1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1−2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2014-yil 7-maydagi 88 (6018)-sonida e’lon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-370-son

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun banklarni sanatsiya qilish va tugatishga doir munosabatlarga nisbatan maxsus qonunchilikka zid bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi O‘RQ-1070-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank hisobvaraqlari ochishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zining tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq firma nomiga ega bo‘ladi va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan yumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
(3-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zining nomi yozilgan shtamp va blankalarga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning, ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega bo‘lishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning joylashgan yeri, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyga ko‘ra belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga va elektron pochta manziliga ega bo‘lishi lozim. Jamiyat o‘zining joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarni (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) yozma bildirish yuborish yo‘li bilan, aksiyadorlarni esa, ommaviy axborot vositalarida e’lon berish yo‘li bilan xabardor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning haqini to‘liq to‘lamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning to‘lovga qobiliyatsizligi jamiyat uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga jamiyat ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega bo‘ladi.
(4-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyat muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lishini oldindan bila turib, ushbu huquqidan jamiyat tomonidan shunday harakat amalga oshirilishi uchun foydalangan taqdirdagina jamiyatning to‘lovga qobiliyatsizligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Jamiyat tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarga obuna o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni ommaviy joylashtirish yo‘li bilan qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ochiq obuna o‘tkazishga haqli. Bunda jamiyat xodimlari jamiyat tomonidan joriy qilinadigan aksiyalar birlamchi ommaviy joylashtirilganda xodimlarning aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ularni xususiy joylashtirish yo‘li bilan yopiq obuna o‘tkazishga haqli, yopiq obuna o‘tkazish imkoniyati qonunchilikda va jamiyat ustavida cheklab qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli, ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan hol bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Aksiyadordan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquq
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyadorlarning soni ellik nafardan oshmasa, jamiyat ustavida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx bo‘yicha va shartlar asosida, aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish yuzasidan aksiyadorlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan bo‘lsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni olish yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati to‘g‘risida boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish shartlarini ko‘rsatgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda xabardor qilishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga qo‘yilgan paytdan e’tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador tomonidan o‘ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday qoidabuzarlik to‘g‘risida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni olishga bo‘lgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat filiallar tashkil etishga va vakolatxonalar ochishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatxona jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning filiali va vakolatxonasi yuridik shaxs bo‘lmaydi. Ular jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi. Jamiyatning filialga va vakolatxonaga berib qo‘yilgan mol-mulki jamiyatning balansida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarini olgan shu’ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tobe xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini olgan tobe xo‘jalik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu’ba xo‘jalik jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan asosiy jamiyat bunday ko‘rsatmalarni bajarish uchun shu’ba xo‘jalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shu’ba xo‘jalik jamiyati bilan solidar javobgar bo‘ladi. Asosiy jamiyatning shu’ba xo‘jalik jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqi faqat shu’ba xo‘jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shu’ba xo‘jalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu’ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot bo‘lgan taqdirda asosiy jamiyat shu’ba xo‘jalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy jamiyat shu’ba xo‘jalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning bankrot bo‘lib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun shu’ba xo‘jalik jamiyatiga majburiy ko‘rsatma bergan va (yoki) shu’ba xo‘jalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollardagina shu’ba xo‘jalik jamiyatining bankrotligi asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu’ba xo‘jalik jamiyatining aksiyadorlari (ishtirokchilari) asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shu’ba xo‘jalik jamiyatiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat shu’ba xo‘jalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar ko‘rishini oldindan bila turib, o‘z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shu’ba xo‘jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan holdagina zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xo‘jalik jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortig‘iga ega bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati tobe deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamiyatni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Jamiyatni tashkil etish usullari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Jamiyatni ta’sis etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tashkil etish muassislarning (muassisning) qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror ta’sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro ta’sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to‘lanadigan haqning miqdori va uni to‘lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to‘lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog‘ozlarning, o‘zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Jamiyatning muassislari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e’tirof etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar solidar javobgar bo‘ladi. Jamiyat muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bog‘liq majburiyatlari yuzasidan muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi bo‘ladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat muassislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Ta’sis yig‘ilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’sis yig‘ilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar tomonidan aksiyalar haqini to‘lash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’sis yig‘ilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga muvofiq o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’sis yig‘ilishi qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi, bundan ta’sis shartnomasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadigan hollar mustasno bo‘lib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’sis yig‘ilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ta’sis yig‘ilishini o‘tkazmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir muassisdan iborat bo‘lgan jamiyatda ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Jamiyatning ustavi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav jamiyatning ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida ularga jamiyatning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra unga jamiyat ustavining ko‘chirma nusxasini berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga jamiyatning ustavini va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarini taqdim etadi. Davlat tashkilotini o‘zgartirish yo‘li bilan tashkil etilgan, shuningdek bitta muassis tomonidan tashkil etilgan jamiyat jamiyatning ustavini taqdim etadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ustavi qonunga muvofiq emasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, jamiyatning kuzatuv kengashi, ijroiya organi haqidagi (tegishincha direktori, boshqaruvi, ishonchli boshqaruvchi to‘g‘risidagi) va taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi ularning faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek jamiyatning mazkur organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning 14-moddasida jamiyatni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari, jamiyatning sof aktivlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) va aksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat davlat mulki negizida tashkil etilayotganda ushbu davlat mulkining (tashkilotning yoki boshqa mol-mulkning) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) summasini tashkil etadi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Bunda joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi kerak.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari jamiyat muassislari o‘rtasida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyat ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning o‘z kapitali hisobidan ko‘paytirishda qo‘shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilishi natijasida ko‘paytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan bo‘lsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yo‘li bilan kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori kamaytirilganda kreditorlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqli.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-fevraldagi O‘RQ-910-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Jamiyatning aksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiya bo‘linmasdir. Agar aksiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shaxsga tegishli bo‘lsa, bu shaxslarning barchasi bir aksiyador deb e’tirof etiladi va aksiya bilan tasdiqlangan huquqlardan o‘zlarining umumiy vakili orqali foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir turdagi aksiya unga egalik qiluvchi har bir aksiyadorga shu turdagi aksiyalarning boshqa egalari bilan bir xil bo‘lgan hajmdagi huquqlarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga, korporativ obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog‘ozlarga ayirboshlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo‘lib, ular o‘z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyaning egasi bo‘lgan aksiyadorga ovozga qo‘yilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlar to‘lash tartibi jamiyat ustavida belgilanadi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozning bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga ko‘ra mazkur qimmatli qog‘oz ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan bo‘lsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va e’lon qilingan aksiyalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon qilingan aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar jamiyat tomonidan joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvarag‘idan o‘ziga taalluqli ko‘chirma olish;
(26-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tugatilgan taqdirda o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlari (ishtirokchilari) o‘rtasida ularning huquqlarini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda korporativ shartnoma tuzish;
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni olishda zarar ko‘rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aksiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasini ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular bo‘yicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Oddiy aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida mazkur yig‘ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari ularning egalari bo‘lgan aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va oddiy aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendning miqdori va (yoki) qiymat (tugatilish qiymati) jamiyat ustavida belgilab qo‘yilishi lozim. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori va tugatilish qiymatini belgilash tartibi jamiyat ustavida ko‘rsatilgan bo‘lsa ham imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati belgilangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamg‘arib borilishi va keyinchalik to‘lanishi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi masalalar hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyat ustaviga imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki ko‘paytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki ko‘paytirish masalalari, shuningdek imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarga dividend va (yoki) bu aksiyalarning tugatilish qiymatini to‘lash navbati bo‘yicha imtiyozlar berish hollari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni to‘liq to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan keyingi yig‘ilishdan boshlab ega bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo‘yicha dividendlar birinchi marta to‘liq miqdorda to‘langan paytdan e’tiboran bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi o‘ziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan oddiy aksiyalar bo‘yicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281-modda. Jamiyatning majoritar aksiyadori va uning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining ellik foizidan ortig‘iga egalik qiluvchi yoxud ovoz beruvchi aksiyalari miqdori jamiyatning boshqa har bir aksiyadori ulushiga nisbatan ko‘p bo‘lgan hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan aksiyador majoritar aksiyador deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar majoritar aksiyadorga qarorlar jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar keltirishi oldindan ayon bo‘lsa, u mazkur qarorlarni shaxsiy manfaatlarini hisobga olib qabul qilmasligi, jamiyat boshqaruv organlarining yig‘ilishi kun tartibiga jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga mos kelmaydigan masalalarni yoki hal etilishi jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar yetkazishi oldindan ma’lum bo‘lgan masalalarni kiritmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning majoritar aksiyadori ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida jamiyatga va boshqa aksiyadorlarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
(281-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1097-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Aksiyalarga bo‘lgan huquqlarning o‘tishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularni oluvchiga ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Jamiyatning korporativ obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonunchilikka va o‘z ustaviga muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning korporativ obligatsiyalari jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Jamiyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga haq to‘lash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida uning aksiyalariga haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida (o‘zgartish to‘g‘risidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to‘lanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi to‘lanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.
(31-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari hamda boshqa qimmatli qog‘ozlari haqi sifatida to‘lanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk turlariga cheklovlar belgilanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining (ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari o‘rnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo‘ljallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida boshqa fondlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijasiga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) oz bo‘lib chiqsa, jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
(32-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan taqdirda uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish hamda olish
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan jamiyatning qo‘shimcha aksiyalarini va boshqa emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning joylashtirilmagan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
(33-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikning qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasiga taalluqli qismi talablarini buzgan holda tuzilgan jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishga hamda ularning muomalasiga doir bitimlar sudning qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bitimning predmeti bo‘lgan jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari ularni joylashtirish muddati o‘tganidan keyin bitim haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa bekor qilinishi kerak, agar ushbu bitim qimmatli qog‘ozlar joylashtirilayotganda tuzilgan bo‘lsa.
(33-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini insofli egallovchi jamiyat aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish hamda ularning muomalasi bo‘yicha bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashni aybdor shaxslardan talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlari etib o‘zgartirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi, jamiyat ustavida bu xususda ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida jamiyatning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish usuli to‘g‘risida ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning ochiq obunasi faqat tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolarida o‘tkaziladi.
(33-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarning ochiq obuna vositasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi shart bo‘lgan hollar belgilab qo‘yilishi mumkin.
(33-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi mazkur chiqarilishni to‘xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar jamiyat tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek mazkur chiqarilishdagi aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning oltmish foizidan kam qismi ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda xususiy joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb e’tirof etiladi.
(33-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolarida aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda ularning chiqarilishi, joylashtirish hajmidan qat’i nazar, amalga oshgan deb e’tirof etiladi.
