ILOVA
| “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| Amaldagi tahrir | Taklif etilayotgan tahrir | Asoslantirish |
| 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻiga, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazishda qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararli organizmlardan himoya qilishni taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Tahririy tuzatishlar kiritilmoqda. |
| 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: begona oʻtlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy oʻsimliklar orasida oʻsib koʻpayishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki oʻsimliklar; zararkunandalar — qishloq xoʻjalik oʻsimliklariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan jonivorlar va hasharotlar; Toʻldirilmoqda pestitsidlar — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xoʻjalik oʻsimliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari; fitosanitariya nazorati — zararli organizmlar va ular tabiiy kushandalarining tarqalishi, shuningdek ularning rivojlanish surʼati va zararlilik darajasini kuzatib borish hamda aniqlash; oʻsimliklarni himoya qilish vositalari — oʻsimliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamenti — oʻsimliklarni himoya qilish vositasi sifatida qoʻllaniladigan har bir kimyoviy yoki biologik vositadan foydalanishda rioya etilishi shart boʻlgan talablar (usullar, davriylik, muddatlar, normalar va boshqalar); oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizm. Toʻldirilmoqda | 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: begona oʻtlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy oʻsimliklar orasida oʻsib koʻpayishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki oʻsimliklar; zararkunandalar — qishloq xoʻjalik oʻsimliklariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan jonivorlar va hasharotlar; zararli organizmlar — tuproq, oʻsimlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan zararkunandalar, begona oʻtlar va oʻsimlik kasalliklari; pestitsidlar — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xoʻjalik oʻsimliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari; fitosanitariya nazorati — zararli organizmlar va ular tabiiy kushandalarining tarqalishi, shuningdek ularning rivojlanish surʼati va zararlilik darajasini kuzatib borish hamda aniqlash; oʻsimliklarni himoya qilish vositalari — oʻsimliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamenti — oʻsimliklarni himoya qilish vositasi sifatida qoʻllaniladigan har bir kimyoviy yoki biologik vositadan foydalanishda rioya etilishi shart boʻlgan talablar (usullar, davriylik, muddatlar, normalar va boshqalar); oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizm; oʻta xavfli zararli organizmlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tasdiqlangan, oʻta xavfli zararli organizmlar roʻyxatiga kiritilgan va davriy ravishda ommaviy koʻpayish hamda tarqalish xususiyatiga ega boʻlgan, iqtisodiy va ekologik zarar yetkazadigan zararkunandalar hamda oʻsimlik kasalliklari. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga mos keladigan zararli organizm tushunchasidan foydalanish munosabati bilan kiritilmoqda.
Mazkur tushuncha oʻta xavfli zararli organizmlarni alohida guruhga ajratish zarurati bilan bogʻliq holda kiritilgan, chunki amaliyotga koʻra, har yili Davlat budjetidan ularga qarshi kurashish uchun, shu jumladan, hosilni saqlab qolish maqsadida favqulodda vaziyatlar uchun mablagʻlar ajratiladi. |
| 5-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari
Maxsus vakolatli organ: oʻsimliklarni himoya qilishning samarali, ekologik jihatdan xavfsiz va kam zaharli vositalarini qoʻllash hisobiga qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish va ularning hosilini saqlab qolishga qaratilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini amalga oshiradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalari yuzasidan xulosa beradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qilib boradi; oʻsimliklarni himoya qilishda Qoʻllanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini yuritadi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qoʻllash reglamentlariga rioya etish, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻi va atrof muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifati ustidan nazoratni uyushtiradi, ulardan foydalanishga doir xulosalar beradi, agar inson sogʻligʻi va atrof muhitga nomaqbul taʼsir koʻrsatayotgani aniqlansa, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoyasi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organidir. Agentlik: oʻsimliklarni himoya qilishning samarali, ekologik jihatdan xavfsiz va kam zaharli vositalarini qoʻllash hisobiga qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish va ularning hosilini saqlab qolishga qaratilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini amalga oshiradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalari yuzasidan xulosa beradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qilib boradi; oʻsimliklarni himoya qilishda Qoʻllanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini yuritadi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qoʻllash reglamentlariga rioya etish, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻi va atrof muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifati ustidan nazoratni uyushtiradi, ulardan foydalanishga doir xulosalar beradi, agar inson sogʻligʻi va atrof muhitga nomaqbul taʼsir koʻrsatayotgani aniqlansa, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi; oʻta xavfli zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlaydi; oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, ularni tashish, saqlash va qoʻllash qoidalariga rioya qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa mamlakatlardan zararli va oʻta xavfli zararli organizmlarning kirib kelishi xavfini mahalliylashtirish hamda bartaraf etish choralarini koʻradi; dala sharoitida tuproqning agrokimyoviy tahlilini, mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilishni, pestitsid qoldiqlarini, tuproqdagi ogʻir metallar tuzlarining nitratlarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining radiologik va toksikologik tahlilini olib boradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6262-son Farmoni 1-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilgan. Shunga koʻra muvofiqlashtirilmoqda. Tahririy tuzatishlar kiritilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori 5-bandiga asosan Agentlikning vakolatlari belgilangan boʻlib, mazkur qarorga muvofiqlashtirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori 5-bandiga asosan Agentlikning vakolatlari belgilangan boʻlib, mazkur qarorga muvofiqlashtirilmoqda. |
|
| 81-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishgan holda oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini zararsizlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish; ixtisoslashtirilgan saqlash obyektlarini (koʻmish maydonlarini) qurish, saqlash va taʼmirlashni amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarda oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari zaxiralarini shakllantiradi; Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
Xorijiy davlatlar, jumladan Qozogʻiston, Belorus Respublikasining mazkur sohadagi qonunchilik tajribasi oʻrganilganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qayd etilgan. |
|
| 29-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik Xalqaro hamkorlik xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Xalqaro hamkorlik doirasida Agentlik: oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli tashkilotlar bilan oʻsimliklarni himoya qilish sohasida axborot almashish; Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun moʻljallangan oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish joylarida pestitsidlardan foydalanish boʻyicha majburiy talablarga rioya etilishiga oid chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan faoliyatni amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori 5-bandiga asosan Agentlikning vakolatlari belgilangan boʻlib, mazkur qarorga muvofiqlashtirilmoqda. |
| “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
|
Toʻldirilmoqda Toʻldirilmoqda | 71-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashdagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash; davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni rasmiy veb-saytiga joylashtirish (eʼlon qilish) boʻyicha majburiyatlari hisobini yuritish; davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga koʻmaklashish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni umumxalq muhokamasiga chiqarish; ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini uzluksiz toʻldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashish; davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni muntazam ravishda buzayotgan aybdor mansabdor shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borish; Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-sonli Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda. |
|
| 72-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:. axborot olish erkinligi tamoyillari va kafolatlariga rioya etilishini taʼminlash; fuqarolarning soʻz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashda ishtirok etish; davlat organlari va tashkilotlariga ular faoliyatining ochiqligini taʼminlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va boshqa tashkilotla� faoliyati toʻgʻrisida axborot olish huquqini taʼminlashga koʻmaklashish; davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro ochiq muloqot, hamkorlik oʻrnatishda uslubiy va amaliy koʻmak berish; davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy koʻmak berish; davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot xizmatlari oʻzaro hamkorligini taʼminlash; davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish; davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-sonli Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda. |
| Toʻldirilmoqda
| 91-modda. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasida majburiyatlari Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasida quyidagilarga majbur: oʻz vakolati doirasida axborotdan foydalanishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy texnik va boshqa shart-sharoitlarni yaratish; axborot aniq va toʻliq taqdim etish; axborot bilan taʼminlashning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlariga rioya qilish; axborotni sifatli va oʻz vaqtida taqdim etish ustidan ichki nazoratni amalga oshirish; axborot olish boʻyicha soʻrovlar hisobini yuritish, umumlashtirish va tahlil qilish; ochiq maʼlumotlar portali va rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilab borish; ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar, shuningdek boshqa axborot resurslari orqali aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish; ommaviy axborot vositalarida davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining chiqishlarini tashkil etish; davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish. Davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-sonli Farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasidagi majburiyatlari belgilanmoqda. |
|
| 101-modda. Ochiq maʼlumot Davlat organlari va tashkilotlarining davlat siri yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir istisno etgan holda foydalanish erkin va bepul boʻlgan maʼlumotlari ochiq maʼlumotlar hisoblanadi. Internet jahon axborot tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlarini joylashtirish uchun moʻljallangan data.gov.uz elektron manzili ochiq maʼlumotlar portalidir. | Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlarini aniqlashtirish maqsadida kiritilmoqda |
| 19-modda. Soʻrovni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi Axborotdan foydalanuvchining soʻrovi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqilishi kerak. | 19-modda. Soʻrovni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi Axborotdan foydalanuvchining soʻrovi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan yetti kunlik muddatda koʻrib chiqilishi kerak. | Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 351-moddasiga muvofiq oʻzgartirish kiritilmoqda. |
| “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| 2-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik va qonunning amal qilish sohasi Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yoʻlovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
| 2-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik va qonunning amal qilish sohasi Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yoʻlovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish, shuningdek harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Yoʻlovchi tashish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar asosan Fuqarolik Kodeksi orqali ham tartibga solinib kelinadi. “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasini oʻxshashlik boʻyicha qoʻllash asosida toʻldirilmoqda. Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikka muvofiq Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan. Misol uchun, Rossiya Fe�eratsiyasida Yoʻlovchilar va bagajni avtomobil transportida va shahar elektr transportida tashish qoidalari Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2020-yil 1-oktabrdagi 1586-son qarori bilan tasdiqlangan. |
| 4-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining mulk shakllari Shahar yoʻlovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin. | 4-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining mulk shakllari Shahar yoʻlovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk shakllarida boʻlishi mumkin. | Shakllarida soʻzini qoʻshish orqali, mulk shakllari tushunchasi yanada oydinlashadi. |
| 5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi. Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilanga� yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi. Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) koʻrsatishi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi. | 5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar (shu jumladan, elektrobuslar, mikroavtobuslar), tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi. Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi. Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovaga ega moslama koʻrsatkichi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi. | Oʻzgartirishlar qoʻllash amaliyotini hisobga olgan holda hamda xorijda va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan elektromobil va elektrobuslar sonini sezilarli darajada oshirish orqali xavfli ekologik taʼsirlarni kamaytirish va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida kiritilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Pr�zidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 7-maydagi PQ-5108-son qarorining 5-bandiga muvofiq yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talablari bekor qilingan. . Shu bilan birga, 6-bandga muvofiq yoʻnalishsiz taksi uchun toʻlovni amalga oshir, shuningdek, bosib oʻtilgan yoʻlni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar boʻlishi haqida talablar joriy etilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarorining 4-bandiga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab yoʻnalishsiz taksi uchun talab etiladigan toʻlov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkinligi belgilangan. |
| 7-modda. Yoʻlovchi tashish shartnomasi ... Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir: tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs; ... | 7-modda. Yoʻlovchi tashish shartnomasi ... Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir: tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan (tramvay va trolleybuslardan tashqari) yuridik shaxs; ... | Qoʻllash amaliyotiga muvofiqlashtirilmoqda. |
| 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash; aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash; ... | 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash; transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash; ... | Oʻz ahamiyatini yoʻqotganligi sababli chiqarib tashlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarorining 4-bandiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi shahar yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirilgan. Soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni bilan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazi�ligi tashkil etilgan. Transport vazirligi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish vakolatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish amaliyoti bekor qilingan. |
| 13-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: ... Toʻldirilmoqda | 13-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: ... (oʻninchi xatboshi) shaharda yoʻlovchilar tashish sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda oʻquv stajirovkasi va seminarlar oʻtkazilishini tashkil etish; | Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasida kadrlar malakasiga eʼtiborni kuchaytirish yoʻli bilan harakat xavfsizligini taʼminlashga erishiladi. |
| 14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi. Shaharda yoʻlovchilar tashish uchun litsenziya berish va uni qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | 14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida (tramvay va trolleybuslardan tashqari) amalga oshiradi. Shaharda yoʻlovchilar tashish uchun litsenziya berish, toʻxtatib turish, bekor qilish va amal qilishini tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda qoʻllash amaliyotiga muvofiqlashtirilmoqda. |
| 14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi. | 14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni, tender oʻtkazish natijalari asosida taqdim etiluvchi, maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi. | Rossiya Federatsiyasi “Rossiya Federatsiyasida avtomobil va shahar quruqlikdagi elektr transportida yoʻlovchilar va yuklarni muntazam tashishni tashkil etish va Rossiya Federatsiyasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasida “ochiq konkurslar” oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, unga koʻra, ochiq konkurs oʻtkazishning maqsadi munitsipal muntaz�m transport qatnovi yoʻnalishlarida yoʻlovchi yoki yuk tashish huquqini qoʻlga kiritishdir. |
| 15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. | 15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi davlat budjeti, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi. | Shahar yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashda boshqa investi�iyalardan ham foydalanish davlat budjetini chiqimlarini kamayishiga va shu bilan birga ilmiy ish natijalarini hayotga tatbiq qilinishi esa davlatga yanada koʻproq foyda keltiradi. |
| 15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | |
| 19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari Toʻld�rilmoqda
Toʻldirilmoqda (uchinchi qism) Yoʻlovchilarning, shu jumladan nogironlar va bolali yoʻlovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini taʼminlash maqsadida bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillari hududida jihozlangan supachalar boʻlishi lozim. | 19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari (uchinchi qism) Umumiy foydalanishdagi muntazam shahar yoʻlovchi avtomobil transportida yoʻnalishlarni joylashtirish faqat ochiq tender asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno. (toʻrtinchi qism) Yangi yoʻnalishlarni ochish oʻrganish natijalari asosida, fuqarolar manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. (beshinchi qism) Yoʻlovchilarning, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligiyeni taʼminlash maqsadida bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillari hududida jihozlangan supachalar boʻlishi lozim. | Xalqaro tajribani (XXR, Qozogʻiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va boshqa YI davlatlari) inobatga olgan holda, avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish doirasida kiritilmoqda. Shunga oʻxshash normalar “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qozogʻiston Respublikasi 2003-yil 4-iyuldagi 476-son Qonunining 21-moddasida, “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Ukraina Qonunining 43-moddasida, “Avtomobil transporti va avtomobil tashuvlari toʻgʻrisida”gi Belarus Respublikasi 2007-yil 14-avgustdagi 278-Z-son Qonunining 24-moddasida aks ettirilgan. Gollandiyaning “Yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni transport xizmatlarini yetkazib beruvchilarda jamoat transporti xizmatlarini koʻrsatish uchun konsessiya boʻlishi kerakligini nazarda tutadi. Tender asosida berilgan konsessiya transport xizmatlarini yetkazib beruvchiga belgilangan hududda ishlash uchun mutlaq huquq beradi. Mahalliy hokimiyat organlariga konsessii muddati boʻyicha oʻzlari qaror qabul qilish huquqi berilgan. Bunda ushbu muddat olti yildan oshmasligi lozim. Xelsinki shahar maʼmuriyati oʻxshash malaka va harakat tarkibiga ega boʻlgan transport tashkilotlari oʻrtasida tanlov asosida yoʻnalishlar taqsimlaydi. London va Skandinaviya mamlakatlari poytaxtlarida transport korxonalarining yoʻnalishlar tarmogʻiga chiqishi tanlov tartib-taomillari orqali amalga oshiriladi. Bunda, yoʻnalishlar tarmogʻi bir yoʻnalishda faqat bitta tashuvchi ishlay oladigan tarzda taqsimlanadi. Hozirgi kunda, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son hamda 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish qatʼiy ravishda tender asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yangi yoʻnalish ochilgandan keyin uch-toʻrt oy mobaynida yangi yoʻnalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi; k)sha-yoʻl tarmogʻida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yoʻnalishlar joriy etilishi; yoʻnalishlarning tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida bajarilishi; dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat koʻrsatish davrida mavsumiy yoʻnalishlarning tashkil etilishi kabi holatlar bundan mustasnoligi koʻrsatib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirilmoqda. |
| 21-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalariga qoʻyiladigan talablar (birinchi qism) Shahar yoʻlovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnikaviy shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim. Transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. ... (beshinchi qism) Tashuvchi shahar yoʻlovchilar transportida nogironlar va bolali yoʻlovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi. (oltinchi qism) Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari boʻlishi lozim. ... | 21-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalariga qoʻyiladigan talablar (birinchi qism) Shahar yoʻlovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar, sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlari va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim. Transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. ... Tashuvchi shahar yoʻlovchilar transportida nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi. Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan rangga boʻyalgan va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari boʻlishi lozim. ... | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirilmoqda. Yoʻnalishsiz taksidan foydalanayotgan odam rangidan ajratib olishi mumkin boʻladi. |
| 23-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari Tashuvchi: (birinchi qismning ikkinchi xatboshisi) shaharda yoʻlovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlishi; ... (birinchi qismning beshinchi xatboshisi) mehnatni muhofaza qilish, yongʻindan saqlash xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarishi; ... | 23-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari Tashuvchi: shaharda yoʻlovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlishi (tranvay va trolleybuslardan tashqari); ... mehnatni muhofaza qilish, yongʻindan saqlash xavfsizligi, sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari, shuningdek ekologik talablarini bajarishi; ... | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda qoʻllash amaliyotiga muvofiqlashtirilmoqda. |
| 25-modda. Yoʻlovchilarning majburiyatlari Yoʻlovchilar: yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari; yoʻl haqi va bagaj tashish haqini oʻz vaqtida toʻlashlari, chiptani manzilga yetgunga qadar saqlashlari va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan koʻrsatishlari; ... | 25-modda. Yoʻlovchilarning majburiyatlari Yoʻlovchilar: yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari; yoʻl haqi va bagaj tashish haqini oʻz vaqtida toʻlashlari; ... | Chiptasiz shaklga oʻtilganligi munosabati bilan uning nazorati ham kerak emas. |
| 27-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Toʻldirilmoqda | 27-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik (uchinchi qism) Yoʻnalishlardagi harakat jadvalini buzganligi uchun shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi va tashuvchi tashkilot rahbarlari qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Yoʻnalishlardagi harakat jadvaliga rioya etilishni taʼminlash va shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi rahbariyati va avtokorxona rahbarlari masʼuliyatlarini yanada oshirish. |
| “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| 21-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: Oʻzbekiston Respublikasining ishonchli uchinchi tomoni — transchegaraviy oʻzaro aloqalar doirasida xorijiy elektron raqamli imzoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydigan maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan xizmat; hujjatning elektron nusxasi — asl hujjatning koʻrinishi va maʼlumotlarini toʻliq aks ettirilgan elektron shakldagi hujjat; elektron arxiv — tashkilotning tarkibiy dasturiy tizimida shakllantirilgan elektron hujjatlar va qogʻoz shaklidagi hujjatlarning elektron nusxalari jamlamasi; elektron hujjat aylanish tizimi — Oʻzbekiston Respublikasining ushbu qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadigan ishtirokchilar oʻrtasidagi munosabat. | Qonunda qoʻllanilgan terminlarni kengroq yoritib berish maqsadida asosiy tushunchalar kiritilmoqda. | |
| 5-modda. Elektron hujjat Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot elektron hujjatdir. Toʻldirilmoqda Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. | 5-modda. Elektron hujjat Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot elektron hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi talab etilmaydigan elektron hujjatlar roʻyxatiga kiritilgan elektron hujjatlar bundan mustasno. Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. | Elektron hujjatlarga qoʻyiladigan talablarni yanada aniqlashtirish maqsadida tahririy tuzatish kiritilmoqda. |
| 91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron hujjat aylanishi sohasidagi vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: elektron hujjat aylanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; elektron hujjat aylanishini amalga oshirish, rasmiylashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek elektron hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi; elektron hujjat aylanishi sohasidagi dasturlarning hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini (qabul qilinishini) va amalga oshirilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi; davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron hujjat aylanishi masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi. | Qonunda mavjud havolaki normalarning amalga oshirilishi belgilangan qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilmagan hamda ishlab chiqilganlari hozirgi kunda oʻz kuchini yoʻqotgan. Shu bilan birga, Qonunda Hukumat va masʼul davlat boshqaruvi organining vakolatlari belgilanmagan. Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Hukumat va masʼul davlat boshqaruvi organining vakolatlari belgilanishi va kelgusida havolaki normalarning amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishi taʼminlanadi. | |
| 92-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron hujjat aylanishi sohasidagi vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: elektron hujjat aylanishi sohasidagi dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; elektron hujjat aylanishi sohasidagi dasturlarni ishlab chiqishda davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashadi; elektron hujjat aylanishini amalga oshirish, rasmiylashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek elektron hujjatlarni saqlash tartibini belgilashda ishtirok etadi; elektron hujjat aylanishining keng tatbiq etilishi maqsadida aholi, tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari va nodavlat tashkilotlari oʻrtasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib boradi. | Qonunda mavjud havolaki normalarning amalga oshirilishi belgilangan qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilmagan hamda ishlab chiqilganlari hozirgi kunda oʻz kuchini yoʻqotgan. Shu bilan birga, Qonunda Hukumat va masʼul davlat boshqaruvi organining vakolatlari belgilanmagan. Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Hukumat va masʼul davlat boshqaruvi organining vakolatlari belgilanishi va kelgusida havolaki normalarning amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishi taʼminlanadi. | |
| “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| 17-modda. Donorning huquqlari Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish chogʻida donor qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: sogʻligʻi saqlanishi kafolatining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanishi; sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi; bepul ovqat bilan taʼminlanish.
