1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tomqoplamalari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-fevralda hisobga olindi, hisob raqami 332]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 15-oktabrdagi 480-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.03.10-19 “Tomlar va tomqoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-yanvar,
01/2-2-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2025-yil 9-yanvar
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2025-yil 3-yanvar
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi v.b. B. BOBOKULOV
2024-yil 27-dekabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 22-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 10-yanvardagi 01/2-2-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) bino va inshootlarning tomi hamda ularning tom qoplamalarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
GOST 13015-2012 Qurilish uchun temir-beton va beton buyumlar. Umumiy texnik talablar. Qabul qilish, belgilash, tashish va saqlash qoidalari (rasmiy manba: Izdeliya jelezobetonnie i betonnie dlya stroitelstva. Obshiye texnicheskiye trebovaniya. Pravila priyomki, markirovki, transportirovaniya i xraneniya);
GOST 6617-2021 Neftdan qurilish bitumlari. Texnik shartlar (rasmiy manba: Bitumi neftyanie stroitelnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 25621-2023 Germetiklashtiruvchi va zichlashtiruvchi polimer qurilish materiallari va buyumlari. Tasniflash va umumiy texnik talablar (rasmiy manba: Materiali i izdeliya stroitelnie polimernie germetiziruyushiye i uplotnyayushiye. Klassifikatsiya i obshiye texnicheskiye trebovaniya);
GOST 9573-2012 Sintetik bogʻlovchili mineral paxtadan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar. Texnik shartlar(rasmiy manba: Pliti iz mineralnoy vati na sinteticheskom svyazuyushem teploizolyatsionnie. Texnicheskiye usloviya);
Oʻz DSt 9.307-98 Korroziya va eskirishdan himoya qilishning yagona tizimi. Issiq rux qoplamalari. Umumiy talablar va nazorat usullari (rasmiy manba: Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Pokritiya sinkovie goryachiye. Obshiye trebovaniya i metodi kontrolya);
GOST 24045-2016 Qurilish uchun trapetsiya shaklidagi gofrirovka qilingan poʻlat listli profillar. Texnik shartlar(rasmiy manba: Profili stalnie listovie gnutie s trapetsiyevidnimi goframi dlya stroitelstva. Texnicheskiye usloviya);
GOST 26633-2015 Ogʻir va mayda donali betonlar. Texnik shartlar(rasmiy manba: Betoni tyajelie i melkozernistie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 28013-98 Qurilish qorishmalari. Umumiy texnik shartlar(rasmiy manba: Rastvori stroitelnie. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 30693-2000 Tom yopish va gidroizolyatsiya mastiklari. Umumiy texnik shartlar(rasmiy manba: Mastiki krovelnie i gidroizolyatsionnie. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 31015-2002 Asfaltbeton va shagʻal-surtmali (mastika)li asfaltbeton qorishmalari. Texnik shartlar(rasmiy manba: Smesi asfaltobetonnie i asfaltobeton shebenochno-mastichnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 31357-2007 Sementli bogʻlovchi poydevoridagi quruq qurilish aralashmalari. Umumiy texnik shartlar(rasmiy manba: Smesi suxiye stroitelnie na sementnom vyajushem. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 32310-2020 Qurilishda qoʻllaniladigan ekstruzion penopolistiroldan buyumlar. Texnik shartlar(rasmiy manba: Izdeliya iz ekstruzionnogo penopolistirola, primenyayemie v stroitelstve. Texnicheskiye usloviya);
GOST 32314-2012 (EN 13162:2008) Qurilishda qoʻllaniladigan sanoatda ishlab chiqarilgan mineral paxtadan issiqlik izolyatsiyalash mahsulotlari. Umumiy texnik shartlar (rasmiy manba: Izdeliya iz mineralnoy vati teploizolyatsionnie promishlennogo proizvodstva, primenyayemie v stroitelstve. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 16363-98 Yogʻoch uchun yongʻindan himoya qiluvchi vositalar. Yongʻindan himoya qilish xususiyatlarini aniqlash usullari. (rasmiy manba: Sredstva ognezashitnie dlya drevesini. Metodi opredeleniya ognezashitnix svoystv);
