1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
[TSZ:
1.Moliya / Birja faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYaTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-375-sonli “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 394-modda; 1993-yil, № 1, 19-modda, № 9, 329-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260-II-son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYaTI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi birjalarni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun valyuta birjasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Birja tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja yuridik shaxs bo‘lib, oldindan tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora birja savdolarini tashkil etish va o‘tkazish orqali birja tovarlari savdosi uchun shart-sharoit yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Birja faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyati birja savdolarini tashkil etish hamda talab va taklifning haqiqiy nisbatini aniqlash asosida birja tovarlarining narxlarini chiqarish orqali birja tovarlarining bozorini yaratishga qaratilgan harakatlar yig‘indisidan iborat.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Birja faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli litsenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Birja faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-sonli “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Birja faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birja faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar yoki ularning a’zolari tomonidan birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi talab bilan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning ushbu Qonun 14 va 15-moddalari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini birjalar tomonidan bajarilmagan taqdirda, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga yoki birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoxud uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqlidir.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 22—24-moddalariga qarang
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, birjalarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sudlarga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Birja faoliyatining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarini oshkora va ommaviy tarzda o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarida narxlarning erkin shakllanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlarini tuzishning ixtiyoriyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja barcha a’zolarining birja savdolarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitning tyengligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Birja tovari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda birja savdolariga chiqarilgan muayyan tur va sifatdagi tovar, shu jumladan tovarga doir standart kontrakt birja tovari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk obyektlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari bo‘lishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 82-moddasiga ko‘ra muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan to‘g‘riko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Birja listingi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja listingi deganda birja tovarlarini birja axborotnomasiga kiritgan holda birja savdolariga qo‘yish tartiboti tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja listingini o‘tkazish tartibi birja savdosi qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerlik o‘rni birja tomonidan yuridik shaxslarga, qoida tariqasida, pulli asosda beriladigan, birja bitimlarida va birja faoliyatida ushbu Qonunga muvofiq ishtirok etish huquqi. Birja aksiyadoriga brokerlik o‘rni uni sotish huquqisiz berilishi mumkin.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerlik o‘rnining egasi faqat bitta shaxs bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerlik o‘rni ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning o‘zi sotadigan brokerlik o‘rnining boshlang‘ich narxini birjaning ijro etuvchi organi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerlik o‘rnining qiymati birjaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Birjaning tashkiliy-huquqiy shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja ustav fondining miqdori birja ro‘yxatga olingan sanadagi holatga ko‘ra qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n ming baravari miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning firma nomi “birja” so‘zini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Birja ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja o‘z faoliyatini muassislari tasdiqlaydigan ustav asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja ustavida quyidagilar belgilangan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjaning nomi va uning turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjaning joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyatining sohasi va maqsadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondining miqdori, muassislar tomonidan fondga ulushlar kiritishning tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadni taqsimlash va ehtimol tutilgan zararlarni qoplash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja muassislari va a’zolarining mulkiy javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjaning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi va ularning vakolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatib turish va bekor qilish tartibi, birja a’zolarining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjani qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavda qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Birjaning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja:

narx belgilash, hakamlik, listing, nazorat va boshqa birja komissiyalarini tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar birja bitimlarining narxi kun davomida birja tomonidan belgilangan qiymatdan ham ortiqroq o‘zgarib ketsa, birja savdosini to‘xtatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar hamda penyalar belgilash va undirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja axborotnomalari, ma’lumotnomalari hamda boshqa axborot va reklama nashrlarini chiqarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga, birja ustavi va birja savdosi qoidalariga muvofiq birja boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Birjaning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalarini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja axborotnomasiga kiritilgan birja tovarlari savdosini tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovarlariga bo‘lgan talab va taklifning nisbati asosida ularning narxini chiqarib turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) ommaviy axborot vositalarida birja tovarlari narxini e’lon qilishga, birja a’zolarini har bir birja savdosining yakunlari to‘g‘risida xabardor qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga, birja ustavi va birja savdosi qoidalariga muvofiq birjaning boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Birjalarni tashkil etish va ularning faoliyati sohasidagi cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja ishlab chiqarish, savdo, savdo-vositachilik faoliyatini bevosita amalga oshirishi, shuningdek boshqa yuridik shaxslarning muassisi (aksiyadori) bo‘lishi mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari birja muassisi (aksiyadori) bo‘la olmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja xodimlariga brokerlik o‘rinlarini sotib olish, shuningdek xizmat axborotidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjada:

birja savdolari ishtirokchilarining birjadagi joriy narxlar o‘zgarishi yoki qat’iy qilib qo‘yilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday kelishilgan xatti-harakatlar sodir etishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda o‘zgartirishga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolari o‘rtasida tuzilgan birja bitimlarini birja savdolarini o‘tkazmasdan turib ro‘yxatga olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja tomonidan belgilangan tartibda shu birjadagi brokerlik o‘rnini sotib olgan yoki olgan yuridik shaxslar birja a’zolari hisoblanadi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek birja xodimlari birja a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Birja a’zolarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolari:

birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja komissiyalarini saylash va ularga saylanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja xizmatlaridan foydalanish va ushbu Qonunga muvofiq brokerlik o‘rnini tasarruf etish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga, birja ustavi va birja savdosi qoidalariga muvofiq birja a’zolari boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Birja a’zolarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalariga rioya etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja axborotnomasiga kiritilgan birja tovarlari savdosini amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja axborotnomasiga kiritilgan tovarlar bo‘yicha birjadan tashqari bozorda oldi-sotdi shartnomalarini tuzmaslikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlar talabiga binoan ularga brokerlik o‘rnini sotib olish sanasi va uning tartib raqami to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozga uning manfaatlarini ko‘zlab tuzilgan bitimlar, shuningdek uning topshiriqlari bajarilishi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz bilan shartnoma tuzilayotganda uni birja savdosi qoidalari va hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish shartlari bilan tanishtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz hisobidan tuzilgan birja bitimlarining alohida hisobini yuritishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga, birja ustavi va birja savdosi qoidalariga muvofiq birja a’zolarining boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi birja ijro etuvchi organining tashabbusi bilan yiliga kamida bir marta yig‘iladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi, agar uni chaqirish to‘g‘risidagi talab brokerlik o‘rinlari umumiy sonining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan birja a’zolari tomonidan yozma ravishda bildirilgan bo‘lsa, chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalarini va birja komissiyalarining tarkibini kelishib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyatini takomillashtirish va birja savdolari samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni birjaning boshqaruv organlariga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja ustaviga binoan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va yig‘ilish tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi birja a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Birja savdolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari birja tomonidan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovarining savdosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari birjada markazlashtirilgan tarzda va ushbu savdolarda birjaning barcha a’zolariga bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Birja savdosi qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlari ishtirokchilarining tarkibi va ularga qo‘yiladigan talablar yig‘indisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarini, birja bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ro‘yxatga olish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovarlari narxini chiqarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ijozat berish tartibi (listing);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlari ishtirokchilari o‘rtasidagi hisob-kitoblar tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosida muomalada bo‘ladigan standart kontraktlar tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar savdo maydonchalari yoki bo‘linmalari birja tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, ularning ro‘yxati va nomlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarini o‘tkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolariga axborot xizmati ko‘rsatish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjadagi narxni shakllantirish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada nizolarni hal etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolari va xodimlarining birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi qoidalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi birja ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Birja bitimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja tomonidan ro‘yxatga olingan birja tovari xususida birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi birja bitimi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjada ro‘yxatga olingan bitimlar notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Birja bitimlarining turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjada birja tovarlari oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real tovarni o‘zgaga topshirish yoki yetkazib berish yoxud tovarga mulk huquqini beruvchi hujjatlarni o‘zgaga topshirish bilan bog‘liq bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
forvard bitimlar real tovarni yetkazib berish muddati kechiktirilgan holdagi oldi-sotdi bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fyuchers bitimlari tovarlarga doir standart kontraktlarning oldi-sotdi bitimlari (ularni kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
opsion bitimlar tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narx bo‘yicha kelgusida sotib olish yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan, tuzilgan bitimlarning ijrosini kafolatlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, bitim tuzilgan sana va vaqt hamda uni tuzgan birja a’zolarining nomi bundan mustasno) oshkor qilinishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir ma’lumot sudlarga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda esa surishtiruv va tergov organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja bitimining mazmuni haqidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Birja bitimlarining ishtirokchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadilar. Birja a’zolari (brokerlar) mijozlarning topshirig‘iga binoan, shuningdek o‘z nomlaridan va o‘z hisoblaridan (dilerlar) bitimlar tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolari o‘rtasidagi birja bitimlari birja savdolarining natijalariga ko‘ra tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning yoki boshqa tashkilotlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolari va ular mijozlarining majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimlar ijrosining moliyaviy kafolatlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja a’zolari va ular mijozlarining majburiyatlarini hisobga olish, bitim bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni va to‘lovlarni, shu jumladan bitimni amalga oshirishda ishtirok etgan taraflarga vositachilik haqini to‘lash bo‘yicha faoliyati hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Nizolarni hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja, uning a’zolari va mijozlari, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja a’zolari, birja savdolarining ishtirokchilari va ularning mijozlari o‘rtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar birjaning hakamlik komissiyasi yoki sud tomonidan hal qilinadi. Nizolarni ko‘rib chiqish uchun hakamlik komissiyasi tomonidan yig‘im undirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Erkin almashtiriladigan valyutaga tovarlarning birja va yarmarka savdosini jonlantirish va kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 15-aprelda 174-sonli “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Tanishish tavsiya etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda)