

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.05.2018
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1949282" id="-1949282">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1949283" id="-1949283">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1949284" id="-1949284">Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1949285" id="-1949285"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-3807763" id="-3807763">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3787554">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949286" id="-1949286">Xoʻjalik sudlari tomonidan ishlarni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini toʻgʻri va bir xilda qoʻllashni taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/uz/acts/-68532#-70985">47-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949348" id="-1949348">1. Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini apellatsiya instansiyasi sudida qayta koʻrish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolati boʻlib, xoʻjalik sudlarining xatolari va qonun buzilishlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga imkon beradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2540009" id="-2540009"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2540010" id="-2540010">2. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) <a href="/uz/acts/-185986#-210385">156-moddasiga </a>muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir. Bunday holda koʻrsatilgan shaxslar (shu jumladan jismoniy) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209312">35-moddasida </a>nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadilar, xususan apellatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etish, iltimosnomalar kiritish, ish materiallari bilan tanishish, dalillarni taqdim etishga haqlidirlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2540011" id="-2540011">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/uz/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533742">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949351" id="-1949351">3. Xoʻjalik sudlari nazarda tutishlari lozimki, apellatsiya shikoyati (protesti) nafaqat birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan butun hal qiluv qaroriga, balki uning bir qismiga ham berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949352" id="-1949352">Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismi ham, xulosa qismi ham shikoyat qilishning (protest keltirishning) mustaqil predmeti boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949355" id="-1949355">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210340">149-moddasiga</a> muvofiq qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qaroriga ham apellatsiya shikoyati (protesti) berishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949358" id="-1949358">4. XPK 162-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-240171">birinchi qismiga </a>muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarishni, ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sudya shikoyat olingan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmay yakka tartibda amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949359" id="-1949359">Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, XPK 162-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-240171">birinchi qismida</a> nazarda tugʻilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining roʻyxati qatʼiy boʻlib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949361" id="-1949361">XPK 162-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-240181">ikkinchi qismiga</a> koʻra apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) kuzatuv xati bilan yoki qonunda nazarda tutilmagan boshqa usulda qaytarishga haqli emas.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2540012" id="-2540012"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2540013" id="-2540013">XPK 162-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-240173">1</a>, <a href="/uz/acts/-185986#-240175">2</a>, <a href="/uz/acts/-185986#-240177">3-bandlariga</a> muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, u yana umumiy tartibda hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat ichida, xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingan kundan keyin oʻn kunlik muddat ichida berilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2540020" id="-2540020">(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/uz/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533748">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2339942" id="-2339942"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2339943" id="-2339943">XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210373">153-moddasiga </a>muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrim u chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilishi yoki oʻsha muddatda tilxat olib topshirilishi lozim ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2339945" id="-2339945">(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/uz/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338768">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949364" id="-1949364">XPK 162-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-240175">2</a>,<a href="/uz/acts/-185986#-240177"> 3-bandlarida</a> nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari sud tomonidan apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng aniqlangan hollarda, ish apellatsiya instansiyasida mazmunan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda apellatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bergan shaxsdan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest)ning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs tomonidan shikoyat (protest)ning nusxasi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish imkoni boʻlmaganda, sud shikoyat (protest)ning nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud majlisi zalida topshirish choralarini koʻradi. Davlat boji summasi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilishda tegishli tarafdan undirilishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1949365" id="-1949365"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2006334" id="-2006334"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2006335" id="-2006335">5. XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-240102">158-moddasiga</a> muvofiq apellatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oy ichida, xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) esa — u qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2006336" id="-2006336">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli <a href="/uz/acts/-2004825?ONDATE=01.12.2011 00#-2004847">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949367" id="-1949367">Shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini hisoblash hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan boshlanadi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs havola etayotgan muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablari koʻrsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949370" id="-1949370">Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sudyaning yakka oʻzi tomonidan koʻrib chiqiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilganligining uzrli sabablari boʻlib, sudga bunday shikoyat (protest) bilan oʻz vaqtida murojaat qilishga toʻsqinlik qilgan holatlar hisoblanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949371" id="-1949371">Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani koʻrish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganda ushbu ajrimda shikoyatning (protestning) ish yuritishga qabul qilinganligi koʻrsatilishi mumkin va agar hal qiluv qarorining ijrosini apellatsiya instansiyasi sudida ish koʻrilgunga qadar kechiktirish haqidagi iltimosnoma boʻlgan boʻlsa, ajrimda uni koʻrib chiqish natijalari ham koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949375" id="-1949375">XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209733">99-moddasiga </a>koʻra oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949377" id="-1949377">Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949388" id="-1949388">6. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, apellatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan, xususan ishda ishtirok etmagan, birinchi instansiya sudi uning huquklari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilmagan shaxs tomonidan berilganda, shikoyatning (protestning) XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210037">1-bandiga </a>mos holda qabul qilinishi rad etiladi. Agar apellatsiya shikoyati (protesti) XPKga muvofiq shikoyat qilinmaydigan sud hujjatiga berilgan boʻlsa, uni ham XPK 117-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-210037">1-bandiga</a> mos holda qabul qilishni rad etish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949392" id="-1949392">XPK 146 - moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210332">ikkinchi qismiga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan qonuniy kuchga kiradi. Shu sababli Oliy xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949395" id="-1949395">XPKning boshqa normalariga muvofiq: sudya, prokuror, ekspert, kotib, tarjimonni rad qilish va oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209229">21-moddasi</a>); ishni boshqa xoʻjalik sudiga tegishliligi boʻyicha oʻtkazish (XPKning<a href="/uz/acts/-185986#-209301"> 33-moddasi</a>); ishga daxldor boʻlmagan taraf almashtirilganligi (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209323">38-moddasi</a>); protsessual huquqiy vorislik (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209329">39-moddasi</a>); dalillarni talab qilib olish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209456">56-moddasi</a>); ashyoviy dalillarni qaytarish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209494">66-moddasi</a>); ekspertiza tayinlash yoki ekspertizani tayinlash haqidagi iltimosnomani rad etish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209499">67-moddasi</a>); sud topshirigʻi (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209529">74-moddasi</a>); daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209556">78-moddasi</a>); ish yuritishni tiklash (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209583">84-moddasi</a>); protsessual muddatlarni tiklash (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209733">99-moddasi</a>); sud buyrugʻini bekor qilish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209896">111 -moddasi</a>); ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209969">115-moddasi</a>); qarshi daʼvoni qabul qilish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210103">120-moddasi</a>); ishni sudda koʻrishga tayyorlash va ish qoʻzgʻatish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210136">123-moddasi</a>); ishni koʻrishni keyinga qoldirish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210203">131 -moddasi</a>); sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-213379">208-moddasi</a>) haqidagi ajrimlar apellatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949407" id="-1949407">Agar XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210340">149-moddasida</a> belgilangan asoslar boʻyicha birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish yoki XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210352">150-moddasiga </a>muvofiq hal qiluv qaroriga tushuntirish berish, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi arifmetik xatolarni tuzatish yoʻli bilan hal qiluv qaroridagi kamchiliklar bartaraf qilingan boʻlsa ham, apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish rad qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949411" id="-1949411">7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, birinchi instansiya sudida ishtirok etayotgan vakil, shu jumladan advokat sudning hal qiluv qaroriga berilgan apellatsiya shikoyatini, agar vakil qilingan shaxsga berilgan ishonchnomada bunday protsessual harakatni amalga oshirish XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209384">52-moddasi</a>ga koʻra qayd etilgan boʻlsa, imzolashga haqli. Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyatga (protestga) imzo qoʻygan shaxsning uni imzolashga hakli ekanligiga shubha tugʻilsa, arizachiga tegishli dalillarni takdim etish taklif etiladi. Bunday dalillar takdim etilmaganda, shikoyat (protest) XPK 88-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209618">3-bandiga </a>mos holda koʻrmasdan qoldiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3109013" id="-3109013"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3109019" id="-3109019">8. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi xoʻjalik sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda, u xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kunlik muddatda hal etiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish toʻgʻrisida apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda u bilan apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish qoʻzgʻatiladi. Ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, apellatsiya protestini bergan prokurorga, shuningdek XPK 170-moddasi ikkinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-2392952">4-bandiga </a>muvofiq shikoyat bergan shaxsga yuboriladi. Apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyingi barcha sud hujjatlari hayʼatda qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3109025" id="-3109025">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107431">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3015148" id="-3015148"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3015150" id="-3015150">9. XPK 15-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209191">uchinchi qismiga</a> muvofiq apellatsiya instansiyasida barcha ishlar xoʻjalik sudi tomonidan hayʼatda koʻriladi. Agar xoʻjalik sudida apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun sud tarkibini shakllantirishning imkoni boʻlmasa (masalan, rad etish natijasida yoki sudyalarning soni yetarli boʻlmasa), ish apellatsiya tartibida koʻrish uchun boshqa xoʻjalik sudiga oʻtkaziladi. Bunday holatda ishni qaysi xoʻjalik sudiga oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi tomonidan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 53-moddasining <a href="/uz/acts/-68532#-71047">yettinchi xatboshisiga </a>asosan hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3015152" id="-3015152">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli <a href="/uz/acts/-3014230?ONDATE=13.03.2015 00#-3014246">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949420" id="-1949420">10. XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-212436">165-moddasiga</a> koʻra apellatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli. Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Sud XPK 40-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-209336">toʻrtinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslar boʻyicha shikoyatdan voz kechishni rad etib, ishni apellatsiya tartibida koʻrib chiqishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949421" id="-1949421">Apellatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilish, shuningdek protestni chaqirib olish, agar hal qiluv qarori boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinmagan boʻlsa, XPK 165-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-212731">toʻrtinchi qismiga</a> asosan apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishga olib keladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1949423" id="-1949423"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2540037" id="-2540037"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2540038" id="-2540038">11. XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210573">164-moddasiga </a>muvofiq ish apellatsiya instansiyasida XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210384">21-bobida </a>nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda ishni xoʻjalik sudining birinchi instansiyasida koʻrib chiqish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Ish apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida koʻrilishi mumkin. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2540043" id="-2540043">(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/uz/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533752">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949424" id="-1949424">Apellatsiya instansiyasida xususan: ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209323">38-moddasi</a>); daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirish va kamaytirish yoxud daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209332">40-moddasi</a>); uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209337">41</a>, <a href="/uz/acts/-185986#-209339">42-moddalari</a>); bitta daʼvo arizasida bir nechta talablarni birlashtirish, bir nechta ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish, talablarni alohida ish yuritishga ajratish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209969">115-moddasi</a>); qarshi daʼvoni taqdim etish (XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210103">120-moddasi)</a> toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949425" id="-1949425">Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida koʻrishda taqdim etilmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki koʻrib chiqishga haqli emas (XPK 166-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-212735">uchinchi qismi</a>). Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar hamda birinchi instansiya sudida ishni koʻrishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan taqdim etilgan talablar tushunilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949426" id="-1949426">Agar apellatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmagan yangi talablar taqdim etilgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmaganligi sababli koʻrib chiqilmasligini koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949434" id="-1949434">12. Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishning tugatilishiga u ish yuritishga qabul qilingandan keyin va uni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilayotgan holatlar vujudga kelganda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949435" id="-1949435">Agar hal qiluv qarori qabul qilingandan soʻng tashkilot — ishda ishtirok etuvchi shaxs tugatilgan boʻlsa, ishda ishtirok etuvchi shaxs — fuqaro vafot etgan boʻlib, nizoli huquqiy munosabat boʻyicha huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyilmasa ham, apellatsiya shikoyati (protest) boʻyicha ish yuritish tugatiladi (XPK 86-moddasining<a href="/uz/acts/-185986#-209596"> 4</a>, <a href="/uz/acts/-185986#-209597">5-bandlari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949438" id="-1949438">Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim XPK 87-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-239991">toʻrtinchi qismiga</a> mos holda kassatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949440" id="-1949440">13. XPK 166-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-212733">birinchi qismiga</a> muvofiq xoʻjalik sudi apellatsiya instansiyasida ishda mavjud va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar boʻyicha ishni qayta koʻradi. Qoʻshimcha dalillarni qabul qilish haqidagi masala hal etilayotganda birinchi instansiya sudida mazkur dalillarni taqdim qilmaganlik sabablari, ularni apellatsiya instansiyasi sudiga taqdim qilishning zarurligi, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga dalillarning daxldorligi haqidagi arz qiluvchining tushuntirishlari eʼtiborga olinadi. Agar manfaatdor shaxs birinchi instansiya sudida oʻzini insofsizlarcha tutganligi va sud jarayonini choʻzish maqsadida mazkur dalillarni takdim qilmaganligi aniqlansa, qoʻshimcha dalillar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949442" id="-1949442">Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) bildirilgan yozma fikrni asoslash uchun taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan XPK 166-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-212733">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949444" id="-1949444">14. XPK 166-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-240277">ikkinchi qismiga</a> muvofiq apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmaydi hamda hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini toʻla hajmda, shu jumladan protsessning barcha ishtirokchilariga, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilgan shaxslarga nisbatan ham, shikoyat qilmagan shaxslarga nisbatan ham tekshiradi. Apellatsiya instansiyasi sudlari ishni koʻrishda birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari toʻgʻri aniqlanganligi hamda moddiy va protsessual huquq normalarining toʻgʻri qoʻllanilganligi tekshirilishi zarurligini eʼtiborga olishlari lozim. Sud shikoyatning (protestning) vajlari bilan cheklanib qolmasligi sababli, uni koʻrish natijalari boʻyicha arz qiluvchi soʻraganidan oʻzgacha qaror qabul qilishga haqli. Shuning uchun XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-212746">169-moddasida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, apellatsiya shikoyatida (protestida) sud tomonidan moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi haqidagi koʻrsatma boʻlish — boʻlmasligidan qatʼi nazar, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949445" id="-1949445">15. Ishlarni apellatsiya tartibida koʻrishda sudlar qonun boʻyicha: birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirganligini; sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini; sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalari ish holatlariga muvofiqligini; moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilmaganligini; mazkur normalar toʻgʻri qoʻllanilganligini aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949446" id="-1949446">Apellatsiya instansiyasi sud hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini ishdagi mavjud hamda ishni koʻrishdan oldin yoki koʻrish vaqtida ishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslar tomonidan taqdim qilingan, shuningdek apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi va boshqa shaxslarning iltimosnomalariga koʻra talab qilib olingan qoʻshimcha hujjatlar boʻyicha tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949447" id="-1949447">16. Apellatsiya instansiyasi sudida XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209571">82</a>, <a href="/uz/acts/-185986#-209578">83-moddalarida</a> nazarda tutilgan ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi qoidalar qoʻllaniladi. Bunda sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209571">82-moddasida </a>nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganida xoʻjalik sudi ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur. XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-209578">83-moddasida</a> qayd etilgan asoslar mavjud boʻlganida esa ish yuritishni toʻxtatib turish masalasi xoʻjalik sudi tomonidan ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib hal etiladi. XPK 82-moddasi birinchi qismining <a href="/uz/acts/-239989">1-bandini </a>qoʻllashda shuni nazarda tutish kerakki, xoʻjalik sudi ish yuritishni ushbu ishni konstitutsiyaviy, fuqarolik, jinoyat yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar koʻrish mumkin boʻlmagan holda toʻxtatib turishga majbur. Ishni koʻrish imkoniyati mavjud boʻlganda ish yuritishni toʻxtatib turish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949448" id="-1949448">17. Apellatsiya instansiyasi sudlari XPK <a href="/uz/acts/-185986#-212746">168-moddasida</a> sanab oʻtilgan vakolatlarning roʻyxati qatiy boʻlib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini hisobga olishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949449" id="-1949449">Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyilgan deb topsa, bunday holda apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismini oʻzgartiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949450" id="-1949450">Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, ammo sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq emas deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va yangi qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949451" id="-1949451">Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda ishning faktik holatlari toʻliq aniqlanmagan va shu sababli qabul qilingan hal qiluv qarori yetarli asoslantirilmagan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va mavjud boʻlgan hamda yangi dalillar asosida yangi qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949452" id="-1949452">Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda XPK 170-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-212756">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki notoʻgʻri qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilgan hamda bu hol notoʻgʻri qaror qabul qilinishiga olib kelgan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi yoki oʻzgartiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949453" id="-1949453">Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda XPK 170-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-212758">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki notoʻgʻri qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilgan deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949457" id="-1949457">18. Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrgan barcha (shu jumladan, ish boʻyicha alohida fikrga ega boʻlgan) sudyalar tomonidan imzolanadigan qaror shaklidagi sud hujjatini qabul qiladi. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori XPK 138-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-210294">ikkinchi qismiga</a> mos holda kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949459" id="-1949459">Qarorning kirish qismida: qarorni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi; ish raqami; qarorni qabul qilish sanasi va joyi; ishni koʻrgan sudning tarkibi; ishda ishtirok etgan shaxslarning nomlari; nizoning predmeti; majlisda hozir boʻlgan shaxslarning vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyalari; majlisda ishtirok etgan prokurorning familiyasi; sud majlisi kotibining familiyasi; apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi; shikoyat (protest) qilingan sud hujjatining qabul qilingan sanasi; uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949460" id="-1949460">Qarorning bayon qilish qismida: shikoyat (protest) qilinayotgan sud hujjati mazmunining qisqacha bayoni; apellatsiya shikoyatida (protestida) hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirish masalasi qoʻyilishiga sabab boʻlgan asoslar; apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan berilgan mulohazada bayon etilgan vajlar; sud majlisida ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949461" id="-1949461">Qarorning asoslantiruvchi qismida: apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan holatlar; ushbu holatlar toʻgʻrisida sudning xulosalariga asos boʻlgan dalillar; qarorni qabul qilishda sud qoʻllagan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; qarorni qabul qilishda sud u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tayangan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vajlar; birinchi instansiya sudining sud hujjati bekor qilingan yoki oʻzgartirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalari bilan qoʻshilmaganligining sabablari; apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha xulosalar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949463" id="-1949463">Qarorning xulosa qismida: XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-212738">168-moddasida</a> nazarda tutilgan qarorlardan biri; apellatsiya shikoyatini berish bilan bogʻliq sud xarajatlarining taraflar oʻrtasida taqsimlanishi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949464" id="-1949464">Apellatsiya instansiyasi sudlari XPK <a href="/uz/acts/-185986#-212777">171-moddasining</a> qarorning mazmuni haqidagi normalariga qatʼiy rioya etishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949465" id="-1949465">19. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210352">150-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda tushuntirilishi, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik hisoblashdagi yanglishishlar esa tuzatilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2715508" id="edi-2715508"><a href="/uz/acts/-1949253?ONDATE=28.12.2007 00#-1949466">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2715508" id="-2715508">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli <a href="/uz/acts/-2711472?ONDATE=19.06.2015 00#-2711494">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949468" id="-1949468">21. Ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) hal qiluv qarorlarini shikoyat (protest) qilish nazarda tutilgan tartibda beriladi. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, shikoyat (protest) qilish imkoni XPKning normalarida toʻgʻridan toʻgʻrinazarda tutilgan va ish koʻrishni davom ettirishga toʻsqinlik qilayotgan ajrimlargina shikoyat (protest) qilinishi mumkin. XPKda shikoyat (protest) qilinishi nazarda tutilmagan boshqa ajrimlar yuzasidan eʼtirozlar ishni mazmunan koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan sud hujjati shikoyat (protest) qilinganda bildirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949469" id="-1949469">XPK 172-moddasining <a href="/uz/acts/-185986#-240322">ikkinchi qismiga</a> muvofiq birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi. Ushbu moddaning <a href="/uz/acts/-185986?ONDATE=22.10.2002 00#-240323">uchinchi qismiga</a> koʻra apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlar bekor qilingan hollarda nizo mazmunan koʻrilmaganligi sababli, ish birinchi instansiya sudiga koʻrish uchun oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949470" id="-1949470">Ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi: ajrimni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan qoldirishga; birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilish va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2540044" id="-2540044"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2540045" id="-2540045">Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi. Uning nusxalari qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2540046" id="-2540046">(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli <a href="/uz/acts/-2533651?ONDATE=28.11.2014 00#-2533755">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949473" id="-1949473">22. Apellatsiya instansiyasi sudining majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida alohida protsessual harakatlar amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning mazmuniga, uni olib borish va imzolash, shuningdek uni taqdim etish va bayonnomaga bildirilgan eʼtirozlarni koʻrib chiqishga XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210221">134-moddasida</a> belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949475" id="-1949475">Ishda apellatsiya instansiyasi sudi majlisi bayonnomasining boʻlmasligi yoki uning XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-210221">134-moddasida</a> koʻrsatilgan shaxslar tomonidan imzolanmaganligi XPK 188-moddasi uchinchi qismining <a href="/uz/acts/-185986#-213123">8-bandiga</a> muvofiq apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949477" id="-1949477">23. XPKning <a href="/uz/acts/-185986#-213487">217-moddasiga</a> muvofiq apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilishda oʻzi chiqargan yangi qarorning ijrosini kechiktirish va qarorni boʻlib-boʻlib ijro etish masalasini hal etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949480" id="-1949480">Boshqa hollarda qarorning ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish masalalari birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1949483" id="-1949483">24. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2001-yil 24-fevraldagi “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi haqida”ga 91 -sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1949805" id="-1949805">Oliy xoʻjalik sudi raisi A. ISHMETOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1949546" id="-1949546">Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya SH. SAIDOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1949548" id="-1949548">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1949550" id="-1949550">2007-yil 28-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1949552" id="-1949552">173-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