GOST EN 1496-2014 Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Balandlikdan yiqilishdan himoyalanish uchun shaxsiy himoya vositalari va qutqaruv koʻtarish qurilmalari. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda Sredstva individualnoy zashiti ot padeniya s visoti ustroystva spasatelnie podyemnie Obshiye texnicheskiye trebovaniya Metodi ispitaniy);
GOST EN/TS 16415-2015 Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Balandlikdan yiqilishdan yakka tartibda himoyalanish vositalari. Bir vaqtning oʻzida bir nechta shaxs foydalanishi uchun moʻljallangan anker qurilmalar. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda Sredstva individualnoy zashiti ot padeniya s visoti ankernie ustroystva dlya ispolzovaniya boleye chem odnim chelovekom odnovremenno Obshiye texnicheskiye trebovaniya Metodi ispitaniy);
GOST EN 1497-2014 Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Balandlikdan yiqilishdan saqlaydigan shaxsiy himoya vositalari. Qutqaruv kamarlar. Umumiy texnik talablar. Sinov usullari (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda Sredstva individualnoy zashiti ot padeniya s visoti privyazi spasatelnie Obshiye texnicheskiye trebovaniya Metodi ispitaniy);
GOST EN 826-2011 Qurilishda qoʻllaniladigan issiqlik izolyatsiyalash buyumlar. Siqish xususiyatlarini aniqlash usullari(rasmiy manba: Izdeliya teploizolyatsionnie, primenyayemie v stroitelstve. Metodi opredeleniya xarakteristik sjatiya);
GOST EN 12430-2011 Qurilishda qoʻllaniladigan issiqlik izolyatsiyalash buyumlar. Toʻplangan kuch taʼsirida mustahkamlikni aniqlash usuli(rasmiy manba: Izdeliya teploizolyatsionnie, primenyayemie v stroitelstve. Metod opredeleniya prochnosti pri deystvii sosredotochennoy nagruzki);
GOST 25820-2014 Yengil betonlar. Texnik shartlar(rasmiy manba: Betoni legkiye. Texnicheskiye usloviya).
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
bitumli cherepitsa — bitum yoki bitum-polimer oʻramli material boʻlaklaridan tayyorlangan, bir chekkasi boʻylab shakldor oʻyimli boʻlgan yassi list koʻrinishidagi tom qoplama;
bugʻ izolyatsiyasi qatlami — toʻsuvchi konstruksiyalarni suv bugʻlari taʼsiridan saqlash uchun moʻljallangan oʻramli yoki surtmali (mastika) materiallar qatlami;
yendova — tomyopmaning suv oqib tushadigan nishabliklarining bir-biri bilan kesishish joyi;
inversion tom qoplama — isitgich gidroizolyatsiya qatlami ustiga joylashtiriladigan, himoya toʻri bilan qoplanadigan va tashqi muhitdan mayda toʻldiruvchili qatlam bilan izolyatsiya qilinadigan tom;
klyammer — oʻramli va listli metalldan tayyorlangan falsli tomni yaxlit toʻshama yoki yogʻoch panjaraga mahkamlash uchun moʻljallangan ensiz tasma shaklidagi metalldan boʻlgan detal;
sovuq chordoq — tortuvchi ventilyatsiya kanallarining tashqariga chiqarilishi koʻzda tutadigan, chordoq orayopmasida issiqlik izolyatsiyasiga ega boʻlgan hamda tashqi toʻsiqlari isitilmaydigan chordoq.
4. Turar joy obyektlarining tomini qurishda yongʻinga qarshi choralar SHNQ 2.01.02-04 va SHNQ 2.08.01-24 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
5. Tom va tom qoplamalarning ishchi chizmalarida quyidagilar boʻlishi zarur:
tom va tom qoplama konstruksiyasi;
materiallar va buyumlarning nomi va markasi;
nishablarning qiymati;
deformatsiya choklarining joylashish yerlari;
suv oqib tushadigan voronkalar;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tik quvurlari;
zenit fonarlari;
ventilyatsiya shaxtalari;
lyuklar;
radioteleantenna tirgaklari va tortqilari;
tom qoplama yuzasiga chiqariladigan boshqa elementlarning oʻrnatilish yerlari;
tom va tom qoplamaning devorlar, parapetlar, shaxtalar, ventilyatsiya tirgovichlari;
tom konstruksiyasining SHNQ 2.01.04-18 boʻyicha qabul qilingan, issiqlikni saqlash va issiqqa chidamlilik darajasiga muvofiq issiqlik-texnik xossalarini taʼminlaydigan texnik yechimlar;
chordoqsiz tom qoplamalar va chordoq orayopmalari boʻyicha qabul qilingan texnik yechimlarning hisobiy issiqlik-texnik koʻrsatkichlari (issiqlik uzatilishiga keltirilgan qarshilik, issiqqa chidamlilik).
