Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI 1992 YIL 14 YaNVARDAGI QABUL QILGAN “KORXONALAR (TAShKILOTLAR) FAQAT MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUGʻULLANIShGA HAQLI BOʻLGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI HAQIDA”GI 516-XII-SON QARORGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshimcha korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxatida:
fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino va video filmlar hamda dasturlar yaratish;
kino va video dasturlarni koʻpaytirish, tarjima qilish, sotish;
kino va video mahsulotlarni ijaraga berish, namoyish etish va koʻrsatish;
kino va videoga olish hamda shu faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan vositachilik xizmatlari koʻrsatish ham nazarda tutilsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 11-yanvar,
777-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 124-modda)