“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish
va tadbirkorlikni qoʻllab-
quvvatlash davlat qoʻmitasi
raisi birinchi oʻrinbosari
A.Abduqodirov
1997-yil 31-mart
Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlishi
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22-sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarning hosilalarini (negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari boʻlgan) chiqarish va muomalada boʻlish tartibini belgilaydi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
1.2. Mazkur Tartibda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
qimmatli qogʻozlarning hosilalari (bundan buyon matnda QQH deb yuritiladi) — oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar;
opsion — emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qogʻozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha sotib olishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydi;
qimmatli qogʻozlarga doir fyuchers (bundan buyon matnda fyuchers deb yuritiladi) — qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻzida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qogʻozlarning muayyan sonini qatʼiy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
bazis aktivi — QQHning negizida boʻlgan va qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari;
QQHning amal qilish muddati — QQHni saqlovchisi oʻzining bazis aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan davr (yoki aniq sana);
QQHning xaridori (saqlovchisi) — bazis aktivini sotish yoki sotib olish huquqini (yoki majburiyatini) oʻziga oluvchi shaxs;
QQHning sotuvchisi — QQHning xaridori talabiga koʻra bazis aktivini yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini oʻziga oluvchi shaxs;
global sertifikat — yagona sertifikat uchun talab qilinadigan barcha rekvizitlarni, ushbu QQHning emissiyasi va muomalasining umumiy shartlarini oʻzida jamlagan QQH butun chiqarilishini (yoki chiqarishning bir qismini) hujjatsiz shaklda rasmiylashtiradigan hujjat;
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
(1.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
II. QQHni chiqarish va muomalada boʻlishi tartibi
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat chiqarilishi oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan QQH yoʻl qoʻyiladi.
2.2. QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:
hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);
egasining nomi yozilgan;
QQH sinflar va seriyalarga boʻlinadi.
2.3. QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular boʻyicha majburiyatlarni oʻz nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar emissiyasi (mazkur Tartibning 2.10 bandiga muvofiq) bir vaqtning oʻzida varrant negizida yotuvchi qimmatli qogʻozlarning emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2.4. QQHda koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning amal qilish muddatidan oshiq boʻlishi mumkin emas.
2.5. Bazis aktivining tasnifi quyidagi maʼlumotlardan tarkib topishi kerak:
qimmatli qogʻoz turi (xili, toifasi);
qimmatli qogʻoz nominali;
birligi uchun narxi;
soni;
emitenti;
umumiy qiymati;
qimmatli qogʻozning turiga qarab boshqa tavsiflar.
OPSIONLARNI CHIQARISH
2.6. Opsionlar opsion emitentining avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Opsion saqlovchisi oʻzining sotib olish (sotish) huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin.
2.7. Opsionlarning chiqarilishiga (varrantlardan tashqari) bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlganda yoʻl qoʻyilmaydi.
2.7.1. Sotishga opsion (put-opsion) — opsion saqlovchisiga QQHning bazis aktivi tavsifida koʻrsatilgan bazis aktivini kelajakda sotish huquqini beradi.
2.7.2. Sotib olishga opsion (koll-opsion) — QQHda belgilangan shartlar asosida bazis aktivini kelajakda sotib olish huquqini beradi.
2.8. Mukofot deb ataladigan opsion narxi xaridor tomonidan sotuvchiga opsionning oldi-sotdi shartnomasiga asosan toʻlanadi.
2.9. Opsion quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olish lozim (1-son ilova*):
nomini “sotib olishga opsion” yoki “sotishga opsion”;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;
opsion koʻchirmasi sanasini;
opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
bazis aktivini sotish (sotib olishga opsion uchun) yoki sotib olish (sotishga opsion uchun) boʻyicha emitentning majburiyatini;
opsionning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;
bazis aktivining tasnifini;
emitentning imzosi.
(2.9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
2.91. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.
Agar aksiyadorlik jamiyatining eʼlon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam boʻlsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi aʼzolariga mukofotni yoki ragʻbatlantirish toʻlovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni taʼsis etish chogʻida toʻliq toʻlanganidan keyin joylashtirilishi mumkin boʻladi.
2.10. Varrant opsionning alohida turi hisoblanib, u saqlovchisining muayyan muddat oraligʻida (yoki aniq kunda) varrant emitenti tomonidan birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qogʻozlarga bogʻlangan varrantlar chiqarilishi bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar bilan birga amalga oshiriladi. Bunda varrantning bazis aktivi boʻlgan qimmatli qogʻozlarning bitta chiqarilishi, varrantlarning faqat bitta chiqarilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
2.11. Varrantlarni:
avval chiqarilib, uchinchi shaxslarga egaligida boʻlgan yoki emitent tomonidan qaytarib sotib olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha;
bazis aktivining narxi qimmatli qogʻozlarning (obligatsiyalardan tashqari) nominal qiymatidan past boʻlganda chiqarish taqiqlanadi.
