Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni oʻzga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ijro etish organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 26-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi, 27-modda birinchi qisminingoʻn oltinchi xatboshisi, 55-modda, 116-moddaning beshinchi qismi hamda 15-bobi.
Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻzga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.
4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining taʼminlanishi
Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlsa, pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning hisobvaraqlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro hujjatida bayon etilgan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻi yoʻqligi sababli koʻrsatilgan talablar toʻla yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qoʻyadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos boʻladi.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jarima miqdori mazkur Qonunning 81-moddasida belgilangan.
Qarang: mazkur Qonunning 81-moddasi.
5-modda. Ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari
Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
1) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi OʻRQ-151-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)
3) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
31) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari;
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
4) alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
5) notariuslarning ijro xatlari;
6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
7) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) hakamlik sudining qarorlari;
(5-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;
(5-moddaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;
(5-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
(5-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boshqa davlatlar sudlarining qarorlarini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 363-moddasi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga chet el arbitrajlarining qarorlarini ijro qilish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli qarori bilan 1958-yil 10-iyundagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida”gi Nyu-York Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 363-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli “1958-yil 10-iyundagi xalqaro hakamlik qarorlarini ijrosini taʼminlash va ularni tan olish boʻyicha Nyu-York konvensiyasiga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
7-modda. Ijro hujjatlari
Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:
1) sudlar oʻzlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari asosida mazkur sud kotibi tomonidan beriladigan ijro varaqalari;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
(7-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi OʻRQ-106-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;
4) sud buyruqlari;
5) alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
6) notariuslarning ijro xatlari;
7) mehnat nizolari komissiyalari oʻz qarorlari asosida beradigan guvohnomalar;
8) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
9) oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
10) davlat ijrochilarining qarorlari;
(7-moddaning birinchi qismi 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
(7-modda birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi, sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent xalqaro tijorat sudining xorijiy tildagi qarorlari asosidagi ijro varaqasi mazkur sud kotibi tomonidan qarorni davlat tiliga tarjima qilgan holda beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Bunda ijro varaqasi Toshkent xalqaro tijorat sudi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda, elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos boʻladi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining 341-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga qarang.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining 341-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasi.
8-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni
Ijro hujjatida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;
2) ijro hujjatining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi shart boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
(8-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrugʻining hamda alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvning, shuningdek notarius ijro xatining mazmuni qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 145-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 178-moddasi, Oila kodeksining 17-bobi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasiga qarang.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 145-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 178-moddasi, Oila kodeksining 17-bobi va Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqliligi
Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno.
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:
turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
chet davlatning rezidenti boʻlgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud ularning oʻrinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlaridan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga haqli.
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati:
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning oʻrinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga oʻtkazishga haqli.
82-modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar taʼminlash
Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini taʼminlash uchun topshiriladi:
yuridik shaxsdan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik shaxsga hisobvaraqlar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash toʻgʻrisidagi yoki ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga;
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qogʻozlarning miqdori va turi boʻyicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash toʻgʻrisidagi yoxud qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini ijro hujjatida koʻrsatilgan shaxs nomiga hisobga qoʻyish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga);
ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga;
ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishi shart boʻlgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga);
qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari toʻgʻrisidagi yoxud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida oʻz zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga;
maʼmuriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani toʻlashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi nomaʼlum boʻlgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning maʼmuriy jarima solish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari oʻziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.
Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni taʼminlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi.
Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1981-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi.
83-modda. Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar
Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
1) ushbu Qonunning 82-moddasida koʻrsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) isteʼmol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaxs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan isteʼmolchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv taʼminotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
21) isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(83-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi OʻRQ-947-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son)
3) undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha garov toʻgʻrisidagi shartnoma;
4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomalarining (toʻlov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk xatlangan taqdirda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror va bayonnoma.
Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(81, 82 va 83-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning III va IV boblari.
2-BOB. IJRO ISHI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR
9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar
Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxs undiruvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.
10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki
Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar.
Fuqarolik, oilaviy, mehnat, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Oʻn olti yoshga toʻlgan, voyaga yetmagan shaxs toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga qarang.
11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusxalar olish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan oʻz vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi eʼtiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish huquqiga ham ega.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi OʻRQ-1082-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Qonunning 87-moddasi.
12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi oʻz qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan boʻlsa, uning oʻrniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi (Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik), 23-bobi (majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi) hamda V boʻlimiga (vorislik huquqi) qarang.
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat uning oʻzi shaxsan ijro etishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi oʻz vakili orqali harakat qilishga haqli emas.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi shart.
14-modda. Vakilning vakolatlari
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil oʻzini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan bogʻliq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish;
undiruvdan voz kechish;
vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (ishonib topshirish);
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish;
(14-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish;
Oldingi tahrirga qarang.
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.
(14-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
15-modda. Vakil boʻlolmaydigan shaxslar
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda vakil boʻlishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
16-modda. Qonuniy vakillar
Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli boʻlgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim boʻlgan ijro ishi yuritish boʻyicha, bedarak yoʻqolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yoʻqolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi lozim boʻlgan ijro ishi yuritish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi.
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36 va 37-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 30-bobida belgilangan.
Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni oʻzlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar.
17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon boʻlishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan tayinlanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Tarjimon oʻz mehnati uchun haq olish huquqiga ega boʻlib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjimon bila turib, notoʻgʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 238-moddasi, Jinoyat-protsessual kodeksining 72-moddasi.
18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini koʻzdan kechirish, xatlash, olib qoʻyish va berish bilan bogʻliq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga koʻra chaqiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor boʻlmagan va oʻzaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh boʻlmagan, bir-biriga boʻysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam boʻlmasligi kerak.
19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida oʻzi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis oʻzining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning oʻz qoʻli bilan yozilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga oʻz huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar oʻz majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan oʻzlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.
20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi oʻz tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan oʻzining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishi, qoʻyilgan masalalar yuzasidan xolisona xulosa berishi, oʻzi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
Davlat ijrochilari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlashda davlat ijrochilariga koʻmaklashishi shart.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlash maqsadida:
1) ichki ishlar organlari:
davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;
davlat ijrochisi huzuriga kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini taʼminlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir toʻsiq boʻlganda, jamoat tartibi saqlanishini taʼminlaydi;
qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy toʻxtatilishini davlat ijrochisining topshirigʻi asosida taʼminlaydi;
avtomototransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi, tegishli qarzdorlar nomiga roʻyxatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotni davlat ijrochisining yozma soʻrovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, davlat ijrochilarining avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyxatga olingan avtomototransport vositalarini koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 1-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-modda birinchi qismining yigirma yettinchi xatboshisi.
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari:
(21-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
koʻchmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, huquq egalari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek oʻzga kadastr maʼlumotlarini davlat ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;
sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasidagi koʻchmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida koʻchmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat ijrochisining yozma topshirigʻi asosida kadastr ishini shakllantiradi hamda koʻchmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
koʻchmas mulkni va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga davlat ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, qonunchilikda belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyxatga olingan boshqa koʻchmas mulkni koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi;
4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari:
davlat ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablagʻlari va oʻzga mol-mulkiga undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bergan yozma soʻroviga koʻra unga bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etadi;
davlat ijrochisining yozma soʻroviga koʻra qarzdorning banki va xatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga maʼlum qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati boʻyicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro yigʻimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini nizosiz tartibda undirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bajaradi;
(21-modda ikkinchi qismi 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan naqd chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi;
qarzdorning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xatlash haqidagi davlat ijrochisining qarorini, shuningdek davlat ijrochisining qarorida koʻrsatilgan qarzdorning hisobvaragʻidan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini taʼminlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qoʻyilgan yoki undirilgan, shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻida vaqtinchalik saqlanishini taʼminlaydi, davlat ijrochisining qaroriga asosan bu mablagʻlarni tegishli undiruvchiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ijro yigʻimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini toʻlash uchun oʻtkazadi (beradi);
5) davlat soliq xizmati organlari:
budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlashda davlat ijrochilariga yordam koʻrsatadi;
davlat ijrochisining topshirigʻiga koʻra, qarzdorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim etadi;
davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida qarzdor soliq toʻlovchi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan axborotni davlat ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan qarzdorning hisobga olinmagan daromadlarini aniqlashda davlat ijrochilariga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonunchilikda belgilangan hollarda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 5-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) gʻaznachilik organlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablarini bajarish uchun davlat ijrochisining qarori asosida oʻn kunlik muddatda oʻtkazadi;
davlat ijrochisining qarzdor budjet tashkilotining yagona gʻaznachilik hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorining, shuningdek qarzdorning mablagʻlaridan foydalanishga nisbatan davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari:
(21-modda ikkinchi qismi 7-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ hujjati talablarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaxslar toʻgʻrisida axborotlarning tezkor almashinuvini Majburiy ijro byurosi organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat ijrochisi, tarjimonlar va mutaxassislar taraflarning, ular vakillarining yoki ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning qarindoshlari boʻlsalar yoxud ijro ishi yuritish natijasidan manfaatdor boʻlsalar yoki ularning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
Rad qilish uchun holatlar mavjud boʻlsa, rad qilish talablari tatbiq etiladigan shaxs oʻzini oʻzi rad qilishi shart. Xuddi shu asoslar boʻyicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur shaxsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan boʻlishi, yozma ravishda bayon etilishi va ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan hollar bundan mustasno.
Tarjimon va mutaxassisni rad qilish toʻgʻrisidagi masalani davlat ijrochisi hal qiladi. Davlat ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalariga muvofiq asoslangan qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi masalani katta davlat ijrochisi hal qiladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi masalani katta davlat ijrochisining oʻzi hal qiladi.
Davlat ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati katta davlat ijrochisi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga oʻtkaziladi yoki katta davlat ijrochisi ijro hujjatini oʻz ish yurituviga oladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga oʻtkaziladi.
Davlat ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
221-modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari toʻgʻrisida va majburiy ijro etish choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.
(221-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarga, mavjud boʻlgan taqdirda — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
(221-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qoʻllashga haqli.
(221-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni koʻrsatmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxsning ish, oʻqish joyiga yuborilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud boʻlgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan boʻlsa), ijro ishini yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi bildirishnoma, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar, ularning joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi.
(221-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsga yoʻllangan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining boʻlinmasiga qaytarilishi lozim boʻlgan topshirganlik toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qoʻydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
(221-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Agar chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs chaqirilayotgan jismoniy shaxsni topa olmasa, chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga topshiriladi, ular yoʻqligida esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (oʻquv muassasasi maʼmuriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart.
Adresat vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi. Bu maʼlumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (oʻquv muassasasi maʼmuriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Adresat chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni yetkazib beruvchi shaxs davlat ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qogʻoziga, boshqa xabarnomaga belgi qoʻyadi.
(221-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi hollarda xabardor qilingan hisoblanadi, agar:
chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib berilgan (yuborilgan) boʻlsa;
adresat chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa;
pochta xabarnomasini olgan boʻlishiga qaramasdan adresat oʻz nomiga yuborilgan chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olish uchun kelmasa.
Majburiy ijro etish choralari toʻgʻrisida xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi mazkur choralarning bajarilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat shaxsan oʻzi bajarishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, davlat ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin.
(221-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiruv qogʻozlari, boshqa xabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar Majburiy ijro byurosi tomonidan belgilanadi.
