27.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2712
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 27.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2712
Kuchga kirish sanasi
02.12.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2712]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 12-sentabrdagi 2019-53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2712-1, 23.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/2712-1/3783-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor B. ATAXANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-09-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2015-yil 10-avgustdagi 2015-09-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorga muvofiq aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi (bundan buyon matnda qoʻmita deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 12-sentabrdagi 2019-53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2712-1, 23.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/2712-1/3783-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) — ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyador — aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minoritar aksiyadorlar — aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha ovoz berish natijalariga taʼsir oʻtkazmaydigan aksiyalar egalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashiqonun va aksiyadorlik jamiyati ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolati doirasiga kiritilgan masalalardan tashqari aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi boshqaruv organi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻmitaning qarorlari jamiyatning boshqaruv va nazorat organlari tomonidan bajarilishi majburiy emas, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorlari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli boʻlgan dividendlar toʻlanmagan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki qoʻmitaning murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat barcha aksiyadorlariga dividendlar toʻlash majburiyatini yuklatish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishga haqli. Bunday daʼvoni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qoʻmitani tashkil etishning talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan qoʻmita tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻmitani tashkil etish mumkinligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga qoʻmita tarkibiga nomzodlar boʻyicha takliflar koʻrsatishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aksiyadorlar (aksiyador) qoʻmitaga oʻzlari koʻrsatgan nomzodlar roʻyxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay oʻzgartishlar kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻmita aʼzolarini saylash toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bir yil muddatga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoʻmitaning aʼzolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hozir boʻlgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar koʻrsatmagan yoxud aksiyadorlarning oʻtkazilayotgan umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamiyat boshqaruvi aʼzolari va direktori, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi hamda, taftish komissiyasi aʼzolari (taftishchisi) jamiyatning qoʻmita aʼzolari tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoʻmita aʼzolarining soni jamiyat ustavi bilan belgilanib, uch kishidan kam boʻlmasligi, shuningdek umumiy soni toq sondan iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmitaning raisi ushbu qoʻmita tarkibidan uning aʼzolari tomonidan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish maqsadida jamiyat ijroiya organi rahbari qoʻmita aʼzolariga ish joyini, kompyuter uskunasini, seyfni, telefon yoki faksimil aloqasini ajratgan tarzda zarur mehnat sharoitini yaratib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoʻmitaning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minoritar aksiyadorlarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida murojaatlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoʻmitaning majlislari muntazam ravishda oʻtkaziladi va qoʻmitaning tarkibiga saylangan shaxslarning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita raisi qoʻmita qarorida kuni va vaqtini belgilagan tarzda minoritar aksiyadorlarni xaftalik qabulini tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoʻmita qarorlari oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va yigʻilishda ishtirok etuvchi barcha qoʻmita aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoʻmitaning bir aʼzosi oʻz ovozini shu qoʻmitaning boshqa bir aʼzosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻmita raisi qoʻmitaning vakolati doirasiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha jamiyatning maʼlumot va hujjatlaridan, shu jumladan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlari, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshirish dalolatnomalari, jamiyatga va uning mansabdor shaxslariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlaridan, shuningdek affillangan shaxslar bilan nazarda tutilgan bitimlarni jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan oʻrganish boʻyicha bayonnomalaridan erkin foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlarni olish toʻgʻrisidagi qoʻmita raisining soʻrovnomalari yozma ravishda rasmiylashtirilgan holda jamiyat ijroiya organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamiyatning ijroiya organi qoʻmita raisi tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning nusxalarini 10 kun ichida yoxud soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmagan tarzda taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qabul qilinib olingan hujjatlar qoʻmita raisi va aʼzolari tomonidan faqatgina xizmat maqsadlarida foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari jamiyat yoki uning faoliyati toʻgʻrisidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qoʻmita oʻzining vakolatiga kirgan masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoʻmita jamiyatning xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoʻmitaning faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 461-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/2712-1/3783-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)