2.12. Varrantlarning emitenti varrantlarning birinchi saqlovchilari uchun varrantlarni sotib olishda teng narx shartlari, bu esa varrantlarning saqlovchilari qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega boʻlgan varantlar bilan tasdiqlangan yagona narxni belgilashni anglatadi. Bunda varrantlar saqlovchilari uchun qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi varrantlarga ega boʻlmagan investorlar uchun joylashtirish narxidan farq qilishi mumkin.
2.13. Varrant quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (2-son ilova*):
nomi “varrant”;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;
varrant koʻchirmasi sanasini;
varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
bazis aktivini sotish boʻyicha emitentning majburiyatini;
varrantning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;
bazis aktivining tasnifini;
varrant xaridorining nomini (egasining nomi yozilgan varrant uchun);
varrant emitentining imzosi.
(2.13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
FYUCHERSLARNI CHIQARISH
2.14. Bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlgan fyucherslar chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Fyucherslar ularning emitenti tomonidan avval chiqarilgan oʻz qimmatli qogʻozlarini ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlashi mumkin.
2.15. Fyucherslar qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish yoxud kelgusida muomalada boʻlishi uchun sotish (qaytarish bitim) yoʻli bilan bajarilishga majburiydir.
2.16. Fyuchers quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (3-ilova*):
nomi “fyuchers”;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;
fyuchers koʻchirmasi sanasini;
fyuchers turini (sotib olishga yoki sotishga);
fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;
emitentning bazis aktivini sotish (sotib olish) majburiyatini;
fyuchersni bajarish sanasi;
bazis aktivining tasnifini;
fyuchers emitentining imzosi.
(2.16-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
III. QQHni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
3.1. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi tijorat banklari, sugʻurtalovchilar, birjalar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xoʻjalik birlashmalarining QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Agentlikning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
3.2. Qolgan hollarda, QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Agentlikning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. QQH keyingi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish emitent dastlabki tarzda davlat roʻyxatidan oʻtgan organda amalga oshiriladi.
(3.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
3.3. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror amaldagi qonunchilik hujjatlari va ustavga muvofiq tegishli vakolatga ega QQH emitentining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu organ tomonidan chiqarilish bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari tasdiqlanishi lozim.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.4. QQHni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tegishli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati;
QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror;
QQHning emissiya risolasi (QQH ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
ikki asl nusxada QQH blankasining namunasi (QQH hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);
QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);
(3.4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQHning emissiya risolasi tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);
(3.4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan toʻlov hujjati;
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan holda.
(3.4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.5. QQHning emissiya risolasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
emitent, uning taʼsischilari (aksiyadorlari) haqida toʻliq maʼlumotni;
QQH emitentining oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotini;
QQHning chiqarilayotgan miqdorini;
QQH chiqarish va muomalasi tartibini;
bazis aktivining tasnifini;
emitentning QQH saqlovchilari oldidagi majburiyatini;
QQH saqlovchilarining huquqlarini.
3.7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga quyidagi hollarda haqlidir:
QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar hamda ulardagi maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlganda;
(3.7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQH chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar toʻlanmaganda;
(3.7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQH chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarishga boʻlgan huquqning yoʻqligi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga koʻra QQXning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qarori QQH chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
3.9. QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi boʻyicha emitentning mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(3.9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faqatgina QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligiga uchun javob beradi hamda qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartib bilan oʻrnatilgan QQHni chiqarish qoidalarini bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.12. Taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va QQHning chiqarilishiga berilgan davlat roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
Davlat roʻyxat raqamini berish, shuningdek Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestriga yozuvlar kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3.12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.13. QQHning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi QQHning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga taqdim etiladi. QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud boʻlganda hujjatning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega boʻladi.
3.14. Opsionlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, emitent:
ikki oylik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq opsionlarga (shu jumladan varrantlarga) buyurtma beradi va tayyorlaydi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda axborotni oshkor qiladi.
(3.14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Emitent ushbu chiqarilishdagi QQHning barcha potensial xaridorlarini bir xil xabardorligini taʼminlashi lozim.
3.15. Emitent tomonidan varrantlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, ular qaysi qimmatli qogʻozlarga chiqarilayotgan boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi bilan bir vaqtda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda amalga oshiriladi.