Donor qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | 17-modda. Donorning huquqlari Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish chogʻida donor qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: sogʻligʻi saqlanishi kafolatining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanishi; sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi; bepul ovqat bilan taʼminlanish; istalgan vaqtda donorlik qilishdan sabablarini koʻrsatmagan holda ixtiyoriy voz kechish. Donor qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Ushbu norma qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish chogʻida donorlar tomonidan donorlik qilishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tartibini belgilash maqsadida kiritilmoqda. |
| 23-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini olib kirish va olib chiqish Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Toʻldirilmoqda | 23-modda. Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini olib kirish va olib chiqish Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga gumanitar yordam sifatidaolib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini sotish maqsadida olib chiqish taqiqlanadi. | Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini, shuningdek donor qoni preparatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish tartibini aniqlashtirish maqsadida, shuningdek Rossiya Federatsiyasining “Qon va uning tarkibiy qismlarini donorlik qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga asosan kiritilmoqda. |
| 25-modda. Favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish | 25-modda. Favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar roʻy bergan hollarda va favqulodda vaziyatlar xavfi paydo boʻlganda oʻz vaqtida harakatlanish, tegishli maʼmuriy-hududiy birliklarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish ishlariga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: moʻljallanayotgan donorlar roʻyxatlarini aniqlashtirish; shikastlanganlar uchun qon topshirish shoxobchalarini aniqlash va tashkil etish; donor qonini tayyorlash boʻyicha koʻchma brigadalar tashkil etish; donor qonini tayyorlash va tekshirish uchun reaktivlar va uskunalar zaxirasini yaratish; aholi oʻrtasida qon donorligi boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish; donorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini va donor qonini tayyorlashda sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlash. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar roʻy bergan hollarda va boshqa favqulodda vaziyatlarda qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Respublikamiz hududida yuzaga kelgan koronavirus infeksiyasi keng tarqalib ketishini va kasallikning yuqish xavfini oldini olish, tashkilotlar, korxonalar faoliyatining toʻxtatilishi, transport cheklovlari, fuqarolar harakatining cheklanishi, karantin choralarining koʻrilishi natijasida 2020-yilning mart-iyun oylarida potensial donorlar soni va qon xizmati muassasalariga qon topshirish uchun murojaat etuvchi shaxslar soni keskin kamaydi. Sogʻliqni saqlash vazirligining murojaati bilan respublikada Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari va Milliy gvardiya qoʻshinlari hamda xodimlari ishtirokida donorlik aksiyalari oʻtkazildi. Shu bilan aholini karantin paytida zarur qon komponentlari bilan taʼminlashda uzilishlar boʻlmadi. Favqulodda vaziyatlarda oʻz vaqtida harakatlanish, qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish ishlariga tezkor harakatlarni amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilanishi qon mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlashda ahamiyatga ega. |
|
Toʻldirilmoqda Toʻldirilmoqda | 251-modda. Qon bilan ishlash xizmati avtomatlashgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasida donorlardan qon va (yoki) uning tarkibiy qismlarini olish jarayonlari nazoratini taʼminlash maqsadida qon bilan ishlash xizmati avtomatlashgan axborot tizimini yaratish va yuritish amalga oshiriladi. Qon bilan ishlash xizmati avtomatlashgan axborot tizimida donorlar va donorlikdan chetlashtirilgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi, qon bilan ishlash xizmati muassasasida qon va uning komponentlarini tayyorlash, laborator tekshirish, tayyor qon komponentlarini hisobga olish va davolash muassasalariga berish bilan kechadigan barcha jarayonlar jamlanadi. Qon bilan ishlash avtomatlashgan axborot tizimi davolash muassasalari, OITSga qarshi kurash, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, narkologiya va dermato-veneralogiya xizmatlari avtomatlashgan axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi. Avtomatlashgan axborot tizimi: qon bilan ishlash xizmati muassasalarida donorlarni tanlash, qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va davolash muassasalariga taqsimlash, qon tarkibiy qismlarini klinik qoʻllanishida sifat nazoratini; Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan avtomatlashtirilgan tizim qatnashchilari orasida axborot almashinuvini va uni muntazam kuzatib borishni; respublikada donorlik holatini tahlil qilishni taʼminlaydi. | Donorlar va donorlikdan chetlashtirilgan shaxslar maʼlumotlar bazasi, qon bilan ishlash xizmati muassasasida qon va uning komponentlarini tayyorlash, laborator tekshirish, tayyor qon komponentlarini hisobga olish va davolash muassasalariga berish bilan bogʻliq jarayonlarni nazorat qilish maqsadida kiritilmoqda. |
| “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun | ||
| Muqaddima (birinchi qism) Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan bir qatorda kooperatsiya faoliyatining oʻziga xos jihatlarini belgilaydi. | Muqaddima (birinchi qism) Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan bir qatorda kooperatsiya faoliyatining oʻziga xos jihatlarini belgilaydi. | “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2001-yil 20-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan. Shu sababli “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tahririy oʻzgartirishlar kiritish lozim. |
| 2-modda. Kooperatsiya toʻgʻrisida qonunchilik (birinchi qism) Barcha turdagi kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalarini tuzishning, ular faoliyatining, ularni qayta tuzish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari ushbu Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. | 2-modda. Kooperatsiya toʻgʻrisida qonunchilik (birinchi qism) Barcha turdagi kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalarini tuzishning, ular faoliyatining, ularni qayta tuzish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. | |
| “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| 3-modda. Ijara munosabatlarining obyekti (birinchi qism) Quyidagilar ijara munosabatlarining obyektlari boʻlishi mumkin, chunonchi: ... Toʻldirilmoqda ... | 3-modda. Ijara munosabatlarining obyekti (birinchi qism) Quyidagilar ijara munosabatlarining obyektlari boʻlishi mumkin, chunonchi: ... (ikkinchi qism) Bundan belgilan�an tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmagan mulk mustasno. ... | Amaldagi qonunchilikda kadastr hujjati yoʻq mulkka ijara shartnomasi rasmiylashtirilmasligi toʻgʻrisidagi norma mavjud emas. Ushbu qoʻshimcha ijaraga topshirishga yoʻl qoʻyilmaydigan mulk turlarini belgilash boʻyicha qonunchilikda mavjud boʻshliqlarni toʻldiradi. Tahlillarga koʻra 2021-yilning 30-iyul holatida jami 46 538 tadbirkorlik subyekti yangi ochilgan boʻlib, shundan 1 364 tasi (3,2 %) manzilda yoʻq. |
| 5-modda. Ijara shartnomasi (birinchi qism) Tomonlarning ixtiyoriyligi va toʻla teng huquqliligi asosida maʼlum muddatga tuziladigan ijara shartnomasi ijara munosabatlarining yuzaga kelishiga asos boʻladi. Bunda qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish uchun erni, boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish uzoq muddatga — kamida 5 yilga moʻljallangan boʻlishi kerak.
... | 5-modda. Ijara shartnomasi (birinchi qism) Tomonlarning ixtiyoriyligi va toʻla teng huquqliligi asosida maʼlum muddatga tuziladigan ijara shartnomasi ijara munosabatlarining yuzaga kelishiga asos boʻladi. Bunda qi�loq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish uchun erni, boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish uzoq muddatga — kamida 5 yilga moʻljallangan boʻlishi kerak. (ikkinchi qism) Koʻchmas mulk ijara shartnomalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. Bunda davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-sonli qarorida 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibini oʻrnatish orqali koʻchmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash boʻyicha talab bekor qilinishi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi 6098-sonli Farmoniga (3-ilova, 35 bandi) asosan ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyishning jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibini yuridik shaxslarga nisbatan ham tatbiq etish belgilangan. Vazirlar Mahkamasining (595-son, 22.09.2021-y.) qarorida ham 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar ishtirokidagi koʻchmas mulk ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi belgilangan. Respublika boʻyicha 4 487 ta yuridik shaxslar tomonidan 20 534 ta noturar obyektlar 2020-yilda 310,1 mlrd soʻmga shartnoma asosida ijaraga berilgan. Amalda oʻtkazilgan oʻrganishlar asosida “bozor bahosida” hisoblaganda bir yilga 3 707,1 mlrd soʻm ijara toʻlovi boʻyicha shartnoma tuzilganda, 414 mlrd.soʻm (QQSga 225 mlrd soʻm, foyda soligʻiga 153 mlrd soʻm va aylanmadan olinadigan soliqqa 36 mlrd soʻm) qoʻshimcha soliq toʻlovi undirish imkoniyati mavjud boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori 24-bandida yuridik shaxslar uchun mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, biroq davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmasligi belgilangan. Bugungi kunda yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soliq organlarida elektron hisobga qoʻyilmaganligi sababli, belgilangan meʼyordan kam summaga tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha soliq nazoratini taʼminlash imkoniyati mavjud emas. |
| 22-modda. Ijara korxonasining maqomi (ikkinchi qism) Ijara korxonasini tashkil etish, uning faoliyati va uni tugatish “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. ... (oltinchi qism) Ijara korxonasini boshqarish “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va ustavga muvofiq amalga oshiriladi. | 22-modda. Ijara korxonasining maqomi
(oltinchi qism) Ijara korxonasini boshqarish qonunchilik hujjatlari va ustavga muvofiq amalga oshiriladi. | “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan. Shu sababli Qonunga tahririy oʻzgartirish kiritilmoqda. |
| 32-modda. Ijara munosabatlari subyektlarining javobgarligi. (ikkinchi qism) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ijara toʻgʻrisidagi qonunchilikni oʻzgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik koʻzda tutilishi mumkin. | 32-modda. Ijara munosabatlari subyektlarining javobgarligi. (ikkinchi qism) Ijara toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Davlat mulkini ijaraga berishda mavjud kamchiliklar va ushbu kamchiliklarni yuzaga keltiruvchi qonunbuzilish holatlarining oldini olish uchun mazkur oʻzgartirish kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. |
| 539-modda. Mulk ijarasi shartnomasining shakli Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda esa, muddatidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. | 539-modda. Mulk ijarasi shartnomasining shakli Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda esa, muddatidan qatʼi nazar, ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasida ikki tomonlama elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) yoki yozma ravishda tuzish orqali rasmiylashtirilishi shart. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-son qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan boshlab barcha auksion savdolari natijalari S)K.-kod (matrik shtrixli kod)ni qoʻllash orqali rasmiylashtirish, “mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali auksionda ishtirok etish hamda davlat mulki obyektlarini ijaraga berish shartnomasini ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtirish belgilangan. |
