1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Ko‘rsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq to‘lash]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-son Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat bojining quyidagi stavkalari belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik maslahatxonalarni hisobga olganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarining ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, shuningdek yuridik maslahatxonalar to‘g‘risidagi nizomlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun — mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan stavkalarning 20 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boji summalari qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxslar ularning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun tegishli adliya organlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘laydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Faqat tanlangan bitta ixtisoslik bo‘yicha advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxslar advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya uchun davlat boji va ularning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imni mazkur qarorning tegishli ravishda 2-bandi beshinchi xatboshisi va 3-bandida ko‘rsatilgan summaning 50 foizi miqdorida to‘laydilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-son Qonunining 7-moddasiga muvofiq, 2009-yilning 1-yanvarigacha faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar 2009-yilning 1-iyuligacha advokatlik tuzilmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini ko‘rsatib o‘tilgan Qonunga muvofiqlashtirishi majburiyligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi va Palataning hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuzishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda amaldagi advokatlik tuzilmalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni, ularda ishlayotgan advokatlar tomonidan malaka imtihonlari qayta topshirilishini, ularga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi yangi namunadagi litsenziyalar va advokat guvohnomalari berilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Palataning hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari tarkibiga kiritilgan advokatlarga malaka imtihonlari topshirmasdan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziyalar berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmalari va ularda ishlayotgan advokatlar mazkur qarorga muvofiq tegishli ravishda advokatlik tuzilmalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berishda davlat bojlari va yig‘imlari to‘lashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 12-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2003-yil 5-noyabrdagi 485-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 109-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 9-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda malaka komissiyalari deb ataladi) qarorlari asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtisoslik faqat fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritishda advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatishda talab qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokat tanlangan ixtisoslik yo‘nalishlaridan qat’i nazar huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar berish, huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat organlarida (sud organlaridan tashqari), jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish huquqiy ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo‘yicha belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziya olish uchun advokat maqomini olishga talabgor shaxs (keyingi o‘rinlarda talabgor deb ataladi) yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida olti oy stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan advokatlik guvohnomasi advokatning maqomini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tanlangan har bir ixtisoslik bo‘yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni o‘tkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Litsenziyalarni berish talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziya O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari talablariga, Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda taqiqlanmagan vositalar va usullardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunda nazarda tutilgan hollarda tayinlov asosida jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har uch yilda kamida bir marta o‘zining kasbiy malakasini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziya olish uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor adliya organiga litsenziya berish to‘g‘risida familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport ma’lumotlari ko‘rsatiladigan arizani taqdim etishi kerak.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Adliya organi talabgorning quyidagi hujjatlarini Advokatlar palatalari huzuridagi malaka komissiyalaridan mustaqil ravishda oladi:
(81-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
(81-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan shaxsiy varaqa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyasining malaka imtihonini topshirganligi to‘g‘risidagi qarori.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Talabgordan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa bo‘limi orqali yoki elektron shaklda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar mas’ul shaxs tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan yoki axborot tizimi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektron shaklda ular olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish to‘g‘risida yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun talabgordan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani ko‘rib chiqish uchun undirilgan yig‘im summasi adliya organi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Talabgorning arizasi adliya organi tomonidan o‘n ish kuni muddatda ko‘rib chiqiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, kelib tushgan hujjatlar qo‘shimcha, shu jumladan, mustaqil ekspertizadan o‘tkazilganda adliya organi rahbari yoki uning o‘rinbosari ushbu muddatni uzaytirishi, biroq 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Talabgorning arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra adliya organi litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va talabgorni qabul qilingan qaror to‘g‘risida uch kun muddatda xabardor qiladi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma talabgorga yozma shaklda bank hisobvarag‘i rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgor davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan keyin ikki kun muddatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talabgor litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmasa adliya organi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda adliya organi rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmasiga binoan bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani bergan adliya organlari tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha litsenziyalar reyestrlari yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tarafida betlar soni, daftarni yuritish sanasi (yil, kun, oy) ko‘rsatiladi va adliya organi rahbarining muhri va imzosi qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor malaka imtihonini topshirgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin malaka imtihonini qayta topshirmasdan murojaat qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini topshirmasa yoki ularni nomuvofiq ravishda rasmiylashtirsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish staji bo‘lmasa, shuningdek advokatlik tuzilmasida kamida olti oylik stajirovkadan o‘tmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqat bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyasining amal qilish muddati tugagan shaxs qonunga muvofiq talabgor bo‘lishi mumkin bo‘lmagan uch yillik muddat o‘tmagan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni boshqa sabablarga ko‘ra, jumladan maqsadga muvofiq emas deb hisoblash sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish rad etilgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Litsenziyani berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgorga yozma ravishda va rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talabgor litsenziya berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etsa, hujjatlar adliya organi tomonidan talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Talabgor adliya organining litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatlarini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Talabgorning (advokatning) familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda u bir oy muddatda litsenziya bergan adliya organiga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgungacha advokatlik faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga talabgor (advokat)ning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikatini olish uchun talabgor (advokat) litsenziya bergan adliya organiga familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan ariza taqdim etadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi adliya organining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatini berish talabgor (advokat) arizasi olingan kundan boshlab ikki ish kuni muddatda amalga oshiriladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Advokatga guvohnoma bergan adliya organlari advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, adliya organi advokatga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘aydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Advokatga nisbatan intizomiy ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, malaka komissiyasining qaroriga asosan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida, advokat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, ushbu advokatga guvohnoma bergan adliya organiga aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokat maqomining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo‘lganidan so‘ng;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar talabgor litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Advokatura to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi oltinchi qismida va 131-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi sud qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror, tegishli ravishda advokat maqomini to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi qaror adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Adliya organlari litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi buyruq chiqqan kundan boshlab uch kun muddatda bu to‘g‘risida advokat maqomi to‘xtatib turilgan yoki to‘xtatilgan shaxsni shuningdek, Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasini yozma ravishda xabardor qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi axborot, advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan litsenziyalar reyestriga ma’lumotlar kiritish uchun litsenziya bergan adliya organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatga guvohnoma bergan adliya organi advokat maqomi to‘xtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi to‘g‘risida sud-tergov organlariga ma’lumot uchun xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq tayyorlaydi.
2. Hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa bo‘limi orqali yoki elektron shaklda ular olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.
Malaka imtihoni topshirilgandan keyin 3 oy muddatda.
1-bosqich
Talabgor
1. Mas’ul shaxs hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi, ro‘yxatning nusxasini hujjatlar qabul qilib olinganligini qayd etgan holda talabgorga jo‘natadi (yuboradi) va hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
2. Taqdim etilgan hujjatlar asosida litsenziya berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1. Hujjatlar qabul qilib olingan kunda.
2. 10 ish kuni muddatda (alohida hollarda muddatni ko‘pi bilan 10 kunga uzaytirgan holda).
2-bosqich
Adliya organi
1. Talabgorni qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
2. Litsenziya berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgorlari tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
1. Qaror qabul qilingandan keyin 3 kun muddatda
2. Hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin 10 kun muddatda.
3-bosqich
Adliya organi
Talabgorga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma jo‘natilgan vaqtdan boshlab 3 oydan kechikmay.
Litsenziya berilganligi uchun davlat bojini to‘laydi.
4-bosqich
Talabgor
Talabgor
Litsenziya berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish, hujjatlarni takroran taqdim etish.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda.
1. Talabgor litsenziya berish uchun davlat bojini to‘laganda litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.
2. Talabgorga tegishli litsenziyani beradi.
Litsenziya berish uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin 2 kun ichida.
Adliya organi
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi LITSENZIYA
Ushbu litsenziya ___________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______________________________________________________________________________________ ga berildi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ushbu litsenziya O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga advokat maqomini olish huquqini beradi.
Ruxsat berilgan ixtisoslik turlari:___________________________________________________________________
_________________________________________ (Litsenziyani bergan adliya organi rahbari F.I.O.)
Seriya ___________ №___________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_________________________ hududida advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyalarning
DAVLAT REESTRI
Tartib raqami
Litsenziya olgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi
Litsenziya olgan fuqaroning yashash joyi (litsenziya olish paytida)
Litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Litsenziyaning amal qilish muddatini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
1
2
3
4
5
6
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazish deb ataladi) hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olish (keyingi o‘rinlarda hisobga olish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarining muassislari advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) ega bo‘lgan, advokat sifatida qasamyod qabul qilgan shaxslar va advokatlar bo‘lishi mumkin, yuridik maslahatxonalar muassislari esa — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassis tomonidan (boshqa muassislar tomonidan buning uchun vakolat berilgan muassislardan biri tomonidan) imzolangan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik firmasi yoki advokatlar hay’atini tashkil etish to‘g‘risidagi, ularning muassislari to‘g‘risidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish to‘g‘risidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hay’atlari uchun) ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ta’sis yig‘ilishining protokoli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis hujjatlari davlat tilida ikkita nusxada;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud bo‘lsa — emblema va boshqa ramzlarning ham;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat statistika organi tomonidan berilgan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki o‘xshash nomlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Adliya organi quyidagi hujjatlarni mustaqil tarzda oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassislar litsenziyalarining nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, agar ular advokat maqomiga ega bo‘lmasalar.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ustav advokatlik byurosi va advokatlik firmasining, ustav va ta’sis shartnomasi esa — advokatlar hay’atining ta’sis hujjatlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’atining ustavi ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi, advokatlar hay’atining ta’sis shartnomasi esa uning muassislari bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq advokatlar hay’atlaridagi a’zolar soni o‘n nafardan kam bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hisobga olish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududiy boshqarmaning rahbari tomonidan imzolangan, yuridik maslahatxona tashkil etish zarurati asoslari aks ettirgan hisobga olish to‘g‘risidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik maslahatxona to‘g‘risidagi nizom davlat tilida ikkita nusxada;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish uchun belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yuridik maslahatxona to‘g‘risidagi nizom tegishli hududiy boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) uchun zarur bo‘lgan hujjatlar adliya organiga bevosita, pochta aloqa bo‘limi orqali yoki elektron shaklda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza adliya organi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olish to‘g‘risidagi ariza adliya organi tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik tuzilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Arizani barcha zarur hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra adliya organi ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risida yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni (hisobga olishni) rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ariza beruvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida uch kun muddatda xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi qaror adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati bo‘yicha advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda quyidagilar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organining muhri bilan tasdiqlangan, “ro‘yxatdan o‘tkazilgan” belgisi qo‘yilgan ta’sis hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud bo‘lsa — emblemasi va boshqa ramzlari ham, “tasdiqlangan” belgisi bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati bo‘yicha hisobga qo‘yilganda hududiy boshqarmaga quyidagilar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik maslahatxona to‘g‘risidagi nizom, “hisobga qo‘yildi” belgisi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhr va shtamp namunalarining eskizlari, “tasdiqlangan” belgisi bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi guvohnomalarning blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Guvohnomalarning blankalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomalar blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Adliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni berish bilan bir vaqtda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha advokatlik tuzilmalarining tegishli reyestrlari hamda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda advokatlik tuzilmasi bir vaqtning o‘zida joylashgan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlar soni, daftarni yuritish boshlangan sanasi (yil, kun, oy) ko‘rsatiladi, muhr, adliya organi rahbarining imzosi qo‘yiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Adliya organi quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazishni (hisobga olishni) rad etish huquqiga ega:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdagi hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa yoki ular lozim tartibda rasmiylashtirilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega bo‘lmasalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’sis hujjatlari qonunchilikka to‘g‘ri kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini tashkil etishning maqsadga muvofiq emasligi sababli ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizomning 15-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatda ro‘yxatdan o‘tishni rad etish bilan bir vaqtda adliya organi tomonidan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish haqida qaror qabul qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ro‘yxatdan o‘tkazishni (hisobga olishni) rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga yozma ravishda va rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazishni (hisobga olishni) rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etsa, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar adliya organi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun muddatda, hisobga olish bo‘yicha hujjatlar esa — uch kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tkazishni (hisobga olishni) rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchi adliya organining ro‘yxatdan o‘tkazishni (hisobga olishni) rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlariga (nizomlariga) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari qayta tashkil etilganda ro‘yxatdan o‘tkazgan (hisobga olgan) adliya organiga yetti kun muddatda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati vakolatli organlarining ta’sis hujjatlariga (advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari uchun) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatxona to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i (yuridik maslahatxonalar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustavga va (yoki) ta’sis shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’atining muhri qo‘yilgan ikki nusxadagi matni (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik maslahatxona to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarning uni tashkil etgan hududiy boshqarma muhri qo‘yilgan ikki nusxadagi matni (yuridik maslahatxonalar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nom o‘zgartirilganda — ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki o‘xshash nomlar yo‘q ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek ikki nusxada yangi shtamp va muhr namunalarining eskizlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik tuzilmasini ajratib chiqarish yoki qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislik to‘g‘risidagi nizomni o‘z ichiga olgan bo‘lish balansi yoki topshirish dalolatnomasi, shuningdek qo‘shilayotgan advokatlik tuzilmasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlariga (nizomlariga) kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur advokatlik tuzilmalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (hisobga olingan) tartibda va muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga (“Qo‘shimcha ma’lumotlar” ustuniga) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pochta manzili o‘zgarganda advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari va yuridik maslahatxonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalar o‘n kun muddatda ro‘yxatdan o‘tkazgan (hisobga olgan) adliya organini bu haqda xabardor qilishi shart. Bunda davlat boji undirilmaydi. Adliya organlari bildirishnomani olgan kuni bu o‘zgarishlarning axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga kiritilishini ta’minlaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Advokatlik tuzilmalarining faoliyatini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Adliya organlari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar sifatida advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavdagi faoliyatga, qayta tashkil qilish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Yuridik maslahatxonalar faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlanganda taqdimnomalar adliya organlari tomonidan ushbu yuridik maslahatxonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalarga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) tartibi buzilganda, shuningdek ta’sis hujjatlarining talablariga rioya etilmaganda adliya organi advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati va tegishli hududiy boshqarmadan iqtisodiy sud orqali bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Bunday da’vo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishda adliya organlari davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati jarima undirilgandan keyin qonunchilikni va ta’sis hujjatlari talablarini buzishda davom etsalar adliya organi iqtisodiy sudga ularni tugatish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqlidir.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Advokatlik tuzilmalari o‘z faoliyati natijalarini hisobga olib boradilar va tegishli hududiy boshqarmalarga O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan shakl bo‘yicha va muddatda statistik ma’lumotlar taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Advokatlik tuzilmalarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini qayta tashkil qilish ularning muassislari (sheriklari, a’zolari) qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini tugatish ularning muassislari (sheriklari, a’zolari) yoki iqtisodiy sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurosining muassisi bo‘lgan advokatning litsenziyasi amal qilishining tugatilishi adliya organining da’vo arizasiga ko‘ra ushbu advokatlik byurosining tugatilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yuridik maslahatxonalar faoliyatini to‘xtatish ularni tashkil etgan hududiy boshqarmalarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini qayta tashkil qilish va tugatish hamda yuridik maslahatxonalar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/675/1885-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish) to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay’atining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida