Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 08.05.2003 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida

 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ikki hafta muddatda belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalar berish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya haqidagi Nizomni va Komissiya tarkibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchi malakasini berish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2003-yil 1-avgustgacha tegishli litsenziya olmagan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 8-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-maydagi 210-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom baholash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Baholash faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlisi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun baholash faoliyatining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘char mulkni baholash huquqi uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulkni baholash huquqi uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznesni baholash huquqi uchun (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlari).
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‘liq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan turini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchi tomonidan baholash faoliyatini faqat bitta baholovchi tashkilotda amalga oshirish. Bunda baholash faoliyati baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotda faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma to‘xtatilgandan, bekor qilingandan yoki uning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchi tashkilot shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda baholovchilarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholashni o‘tkazishda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholashni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchi tashkilotning rahbari lavozimiga faqat baholovchini tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belilangan tartibda mustaqillikni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxs (shaxslar) tomonidan baholash to‘g‘risida haqqoniy hisobot tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholovchi tashkilotda o‘z baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organni nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga belgilangan shaklda baholash faoliyati to‘g‘risida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi talabiga ko‘ra baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotlarni taqdim etish.
(7-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:

ko‘char mulkni (qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida ikkita baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulkni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida uchta baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlarini) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida to‘rtta baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak.
(7-bandning o‘n yettinchi, o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablag‘laridan iborat bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholovchi tashkilotlar qo‘shimcha baholash faoliyati professional xizmatlarining faqat quyidagi turlarini ko‘rsatishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash to‘g‘risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini tarqatish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, muassislar (qatnashchilar) ro‘yxati, ularning manzili va faoliyat turlari;
(8-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning litsenziya talabgori amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanayotgan turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘imning litsenziya talabgori to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) litsenziya talabgori shtatida turgan ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdordagi baholovchilar malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) baholovchilarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) pul mablag‘larining ustav kapitaliga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (buxgalteriya hisobi to‘g‘risida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlang‘ich hisobga olish hujjatlari nusxalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) o‘z baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusxalari.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tarkibiy bo‘linmasining (Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi) mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Baholash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari fondga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ariza olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi va uning yo‘nalishlari;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etadigan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda takroran ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziya talabgori arizalarining qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyaning asl nusxasi va ko‘rsatilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari fondga o‘tkaziladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari fondiga kiritiladigan yig‘im undiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
(31-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, , 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish tegishli ravishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, , 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzishga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash to‘g‘risida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan haqqoniy bo‘lmagan hisobot tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqqoniy bo‘lmagan ekspert xulosasi tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash ishlarini o‘tkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni ta’minlamaganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organ tomonidan o‘tkaziladigan litsenziya talablari va shartlarini tekshirishlardan bo‘yin tovlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik mas’uliyati sug‘urta polisining mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori asosida xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossizligi e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Litsenziyalar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassislarning ustav kapitaliga qo‘shgan mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumot;
(35-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Davlat boji to‘lash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Davlat boji O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash faoliyatini litsenziyalash
to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibining sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 9-10-son, 73-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)