| 540-modda. Mulk ijarasi shartnomasining muddati (ikkinchi qism) Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin. | 540-modda. Mulk ijarasi shartnomasining muddati (ikkinchi qism) Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma yoki rasmiy elektron platforma tizimining “mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mob�l ilovalar orqali ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-son qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan boshlab barcha auksion savdolari natijalari ^K-kod (matrik shtrixli kod)ni qoʻllash orqali rasmiylashtirish, “mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali auksionda ishtirok etish hamda davlat mulki obyektlarini ijaraga berish shartnomasini ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtirish belgilangan. |
| “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| 1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi boʻlib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. ... | 1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir. Xalq deputatlari Kengashiga rais rahbarlik qiladi hamda xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari raislari, xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatlari mudirlari doimiy asosda faoliyat yuritadi. Ular deputatlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashlari raislari, xalq deputatlari Kengashlari d�imiy komissiyalari raislari, xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatlari mudirlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va ularning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi boʻlib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokim xalq deputatlari Kengashi deputati boʻlishi mumkin emas hamda uning xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi. ... | Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomini belgilash va ularning jamiyatdagi rolini oshirish hamda ularning yanada mustaqil faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida quyidagilar taklif etilmoqda: xalq deputatlari Kengashlariga Kengash raisi rahbarlik qilishini belgilash; xalq deputatlari Kengashlari raislari, xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, xalq deputatlari Kengashlari kotibiyatlari mudirlari doimiy asosda faoliyat yuritishi, ular deputatlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emasligi nazarda tutish; hokim ushbu hududning ijroiya hokimiyatini boshqarishi va u xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdorligi, hokim tomonidan xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga aralashish taqiqlanishi qayd etish. |
| Toʻldirilmoqda | 61-modda. Xalq deputatlari Kengashi Rayosati Xalq deputatlari Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Kengashi Rayosati tuziladi. Xalq deputatlari Kengashi Rayosati xalq deputatlari Kengashi majlislari oraligʻida zaruratga qarab toʻplanadi. Xalq deputatlari Kengashi Rayosati tarkibiga xalq deputatlari Kengashi raisi, xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalari raislari, xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri kiradi. Xalq deputatlari Kengashi raisi xalq deputatlari Kengashi Rayosati majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi. Xalq deputatlari Kengashi Rayosati oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Xalq deputatlari Kengashi Rayosati qarorlari xalq deputatlari Kengashi tasdigʻiga kiritiladi. | Xalq deputatlari Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Kengashi Rayosatini tuzish taklif etilmoqda. |
| 17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi. ... | 17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari Kengash raisi, xalq deputatlari Kengashi Rayosati tomonidan zaruratga qarab biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi. ... | Xalq deputatlari Kengashlariga Kengash raisi rahbarlik qilishini belgilash taklif etilmoqda. |
| 23-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning oʻzga tartibi belgilanmagan boʻlsa, ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi. ... | 23-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning oʻzga tartibi belgilanmagan boʻlsa, ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — xalq deputatlari Kengashi Rayosati tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi. ... | 61-moddada xalq deputatlari Kengashi Rayosati xalq deputatlari Kengashi majlislari oraligʻida zaruratga qarab toʻplanishi taklif etilmoqda va shu munosabat bilan mazkur oʻzgartishni kiritish taklif etilmoqda. |
| “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
| 3-modda. Oilaviy tadbirkorlik ... (beshinchi qism) Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari uch nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli. | 3-modda. Oilaviy tadbirkorlik ... (beshinchi qism) Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari besh nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining ishtirokchisi sifatida jalb eishga haqli. | Amalda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari uch nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga haqli ekanligi belgilangan. Biroq, amaliyotda ushbu cheklov oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilishi, shu bilan birga yollanma ishchilarni mehnat shartnomasi tuzmagan holda ish bilan taʼminlashda, natijada sunʼiy ishsizlikning oshishi uchun zamin yaratadi. Shu bois, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga 5 — 10 nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzish huquqini berish maqsadga muvofiq. Xususan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qaroriga koʻra yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari boʻyicha besh nafargacha xodimlarni yollash huquqi berildi. |
| 5-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilari Oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas. Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlishi mumkin emas. | 5-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilari Oilada er (xotin), ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas.