(33-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish narxi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni ta’sis etishda uning aksiyalari haqini to‘lash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolariga chiqarish) narxi jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi tomonidan, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga bunday vakolat berilgan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanganidan kam bo‘lmagan narx bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilayotganda jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga uning o‘z kapitali hisobidan, shuningdek haqini qo‘shimcha aksiyalar bilan to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan dividendlar hisobidan haq to‘langan taqdirda, bunday aksiyalarni joylashtirish jamiyat aksiyalarining nominal qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Aksiyador, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qarshi ovoz bergan yoxud unda ishtirok etmagan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga (bundan buyon matnda imtiyozli huquq deb yuritiladi) ega.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarning yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali o‘zining imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlariga aksiyalarni yoki aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni mazkur aksiyadorlarda mavjud bo‘lgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan jamiyatning boshqaruv organi tomonidan belgilangan joylashtirish narxi bo‘yicha olishni taklif etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni jamiyatga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat o‘tguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaguniga qadar aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ularni olish bo‘yicha imtiyozli huquqqa ega bo‘lmagan shaxslarga joylashtirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan tartibda jamiyat tomonidan realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zi joylashtirgan aksiyalarni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, shuningdek ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bo‘lsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini olish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni olish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qabul qilingan qarori asosida jamiyat tomonidan olingan aksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni olish to‘g‘risidagi qarorda olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat oladigan har bir turdagi aksiyalarning soni, aksiyalarni olish narxi, aksiyalar haqini to‘lash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda olinishi belgilab qo‘yilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyalarni olish vaqtida ularga haq to‘lash pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi. Aksiyalarni olish muddati aksiyalarni olish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi, bu muddat o‘n kundan kam bo‘lmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalarni olish narxi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaysi muayyan turdagi aksiyalarni olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha aksiyalarning egasi bo‘lgan har bir aksiyador mazkur aksiyalarni sotishga haqli, jamiyat esa ularni olishi shart. Agar jamiyat tomonidan olinishi to‘g‘risida aksiyadorlarning arizalari tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda jamiyat olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarning sonidan ortiq bo‘lsa, aksiyadorlardan arizada ko‘rsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan o‘n kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarni jamiyat tomonidan aksiyalar olinishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali xabardor etishi shart. Bildirishda ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli aksiyalarni olish jamiyat ustavida nazarda tutilgan narx bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tasarrufiga o‘tgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular bo‘yicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyat tasarrufiga o‘tgan aksiyalar ular jamiyat tasarrufiga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim. Ko‘rsatilgan muddatda realizatsiya qilinmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan o‘z aksiyalarining olinishi, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
(37-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zi chiqargan aksiyalar bo‘yicha ularni qaytarib sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek o‘zi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Joylashtirilgan aksiyalarni jamiyat tomonidan olishga doir cheklovlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zining joylashtirilgan oddiy aksiyalarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) batamom to‘languniga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyatda to‘lovga qobiliyatsizlik belgilari mavjud bo‘lsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni olganligi natijasida paydo bo‘lsa;
(38-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar oddiy aksiyalarni olish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan), zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatidan ortiq qismidan kam bo‘lsa yoxud aksiyalarni olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, olishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 40 va 41-moddalariga muvofiq qaytarib sotib olish to‘g‘risida talab qo‘yilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmaguniga qadar jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirishga haqli bo‘lib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalashni amalga oshirishga haqli bo‘lib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarining nominal qiymatiga va soniga taalluqli tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyalarni olish
(40-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) tuzish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to‘g‘risida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa, o‘zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ushbu aksiyalarning bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan harakati natijasida qiymatning o‘zgarishi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrog‘iga egalik qilgan bo‘lsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha o‘ziga sotishlari borasidagi taklifini o‘ttiz kun ichida e’lon qilishi shart. Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni sotishi to‘g‘risidagi yozma roziligi e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Aksiyadorlarning o‘zlariga tegishli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarni o‘zlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi, qaytarib sotib olish narxi va qaytarib sotib olishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida xabardor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabarda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmagan aksiyadorlarda aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi mavjudligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi axborot aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran yetti kundan kechiktirmay aksiyadorlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi yozma talabi aksiyadorning yashash joyi (joylashgan yeri) va uning qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilgan holda jamiyatga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning o‘zlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi to‘g‘risidagi yozma talablari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi kerak. Mazkur muddat tugaganidan so‘ng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qo‘ygan aksiyadorlardan aksiyalarni o‘n kun ichida qaytarib sotib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan narx bo‘yicha amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘larning umumiy summasi aksiyadorlarda o‘zlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n foizidan oshib ketishi mumkin emas, bundan jamiyatning o‘zgartirilishi hollari mustasno. Qaytarib sotib olish talabi qo‘yilgan aksiyalarning umumiy soni ushbu qismda belgilangan cheklov inobatga olingan holda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishi mumkin bo‘lgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyalar aksiyadorlardan qo‘yilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga o‘tadi. Mazkur aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chog‘ida hisobga olinmaydi, ular bo‘yicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mazkur aksiyalarni bekor qilish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamiyat aksiyadorlarining reyestri va aksiyalarni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestri ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish qimmatli qog‘ozlar egalarining depo hisobvaraqlari holatiga ko‘ra markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(42-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va jamiyat tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining reyestri asosida amalga oshiriladi.
(42-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun:
(42-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning axborot olishga va ularga axborot yuborilishiga hamda reyestr shakllantirilishiga imkon beradigan aksiyalarga bo‘lgan huquqlari hisobga olinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishiga sabab bo‘ladigan hujjatlarning hamda barcha faktlar to‘g‘risidagi hamda Markaziy depozitariyning va (yoki) investitsiya vositachisining bunday o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir barcha harakatlari haqidagi axborotning qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida to‘planishi va saqlanishini ta’minlashi kerak.
(42-modda oltinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir shaxs haqidagi, uning nomiga yozilgan aksiyalarning soni va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(42-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy jamiyatlar aksiyadorlarining reyestrlari shakllantirilishini ta’minlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart, jamiyat esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay Markaziy depozitariy bilan jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish uchun shartnoma tuzishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador o‘ziga oid ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida uning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investitsiya vositachisini o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyador o‘ziga oid ma’lumotlar o‘zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, aksiyadorning o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi buning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
(42-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma aksiyadorning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorga uning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga ko‘ra ikki ish kuni ichida depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berishi shart. Qimmatli qog‘ozlarning egasi depo hisobvarag‘idan ko‘chirmaga o‘ziga taalluqli bo‘lmagan axborot, shu jumladan boshqa qimmatli qog‘ozlarning egalari hamda ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni to‘g‘risidagi axborot kiritilishini talab qilish huquqiga ega emas.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bergan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi. Depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berish tartibi, ko‘chirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aksiyalari paketlari bo‘yicha depo hisobvarag‘idan ko‘chirma berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish shartlari va tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish jamiyatning yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshirig‘i, shuningdek ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan hollarda aksiyadorlarning yozma murojaati asosida Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanada shakllantirilishi reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar haqida Markaziy depozitariyni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi, qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(44-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirish rad etilganligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan bildirishni jamiyatning topshirig‘i kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish asossiz rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat, transfer-agent, Markaziy depozitariy va qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar bo‘ladi hamda o‘zining harakatlari (harakatsizligi) tufayli aksiyadorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridir.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni saqlash qonunchilikda belgilangan tartibda Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
(47-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Dividendlarni to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Dividend
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog‘ozlari bilan to‘lanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha dividendlarni qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish muddatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlarni to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bunda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy joylashtirish yo‘li bilan joylashtirilgan taqdirda, kamida yetti yil davomida ushbu korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividendlarni to‘lashga yo‘naltiriladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo‘yicha dividendlarni to‘lamaslik to‘g‘risida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo‘yilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlarni to‘lash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qarorda dividendlarni to‘lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganligi va boshqa muhim axborot haqidagi xabar ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 15 kun ichida jo‘natilganligi faktini va qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani qayd qilgan holda, aksiyadorlar e’tiboriga mobil telefonga qisqa xabarlar (SMS-xabarlar) va (yoki) elektron pochta (aksiyadorlar reyestrida mobil telefon raqami va elektron pochta manzili mavjud bo‘lganda) orqali yetkaziladi.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Dividendlarni to‘lash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash aksiyadorlarning dividendlarni olishga bo‘lgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to‘lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarni to‘lash Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvarag‘iga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi arizani talab qilishga haqli emas.
(51-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
(51-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorlarining reyestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Dividendlar to‘lash mumkin bo‘lgan aksiyalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan (olinmagan) taqdirda to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha hisoblanadigan penyalar miqdori to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan to‘lanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo‘llaniladi.
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Dividendlarni to‘lashga doir cheklovlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat:

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning ta’sis etilishi chog‘ida to‘liq to‘lab bo‘linguniga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda to‘lovga qobiliyatsizlik belgilari mavjud bo‘lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;
(54-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to‘lashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada ko‘rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to‘lashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Dividendlar to‘lanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda e’lon qiladi.
(55-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 48-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 2383, 31.07.2012-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dividendlarga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo‘yicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
(56-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Jamiyatni boshqarish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi), kollegial ijroiya organining (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
(58-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish chog‘ida umumiy yig‘ilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va masofadan turib elektron ovoz berishning umumiy tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi. Ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aksiyalari ushbu Qonunga muvofiq ovoz berish huquqini olishi hollari bundan mustasno. Bunda ushbu bobning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qo‘llanilmaydi, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish muddatlariga taalluqli qoidalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z aksiyalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
(59-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
(59-modda birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
(59-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
(59-modda birinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
(59-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
(59-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 75-moddasi birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha quyidagilar ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning imtiyozli aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozga qo‘yilgan masala bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo‘lgan, yig‘ilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning ko‘pchilik (oddiy ko‘pchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan, hal qilish chog‘ida jamiyatning oddiy va imtiyozli aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega bo‘ladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi, oltinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilarida, 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik (malakali ko‘pchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish to‘g‘risidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari bo‘lgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyatning ustavida yoki jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan boshqa hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda, biroq bu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi.
(60-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyador uzrli sababga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan uch ish kuni oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra aksiyadorga u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida axborot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.
(62-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni tanishtirish tartibi;
(62-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi.
(62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining direktor (boshqaruv raisi), ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi a’zoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyatning ustaviga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
(62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi majburiy bo‘lgan qo‘shimcha axborotning (materiallarning) ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
(62-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarga va davlat vakiliga berilishi lozim bo‘lgan axborotdan (materiallardan) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etadigan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etadigan shaxslar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilguniga qadar va uni o‘tkazish vaqtida foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
(62-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga takliflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) ushbu kengashning va komissiyaning (taftishchilarning) son tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli, bundan kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish mustasno.
(63-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga masala uni qo‘yish sabablari, masalani kiritayotgan aksiyadorlarning (aksiyadorning) ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida takliflar kiritilganda, shu jumladan o‘zini o‘zi nomzod qilib ko‘rsatilgan taqdirda nomzodning ismi-sharifi, unga tegishli aksiyalarning soni va turi (agar nomzod jamiyat aksiyadori bo‘lsa), shuningdek nomzodni ko‘rsatayotgan aksiyadorlarning ismi-sharifi (nomi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng o‘n kundan kechiktirmay ularni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga, xuddi shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan rioya etilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflar ushbu Qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarori masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorlarga (aksiyadorga) qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda jamiyatning kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 65-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa, umumiy yig‘ilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilishning kun tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sanani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish tartibini;
(64-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro‘yxatini;
(64-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniq masala qo‘yilishini aks ettirmaydigan ta’riflarning (shu jumladan, “turli masalalar”, “boshqa masalalar”, “o‘zga masalalar” va shu singari ta’riflarning) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p etib belgilanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra uning o‘z tashabbusi asosida, taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabi asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabiga ko‘ra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida yozma talab taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabda yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan masalalar ularni kiritish sabablari ko‘rsatilgan holda ta’riflangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi masalalarning ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi talab aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda, bu talabda umumiy yig‘ilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi-sharifi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni, turi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida talab taqdim etgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida yoki yig‘ilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birortasi ham aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kirmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qarori yoki bunday yig‘ilishni chaqirishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qarori yig‘ilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan taqdirda yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyatning mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda. Sanoq komissiyasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni ro‘yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasining tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi), jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi a’zolari, ishonchli boshqaruvchi, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodi ko‘rsatilgan shaxslar kirishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kvorum bor yoki yo‘qligini aniqlaydi, umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqlarining aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalarni tushuntiradi, ovozga qo‘yiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini ta’minlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini jamiyatning idoraviy arxiviga topshiradi.
(66-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda. Aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish tartibi
(67-modda nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishidagi o‘z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig‘ilishda shaxsan o‘zi ishtirok etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar) bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi.
