Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 13.11.2003 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

QIMMATli QOG‘OZLAR BLANKALARINI IShLAB ChIQARIShNI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 13-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
506-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 13-noyabrdagi
506-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yuridik shaxslar — matbaa korxonalari yoki matbaa ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan korxonalar litsenziya talabgorlari bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish bo‘yicha qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuningdek quyidagilarning mavjud bo‘lishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishning tugallangan sikli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar blankalari tayyorlash, shu jumladan namunalar tayyorlash, bosish shakllari, ularga tartib raqami qo‘yish va ishlov berishning maxsus texnologik jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar blankalarini qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalanganligini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlovchi maxsus asbob-uskunalar va texnologiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan xonalar (ishlab chiqarish xonalari, omborlar, yordamchi xonalar va boshqalarning) mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda litsenziya talabgorida mavjud bo‘lishi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
matbaa asbob-uskunalarida ishlash bo‘yicha maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan kamida ikkita mutaxassisning bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablarga, shuningdek litsenziya talabgoriga qo‘yiladigan rejim talablariga muvofiq bo‘lgan hisobga olish va saqlash tizimi (1 va 2-ilovalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qog‘ozlar blankalarining texnik parametrlariga qo‘yiladigan talablarning bajarilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar (3-ilova).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan xodimlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanayotgan faoliyat amalga oshiriladigan asbob-uskunalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining ishlab chiqarish xonalarida boyliklarning saqlanishi rejimi holati to‘g‘risida ichki ishlar hududiy organlarining xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Litsenziya talabgorining arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalarni tayyorlash uchun zarurat bo‘lganda shartnomaviy asosda ekspertlarni jalb etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar litsenziya talabgori davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgoriga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning litsenziya bitimi talablari va shartlarini buzganlik uchun javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining litsenziya bitimi talablari va shartlarini bajarishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Litsenziyalovchi organ qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar reyestrini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.
(13-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(13-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshiga almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari
ishlab chiqarishni litsenziyalash
to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy talablar
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Matbaa korxonalarida qimmatli qog‘ozlar blankalarining saqlanishini ta’minlash maqsadida qog‘ozlar, yarim tayyor mahsulotlar, matbaa va shakl buyumlarini tayyorlash, qabul qilish, saqlash, ishlov berish, topshirish, berish, transportda tashishning yagona tartibi amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qimmatli qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari, qimmatli qog‘ozlarning tayyor matbaa va shaklli buyumlarini tezkorlik bilan hisobga olishning tashkil etilishi, ishlab chiqarishning barcha uchastkalarida va ularni saqlash joylarida ushbu hisobga olish ishlari uchun bosh buxgalter javob beradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Buxgalteriya sexlarda, omborxonalarda, saqlash joylarida tayyorlanayotgan buyumlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olib borilishini har kuni nazorat qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qimmatli qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari, tayyor matbaa va shaklli buyumlari hisobga olib boriladigan barcha daftarlar, kartochkalar raqamlanadi, ip o‘tkazib bog‘lanadi, plombalanadi, bosh buxgalter (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin tilxat bilan beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qog‘ozlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga berish hamda ishlab chiqarilgandan keyin qabul qilib olish faqat bajaruvchining nazorati ostida bittadan qayta sanab amalga oshiriladi va hisobga olish daftarida tilxat bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qimmatli qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari, buyumlarini mahsulotning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan bajaruvchining almashinishi bilan bog‘liq holda sex ichida bitta operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga (yoki sexdan sexga) berish faqat tegishli omborchilar orqali rasmiylashtiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qimmatli qog‘ozlar blankalari buyumlarini tayyorlash, qabul qilib olish, saqlash va berish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy javobgar shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy javobgarlik to‘g‘risida majburiy shartnoma tuzgan holda litsenziat rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yarim tayyor mahsulotlar va buyumlar saqlash uchun maxsus jihozlangan omborxonalarda, saqlash joylarida, stellajlarda ularning o‘g‘irlanishdan, yo‘qotishdan va yaroqsizlanishdan to‘liq saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarga rioya etilgan holda saqlanishi kerak. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlar blankalarining yarim tayyor mahsulotlari va buyumlarini stellajlarda saqlash yopiq konteynerlarda yoki yopiq setkalarda va ushbu qog‘ozlarning o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qog‘ozlar blankalarining boshqa buyumlar bilan birgalikda bir-biridan to‘silmagan bitta omborxonada, shkafda saqlanishi taqiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qimmatli qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, chala tayyor mahsulotlari va buyumlari tushlik tanaffuslar vaqtida hamda ish smenasi tugagach sanagan holda, omborchining. Hisoblash daftaridagi tilxati bo‘yicha omborxonaga saqlash uchun topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushlik tanaffuslar vaqtida qimmatli qog‘ozlar blankalari qog‘ozlari, yarim tayyor mahsulotlari va buyumlarini ish joylarida qoldirishga faqat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoaning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi shartnomasini imzolagan brigada xodimlaridan birortasi qimmatli qog‘ozlar blankalarini kuzatib turish uchun ish joyida qolgan;
(9-bandning 1—3 xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bajaruvchilar aynan bir vaqtda chiqib ketadigan va keyinchalik bir aynan vaqtda kirib keladigan sharoitda buyumlar mahkam berkitilgan uchastkalarda qoldirilganda, bunda uchastka qulflanadigan va plombalanadigan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qimmatli qog‘ozlar blankalari buyumlarining kamayib qolganligi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun litsenziat rahbariga beriladi va yetishmayotgan buyumlarni qidirib topish chora-tadbirlari ko‘riladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziat bajarilgan har qaysi buyurtmadan bittadan arxiv nusxasi qoldirishi kerak, unga “to‘langan” yozuvli shtamp qo‘yishi va uni maxfiy hujjat sifatida saqlashi lozim. Har bir arxiv nusxasiga inventar tartib raqami beriladi. Arxiv nusxasini saqlash muddati: depozit sertifikatlar uchun – 4 yil, veksellar uchun – 3 yil, aksiya va obligatsiyalar uchun – 50 yil, davlat majburiyatlari uchun – ularni to‘lash muddatigacha. Litsenziat – tayyorlovchining faoliyati to‘xtatilgan taqdirda arxiv nusxasi dalolatnoma bo‘yicha buyurtmachiga (emitentga) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari
ishlab chiqarishni litsenziyalash
to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Litsenziya talabgoriga qo‘yiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejim talablari

1. Tashkilotlarning ishlab chiqarish binolariga va xo‘jalik hovlilari hududiga kirish qo‘riqlash posti orqali, ruxsatnomalar bo‘yicha yoki tashkilot rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishlayotgan yoki asbob-uskunalar, nusxa ko‘paytirish texnikasi, shriftlar, matritsalar mavjud bo‘lgan qurilayotgan matbaa tashkilotlari hududi o‘raladi va qo‘riqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matbaa tashkilotlarining, nusxa ko‘paytirish uchastkalarining binolari qo‘riqlash-yong‘indan saqlash bo‘yicha ogohlantirish vositalari bilan jihozlanadi, ularning deraza va eshiklariga (qo‘riqlash), shiplariga (yong‘indan saqlash) datchiklar signallar qo‘riqlash postiga yoki ichki ishlar organlarining markazlashtirilgan qo‘riqlash pultiga yetadigan qilib o‘rnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Birinchi qavatdagi derazalarga ichkaridan ochiladigan, tabaqali (surilma) panjaralar o‘rnatiladi. Yong‘indan saqlash narvonlari, soyavonlar yoki tutash binolar tomlari mavjud bo‘lganda panjaralar ular