O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda litsenziya berish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya tarkibini va komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-noyabr,
479-son
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom veterinariya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish, dublikat berish, filial ochish yoki faoliyat (filial) manzilini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlar veterinariya faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi litsenziyalovchi organ, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Qo‘mita” deb ataladi) tomonidan:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash bo‘yicha;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlar realizatsiyasi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda “Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari” deb ataladi) tomonidan:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
veterinariya davolash-profilaktika ishlari bo‘yicha;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalari realizatsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular yuzasidan xulosa tayyorlash uchun litsenziyalovchi organ Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari hamda tuman (shahar) veterinariya bo‘limlarining rahbar va xodimlarini ekspert sifatida (keyingi o‘rinlarda ekspert deb ataladi) jalb qiladi va ularning faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi nizom Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
(2-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziyalovchi organ faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, Qo‘mita tomonidan beriladigan litsenziyalarning reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organ tomonidan faoliyat yo‘nalishlarini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalanadigan veterinariya faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
veterinariya laboratoriya — diagnostika ishlari;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlarni realizatsiya qilish;
veterinariya davolash — profilaktika ishlari;
veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalarini relizatsiya qilish.
Veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari ro‘yxati Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshidagi faoliyat yo‘nalishlariga yoki uning bir qismiga (qismlariga) ega bo‘lgan litsenziatlarga o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan yoki tayyorlangan veterinariya preparatlarini realizatsiya qilish huquqi beriladi.
Litsenziya talabgorlariga:
ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziyalarni berish Qo‘mita tomonidan;
beshinchi va oltinchi xatboshidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziyalarni berish Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
4. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan veterinariya faoliyati faqat litsenziyada ko‘rsatilgan yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziya berish vaqtida ko‘rsatib o‘tilgan filiallar (alohida hududlardagi bo‘linmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashga joyi ko‘rsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar veterinariya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
veterinariya sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etish;
litsenziatning faoliyatni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etishi;
veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan subyektlar shtatidagi xodimlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalari realizatsiyasini amalga oshirishi;
yuridik shaxs shtatida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislarining mavjud bo‘lishi;
yakka tartibdagi tadbirkorning oliy yoki o‘rta maxsus veterinariya ma’lumotiga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi;
litsenziya talabgori yoki litsenziat veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga ega bo‘lishi;
tegishli tashkiliy-texnik shartlar va moddiy-texnika jihozlarining, shu jumladan, asbob-uskunalar, asboblar hamda ruxsat berilgan veterinariya texnologiyalarini qo‘llash uchun foydalaniladigan hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
veterinariya normalari va qoidalariga rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika, profilaktika va davolash usullarini, shuningdek, veterinariya preparatlarini qo‘llash;
litsenziat — yuridik shaxs tomonidan litsenziyalovchi organga veterinariya mutaxassisining ishga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish — mutaxassis ishga olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
8. Veterinariya faoliyatining tegishli yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga va boshqa texnika vositalariga qo‘yiladigan eng kam talablar belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
III. Litsenziya olishda, filial ochishda yoki faoliyat (filial) manzillari o‘zgarganda zarur bo‘lgan hujjatlar
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar;
shuningdek, telefon raqamlari hamda faoliyatni amalga oshirish (filiallar) manzillari;
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyat yo‘nalishlari;
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
v) tegishli yakka tartibdagi tadbirkorning diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Filial ochishda yoki faoliyat (filial) manzillari o‘zgarganda litsenziat litsenziyalovchi organlarga filial ochish yoki faoliyat (filial) manzillari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), o‘zgartirilgan faoliyat yoki filial manzillari;
yangi faoliyat (filial) manzillarida amalga oshirilishi mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari.
Filial ochish yoki faoliyat (filial) manzillari o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziatlarning arizasini ko‘rib chiqish muddati litsenziya talabgori arizasini ko‘rib chiqish muddatida amalga oshiriladi, shuningdek, yig‘im va bojlar undirilmaydi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgori yoki litsenziatdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori yoki litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgori yoki litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgori yoki litsenziatga yuboriladi (topshiriladi). Mas’ul xodim joyida bo‘lmaganligi tufayli hujjatlarning qabul qilinishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mas’ul xodim vaqtincha joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan xodim bajaradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori yoki litsenziat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
IV. Arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziya talabgorlarining arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
14. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi ular olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspertga yuboriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun litsenziyalovchi organ ekspert iltimosiga ko‘ra o‘z mablag‘lari hisobiga:
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishini amalga oshirish uchun mavjud sharoitlarni joylarga chiqib baholash;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
16. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan veterinariya faoliyati yo‘nalishlarining nomi;
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishi amalga oshiriladigan manzil (manzillar);
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
veterinariya faoliyatining muayyan yo‘nalishini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan yoki filial ochilgan taqdirda litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbarlari javob beradi.
(15-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etilishi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspertga yuboriladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ ekspert xulosasi asosida to‘rt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
201. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya talabgori o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan litsenziya shartnomasi tuziladi.
Litsenziya shartnomasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat hamda litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
(V-bo‘limning nomi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yuridik shaxs — litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o‘rniga litsenziat arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori taxririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
251. Qayta rasmiylashtirish, dublikat berishda oldin berilgan litsenziyalarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha vakolatli litsenziyalovchi organga murojaat qiladi.
(251-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etishga majbur bo‘lgan muddatlarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan veterinariya faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirish hollari aniqlangan taqdirda materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
VIII. Litsenziyalar reyestri
30. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Veterinariya faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestri yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida yuritiladi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar:
yuridik shaxslar uchun – tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar to‘g‘risida ma’lumotlar, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxslar uchun – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasporti ma’lumotlari, yashash manzili, telefoni;
b) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
v) litsenziya blankasining seriyasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) veterinariya faoliyati yo‘nalishi;
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 590-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son)
e) litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks;
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
z) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
33. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 203-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)