(67-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish vakolatlari ularning xohishiga ko‘ra umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kvorumi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami ellik foizidan ko‘proq ovoziga ega bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatli (kvorumga ega) bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi. Aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishini o‘tkazishda kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar aksiyadorlarning o‘tkazilmay qolgan yig‘ilishi o‘rniga chaqirilgan takroriy umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami qirq foizidan ko‘proq ovoziga ega bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishi vakolatli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar qilish ushbu Qonunning 62-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda va shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvorum bo‘lmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi yigirma kundan kam muddatga ko‘chirilgan taqdirda, umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar o‘tkazilmay qolgan umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reyestriga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarini saylash bo‘yicha kumulyativ ovoz berishni o‘tkazish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib amalga oshiriladi.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilmagan hollar bundan mustasno. Ovoz berish byulleteni umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning to‘liq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masalaning ta’rifi va uni ko‘rib chiqish navbati, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi so‘zlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari ko‘rsatilgan bo‘lishi (bundan ovoz berishga qo‘yilgan masalaga “yoqlayman” degan mazmundagi so‘z bilan ifodalanadigan kumulyativ ovoz berish mustasno), ovoz berish byulleteni aksiyador (uning vakili) tomonidan imzolanishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zosini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ovoz berilganda ovoz berish byulletenlaridan foydalanilmaydi. Bunda ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorning qonuniyligi aksiyadorni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olishda foydalaniladigan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-modda. Ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo‘yicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Mazkur talabni buzgan holda to‘ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qo‘yilgan bir nechta masala ko‘rsatilgan bo‘lsa, bir yoki bir nechta masalaga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-modda. Ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari bo‘yicha sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari to‘g‘risida sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuzadi. Ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishining kvorumi mavjudligi haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi.
(72-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin aksiyadorlarning qog‘ozdagi yoki elektron jismdagi ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan muhrlanadi va jamiyat arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
(72-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishida o‘qib eshittiriladi, shuningdek aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qilish orqali aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yopilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig‘ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig‘ilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlarning umumiy soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yig‘ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilish kun tartibi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida ma’ruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qo‘yilgan masalalar hamda ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari, yig‘ilish qabul qilgan qarorlar ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlarning soni o‘ttiz kishidan kam bo‘lgan jamiyatda jamiyat kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish o‘z vakolat doirasiga kiritilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to‘lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a’zosi vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni qoplanishi mumkin. Bunday haq va to‘lovlarning miqdorlari aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish va jamiyatning kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlash uchun kuzatuv kengashi a’zolari orasidan qo‘mitalar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat faqat mazkur jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan tarkib topgan audit qo‘mitasini tashkil etishi shart. Jamiyatning ichki audit xizmati, agar bunday xizmat mavjud bo‘lsa, o‘z faoliyatida audit qo‘mitasiga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mitalarni shakllantirish va ularning ishlash tartibi, soni va tarkibi jamiyatning kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
(75-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, bundan ushbu Qonun 65-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 59-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning boshqaruv a’zolarini (raisdan tashqari) saylash (tayinlash), ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustaviga ko‘ra bunday huquq jamiyat kuzatuv kengashiga berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo‘lsa yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyat kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo‘lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(75-modda birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish;
(75-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga yoki jamiyat ustaviga ko‘ra quyidagilar jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish masalalarini, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish;
(75-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
(75-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga o‘tkazilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolarini saylash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, uning shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
(76-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 20-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son)
(76-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 20-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilab qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi, bunda kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladigan mustaqil a’zolar soni alohida ko‘rsatilishi kerak.
(76-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarining soni besh yuzdan ortiq bo‘lgan jamiyat uchun jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi yetti a’zodan kam bo‘lishi, aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bo‘lgan jamiyat uchun esa to‘qqiz a’zodan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi kerak bo‘lgan mustaqil a’zolar va boshqa a’zolar soniga alohida ko‘paytiriladi hamda aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga to‘liq berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar o‘rtasida taqsimlashga haqli.
(76-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylangan kuzatuv kengashi a’zosi mazkur yig‘ilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi a’zosi mustaqil a’zo ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
(76-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
761-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyatning, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak. Bunda kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘nggi uch yil ichida jamiyatda va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslarida ishlagan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) aksiyador;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lgan shaxs. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan ko‘p bo‘lgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud bo‘lsa, o‘sha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb e’tirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘nggi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega bo‘lgan shaxs, bundan kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan kelishuvlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bo‘lgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan mustaqil a’zolarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a’zolarining reyestrini yuritish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a’zosining ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiqligi o‘zgargan taqdirda, u jamiyatni va kuzatuv kengashini bu haqda ikki ish kuni ichida xabardor qilishi shart. Bu holda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda boshqa nomzod mustaqil a’zo sifatida taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi kuzatuv kengashining boshqa a’zolari bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
(761-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi, agar jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi, agar jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z raisini kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, agar jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini kuzatuv kengashining a’zolaridan biri amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o‘z tashabbusiga ko‘ra, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), ijroiya organi a’zosining, shuningdek jamiyat ustavida belgilangan boshqa shaxslarning talabiga ko‘ra chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibi jamiyatning ustavida belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini o‘tkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, biroq u jamiyat kuzatuv kengashiga saylangan a’zolarning yetmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining soni jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam bo‘lgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a’zolari aksiyadorlarning bunday navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga, shuningdek jamiyat ijroiya organi rahbarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibini belgilovchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Ushbu Qonun 18-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
(78-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining bir a’zosi o‘z ovozini kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavida jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng bo‘lgan taqdirda kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisda ishtirok etadigan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etadigan shaxslar;
(78-modda sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisning kun tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qarorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv kengashining majlisi o‘tkaziladigan kuni topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-modda. Jamiyatning ijroiya organi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik boshqaruv tomonidan amalga oshiriladigan bo‘lsa, jamiyat ustavida boshqaruv rahbarining (boshqaruv raisining) vakolati ham belgilangan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo‘yicha tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, agar jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadigan jamiyat ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining va jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ijroiya organlarini tuzish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra jamiyat direktorini yoki boshqaruv a’zolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi.
(79-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat direktorining, jamiyat boshqaruvi a’zolarining, ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari tegishincha ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida, jamiyat ustavida hamda ularning har biri jamiyat bilan uch yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma jamiyat nomidan jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining raisi, ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va jamiyat kuzatuv kengashi oldida beradigan hisobotlarining davriyligi nazarda tutilishi kerak.
(79-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning direktoriga, boshqaruv a’zolariga to‘lanadigan haq miqdori, shuningdek ishonchli boshqaruvchining xizmatlariga haq to‘lash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi va shartnomada belgilangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) vazifalarini boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozim bilan birgalikda egallab turishga faqat jamiyat kuzatuv kengashining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, boshqaruv a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tugatishga (bekor qilishga), agar jamiyat ustaviga ko‘ra kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo‘lsa, haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning direktori, jamiyat boshqaruvining a’zolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar ular jamiyat ustavini qo‘pol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, jamiyat ijroiya organining vakolatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala o‘sha yig‘ilishning o‘zida hal etilishi yoxud jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan bo‘lsa, jamiyat ijroiya organining, ishonchli boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat ijroiya organining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek jamiyatning ijroiya organi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marotaba o‘z vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ijroiya organini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida ko‘rsatma kiritishga haqli.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-modda. Jamiyatning boshqaruvi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning boshqaruvi jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat boshqaruvi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchining) a’zolari talabiga ko‘ra ularga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning boshqaruvi majlislarini o‘tkazishni boshqaruv raisi tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda jamiyat boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, jamiyatning boshqaruvi o‘z vakolat doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu modda qoidalariga muvofiq bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi bundan ushbu Qonunning 90-moddasida belgilangan hollar mustasno.
(81-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosini, boshqaruv direktorini yoki a’zosini, shuningdek ishonchli boshqaruvchini jamiyatga mulkiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topgan taqdirda, sud qaroriga ko‘ra ularning vakolatlari xo‘jalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallash taqiqlangan holda kamida bir yil muddatga tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, boshqaruv direktori yoki a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi quyidagilar natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chalg‘ituvchi axborot yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda belgilangan axborot taqdim etish tartibini buzganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan yirik bitimlarni va (yoki) amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitimlarni tuzishni taklif etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida o‘zlari yoki o‘z affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar tuzishni taklif etganlik;
(81-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fidutsiar majburiyatlarni bajarmaslik;
(81-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1097-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining hamda ishonchli boshqaruvchining fidutsiar majburiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifa va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va aksiyadorlar manfaatlarini eng ko‘p aks ettiruvchi usullardan foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab foydalanmaslikni hamda undan boshqa shaxslar tomonidan shu tarzda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning biznes imkoniyatlaridan yoki jamiyat uchun manfaatli bo‘lgan obyektlardan o‘z vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki o‘z mavqeyidan kelib chiqqan holda, jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz, shaxsiy naf olish maqsadida yoki boshqa shaxslar manfaatlarini ko‘zlab, shunday naf olishga ko‘maklashish maqsadida foydalanmaslikni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning asosiy faoliyati yo‘nalishlariga xos bo‘lgan sohadagi tadbirkorlik faoliyatini jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz amalga oshirmaslikni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka, jamiyatning ichki hujjatlariga va shartnomaga muvofiq jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmaslikni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish evaziga moddiy qimmatliklar olmaslikni yoki bundan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan mulkiy manfaatdor bo‘lmaslikni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda, jamiyat ustavida va ichki hujjatlarida jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining hamda ishonchli boshqaruvchining boshqa fidutsiar majburiyatlari belgilanishi mumkin.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1097-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatning ijroiya organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki boshqaruv a’zolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
(81-moddaning O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda. Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga nomzodlar bo‘yicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi, bundan kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi mustasno.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ-814-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 03/23/814/0036-son — 2023-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko‘rsatmagan yoxud aksiyadorlarning o‘tkazilayotgan umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv a’zolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
(82-modda beshinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi a’zolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi ushbu qo‘mita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining a’zolari tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining raisi minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2712, 27.08.2015-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Jamiyat tomonidan yirik bitimlar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-modda. Yirik bitim
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bog‘liq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, agar boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh foizidan ortig‘ini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning yirik bitimi predmeti bo‘lgan mol-mulkning bozor qiymati deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, ushbu qiymat bo‘yicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun bitimning taraflari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-modda. Yirik bitim tuzish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitim tuzish masalasi bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror mol-mulkning qonunchilikka muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi.
(84-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun talablari buzilgan holda tuzilgan yirik bitim sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyat direktorining yoxud jamiyat boshqaruvi a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ushbu jamiyatning shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘lgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘lsa, o‘sha jamiyatning shu’ba xo‘jalik jamiyati bo‘lgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) ushbu jamiyatning direktori yoxud boshqaruv a’zosi bo‘lgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijroiya organi a’zosining vazifasini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) ushbu jamiyat direktorining yoki boshqaruv a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) ushbu jamiyat bilan bitta xo‘jalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi bo‘lgan aksiyador — jismoniy shaxsning affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu jismoniy shaxs va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijroiya organining a’zosi vakolatlarini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2, 4, 6-bandlari va uchinchi qismining 1-bandi ishonchli boshqaruvchi yoki aksiyadorning vakili sifatida ish yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi to‘g‘risida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, tegishli shartnomaning muhim shartlarini batafsil ko‘rsatgan holda yozma bildirish yuborish orqali jamiyatni xabardor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning to‘liq ta’riflari, qaror qabul qilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘idagi manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamiyat yillik hisobotining bir qismidir.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni o‘rganish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitim to‘g‘risidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida ko‘rsatiladigan axborot jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati (agar u mavjud bo‘lsa) tomonidan o‘rganiladi. Jamiyatning ijroiya organi tomonidan o‘rganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Direktorning (boshqaruv raisining) qaroriga ko‘ra mazkur bitimni o‘rganishga qo‘shimcha ravishda jamiyatning boshqa xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni jamiyat ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan o‘rganish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va bitimni o‘rganishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomada bitimning yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa muhim jihatlari hamda uning jamiyat faoliyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’siri nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni ma’qullash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ijroiya organi jamiyat kuzatuv kengashini affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni o‘rganish natijalari bayonnomasini ilova qilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim to‘g‘risidagi axborotni o‘rganadi va affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay bitim bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq a’zosi affillangan shaxs bo‘lsa, bitim bo‘yicha qaror ushbu Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emas va ovoz berish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni ma’qullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan yoxud aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda affillangan shaxs bilan tuzilayotgan, qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n yoki undan ko‘p foizini tashkil etadigan bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror mol-mulkning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari o‘rganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi.
