Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA FAVQULODDA EPIDEMIYAGA QARShI KURAShISh KOMISSIYASINING OITS/OIV (ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI/OIV KASALLIGI) EPIDEMIYASI TARQALIShIGA QARShI KURAShISh STRATEGIK DASTURINI MUVOFIQLAShTIRISh BOʻYIChA KIChIK KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-sonli “OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIVning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasida OITS/OIV epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturi loyihasini Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-may,
214-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)