(221-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
3-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISHNING UMUMIY SHARTLARI
23-modda. Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart (bundan ushbu Qonunning 31-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yigʻimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash toʻgʻrisidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim boʻlgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan mulkiy undiruv boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olib, ularni xatlashga haqli boʻlib, bu haqda mazkur qarorda koʻrsatib oʻtadi.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(23-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni buzish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, yoxud zarur hujjatlarni ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinmagan boʻlsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻgʻrisida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorda ushbu Qonunning 8-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi koʻrsatiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi.
(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(24-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
25-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qarzdor jismoniy shaxs boʻlsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi oʻzgargan boʻlsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoʻq ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi maʼlum boʻlib qolsa, davlat ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning maʼlum boʻlgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tugʻilsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini oʻz vazifalarini bajara olishi mumkin boʻlgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq dalolatnoma tuzib, koʻrsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi, katta davlat ijrochisi bu yerga kelgan davlat ijrochisiga koʻmaklashadi.
Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim.
Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi toʻgʻrisida davlat ijrochilari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan hal etiladi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
251-modda. Yigʻma ijro ishi yuritish
Bitta qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan mulkiy tusga ega boʻlgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv boʻyicha qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishlar yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.
Majburiy ijro byurosining bir nechta hududiy boshqarmasi boʻlinmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi direktori yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi.
Majburiy ijro byurosi bitta hududiy boshqarmasining bir nechta boʻlinmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi boshligʻi yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan hududiy boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yigʻma ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin kelib tushgan va yigʻma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar koʻrsatilgan ijro hujjatlari yigʻma ijro ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi.
(251-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning oʻzlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib boʻlmaydigan yoki qarzdorning aybiga koʻra ularni boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari
Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — uch yil ichida;
(27-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) hakamlik sudining qarorlarini yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida;
(27-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
3) notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida;
4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida;
5) ishlarni maʼmuriy tartibda koʻrish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatiladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi:
1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrugʻi bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda esa — hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab;
2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda — ular berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat oʻtganidan keyin;
3) ushbu modda birinchi qismining 5-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga topshirilganda — qaror chiqarilgan kundan boshlab.
Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari boʻyicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi (alimentlar undirish, sogʻliqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash toʻgʻrisidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari boʻyicha ijro hujjatlari toʻlovlarni undirishning belgilangan butun davrida oʻz kuchini saqlab qoladi. Bunday tartib alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal qiladi. Bunday hollarda ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir toʻlov uchun alohida hisoblanadi.
28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati:
1) ijro hujjati ijroga topshirilganda;
2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar oʻtgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi.
Ijro hujjati uni toʻliq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatini oʻtkazib yuborish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijroga topshirish muddati oʻtkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro varaqasi yoki sud buyrugʻini ijroga topshirish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan eʼtiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak:
alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish toʻgʻrisidagi talablar;
qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talablar;
ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda koʻrsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 266 — 268-moddalari va Iqtisodiy protsessual kodeksining 192-moddasiga qarang.
(30-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi OʻRQ-151-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatga:
ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish vaqti;
ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;
ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish vaqti;
Oldingi tahrirga qarang.
mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari toʻgʻrisidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt;
(30-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt kirmaydi.
(30-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining oʻtishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos boʻlmaydi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
31-modda. Ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq boʻlgan taqdirda davlat ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni soʻrab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida uni koʻrib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan oʻzi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga koʻra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini oʻzgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlar boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga koʻra, shuningdek taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish hamda ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga murojaat qilishga haqlidir.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan xatlov kechiktirish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.
Ijro hujjati boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar boʻyicha ijro etiladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
321-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish
(321-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart.
(321-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan sudga oʻn kunlik muddat ichida murojaat qiladi.
(321-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga koʻra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning soʻralayotgan muddati koʻrsatilishi kerak.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusiga koʻra oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga koʻpi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin.
Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda davlat ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini koʻrsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi.
Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
331-modda. Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga ushbu majburiyatlarning toʻliq miqdorida yoki bajarilmagan qismi miqdorida pul oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashdan iboratdir, bundan davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari mustasno.
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish:
1) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
2) davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi.
Majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari:
1) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda;
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda qarzdorga uch kunlik muddatda qaytariladi.
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari, ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari hollarda, ijro hujjatining talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ushbu modda uchinchi qismining 2-bandiga asosan kiritilgan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari davlat ijrochisining harakati qonunga xilof deb topilgan yoki qarori bekor boʻlgan kundan eʼtiboran yana yigirma kun mobaynida majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻida saqlanadi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat berilmasa yoki protest keltirilmasa, ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlariga ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda undiruv qaratiladi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat berilsa yoki protest keltirilsa, ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
(331-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi OʻRQ-1082-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
34-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishning majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻxtatib turilishi shart:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) agar qonunchilikda nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
(34-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
5) ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda;
6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi shart:
(34-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda boʻlganda yoki muddatli harbiy xizmatda boʻlgan undiruvchi iltimos qilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda, bundan ijro etilishi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq toʻxtatib turilishi mumkin boʻlmagan ijro hujjatlari mustasno;
(34-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan toʻxtatib turilmagan boʻlsa;
(34-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuniga asosan 3 va 4-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 455-moddasi va Iqtisodiy protsessual kodeksining 345-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5) qarzdor tomonidan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari kiritilganda.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi OʻRQ-1082-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
35-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:
1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
2) qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda;
3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
4) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
5) roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:
1) davlat ijrochisi ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish toʻgʻrisidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;
2) qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda;
3) davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi iltimos qilganda.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari ularga boʻysunuvchi davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur boʻlgan hollarda, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga haqli.
(35-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
36-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar;
(36-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, xizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilguniga qadar;
4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan, shuningdek roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil koʻrib chiqilguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar;
6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga.
(36-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuniga asosan 5 va 6-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi va qarzdor oʻrtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin.
