Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 29-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda, № 9, 248-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 3-maydagi 86 (5506)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-may,
OʻRQ-328-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor boʻlishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan bogʻliq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari boʻlishi mumkin emas.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkilotlari faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish, ular tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish orqali qoʻshimcha daromadlar olishi mumkin.
5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa tarmoqlardagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ikki yuz kishi;
(5-modda birinchi qismi 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;
(5-modda birinchi qismi 3-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;
(5-modda birinchi qismi 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa sohalardagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korxonalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda oʻrindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb va 3-q/q-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagigi nizom (roʻyxat raqami 2858, 17.02.2017-y.).
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qoʻllaniladi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrida eʼlon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
(5-modda yettinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mikrofirma va kichik korxona Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band boʻlgan xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 50 foiz oshadigan boʻlsa. Xodimlar sonining oshirilishiga Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari oʻqishni tugallagan kunidan boshlab koʻpi bilan uch yil oʻtgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi;
(5-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band boʻlgan xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 30 foiz oshadigan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq anglashilmasa, koʻrsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari boʻyicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 225-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 24-moddasi
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oilaviy tadbirkorlikning amalga oshirilishi, oddiy shirkat va dehqon xoʻjaligi tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-bobi (“Oddiy shirkat”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yuridik shaxs boʻlgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishga;
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;
oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va oʻz tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) isteʼmolchilarini mustaqil ravishda tanlashga;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari mustasno;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tugʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;
kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda oʻzga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va oʻzga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirishga;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
(9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(9-modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari.
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga ega boʻlishi;
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ilova – “Roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) shart boʻlgan oʻzgartirishlari va qoʻshimchalarining roʻyxati”ning 5-satri.
Oldingi tahrirga qarang.
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi;
(9-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek oʻz huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar boʻlgan uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilmasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda afzalliklar olishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan va boshqa tadbirkorlik subyektlari boʻlgan raqobatchilarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-bob. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari
13-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi boʻyicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi va maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatining litsenziyalanishi lozim boʻlgan turlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom.
15-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744 — 748-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kreditlar berilayotganda banklar, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikda belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.
(16-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292 — 298-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfini sugʻurta qilish polisidan foydalanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292 — 298 va 744 — 748-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish qonunchilikda va shartnomada belgilangan tartibda sugʻurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi (“Sugʻurta”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
17-modda. Hisob va hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali ragʻbatlantiradi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 8-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 16-iyuldagi 70-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi” (roʻyxat raqami 2501, 14.08.2013-y.).
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (yangi tahriri) 8-bobi (“Soliq hisoboti”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-fevraldagi 65-sonli “Kichik biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi” (roʻyxat raqami 2501, 14.08.2013-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilashi man etiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʼi nazar, kafolatlanadi. Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻxtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-950-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son)
Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
181-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay boʻlgan qonunchilikdagi oʻzgartishlardan kafolatlar
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonunchilik hujjatlari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qonunchilik hujjatlarida ularning (yoki ular qismlarining) kuchga kirish muddati koʻrsatilishi kerak.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari
(19-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning faqat asosiy turlarini sanab oʻtishga haqli. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati.
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqaradigan tovarlarning (bajaradigan ishlarning, koʻrsatadigan xizmatlarning) va ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning (foydaning) mulkdoridir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi, bundan sud tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno.
21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadi.
Bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektlarining bank hisobvaragʻida (hisobvaraqda) mavjud boʻlgan pul mablagʻlaridan, hisobvaraqqa talablar qoʻyilganda mablagʻlarning mavjud boʻlishini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ushbu mablagʻlarni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektining hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan mazkur hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, tadbirkorlik faoliyati subyektining topshirigʻiga koʻra hisobvaraqdan pul mablagʻlarini berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlaydi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327 va 778-moddalari.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun tadbirkorlik faoliyati subyektiga foizlar toʻlaydi, foizlarning summasi uning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 781-moddasi.
Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga nisbatan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan boshqa cheklovlar belgilashga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 773-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatayotgan banklardagi hisobvaraqlarida turgan mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari tarzida olinishi mumkin.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning 30 – 37-bandlari (roʻyxat raqami 3003, 01.05.2018-y.).
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari bor-yoʻqligi haqida maʼlumot talab qilib olish, shuningdek bunday maʼlumotlarning banklar tomonidan taqdim etilishi taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 8 — 11 moddalari.
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil amalga oshiradi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlar import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ularning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi ham tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 32, 33-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60, 61-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 170 — 173-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining oʻz mulkdorlik huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyekti qonunda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-173-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek ularni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 29, 36, 42-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25, 26-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti boshqa shaxsning qonunga xilof egaligida boʻlgan oʻz mol-mulkini talab qilib olishga, shuningdek oʻz mulk huquqining har qanday buzilishi, garchi bunday huquqbuzarlik egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228 va 231-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulk huquqini bekor qiladigan qonunchilik hujjati qabul qilingan taqdirda, ushbu hujjatni qabul qilish natijasida mol-mulkning mulkdori boʻlgan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal qilinadi. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol- mulkning qiymati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mulk huquqi bekor qilingan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 205-moddasi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-bobi (“Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish”).
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Yer uchastkalari fermer xoʻjaligi yuritish uchun ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasi.
Yer uchastkasining oʻlchamlari va chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37 va 38-moddalari.
(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan yer uchastkalarining ijara shartnomalarini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari qonunchilikda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda, uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
(24-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Dehqon xoʻjaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi boʻlinishi mumkin emas.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining oʻlchamlari va chegaralari faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻliq hajmda berilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-38-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat organlari davlat ehtiyojlari uchun tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) va yetkazib berishga doir buyurtmalarni tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida joylashtirish choralarini koʻradi. Davlat xaridlari boʻyicha tanlovlar oʻtkazishda boshqa teng sharoitlarda kichik tadbirkorlik subyektlariga afzallik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishiga doir boshqa alohida shartlar belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
27-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika resurslaridan, urugʻlik materiallardan, koʻchatlardan va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari
Fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilgʻi-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral oʻgʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan teng huquqlarga ega.
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fermer va dehqon xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash borasida sharoitlar yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmolini amalga oshirish kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat organlari tomonidan cheklashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 7-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan foydalanishda teng huquqlarga ega.
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlarining, fermer va dehqon xoʻjaliklarining dastlabki (boshlangʻich) kapitalini shakllantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar va boshqa kredit tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.
Banklar kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini hisobga olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga mazkur subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonunchilik hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborotdan foydalanish qonunchilik hujjatlarini va tegishli materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul taqdim etiladi, boshqa axborotni taqdim etganlik uchun esa belgilangan tartibda haq undirilishi mumkin.
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.
Tadbirkorlik subyektlariga yangi korxonalar qurish uchun berilayotgan yer uchastkalarining, shuningdek realizatsiya qilish hamda ijaraga berish uchun taklif etilayotgan qurilishi tugallanmagan obyektlarning, boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va inshootlarning roʻyxati tegishli davlat organlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali oʻz rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroribilan tasdiqlangan“Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida nizomva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
301-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashning kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash tartibini oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qoʻllanilishini taʼminlashi shart.
(301-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari davlat organlariga yoki xoʻjalik boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining arizalari, takliflari va shikoyatlari ularda qoʻyilgan masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga bevosita yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Murojaatlarda yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining toʻliq firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi (manzili) koʻrsatilishi, shuningdek arizaning, taklifning yoki shikoyatning mohiyati bayon etilishi kerak. Yozma murojaatlar yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti vakolatli shaxsining imzosi bilan yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan murojaatlari tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari albatta qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi kerak, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan murojaatlar bundan mustasno. Tadbirkorlik subyektlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan murojaatlari anonim deb hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflari davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno boʻlib, bu haqda taklif kiritgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga oʻn kunlik muddat ichida maʼlum qilinadi. Arizalar yoki shikoyatlar masalani mohiyatiga koʻra hal etishi shart boʻlgan davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab etmaydiganlari esa, oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni talab qilib olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi yoki xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan istisno tariqasida koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin boʻlib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan tadbirkorlik faoliyati subyektiga maʼlum qilinadi.
Davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻida tadbirkorlik subyektlariga davlat organlarining yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish imkoniyatini beruvchi doimiy ravishda yangilab boriladigan sahifa yaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno boʻlib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 289-moddasi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
33-modda. Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi va oʻz taʼsis hujjatlarida koʻrsatadi.
Taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan firma nomiga boʻlgan huquq tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1098–1101-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatdan oʻtkazilganligiga asoslanib beriladi. Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102—1111-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ushbu nomning (belgining) egasiga tegishli boʻladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) nashr etilganda, omma oldida ijro etilganda yoki ulardan oʻzgacha tarzda foydalanilganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga ham, ularning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ular egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) egasiga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi ularning egasi tomonidan boshqa shaxsga qonunchilikka muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida berilishi mumkin.
(33-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-bobi (“Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing)”), Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasi.
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular oʻz vakolatlari doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻzga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
(34-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning aʼzolarini saylash (tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻrsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish;
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari aʼzolariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning filiallari rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, bank mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning banklar kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish yuzasidan banklar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-sonli “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 10-bandi.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xoʻjaliklarning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno.
4-bob. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qilish
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga, agar bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyektining intellektual faoliyatning obyektiv ifodalangan natijalariga hamda uni individuallashtirish vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazoga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 65-bobi (“Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari”), Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida” va “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va individuallashtirish vositalaridan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishi mumkin.
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat sirini va oshkor etilmagan axborotini muhofaza qilish
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin foydalanish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.
Oshkor etilmagan axborotni undan qonunga xilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish huquqi ushbu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol- mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-bobi (“Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish”).
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararlarning oʻrni davlat tomonidan yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari aybi bilan yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15, 990-moddalari.
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik buzilishi sodir etilishi xavfi darajasidan kelib chiqqan holda xavfni tahlil etish natijalari asosida nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibida amalga oshiriladi.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlari Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart, bundan kameral soliq tekshiruvlari mustasno.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining oʻtkazilgan tekshiruvlari natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlari qonunga xilofdir.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Soliq tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi asos boʻladi. Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlarining soliq auditini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Soliq organi soliq auditini oʻtkazishning boshlanishi toʻgʻrisida soliq auditi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini soliq auditini oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari mavjud boʻlsa, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi belgilangan tartibda faqat soliq organlari tomonidan, soliq auditini oʻtkazish davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari aniqlagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(39-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq auditi:
aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan kameral tekshiruv natijalariga koʻra taqdim etilgan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmagan yoki taqdim etgan asosnomalari yetarli emas deb topilgan soliq toʻlovchilar boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xavfini tahlil etish natijalari asosida belgilanadigan yuqori darajadagi xavfga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) toifasiga mansub soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlarini rad etganlik tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan muddatlarda uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga topshiriladi.
(39-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga qoʻyiladigan talablar
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiruv oʻtkazish muddatlari, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimidagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, shuningdek tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazayotganda tekshirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-sonli “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish chogʻida tadbirkorlik subyektlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
42-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Keyingi tahrirga qarang.
Favqulodda holat sharoitida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi OʻRQ-756-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
43-modda. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, mavjud muammolarni oʻrganadi hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
(43-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda koʻmaklashadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga faol jalb etish hamda ularning mahsulotini oʻtkazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etish yoʻli bilan koʻmaklashadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
44-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(44-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
45-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish:
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
eksport-import operatsiyalari, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa axborot bilan taʼminlash;
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(45-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda fondlar tashkil etilishi mumkin.
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 75-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
47-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya manbalari isteʼmoli borasidagi imtiyozlar
Qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun energiya manbalari boʻyicha belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyatni amalga oshirayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadi.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshatilayotgan xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonun.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sudning yoxud roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1104-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1104/1213-son)
Tadbirkorlik subyekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(49-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—57-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida nizom” hamda “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
50-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishiga koʻra boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan faqat yuqori turuvchi soliq organiga ular ustidan shikoyat qilinganidan keyin sud tartibida shikoyat qilish mumkin. Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida sudga murojaat qilganida davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
51-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI1 bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII1 bobi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 49-son, 579-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 52-son, 598-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 25.12.2025-y., 03/25/1104/1213-son; 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)