16.02.2005 yildagi PQ-10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UY-JOY QURILISHI VA UY-JOY BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining shinam uy-joylarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini mumkin qadar to‘liq ta’minlash, uy-joy qurilishini, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarda jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishi uchun imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini keng joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Uyjoyjamg‘armabank” va “Zamin” banki aksiyadorlarining mazkur banklarni birlashtirish va ular asosida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar bankning asosiy vazifalari qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va aholi uchun turar joylar barpo etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit olishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti berishni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, jumladan kreditlarni, shuningdek xalqaro va mahalliy moliya institutlari investitsiya hamda grantlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalarida bankning ixtisoslashtirilgan xizmatlaridan aholining keng foydalanishini ta’minlaydigan filiallar shoxobchasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy, tejamli, bozorda talab yuqori bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni kredit bilan ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Ipoteka-bank” va tijorat banklari bilan birgalikda uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berishni rivojlantirish uchun xalqaro va xorijiy milliy moliyaviy institutlarning imtiyozli uzoq muddatli kreditlari, grantlari va investitsiyalarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda 3 oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipoteka va uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy qurilishi, turar-joylarni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga ushbu hujjatlarda ipoteka kreditlari ajratishning puxta va ochiq-oshkora mexanizmi, kredit to‘lanmagan taqdirda nizolarni hal etish, mulkchilik huquqining o‘tishi va uydan ko‘chirish, kreditorlarning zararlarini kafolatli qoplash va boshqa masalalar nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2010-yilning 1-yanvarigacha tijorat banklarining ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan va berilgan ipoteka kreditlaridan olingan daromadi daromad (foyda) solig‘idan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2010-yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy qurilishini va uy-joy bozorini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda 2010-yilgacha bo‘lgan davrda mintaqalarda uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari ajratish va yakka tartibdagi uy-joy qurilishi massivlarini kompleks holda barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi yangi massivlarini mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joy quruvchilarning mahalliy qurilish materiallari va konstruksiyalarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekonstruksiya qilinadigan yoki buziladigan uy-joy fondini aniqlagan holda ommaviy seriyadagi ilgari qurilgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 16-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-10-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini rivojlantirish tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

‎Tadbirlar nomi

Ijro muddatlari‎

Hujjat turi‎

Mas’ul ijrochilar‎

I. Normativ-huquqiy ta’minlash

‎1.1.

‎“Ipoteka va uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash

‎uch oy muddatda

Qonun loyihasi‎

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, tijorat banklari‎

1.2.‎

‎Uy-joy qurilishi, turar-joylarni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tayyorlash

uch oy muddatda‎

Nizom loyihasi‎

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, tijorat banklari‎

‎1.3.

‎Yakka tartibda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqish

‎2005-yil mart

‎Muvaqqat nizom loyihasi

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi‎

‎1.4.

‎Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini tayyorlash

2005-yil mart‎

‎Nizom loyihasi

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi‎

1.5.‎

‎Soliq kodeksi va Yer kodeksiga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash

2005-yil aprel‎

‎Qonunlar loyihalari

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi‎

‎1.6.

‎Uy-joy qurilishiga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish

‎2005-yil III chorak

‎Normativ hujjatlar loyihalari

Markaziy bank, tijorat banklari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎

‎1.7.

‎Amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish va uy-joylarni rekonstruksiya qilishni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish

2005-yil III chorak‎

‎Normativ hujjatlar

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎

‎1.8.

‎Davlat va mintaqaviy darajalarda uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarning huquqiy ta’minoti tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash

2005-yil mart‎

Takliflar‎

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎

II. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

‎2.1.

2010-yilgacha bo‘lgan davrda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish‎

2005-yil aprel‎

Tadbirlar‎

‎Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

‎2.2.

‎Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olishni xohlovchi hamda munitsipal uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondidagi kvartiralar olishni xohlovchi ariza beruvchilarni ajratgan holda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun mavjud navbat tartibini xatlovdan o‘tkazish

‎uch oy muddatda

‎Navbatda turganlar ro‘yxati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

‎2.3.

‎Bo‘sh yotoqxonalar va tugallanmagan qurilish obyektlarini xatlovdan o‘tkazish hamda bular asosida ularni uy-joylarga qayta ixtisoslashtirish uchun foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish

‎uch oy muddatda

‎Takliflar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎

‎2.4.

‎Uy-joy qurilishi sohasidagi konsalting va axborot infratuzilmalarini shakllantirish va ularning samarali faoliyat yuritishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish

‎Muntazam

Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi‎

‎2.5.

‎Yakka tartibdagi uy-joy qurilishida yer uchastkalari ajratish mexanizmini takomillashtirish va yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

‎2005-yil mart

‎Normativ hujjatlar loyihalari

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar hokimliklari‎

‎2.6.

‎Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yerlarni xatlovdan o‘tkazish, ularning to‘liq qurilishi uchun amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, uy-joy qurilishi dasturi bo‘yicha yerlar ajratish

‎2005-yil iyul

Tadbirlar‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎

‎2.7.

‎Uylar (kvartiralar)ni baholash va qayta baholash tizimini tartibga solish, bu sohadagi normativ hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

‎2005-yil mart

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi‎

Davlat mulki qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi‎

‎2.8.

‎Qishloq joylari uchun yakka tartibdagi uy-joylarning takror qo‘llaniladigan loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash

‎uch oy muddatda

‎Namunaviy loyihalar

‎“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,

‎2.9.

‎Ko‘chmas mulk bozori faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

‎2005-yil mart

‎Takliflar

Davlat mulki qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 7-son, 54-modda, 17-18-son, 131-modda, 37-38-son, 284-modda; 2011-y., 22-23-son, 225-modda; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)