(36-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
37-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qoʻyilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʻqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga oʻtishi mumkin boʻlmasa;
2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi:
(37-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
2) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
21) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganda;
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
4) ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi masalalarning sud yoki davlat ijrochisi tomonidan koʻrib chiqilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
(38-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi, 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida boʻlsa, oʻsha davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishni yoki tugatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran darhol ijro etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida bu haqda unga maʼlum boʻlgan vaqtdan eʼtiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan boʻlsa) yoki ijro hujjatini bergan oʻzga organga maʼlum qiladi.
Toʻxtatilgan ijro ishi yuritish boʻyicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan xatlov ijro hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud hujjatida nazarda tutilgan taqdirda, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish uchun belgilangan muddatga olib tashlanadi.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi OʻRQ-1082-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoxud tugatish toʻgʻrisidagi hujjati ustidan oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi asosida, shuningdek davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorida ijro etish boʻyicha oʻzi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan mol-mulkni xatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tugatilganidan soʻng davlat ijrochisi qarzdorga davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish toʻgʻrisida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yigʻimi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tugatilgan taqdirda ijro yigʻimi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qatʼi nazar, toʻliq hajmda qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan undiruv (talab) amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:
(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
1) undiruvchining arizasiga koʻra;
Oldingi tahrirga qarang.
2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish mumkin boʻlmasa, bundan ushbu Qonunda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar, shuningdek Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri maʼlumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasida (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno;
(40-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa, bundan Majburiyatlar reyestrida saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno;
(40-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini oʻziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni oʻziga olish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining taklifi boʻyicha oʻz qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;
5) agar undiruvchi oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, shu jumladan ijro hujjatida koʻrsatilgan, qarzdordan olib qoʻyilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.
Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi va ijro hujjati boʻyicha maʼlumotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilib, bir vaqtning oʻzida bu haqda undiruvchi, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi. Ijro hujjati Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanganda budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimanda qarzdorlik undirilishini nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga oʻzga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.
(40-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan boʻnak badali toʻliq qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilgan hollarda boʻnak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va boʻnak badalini qaytarish toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi.
(40-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv toʻgʻrisidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganda.
(41-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklovlar va qarzdorning oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi, bundan Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishini yuritish mustasno.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga oʻtadi.
Davlat ijrochisi qarorining koʻchirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan soʻng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yigʻimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish toʻgʻrisida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur boʻlgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yigʻimi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.
Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining koʻchirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.
(41-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
411-modda. Ijro ishini yuritishni qayta tiklash
Ijro ishini yuritish:
1) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari aniqlanganda;
2) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishini yuritishni tugatish uchun asoslar yuzaga kelganda;
3) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining qonunga xilof va asossiz qarorlari bekor qilinganda;
4) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qayta tiklanadi.
Ijro ishini yuritish qayta tiklanganda davlat ijrochisi darhol bu haqda qaror chiqaradi va majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi.
(411-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish
Oldingi tahrirga qarang.
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash toʻgʻrisidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon koʻrgan shaxslarga zararni toʻlash, zararni davlat foydasiga undirish toʻgʻrisidagi, shuningdek bolani olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorning turgan joyi haqida maʼlumotlar boʻlmaganda, davlat ijrochisi oʻz tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga koʻra qarzdorni qidirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ijro hujjatlarining boshqa turlari boʻyicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda koʻrsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq boʻnak toʻlash uchun undiruvchining roziligi boʻlgan taqdirda qidiruv eʼlon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini toʻlashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir.
Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(42-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish boʻyicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi.
(42-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish toʻgʻrisidagi va qidirish xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(42-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
421-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno.
(421-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi maʼlum boʻlsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga yuboriladi.
(421-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u boʻyicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga koʻra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlarini qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
(421-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, davlat ijrochisi toʻlov yoki garov shartnomasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlarini qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
(421-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
(421-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
43-modda. Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishi toʻliq yoki u sud fikriga koʻra tiklanishi zarur deb hisoblagan qismida tiklanadi.
Yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash toʻgʻrisidagi ariza ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Arizada ijro ishini yuritilishiga doir maʼlumotlar toʻliq bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni koʻrayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daxldor boʻlgan boshqa maʼlumotnoma va hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir boʻlgan shaxslarni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Arizachi yoʻqolgan ijro ishi yuritilishini tiklash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilishi vaqtida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolgʻon ariza berilgan boʻlsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31-BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO ISHINI YURITISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBIDA IJRO ETISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
431-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablagʻlari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 432-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan maʼmuriy jarimalarni, soliq qarzini, davlat bojini, pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan qarzdorlikni, koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish toʻgʻrisidagi va darhol ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari mustasno.
(431-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi OʻRQ-1134-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son)
Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan masofadan turib amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8 va 83-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.
Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 221-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi.
Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada koʻrsatiladi.
Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 432-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yigʻimi undiriladi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan eʼtiboran uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablagʻlari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.
Undiruv toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjati boʻyicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati toʻliq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati boʻyicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilingan yoxud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni tegishli axborot olingan kunning ertasidan kechiktirmay ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qiladi.
(431-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi OʻRQ-947-sonli Qonuniga asosan oʻninchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son)
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz boʻlgan taqdirda ijro hujjati va ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yigʻimi qoʻshimcha undirilmaydi.
432-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qoʻllaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish;
2) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan majburiy ijro etish chorasi videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar toʻlovi yuzasidan qarzdorlikni, koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(432-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi OʻRQ-1134-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son)
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin emas.
(31-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32-BOB. MAJBURIYATLAR REYESTRI
433-modda. Majburiyatlar reyestrini yuritish
Majburiyatlar reyestrida ushbu Qonun 40-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra yuritilishi tamomlangan ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar vaqtincha saqlanadi.
Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir maʼlumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha qoʻllanilgan taqiqlar va cheklovlar ushbu Qonun 434-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelganda bekor qilinadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlar mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimda tekshiriladi.
Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
434-modda. Majburiyatlar reyestridagi ijro hujjatlariga doir maʼlumotlarni saqlash va chiqarib tashlash tartibi hamda muddatlari
Ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va oʻn yil davomida saqlanadi.
Ijro hujjatiga doir maʼlumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilganligi qarzdorni qonunda belgilangan asoslar vujudga kelganda bankrot deb topish tartib-taomilini boshlashga toʻsqinlik qilmaydi.
Ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanadi:
1) ijro ishini yuritish qayta tiklanganda;
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda;
3) undiruvchining arizasiga koʻra;
4) ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga koʻra ijro etilmasdan qaytarilganda;
5) iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi yoki qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda;
6) qarzdor yuridik shaxs davlat reyestridan chiqarilganda;
7) qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari haqidagi maʼlumotlar oʻn yil davomida aniqlanmaganda.
(32-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISH ASOSI VA CHORALARI
44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qoʻllash
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro etish choralari toʻgʻri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinganda qoʻllaniladi, bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno.
(44-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qoʻllash asosi
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning oʻtganligi majburiy ijro etish choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
46-modda. Majburiy ijro etish choralari
Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1) undiruvni qarzdorning pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish (bundan davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻsh turgan yer uchastkalari mustasno);
(46-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;
(46-moddaning birinchi-ikkinchi bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha unga tegishli boʻlgan mablagʻlarga qaratish;
22) undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish;
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuniga asosan 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish;
4) ijro hujjatida koʻrsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qoʻyish va undiruvchiga topshirish;
5) ijro hujjatining ijro etilishini taʼminlovchi qonunlarga muvofiq koʻriladigan boshqa choralar.
5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISH
47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.
Ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʻmdagi va chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʻlariga hamda oʻzga qimmatliklariga qaratiladi.
Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari darhol olib qoʻyilishi lozim.
Olib qoʻyilgan soʻmdagi naqd pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlari va oʻzga qimmatliklari toʻgʻrisida axborot boʻlganda, ular xatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha soʻmdagi naqd puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi soʻmdagi mablagʻlari yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki oʻzga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.
Davlat ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisida axborot boʻlmaganda, davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash toʻgʻrisida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma soʻrov yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining yozma soʻrovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga maʼlum qiladi.
(47-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim boʻlgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni oʻzi koʻrsatishga haqli.
Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining xarajatlar qismini qarz toʻliq uzilguniga qadar qonunchilikda belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablagʻlarini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq boʻyicha xatlangan pul mablagʻlari miqdorini maʼlum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, ushbu Qonunning 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.
(47-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablagʻlariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlariga undiruv ijro yigʻimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va hajmda qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxslarning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlariga undiruv qaratilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari miqdorini aniqlashda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablagʻlari hisobga olinib, ularga nisbatan undiruv qaratilmaydi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan qarzdor jismoniy shaxslarga nisbatan ijro hujjatlari, shuningdek aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari mustasno.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlgan hollarda undiruv uning qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
(47-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
48-modda. Soʻmda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdorning maʼlum boʻlib qolgan va olib qoʻyilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻini u olib qoʻyilgan kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi.
Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvaragʻida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan boʻlsa, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan bank zimmasiga ijro yigʻimini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ijro xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi.
Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
(48-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
481-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab chiqarishda undiruvni qarzdorning pul mablagʻlariga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdordan topilgan va olib qoʻyilgan, ijro hujjatida koʻrsatilgan naqd chet el valyutasini davlat ijrochisi olib qoʻyilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga topshiradi, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki soʻmdagi naqd pul mablagʻlarini sotish (ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi.
Qarzdorning bank hisobvaragʻida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki soʻmdagi pul mablagʻlari xatlanganida, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi.
Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan boʻlsa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki soʻmni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablagʻlari ular tomonidan Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda davlat ijrochisi ijro yigʻimi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda soʻmda hisoblab chiqaradi.
(481-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
482-modda. Undiruvni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining va ular mijozlarining pul mablagʻlariga hamda qimmatli qogʻozlariga qaratish xususiyatlari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan hisobvaragʻidagi pul mablagʻlariga qaratilishi mumkin emas.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlariga qaratilishi mumkin emas.
(482-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
483-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining, muassislarining va aʼzolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari
Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va aʼzolarining (ishtirokchilarining) pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xoʻjaligining rahbari, dehqon xoʻjaligining aʼzolari, ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari, toʻliq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi toʻliq sheriklar pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
(483-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki boʻlmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning masʼuliyati cheklangan jamiyat, toʻliq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.
(483-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
484-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan mulkiy huquqlarga qaratish
Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin:
koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasiga boʻlgan huquq;
(484-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq;
qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.
Qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.
485-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha, shu jumladan mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar boʻyicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, davlat ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida davlat ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish toʻgʻrisida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha debitor toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish qarzdor oʻz debitori bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
Debitor oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, davlat ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoxud solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilganidan farq qilsa, debitor oʻsha muddatda davlat ijrochisiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
Qarzdor bilan uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;
qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda esa, debitorning oʻz muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan imzosi;
solishtirma dalolatnoma tuzilgan sana.
Qarzdor va uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi u davlat ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan oʻtib ketmagan sanaga tuzilgan boʻlishi kerak.
Davlat ijrochisi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish toʻgʻrisida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:
uni undirish uchun daʼvo muddati oʻtgan boʻlsa;
qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organining ish yuritishida boʻlsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati oʻtgan boʻlsa yoxud ushbu ijro hujjati boʻyicha ijro harakatlari belgilangan tartibda toʻxtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib ijro etilgan) boʻlsa;
debitor huquqiy yordam toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan chet davlatda turgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
debitor tugatilish jarayonida boʻlsa yoki unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan boʻlsa;
(485-modda toʻqqizinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
debitor oʻz faoliyatini tugatgan va yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa.