yaqinidagi derazalarga o‘rnatiladi (deraza panjaralari diametri kamida 12 mm bo‘lgan po‘lat simlardan yasaladi, ular ko‘pi bilan 150x150 mm katakli qilib har qaysi bostirmaga mahkamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Alohida hollarda “shaklli” panjaralar tayyorlashga yo‘l qo‘yiladi, lekin bu holda ular ishlab chiqarish binolariga kirishga mutlaqo imkon bermaydigan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Matbaa tashkilotlarining kirish eshiklari, shuningdek harf terish, bosma sexlari eshiklari (kamida 40 mm qalinlikdagi) bir xil taxtalardan yasalgan, mustahkam va ishonchli tambalar (kamida ikkita ichki qulflar) yoki shifrli qulflar o‘rnatilgan, ikki tomoni chetlari eshiklar yoniga qayirib qo‘yilgan ruxlangan, asbestli tunukalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Eshiklarga begona kishilarning kirishini taqiqlovchi trafaretlar o‘rnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harf terish, bosma sexlari (uchastkalari), shuningdek nashr qilishga (ko‘paytirishga) buyurtmalar qabul qilish va tayyor materiallarni berish bo‘yicha ish joylari olovga chidamliligi 2-darajadan past bo‘lmagan, boshqa yordamchi va xizmat binolaridan to‘silgan, yong‘indan saqlash devorlari va ularga kirishga yo‘l qo‘ymaydigan bostirmalar bilan bo‘lingan binolarda joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ish tugagach binolar qulflanadi, plombalanadi (muhrlanadi), ularning kalitlari esa maxsus daftarda sana va vaqt ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirilib qo‘riqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga beriladi. Kalitlarni berishda vaqt ko‘rsatiladi, ularni oluvchi o‘z familiyasini yozib imzo qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Matbaa tashkiloti ma’muriyatining va tahririyatning, tahririyat-nashriyot bo‘limining binolari ishlab chiqarish va omborxona binolaridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ma’muriyatga, tahririyatga va tahririyat-nashriyot bo‘limiga keluvchilarning ishlab chiqarish va omborxona binolari orqali o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shakllar yasash, harf terish, shriftlar quyish va bosma sexlari (uchastkalari) ishlab chiqarish binolarida sex (uchastka) boshlig‘i yoki tashkilot rahbari tayinlagan mas’ul shaxs bo‘lmagan vaqtda ayrim xodimlarning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yangi ochilgan va ishlayotgan matbaa tashkilotlari hududida uy-joylarni va ushbu ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan har xil xizmatlarni joylashtirishga, shuningdek matbaa tashkiloti hududida tashkilot rahbarining maxsus ruxsatisiz boshqa tashkilotlar transport vositalarining yurishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Matbaa asbob-uskunalari o‘rnatilgan ishlab chiqarish xonalarini supurish-sidirish ishlari ish vaqtida, u erda ishlovchining ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari
ishlab chiqarishni litsenziyalash
to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qog‘oz blankasining texnik parametrlariga qo‘yiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talablar
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilot buyurtmachiga bajarilgan buyurtma bilan birga qimmatli qog‘oz blankasining (namunaviy nusxaga muvofiq) texnik parametrlari yozilgan hujjatni berishga majbur, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
(birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dizaynning to‘liq tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) badiiy bezash elementlarini poligrafik bajarish usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qalbakilashtirishdan grafik himoya qilish elementlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qalbakilashtirishdan kimyoviy himoya qilish elementlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) haqiqiyligini nazorat qilish usullari va bunday nazoratni texnik jihatdan amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) qog‘ozning to‘liq tavsifi (tola bo‘yicha tarkibi, qalinligi, bir kvadrat metrining og‘irligi, qog‘ozning mexanik jihatdan pishiqligini belgilovchi ikki marta buklangan joylari soni, uzilish uzunligi, yaltiroq tolalar mavjudligi, konfyetti mavjudligi).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qog‘oz blankasining texnik parametrlari yozilgan hujjat ikki nusxada to‘ldiriladi, ulardan bittasi mahsulotni qabul qilish — berish dalolatnomasi bo‘yicha buyurtmachiga beriladi. Ikkinchi nusxasi qimmatli qog‘oz blankasining arxiv nusxasi bilan birga litsenziat-tayyorlovchida saqlanadi.
(sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 217-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 2009-y., 52-son, 568-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 18-son, 195-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)