Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2018
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSI
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 478-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli mazkur Kodeks ham 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-BOB. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi
Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab iqtisodiy sudga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar iqtisodiy sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Xoʻjalik sudlarining ushbu Kodeksda belgilangan barcha vakolatlari iqtisodiy sudlar tomonidan amalga oshiriladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
2-modda. Xoʻjalik sudining odil sudlovni amalga oshirishi
Xoʻjalik sudi iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yoʻli bilan odil sudlovni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, mazkur Kodeksning 23 va 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
3-modda. Xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari
Xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
1) iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
2) iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1-bandi.
4-modda. Xoʻjalik sudlarida sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Xoʻjalik sudlarida sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
5-modda. Xoʻjalik sudi sudyalarining mustaqilligi
Odil sudlovni amalga oshirishda xoʻjalik sudining sudyalari mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4, 67-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshi, 4, 5-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshisi, 8-bandi, 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 12-bandning birinchi xatboshisi.
6-modda. Xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻatish
Xoʻjalik sudi:
1) manfaatdor shaxslarning;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36-moddasi ikkinchi qismi.
2) prokurorning;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi ikkinchi qismi.
3) qonun boʻyicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan soʻnggina xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻatish mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatish taraflar yuqoridagi choralarni koʻrgan-koʻrmaganliklaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 384-moddasining ikkinchi qismi, 724-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi 122-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17–19-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
7-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Xoʻjalik sudida nizolarni hal qilish korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligi, kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, fuqarolarning esa — jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
8-modda. Ishlarni koʻrishning oshkoraligi
Xoʻjalik sudlarida ishlar oshkora koʻriladi.
Davlat sirini yoki tijorat sirini saqlash zarur boʻlgan taqdirda ishni yopiq majlisda koʻrishga yoʻl qoʻyiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida koʻrishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi.
Yopiq majlisda koʻrilgan ishni elektron shaklda shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 126, 151-moddalari.
9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Xoʻjalik sudida sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilarining tarjimon yordamida ishga taalluqli materiallar bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish hamda oʻz ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
Turli davlatlarning korxona, muassasa va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik nizolari sudning ajrimiga binoan taraflar uchun maqbul tilda olib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasi, mazkur Kodeksning 48-moddasi, 170-modda ikkinchi qismining 3-bandi, 188-modda uchinchi qismining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
11-modda. Sudda ishni koʻrishning bevositaligi
Xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 3-bandi.
12-modda. Nizolarni qonun hujjatlari asosida hal qilish
Xoʻjalik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Xoʻjalik sudi ishni koʻrish chogʻida davlat organi yoki boshqa organning hujjati qonunga toʻgʻri kelmasligini, shu jumladan u vakolat doirasidan chetga chiqqan holda chiqarilganini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari boʻlmagan taqdirda xoʻjalik sudi shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu bunday normalar ham boʻlmasa, qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib nizoni hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5, 6-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqishda qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarorining 11-bandi.
Xoʻjalik sudi qonunga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qoʻllaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI boʻlimi (“Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish”).
13-modda. Chet davlat huquqini qoʻllash
Chet davlat huquqi qoʻllangan taqdirda xoʻjalik sudi bu huquq normalarining mavjudligi va mazmunini ularning tegishli davlatdagi sharhlanishiga va amalda qoʻllanishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlatning huquq normalari mavjudligini va ularning mazmunini aniqlash maqsadida xoʻjalik sudi yordam berishni yoki tushuntirib berishni soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasining hamda xorijiy davlatning vakolatli organlari va tashkilotlariga murojaat qilishi yoxud mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasi.
Agar koʻrilgan choralarga qaramay chet davlatning huquq normalari mavjudligi yoki ularning mazmuni aniqlanmasa, xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qoʻllaydi.
14-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Xoʻjalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 102, 104, 135, 137, 138, 151, 152, 171, 189, 201-moddalari.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi, mazkur Kodeksning 209-moddasi.
Xoʻjalik sudi qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 181, 1981-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-BOB. XOʻJALIK SUDINING TARKIBI. RAD QILISH
15-modda. Xoʻjalik sudining tarkibi
Xoʻjalik sudlarida birinchi instansiya boʻyicha ishlar sudyaning yakka oʻzi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida esa uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻriladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sud raisining qarori bilan har qanday ish hayʼatda koʻrilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida barcha ishlar xoʻjalik sudi tomonidan hayʼatda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudning tarkibi uch yoki undan ortiq toq nafar sudyadan iborat boʻlishi kerak.
Ishni koʻrish chogʻida hamma sudyalar teng huquqlardan foydalanadilar.
Ushbu Kodeksga muvofiq sudyaga ishni va ayrim masalalarni yakka tartibda hal qilish huquqi berilgan boʻlsa, u xoʻjalik sudi nomidan harakat qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 15-moddasining birinchi qismi, 103-moddasi, 116-moddasining birinchi qismi, 122-moddasi, 1553-moddasining birinchi qismi, 1558-moddasining birinchi qismi, 162-moddasining birinchi qismi, 180-moddasining ikkinchi qismi, 181-moddasining birinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 9-bandining birinchi xatboshisi.
16-modda. Xoʻjalik sudida masalalarni hal qilish tartibi
Xoʻjalik sudida ish hayʼatda koʻrilayotganda va hal qilinayotganda kelib chiqadigan masalalar sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Sudyalardan birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Majlisga raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Boshqa sudyalarning qaroriga qoʻshilmagan sudya bu qarorga imzo chekishga majbur, u oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli. Alohida fikr ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 39-bandi.
17-modda. Sudyani rad qilish
Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va u rad qilinishi lozim:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
2) shu ish ilgari koʻrilganida ekspert, tarjimon, prokuror, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
(17-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) ishning pirovard natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tarkibiga bir-biriga qarindosh boʻlgan sudyalar kirishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimonni rad qilish
(18-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ushbu Kodeks 17-moddasining 1 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimon ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 47, 48-moddalari.
Bundan tashqari ekspertni rad qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki ularning vakillariga ishni koʻrish paytida yoki oʻtmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoki boshqa tomondan qaram boʻlganligi;
2) u oʻtkazgan taftish materiallari xoʻjalik sudiga murojaat qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yoki ishni koʻrishda ulardan foydalanilayotgan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi, uchinchi – beshinchi xatboshilari.
19-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-43-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 261-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari.
20-modda. Rad qilish haqida ariza berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 17 va 18-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon oʻzini oʻzi rad qilish haqida ariza berishlari shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga koʻra rad qilish haqida ariza berishlari mumkin.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi hamda ish mazmunan koʻrilishidan oldin maʼlum qilinishi lozim. Ish koʻrilayotgan paytda rad qilish haqida arz qilishga rad qilish uchun asoslar xoʻjalik sudiga yoki rad qilish haqida arz qilayotgan shaxsga ishni koʻrish boshlab yuborilgandan keyin maʼlum boʻlib qolgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 126-moddasi ikkinchi qismi 3-bandining birinchi xatboshisi.
21-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani hal qilish tartibi
Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini eshitishi, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uni eshitishi kerak.
Ishni yakka oʻzi koʻrayotgan sudyani rad qilish masalasini xoʻjalik sudining raisi yoki sud hayʼatining raisi hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudya ishtirokisiz xoʻjalik sudi tarkibi tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir necha sudyani yoki ishni koʻrayotgan sud tarkibini butunlay rad qilish masalasi shu sudning toʻliq tarkibida, oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimonni rad qilish masalasini ishni koʻrayotgan sud hal qiladi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Rad qilish masalasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
22-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Sudya yoki bir necha sudyalar yoxud butun sud tarkibi rad qilingan taqdirda ish oʻsha sudda, biroq boshqa tarkibda koʻriladi.
Agar rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni oʻsha xoʻjalik sudida koʻrish uchun sudning yangi tarkibini tuzish mumkin boʻlmasa, ish boshqa xoʻjalik sudiga oʻtkazilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 33-moddasi ikkinchi qismi 2-bandining birinchi xatboshisi, uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 53-moddasi birinchi qismining birinchi, oltinchi xatboshilari.
3-BOB. SUDGA TAALLUQLI ISHLAR VA SUDLOVGA TEGISHLILIK
23-modda. Sudga taalluqli ishlar
Xoʻjalik sudiga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar oʻrtasidagi (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24, 39, 40-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3–6-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi, 9-bandining birinchi, toʻrtinchi, beshinchi xatboshilari, 10-bandi.
2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
3) tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi, 4, 5-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
4) ushbu Kodeksning 15519-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolar boʻyicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno.
(23-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi 391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Xoʻjalik sudiga shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, taalluqlidir.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qonun bilan xoʻjalik sudiga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2451-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269-moddasining uchinchi qismi.
Xoʻjalik sudi oʻziga taalluqli ishlarni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari, shuningdek chet el tashkilotlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida koʻradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning V boʻlimi (“Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish”).
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari xoʻjalik sudiga, boshqalari esa umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli boʻlgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdiksiya sudida koʻrilishi kerak.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar iqtisodiy sudda koʻrilishi kerak.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar boʻlishidan qatʼi nazar, xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 16/287-sonli “Ishlarning taalluqliligi bilan bogʻliq protsessual qonun hujjatlari normalarini sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
24-modda. Xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar
Xoʻjalik sudi quyidagilarni hal etadi:
1) tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan chiqqan boʻlib, hal etish uchun xoʻjalik sudiga topshirish haqida taraflar oʻzaro kelishgan ixtiloflar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 377-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi, oltinchi qismilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi – toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1993-yil 3-iyundagi 17-sonli “Mahsulotlar, tovarlar yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bogʻliq nizolarni hal etish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi – uchinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1 – 16-bandlari.
2) shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 382-moddasining ikkinchi qismi, 383-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, 384-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 16 – 25-bandlari.
3) mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 11-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
4) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20 (“Majburiyat tushunchasi va taraflari”), 21 (“Majburiyatlarni bajarish”), 24-boblari (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”) va Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 19-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
5) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
6) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganligi toʻgʻrisidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
7) yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 14, 15, 206, 233, 324-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 14, 22-moddalari.
8) shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi nizolar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-moddaning birinchi qismi 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
10) undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar;
11) davlat roʻyxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-moddasi birinchi qismi, 44-moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari, 84-moddaning beshinchi qismi, 111, 481-moddalari, 488-moddaning ikkinchi qismi, 490-moddaning birinchi qismi, 497-moddaning ikkinchi, uchinchi qismlari, 504-moddaning beshinchi qismi, 513-moddasi, 539-moddaning ikkinchi qismi, 574-moddaning uchinchi qismi, 580-moddaning birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarorining 3-bandi.
12) agar qonunda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi nizolar;
(24-modda birinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25-bandi.
13) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi nizolar.
(24-modda birinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Xoʻjalik sudi oʻzining vakolat doirasiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
25-modda. Nizolarni hal etishni hakamlik sudiga topshirish
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan hamda xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, xoʻjalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirilishi mumkin.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, oʻn birinchi xatboshilari, 5 – 7, 9, 11-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
251-modda. Xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar
Xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarga quyidagilar kiradi:
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1551-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi.
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1556-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari.
Xoʻjalik sudlari ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 201-202-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birgalikda xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi.
(251-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Iqtisodiy sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan koʻriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Respublika boshqaruv organlari bilan mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
27-modda. Daʼvoni javobgar joylashgan joyda taqdim etish
Daʼvolar javobgar joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Yuridik shaxsga nisbatan uning alohida boʻlinmasi faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinma joylashgan joyda taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
28-modda. Daʼvogarning tanlashi boʻyicha sudlovga tegishlilik
Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgarlarning biri joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga taqdim etiladi.
Qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki joylashgan joydagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼlum boʻlgan oxirgi turar joyidagi xoʻjalik sudiga taqdim etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining tashkiloti yoki fuqarosi boʻlgan va ayni paytda boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogar joylashgan joydagi yoki javobgarning mol-mulki joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga taqdim etilishi mumkin.
Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan daʼvolar shartnoma ijro etiladigan joyda taqdim etilishi mumkin.
29-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar arizachi turgan joyda koʻriladi. Binoga, inshootga, yer uchastkasiga egalikni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno boʻlib, ular bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31, 155-moddalari.