6. Toʻlqinsimon profillardan, metall listlar va donali materiallardan tayyorlangan tomlarni loyihalashda quyidagilar boʻlishi lozim:
issiqlik izolyatsiyali qoʻshma qoplamalar uchun issiqlik izolyatsiyasi qatlami bilan tom orasida karniz;
qirra va tom tepasi qismlarida tashqi havo bilan tutashadigan ventilyatsiya kanali oʻrnatish orqali shamollatish tizimi.
Tolali materiallardan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi uchun shamol va namlikdan himoyalovchi membrana loyihalanishi kerak.
Tom yopish materiallarini yuk koʻtaruvchi tuzilmalarga mahkamlashda korroziyaga qarshi himoyalangan mahkamlagichlarni qoʻllash lozim.
Tom chordogʻidan kondensatni chiqarib yuborish uchun u tabiiy shamollatilishi, bunda tabiiy shamollatish tomdagi teshiklar (tom choʻqqilari, qirralar, karnizlar, shamollatish darchalari, chiqarish quvurlari) orqali amalga oshirilishi kerak.
Tom teshiklarini umumiy maydoni tom gorizontal proyeksiyasi maydonining kamida 1/300 qismiga teng boʻlishi lozim.
7. Tuproq va oʻt qatlamli foydalaniladigan hamda inversion tom qoplamalarda suv oʻtkazmaydigan toʻshama biologik chidamli materiallardan tayyorlanishi va ildizga qarshi qatlam bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
8. Bino va inshootlarning tomlarida qor ushlab qoluvchi, yogʻoch xarilar, toʻsinlar yoki qoplamaning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga mahkamlanuvchi qurilmalarni oʻrnatish lozim.
9. Yaxlit toʻshamaga joylashtiriladigan metall listlardan (alyumindan tayyorlangan listlar bundan mustasno) tayyorlangan tom qoplamalarida kondensatni chiqarib yuborish uchun listlar va toʻshamalar orasiga hajmiy diffuziya membranasini qoʻyish kerak.
10. Foydalaniladigan tom qoplamasini loyihalashda tushadigan qoʻshimcha yuklar taʼsiri QMQ 2.01.07-96 talablariga muvofiq hisoblanishi lozim.
11. Baland binolarning (75 m dan ortiq) tomlarida shamol yuklamasining kuchli taʼsiri tufayli, zich va kam gʻovakli materiallardan (sement-qum yoki asfalt qoplama) tayyorlangan asosga tom qoplama toʻshamasini butunlay yopishtirish kerak.