(88-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ijroiya organi tuzilishi kutilayotgan bitim tarafini affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim ayni bir vaqtda yirik bitim bo‘lsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonunning 8-bobida belgilangan yirik bitim tuzishga doir qoidalar qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi affillangan shaxs bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash haqida qaror qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha nizolashish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha jamiyat aksiyadori mazkur bitimni ma’qullash haqida qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan yoxud aksiyador qaror qabul qilinishida ishtirok etmagan taqdirda nizolashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim haqida direktor (boshqaruv raisi) tomonidan imzolangan tegishli axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim tarafi yozma bildirishining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni o‘rganish natijasi bayonnomasining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni ma’qullash to‘g‘risida qabul qilingan qarorning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli shartnomaning, agar u tuzilgan bo‘lsa, ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma shaklda taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimga taalluqli bo‘lgan boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, aksiyador o‘sha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan bevosita yoxud aksiyador nomidan da’vogar bo‘lib chiqishga haqli bo‘lgan vakolatli davlat organlari orqali sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning besh foizdan kam bo‘lmagan ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini o‘rganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Sud tomonidan bitim tuzishga doir talablar buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, jamiyat sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran bir oy muddatda aksiyadorning auditorlik tashkilotini jalb etishga doir xarajatlarining o‘rnini mazkur xizmatlarning bozor qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplashi shart.
(89-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi hollarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda bitim tuzish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni jamiyat uchun zararli deb topishga doir asoslar mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni tuzishda manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorning ovoz berishi aksiyadorlarning ushbu bitimni ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilingan umumiy yig‘ilishida uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qat’i nazar, ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki da’vo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganligi yoki zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi isbotlanmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bitim bo‘yicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi bo‘lganligi isbotlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bitimning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda keyinchalik ma’qullanganligi dalillari ishni sudda ko‘rib chiqish paytida taqdim etilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni o‘rganishni amalga oshirgan shaxslar bitim bo‘yicha xulosa va yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning sud tomonidan aybi isbotlangan affillangan shaxsi yetkazilgan zararning, jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan bitimni va da’voni sudda ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-modda. Affillangan shaxs bilan bitimlar tuzishdagi istisnolar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bobning qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir vaqtning o‘zida jamiyat direktori bo‘lgan bitta aksiyadordan tashkil topgan jamiyatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilishidan jamiyatning barcha aksiyadorlari manfaatdor bo‘lgan bitimlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari uchun tuziladigan bitimlarga, agar qonunchilikka ko‘ra realizatsiya qilishning maxsus tartibi belgilanadigan monopol mahsulot, moddiy-texnika resurslarining strategik turlari bitim predmeti bo‘lsa;
(91-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja va kimoshdi savdolari orqali tuziladigan bitimlarga, agar jamiyatning ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar, shuningdek jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bitim predmeti bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat tomonidan joylashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga oshirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni qayta tashkil etishga doir tartib-taomillarni amalga oshirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlarni tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar savdolarida realizatsiya qilishda;
(91-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat va affillangan shaxs o‘rtasidagi bitimni (bitimlarni) ma’qullash haqida jamiyat kuzatuv kengashining yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining ushbu bobda belgilangan tartibda oldindan qabul qilingan qarori mavjud bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(92-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qo‘shib yuborilgan yuridik shaxsning (jamiyatning) faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(92-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyat o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararlarning o‘rnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabardor etish orqali talab qilishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan jamiyat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan, shuningdek u yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilganidan keyin yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-modda. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi yuridik shaxsning unga o‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir nechta jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan vujudga kelishi aksiyadorlik jamiyatlarining yoxud aksiyadorlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyatning qo‘shib yuborilishi deb e’tirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyatini yuridik shaxslar bilan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qo‘shib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qo‘shib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qo‘shib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini (ulushlarini) yangi yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoki vakolatli organi qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi, qo‘shib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxsning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qo‘shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qo‘shma umumiy yig‘ilishida amalga oshiriladi. Jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar, bu topshirish dalolatnomalarida ko‘rsatilganligidan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
(93-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-modda. Jamiyatni qo‘shib olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoki bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib, ularning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga o‘tkazish jamiyatni qo‘shib olish deb e’tirof etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shib olinayotgan jamiyat va qo‘shib olayotgan yuridik shaxs qo‘shib olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi, unda qo‘shib olish tartibi va shartlari, shuningdek qo‘shib olinayotgan jamiyatning aksiyalarini (ulushlarini) qo‘shib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoxud vakolatli organi qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi va qo‘shib olish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani qo‘shib olishda ishtirok etayotgan o‘z jamiyati aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. Qo‘shib olinayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi yoxud vakolatli organi topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ham jamiyatlar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur yuridik shaxslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qo‘shma umumiy yig‘ilishi yuridik shaxsning ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Yuridik shaxslar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi qo‘shib olish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinayotganda, qo‘shib olinayotgan yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari, ular topshirish dalolatnomalarida ko‘rsatilganligidan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, qo‘shib olayotgan yuridik shaxsga o‘tadi.
(94-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-modda. Jamiyatni bo‘lish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni bo‘lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni bo‘lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqida qaror qabul qiladi. Yangidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shaxs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki yoki bir nechta yuridik shaxsga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning huquq va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs ajralib chiqqanda ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib o‘zgartirilishga haqli.
