Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2006 03.09.1999 yildagi 411-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURAYoTGAN KOʻP BOLALI VA KAM DAROMADLI OILALARNI RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibda uy-joy qurayotgan koʻp bolali va kam daromadli oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, budjet ajratmalaridan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yakka tartibda imorat quruvchilarga va uy-joy qurilishi shirkatlariga korxonalar tomonidan imtiyozli baholarda sotilayotgan devorbop materiallarning oʻrta hisobda 30 foiz qiymati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjetidan qoplanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻrgʻonlar, ovullar, qishloqlar va mahallalar fuqarolar yigʻinlari kengashlariga koʻp bolali va kam daromadli oilalarning ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli baholarda devorbop materiallar sotish haqidagi arizalarini birinchi navbatda va ustuvor ravishda koʻrib chiqish toʻgʻrisida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga iltimosnoma kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda kompensatsiya qilinadigan mablagʻlarning ortiqcha sarflanishiga yoʻl qoʻymasligi, shuningdek koʻp bolali va kam daromadli oilalarning yakka tartibda uy-joy qurish uchun ularga devorbop materiallarni imtiyozli baholarda sotish haqidagi arizalari tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻz vaqtida va asosli koʻrib chiqilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000-yil uchun budjet prognozlarida yakka tartibda imorat quruvchilar va uy-joy qurilishi shirkatlariga imtiyozli baholarda mahsulotlar sotayotgan devorbop materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalarning kompensatsiya xarajatlari uchun 85 mln soʻm miqdorida mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
411-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 50-modda; 2006-y., 51-52-son, 518-modda)