| Oila boshligʻi tushunchasiga qonunchilikda aniq taʼrif berilmaganligi hamda gender tenglik normalarini inobatga olgan holda “oila boshligʻi” tushunchasini chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi cheklovni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq. Xususan, Armeniyaning “Korxonalarning davlat registri toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra oilaviy korxonalar oʻzlarining mablagʻlarini boshqa korxonalar faoliyati uchun kiritishi, boshqa korxonalar (qoʻshma, chet el korxonalari) aʼzosi boʻlish huquqlariga ega. |
| “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonun | ||
|
| 25-modda Lizing faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Quyidagilar lizing tashkilotlari (kompaniyalari, firmalari) faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari boʻlishi mumkin: Oʻzbekiston Respublikasida lizing faoliyatini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; lizingga bank investitsiyalarini taʼminlash uchun davlat mol-mulkidan foydalangan holda garov fondlarini yaratish; ayrim maqsadli investitsiya-lizing loyihalarida lizing faoliyatining infratuzilmasini yaratishda davlat kapitalining ulushli ishtirok etishi; ilmiy hajmdor yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida davlat proteksionizmi chora-tadbirlari; lizing loyihalarini, shu jumladan norezident firmalar ishtirokida amalga oshirish maqsadida respublika budjetidan moliyalashtirish va davlat kafolatlarini berish; lizing loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiya kreditlari berish; banklar va boshqa kredit tashkilotlarini lizing shartnomasini amalga oshirish uchun kamida uch yil muddatga lizing subyektlariga kreditlar berishdan olinadigan foyda soligʻidan qonunchilikda belgilangan tartibda ozod etish; lizing kompaniyalari (firmalari) faoliyati uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida ularga soliq va kredit imtiyozlarini qonunchilik tartibida berish; lizing faoliyati ishtirokchilarining huquqiy va mulkiy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlovchi normativ-huquqiy bazani yaratish, rivojlantirish, shakllantirish va takomillashtirish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash yoki xarid qilish bilan shugʻullanuvchi lizing oluvchilarga lizing shartnomalarid� nazarda tutilgan shartlarda mahsulotni yetkazib berish yoʻli bilan lizing toʻlovlarini amalga oshirish huquqini berish; nasldor hayvonlarni, shuningdek naslchilik maqsadlarida yetishtirilgan ixtisoslashtirilgan goʻsht yoʻnalishidagi qoramollarni lizing predmetiga kiritish; mahalliy mashina va uskunalarning xalqaro lizingini amalga oshirishda eksport boʻyicha davlat kafolatlari fondini tashkil qilish. | Amaldagi “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunda lizing faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid normalar belgilanmagan. Shu sababli Qonunni yangi modda bilan toʻldirish taklif etilmoqda. |
|
| 26-modda. Lizing bitimi boʻyicha tekshirish huquqi Lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi va unga doir boshqa shartnomalar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish huquqiga ega. Tekshirishning maqsadlari va tartibi lizing shartnomasida va uning ishtirokchilari oʻrtasidagi boshqa tegishli shartnomalarda belgilanadi. Lizing oluvchi lizing beruvchiga moliyaviy hujjatlar va lizing predmetiga moneliksiz tanishishni taʼminlashi shart. | Ushbu moddaning Qonunga kiritilishi, bir tomondan, davlatning ushbu faoliyatga ortiqcha aralashuvining oldini oladi, ikkinchi tomondan esa ijaraga oluvchi tomonidan turli suiisteʼmolliklarning oldini olish maqsadida lizing beruvchi tomonidan jamoatchilik nazorati joriy etiladi. |
| Toʻldirilmoqda | 27-modda. Lizingga beruvchining moliyaviy nazorat qilish huquqi Lizing beruvchi lizing oluvchining lizing predmeti bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati, lizing oluvchi faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va lizing oluvchining lizing shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini bajarishi ustidan moliyaviy nazorat qilish huquqiga ega. Moliyaviy nazoratning maqsadi va tartibi lizing shartnomasida nazarda tutiladi. Lizing beruvchi lizing oluvchiga moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot taqdim etish uchun yozma shaklda soʻrovlar yuborishga haqli, lizing oluvchi esa bunday soʻrovlarni qanoatlantirishi shart. | Ushbu moddaning Qonunga kiritilishi, bir tomondan, davlatning ushbu �aoliyatga ortiqcha aralashuvining oldini oladi, ikkinchi tomondan esa ijaraga oluvchi tomonidan turli suiisteʼmolliklarning oldini olish maqsadida lizing beruvchi tomonidan jamoatchilik nazorati joriy etiladi. |