonini berish uchun ushbu axborotlardan foydalanishga ko‘maklashadilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning sog‘liqni saqlash tizimining takomillashgan xizmatlaridan, kasalliklarni davolash va salomatlikni tiklash vositalaridan foydalanish huquqini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar hech bir bola sog‘liqni saqlash tizimining bunday xizmatlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinmasligini ta’minlashga intiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu huquqning to‘liq amalga oshishiga erishadilar, xususan, quyidagilar uchun zarur choralarni ko‘radilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) chaqaloqlar va bolalar o‘limi darajasini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor berilishi bilan hamma bolalarga zarur tibbiy yordam berish va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) boshqa usullar qatorida qulay texnologiyani qo‘llash hamda atrof-muhitning ifloslanish xavfi va xatarni e’tiborga olgan holda yetarli miqdorda to‘yimli oziq-ovqat va toza ichimlik suvi yetkazib berish yo‘li bilan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami doirasida kasalliklar va to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) onalarga tug‘ishdan oldin va tug‘ruqdan keyingi davrda sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tegishli xizmatlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jamiyatning barcha tabaqalarini, xususan, ota-onalar va bolalarni, bolalarning sog‘lig‘i va ovqatlanishi, ko‘krak suti bilan boqishning afzalliklari, gigiyena, bola yashayotgan muhit sanitariyasi va baxtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek ularning ta’lim olish imkoniyati va bunday bilimlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida xabardorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) profilaktik tibbiy yordam va oila hajmini rejalashtirish sohasidagi ma’rifiy ishlar va xizmatlarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan an’anaviy amaliyotga barham berish maqsadida har qanday samarali va zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddada e’tirof etilgan huquqlarning to‘la amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish va uni rivojlantirish majburiyatini oladilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e’tibor berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar vakolatli organlar tomonidan homiylikka olingan bolaning, uni parvarish qilish, himoya qilish yoki jismoniy yoxud ruhiy davolash, bolaga taqdim etiladigan davolashni vaqtincha baholash huquqini hamda bola to‘g‘risida bunday g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq barcha boshqa shart-sharoitlarni e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning ijtimoiy ta’minot imtiyozlaridan, jumladan, ijtimoiy sug‘urtadan foydalanish huquqini e’tirof etadilar hamda bu huquq o‘zlarining milliy qonunchiligiga muvofiq to‘liq amalga oshishiga erishish uchun zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bu imtiyozlar zaruratga qarab bolaning hamda bolani boqish mas’uliyatini zimmasiga olgan shaxslarning mavjud resurslari va imkoniyatlarini, shuningdek bola tomonidan yoki uning nomidan imtiyozlarni olish bilan bog‘liq har qanday mulohazalarni hisobga olgan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur turmush darajasiga ega bo‘lish huquqini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar o‘z qobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan turmush sharoitini ta’minlashga asosiy javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar milliy shart-sharoitlarga muvofiq va o‘z imkoniyatlari doirasida bu huquqning amalga oshishida ota-ona va bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslarga yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur choralarni ko‘radilar hamda zarur bo‘lgan hollarda moddiy yordam beradilar va, ayniqsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy bilan ta’minlash borasidagi dasturni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishtirokchi-davlatlar ota-ona yoki bola uchun moliyaviy javobgar bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan bolani boqishni ishtirokchi-davlat ichidagi kabi xorijda ham tiklanishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar. Xususan, agar bola uchun moliyaviy javobgar bo‘lgan shaxs va bola turli davlatlarda yashayotgan bo‘lsalar, ishtirokchi-davlatlar xalqaro bitimlarga qo‘shilishga yoki bunday bitimlarni tuzishga, shuningdek boshqa tegishli kelishuvlarga erishishga ko‘maklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning ilm olish huquqini e’tirof etadilar hamda bu huquqning teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida ular, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bepul va majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ham umumiy, ham kasb-hunar bo‘yicha o‘rta ta’limning turli shakllari rivojlanishini rag‘batlantiradilar, bunday ta’lim hamma bolalar uchun ochiqligini