(485-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish boʻyicha maʼlumotlarni almashish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
(485-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan oʻninchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
486-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlariga qaratish xususiyatlari
Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qoʻyilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mablagʻlar sifatida olib qoʻyilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablagʻlari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining ish yuritishida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvaragʻida vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlarini uch kunlik muddat ichida Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
(486-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaragʻida vaqtincha turgan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.
(486-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
487-modda. Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish xususiyatlari
Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, budjet tashkilotlarining mablagʻlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
(481—487-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar boʻlganda, davlat ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning oʻzga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar boʻlmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
50-modda. Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu jumladan uning chet el banklaridagi pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(50-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan taʼminlanmagan, qarzdorga qoʻyilgan barcha talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qoʻyilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmay qolsa, u holda koʻrsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan boʻlsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila aʼzolari unda doimiy ravishda yashayotgan boʻlsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat boʻyicha garov narsasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga), ularda qarzdor va (yoki) uning oila aʼzolari yoxud oʻzga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qatʼi nazar, qaratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga koʻra, undiruv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni qismlarga boʻlish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila aʼzolari normal turmush kechirishi uchun yetarli deb topgan taqdirda, qaratilishi mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila aʼzolari normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablagʻlar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.
(52-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
53-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda xatlanadi.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni roʻyxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini eʼlon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qoʻyish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
(53-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlash quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini taʼminlash maqsadida;
javobgarga tegishli boʻlib, uning oʻzida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.
Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan soʻng amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qoʻyishga haqli.
Olib qoʻyilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan soʻmlar va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (boʻlaklari) olib qoʻyilishi shart.
(53-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk xatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonunchilikda belgilangan tartibda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
(53-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi tomonidan oʻchiriladi.
(53-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
531-modda. Qimmatli qogʻozlarni xatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatli qimmatli qogʻozlar ularning turgan joyi boʻyicha xatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qogʻozlar ushbu qogʻozlar egasining huquqlari roʻyxatga olingan joy boʻyicha xatlanadi.
Qimmatli qogʻozlar xatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qogʻozlar xatlanganligi toʻgʻrisida davlat ijrochisi xatlangan qimmatli qogʻozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi.
Davlat ijrochisining qimmatli qogʻozlar xatlanganligi toʻgʻrisidagi qarorida yoki dalolatnomasida xatlangan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qogʻozlar emitentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qimmatli qogʻozlar chiqarilgan sana (aksiyalar bundan mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qogʻozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Qarzdorga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qogʻozlar oʻtkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini anglatadi. Oʻzga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qogʻozlarda mustahkamlab qoʻyilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qogʻozlarni xatlash toʻgʻrisidagi qarorda sanab oʻtishi shart.
(531-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
(54-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
(54-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qoʻyilgan mol-mulk sud tomonidan majburiy tarzda baholashdan oʻtkaziladi hamda ushbu kimoshdi savdosidagi boshlangʻich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aniqlangan miqdorda belgilanadi.
(54-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy sanʼat hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) masʼuliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini taʼminlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(54-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlar oʻzida birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qogʻozlar kotirovkalariga doir soʻrov berish orqali davlat ijrochisi tomonidan aniqlanadi.
(54-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat ijrochisi tomonidan roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilmagan boʻlsa, davlat ijrochisi qimmatli qogʻozlarni baholash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi.
(54-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻgʻrisidagi hisobot olingan (chiqarilgan) paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro ishi yuritishdagi taraflar oʻtkazilgan baholash toʻgʻrisida oʻzlari xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin.
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
(54-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
55-modda. Mol-mulkni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan boʻlsa, oʻsha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga koʻra, undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Saqlovchi, agar qarzdor uning oʻzi yoki uning oila aʼzolari (qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning xodimi) boʻlmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xatlangan avtomototransport vositasi auksion oʻtkazilguniga qadar davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar taʼminlanadigan maxsus ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida) saqlanadi.
(55-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizom.
56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qatʼi nazar, xatlangan kundan eʼtiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
(56-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini, koʻchmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
(56-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha;
mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan soʻng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilish chogʻida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narx boʻyicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
(56-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk oʻttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari boʻyicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga mol-mulkni takroriy auksion savdolaridagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish chogʻidagi boshlangʻich sotish narxidan 25 foiz kamroq summada baholangan holda oʻzida qoldirishni taklif qiladi.
(56-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qogʻozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi oʻrtacha narxida oʻzida qoldirishni taklif etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar boʻyicha bir nechta undiruvchi mavjud boʻlgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati boʻyicha undiruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan ortiq boʻlsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga toʻlagan (oʻtkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda koʻrsatib oʻtiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi taklifga rozilik bersa, mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qoʻyilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi, davlat ijrochisining qarori unda koʻrsatilgan shaxsga mol-mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos boʻladi. Bunda mol-mulk boʻyicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi boʻlgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan hollar mustasno.
(56-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-martdagi OʻRQ-1119-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi oʻz qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish boʻyicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan taʼminlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda oʻz qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk boʻyicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan oʻzga mol-mulk mavjud boʻlmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
(56-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Olib qoʻyilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarning oʻrni toʻliq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi toʻliq toʻlanguniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek koʻchmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(56-moddaning uchinchi — oʻn toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oʻn uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizom.
57-modda. Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qoʻyadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi.
(57-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Olib berilishi lozim boʻlgan ashyolar yoʻqotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoxud hozir boʻlish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida koʻrsatilgan hujjatsiz qimmatli qogʻozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi mazkur qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
(57-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKIGA QARATISHNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKINI XATLASH VA REALIZATSIYA QILISH
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablagʻlariga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida boʻlgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yigʻimi va ijro boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorda darhol olib qoʻyilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qoʻyilgan soʻmdagi pul mablagʻlari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yigʻimi summalari, shuningdek ijro xarajatlarining oʻrnini qoplash uchun moʻljallangan summalar davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilib, soʻngra ijro xarajatlarining oʻrni ushbu summa hisobidan qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablagʻlarini xatlash choralarini koʻradi.
