Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.12.2024
O‘zbekiSton Respublikasining qonuni
Aloqa to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati ko‘rsatishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
1-modda. Aloqaning vazifalari
Aloqa O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo‘lib, aholining, xo‘jalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o‘zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog‘i orqali jo‘natilayotgan ashyolarni yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi.
2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir.
3-modda. Aloqa to‘g‘risidagi qonunchilik
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aloqa sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining aloqa sohasidagi vakolatlari
Aloqa sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ixtiyoriga:
aloqa sohasidagi qonunchilik;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
aloqa sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalarini belgilash;
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiyalash;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
5-modda. Aloqa sohasida davlat boshqaruvi
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘ziga bo‘ysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari ko‘rsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.
Pochta to‘lovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishlidir.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
6-modda. Aloqa tarmoqlari va vositalariga egalik
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllariga asoslangan, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar egaligida bo‘lgan aholiga aloqa xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
(6-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Aloqa vositalarini rivojlantirish
Davlat aloqa vositalarini rivojlantirish va qayta qurish davlat idoralarining mablag‘lari, o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari, jalb qilingan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boshqa aloqa vositalarini rivojlantirish, qayta qurish ularning egalari tomonidan o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer uchastkalari, ko‘priklar, tonnellar orqali, ko‘chalardan, inshootlardan, kollektorlardan, man etilgan hududlardan, o‘rmonlardan telekommunikatsiyalar liniyalari o‘tkazishda bunday liniyalarni o‘tkazish shartlari yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalarining mulkdorlari, shuningdek yuqorida qayd etilgan obyektlarning egalari bilan kelishiladi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Inshootlar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlar barpo etilayotganda yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va ko‘chirish ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan va pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari taqdim etgan texnik shartlarga muvofiq bajariladi.
Daha ichkarisidagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va barpo etiladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
10-modda. Yozishma, telefon so‘zlashuvlari va telegraf xabarlarini sir saqlash
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon so‘zlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasi.
Yozishmalarni ochib o‘qishga va ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan qoidalar boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan aloqa xodimlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Aloqa xizmatlariga haq to‘lash
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonunchilikda belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni bilan tasdiqlangan Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari.
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida belgilanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni bilan tasdiqlangan Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari.
12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi to‘g‘risida”gi nizom.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Aloqada xizmatga oid muomala tili, yozishmalarni jo‘natish tili hamda hisobga olish va hisobotga doir vaqt
O‘zbekiston Respublikasi hududida tezkor boshqaruv va dispetcherlik aloqa tizimida xizmatga oid muomala, shuningdek pochta va telegraf yozishmalarini yo‘llash “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro axborot va jo‘natmalar pochta va elektr aloqa orqali ikki tomonlama bitimlarda, shuningdek xalqaro kelishuv va bitimlarning qoidalarida belgilangan tillarda jo‘natiladi.
Ma’lumotlarni uzatishning texnologik jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobga olish va hisobotga oid yagona vaqt — mahalliy vaqt belgilanadi.
Ma’lumotlarni uzatishning xalqaro texnologik jarayonlarida axborotlar uzatish va pochta jo‘natmalarini yuborishda hisobga olish va hisobotga oid vaqt xalqaro kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilanadi.
14-modda. Aloqaga doir qonunchilikka rioya etmaganlik uchun javobgarlik
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aloqa korxonalari ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonunning talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgar bo‘ladilar.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46, 151 — 156-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 143, 263-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-sonli “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning VI bobi (ro‘yxat raqami 2219, 18.04.2011-y.).
15-modda. Aloqa sohasidagi xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi aloqa jabhasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlarga muvofiq huquqiy, texnologik hamda moliyaviy munosabatlar o‘rnatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-yanvar,
512-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 159-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)