02.12.2004 yildagi 706-II-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Deputat
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) saylangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Deputat faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Deputat vakolatlarining muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiq boʻladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza bergan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u qonunga koʻra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashining, mazkur Kengash tomonidan tuzilgan, oʻzi tarkibiga saylangan komissiyaning majlislarida bir kalendar yil ichida oʻttiz yoki undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatning doimiy yashash guvohnomasini yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda;
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u chaqirib olingan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u vafot etgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatiladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatda guvohnoma va koʻkrak nishoni boʻladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat sifatida roʻyxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Deputat guvohnoma va koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek, bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Deputatning huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Deputatning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputat soʻrovi bilan murojaat etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda maʼlum qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchilar bilan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan uchrashuvlar oʻtkazishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
(5-moddaning ikkinchi qismi oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Deputatning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan qaysi komissiya tarkibiga saylangan boʻlsa, shu komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning tegishli xalq deputatlari Kengashining hamda qaysi komissiya tarkibida boʻlsa, shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputati oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, tegishli xalq deputatlari Kengashida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oʻziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini koʻradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida toʻrt marta saylovchilarga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot beradi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit taʼminlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga koʻra bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan oʻzlarining masʼul vakillarini yuboradilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
(7-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Deputat soʻrovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga javobni deputatga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuboradilar. Deputat soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi OʻRQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Deputatlik odobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning odob-axloq qoidalari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki uning odob-axloq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-modda. Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun qoʻllaniladigan choralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun deputatga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatning odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan holda deputatga ogohlantirish berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatdan tegishli xalq deputatlari Kengashi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatning odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida oʻqib eshittirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, odob-axloq komissiyasi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga asosan deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi va unga nisbatan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga asosan qoʻllaniladi.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Deputatning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir deputatga oʻz vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq maʼmuriy, jinoiy yoki oʻzga tarzda javobgar boʻladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish maqsadida deputatga qanaqa tarzda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga toʻsqinlik qiladigan, bila turib unga yolgʻon axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oʻzining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan, vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonunda javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi OʻRQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida tegishli xalq deputatlari Kengashiga ishni tergov qilish, sudda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni nazarda tutadigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab boʻladigan holat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari Kengashining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, yuqori turuvchi prokuror tegishincha yuqori Kengashga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga qarorni bekor qilish va masalani tegishli xalq deputatlari Kengashi qayta koʻrib chiqishi uchun topshirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
(12-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar deputat oʻzi xalq deputatlari Kengashi deputati boʻlgan viloyat, tuman yoki shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa, deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Deputatning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini koʻrsatib, tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek, ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning kirish tartibi qonunda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajarish bilan uygʻun tarzda olib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari deputatni u oʻz deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, uning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Deputatni harbiy yigʻinlardan ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat oʻz vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yigʻinlardan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Deputat faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-636-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatga texnik vositalar, aloqa vositalari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputat tegishli viloyat, tuman, shahar hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek, yoʻl pattalarini navbatsiz sotib olish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatning transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 2-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
706-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 20-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)