Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1650
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligining buyrugʻi, 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1650
Kuchga kirish sanasi
08.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLARDA TEKShIRISh OʻTKAZISh VA TEKShIRIShLARNI ROʻYXATGA OLISh KITOBINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda 1650-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 245-mh-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish va tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1650-1, 07.11.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirish soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son va 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son farmonlariga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi va amalda qoʻllanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 15-maydagi 55-mh-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (2001-yil 15-may, roʻyxat raqami 917-1) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 29 dekbr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirining 2006-yil 29-dekabrdagi 213-mh-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning taʼriflari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi — nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishlar toʻgʻrisidagi axborot kiritiladigan rasmiy hujjat hisoblanuvchi tekshirishlarni hisobga olish maxsus kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyekt — belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar — xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks tekshirish — bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejadan tashqari tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan yillik (choraklik) tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish (shu jumladan qisqa muddatli tekshirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir ish kuni davomida oʻtkaziladigan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq boʻlmagan tekshiruv (kechki va (yoki) tungi vaqtlarda faoliyat koʻrsatuvchi (tekshirish kunining soat 18-00dan ertasi kunning soat 6-00 gacha) xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qisqa muddatli tekshirishlar tekshirish boshlangan paytdan boshlab sakkiz soat davomida amalga oshiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli oʻzaro bogʻliq boʻlgan va turli xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xoʻjalik yurituvchi subyektning turli boʻlinmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tartibida tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi oʻrinlarda — tekshiruvchi organlar)ning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlari (moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish, kompleks tekshirish, taftish qilish, rejadan tashqari tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va h. k.), shu jumladan yongʻin, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xavfsizligi, kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish, shuningdek energiya nazorati, karantin va oʻsimliklar himoyasi xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar va boshqa tekshirishlar boʻyicha xatti-harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tekshirish bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning bevosita tekshirish oʻtkazish yilidan oldingi toʻrt kalendar yildan koʻp boʻlmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish oʻtkazilayotgan kalendar yil davrlarini tekshirishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari tekshirilgan masalalar boʻyicha tekshirish oʻtkazish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat budjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati ham tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tekshirish oʻtkazish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rejali tekshirishlar oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha tegishli hududiy komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — viloyat komissiyalari) tomonidan belgilangan tartibda berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organning tekshirishlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish rejasi asosida tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan holda chiqargan buyrugʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar boʻyicha hududiy komissiyalari tomonidan tekshirilayotgan obyekt nomi, tekshirish oʻtkazish maqsadi, muddatlari va uning sabablari asosliligi koʻrsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qabul qilingan qaror, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tarkibi va tekshirish oʻtkazish muddati koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tekshiruvni oʻtkazish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda. Bunda agar Prezident va Hukumat qarorlarida tekshirish oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi aniq koʻrsatilgan boʻlsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasining roziligini olish talab qilinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar kelib tushganda. Qoʻshimcha maʼlumotlar sifatida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning aniq isbotlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan qonunbuzilish faktlari xizmat qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qoʻshni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi nazorat qiluvchi organlar oʻzlarining hududiy boʻlinmalariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish uchun topshiriqlarni faqatgina Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar boʻyicha hududiy komissiyalarining ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori boʻlganida yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun qoʻzgʻatilgan jinoiy ish mavjudligi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xoʻjalik yurituvchi subyekt Kengash yoki viloyat komissiyasi ishchi organlaridan uning faoliyatini tekshirishga taalluqli (rejalashtirilgan tekshirish sanasi, turi, nazorat qiluvchi organning nomi va h. k.) axborotni (bunda ushbu axborot xoʻjalik yurituvchi subyektga bepul taqdim etiladi) olishga haqli. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ushbu axborotni olishi, shuningdek Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlar rejalariga kiritilgan tekshiruvlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni matbuotda eʼlon qilish yoʻli bilan ham taʼminlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ularning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda tekshirishlar tegishli nazorat qiluvchi (yongʻinga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta oʻtkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da roʻyxatga olingan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar koʻrsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qatʼi nazar, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmagan holda, xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Rejali tekshiruvlar Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir kundan ortiq davom etadigan rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash qarori boʻyicha amalga oshiriladi. Bir kunlik rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki uning viloyat komissiyasi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar boʻyicha hududiy komissiyalarining qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki viloyat komissiyasi qaroriga binoan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tartibidagi tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Nizomning 23-bandi talablariga qatiy rioya qilingan holda Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qoʻshimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish uchun asoslar Kengash tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tekshirish oʻtkazishga faqat tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan attestatsiya natijalari boʻyicha va tekshirish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi maxsus guvohnomalarga ega boʻlgan mansabdor shaxslarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tekshirishlar oʻtkazish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddatlari 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Kengash qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolari faoliyatini tekshirish uning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati tegishli auditorlik tashkiloti majburiy jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tekshirish oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilingan taqdirda auditorlik tekshirishlari (ekspertizalar) oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar faqat ushbu tekshirishlarni tayinlagan tekshiruvchi organlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilinganda tekshiruvchi organ hamda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi albatta xoʻjalik yurituvchi subyektga taqdim etiladi. Shartnomada auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va mansabi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik va/yoki ekspert xulosasining toʻgʻriligi hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan auditorlik tashkiloti va/yoki ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar Kengashning qaroriga binoan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini har toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa har uch yilda koʻpi bilan bir marta reja asosida tekshirish oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini ular davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektning faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatigina qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshirish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlari doirasidagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektning tekshirish obyekti bilan oʻzaro munosabati deganda shaxslarning hujjatlar (jinoyat ishi materiallari, ashyoviy dalillar) bilan tasdiqlangan aniq munosabatini tushunish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yoki viloyat komissiyasining qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qarori bilan belgilangan muddatda muqobil tekshirish oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida, u faqatgina muqobil tekshirishni boshqa muddatga koʻchirish toʻgʻrisidagi Kengash yoki viloyat komissiyasining qoʻshimcha qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qoʻshimcha qarori asosida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan muqobil tekshirishga taalluqli boʻlmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni oʻtkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan faqat ilgari oʻzlari oʻtkazgan tekshirish natijalariga doir dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar va muddatlar boʻyicha Kengash yoki uning viloyat komissiyalarining qoʻshimcha roziligisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyekti tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan muddatlarda nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishga rozi boʻlmasa, ularni oʻtkazish muddatlari Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2006-yil 6-may, roʻyxat raqami 1573) koʻrsatilgan tartibga muvofiq viloyat komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hujjatlarni olib qoʻyish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi boʻyicha taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi, prokuratura organlari esa, bu holda “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga ham asoslanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar asl nusxasi olib qoʻyilgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardirlar. Hujjatlarning asl nusxasini olib qoʻyishda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatli shaxslari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bosh buxgalter yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarning asl nusxasidan koʻchirmalar olish imkoniyatini berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar ularga xoʻjalik yurituvchi subyektni tekshirish bilan bogʻliq holda maʼlum boʻlgan tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni tarqatganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga (1-sonli ilova) tegishli yozuvlar kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish 2-sonli ilovada koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi belgilangan namunaga muvofiq boʻlishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi koʻrsatilgan holda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari tomonidan hisobi yuritiladigan Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobida xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi. Tekshirish boshlanishidan oldin xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini tegishli ustunlarini toʻldirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvchi mansabdor shaxs Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishdan bosh tortsa, u tekshirishga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish oʻtkazish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Tekshirish tekshirishni oʻtkazish rejasi va nazorat qiluvchi organning vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan, zarur hollarda esa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma bilan ham rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kengash yoki uning viloyat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan koʻchirma (koʻchirmaning haqiqiyligi koʻrsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim), nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish oʻtkazish buyrugʻi va rejasi, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror nusxalari xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga (yakka tartibdagi tadbirkorga, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) ularni olganligi haqidagi tilxat asosida topshiriladi. Bunda tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasi tekshirish tugaganidan keyin oʻn kunlik muddat ichida topshiriladi. Tekshirish oʻtkazish uchun auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb qilingan taqdirda, tekshiruvchi organ va auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi ham topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilgandan va tekshirish tugagandan soʻng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) unda qayd qilingan yozuvlarni toʻgʻriligini oʻzlarining imzolari bilan sana va vaqtni koʻrsatgan holda tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tekshiruvchi organlar hamda ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatlari tekshirilishi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar boʻyicha hududiy komissiyalari qarorini va qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlgan tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni, tekshirish oʻtkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi mansabdor shaxslarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish tugaganidan soʻng oʻn kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talabiga binoan tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchi mansabdor shaxslarga oʻz vazifalarini bajarishlari uchun koʻmaklashishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tekshirishni amalga oshirayotgan tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayottan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy va (yoki) maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejali tekshirishlar oʻtkazish muddatini koʻchirish toʻgʻrisida basharti, bunga obyektiv asoslar boʻlsa, Kengashga taqdimnoma kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlashiga xalal bermaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yozuv kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasalar, ular oʻzlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishlari mumkin. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan shaxsan javobgarlik tekshiruvchi organlarning rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Huquqi buzilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt unga keltirilgan zararni toʻliq undirilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sud qarori asosida toʻla hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararlarning oʻrnini qoplash sud qarori bilan ana shu yetkazilgan zarar uchun aybdor boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan real zararni, boy berilgan foydani, shuningdek maʼnaviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalariga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi oʻrinbosari v.b., Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror R. QODIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 28-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 29-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEKShIRIShLARNI ROʻYXATGA OLISh KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎__________________________________________________________________________‎‎___

(xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi)‎‎

_____________________________________________________________________________‎‎

(xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili)

_____________________________________________________________________________‎‎

‎‎(soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

T/r‎ Nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning nomi‎ Tekshiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va guvohnoma raqami ‎ Auditorlik tashkilotining nomi (litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati), auditor, ekspertning F.I.O. (shaxsini tasdiqlovchi hujjat)‎ Tekshirish oʻtkazish uchun asos; jinoiy ish raqami ‎ Tekshirish turi va maqsadi
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Tekshirish oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar ‎ Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti ‎ Tekshirishning aniq davom etgan vaqti ‎ Talab qilingan hujjatlar ‎ Tekshirish jarayonida koʻrilgan choralar ‎ Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tadbirkorning) fikri ‎
7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektning Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tekshiruvchi organ 2—7, tekshiriluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt 8—12 ustunlarni toʻldirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ikkinchi ustunda tekshiruvchi organning toʻliq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uchinchi ustunda tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan idora nomi, guvohnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilgandan va tekshirish tugagandan soʻng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari ushbu ustunga Kitobga qayd qilingan yozuvlarni toʻgʻriligi toʻgʻrisida yozuv kiritadi va sana va vaqtni koʻrsatgan holda uning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toʻrtinchi ustunda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Beshinchi ustunda tekshirish oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni tasdiqlash raqami va sanasi; qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi ish bilan bogʻliq tekshirishni tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oltinchi ustunda tekshirish turining toʻliq nomi (rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish, qisqa muddatli tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish) va maqsadi koʻrsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish oʻtkazish reja-jadvali va buyruqda koʻrsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda koʻrsatilganiga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ettinchi ustunda tekshirish oʻtkazish muddati koʻrsatiladi. U tekshirish oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sakkizinchi ustunda har kuni tekshirish oʻtkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi koʻrsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi faoliyati haqida maxsus belgilar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toʻqqizinchi ustunda tekshirishning haqiqatan davom etgan kalendar muddati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻninchi ustunda talab qilingan hujjatlarning toʻliq nomi koʻrsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish oʻtkazish reja-jadvali hamda buyruqda koʻrsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻn birinchi ustunda xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda koʻrilgan choralar (ishlab chiqarishni toʻxtatish, omborni yoki butunlay korxonani muhrlash, pul mablagʻlaridan va/yoki xomashyodan foydalanishni taʼqiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qoʻyish va h. k.) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻn ikkinchi ustunda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “Eʼtirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri koʻrsatiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr koʻrsatilgan holda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor) buning asoslangan sabablarini koʻrsatadi. “Eʼtirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr koʻrsatilgan holda asoslangan eʼtirozlar keltiradi. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilgandan va tekshirish tugagandan soʻng xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) ushbu ustunga Kitobga qayd qilingan yozuvlarni toʻgʻriligi haqida sana va vaqtni koʻrsatgan holda oʻzining imzosi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobida oʻchirib yozish va boʻyash taqiqlanadi. Toʻgʻrilashlar xato yozuvlar oʻchirilib, kerakli maʼlumotlarni ustidan qayta yozish yoki qoʻlda ustidan yozish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday toʻgʻrilash mansabdor shaxs-tekshirish rahbarining va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 525-modda)