30-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Tashkilot va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar qarzdor turgan joyda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 5, 35, 45-moddalari, mazkur Kodeksning 154-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
31-modda. Alohida sudlovga tegishlilik
Bino, inshoot, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi, bino, inshoot, yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdor yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi daʼvolar bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashuvchiga nisbatan daʼvolar, shu jumladan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashuvchi javobgarlardan biri boʻlgan hollarda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Korporativ nizolar boʻyicha daʼvolar yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
32-modda. Shartnoma boʻyicha sudlovga tegishlilik
Ushbu Kodeksning 27 va 28-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
33-modda. Ishni bir xoʻjalik sudidan boshqasiga oʻtkazish
Xoʻjalik sudi tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa xoʻjalik sudining sudloviga tegishli boʻlib qolsa-da, avvalgi xoʻjalik sudi tomonidan mazmunan koʻrilishi lozim.
Xoʻjalik sudi ishni boshqa xoʻjalik sudiga quyidagi hollarda oʻtkazadi:
1) agar ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzib qabul qilinganligi shu sudda ishni koʻrish vaqtida maʼlum boʻlsa;
2) agar bir yoki bir necha sudyalar rad qilinganidan keyin ularni ushbu sudda almashtirish mumkin boʻlmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda koʻrish mumkin boʻlmay qolgan boshqa hollarda.
Ishni boshqa xoʻjalik sudida koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda koʻrish uchun qabul qilib olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari oʻrtasida sudlovga tegishlilik toʻgʻrisida nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
4-BOB. ISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR HAMDA XOʻJALIK SUDLOV ISHLARINI YURITISHNING BOSHQA ISHTIROKCHILARI
34-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa organlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vakolatga koʻra, shuningdek arizachilar hamda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi va tashkilotlar hamda fuqarolar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlardan manfaatdor boshqa shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36, 41–44-moddalari.
35-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxa koʻchirish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, xoʻjalik sudiga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni koʻrish davomida tugʻiladigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga eʼtiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda ularga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi, 67-moddasining ikkinchi qismi, 76, 119-moddalari, 120-moddasining birinchi qismi, 156, 161-moddalari, 165-moddasining birinchi, uchinchi qismlari, 173, 179-moddalari, 184-moddasining birinchi – uchinchi qismlari, 1921-moddasining birinchi qismi, 205-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining oʻn birinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga egadir va ular oʻzlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishlari shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi birinchi qismi, 41-moddasi, 42-moddasining ikkinchi qismi, 43-moddasining ikkinchi qismi, 44-moddasining birinchi qismi, 55-moddasining birinchi qismi, 56-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, 105, 121, 113-moddalari, 127-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 15516-moddasi, 221-moddasining ikkinchi qismi.
36-modda. Taraflar
Daʼvogar va javobgar xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda taraflardir.
Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab daʼvo taqdim etilgan tashkilotlar va fuqarolar daʼvogardir.
Daʼvo yoki ariza talabi qaratilgan tashkilotlar va fuqarolar javobgardir.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi.
37-modda. Ishda bir necha daʼvogar va javobgarning ishtiroki
Daʼvo bir necha daʼvogar tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. Har bir daʼvogar yoki javobgar protsessda mustaqil qatnashadi. Birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.5-bandi.
Boshqa javobgarni jalb etish zarur boʻlgan hollarda xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan oʻsha javobgarni jalb qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
38-modda. Ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish
Xoʻjalik sudi daʼvo taqdim etish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, daʼvogarning roziligi bilan dastlabki daʼvogar yoki javobgarning ishga daxldor daʼvogar yoki javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan taraf xoʻjalik sudining tashabbusi bilan almashtirilishi mumkin, biroq daʼvogar oʻzining boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, bu shaxs ishda nizo yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida qatnashishga haqli va bu haqda sud ushbu shaxsni xabardor qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi.
Agar daʼvogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud daʼvogarning roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan taraf almashtirilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ishga daxldor boʻlmagan taraf almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 37.3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
39-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Taraflardan biri nizoli yoki xoʻjalik sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (qayta tashkil etilish, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi, fuqaroning oʻlimi va boshqa hollarda) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirib, bu haqda oʻz ajrimi, hal qiluv qarori yoki qarorida koʻrsatadi. Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Huquqiy voris protsessga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 1-bandi.
40-modda. Daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish, daʼvoni tan olish, kelishuv bitimi
Daʼvogar xoʻjalik nizosi boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, yoxud daʼvodan voz kechishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Javobgar daʼvoni qisman yoki toʻla tan olishi mumkin.
Taraflar har qanday instansiyada ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 132-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 18-bandi.
Agar daʼvogarning daʼvodan voz kechishi, javobgarning daʼvoni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, xoʻjalik sudi daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni, daʼvoni tan olishni qabul qilmaydi, kelishuv bitimini tasdiqlamaydi. Bunday hollarda xoʻjalik sudi ishni mazmunan koʻradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 165-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 10-bandi va 11-bandning ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
41-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadilar va barcha majburiyatlarini bajaradilar, shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan yoki shartnomada belgilangan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati bundan mustasnodir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi.
42-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan huquq va majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar daʼvogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishi mumkin. Uchinchi shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning huquqlaridan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarini bajaradilar, daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talabining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, shuningdek daʼvodan voz kechish, daʼvoni tan olish yoki kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy tarzda bajarilishini talab qilish huquqi bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudi bir jarayonda dastlabki daʼvoni koʻrib chiqishga va mansabdor shaxs tomonidan tashkilotga yetkazilgan zararni undan undirish masalasini regress tartibda hal etishga haqlidir.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
43-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Prokuror hamma ishlar boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga daʼvo arizasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Daʼvo taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzishdan tashqari daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 33-moddasining beshinchi qismi, mazkur Kodeksning 35-moddasi, 55-moddasining birinchi qismi, 56-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 67-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 76-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 156, 161-moddalari, 165-moddasining uchinchi qismi, 173, 179-moddalari, 184-moddasining uchinchi qismi, 1921-moddasi, 205-moddasining birinchi qismi.
Prokurorning oʻz daʼvosidan voz kechishi daʼvogarni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Prokuror tomonidan huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 88-moddasining 9-bandi, 89-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokuror qatnashishi zarur deb topgan hollarda ishni koʻrishda prokuror ishtirok etishi shart.
44-modda. Ishda davlat organlari va boshqa organlarning ishtiroki
Davlat organlari va boshqa organlar qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etishlari mumkin. Daʼvo taqdim etgan mazkur organlar daʼvogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Ushbu organlarning taqdim etilgan daʼvolardan voz kechishi daʼvogarni nizoni mazmunan koʻrishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 27-bandi.
Davlat organi yoki boshqa organ tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qoʻzgʻatilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 88-moddasining 9-bandi, 89-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
45-modda. Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan tashqari xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda vakillar, guvohlar, ekspertlar, tarjimonlar ishtirok etishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34, 46, 47 va 48-moddalari.
46-modda. Guvoh
Xoʻjalik sudi nizoni toʻgʻri hal etishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin.
Guvoh xoʻjalik sudining chaqiruvi boʻyicha u yerga kelishi va ish yuzasidan oʻzi xabardor boʻlgan maʼlumot va holatlarni maʼlum qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
Guvoh toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi, sudyaning, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi shart.
Guvoh bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi va koʻrsatuv berishdan bosh tortganligi yoki boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi va 240-moddasi.
47-modda. Ekspert
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, 5-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21, 78, 79-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; xoʻjalik sudining chaqiruviga binoan sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga xoʻjalik sudining ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan xoʻjalik sudining qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi qismi.
Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi birinchi qismi, 240-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 19-bandining birinchi xatboshisi.
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan xoʻjalik sudiga yuboradi.
(47-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
48-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 10-moddasining ikkinchi qismi.
Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni bilsalar ham, tarjimonlik vazifalarini oʻz zimmalariga olishga haqli emaslar.
Tarjimon sud chaqiruviga binoan kelishi va tarjimani toʻla, toʻgʻri hamda oʻz vaqtida amalga oshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
Tarjimon aniq tarjima qilish maqsadida tarjima chogʻida hozir boʻlganlarga savollar berishga haqli.
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi birinchi qismi.
5-BOB. XOʻJALIK SUDIDA VAKILLIK
49-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Xoʻjalik sudida tashkilotlarning ishlarini ularning qonun hujjatlarida yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ish koʻradigan organlari hamda vakillari olib boradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining birinchi xatboshisi.
Tashkilotlarning rahbarlari, boshqa shaxslar taʼsis hujjatlariga muvofiq xoʻjalik sudiga ularning xizmat mavqelarini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi.
Fuqarolar oʻz ishlarini xoʻjalik sudida shaxsan oʻzlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
50-modda. Xoʻjalik sudida vakillik qilishi mumkin boʻlgan shaxslar
Xoʻjalik sudida ish yuritish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakolatga ega boʻlgan har qanday fuqaro xoʻjalik sudida vakil boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi.
Toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda ularning qonuniy vakillari — ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiy yoki homiylari himoya qiladilar. Qonuniy vakillar xoʻjalik sudida ish yuritishni oʻzlari tanlagan boshqa vakilga topshirishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74, 173-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi qarori 3-moddasining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 31-moddasi.
51-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ifoda etilgan boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasi birinchi qismi, 135-moddasi.
Tashkilot nomidan berilgan ishonchnomaga uning rahbari yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs imzo chekadi va bu imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(51-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasi ikkinchi qismi, 135-moddasi.
Fuqaro tomonidan berilayotgan ishonchnoma notarial tartibda, shuningdek ishonchnomani beruvchi ishlayotgan yoki oʻqiyotgan tashkilot tomonidan, yashab turgan joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan va u davolanayotgan statsionar davolash muassasasining maʼmuriyati tomonidan, agar ishonchnoma harbiy xizmatchi tomonidan berilayotgan boʻlsa — tegishli harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning ishonchnomasi tegishli muassasaning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi, 136-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
Advokatning vakolati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi, Advokat tomonidan ishni olib borishga order shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida (roʻyxat raqami 1938, 08.04.2009-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
52-modda. Vakilning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudida ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, daʼvo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, daʼvo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va daʼvoni tan olish, daʼvo predmetini yoki asosini oʻzgartirish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy tartibda ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulk yoki pulni olish bundan mustasno. Vakilning ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
(52-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi (“Vakillik va ishonchnoma”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
53-modda. Xoʻjalik sudida vakil boʻla olmaydigan shaxslar
Toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmagan yoxud vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar xoʻjalik sudida vakil boʻla olmaydilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30–32-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74, 173-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 31-moddasi.
Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar xoʻjalik sudida vakil boʻla olmaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar protsessda tegishli sudlar, prokuraturaning vakili sifatida yoki qonuniy vakil sifatida qatnashayotgan boʻlsalar, bu qoida tadbiq etilmaydi.
6-BOB. DALILLAR
54-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan maʼlumotlar ish boʻyicha dalillar boʻlib, ular asosida xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62, 64, 69–71-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20.1-bandining birinchi xatboshisi.
55-modda. Isbotlash majburiyati
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi. Tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini (bundan buyon matnda huquqiy taʼsir choralari deb yuritiladi) qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarorining 4-bandi.
Xoʻjalik sudi, agar ishni koʻrib chiqish uchun mavjud materiallar yetarli emas deb hisoblasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi birinchi qismining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
56-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur dalilni mustaqil olish imkoniga ega boʻlmasa, oʻsha dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi koʻrsatilishi zarur. Sud zarur hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxsga dalilni olish uchun soʻrov beradi. Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli soʻrovga ega boʻlgan shaxsga beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
Agar shaxs xoʻjalik sudi talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga butunlay ega boʻlmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u sudning soʻrovini olganidan soʻng besh kunlik muddat ichida bu haqda sababini koʻrsatib sudni xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Agar dalilni saqlayotgan shaxs soʻralayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini xoʻjalik sudi uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarmasa, bu shaxsga eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 1-bandi.
Talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni xoʻjalik sudiga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
57-modda. Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish
Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni xoʻjalik sudi ular joylashgan yerda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, ularning kelmasligi koʻzdan kechirish va tekshirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun ekspertlar va guvohlar chaqirilishi mumkin.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan xoʻjalik sudi tomonidan darhol koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Dalillar turgan joyida koʻzdan kechirib va tekshirib boʻlinishi bilanoq bayonnoma tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 134-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
58-modda. Dalillarning daxldorligi
Xoʻjalik sudi koʻrilayotgan ishga daxldor boʻlgan dalillarnigina qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
59-modda. Dalillarga yoʻl qoʻyilishi
Ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
60-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ishning xoʻjalik sudi hammaga maʼlum deb topgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Xoʻjalik sudining ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, xuddi shu shaxslar ishtirokchisi boʻlgan boshqa ishni sud koʻrayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 19-bandi.