(97-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni o‘zgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin ta’sis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi).
(97-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-modda. Jamiyatni tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash to‘g‘risidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(98-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(98-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(99-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi. Bu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytga kelib jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa, uning mol-mulki ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlarning talablar qo‘yishi uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balansda tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Oraliq tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan navbat tartibida oraliq tugatish balansiga muvofiq, ushbu balans tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(99-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, tugatish balansi tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar tugallanganidan keyin jamiyat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi.
(99-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari (ro‘yxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100-modda. Tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda ushbu Qonunning 40-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni har bir navbat bo‘yicha taqsimlash avvalgi navbat bo‘yicha mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jamiyatdagi mavjud mol-mulk hisoblangan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan barcha aksiyadorlarga to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, mol-mulk imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni tugatish qiymatining chet ellik investor bo‘lgan aksiyadorga o‘tkaziladigan qismini jamiyat xorijiy valyutaga ayirboshlab berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-modda. Jamiyat tugatilgan payt
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritgan paytdan e’tiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Hisob va hisobot. Hujjatlarni saqlash. Jamiyat to‘g‘risidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.
(102-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliyaviy hisobotida ko‘rsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag‘idagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
(102-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart.
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-modda. Jamiyatning hujjatlarini saqlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning o‘z balansidagi mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va jamiyatning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning yillik hisobotini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar emissiyasi risolasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobiga doir hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishlarining, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) va boshqaruvi majlislarining bayonnomalarini, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning affillangan shaxslari ro‘yxatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlarining reyestrlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlarini, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshiruvlari dalolatnomalarini saqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonunchilikka va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa hujjatlarni ham saqlashi shart.
(103-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-modda. Aksiyadorlarga jamiyat hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini berish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ushbu Qonun 103-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlarning foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bundan buxgalteriya hisobiga doir hujjatlar, boshqaruv majlislarining bayonnomalari, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlari va jamiyat aksiyadorlarining reyestri mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat aksiyadorning yozma talabiga ko‘ra unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini haq evaziga taqdim etishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tayyorlash xarajatlarining qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlardan ortib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat so‘ralayotgan hujjatlarni aksiyadorga elektron shaklda taqdim qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar jamiyat yoki uning faoliyati to‘g‘risidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador (aksiyadorlar) da’vo arizasini sudda ko‘rib chiqish chog‘ida jamiyatdan va guvohlardan sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni olishga haqli, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno.
(104-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari to‘g‘risidagi axborot
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning affillangan shaxsi ushbu Qonunning 85-moddasiga muvofiq affillanganlik asoslari vujudga kelgan paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay jamiyatni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan ma’lumotlarni batafsil ko‘rsatgan holda o‘zining affillanganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar affillangan shaxsning aybi bilan ko‘rsatilgan axborot taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, affillangan shaxs jamiyat oldida o‘zi yetkazgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular to‘g‘risida qonunchilik talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Jamiyat affillangan shaxslar ro‘yxatini qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda har yili e’lon qilishi shart.
(105-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-modda. Jamiyat to‘g‘risidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda o‘zi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy bo‘lgan barcha axborotni Korporativ axborotning yagona portalida e’lon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat ustavining matnini Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan ma’lumotlarni olish orqali, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor etilishi majburiy bo‘lgan boshqa axborotni fond birjasining rasmiy veb-saytida e’lon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborot e’lon qilinganligi uchun haq olishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi to‘g‘risidagi axborotni Korporativ axborotning yagona portalida e’lon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan e’tiboran 72 soat ichida e’lon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasining rasmiy veb-saytida va Korporativ axborotning yagona portalida axborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat o‘zi va affillangan shaxs o‘rtasida tuzilgan bitim haqidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan e’tiboran 72 soat ichida Korporativ axborotning yagona portalida oshkor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat oshkor etilishi majburiy bo‘lgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni o‘zining rasmiy veb-saytida o‘z xohishiga ko‘ra oshkor etishga haqli.
(106-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Jamiyatning faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun jamiyat ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin.
(107-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish komissiyasi (taftishchi) aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi.
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftishchisiga yoki taftish komissiyasi a’zolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi tarkibiga (taftishchilikka) ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) vakolat doirasi ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) faoliyat ko‘rsatish tartibi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yozma talabiga ko‘ra jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga (taftishchiga) taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat taftishchisi yoki taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlashi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining (taftishchining), aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, jamiyat kuzatuv kengashining tashabbusiga ko‘ra yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yo‘li bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) xulosa tuzadi, bu xulosada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonunchilik buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart.
(107-modda sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish komissiyasi (taftishchi) jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonunchilikning va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har chorakda jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi. Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan axborotni o‘z ichiga olgan xulosa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida eshitiladi.
(107-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
(108-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari tomonidan qonunchilikka, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
(108-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ichki audit xizmati o‘z faoliyatini, agar qonunda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyatining tekshirilishini amalga oshiradi va unga auditorlik xulosasini taqdim etadi.
(109-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborot haqidagi noto‘g‘ri xulosani o‘z ichiga olgan auditorlik xulosasi tuzilganligi oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo‘ladi.
(109-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor bo‘lgan va korporativ qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajaruvchi jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin.
(110-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat korporativ maslahatchisining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111-modda. Aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlarining qonunga xilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aksiyador sifatida boshqa aksiyadorlar bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda belgilangan va jamiyat ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqini o‘zi himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararlarning o‘rnini qoplatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neustoyka undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’naviy zararni kompensatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar to‘lanmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qo‘mitasining murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga haqli. Bunday da’voni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(113-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(113-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114-modda. Xususiylashtirilayotgan tashkilot aksiyalarining birlamchi emissiyasi paytida mehnat jamoasi a’zolarining huquqlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotgan davlat tashkiloti mehnat jamoasi a’zolarining aksiyalarni olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish qonunchilik bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat jamoasining a’zolariga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan aksiyalar soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan belgilanadi.
(114-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(115-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(116-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XIII-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII, XIII1 boblari.