O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
AMALGA OShIRILIShI UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlansin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq holga keltirsin, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur ro‘yxatga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
222-II-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
(1-ilovaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2020-yil 30-yanvardan kuchga kiradi)
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilib tashlash, giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni ilmiy maqsadlarda yetishtirish.
Giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish.
(to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Veterinariya faoliyati.
Tibbiy faoliyat.
Farmatsevtika faoliyati.
Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish.
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsuloti (bundan tabiiy vino mustasno) ishlab chiqarish.
(yigirma beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
Bank faoliyati.
Banklar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish.
Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat.
Baholash faoliyati.
Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(o‘ttiz uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
Lombardlar faoliyati.
Lotereyalar tashkil etish.
Advokatlik faoliyati.
Bojxona omborini ta’sis etish.
Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish.
Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” ta’sis etish.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Noshirlik faoliyati.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat.
Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash.
Fonogrammalarni tayyorlash.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish.
Birja faoliyati.
Turizm faoliyati.
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi.
(qirq sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish.
Rieltorlik faoliyati.
Kredit byurolari faoliyati.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-501-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son)
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi O‘RQ-560-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son — 2019-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
To‘lov tizimlari operatorining faoliyati.
To‘lov tashkilotlarining faoliyati.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuniga asosan ellik sakkizinchi va ellik to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Xususiy notarial faoliyat.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
O‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 110-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 16-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 11-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 124-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining uchinchi va beshinchi xatboshilari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 263-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 330-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 51-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-aprelda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxatiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 4, 109-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 143-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 31-avgustda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxatiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 8-9, 244-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 258-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining X bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining XIX bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 14-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2007-y., 29-30-son, 295-modda, 37-38-son, 377-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 481-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda, 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)