ta’minlaydilar hamda bepul ta’limni joriy etish va zarur bo‘lgan hollarda, moliyaviy yordam ko‘rsatish singari zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) barcha zarur vositalar yordamida har bir bolaning qobiliyati asosida oliy ma’lumot olish imkoniyatini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) barcha bolalar uchun ta’lim va kasbiy tayyorgarlik sohasida axborot hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) maktabga muntazam borishga ko‘maklashish hamda maktabni tashlab ketadigan o‘quvchilar sonining kamayishi bo‘yicha choralar ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar maktab intizomi bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat qilishni aks ettiruvchi usullar yordamida va ushbu Konvensiyaga muvofiq qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar ta’limga taalluqli masalalar bo‘yicha, xususan, butun dunyoda johillik va savodsizlikka barham berishga yordam beradigan hamda ilmiy-texnikaviy bilimlar va o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanishni yengillashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rag‘batlantiradilar va rivojlantiradilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e’tibor berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaga beriladigan ta’lim quyidagilarga yo‘naltirilishi kerakligiga rozilik bildiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to‘la hajmda rivojlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan prinsiplarga hurmatni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) bolaning ota-onaga, uning madaniy o‘ziga xosligi, til va qadriyatlarga, bola yashayotgan mamlakatning, uning kelib chiqishi mamlakatining milliy qadriyatlariga, uning o‘zinikidan farq qiladigan sivilizatsiyalarga hurmatni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bolani erkin jamiyatda tushunish, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar va xotin-qizlarning tengligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o‘rtasida do‘stlik ruhida ongli hayotga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) atrofdagi tabiatga hurmatni tarbiyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning o‘quv muassasalarini tashkil etish va ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan prinsiplarga doimiy rioya qilishi sharti bilan rahbarlik qilishi hamda bunday o‘quv muassasalarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan o‘rnatilgan minimal me’yorlarga javob berishi to‘g‘risidagi talabini bajarish, ularning erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etnik, diniy yoki til jihatdan ozchilikni tashkil qiluvchi yoxud tub aholiga mansub shaxslar yashaydigan davlatlarda ana shunday ozchilik yoki tub aholiga mansub bolaning mazkur guruhning boshqa a’zolari bilan birgalikda o‘z madaniyatidan foydalanish, o‘z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish, shuningdek ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning dam olish va bo‘sh vaqtini o‘tkazish huquqini, o‘zining yoshiga mos keladigan o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san’at bilan shug‘ullanish huquqini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning madaniy va ijodiy hayotda har tomonlama qatnashish huquqini hurmat qiladilar, rag‘batlantiradilar hamda madaniy va ijodiy faoliyat, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun tegishli teng imkoniyatlar yaratib berilishiga ko‘maklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda uning sog‘lig‘i uchun xavf-xatar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan yoxud sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar keltiradigan har qanday ishlardan himoya qilinish huquqini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning amalga oshirilishini ta’minlash uchun qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy, shuningdek ta’lim sohasidagi chora-tadbirlarni ko‘radilar. Ushbu maqsadlarda, boshqa xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalariga amal qilgan holda, ishtirokchi-davlatlar, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh yoki eng kichik yoshlarni belgilaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish kunining davomiyligi va mehnat sharoiti to‘g‘risidagi zarur talablarni aniqlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ushbu moddaning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun jazoning tegishli turlari yoki boshqa sanksiyalarni nazarda tutadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar bolalarni tegishli xalqaro shartnomalarda belgilanganidek, giyohvandlik va psixotrop moddalarini noqonuniy iste’mol qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni, jumladan, qonunchilik, ma’muriy va ijtimoiy, shuningdek ta’lim sohasidagi choralarni hamda bunday moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda ishlab chiqarishda va ularni sotishda bolalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar bolani jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy buzishning barcha shakllaridan himoya qilish majburiyatini oladilar. Shu maqsadlarda ishtirokchi-davlatlar, xususan, milliy, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajalarda quyidagilarning oldini olish uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bolani har qanday g‘ayriqonuniy jinsiy faoliyatga tortish va majburlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fohishalik yoki g‘ayriqonuniy boshqa jinsiy amaliyotda bolalarni ekspluatatsiya qilish maqsadlarida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) pornografiya va pornografiya materiallarini tayyorlashda bolalarni ekspluatatsiya qilish maqsadlarida foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar bolalarni o‘g‘irlash, bolalar savdosi yoki ularni har qanday maqsadlarda va har qanday shakllarda kontrabanda qilishning oldini olish uchun milliy, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajalarda barcha zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar bolani uning farovonligining har qanday jihatiga zarar yetkazadigan ekspluatatsiyaning barcha boshqa shakllaridan himoya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar quyidagilarni ta’minlaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birorta ham bola qiynoqlarga yoxud muomala yoki jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga duchor etilmasligini. Na o‘lim jazosi, na ozod qilish imkoniyatini nazarda tutmaydigan umrbod qamoq jazosi 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) birorta ham bola noqonuniy yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum etilmasligini. Bolani hibsga olish, ushlab turish yoki qamoqqa olish qonunga asosan amalga oshiriladi hamda faqat oxirgi chora sifatida va iloji boricha tegishli qisqa vaqt mobaynida qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola uning yoshidagi shaxslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda insonparvar munosabatdan foydalanish va uning shaxsiyatining daxlsiz bo‘lgan qadr-qimmatining hurmat qilinishini. Xususan, ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola, agar bolaning eng yaxshi manfaatlari uchun shunday qilmaslik kerak, deb hisoblanmasa, kattalardan ajratilishi kerak hamda alohida holatlarni istisno qilgan holda, o‘z oilasi bilan yozishmalar va uchrashuvlar orqali aloqada bo‘lish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola huquqiy va boshqa tegishli yordamdan zudlik bilan foydalanish huquqiga, shuningdek sud yoki boshqa vakolatli, mustaqil va xolis organ oldida o‘zining ozodlikdan mahrum etilishining qonuniyligiga e’tiroz bildirish huquqi hamda ular tomonidan har qanday shu kabi protsessual harakatga nisbatan zudlik bilan qaror qabul qilinishi huquqiga ega bo‘lgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar xalqaro gumanitar huquqning qurolli mojarolar yuzaga kelgan holatda ularga nisbatan qo‘llaniladigan va bolalarga taalluqli normalarini hurmat qilishni hamda ularga rioya etilishini ta’minlash majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga to‘lmagan shaxslarning harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasliklarini ta’minlash uchun imkoni bo‘lgan barcha choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga to‘lmagan har qanday shaxsni o‘z qurolli kuchlari safida xizmatga chaqirishga yo‘l qo‘ymaydilar. Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga yetgan, biroq hali 18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasidan yollayotganida yoshi kattaroq shaxslarni ma’qul ko‘rishga intiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishtirokchi-davlatlar qurolli mojarolar paytida tinch aholini himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq qurolli mojarolar daxl qilgan bolalarni himoya qilish va parvarishlashni ta’minlash maqsadida barcha imkoni bo‘lgan choralarni ko‘rishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar har qanday beparvolik, ekspluatatsiya yoki suiiste’molliklar, qiynoqlar yoki muomala, jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlari yoxud qurolli mojarolar qurboni bo‘lgan bolaning jismoniy va ruhiy tiklanishi hamda ijtimoiy reyintegratsiyasiga ko‘maklashish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Bunday tiklanish va reyintegratsiya bolaning sog‘lig‘i, o‘zini o‘zi hurmat qilish va qadr-qimmatini ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar jinoyat qonunchiligini buzgan deb topilgan, uni buzganlikda ayblanayotgan yoki aybdor deb topilgan har bir bolaning, uning qadr-qimmati va ahamiyati tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradigan, unda inson huquqlariga va boshqalarning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlaydigan hamda bunda bolaning yoshi va uning reyintegratsiyasi, jamiyatda foydali o‘rin tutishiga ko‘maklashish maqsadga muvofiqligini hisobga oladigan bunday muomalaga bo‘lgan huquqini e’tirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu maqsadlarda va xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalarini e’tiborga olib, ishtirokchi-davlatlar, xususan, quyidagilarni ta’minlaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hech bir bola harakat sodir etilgan vaqtda milliy yoki xalqaro huquqda taqiqlanmagan harakat yoki harakatsizlik sababli jinoyat qonunchiligini buzgan deb topilmasligi, ayblanmasligi va aybdor deb topilmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoyat qonunchiligini buzgan deb hisoblanayotgan yoki uni buzishda ayblanayotgan har bir bola kamida quyidagi kafolatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) uning aybi qonunga muvofiq isbotlanmaguncha aybsizlik preziumpsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) unga qarshi ayblovlar haqida va zarur hollarda, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari orqali kechiktirmasdan va bevosita xabardor qilish hamda o‘zining himoyasini tayyorlash va amalga oshirishda huquqiy hamda boshqa zarur yordam olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iii) ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud organi tomonidan advokat yoki boshqa tegishli shaxs ishtirokida qonunga muvofiq adolatli sudda ko‘rishda, agar bu bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid deb hisoblanmasa, xususan, uning yoshi yoxud ota-onasi yoki qonuniy vasiylarining mavqeyini hisobga olgan holda kechiktirmasdan qaror qabul qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iv) guvohlik ko‘rsatmasini berish yoki aybni tan olishga majburlashdan ozod bo‘lish; ayblash bo‘yicha guvohlarning ko‘rsatmalarini yoxud mustaqil ravishda yoxud boshqa shaxslar yordamida o‘rganib chiqish hamda himoya guvohlarining teng huquqli ishtiroki va ularning ko‘rsatmalarini o‘rganib chiqishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar bola jinoyat qonunchiligini buzgan deb hisoblansa, qonunga muvofiq yuqori turuvchi vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud tomonidan tegishli qarorni va u bilan bog‘liq holda qabul qilingan har qanday choralarni takroran ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vi) agar bola foydalanilayotgan tilni tushunmasa yoki bu tilda gapira olmasa, tarjimonning bepul yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vii) muhokama qilishning barcha bosqichlarida uning shaxsiy hayotini to‘liq hurmat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchi-davlatlar jinoyat qonunchiligini buzgan deb hisoblanayotgan, uni buzganlikda ayblanayotgan yoki aybdor deb topilgan bolalarga bevosita taalluqli bo‘lgan qonunlar, tartib-taomillar, organlar va muassasalarni belgilashda ko‘maklashishga intiladilar, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bolalar jinoyat qonunchiligini buzishga qodir emas deb hisoblanadigan eng kichik yoshni belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zarur va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bunday bolalar bilan inson huquqlari va huquqiy kafolatlarga to‘la rioya qilgan holda sud muhokamasidan foydalanmasdan muomala qilish bo‘yicha choralarni ko‘rishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bolaning farovonligi, shuningdek uning holati va jinoyatning xususiyatiga muvofiq keladigan muassasalardagi parvarishning o‘rnini bosadigan muomala qilishni ta’minlash maqsadida parvarish, vasiylik va nazorat haqidagi qoida, maslahat xizmatlari, sinov muddatini tayinlash, ta’lim, o‘quv va kasbiy tayyorgarlik dasturlari va parvarishning boshqa shakllari kabi turli xil tadbirlarning mavjudligi zarurdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyada hech narsa bola huquqlarini amalga oshirishga ko‘proq darajada yordam beradigan har qanday vaziyatga daxl qilmaydi hamda quyidagilarda o‘z ifodasini topishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishtirokchi-davlat qonunida; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur davlatga nisbatan amalda bo‘lgan xalqaro huquq normalarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi-davlatlar tegishli va ta’sirli vositalardan foydalangan holda Konvensiyaning prinsiplari va qoidalari to‘g‘risida ham katta yoshdagilarni, ham bolalarni keng xabardor qilish majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni bajarishda erishilgan taraqqiyotni ko‘rib chiqish maqsadida quyida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajaradigan Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita ta’sis qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qo‘mita o‘zining yuksak axloqiy fazilatlarga hamda ushbu Konvensiya bilan qamrab olingan sohalarda vakolatli deb e’tirof etilgan o‘n nafar ekspertdan iboratdir. Qo‘mita a’zolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan o‘z fuqarolari orasidan saylanadi hamda ular shaxsan ishtirok etadilar, binobarin, adolatli jug‘rofiy taqsimlanishga, shuningdek bosh huquqiy tizimlarga e’tibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qo‘mita a’zolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilganlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Har bir ishtirokchi-davlat o‘z fuqarolari orasidan bitta shaxsni ko‘rsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qo‘mitaga dastlabki saylovlar ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmasdan, keyinchalik esa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Har bir saylov kunidan kamida to‘rt oy oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi-davlatlarga ikki oy mobaynida o‘z nomzodlarini taqdim etish taklifi bilan xat orqali murojaat qiladi. So‘ngra Bosh kotib shu tarzda ilgari surilgan barcha shaxslarning ro‘yxatini, ushbu shaxslarni ilgari surgan ishtirokchi-davlatlarni ko‘rsatgan holda alifbo tartibida tuzib chiqadi hamda bu ro‘yxatni ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Saylovlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida Bosh kotib tomonidan chaqiriladigan ishtirokchi-davlatlar yig‘ilishlarida o‘tkaziladi. Ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki qismi kvorumni tashkil etadigan ushbu yig‘ilishlarda Qo‘mita tarkibiga saylangan deb eng ko‘p ovoz olgan hamda ishtirokchi-davlatlar vakillarining ovoz berishda hozir bo‘lgan va ishtirok etayotgan mutlaq ko‘pchilik ovozini to‘plagan nomzodlar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qo‘mita a’zolari to‘rt yillik muddatga saylanadilar. Ular nomzodlari takroran ko‘rsatilgan hollarda qayta saylanish huquqiga egadirlar. Birinchi saylovlarda saylangan besh a’zoning vakolat muddati ikki yillik davr oxirida tugaydi; birinchi saylovdan keyin zudlik bilan ushbu besh a’zoning ismlari Yig‘ilish raisi tomonidan qur’a tashlash orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qo‘mitaning biror bir a’zosi vafot etgan yoki iste’foga chiqqan yoxud u qandaydir boshqa sababga ko‘ra Qo‘mita a’zosi majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda, Qo‘mita ushbu a’zosini ko‘rsatgan ishtirokchi-davlat Qo‘mita tomonidan ma’qullanishi sharti bilan qolgan muddatga o‘z fuqarolari orasidan boshqa ekspert tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qo‘mita o‘zining tartib-taomillari qoidalarini o‘rnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qo‘mita ikki yillik muddatga o‘zining mansabdor shaxslarini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qo‘mita sessiyalari, odatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida yoki Qo‘mita tomonidan belgilangan har qanday boshqa qulay joyda o‘tkaziladi. Qo‘mita, qoidaga ko‘ra har yili o‘z sessiyalarini o‘tkazadi. Qo‘mita sessiyasining davomiyligi Bosh Assambleya tomonidan ma’qullangan taqdirda ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari yig‘ilishida belgilanadi va zarurat bo‘lganda qayta ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo‘mita tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq o‘z vazifalarining samarali amalga oshirilishi uchun xodimlar va moddiy mablag‘larni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Konvensiyaga muvofiq ta’sis etilgan Qo‘mita a’zolari Bosh Assambleya tomonidan belgilangan tartib va shartlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti mablag‘laridan Bosh Assambleya tasdiqlagan rag‘batlantirishlarni oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishtirokchi-davlatlar Qo‘mitaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni mustahkamlash yuzasidan qabul qilingan choralar hamda ushbu huquqlarni amalga oshirishda erishilgan taraqqiyot to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etish majburiyatini oladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Konvensiya kuchga kirganidan keyin ikki yil mobaynida tegishli ishtirokchi-davlat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) keyinchalik har besh yilda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaga muvofiq taqdim etiladigan ma’ruzalarda mazkur Konvensiya bo‘yicha majburiyatlarning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi omil va qiyinchiliklar, agar ular mavjud bo‘lsa, ko‘rsatiladi. Ma’ruzalar, shuningdek Qo‘mitaga mazkur mamlakatda Konvensiyaning amal qilishini to‘liq tushunishni ta’minlash uchun yetarli axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qo‘mitaga har tomonlama dastlabki ma’ruzani taqdim etgan ishtirokchi-davlat ushbu moddaning 1b-bandiga muvofiq taqdim etadigan keyingi ma’ruzalarida ilgari bayon qilingan asosiy axborotni takrorlashiga zarurat bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qo‘mita ishtirokchi-davlatlardan ushbu Konvensiyani amalga oshirishga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qo‘mita faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalar ikki yilda bir marta Bosh Assambleyaga Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishtirokchi-davlatlar ma’ruzalarini o‘z mamlakatlarida keng oshkora bo‘lishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyaning samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish va ushbu Konvensiya bilan qamrab olingan sohalardagi xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ixtisoslashtirilgan muassasalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa organlari ushbu Konvensiyaning o‘z vakolati doirasiga kiradigan bunday qoidalarini amalga oshirish haqidagi masalalarni ko‘rib chiqishda vakil yuborish huquqiga egadirlar. Qo‘mita ixtisoslashtirilgan muassasalarga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi va boshqa vakolatli organlariga, agar u buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, ularning tegishli vakolat doirasiga kiradigan sohalarda Konvensiyani amalga oshirishga doir ekspertlar xulosasini taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Qo‘mita ixtisoslashtirilgan muassasalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa organlariga o‘z faoliyat doirasiga kiradigan sohalarda Konvensiyani amalga oshirish haqida ma’ruzalar taqdim qilishni taklif etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qo‘mita, agar u buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, ixtisoslashtirilgan muassasalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi va boshqa vakolatli organlariga ishtirokchi-davlatlarning texnik maslahat yoki yordam yoxud shunga ehtiyoj ko‘rsatilgan har qanday ma’ruzalarini, shuningdek Qo‘mitaning bunday iltimos yoki ko‘rsatmalarga doir fikr-mulohaza va takliflarini, agar ular mavjud bo‘lsa, qayta yo‘llaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) Qo‘mita Bosh Assambleyaga uning nomidan Bosh kotibga bola huquqlariga taalluqli alohida masalalar yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishni taklif etishni tavsiya qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Qo‘mita ushbu Konvensiyaning 44 va 45-moddalariga muvofiq olinadigan axborotlarga asoslangan umumiy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar kiritishi mumkin. Umumiy ahamiyatga molik bunday taklif va tavsiyalar har qanday manfaatdor ishtirokchi-davlatga yuboriladi hamda ishtirokchi-davlatlarning mulohazalari bilan birga, agar mavjud bo‘lsa, Bosh Assambleyaga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya barcha davlatlar tomonidan imzolanishi uchun ochiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya unga har qanday davlatning qo‘shilishi uchun ochiq. Qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilgan sanadan keyin o‘ttizinchi kundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoxud unga yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin unga qo‘shiladigan har bir davlat uchun mazkur Konvensiya bunday davlat tomonidan ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin o‘ttizinchi kuni kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har qanday ishtirokchi-davlat tuzatish taklifini kiritishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. So‘ngra, Bosh kotib taklif kiritilgan tuzatishlarni, ushbu takliflarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirokchi-davlatlar konferensiyasini chaqirish tarafdori ekanliklarini bildirishlarini so‘rab mazkur ishtirokchi-davlatlarga qayta yuboradi. Agar bunday xabar yetkazilgan sanadan boshlab to‘rt oy mobaynida ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib bu konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida chaqiradi. Ushbu konferensiyada hozir bo‘lgan va ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi-davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan keyin hamda ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki qismining ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuzatish kuchga kirgandan keyin uni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy bo‘lib qoladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa ushbu Konvensiya qoidalari va ular tomonidan qabul qilinadigan har qanday tuzatishlar majburiy bo‘lib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish paytida davlatlar tomonidan qilingan qo‘shimcha shartlar matnini qabul qiladi hamda barcha davlatlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyaning maqsad va vazifalariga mos kelmaydigan qo‘shimcha shartlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qo‘shimcha shartlar istalgan vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborilgan tegishli bildirishnoma orqali olib tashlanishi mumkin, keyin esa u bu haqda barcha davlatlar xabardor qilinadi. Bunday bildirishnoma uni Bosh kotib tomonidan olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday ishtirokchi-davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma ravishda bildirish orqali ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Bosh kotib tomonidan bildirishnoma olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning depozitariysi etib tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridagi matnlari aynan bir xil bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Shuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekkan vakolatli vakillar o‘zlarining tegishli hukumatlari tomonidan shunga yetarli darajada vakil qilingan bo‘lib, mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)