Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika komissiyalari va Kengashlarining yangilangan tarkibi 1 — 46*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 46-ilovalar berilmaydi.
3. Xususiylashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini oshirish, qishloq xoʻjaligi va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish yuzasidan hukumat komissiyasini tugatish, komissiya funksiyalari:
Xususiylashtirishga oid funksiyalari— davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasiga;
xususiy sektorning rolini oshirish ga oid funksiyalari — kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashiga yuklansin .
4. Respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlari, zarurat boʻlganda, bir oy muddatda tegishli komissiyalar hamda Kengashlarning vazifalari va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va aniqlashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlari 49-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga 50-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-iyul,
358-son
Vazirlar Mahkamasining qaroriga 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga
49-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-noyabrdagi 553-65-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-oktabrdagi 442-r-son farmoyishining 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-dekabrdagi 534-son “Kontraktlarni mustaqil ekspertizadan oʻtkazish va import qilinadigan tovarlarni joʻnatishdan oldin inspeksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi, shuningdek ushbu qarorga 2-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo komissiyalar, qoʻmitalar va kengashlar tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga 24 va 27-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-yanvardagi 10-son “1999-yilda oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga 6-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi huzurida tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar shikoyatlarini qabul qilish guruhini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 22-apreldagi 192-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2000-yil 15-fevraldagi 46-son qarorining 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-martdagi 84-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish va tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 19-apreldagi 153-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qaroriga 2-ilova.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-sonqarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻshma korxonalar tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 11-oktabrdagi 393-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 66-modda).
13. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda).
14. Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2001-yil 5-fevraldagi 68-son qarorining 5-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari X. S. Karomatov boshchiligidagi Respublika komissiyalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-maydagi 199-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, shuningdek ushbu qarorga 21-ilova.
17. Vazirlar Mahkamasining “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi, 5 va 6-bandlari.
18. Vazirlar Mahkamasining “Ayollar va oʻsib kelayotgan avlod sogʻligʻini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 21-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilova.
19. Vazirlar Mahkamasining “Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-sentabrdagi 333-son qarorining 3-bandi, shuningdek ushbu qarorga ilova.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda).
21. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki guruhi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 11-dekabrdagi 435-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisi, shuningdek ushbu qarorga 5-ilova.
22. Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini jadallashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi 43-son qaroriga 1-ilova.
23. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga 3-ilova.
24. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 21-apreldagi 190-son qarori.
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-maydagi 214-son “Respublika Favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OITS/OIV (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi/oiv kasalligi) epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻgʻrisida ”gi qaroriga 2-ilova.
26. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qabul qilingan hujjatlar amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha Hukumat komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori.
28. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 8-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda).
29. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi davlat komissiyasining roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 75-modda).
30. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 17-sentabrdagi 405-son qaroriga 1-ilova.
31. Vazirlar Mahkamasining “Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 102-modda).
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 475-son qaroriga ilova.
33. Vazirlar Mahkamasining “Turizm faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 11-noyabrdagi 497-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 113-modda).
34. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 12-noyabrdagi 503-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 115-modda).
35. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda).
36. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 18-noyabrdagi 518-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 122-modda).
37. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 125-modda).
38. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 539-son “Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 129-modda).