Umumiy sudning fuqarolik ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi uchun umumiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga aloqador holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir.
Jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
61-modda. Dalillarga baho berish
Xoʻjalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki komil ishonchi boʻyicha baholaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasining birinchi qismi.
Hech qanday dalil xoʻjalik sudi uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi, oʻn ikkinchi xatboshilari.
62-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan, faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning toʻgʻriligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan oʻzga hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishlicha tasdiqlangan nusxa shaklida taqdim etiladi. Agar koʻrilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador boʻlsa, uning tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Ish holatlari qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda xoʻjalik sudining talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan xoʻjalik sudiga topshirilgan yozma dalillarning nusxalari xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, qoʻlida shunday nusxalar boʻlmagan boshqa shaxslarga yuboriladi (beriladi).
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
63-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning toʻgʻri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga toʻgʻriligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 146-moddasi.
64-modda. Ashyoviy dalillar
Oʻzining tashqi koʻrinishi, ichki xususiyatlari, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
65-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar xoʻjalik sudida saqlanadi.
Xoʻjalik sudiga keltirib boʻlmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tasvirlanishi, muhrlab qoʻyilishi, zarur hollarda esa fotosuratga yoki videotasvirga olinishi lozim.
Xoʻjalik sudi va saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmaydigan holatda saqlash choralarini koʻradilar.
66-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoxud sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi yoki sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda xoʻjalik sudi ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan boʻlsalar va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning toʻgʻri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ish yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Xoʻjalik sudi ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
67-modda. Ekspertiza tayinlash
Ishni koʻrish vaqtida kelib chiqadigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosiga koʻra ekspertiza tayinlaydi.
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 36-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xoʻjalik sudiga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi kerak boʻlgan savollari va ekspertlarning nomzodlari boʻyicha takliflarini taqdim etishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ekspertizaning xulosasi talab qilinadigan savollarning uzil-kesil mazmunini xoʻjalik sudi belgilaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taklif etgan savollarni rad etishni sud asoslab berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8 – 8.4-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 36-bandining uchinchi xatboshisi.
68-modda. Ekspertizani oʻtkazish tartibi
Ekspertiza xoʻjalik sudining majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni boʻlmasa, majlisdan tashqarida oʻtkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlishga haqlidir, bunday ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
(68-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 10 – 15-bandlari.
681-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan xoʻjalik sudining birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Qayta ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirish oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
(681-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandining birinchi, ikkinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
682-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan xoʻjalik sudi yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(682-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8.1, 8.2-bandlari, 8.3-bandining uchinchi xatboshisi, 10-bandi, 12-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandining birinchi xatboshisi, 14-bandining birinchi xatboshisi, 16-bandining birinchi – toʻrtinchi, oltinchi xatboshilari, 19-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari, 20-bandining ikkinchi xatboshisi.
683-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
(683-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8.2-bandi, 16-bandining birinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
684-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
(684-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandining birinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
69-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan xoʻjalik sudining talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan xoʻjalik sudiga yuboriladi.
Xulosa xoʻjalik sudining majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi.
(69-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi OʻRQ-250-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining sakkizinchi – oʻn birinchi xatboshilari.
70-modda. Guvohning koʻrsatuvlari
Guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlar va holatlarni xoʻjalik sudiga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh xoʻjalik sudining taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma tarzda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
71-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs xoʻjalik sudining taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma tarzda bayon qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning tan olinishi xoʻjalik sudi uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga xoʻjalik sudida shubha tugʻilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
72-modda. Dalillarni taʼminlash
Zarur dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb xavotirlanish uchun asosi boʻlgan shaxslar ishni yuritishga qabul qilgan xoʻjalik sudidan shu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlash uchun bu dalillar zarur boʻlgan holatlar, ularni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimos bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.
Dalillarni taʼminlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xoʻjalik sudining dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
73-modda. Dalillarni taʼminlash tartibi
Dalillarni taʼminlash ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga koʻra xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmasligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
74-modda. Sud topshiriqlari
Ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi boshqa viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududidagi dalillarni olishi zarur boʻlib qolgan hollarda tegishli xoʻjalik sudiga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan xoʻjalik sudi toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay bajarilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi.
75-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi
Sud topshirigʻi xoʻjalik sudining majlisida ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga muvofiq bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmaganligi majlisni oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
Sud topshirigʻining ijrosi toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, u darhol barcha materiallar bilan ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, topshiriqni bajargan xoʻjalik sudiga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34, 46, 70, 71-moddalari.
7-BOB. DAʼVONI TAʼMINLASH
76-modda. Daʼvoni taʼminlash asoslari
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli. Daʼvoni taʼminlashga, agar shunday choralarni koʻrmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudlov ishini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi, 122-moddasi birinchi qismining 7-bandi.
Davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda sud daʼvogarning arizasi boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
(76-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudi tomonidan ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan taraflarni xabardor qilmagan holda koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining birinchi – uchinchi qismlari.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Daʼvoni taʼminlash yoki taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berish ushbu ajrim ijrosini toʻxtatib turmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu Kodeksning 77—81-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(76-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining toʻrtinchi, beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 26-bandi.
77-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga tegishli boʻlgan mol-mulk yoki pul mablagʻlarini xatlab qoʻyish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador boʻlgan muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
4) daʼvogar nizolashayotgan, undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat boʻyicha undirishni toʻxtatib turish;
41) davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻxtatib turish;
(77-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Zarur hollarda daʼvoni taʼminlash uchun bir necha chora qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Xoʻjalik sudi daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyar ekan, javobgarning iltimosnomasiga koʻra daʼvogardan javobgar koʻrishi mumkin boʻlgan zarar qoplanishining taʼminlovini talab qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan choralarga rioya etmaganlik uchun tashkilotlar va fuqarolardan respublika budjeti daromadiga quyidagicha jarima undiriladi:
baholanadigan daʼvolar boʻyicha — daʼvo bahosining ellik foizigacha miqdorda;
baholanmaydigan daʼvolar boʻyicha — eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda.
Xoʻjalik sudining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini ijro etmaslik bilan yetkazilgan zararni qoplashni daʼvogar oʻsha xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etish yoʻli bilan talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
78-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi birinchi qismi.
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar daʼvoni taʼminlash boʻyicha belgilangan choralarni qoʻllash oʻrniga xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga daʼvogar talab qilayotgan summani toʻlashga haqli.
79-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim xoʻjalik sudining hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismining 1-bandi, 221-moddasining ikkinchi qismi, 30-modda ikkinchi qismining 3-bandi, mazkur Kodeksning IV boʻlimi (“Sud hujjatlarini ijro etish”).
80-modda. Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish
Daʼvoni taʼminlash ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmasligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasini koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Daʼvo rad etilgan taqdirda yoʻl qoʻyilgan taʼminlash choralari hal qiluv qarori kuchga kirguncha saqlanadi. Biroq, xoʻjalik sudi hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan keyin daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining uchinchi xatboshisi.
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining beshinchi, oltinchi xatboshilari.
81-modda. Daʼvoni taʼminlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararni qoplash
Daʼvoni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, javobgar oʻsha xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etish yoʻli bilan daʼvogardan daʼvoni taʼminlash tufayli oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi.
8-BOB. ISH YURITISHNI TOʻXTATIB TURISH
82-modda. Xoʻjalik sudining ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ishni konstitutsiyaviy, fuqaroviy, jinoyat yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda;
(82-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
2) javobgar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlgan daʼvogar fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasi birinchi qismining 5-bandi.
4) fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
Xoʻjalik sudi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ish yuritishni toʻxtatib turadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 83-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari, 24-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
83-modda. Xoʻjalik sudining ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli:
1) xoʻjalik sudi tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilot qayta tashkil qilinganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish fuqaro biror-bir davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
84-modda. Ish yuritishni tiklash
Ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf qilingach, ish yuritish tiklanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82, 83-moddalari, 85-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
85-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash tartibi
Xoʻjalik sudi ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash yuzasidan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
9-BOB. ISH YURITISHNI TUGATISH
86-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi:
1) nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 16-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) umumiy sud, xoʻjalik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
3) hakamlik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, hakamlik sudining qarorini majburiy tarzda ijro etish yuzasidan xoʻjalik sudi ijro varaqasini berishni rad etgan, ishni yangidan koʻrish uchun hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudiga yuborgan, lekin ishni oʻsha hakamlik sudida koʻrish mumkin boʻlmay qolgan hollar bundan mustasno;
(86 modda 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi.
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilot tugatilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 17-bandlari.
5) ishda ishtirok etgan shaxs boʻlmish fuqaroning oʻlimidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi.
6) daʼvogar daʼvosidan voz kechgan va xoʻjalik sudi uni qabul qilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
7) kelishuv bitimi tuzilib, u xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 15-bandi.
8) daʼvogar sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qoʻllash imkoniyati yoʻqotilgan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi, 24-bandining ikkinchi xatboshisi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi.
87-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xoʻjalik sudining ajrimida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan xoʻjalik sudiga ikkinchi bor murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
(87-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
10-BOB. DAʼVONI KOʻRMASDAN QOLDIRISH
88-modda. Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish asoslari
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi:
1) umumiy sud, xoʻjalik sudi, hakamlik sudi ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi boʻlib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa va agar ishning xoʻjalik sudida koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilsa;
(88-modda 1 va 2-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 12, 13-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
3) daʼvo arizasi imzolanmagan yoki imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan, yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112-moddasi birinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
4) qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoki boshqa kredit muassasasi orqali undirib olinishi shart boʻlishiga qaramay daʼvogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bank yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat etmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining oltinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
5) daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
6) daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bermagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 130-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
7) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki undan bosh tortish toʻgʻrisidagi ariza koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa;
8) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) daʼvogar uning manfaatlarini koʻzlab prokuror tomonidan taqdim etilgan daʼvodan voz kechgan boʻlsa.
(88-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuniga muvofiq 9-band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 43-moddasining beshinchi qismi, 44-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
89-modda. Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari
Xoʻjalik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xoʻjalik sudining ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgach, daʼvogar xoʻjalik sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15-bobi (“Daʼvo taqdim etish”).
11-BOB. SUD XARAJATLARI
90-modda. Sud xarajatlarining tarkibi
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, xoʻjalik sudi tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni oʻz joyida koʻzdan kechirish uchun toʻlanishi kerak boʻlgan summa sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91, 92, 94-moddalari.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining taxminiy summasi xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va daʼvogar tomonidan xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyilishi kerak.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning summasi xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 95-moddasiga muvofiq undiriladi.
(90-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 126-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
91-modda. Davlat boji
Quyidagilar uchun davlat boji toʻlanadi:
1) daʼvo arizalari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112-moddasi.
2) tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 35-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 16-bandi.
3) nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar qoʻyadigan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi.
4) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 155-moddasining birinchi qismi.
5) xoʻjalik sudining hal qiluv qarorlari, shuningdek ish yuritishni tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish, sud jarimalari solish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan berilgan appelyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156–159, 173–177-moddalari.
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1551, 1552, 1556, 1557-moddalari.
7) xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi va ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
(91-modda birinchi qismining 6 va 7-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156–159, 173–177-moddalari.
Daʼvo talablari koʻpaytirilganida davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda daʼvoning koʻpaygan summasiga muvofiq undiriladi. Daʼvo qiymati kamaytirilganda toʻlangan boj qaytarilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Davlat bojining miqdori, uni toʻlashdan ozod qilish va uning miqdorini kamaytirish qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 326-moddasi, 328-moddasining 1, 2-bandlari, 330, 336, 337, 341, 342-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi, mazkur Kodeksning 106-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli Davlat boji stavkalari haqidagi qarorining 2-bandi (“‎Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalaridan”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25–29-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 34-bandi.
Alohida hollarda sud daʼvogarning arizasiga koʻra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 217-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-maydagi PF-1030-sonli “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” Farmonining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7–7.4-bandlari.
92-modda. Daʼvoning bahosi
Daʼvoning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.1-bandi.
2) ijro etish hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — nizolashilayotgan summaga qarab;
3) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — shu mol-mulkning qiymatiga qarab;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.2-bandi.
4) yer uchastkasini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — yer uchastkasining belgilangan bahoda, bahosi boʻlmasa — bozor bahosida chiqarilgan qiymatiga qarab.
Daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 260–263-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.4-bandi.
Bir necha mustaqil talablardan iborat boʻlgan daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi.
Daʼvoning bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda u xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi.
93-modda. Davlat bojini qaytarish
Davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qaytarilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13–17-bandlari.
Xoʻjalik sudining hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 14 va 16-bandlari.
Davlat boji toʻlangan, lekin xoʻjalik sudiga kelib tushmagan yoki u qaytargan arizalar, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari boʻyicha hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari boʻyicha uni qaytarish sud tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining ikkinchi xatboshisi.
94-modda. Ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni toʻlash
Ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarga xoʻjalik sudiga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, uy-joy ijarasi xarajatlari qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi.
Ekspertlar va tarjimonlar xoʻjalik sudining topshirigʻi bilan bajargan ish ularning xizmat vazifasi doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi.
Xoʻjalik sudiga guvoh sifatida chaqirilgan fuqarolarning sudga kelishi tufayli yoʻqotilgan vaqt bilan bogʻliq xarajatlari qoplanadi.
Ishda ishtirok etib, tegishli iltimos bilan murojaat qilgan shaxs guvohlar va ekspertlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summani xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkazadi. Agar ikkala tomon iltimos bilan murojaat qilgan boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadilar. Agar qoʻshimcha ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobidan toʻlanadi. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 95-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ekspertlarga, guvohlarga va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar xoʻjalik sudi tomonidan ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin toʻlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Toʻlash tartibi va toʻlanishi lozim boʻlgan summalar miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
95-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21–21.2-bandlari, 21.3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Daʼvogar toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni joʻnatmaslik) oqibatida kelib chiqqan boʻlsa, xoʻjalik sudi ishning natijasidan qatʼi nazar, sud xarajatlarini shu shaxsga yuklashga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.3-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida oʻzaro kelishsalar, xoʻjalik sudi shu kelishuvga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 17-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishlari bilan bogʻliq sud xarajatlari ushbu moddada bayon qilingan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.4, 22-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
12-BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR
96-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda bajariladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 56-moddasining uchinchi qismi, 74-moddasining uchinchi qismi, 76-moddasining uchinchi qismi, 102-moddasining ikkinchi qismi, 108-moddasining birinchi qismi, 111-moddasining birinchi qismi, 116-moddasining uchinchi qismi, 117-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining ikkinchi qismi, 122-moddasining birinchi qismi, 125-moddasi, 128-moddasining uchinchi qismi, 134-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 145-moddasining birinchi qismi, 146, 148-moddalari, 152-moddasining ikkinchi qismi, 153-moddasining birinchi qismi, 158, 167-moddalari, 171-moddasining toʻrtinchi qismi, 176, 185-moddalari, 189-moddasining uchinchi qismi, 201-moddasining toʻrtinchi qismi, 205-moddasining birinchi qismi, 207, 213-moddalari.
Protsessual harakatlarni bajarish muddatlari aniq kalendar sana bilan, albatta sodir boʻlishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatish bilan yoki harakat bajarilishi mumkin boʻlgan davr bilan belgilanadi.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea sodir boʻlgan kundan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 3-bandlari.
97-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Yillar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi yilining tegishli oy va kunida tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni to soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va boshqa hujjatlar aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kunida soat yigirma toʻrtga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4–6-bandlari.
98-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish
Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan oʻtib ketmagan barcha protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan boshlab protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 82-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining uchinchi xatboshisi.
99-modda. Protsessual muddatlarni tiklash va uzaytirish
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8 va 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 37-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 5-bandining birinchi – toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida xoʻjalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida koʻrsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135–137, 151, 171, 189-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 5-bandining beshinchi, oltinchi xatboshilari.
Xoʻjalik sudining protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorning 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning oʻzi uzaytirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
13-BOB. SUD JARIMALARI
100-modda. Jarima solish
Jarima xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va miqdorda solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 56-moddasining toʻrtinchi qismi va 77-moddasining toʻrtinchi qismi.
101-modda. Jarima solish masalasini koʻrish tartibi
Jarima solish masalasi xoʻjalik sudining majlisida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 126-moddasi.
Oʻzlariga nisbatan jarima solish masalasi koʻrilayotgan shaxslarga majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabar qilinadi. Tegishli tarzda xabar berilgan shaxsning kelmasligi jarima solish masalasini koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
(101-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Xoʻjalik sudi jarima solish masalasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Xoʻjalik sudining jarima solish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA XOʻJALIK SUDIDA ISH YURITISH
14-BOB. SUD BUYRUGʻI
102-modda. Sud buyrugʻi asosida qarzni undirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrugʻi kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi yoxud qarzdordan nizosiz talablar boʻyicha mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha sudya chiqargan hujjatdir.
(102-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilgandan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning IV boʻlimi (Sud hujjatlarini ijro etish), Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 27-moddasi uchinchi qismining 2-bandi.
103-modda. Sud buyrugʻi berish boʻyicha talablar
Sud buyrugʻi sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimondalarni undirishni tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa;
(103-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.1, 7.1-bandlari.
11) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qoʻyilsa;
(103-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuniga muvofiq 11-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.2, 7.2-bandlari.
2) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.3, 7.3-bandlari.
3) talab toʻlanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qoʻyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslansa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan oʻz mol-mulkini talab qilib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa.
(103-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga muvofiq 4-band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.4, 7.4-bandlari.
104-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Ariza xoʻjalik sudiga yozma shaklda sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolanadigan arizaga ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) kreditorning, qarzdorning nomi va ularning manzillari;
3) kreditorning qonun hujjatlariga asoslangan talabi;
4) talabga asos boʻlgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, lizing obyekti talab qilib olingan taqdirda esa lizing shartnomasida belgilangan, toʻlanmagan toʻlovlarning lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugaguniga qadar qolgan davrdagi daromadini chegirib tashlagan holdagi summaning hisob-kitobi;
(104-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
6) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(104-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3 – 8-bandlari.
105-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza nusxalarini qarzdorga topshirish
Kreditor sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza berganida qarzdorga shu arizaning nusxasini topshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
106-modda. Davlat boji
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza uchun sudga daʼvo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi toʻlagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda daʼvo taqdim etilganda toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10 – 10.4-bandlari.
107-modda. Arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi:
1) bildirilgan talab ushbu Kodeksning 103-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
2) ariza ushbu Kodeksning 104-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7.5-bandining ikkinchi xatboshisi.
4) qarzdorga ariza nusxasi topshirilgani toʻgʻrisidagi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining uchinchi xatboshisi.
5) bildirilgan talab uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi.
Sudya arizani qabul etishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
Arizani qabul qilishni rad etish kreditorning oʻsha talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 118-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-12-bandlari, 21-bandi.
108-modda. Ariza yuzasidan bildirilgan yozma fikr
Qarzdor unga sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi topshirilgan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatda xoʻjalik sudiga kreditor talablariga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini taqdim etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
Belgilangan muddatda qarzdor tomonidan yozma fikrning berilmasligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrugʻini berish uchun asos boʻladi.
Yozma fikr qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
109-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrugʻini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berishni rad etadi:
1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi boʻlmasa;
2) huquq toʻgʻrisidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib boʻlmaydi deb hisoblansa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15.1-bandi.
Sudya sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi, 15.1-bandining birinchi xatboshisi.
Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi, 15.1-bandining birinchi xatboshisi.
Sud buyrugʻini berishni rad etish oʻsha talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 15.1-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
110-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) xoʻjalik sudining nomi va buyruq berilgan sana;
2) ishning tartib raqami, sudyaning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
3) qarzdor va kreditorning nomi, ularning manzillari;
4) undirilishi lozim boʻlgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim boʻlgan mol-mulk, uning qiymatini koʻrsatgan holda;
5) neustoyka, agar toʻlanishi lozim boʻlsa;
6) qarzdordan undiruvchi yoki davlat foydasiga undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining summasi.
Sud buyrugʻi sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi xoʻjalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanib, undiruvchiga beriladi. Sud buyrugʻining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi qarzdorga yuboriladi.
(110-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi.
Sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
(110-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
110-moddaning uchinchi qismi 2016-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
111-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish
Agar qarzdor uzrli sabab bilan kreditorning talabiga qarshi oʻz vaqtida eʼtiroz bildirish imkoniyatiga ega boʻlmagan boʻlsa, sud buyrugʻi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda oʻsha sudga sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Sudya bunday holda buyruqni bekor qiladi, shundan keyin kreditorning talabi umumiy tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20, 22-bandlari.
15-BOB. DAʼVO TAQDIM ETISH
112-modda. Daʼvo arizasining shakli va mazmuni
Daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi. U daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
Daʼvo arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26–32-moddalari.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, ularning pochta manzillari;
3) agar daʼvo baholanishi lozim boʻlsa, daʼvoning bahosi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4–4.6-bandlari.
4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlar;
5) daʼvo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92-moddasi.
6) undiriladigan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) daʼvogarning qonun hujjatlarini dalil qilib keltirgan talablari, daʼvo bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa — ularning har biriga qoʻyilgan talablar;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9.1, 12-bandlari.
9) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 114-moddasi.
Daʼvo arizasida daʼvogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(112-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Daʼvo arizasida, agar nizoni toʻgʻri hal qilish uchun zarur boʻlsa, boshqa maʼlumotlar ham, shuningdek daʼvogarda mavjud iltimosnomalar koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining sakkizinchi xatboshisi.
113-modda. Daʼvo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalarini yuborish
Daʼvogar daʼvo taqdim etganda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan, bu shaxslarda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuborishi shart.
114-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Daʼvo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
2) daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113-moddasi.
3) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9.1, 12-bandlari.
4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlarni.
Agar daʼvo arizasi daʼvogarning vakili tomonidan imzolangan boʻlsa, uning daʼvo taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50–52-moddalari.
Shartnoma tuzishga majbur etganlik toʻgʻrisidagi arizaga shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
115-modda. Bir nechta daʼvo talabini birlashtirish va ajratish
Daʼvogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha talabni bitta daʼvo arizasida birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Xoʻjalik sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi bir yoki bir necha birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 337-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
Xoʻjalik sudi ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
116-modda. Daʼvo arizasini qabul qilish
Daʼvo arizasini qabul qilish masalasini sudyaning yakka oʻzi hal qiladi.
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan daʼvo arizasini xoʻjalik sudining ish yuritishiga qabul qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112–115-moddalari.
Sudya daʼvo arizasini qabul qilish toʻgʻrisida u kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Bu ajrimning mazmuni ishni majlisda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
(116-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 123, 151-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining birinchi – uchinchi xatboshilari.
117-modda. Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish
Sudya daʼvo arizasini qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi:
1) nizo xoʻjalik sudida koʻrib chiqishga tegishli boʻlmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15, 16.8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 16-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ajrimi yoxud umumiy sudning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida hal qiluv qarori yoki ajrimi boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi.
3) xoʻjalik sudining, umumiy sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi.
4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa, xoʻjalik sudi hakamlik sudining qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etib, ishni qarorni qabul qilgan hakamlik sudiga yangidan koʻrish uchun qaytargan, biroq ishni oʻsha hakamlik sudida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.
(117-modda birinchi qismi 3 va 4-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Sudya daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Daʼvogarga yuborilayotgan ajrimga daʼvo materiallari ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 153-moddalari.
Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 25, 27-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
118-modda. Daʼvo arizasini qaytarish
Sudya daʼvo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi:
1) daʼvo arizasining ushbu Kodeksning 112-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 17-bandining oltinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi.
2) daʼvo arizasi imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 112-moddasining birinchi qismi, 114-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15.2-bandi.
3) ish mazkur xoʻjalik sudi sudloviga tegishli boʻlmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi.
4) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga daʼvo arizasining nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini va boshqa sud xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
(118-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
6) shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda daʼvogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7.6-bandi.
7) bitta daʼvo arizasida bir yoki bir necha javobgarga oʻzaro bogʻlanmagan bir necha talab birlashtirilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
8) qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoxud boshqa kredit muassasasi orqali olinishi lozim boʻlganida javobgardan qarzni olish uchun bankka yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat qilinganligi haqida dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining oltinchi xatboshisi.
9) agar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgunga qadar uni qaytarib olish toʻgʻrisida daʼvogardan ariza tushgan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
Sudya daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari.
Daʼvo arizasining qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin ikkinchi marta xoʻjalik sudiga umumiy tartibda daʼvo arizasi bilan murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11, 12-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
119-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs daʼvo arizasi yuzasidan daʼvoga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrini hamda ularda boʻlmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda xoʻjalik sudiga yuborishga haqli.
Yozma fikrda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) yozma fikr yuborilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) daʼvogarning nomi va ishning tartib raqami;
3) daʼvo talablari rad etilgan taqdirda, daʼvogarning talablarini toʻliq yoki qisman rad etishning qonun hujjatlariga asoslangan sabablari, shuningdek eʼtirozlarni asoslovchi dalillar;
4) yozma fikrga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati;
5) boshqa maʼlumotlar, shuningdek javobgarda mavjud boʻlgan iltimosnomalar.
Fikr-mulohazada ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ham koʻrsatilishi mumkin.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
120-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish
Javobgar ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun daʼvogarga qarshi daʼvo taqdim etishga haqlidir.
Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etishning umumiy qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 112–115-moddalari.
Qarshi daʼvo quyidagi hollarda qabul qilinadi:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisob qilishga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻysa;
3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni tez va toʻgʻri koʻrishga olib kelsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 27-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
121-modda. Ishni yuritish vaqtida manzilning oʻzgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida oʻz manzillarining oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudiga xabar berishlari shart. Bunday xabar berilmagan taqdirda protsessual hujjatlar xoʻjalik sudiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa yoki yashamayotgan boʻlsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini xoʻjalik sudiga maʼlum qilgan boʻlsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudini yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerak.
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
16-BOB. ISHNI SUDDA KOʻRISHGA TAYYORLASH
122-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha sudyaning harakatlari
Ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida sudya daʼvo arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
(122-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgar yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini koʻrib chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38, 39, 41, 42-moddalari.
2) ishni yuritish toʻgʻrisida manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni bajarishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni taklif etadi;
4) dalillarning daxldorligi va ularga yoʻl qoʻyilishi mumkinligini tekshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58, 59-moddalari.
5) guvohlarni chaqirtiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi, 124-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
6) ekspertiza tayinlash masalasini koʻrib chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
7) boshqa xoʻjalik sudlariga sud topshiriqlarini yuboradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi.
8) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirtiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
9) taraflarni murosaga keltirish choralarini koʻradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi.
10) ishda ishtirok etuvchi tashkilotlar rahbarlarini tushuntirish berish uchun chaqirish masalasini hal qiladi;
11) daʼvoni taʼminlash choralarini koʻradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76–78-moddalari.
Sudya nizoni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 24, 28-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
123-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ishni tayyorlashga doir harakatlar, ishni sudda koʻrishga tayinlash, uni oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
124-modda. Xabarnomalar va chaqiruvlar
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
(124-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Protsessning boshqa ishtirokchilari sudning ajrimi bilan, zarur hollarda chaqiruv qogʻozlari, telegramma, faks, teletayp va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6.1-bandi.
17-BOB. SUDDA ISHNI KOʻRISH
125-modda. Ishni koʻrish muddati
Ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(125-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-bobi (“Protsessual muddatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandi, 35-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13–15-bandlari, 21-bandining birinchi xatboshisi.
126-modda. Xoʻjalik sudining majlisi
Ish xoʻjalik sudining majlisida koʻriladi. Xoʻjalik sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
(126-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 3 va 7-bandlari.
Majlisga raislik qiluvchi sudya:
1) xoʻjalik sudining majlisini ochadi va qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari majlisga kelganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilinganliklarini hamda ular kelmaganligining sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini tekshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) sud tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;
(126-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15, 17–20-moddalari.
4) kelgan guvohlarni soʻroq qilish boshlanguncha ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35, 41-moddalari, 42-moddaning ikkinchi qismi, 43-moddaning uchinchi qismi, 44-moddaning birinchi qismi, 46-moddaning ikkinchi, uchinchi qismlari, 47-moddaning ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari, 48-moddaning uchinchi, toʻrtinchi qismlari.
6) tarjimonni bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh tortganlik uchun, guvohlarni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik va koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi.
7) majlisni olib borish va dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi.
8) majlisga rahbarlik qilib, ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini taʼminlaydi;
9) majlisda tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi.
Majlis zalida hozir boʻlganlar yozma qaydnomalar qilish, stenogramma olib borish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisini kinoga va fotosuratga olish, videotasvirga olish, shuningdek radio va televideniye orqali koʻrsatishga ishni koʻrayotgan sudning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
1261-modda. Xoʻjalik sudining videokonferensaloqa rejimidagi majlisida ishtirok etish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli xoʻjalik sudiga yuboriladigan ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatiladi.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan yozma dalillar ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudiga yuborilishini taʼminlaydi.
(1261-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6–6.6, 8, 13-bandlari.
127-modda. Xoʻjalik sudining majlisidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirganlarida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrinlaridan turadi. Xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini zalda hozir boʻlganlarning barchasi tik turgan holda tinglaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari xoʻjalik sudiga tik turgan holda murojaat qiladi hamda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda raislik qiluvchi xoʻjalik sudi nomidan tartibni buzgan shaxsni ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan chiqarib yuborilishi mumkin.
128-modda. Dalillarni tekshirish va ishni koʻrishning uzluksizligi
Xoʻjalik sudi ishni koʻrganda ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 32-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 41-bandi.
Ishni koʻrish sudning oʻzgarmas tarkibida amalga oshiriladi. Ishni koʻrish jarayonida sudyalardan biri almashtirilgan taqdirda ishni koʻrish yangidan boshlanishi lozim.
Har bir ishni koʻrish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Alohida hollarda xoʻjalik sudi majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus eʼlon qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 33-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.1-bandi.
Xoʻjalik sudi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguncha yoki ishni koʻrish keyinga qoldirilguncha boshqa ishlarni koʻrishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7.4–7.7, 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 32, 33-bandlari.
129-modda. Xoʻjalik sudining ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha arizalari va iltimosnomalarini xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlarini eshitib boʻlgach, hal qiladi.
Xoʻjalik sudi arizalar va iltimosnomalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 34-bandi.
130-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishtirokisiz nizoni hal qilish
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taqdim etishni taklif qilgan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni unda mavjud materiallar asosida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, daʼvogarning ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
131-modda. Ishni koʻrishni keyinga qoldirish
Xoʻjalik sudi ishni shu majlisda koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazish vaqtida videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmagan taqdirda ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
(131-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 19-bandi.
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi yangi majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadilar.
(131-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Ishni koʻrish keyinga qoldirilgach, uni yangidan koʻrish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10, 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 35-bandi.
132-modda. Taraflarning kelishuv bitimi
Taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ular tomonidan yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Kelishuv bitimi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi, bu haqda ajrim chiqarilib, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 86-moddaning 7-bandi, 146-soddasi beshinchi qismi, 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi.
133-modda. Ishni koʻrishning tamomlanishi
Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish boʻyicha qoʻshimcha materiallar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Bunday arizalar boʻlmasa, raislik qiluvchi ishni tekshirish tugaganligini eʼlon qiladi va xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun chiqib ketadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12.1-bandi.
134-modda. Bayonnoma
Sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma tuziladi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) sud majlisi oʻtkazilgan yil, oy, kun va joy;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
(134-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) ishning nomi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
6) sud tomonidan majlis zalidan chiqib ketmasdan chiqarilgan ajrimlar;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki arzlari va iltimosnomalari;
8) guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari;
9) ayrim protsessual harakatlar bajarilganda olingan maʼlumotlar.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, bayonnomada bu haqdagi maʼlumot koʻrsatilishi kerak.
(134-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bayonnoma kotib tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat bajarilgan vaqtda majlisdan tashqarida tuziladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan majlisning ertasi kunidan kechiktirmay yoki bevosita shu harakat bajarilganidan keyin imzolanishi kerak.
(134-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin uch kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning toʻla-toʻkisligi va toʻgʻri tuzilganligi xususida oʻz fikrlarini berish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
Sudya bayonnoma xususida fikrlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 37-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 22-bandi.
1341-modda. Xoʻjalik ishi
Xoʻjalik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrish jarayonida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Xoʻjalik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Xoʻjalik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni ularni yuborgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, elektron shaklda sudga taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan xoʻjalik sudiga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Xoʻjalik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining va sud majlisidan tashqaridagi ayrim protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi xoʻjalik ishini boshqa xoʻjalik sudiga yoki boshqa organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan xoʻjalik ishining qogʻozdagi koʻchirma nusxasi boʻlishi mumkin.
(1341-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
18-BOB. XOʻJALIK SUDINING HAL QILUV QARORI
135-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Xoʻjalik sudi nizoni mazmunan hal qilishda hal qiluv qarori qabul qiladi. Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. Xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini majlisda tekshirilgan dalillar bilangina asoslaydi.
Hal qiluv qarori sud majlisida ishni koʻrish tugagandan keyin alohida xonada qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida xonada ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tarkibiga kiruvchi sudyalargina boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 8-bandi.
Ishni hayʼatda koʻrganda xoʻjalik sudining hal qiluv qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi, 38-bandi.
136-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda hal etiladigan masalalar
Xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini qabul qilishda:
1) dalillarga baho beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61-moddasi.
2) ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonun hujjatlarini ushbu ish boʻyicha qoʻllash mumkin emasligini hal qiladi;
4) ushbu ish boʻyicha qaysi qonun hujjatlarini qoʻllash zarurligini belgilaydi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini aniqlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi.
6) daʼvoni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini hal qiladi.
Xoʻjalik sudi maslahat vaqtida dalillarni qoʻshimcha ravishda tekshirishni yoki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, ishni koʻrishni yangidan boshlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi, 3, 4-bandlari.
137-modda. Hal qiluv qarorining bayoni
Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrayotgan sudyalar tarkibidagi boshqa sudya tomonidan yozma bayon qilinib, majlisda ishtirok etayotgan barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 170-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi, 11-bandi va 12-bandining uchinchi xatboshisi.
138-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomi bilan qabul qiladi.
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hal qiluv qarorining kirish qismida uni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, ishning tartib raqami, ish koʻrilgan sana va joy, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, majlisda hozir boʻlgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari koʻrsatiladi.
(138-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari.
Hal qiluv qarorining bayon qismida daʼvo arizasining, uning yuzasidan bildirilgan mulohazaning, boshqa tushuntirishlarning, ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizalarining qisqacha bayoni ifodalanishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xoʻjalik sudining bu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar va xoʻjalik sudi u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vaj, shuningdek sud hal qiluv qarorini qabul qilishda tayangan qonun hujjatlari koʻrsatilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi, 6-bandi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir daʼvo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6, 7, 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 30–37-bandlari.
Ishda bir necha daʼvogar va javobgar ishtirok etayotgan boʻlsa, qarorda nizo ulardan har biriga nisbatan qanday hal qilingani koʻrsatiladi.
Dastlabki daʼvoni va qarshi daʼvoni toʻla yoki qisman qanoatlantirganda hal qiluv qarorining xulosa qismida daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi.
Agar xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilasa yoki uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsa, bu toʻgʻrida hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
139-modda. Pul mablagʻlarini va mol-mulkni undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudi pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni qanoatlantirganida hal qiluv qarorining xulosa qismida undiriladigan summaning umumiy miqdorini asosiy qarzni, zararlarni, neustoykani (jarima va penyani) alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi.
(139-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Xoʻjalik sudi mol-mulkni undirib berganida topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomi, uning qiymati va turgan joyini koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 8-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari.
140-modda. Ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Ijro hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda, shu jumladan notariusning ijro yozuvi asosida, amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish toʻgʻrisidagi nizo boʻyicha daʼvo qanoatlantirilganida hal qiluv qarorining xulosa qismida ijro etishga tegishli boʻlmagan hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi hamda hisobdan oʻchirilmaydigan summa koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 8-bandining yettinchi xatboshisi.
