Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TASHQI SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Boj tarifi toʻgʻrisida” va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi hisoblangan xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq, shuningdek, tarif bilan boshqarish usullarini takomillashtirish va ulardan ustuvor foydalanish asosida tashqi savdo faoliyatini izchil erkinlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Qaror muqaddimasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 10-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
2001-yil 1-martgacha tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida hisobga qoʻyilgan hamda ular boʻyicha tovarlar keltirilayotgan va/yoki toʻlov amalga oshirilayotgan import kontraktlar ilgari belgilangan tartibga muvofiq bajariladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Quyidagilar 2001-yil 1-martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari faoliyatini va avtobenzin bilan taʼminlashni yaxshilash masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 7-avgustdagi 380-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
2001-yil 2-fevral
66-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 10-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “va ulardan keltiriladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 12-modda; 2002-y., 10-son, 84-modda; 2004-y., 30-son, 344-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)