(58-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish
Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, qayerda va kimning foydalanishida boʻlishidan qatʼi nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi.
60-modda. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish navbati
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan koʻchar mol-mulkka (qimmatli qogʻozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda — tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar koʻrsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
uchinchi navbatda — tovarlar ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda yoki xizmatlar koʻrsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek xom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga moʻljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qoʻllaniladi.
(60-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni taʼminlash choralari
Oldingi tahrirga qarang.
Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qoʻyilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati toʻgʻrisidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy boʻlinmasiga yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga toʻlovlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sudda ish yuritish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi
(62-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborilgan, qoʻshib olingan, boʻlingan, ajratib chiqarilgan, oʻzgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi.
(62-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 4-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi, mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni oʻzga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish haqidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi, bundan alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi va jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi, shuningdek undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro ishlari mustasno. Ijro ishini yuritishni tamomlash bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishini yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
Ijro ishini yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishini yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tegishincha tugatuvchiga, moliyaviy boshqaruvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga maʼlum qiladi.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63-modda. Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va ularning asosiy shartlari
Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlangʻich) bahosi koʻrsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining koʻchirma nusxasi;
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining koʻchirma nusxasi;
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻgʻrisidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati koʻrsatilgan sud qarorining koʻchirma nusxasi;
mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar.
Koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
ijara shartnomasining koʻchirma nusxasi;
ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan boʻlsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz oʻtkazish imkonini beruvchi hujjat.
Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi;
tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining koʻchirma nusxasi.
Yer uchastkasini va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining koʻchirma nusxalarini ilova qiladi.
Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narxning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron onlayn-auksionlar esa narxning tushib borishi prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(63-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
7-BOB. QARZDORNING ISH HAQI VA UNGA TENGLASHTIRILGAN TOʻLOVLARGA NISBATAN UNDIRUV
64-modda. Undiruvni qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi:
davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishda;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi, shu jumladan yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari boʻyicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;
(64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
undirilayotgan summalarni toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmaganda yoki uning mol-mulki yetarli boʻlmaganda.
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaxslar undiruvchidan yoxud davlat ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan eʼtiboran qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablagʻlarini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs ushlab qolingan pul mablagʻlarini undiruvchiga toʻlov amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida toʻlashi yoki oʻtkazishi shart. Pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u oʻqishni bitirganda (boshqa joyga oʻtkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs bu haqda darhol davlat ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.
Qarzdor jismoniy shaxs yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi toʻgʻrisida darhol davlat ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs ijro hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda taʼminlaydi.
Davlat ijrochisi qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan ijro hujjati boʻyicha pul mablagʻlarining toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan tekshirish oʻtkazadi. Bunday tekshirishni oʻtkazishda qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs tegishli buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni davlat ijrochisiga taqdim etishi shart.
(64-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori
Ijro hujjatlari boʻyicha qarz toʻliq uzilgunga qadar, qarzdorga toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning koʻpi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin.
Bir necha ijro hujjati boʻyicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan cheklovlar aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.
(66-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi OʻRQ-1082-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
67-modda. Undiruvni jazoni oʻtayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari boʻyicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga koʻra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining toʻliq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.
(67-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
68-modda. Undiruvni ijtimoiy sugʻurta nafaqasiga qaratish
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi bilan bogʻliq holda koʻrilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganda toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.
69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan summalar
Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli koʻrilgan zararni toʻlash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida mayib boʻlgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan summalarga;
bola tugʻilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan summalarga;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun toʻlanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya taʼsiriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda toʻlanadigan summalarga;
(69-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq toʻlanadigan taʼtil davrida bolani parvarishlash uchun toʻlanadigan summalarga;
bola tugʻilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan toʻlanadigan summalarga;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
(69-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi tariqasida toʻlanadigan summalarga.
70-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzlarni undirish tartibi
Alimentlar va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzlarni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining V boʻlimiga qarang.
8-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BOʻLMAGAN NIZOLAR BOʻYICHA IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISH
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga oʻn besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining oʻzi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllaydi, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan soʻng ham ijro hujjatini ijro etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi;
(71-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1981-modda va 1982-moddalari, Jinoyat kodeksining 232-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
72-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan boʻlsa, darhol ijro etiladi.
Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish haqidagi oʻzining noqonuniy farmoyishini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qoʻyilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
73-modda. Qarzdorni koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorni koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda koʻchirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi majburiy koʻchirish kuni va vaqti toʻgʻrisida qarzdorga rasman maʼlum qiladi. Koʻchirish kuni toʻgʻrisida xabardor qilingan qarzdorning hozir boʻlmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Koʻchirish ijro hujjatida koʻrsatilgan xonani koʻchiriluvchidan, uning mol-mulkidan, uy hayvonlaridan boʻshatishdan va koʻchiriluvchining boʻshatilgan xonadan foydalanishini man qilishdan iborat boʻladi.
Koʻchirish xolislar ishtirokida, zarur hollarda — ichki ishlar organlari xodimlarining koʻmagida, davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta xatlagan holda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi zarur hollarda qilinadigan xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklagan holda uning mol-mulki saqlanishini taʼminlaydi.
Agar qarzdor uydan koʻchirilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan soʻng mazkur mol-mulkni ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yigʻimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining oʻrni qoplanganidan keyin ortib qolgan pul mablagʻlari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablagʻlari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablagʻlari ushbu muddat oʻtganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Koʻchirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan koʻchirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
(73-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
731-modda. Imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash xolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining xodimlari koʻmagida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.
(731-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
732-modda. Yer uchastkasini olib qoʻyish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organi mutaxassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
(732-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.