141-modda. Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti boʻyicha qabul qilingan qaror koʻrsatiladi, shartnoma tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi nizo boʻyicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishiga majburligi koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 378, 382–384-moddalari, 460-moddaning uchinchi, beshinchi qismlari, 462-moddaning uchinchi, toʻrtinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Qonuni 15-moddasining toʻrtinchi–oltinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2002-yil 4-martdagi 103-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini xoʻjalik sudlari amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
142-modda. Javobgarga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori
Javobgar zimmasiga mol-mulkni berish yoki pul summasini undirish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori qabul qilinganida xoʻjalik sudi uning xulosa qismida shu harakatlarni kim, qayerda, qachon yoki qaysi davr mobaynida bajarishi shartligini koʻrsatadi.
Zarurat boʻlganda xoʻjalik sudi, agar javobgar hal qiluv qarorini bajarmasa, daʼvogar tegishli harakatlarni javobgar hisobidan bajarib, zarur xarajatlarni undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin.
Agar ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlar faqat javobgar tomonidan bajarilishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hal qiluv qarorida u ijro etilishi lozim boʻlgan muddatni belgilab qoʻyadi.
143-modda. Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori
Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar aks etishi kerak:
1) hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi, boshqa zarur rekvizitlari va uni chiqargan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) hujjatni toʻla yoki uning maʼlum qismini haqiqiy emas deb topish yoxud arizachining talabini toʻla yoki uning maʼlum qismini rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
3) qabul qilingan hujjat tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma, shunday talablar mavjud boʻlgan taqdirda.
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan 3-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishni yoki roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganida xoʻjalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida tegishli davlat organiga shunday roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
144-modda. Xoʻjalik sudining yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Xoʻjalik sudi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirganida hal qiluv qarorida aniqlangan fakt bayon qilinishi kerak.
Xoʻjalik sudining yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
145-modda. Hal qiluv qarorini eʼlon qilish
Hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin ish koʻrilgan majlisning oʻzida raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi. Alohida hollarda oʻta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish koʻpi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismi ishning muhokamasi tugagan majlisning oʻzida eʼlon qilinadi. Ayni bir vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligini eʼlon qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 38-bandining ikkinchi xatboshisi.
Hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Majlisda raislik qiluvchi xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 (“Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish”), 22-boblari (“Kassatsiya instansiyasida ish yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 11-bandi, 13-bandining oltinchi xatboshisi.
146-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
Apellyatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmasa, apellyatsiya instansiyasi qaror chiqargan paytdan qonuniy kuchga kiradi.
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi.
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlar darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 2-bandi.
147-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu Kodeksning 7-bobida belgilangan qoidalar asosida hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi.
148-modda. Hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(148-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, 21.2-bandi.
149-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori
Hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudi quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa;
2) sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim boʻlgan mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa;
3) sud xarajatlari toʻgʻrisidagi masala hal qilinmagan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 40-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguncha qoʻyilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi masalani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
(149-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudining qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(149-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi.
150-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish. Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
Hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, nizoni hal qilgan xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki davlat ijrochisining arizasiga koʻra, hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirib berishga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni, hal qiluv qarorining mohiyatiga tegmagan holda, tuzatishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 41-bandi.
(150-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hal qiluv qarorini tushuntirib berish va yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(150-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
19-BOB. XOʻJALIK SUDINING AJRIMI
151-modda. Ajrim chiqarish va uning mazmuni
Xoʻjalik sudi ish koʻrishni keyinga qoldirganda, ish yuritishni toʻxtatib turganda, tugatganda, daʼvoni koʻrmasdan qoldirganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 21-moddasining oltinchi qismi, 33-moddasining uchinchi qismi, 38-moddasining toʻrtinchi xatboshisi, 39-moddasining birinchi qismi, 66-moddasining uchinchi qismi, 67-moddasining toʻrtinchi qismi, 72-moddasining uchinchi qismi, 74-moddasi, 76-moddasining toʻrtinchi qismi, 80-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 85-moddasining birinchi qismi, 87-moddasining birinchi qismi, 89-moddasining birinchi qismi, 99-moddasining ikkinchi qismi, 101-moddasining uchinchi qismi, 107-moddasining ikkinchi qismi, 109-moddasining uchinchi qismi, 111-moddasi, 115-moddasining toʻrtinchi qismi, 116-moddasining uchinchi qismi, 117-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining ikkinchi qismi, 123-moddasi, 129-moddasining ikkinchi qismi, 131-moddasining ikkinchi qismi, 132-moddasining ikkinchi qismi, 149-moddasining toʻrtinchi qismi, 150-moddasining ikkinchi qismi, 152-moddasining birinchi qismi, 1555-moddasining birinchi qismi, 15510-moddasining birinchi qismi, 162-moddasining ikkinchi qismi, 163-moddasining birinchi qismi, 165-moddasining beshinchi qismi, 180-moddasining uchinchi qismi, 181-moddasining birinchi qismi, 184-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 216-moddasining ikkinchi qismi, 217-moddasining toʻrtinchi qismi, 220-moddasining ikkinchi qismi.
Alohida hujjat tariqasida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
1) xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
(151-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
4) xoʻjalik sudi oʻz xulosalarini chiqarishga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonun hujjatlari;
5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa.
Xoʻjalik sudi sud majlisida ishni koʻrayotganida sud muhokamasi davomida hal etilishini talab qiladigan masalalar boʻyicha alohida hujjat tariqasida rasmiylashtirmasdan ajrim chiqarishga haqlidir. Ajrim ogʻzaki eʼlon qilinadi va sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Ajrimda u qaysi masala boʻyicha chiqarilayotgani, sud oʻz xulosasini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa koʻrsatiladi.
152-modda. Xususiy ajrim
Nizoni koʻrish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilgani aniqlangan taqdirda xoʻjalik sudi xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim tegishli tashkilotlarga, davlat organlariga va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular bir oylik muddatda xoʻjalik sudiga koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabar qilishlari shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari.
Agar sud xoʻjalik nizosini koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(152-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-335-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 172-sonli “Xoʻjalik sudining xususiy ajrimi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 44-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
153-modda. Ajrimni yuborish
Xoʻjalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksga muvofiq ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(153-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 4-bandining beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.3-bandi.
20-BOB. ALOHIDA TOIFADAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH XUSUSIYATLARI
154-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi, 35–61-moddalari, mazkur Kodeks 23-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
155-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalar ushbu Kodeksning 112-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Xoʻjalik sudi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni arizachi bu faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha tartibda olish imkoniyatiga ega boʻlmaganda yoxud yoʻqolgan yoki yoʻq qilib yuborilgan hujjatlarni tiklash imkoniyati boʻlmagan taqdirda aniqlaydi.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 23-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
201-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
1551-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xoʻjalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida xoʻjalik sudiga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 12-bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xoʻjalik sudiga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi, 12-bandining yettinchi xatboshisi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi nizo boʻyicha ish yuritish xoʻjalik sudi tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
1552-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan taraf hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
(1552-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 1551-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga va ushbu modda qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
1553-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda xoʻjalik sudida nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-bobi (“Ishni sudda koʻrishga tayyorlash”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 1554-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8, 9, 10-bandlari.
1554-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi.
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15–15.7-bandlari, 16-bandining ikkinchi–toʻrtinchi xatboshilari.
1555-modda. Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun koʻrsatma.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi oqibatida xoʻjalik sudi tomonidan toʻliq yoxud qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 48-moddasining ikkinchi qismi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, 25-bandi.
202-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
1556-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalari xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudiga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi.
1557-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
(1557-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat xoʻjalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, 19-bandining birinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeksning 1556-moddasida nazarda tutilgan talablar va ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi, 19, 20-bandlari.
1558-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Xoʻjalik sudi hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 1559-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10, 22-bandlari.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 1551-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan xoʻjalik sudining ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
1559-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi.
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi xoʻjalik sudi yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻxtatib turilganligini.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 53-moddasi.
15510-modda. Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;
2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi, arizachi majburiy ijro etilishini iltimos qilayotgan ijro varaqasini berish haqidagi maʼlumotlar;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida xoʻjalik sudi tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishlari mumkin.
Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
Xoʻjalik sudining ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(201 va 202-boblar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22, 23, 25-bandlari.
203-bob. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
15511-modda. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida murojaat qilish huquqi
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida arizalar bilan xoʻjalik sudlariga nazorat qiluvchi organlar murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
15512-modda. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida, ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda koʻrib chiqiladi.
15513-modda. Huquqiy taʼsir choralari
Huquqiy taʼsir choralari quyidagilardan iborat:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqiy taʼsir choralarini ham qoʻllashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan faqat sud tartibida qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari roʻyxati.
15514-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi va ularning pochta manzillari;
3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) arizada qoʻyilgan talabga asos boʻlgan holatlar;
5) arizada qoʻyilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) xoʻjalik sudiga murojaat qilishga asos boʻlgan tashkilot yoki fuqaroning harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
7) arizachining talabi;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
(15514-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 15515-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi.
15515-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga, ushbu Kodeks 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari, quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
(15515-moddaning birinchi qismi 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
2) faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
(15515-moddaning birinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
3) banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi arizaga — soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganligini yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini, soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganligini, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmaganligini tasdiqlovchi dalil;
(15515-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
4) moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga — tekshirish oʻtkazilishiga asos boʻlgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori, bunday qaror olish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno; agar tekshirish jinoyat ishi doirasida oʻtkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori; tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq; tekshirish oʻtkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa; qarorning koʻchirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki yuborilganligi dalili;
5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga — litsenziyaning (ruxsatnomaning) va litsenziya shartnomasining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining va litsenziya shartnomasi shartlarining litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va (yoki) litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalil.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi.
15516-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xabarnomalar va chaqiruvlar
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Protsessning boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
15517-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud muhokamasi
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak, ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 23, 24, 25-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining birinchi xatboshisi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda xoʻjalik sudi sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi boʻlgan-boʻlmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yoʻqligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
Moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda xoʻjalik sudi moliyaviy jazo choralari summasining hisob-kitobi qanchalik toʻgʻriligini ham tekshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15518-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudining hal qiluv qarori
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksning 18-bobida belgilangan qoidalar asosida qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 29-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash yoki arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arz qilingan talab qanoatlantirilgan taqdirda, xoʻjalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan shaxsning nomi;
2) huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar;
3) qoʻllanilgan huquqiy taʼsir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qoʻllanilgan taqdirda esa uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) faoliyat cheklanadigan, toʻxtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi toʻxtatib turiladigan muddat; amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, toʻxtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar toʻxtatib qoʻyilganligi.
Xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 31-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda xoʻjalik sudining hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 31-bandining ikkinchi xatboshisi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 32-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21.2-bandining ikkinchi–toʻrtinchi xatboshilari.
(203-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
204-bob. Korporativ nizolar boʻyicha ish yuritish
15519-modda. Korporativ nizolar boʻyicha ishlar
Sud quyidagi korporativ nizolarni hal qiladi:
1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq nizolar;
2) xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar aʼzolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar, bundan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) (bundan buyon matnda yuridik shaxs ishtirokchilari deb yuritiladi) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi daʼvolari boʻyicha nizolar;
4) qimmatli qogʻozlar emissiyasi bilan, shu jumladan davlat organlarining va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha ravishda chiqarish) natijalari boʻyicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bogʻliq nizolar;
5) qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi nizolar;
7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi nizolar.
Sud qonun hujjatlarida oʻz vakolatlariga kiritilgan boshqa korporativ nizolarni ham hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
15520-modda. Korporativ nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Korporativ nizolar boʻyicha ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻrib chiqiladi.
15521-modda. Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar
Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 112-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 114-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat ilova qilinadi.
15522-modda. Korporativ nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari
Korporativ nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari ushbu Kodeksning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻriladi.
(204-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
III BOʻLIM. HAL QILUV QARORLARINI QAYTA KOʻRISH BOʻYICHA ISH YURITISH
21-BOB. APELLYATSIYA INSTANSIYASIDA ISH YURITISH
156-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir.
(156-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34, 35-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 2, 3, 6, 7-bandlari.
157-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sud
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) birinchi instansiyada hal qiluv qarorini qabul qilgan sud koʻradi.
(157-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1571-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sudga hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sudga ish bilan birga yuborishi shart.
(1571-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
158-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Apellyatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgandan keyin bir oy ichida beriladi.
(158-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi
(158-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 33-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 23, 25–25.3-bandlari.
