Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2015 03.10.2014 yildagi 17/266-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qoʻshma qarori, 03.10.2014 yildagi 17/266-son
Kuchga kirish sanasi
03.10.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashning ayrim masalalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qoʻshma qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahrirda qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu Qonun hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlar aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar ishtirokidagi ishlarni koʻrishda shuni inobatga olishlari lozimki, bunday jamiyatlarning tuzilishi, faoliyati va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) ishtirokidagi ishlarni koʻrishda sudlar Qonun Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan yoki tuziladigan barcha jamiyatlarga nisbatan tatbiq etilishini nazarda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi (Qonunning 2-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, arz qilingan talabning umumiy yurisdiksiya sudi yoki xoʻjalik sudi sudloviga taalluqliligi masalasi ushbu sudlarning Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) va Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi)da belgilangan vakolatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. XPKning 23-moddasiga muvofiq, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan jamiyat oʻrtasida jamiyat faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar, mehnatga oid nizolardan tashqari, xoʻjalik sudlariga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Sudlar ushbu toifadagi ishlar boʻyicha daʼvo arizalarini ish yuritishga qabul qilishda nizo qachon vujudga kelganligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizo jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtib, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlganidan soʻng vujudga kelgan hamda ularning faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, ish xoʻjalik sudlari sudloviga, aksincha nizo jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar vujudga kelgan va ishtirokchilaridan biri sifatida jismoniy shaxs qatnashgan yoki mehnatga oid boʻlsa, umumiy yurisdiksiya sudlari sudloviga taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Sudlar, jamiyat faoliyatidan kelib chiqqan, baʼzilari xoʻjalik sudiga, baʼzilari esa umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli boʻlgan oʻzaro bogʻliq bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, ish umumiy yurisdiksiya sudi sudloviga taalluqli boʻlishini nazarda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizo jamiyat faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsada, undagi taraf (jismoniy shaxs) mazkur jamiyatning aksiyadori boʻlmasa, shuningdek sobiq aksiyadori boʻlsa, bunday nizolar xoʻjalik sudi sudloviga emas, balki umumiy yurisdiksiya sudlari sudloviga taalluqli, bundan aksiyalarni begonalashtirish va bunday harakatning oqibati bilan bogʻliq nizolar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, aksiyador hisoblangan jismoniy shaxs bilan jamiyat oʻrtasida vujudga kelgan, jamiyat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar umumiy yurisdiksiya sudlari sudloviga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat qonunchiligining qoʻllanilishi hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan shartlar yuzasidan kelib chiqqan nizolar umumiy yurisdiksiya sudlari sudloviga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, sudlarga jamiyat direktorining, jamiyat boshqaruvi aʼzolarining, ishonchli boshqaruvchining Qonun va boshqa qonun hujjatlarida, jamiyat ustavida hamda muddatli mehnat shartnomasida belgilangan huquq va majburiyatlari, shuningdek Qonun 79-moddasining sakkizinchi qismiga asosan tuzilgan shartnomalar boʻyicha yuzaga keladigan nizolar umumiy yurisdiksiya sudlari sudloviga taalluqli ekanligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunning 3-moddasiga koʻra ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. FK 58-moddasining toʻrtinchi qismi va Qonun 11-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari boʻlishi mumkin. Jamiyatni tuzish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda ishtirok etmagan shaxslar uning muassisi deb atalishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish yoʻli bilan tashkil etish muassislarning (muassisning) qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror taʼsis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan taʼsis etilgan taqdirda, jamiyatni taʼsis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qarorda Qonunning 10-moddasida koʻrsatilgan masalalar aks ettirilgan boʻlishiga eʼtibor qaratishlari lozim. Bunda jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini toʻlash uchun kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, oʻzga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilayotganda jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlar shuni eʼtiborda tutishlari lozimki, Qonunning 13-moddasiga muvofiq jamiyatning taʼsis hujjati uning ustavi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, jamiyat ustavida Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar jamiyat ustavida bartaraf etiladigan buzilishlar mavjud boʻlsa, bu holat aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish va ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasini koʻrib chiqish majburiyatini yuklash haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish uchun asos boʻladi. Bartaraf etilmaydigan buzilishlar mavjud boʻlganda esa bu holat FK 53-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisiga asosan jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini haqiqiy emas deb topish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustaviga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining bitimni haqiqiy emasligi bilan bogʻliq normalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamiyat muassislari jamiyatni tashkil etilishi bilan bogʻliq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar solidar javobgar boʻladi. Jamiyat muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bogʻlik majburiyatlari yuzasidan muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida maʼqullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi va uning faoliyati bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar haqini toʻliq toʻlamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. FKning 67 va 68-moddalariga, Qonunning 8-moddasiga muvofiq, jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni shuʼba jamiyat majburiyatlari (qarzlari) boʻyicha javobgarligi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, sudlar FKning 48 va 67-moddalari, shuningdek Qonunning 8-moddasi talablarini eʼtiborga olishlari lozim. Mazkur normalarga koʻra shuʼba jamiyat uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli boʻlgan asosiy jamiyat, bu koʻrsatmalar ijrosi yuzasidan shuʼba jamiyat tuzgan bitimlar boʻyicha u bilan birgalikda solidar javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy jamiyat, agar uning aybi bilan shuʼba jamiyatning nochorligi (bankrotligi) yuzaga kelsa, shuʼba jamiyat majburiyatlari (qarzlari) boʻyicha subsidiar javobgarlikka tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamiyatni tuzish paytida ustav fondini dastlabki shakllantirish va aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar, jumladan muassis-aksiyador taʼsis yigʻilishi tomonidan belgilangan muddatda, ammo aksiyadorlik jamiyati roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng koʻpi bilan bir yil ichida aksiyalarning haqini toʻliq toʻlashi shart ekanligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni joylashtirish va qimmatli qogʻozlar muomalasiga doir qonunchilik talablariga rioya qilinmagan holda tuzilgan aksiyalarni joylashtirish va muomalasiga oid bitimlar sudning qaroriga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qayta sotish maqsadida jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim. Koʻrsatilgan muddatda realizatsiya qilinmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonunning 17-moddasida jamiyat ustav fondining eng kam miqdori belgilangan. Ushbu moddaga koʻra jamiyat ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻrt yuz ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamiyat ustav fondini koʻpaytirish aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ustav fondini bunday tarzda koʻpaytirish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoxud, agar jamiyat ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan bunday huquq kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa, kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi (Qonunning 18-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish aksiyalarning jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan olish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning bir qismini sotib olish va bekor qilish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini kamaytirishga, bunday imkoniyat aksiyadorlik jamiyati ustavida nazarda tutilgan holdagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati boʻyicha umumiy miqdori jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartirish kiritish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi (Qonunning 19-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qonunning 20-moddasiga koʻra kreditorlar jamiyatning ustav fondi kamaytirilganligi toʻgʻrisida oʻzlariga xabar yuborilgan kundan boshlab kechi bilan oʻttiz kun ichida jamiyatdan majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, belgilangan muddat bu talabnoma yuborish muddati hisoblanmaydi. Bunda jamiyatdan majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararni toʻlashni talab qilish kreditorning huquqi hisoblanadi. Kreditorning Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmaganligi keyinchalik uni majburiyatni muddatidan oldin bajarishni talab qilish huquqidan mahrum etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qonunning jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish haqidagi talabi jamiyat tomonidan bajarilmagan taqdirda, jamiyat Qonun 32-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq aksiyadorlar, kreditorlar, shuningdek vakolatli davlat organlarining daʼvosi asosida sud tomonidan tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudlar aksiyalarning hammasini yoki muayyan qismini aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi daʼvo arizasi bilan faqat ovoz beruvchi aksiyaga ega boʻlgan aksiyadorlar faqatgina Qonun 40-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarda murojaat qilishga haqli ekanligini nazarda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, agarda aksiyalarini qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi talab qayd etilgan masalalar boʻyicha yoqlab ovoz bergan yoxud ovoz berishda uzrsiz sabablarga koʻra ishtirok etmagan ovoz beruvchi aksiyaga ega boʻlgan aksiyador tomonidan bildirilgan boʻlsa, bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etmaganligi sabablarini aniqlashda, sudlar u yigʻilishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilinganligini tekshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisidagi talabni aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan oʻttiz kun ichida jamiyatga taqdim qilishlari kerak. Ushbu talab yozma shaklda berilishi va unda aksiyadorning yashash joyi (joylashgan eri) hamda u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda qayd etilgan oʻttiz kunlik muddat nizoni sudgacha hal etish muddati hisoblanishini nazarda tutish lozim. Sudlar bunday daʼvolarni koʻrish jarayonida aksiyador tomonidan talabnoma jamiyatga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yuborilganligini tekshirishlari lozim. Agar talabnoma ushbu muddat ichida yuborilgan boʻlmasa, daʼvo boʻyicha ish yuritish XPK 86-moddasining 8-bandiga asosan tugatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1. Qonun 41-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra oʻttiz kunlik muddat tugaganidan soʻng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qoʻygan aksiyadordan aksiyalarni oʻn kun ichida sotib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, oʻn kunlik muddatni hisoblash aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun oʻtganidan soʻng boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda, sud muhokamasi davomida mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, aksiyalarni qaytarib sotib olish haqidagi majburiyatni yuklash toʻgʻrisidagi daʼvo talabi jamiyat tomonidan majburiyatni bajarish muddati kelmaganligi sababli rad etiladi. Daʼvo arizani qanoatlantirishni qayd etilgan asosga koʻra rad etilishi majburiyatni bajarish muddati yuzaga kelgandan soʻng qaytadan sudga murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.2. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, aksiyalarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilganda aksiyalarni sotib olishga jamiyat tomonidan ajratilgan mablagʻlarning summasi aksiyadorlarda oʻzlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi boʻlgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshib ketishi mumkin emas, jamiyatni oʻzgartirish holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan aksiyalarni qaytarib sotib olish haqidagi majburiyatni yuklash toʻgʻrisidagi talabni koʻrishda sudlar nazarda tutishlari kerakki, bunday daʼvo talabi faqat jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshmagan miqdorda qanoatlantirilishi mumkin, bundan jamiyatni oʻzgartirish holatlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.3. Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi toʻgʻrisidagi talablari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan oʻttiz kun kechiktirilib taqdim etilgan taqdirda, jamiyat talab qoʻygan aksiyadorlarga qaytarib sotib olishni rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.4. Qaytarib sotib olish talabi qoʻyilgan aksiyalarning umumiy soni Qonun 41-moddasining beshinchi qismida belgilangan cheklovlarni inobatga olgan holda qaytarib sotib olinishi mumkin boʻlgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda jamiyat tomonidan aksiyalar aksiyadorlardan qoʻyilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.5. Qonunning 40-moddasiga asosan jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ushbu aksiyalarning bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan harakati natijasida qiymatning oʻzgarishi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olinadigan aksiyalarning bozor qiymatini aniqlashda sudlar Qonunning 24-moddasi talablarini hisobga olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtib, ular ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chogʻida hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar yozilmaydi va bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur aksiyalarni bekor qilish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qonun 38-moddasi ikkinchi qismiga koʻra Qonunning 40 va 41-moddalariga muvofiq qaytarib sotib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmaguniga qadar jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish, dividend olish va jamiyat tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari jamiyat aksiyadorlarining reyestri asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlar, agar jamiyatga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat aksiyadorlarining reyestriga davlat vakili ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi lozim ekanligiga eʼtibor qaratishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrlari shakllantirilishini taʼminlash va shakllantirilgan reyestrlarni saqlash majburiyati Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)ga yuklatilgan. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish boʻyicha Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuzilmagan taqdirda, rad javobini olgan tomon jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan bir oylik muddat oʻtgach shartnoma tuzishga majburlash haqida daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sudlarga tushuntirilsinki, qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan mustasno ravishda jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirishni asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun 44-moddasining oltinchi qismiga muvofiq jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish asossiz rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, Qonun aksiyadorni u tomonidan jamiyat oldidagi majburiyatlar buzilganligi, uning aksiyadorlar yigʻilishiga kelmasligi yoki unda qatnashishni rad etganligi, aksiyadorlik jamiyati bilan uzoq vaqt aloqada boʻlmaganligi kabi asoslar boʻyicha aksiyadorlar reyestridan chiqarish imkoniyatini nazarda tutmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sudlarga tushuntirilsinki, dividend toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi haqidagi qaror har bir turdagi, shu jumladan, imtiyozli aksiyalar boʻyicha jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror mavjud boʻlmasa, jamiyat dividendlarni toʻlashga, aksiyadorlar esa ularni toʻlashni talab qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarni toʻlashda birinchi navbatda imtiyozli, soʻngra oddiy aksiyalar inobatga olinishi lozim. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha qatʼiy belgilangan dividendlarni toʻlash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud boʻlgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar toʻlashni rad etgan taqdirda aksiyadorlar Qonun 51-moddasining uchinchi qismi asosida dividendlar toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar ishlarni koʻrishda, dividendlarning miqdori Qonunning 50-moddasiga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emasligiga eʼtibor berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Aksiya egasi yoki egasining qonuniy vorisi yoxud merosxoʻri tomonidan uch yil mobaynida talab qilinmagan va Qonun 51-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq umumiy yigʻilishi qaroriga asosan jamiyat ixtiyorida qoldirilgan dividentni undirish boʻyicha daʼvo taqdim etilgan taqdirda, sudlar daʼvoni qanoatlantirishni rad etishlari lozim, bundan FKning 159-moddasiga asosan oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Dividendlar belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda aksiyador, jamiyatdan unga tegishli dividend summasini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkalari boʻyicha penya undirish haqida sudga daʼvo bilan murojaat qilishga haqli. Bunda penya dividend toʻlovi kechiktirilgan davr uchun dividend toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarori bilan undirilgan dividendlarni toʻlash jamiyat tomonidan rad etilgan taqdirda, aksiyador yoki kreditor arizasi asosida jamiyat “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qonunning 54-moddasida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda aksiyadorlik jamiyati mazkur holatlar tugagunga qadar dividendlar toʻlash boʻyicha qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qonun 82-moddasining birinchi qismiga koʻra minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida minoritar aksiyador deb hisoblanishi uchun aksiyador qancha miqdordagi aksiyaga ega boʻlishi kerakligi belgilanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega, lekin aksiyalari soni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masala boʻyicha qaror qabul qilishga taʼsir qilmaydigan darajada oz aksiyaga ega boʻlgan aksiya egasi minoritar aksiyador hisoblanadi, agarda qonun hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning minoritar aksiyadorlar qoʻmitasiga aʼzo boʻlishi uning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish huquqidan, shuningdek Qonunning 2628 moddalarida belgilangan boshqa huquqlardan mahrum qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamiyat minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining son tarkibini belgilash, ularning aʼzolarini saylash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolatiga kiradi (Qonun 59-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar koʻrsatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish uchun qoʻmita aʼzolarining oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilganliklari, qoʻmita aʼzosining betobligi sababli oʻz vazifasini bajara olmasligi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilagan boshqa holatlar asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qonun 82-moddasining oʻn uchinchi qismiga koʻra minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organi tomonidan minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyatiga aralashish, qoʻmitaning normal faoliyat yuritishi uchun toʻsqinlik qilingan holatlarda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organ minoritar aksiyadorlar manfaatida ushbu harakatlarni (harakatsizlikni) noqonuniy deb topish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bunday toifadagi ishlarda javobgar sifatida jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organi emas, jamiyat ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli boʻlgan dividendlar toʻlanmagan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qoʻmitasining murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar toʻlash majburiyatini yuklatish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishga haqli. (Qonun 113-moddasining uchinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori Soliq kodeksining 330-moddasiga asosan, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investorlarning, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod etilganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining daʼvo arizasida daʼvo kimning manfaatida berilayotganligi albatta koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining murojaati asosida jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar toʻlash majburiyatini yuklash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi aksiyadorning dividendlarni undirish haqida sudga alohida murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining (yakkaboshchilik yoki kollegial) qarori ustidan, qonunda koʻrsatilgan hollarda hamda nizolashilayotgan qaror aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talabiga mos boʻlmasa va aksiyadorlarning huquq va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zid boʻlgan taqdirda, uni haqiqiy emas deb topish haqida sudga daʼvo qilish mumkin. Bunday ish boʻyicha aksiyadorlik jamiyati javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvolarni koʻrib chiqishda daʼvoni qanoatlantirish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan qonun buzilishlariga, jumladan, quyidagilar kirishi hisobga olinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— umumiy yigʻilishni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorni tegishli tarzda xabardor etmaslik (Qonun 62-moddasining birinchiuchinchi qismlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— aksiyadorga yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalarga oid zarur axborot (materiallar) bilan tanishishga imkoniyat bermaslik (Qonun 62-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishda ishtirok etishi tartibini buzish (Qonunning 67-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berish uchun byulletenlar berilmasligi (Qonunning 70-moddasi) va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu oʻrinda shuni inobatga olish lozimki, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini qabul qilish tartibi Qonunning 60-moddasi va jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Agar ustav Qonunga mos boʻlmasa, uning Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori u qonun hujjatlariga yoki jamiyat ustaviga zid boʻlgan va (yoki) umumiy yigʻilish qonun hujjatlari va jamiyat ustavida belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkazilganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday daʼvo bilan ushbu qarorni qabul qilishda qarshi ovoz bergan yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida uzrli sababga koʻra ishtirok etmagan aksiyador chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nizolarni hal etishda sud, ishning barcha holatlarini inobatga olib, agar daʼvogar-aksiyadorning ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir etmasa, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar jiddiy boʻlmasa va qaror aksiyadorga zarar yetishiga olib kelmagan boʻlsa, shikoyat qilingan qarorni kuchida qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar nizoni koʻrib chiqishda sud taraflar oʻz talab va eʼtirozlarini aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga asos qilib keltirayotganliklarini, chunonchi, bu qaror umumiy yigʻilish vakolati buzilib, umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasdan yoki yigʻilish kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qabul qilinganligini aniqlasa, ushbu qarorning u yoki bu aksiyador tomonidan nizolashilayotganligidan qatʼi nazar, uni yuridik kuchga ega emas deb baholashi va nizoni Qonun normalariga muvofiq hal qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, Qonun bilan uning vakolatiga berilmagan yoxud yigʻilish kun tartibiga kiritilmagan masalalarni koʻrib chiqishga va qaror qabul qilishga yoki kun tartibini oʻzgartirishga haqli emasligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar Qonun 60-moddasining sakkizinchi qismi va 78-moddasining beshinchi qismida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veto qoʻyilgan qarorlar ijro etilmasligi belgilanganligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yirik bitimlar bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bogʻliq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki oʻzaro bogʻlangan bir nechta bitim yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitimlarga (bitimning tegishli summasida) talabdan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni oʻtkazish, boshqa xoʻjalik jamiyati ustav fondiga aksiyalarni toʻlash hisobiga mablagʻ kiritish va boshqa shartnomalarni ham, agar ularni tuzish natijasida jamiyat mulkini tasarrufdan chiqarish imkoniyati yuzaga kelsa, kiritish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitim predmeti boʻlgan mol-mulkning bozor qiymati (miqdori) jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan olinayotgan yoki tasarrufdan chiqarilayotgan mol-mulkning bahosidan kelib chiqib aniqlanadi, bunda majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi sababli tegishli tarafdan toʻlanishi talab etilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha hisoblashlar (neustoyka, jarima va penyalar) inobatga olinmaydi. Mol-mulk tasarrufdan chiqarilgan yoki tasarrufdan chiqarish imkoniyati yuzaga kelgan hollarda jamiyat aktivining balans qiymati bilan bunday mol-mulkning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlangan bahosi, mol-mulk olingan hollarda esa uning olinish narxi taqqoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yirik bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda FKning 116 va 126-moddalariga rioya etish lozim boʻlib, Qonun 84-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra, balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining oʻn besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi lozim, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan aʼzolarning ovozi inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan kuzatuv kengashi aʼzosi tarkibdan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan yirik bitim tuzish masalasi boʻyicha yakdillikka erishilmagan taqdirda bu masala kuzatuv kengashining qaroriga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga havola etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar roʻyxati va ularni bunday shaxslar deb topish shartlari Qonunning 85-moddasida qayd etilganligini inobatga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bitimni Qonunning 85-moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan tuzilgan deb topish uchun tegishli shaxsning manfaatdorligi ushbu bitim tuzilayotgan vaqtda mavjud boʻlganligini aniqlash hamda Qonun 91-moddasidagi bitimlar tuzishdagi istisnolarni inobatga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonun 88-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga binoan, affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim boʻyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq aʼzosi affillangan shaxs boʻlgan holatlarda esa, bitim boʻyicha qaror Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat tuzilishidan manfaatdor boʻlgan bitimni tuzish toʻgʻrisida qabul qilinayotgan qarorda: bitimning tarafi (taraflari), foyda oluvchi (foyda oluvchilari) hisoblangan shaxs (shaxslar), bitimning bahosi, predmeti va boshqa muhim shartlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yirik bitimlar va tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar jamiyat yoki aksiyador tomonidan, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Jamiyatni qayta tashkil etish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar shunga eʼtibor berishlari kerakki, FKning 49-moddasi va Qonunning 92-moddasiga koʻra, jamiyatni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish) aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar jamiyatni qayta tashkil etishda tasdiqlangan taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyat majburiyatlari boʻyicha uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar (FK 52-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqsimlash balansidan uni tasdiqlash paytida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktivlari va majburiyatlari uning huquqiy vorislari oʻrtasida adolat tamoyillari buzilgan holda taqsimlanganligi va bu ushbu jamiyat kreditorlari manfaatlarining yaqqol buzilishiga olib kelganligi koʻrinib turgan boʻlsa, qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlar (shu jumladan, yangi jamiyat ajralib chiqqani) ham solidar javobgarlikka tortilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Sudlar protsessual qonunchilik talablariga muvofiq (XPKning 56-moddasi va FPKning 57-moddasi) mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida taraflarga nizoni hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan quyidagi dalillarni sudga taqdim etishni taklif etishlari yoki ularni oʻz tashabbuslari bilan talab qilib olishlari lozim, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiya risolasi, umumiy yigʻilishda qatnashgan aksiyadorlarning roʻyxati, aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorlar tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar reyestri, depo hisobidan koʻchirma, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati, sanoq komissiyasi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomalari, jamiyatning yil yakunlari boʻyicha tegishli davlat organlariga taqdim etgan moliyaviy hisoboti va boshqa hujjatlarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 59-moddasida emitent va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun daʼvo muddati emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini joylashtirish muddati tugagan paytdan eʼtiboran bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Sudlarga aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish va sud xatolarini, shuningdek bunday nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻrib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mazkur qarorning qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 31-martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 02/124–sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistor Respublikasi Oliy sudi raisi Sh. GAZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi O. XAYITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasi K. DAVLETOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17/266-son