(732-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi davlat ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tamomlangan hisoblanadi.
(732-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan tegishli huquqi roʻyxatga olinmagan boʻlsa, davlat ijrochisi oʻz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tamomlangan hisoblanadi.
(732-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
74-modda. Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, koʻchirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
(74-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini taʼminlashdan iborat boʻladi. Bunda qarzdorga majburiy koʻchirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
(74-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organlari xodimlarining koʻmagida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
(74-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan koʻchirib kiritish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
(74-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati taʼminlangan boʻlsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.
Agar undiruvchini koʻchirib kiritish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin.
Ijro hujjati boʻyicha qarzdor boʻlmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda koʻchirib kiritish toʻgʻrisidagi masala sud tartibida hal qilinadi.
9-BOB. IJRO ISHI YURITISHDAGI XARAJATLAR
75-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻida boʻlib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablagʻlar, shuningdek ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablagʻlari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
(75-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablagʻlar;
ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq toʻlashga sarflangan mablagʻlar;
undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali oʻtkazishga (joʻnatishga) sarflangan mablagʻlar;
qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori boʻyicha olib qoʻyilgan bolani qidirishga sarflangan mablagʻlar;
ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablagʻlar.
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan boʻnak bilan taʼminlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻnak badalini oʻtkazishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha tegishli xarajatlarni toʻliq boʻnak bilan taʼminlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Koʻrsatilgan hollarda xarajatlarni undirish davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi qarorining nusxasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi.
Davlat ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan boʻyin tovlagan taqdirda, ularni qoplash toʻgʻrisidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
(77-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
771-modda. Ijro yigʻimi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yigʻimi undiriladi.
(771-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi va alohida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatmasdan ijro etiladi.
(771-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro yigʻimining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(771-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASH VA UNDIRUVCHI TALABLARINI QANOATLANTIRISHNING NAVBATI
78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yoʻli bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar toʻlanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yigʻimini qoplash uchun foydalaniladi.
(78-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.
79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari boʻyicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, bu summa undiruvchilar oʻrtasida ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbat boʻyicha taqsimlanadi.
Har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
80-modda. Undiruvlar navbati
Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish boʻyicha talablar; mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni toʻlash boʻyicha talablar; hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar; advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam haqini toʻlash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi.
Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar; jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi.
Uchinchi navbatda majburiy sugʻurta organlarining talablari qanoatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻrtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan taʼminlangan talablari qanoatlantiriladi.
(80-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Beshinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan taʼminlanmagan talablari qanoatlantiriladi.
(80-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha solingan ijro yigʻimlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun moʻljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha solingan ijro yigʻimlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchiga oʻtkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
(81-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik
Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
(82-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2321-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-BOB. DAVLAT IJROCHISINING MAQOMI
(12-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Davlat ijrochisi
Oʻrta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar davlat ijrochisi boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi boʻlishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy boʻlinmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
(83-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi.
(83-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimlari boshliqlari lavozimiga koʻra tegishincha bosh davlat ijrochilarining oʻrinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega boʻladi.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
831-modda. Bosh davlat ijrochilarining va ular oʻrinbosarlarining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari:
quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish boʻyicha yozma koʻrsatmalar beradi;
davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;
(831-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshligʻining vazifalarini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(831-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari
(84-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:
(84-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan, qarzdorga qarashli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish, oʻzga shaxslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish;
(84-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 18-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
(84-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizom.
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda oʻzga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;
olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro yigʻimlarini, davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;
(84-moddaning birinchi qismi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv eʼlon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam soʻrab murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan qarzdorlarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
(84-modda birinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish;
(84-modda birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(84-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
85-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari
Davlat ijrochisi oʻziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda oʻz faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Davlat ijrochisi:
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
ijro hujjatlarining oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri ijro etilishi choralarini koʻrishi;
ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi;
taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini koʻrib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi;
agar oʻzi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor boʻlsa yoki uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, oʻzini oʻzi rad etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin
(85-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86-modda. Davlat ijrochisining qarori
Agar davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish, ijro yigʻimini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor boʻlsa, davlat ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Davlat ijrochisining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
qaror chiqarilgan sana va joy;
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala;
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qilinayotgan qarorning davlat ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini koʻrsatgan holdagi asoslari;
(86-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
koʻrilayotgan masala boʻyicha xulosa;
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati.
Davlat ijrochisining maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilmasdan ijro etiladi.
Davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
(86-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
861-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi toʻgʻrisida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi maʼmuriy sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
(861-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 33-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Davlat ijrochilari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ularning talabiga koʻra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi.
Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
(87-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 198-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
88-modda. Davlat ijrochilarining javobgarligi
Davlat ijrochisining xatti-harakatlari ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Davlat ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.
(88-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
89-modda. Davlat ijrochilarining ijtimoiy himoyasi
Davlat ijrochilari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan yoki ularning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan yohud ular halok boʻlgan taqdirda davlat ijrochisiga yoki halok boʻlgan shaxsning oilasiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
(89-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XIX bobiga qarang.
Davlat ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanib, bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
(89-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 323 va 330-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
891-modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish
Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq taʼminlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qoʻyishga faqat sud qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(891-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yuritadi.
(891-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
892-modda. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosi tizimida Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, Majburiy ijro byurosi organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish uchun nomzodlarni oʻrganadi, Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻradi.
(892-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi OʻRQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki xavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
(892-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti Majburiy ijro byurosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosi organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Majburiy ijro byurosiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sxemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash maqsadida jamgʻarma tuzilishi mumkin. Ushbu jamgʻarmani tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(90-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarash tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
258-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 315-modda, 50-51-son, 506-modda; 2008-y., 14-15-son, 91-modda, 94-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda, 38-son, 328-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son; 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son; 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son; 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son; 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son; 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son)