159-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yoʻllangan xoʻjalik sudining nomi;
2) shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning nomi;
3) ustidan shikoyat berilayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;
4) shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning talablari va hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblashining asoslari, bunga dalil boʻlgan qonun hujjatlari hamda ish materiallari;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Apellyatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, apellyatsiya protesti esa prokuror tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval shu ish boʻyicha berilmagan boʻlsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga (protestga) shikoyat (protest) nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Bundan tashqari shikoyatga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi dalillar ham ilova qilinadi.
(159-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
160-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning va unga ilova qilingan, bu shaxslarda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
(160-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
161-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
(161-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olgach, uning yuzasidan oʻz yozma fikrini va yozma fikrning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda xoʻjalik sudiga yuborishga haqlidir.
(161-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda boʻlmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandining ikkinchi xatboshisi, 18-bandining uchinchi xatboshisi.
162-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) quyidagi hollarda qaytaradi:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni imzolashga huquqi boʻlmagan shaxs yoki mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga joʻnatilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
3) davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va unda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi ajrim yuborilgunga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 191-moddasi.
Shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs ushbu moddaning birinchi qismidagi 1, 2, 3-bandlarda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik sudiga apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
(162-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 4-bandi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: mazkur Kodeksning 151, 191-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
163-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim
(163-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(163-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
(163-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(163-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 153-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 8-bandi.
164-modda. Apellyatsiya instansiyasida ishni koʻrish tartibi
Ish apellyatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda ishni birinchi instansiya xoʻjalik sudida koʻrib chiqish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 11-bandi.
165-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
(165-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etib, ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
(165-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sud shikoyatdan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
(165-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudi apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 11, 12-bandlari.
166-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chegarasi
Xoʻjalik sudi ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrganida ishda mavjud va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar boʻyicha ishni qayta koʻradi. Agar arizachi qoʻshimcha dalillarni oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra birinchi instansiya sudiga taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmaganligini asoslasa, xoʻjalik sudi qoʻshimcha dalillarni qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud apellyatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmaydi hamda hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini toʻla hajmda tekshiradi.
(166-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 14, 15-bandlari.
Ish birinchi instansiyada koʻrilganda taqdim etilmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasida qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 11-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
167-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan tushgan apellyatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi.
(167-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
(167-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23.2-bandi.
168-modda. Apellyatsiya instansiyasining vakolatlari
Xoʻjalik sudi ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrgach:
Oldingi tahrirga qarang.
1) sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
(168-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilib, yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
4) hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilib, ishni yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ushbu Kodeks 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
(168-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuniga muvofiq 4 va 5-bandlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining birinchi xatboshisi.
169-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Quyidagilar xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
2) xoʻjalik sudi aniqlangan deb hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
4) moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining ikkinchi – toʻrtinchi xatboshilari.
170-modda. Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi
Agar protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, bu hol hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining beshinchi xatboshisi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi har qanday holda ham birinchi instansiya xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi, agar:
1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilgan boʻlsa;
2) sud ishni majlis joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasining yoʻqligida koʻrgan boʻlsa;
3) ishni koʻrishda sud ishi yuritiladigan til toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan boʻlsa;
4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa;
(170-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
5) hal qiluv qarori sudyalardan birortasi tomonidan imzolanmagan boʻlsa yoki hal qiluv qarorida koʻrsatilmagan sudyalar tomonidan imzolangan boʻlsa;
6) hal qiluv qarori ishni koʻrgan tarkibdagi sudyalardan boshqa sudyalar tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
7) ishda sud majlisining bayonnomasi boʻlmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining oltinchi xatboshisi.
171-modda. Apellyatsiya instansiyasining qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
(171-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Qarorda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qarorni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, qaror qabul qilingan sana, ishning tartib raqami, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi, majlisda ishtirok etgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari, birinchi instansiyada hal qiluv qarori qabul qilingan sana va hal qiluv qarorini qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
(171-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning nomi;
(171-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
4) hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish masalasi qoʻyilishiga sabab boʻlgan asoslar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan bildirilgan mulohazada bayon qilingan vajlar;
(171-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
6) majlisda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari;
7) ishning xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xoʻjalik sudining shu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar hamda xoʻjalik sudi u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vajlar, shuningdek sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
8) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilayotganda yoki oʻzgartirayotganda apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalariga qoʻshilmaganligining sabablari;
Oldingi tahrirga qarang.
9) apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosalar;
(171-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
10) sud xarajatlarining taraflar oʻrtasida taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan vaqtidan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(171-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(171-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 18, 19-bandlari, 21-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
172-modda. Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari)
(172-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(172-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 72-moddasining toʻrtinchi qismi, 76-moddasining toʻrtinchi qismi, 80-moddasining oltinchi qismi, 85-moddasining ikkinchi qismi, 87-moddasining toʻrtinchi qismi, 89-moddasining uchinchi qismi, 99-moddasining uchinchi qismi, 101-moddasining toʻrtinchi qismi, 107-moddasining uchinchi qismi, 109-moddasining toʻrtinchi qismi, 111-moddasining ikkinchi qismi, 117-moddasining uchinchi qismi, 118-moddasining uchinchi qismi, 149-moddasining beshinchi qismi, 150-moddasining uchinchi qismi, 152-moddasining uchinchi qismi, 1555-moddasining beshinchi qismi, 15510-moddasining oltinchi qismi, 205-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining toʻrtinchi qismi, 216-moddasining uchinchi qismi, 217-moddasining beshinchi qismi.
Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
(172-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 164-moddasi.
Xoʻjalik sudi tomonidan apellyatsiya instansiyasida daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlar bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudiga koʻrish uchun oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 85, 86, 88, 117, 118-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 21-bandi.
22-BOB. KASSATSIYA INSTANSIYASIDA ISH YURITISH
173-modda. Kassatsiya shikoyati berish huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.
(173-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
174-modda. Kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati shu sud tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi.
(174-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
175-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga ish bilan birga yuborishi shart.
(175-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
176-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy davomida berilishi mumkin.
(176-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 7.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24, 25–25.3-bandlari.
177-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizo predmeti;
(177-moddaning birinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
4) shikoyat (protest) bergan shaxsning talablari, moddiy yoxud protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi nimadan iboratligi;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Kassatsiya shikoyatida (protestida) ishning holatlari isbotlanmaganligini yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning haqiqiy munosabatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalar ishning holatlariga nomuvofiqligini dalil qilib keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(177-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval ushbu ish boʻyicha taqdim etilmagan boʻlsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga davlat boji toʻlanganligini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi.
178-modda. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxalarini yuborish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest) nusxasini va unga ilova qilingan, ularda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
179-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan oʻz yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr nusxalari joʻnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda xoʻjalik sudiga yuborishga haqlidir.
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
180-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda qaytariladi:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoki uni imzolashga huquqi boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
2) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudini chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga uning nusxalari joʻnatilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
4) kassatsiya shikoyatiga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa;
6) kassatsiya shikoyatida (protestida) moddiy yoki protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllanish nimadan iboratligi koʻrsatilgan boʻlmasa;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi ajrim yuborilgunga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining sudyasi tomonidan qaytariladi. Agar shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari kassatsiya instansiyasida aniqlangan boʻlsa, shikoyatni (protestni) shu instansiya sudining sudyasi qaytaradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida birinchi instansiya sudyasi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 191-moddasi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3, 4, 6-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xoʻjalik sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 7-bandining birinchi xatboshisi, 7.2, 8-bandlari.
181-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi ajrim
Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(181-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
182-modda. Hal qiluv qarorini, qarorni ijro etishni toʻxtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
(182-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
183-modda. Kassatsiya instansiyasida ishni koʻrish tartibi
Ish kassatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya xoʻjalik sudi tomonidan ishni koʻrish qoidalari asosida koʻriladi. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
184-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etib, ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Sud kassatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori, qaror ustidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar shikoyat qilmagan boʻlsalar, kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
Xoʻjalik sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
185-modda. Kassatsiya shikoyatini koʻrish muddati
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi.
(185-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
186-modda. Kassatsiya instansiyasida ishni koʻrish chegarasi
Xoʻjalik sudi ishni kassatsiya instansiyasida koʻrganida birinchi instansiya sudida moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.
(186-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
187-modda. Kassatsiya instansiyasining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga;
3) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini, ushbu Kodeks 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bekor qilish hamda ishni hal qiluv qarori bekor qilingan xoʻjalik sudi instansiyasiga yangidan koʻrish uchun yuborishga;
4) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
5) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish va ish yuritishni tugatish yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
6) avval qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan birini kuchda qoldirishga.
(187-moddaning 1 — 6-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
188-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, agar bu buzilish notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagi hollarda hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi:
1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilgan boʻlsa;
2) ish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlisning oʻtkazilish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birontasining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa;
3) ishni koʻrishda sud ishi yuritiladigan til toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan boʻlsa;
4) sud hal qiluv qarorini qabul qilishda qaysi qonun hujjatiga amal qilganligi hal qiluv qarorida koʻrsatilmagan boʻlsa;
5) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa;
6) hal qiluv qarori sudyalardan biri tomonidan imzolanmagan boʻlsa yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan boʻlsa;
7) hal qiluv qarori ishni koʻrgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
8) ishda sud majlisining bayonnomasi boʻlmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan boʻlsa;
9) sud arz qilingan talab boʻyicha qaror qabul qilmagan boʻlsa.
(188-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
189-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi, ishning tartib raqami va qaror qabul qilingan sana, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, majlisda hozir boʻlgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ishni birinchi instansiyada koʻrgan sudning nomi, ishning tartib raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
4) qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
5) hal qiluv qarorining qonuniyligini tekshirish toʻgʻrisida masala qoʻyilishiga sabab boʻlgan asoslar;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan mulohazada bayon qilingan vajlar;
7) majlisda hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
8) sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslangan qonun hujjatlarini qoʻllamasligining sabablari, shuningdek sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
9) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini bekor qilganda yoki oʻzgartirganda kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalariga rozi boʻlmaganligining sabablari;
10) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha xulosalar;
11) agar ish yangidan koʻrish uchun topshirilayotgan boʻlsa, ishda ishtirok etayotgan shaxslar va sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar;
12) ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
(189-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
190-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi koʻrsatmasining majburiyligi
Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorda bayon qilingan koʻrsatmalari ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrayotgan xoʻjalik sudi u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ish yangidan koʻrilganida qanday hal qiluv qarori qabul qilinishi toʻgʻrisidagi masalalarni avvaldan hal qilib qoʻyishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
191-modda. Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati (protesti)
Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 72-moddasining toʻrtinchi qismi, 76-moddasining toʻrtinchi qismi, 80-moddasining oltinchi qismi, 85-moddasining ikkinchi qismi, 87-moddasining toʻrtinchi qismi, 89-moddasining uchinchi qismi, 99-moddasining uchinchi qismi, 101-moddasining toʻrtinchi qismi, 107-moddasining uchinchi qismi, 109-moddasining toʻrtinchi qismi, 111-moddasining ikkinchi qismi, 117-moddasining uchinchi qismi, 118-moddasining uchinchi qismi, 149-moddasining beshinchi qismi, 150-moddasining uchinchi qismi, 152-moddasining uchinchi qismi, 1555-moddasining beshinchi qismi, 15510-moddasining oltinchi qismi, 162-moddasining uchinchi qismi, 180-moddasining toʻrtinchi qismi, 205-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining toʻrtinchi qismi, 216-moddasining uchinchi qismi, 217-moddasining beshinchi qismi.
Xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan tushgan kassatsiya shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarorlari ustidan tushgan kassatsiya shikoyatlarini koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
(191-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi.
23-BOB. NAZORAT TARTIBIDA ISH YURITISH
192-modda. Xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrish
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlari ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning protestlari boʻyicha nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari bundan mustasno.
(192-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1921-modda. Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarga berishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza mazmunan ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Arizaga sudning hal qiluv qarori nusxasi, agar ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida ham koʻrib chiqilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari nusxalari ham ilova qilinadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga rioya qilinmagan taqdirda nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza qaytariladi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgandan keyin berilgan nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 26-bandi.
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 27-bandi.
Protest keltirish uchun asoslar boʻlmaganda ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari koʻrsatilib, yozma javob berilishi lozim.
(1921-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-184-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)
193-modda. Protest keltirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Protest keltirishga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — Oʻzbekiston Respublikasining har qanday iqtisodiy sudi qabul qilgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining oʻrinbosarlari va Bosh prokurorining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasining har qanday iqtisodiy sudi qabul qilgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno.