(3.15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.16. Sotib olish fyucherslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent bazis aktivi summasining 20% miqdorini hisob-kitob kliring palatasidagi oʻz hisobida deponentga qoʻyilganligi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.
3.17. Emitent davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli organ bilan kelishgan holda majburiy rekvizit tarkibiga, amaldagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartibga zid boʻlmagan QQHning boshqa shart va rekvizitlarni kiritishi mumkin.
(3.17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3.18. QQH blanklari qimmatli qogʻozlar blanklari uchun belgilangan barcha talablarni qondirishi shart va qalbakilashtirishga qarshi yetarli himoya darajasiga ega boʻlishi lozim (fyucherslar bundan mustasno). QQH — opsionlar va varrantlarning blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi.
IV. QQHning muomalasi
4.1. Opsionlarnig (shu jumladan varrantlarning) muomalasi birja ham birjadan tashqari bozorda ham amalga oshiriladi. Fyucherslar bilan operatsiyalar faqatgina birja bozorida amalga oshirilishi mumkin.
4.2. Qimmatli qogʻozlarning tashkillashtirilgan savdolarida QQHga doir bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. QQHga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4.3. Hujjatsiz shakldagi QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqaga oʻtkazish QQH saqlovchisining topshirigʻi asosida depo hisobvaragʻiga tegishli yozuvlarni kiritish orqali rasmiylashtiriladi.
4.5. Blankali nomi yozilgan QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqalarga keyingi (birinchi bitimdan soʻng) oʻtkazilishi ushbu QQH blankalarining orqa tarafida yoxud raqamlangan va tikilgan qoʻshimcha varaqlar –– allonjlarda rasmiylashtiriladi. Bunda oʻz huquqini boshqaga berayotgan shaxs (sedent) va boshqaning huquqini oʻziga olayotgan shaxs (sessionar) oʻrtasida ikki tomonlama kelishuv (sessiya) tuzilishgan boʻlishi kerak. Sessiya vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. Sessiyani rasmiylashtirish namunasi 4-ilovada* keltirilgan.
(4.5-band Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4.6. QQHning sotuvchisi QQHning saqlovchi tomonidan QQHda koʻrsatilgan muddatda sotib olish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotish toʻgʻrisida, yoxud sotish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotib olish toʻgʻrisida QQHning saqlovchisi bilan shartnoma tuzishi shart.
4.7.QQHning saqlovchisi oʻzining huquqidan QQHda koʻrsatilgan muddatdan keyin foydalangan (QQHni emitentga taqdim etgan) boʻlsa, QQHning emitenti bunday huquqni QQHning saqlovchisi tomonidan realizatsiya qilinishini rad etish huquqiga ega.
4.8. QQHda belgilangan shartlardan boshqa shartlarda bazis aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish QQHda belgilangan majburiyatlar bajarilishi deb hisoblanmaydi.
4.9. Quyidagilar taqiqlanadi:
haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan QQHning oldi-sotdisi;
bitimni (sessiyani) rasmiylashtirish vaqtida sotuvchining mulki boʻlmagan QQHni sotish;
QQHni uni amal qilish muddati tugaydigan kunda sotish.
V. Hisobot va javobgarlik
5.1. QQHning emitenti va emitent bilan tuzilgan kelishilgan holda QQHni birinchi egalariga sotadigan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari har bir xaridorga, ushbu qimmatli qogʻozlarni sotib olgunga qadar, ularni chiqarish va muomalada boʻlish shartlari bilan tanishish imkoniyatini yaratib berishi shart.
5.2. Agentlik qimmatli qogʻozlar muomalasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Tartib talablari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida roʻyxatdan oʻtgan QQH emissiyasi jarayoni ustidan joriy nazoratni olib boradi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5.3 Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi pul mablagʻlarini depozit qilish toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilganligi uchun javobgarlik boʻladi.
5.4. Emitent va QQHning saqlovchisi Agentlikka belgilangan muddatda QQH chiqarilishi (muomalada boʻlishi) holati toʻgʻrisidagi soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
(5.4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)
5.5. Mazkur Tartib talablarini bajarmagan, toʻliq yoki oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlarini buzgan holatida emitent va QQHning saqlovchisi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(5.5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5.6. Adliya vazirligi tomonidan 24.10.1994-yilda 110-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Davlat mulki ulushi sotilishiga Davlat mulki qoʻmitasi opsioni, shuningdek hamkorlarga erkin sotish va tasarruf etish uchun nazarda tutilgan ulush haqida”gi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.