(193-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 53-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari, 54-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
194-modda. Hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini toʻxtatib turish
Ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan shaxslar protest keltirgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tegishli hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini nazorat tartibida ish yuritish tamomlangunga qadar toʻxtatib turishi mumkin.
(194-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
195-modda. Ishlarni protestlar boʻyicha nazorat tartibida koʻruvchi sud
Protestlar boʻyicha ishlarni nazorat tartibida quyidagilar koʻradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼati — barcha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlar boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati — barcha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatining nazorat tartibida chiqargan qarorlari ustidan keltirilgan protestlar boʻyicha.
(195-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
196-modda. Ishlarni talab qilib olish
Ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar nazorat tartibida protest keltirishga asoslar mavjudligi masalasini hal etish uchun ishni tegishli xoʻjalik sudidan talab qilib olishga haqli.
197-modda. Protest keltirish
Protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlganda ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudga yuboradi.
(197-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest koʻriladigan sud majlisi boshlanguniga qadar oʻzgartirish, toʻldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
(197-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-184-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)
198-modda. Protestni koʻrish tartibi
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud protestni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ishning holatlari va protest vajlari toʻgʻrisidagi maʼruzasini eshitadi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud majlisiga tushuntirishlar berish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnomalar yuboriladi. Ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsiq boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ishni nazorat tartibida koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ishtirok etib, oʻzi keltirgan protestni quvvatlaydi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi yoki uning oʻrinbosari keltirgan protest boʻyicha koʻrilayotgan ish yuzasidan xulosa beradi.
(198-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
199-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishlarni nazorat tartibida qayta koʻrish boʻyicha vakolatlari
(199-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni nazorat tartibida koʻrib:
(199-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1) xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini, qarorini oʻzgarishsiz, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻla yoki qisman bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirib yoki bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni toʻla yoki qisman bekor qilib, ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) ish boʻyicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlari yoki qarorlardan birini kuchda qoldirishga haqli.
200-modda. Hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Xoʻjalik sudining mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori yuzaki asoslar boʻyichagina bekor qilinishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
201-modda. Qaror qabul qilish tartibi
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud ishni nazorat tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi. Agar ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning hozir boʻlgan aʼzolaridan koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning aʼzolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(201-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
202-modda. Ishni nazorat tartibida koʻrgan xoʻjalik sudi koʻrsatmalarining majburiyligi
Ishni nazorat tartibida koʻrgan xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilgan koʻrsatmalari shu ishni yangidan koʻrayotgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
Ishni nazorat tartibida koʻrgan xoʻjalik sudi hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishi kerakligi masalalarini oldindan hal qilishga haqli emas.
203-modda. Xoʻjalik sudlarining ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish va ularni qayta koʻrish
Xoʻjalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirilishi va ushbu Kodeksda ular ustidan shikoyat qilish nazarda tutilgan, shuningdek ular ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan hollarda, hal qiluv qaroridan alohida qayta koʻrilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 85-moddasining ikkinchi qismi, 87-moddasining toʻrtinchi qismi, 89-moddasining uchinchi qismi, 99-moddasining uchinchi qismi, 101-moddasining toʻrtinchi qismi, 117-moddasining uchinchi qismi, 118-moddasining uchinchi qismi, 205-moddasining beshinchi qismi, 208-moddasining ikkinchi qismi.
Xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar sudning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlarni koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 198-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
24-BOB. XOʻJALIK SUDINING QONUNIY KUCHGA KIRGAN HUJJATLARINI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BOʻYICHA QAYTA KOʻRISH
204-modda. Qayta koʻrish asoslari
Xoʻjalik sudi oʻzi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 2-bandi.
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar bergani, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa bergani, tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilgani, hujjatlar yoki ashyoviy dalillarning soxtaligi, bu hol sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoxud ular vakillari yoki ular vakillarining yoxud sudyalarning shu ishni koʻrish vaqtidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) ushbu hal qiluv qarorini qabul qilishga asos boʻlgan xoʻjalik sudining hujjati yoki sudning hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organning qarori bekor qilinganligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 3 – 7-bandlari.
205-modda. Ariza berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan shu hujjatni qabul qilgan xoʻjalik sudiga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
Arizaga uning nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa yoxud ariza nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmasa, u sudya tomonidan arizachiga qaytariladi.
Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 8 – 10-bandlari.
206-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻruvchi xoʻjalik sudlari
Birinchi instansiyada qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan qayta koʻriladi.
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish xoʻjalik sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 11 va 12-bandlari.
207-modda. Arizani koʻrish
Xoʻjalik sudi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani, u tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda oʻz majlisida koʻradi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
(207-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 13-bandi.
208-modda. Xoʻjalik sudining ishni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimi
Xoʻjalik sudi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib, arizani qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud qayta koʻrishni rad etadi.
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191 -moddalari.
Sud hujjati bekor qilingan taqdirda ish xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 14 – 17-bandlari.
IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH
209-modda. Sud hujjatlarini ijro etish tartibi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur Kodeksning 210–220-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 2-bandi.
210-modda. Ijro varaqasi
Sud hujjatini majburiy ijro etish shu hujjatni qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-modda birinchi qismining 1 – 4-bandlari.
Ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlarni undirishga qaratilgan ijro varaqasi davlat soliq xizmati organiga, budjetga oʻzga mablagʻlarni undirishga qaratilgan ijro varaqasi esa, qarzdor turadigan joydagi davlat ijrochisiga yuboriladi.
(210-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
(210-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
210-moddaning uchinchi qismi 2016-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Pul mablagʻlarini undirish uchun ijro varaqasi undiruvchi tomonidan bankka yoki boshqa kredit muassasasiga, boshqa hollarda esa davlat ijrochisiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 4-bandining birinchi xatboshisi.
(210-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
211-modda. Bitta sud hujjati boʻyicha bir necha ijro varaqasi berish
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga bajarilishi lozim boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga koʻra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi boʻyicha ijro etilishi lozim boʻlgan qismini koʻrsatgan holda bir nechta ijro varaqasi beradi.
Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjati asosida javobgarlarning soni boʻyicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va sherik javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi lozim.
(211-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 3-bandi.
212-modda. Ijro varaqasining mazmuni
Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ijro varaqasini bergan xoʻjalik sudining nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchining va qarzdorning nomi, ularning manzillari;
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati.
Agar xoʻjalik sudi tomonidan ijro varaqasi berilguncha sud hujjatini ijro etishni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishga ruxsat berilgan boʻlsa, unda ijro varaqasining muddati qachondan oʻta boshlashi koʻrsatiladi.
Ijro varaqasini sudya imzolaydi va u xoʻjalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 6-bandi.
213-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishda belgilangan muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28-bandi.
Agar sud hujjatining ijro etilishi toʻxtatib turilgan boʻlsa, u toʻxtatib turilgan vaqt ijro varaqasi ijroga taqdim etiladigan olti oylik muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.
214-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish muddati ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish, sud hujjatini qisman ijro etish bilan uziladi.
Ijro varaqasini ijro etish imkoniyati yoʻqligi sababli u undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini taqdim etish uchun yangi muddat u qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi.
215-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati xoʻjalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablar bilan oʻtkazib yuborilganda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudiga yoki ijro etish joyi boʻyicha xoʻjalik sudiga beriladi. Ariza xoʻjalik sudining majlisida undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda koʻriladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
(215-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 7-bandi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(215-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 7, 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
216-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
Ijro varaqasi yoʻqolgan taqdirda sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudi undiruvchining arizasi boʻyicha uning dublikatini berishi mumkin. Ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtguncha berilishi mumkin. Ariza xoʻjalik sudining majlisida, undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda koʻriladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
(216-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 29-bandi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(216-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
217-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish
Xoʻjalik sudi undiruvchi, qarzdor yoki davlat ijrochisining arizasiga koʻra sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirishga haqli.
(217-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Xoʻjalik sudi qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish imkonini berar ekan, ushbu Kodeksning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish uni ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish masalalari xoʻjalik sudining majlisida, undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda koʻriladi. Biroq, ularning hozir boʻlmasligi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
(217-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 9-bandi,
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi hamda qarzdorga, shuningdek sud hujjatini ijro etish davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
(217-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(217-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(218-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
219-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa, yoxud daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha daʼvogar foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirilsa, xoʻjalik sudi bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻla yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sud hujjati qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
220-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala yangi sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan hal qilinadi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda uning qaytarma ijrosi toʻgʻrisida koʻrsatma berilmagan boʻlsa, javobgar birinchi instansiya xoʻjalik sudiga tegishli ariza berishga haqli. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi javobgarning arizasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Tashkilotning, fuqaroning arizasi boʻyicha xoʻjalik sudi undirilgan pul mablagʻlari, mol-mulk yoki uning qiymatini qaytarish toʻgʻrisida ijro varaqasini beradi. Arizaga avval qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
V BOʻLIM. CHET EL TASHKILOTLARI, XALQARO TASHKILOTLAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN CHET ELLIK FUQAROLAR, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI ISHLARNI YURITISH
221-modda. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning protsessual huquqlari
Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) oʻzlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari bilan baravar protsessual huquqlardan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarni bajaradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasi, mazkur Kodeksning 35-moddasi.
Sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklashlarga yoʻl qoʻyilayotgan davlatlarning shaxslariga nisbatan javob tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati cheklashlar belgilashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1167-moddasi.
222-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi sud ishlarini yuritish
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi sud ishlarini yuritish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 223-moddasi.
223-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlari chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni, basharti javobgar tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, fuqaro esa shu hududda yashash joyiga ega boʻlsa, koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlari chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni quyidagi hollarda ham koʻrishga haqli:
1) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa;
2) javobgar Oʻzbekiston Respublikasi hududida mol-mulkka ega boʻlsa;
3) daʼvo Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi lozim boʻlgan yoki ijro etilgan shartnomadan kelib chiqsa;
4) mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holat Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan boʻlsa;
5) daʼvo Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi asossiz boyishdan kelib chiqsa;
6) shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasida turgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori.
7) bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi tashkiloti yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs oʻrtasida kelishuv mavjud boʻlsa.
Binolarga, inshootlarga, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish, binolar, inshootlar, yer uchastkalarini oʻzganing qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdorning yoki qonuniy egalik qiluvchining huquqlari buzilishini bartaraf etish bilan bogʻliq ishlar, basharti egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa, bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda koʻriladi.
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan tashuvchilarga daʼvolar boʻyicha ishlar, shu jumladan tashuvchi javobgarlardan biri boʻlganda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda koʻriladi.
Xoʻjalik sudi tomonidan ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda koʻrish uchun qabul qilingan ish, garchi ish yuritish davomida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning turgan joyi oʻzgarishi yoki boshqa holatlar tufayli boshqa davlat sudining sudloviga oʻtsada, mazmunan hal qilinaveradi.
224-modda. Sudning immuniteti
Xoʻjalik sudida chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etishga, uni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishga, chet davlatga qarashli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash va unga nisbatan daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralarni qoʻllashga, xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Xalqaro tashkilotlarning sud immuniteti Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
225-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizolar yuzasidan ishlarni koʻrishning protsessual oqibatlari
Agar chet davlatning vakolatli sudi Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etilgunicha ishni koʻrishga qabul qilib, ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ishni koʻrgan yoki shu ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa, xoʻjalik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi yoki ish yuritishni tugatadi. Agar chet davlatning sudi tomonidan qabul qilinadigan yoki qabul qilingan hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olinishi yoki ijro etilishi mumkin boʻlmasa yoxud tegishli ish Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudining mutlaq vakolatida boʻlsa, shunday oqibatlar kelib chiqmaydi.
226-modda. Sud topshiriqlari
Xoʻjalik sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida chet davlatlar sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda oʻziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qogʻozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza oʻtkazish, joyni koʻzdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:
1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki uning xavfsizligiga tahdid solsa;
2) topshiriqni ijro etish xoʻjalik sudining vakolatiga kirmasa.
Xoʻjalik sudi tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarni ijro etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi.
Xoʻjalik sudlari chet davlatlarning sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlar bilan belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16.2 – 16.8-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 234-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 2001-y., 1-2-son, 11-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 261-modda; 2007-y., 31-32-son, 315-modda; 2008-y., 40-41-son, 406-modda; 52-son, 513-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda; 2010-y., 22-son, 174-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2017-y., 15-son, 242-modda, 24-son, 487-modda)