Issiqlik izolyatsiya plitalarini bugʻ izolyatsiyasiga, bugʻ izolyatsiyasi qatlamini esa yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga yopishtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Tom qoplamasini beton plitalar yoki beton qatlami bilan yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
Tom qoplamalarining ogʻirligi shamol kuchiga qarshi hisob-kitob asosida aniqlanishi, bunda beton plitalar qorishma ustiga yotqizilishi yoki beton qatlamni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
12. Tom qoplamasining nishablari va tomga chegaraviy foydalaniladigan taʼsirlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
1-jadval
Tom qoplamalarning turlari
Nishablik,
foiz
Tomga taʼsirlar
t°C gacha isitish,
koʻpi bilan
zarbalar,
kgf/m koʻpi bilan
kislotali eritmalar
1. Biostabil asosli oʻramli materiallardan va shisha materiallar bilan armaturalangan surtmali (mastika)lardan:
a) shagʻaldan boʻlgan himoyalovchi qatlamli oʻramli va surtmali (mastika) bitumli
1,5 — 10 dan kam
65
2
Yoʻl qoʻyiladi
b) oʻramli va surtmali (mastika) bitumli, himoya qatlami yirik donador sepma materiallardan yoki himoya tarkibi bilan boʻyalgan
10 — 25
75
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyiladi
v) oʻrama-elastomerli
1,5 — 25
75
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyiladi
2. Himoya qatlami boʻlgan oʻramli va surtmali (mastika)li (foydalaniladigan):
1
a) sement-qum qorishmasidan
1,5…3,0
65
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
b) beton va armo-sement plitalardan
1,5…3,0
65
10
Yoʻl qoʻyilmaydi
v) qumli asfalt betondan
1,5…3,0
65
5
Yoʻl qoʻyiladi
3. Temir-beton:
a) yigʻma (oʻramasiz va qoplamasiz tom)
5-10 dan kam
80
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
b) monolit (foydalaniladigan)
0,5-2,5 dan kam
80
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
4. Donali materiallardan:
a) asbest-sement listlari
25 — 33
80
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyilmaydi
b) cherepitsalar
40 — 50
80
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyiladi
5. Metalldan yasalgan:
a) listli poʻlat tom qoplama
16 — 25
100
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
b) profnastil
10 — 20
100
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
v) shtamplangan yoki prokatlangan listlar
10 — 20
100
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
g) listli poʻlat
5 — 10
100
5
Yoʻl qoʻyilmaydi
d) metall-cherepitsa
17 — 35
100
3
Yoʻl qoʻyilmaydi
6. Mahalliy materiallardan:
a) loy-somon aralashmasi
1 — 3
75
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyiladi
b) qamish, somon, uzun poyali oʻsimliklar
10 — 20
65
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyilmaydi
Izohlar:
1. Tomning isitish harorati quyosh radiatsiyasi taʼsirini hisobga olgan holda qurilish-issiqlik texnikasi va iqlim normalari boʻyicha (texnologik issiqlik ajratilishini hisobga olgan holda) hisoblab chiqiladi.
Tomning issiqlanish haroratini pasaytirish maqsadida, koʻrinmaydigan qatlamlarni himoya qilish uchun issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar qoʻllanilishi kerak.
Mahalliy nurli issiqlik manbalari taʼsiri ostida tomning qismlari osma ekranlar bilan himoya qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
2. Suv izolyatsiyalovchi toʻshamaga mazkur SHNQning 3-jadvali izohining 1-bandiga muvofiq boʻyovchi tarkiblarni surtish kerak.
3. Issiqlik ajratilishi yuqori boʻlgan, isitish harorati 80 °C dan yuqori boʻlishi mumkin boʻlgan yoki chang koʻp toʻplanadigan binolar (metallurgiya ishlab chiqarishi) qoplamalarida tomni 3 mm qalinlikdagi silliq poʻlat plitalardan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
4. Mexanik taʼsirlar shartli ravishda quyidagilarga tenglashtirilib hisoblanishi kerak:
10 kg ogʻirlikdagi qattiq jismlarning 1 m balandlikdan tushishiga;
oʻtkir burchakli va qirrali qattiq jismlarni sudrab yurgizishga;
metall belkuraklar bilan ishlashda 5 kg ogʻirlikdagi jismlarning zarbasiga;
yogʻoch belkuraklar bilan ishlashda 1 kg ogʻirlikdagi jismlarning zarbasiga.
5. Davriy ravishda namlanib, agressiv muhitlarni hosil qiluvchi ishlab chiqarish chiqindilarining tomga taʼsir etish ehtimoli inobatga olish lozim.
6. Surtmali (mastika)lar ushbu SHNQning 4-jadvali 2 va 3-izohlarini hisobga olgan holda qaynoq va sovuq bitumli surtma (mastika)lar boʻlinadi.
7. Himoya qatlami uchun ishlatiladigan atmosfera taʼsiriga chidamli chiqindi jinslar shagʻallar kislotaga chidamli boʻlishi kerak.
8. Oʻramli tomning nishabligi 25 foizdan ortiq boʻlgan, nishabligi 1,5 m boʻlgan joylarida issiqlikka chidamliroq surtmali (mastika)lardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi (4-jadval keltirilgan tutashish joylarini oʻrnatish uchun) va suvni izolyatsiyalovchi toʻshamani tom tagiga oʻrnatilgan antiseptiklangan yogʻoch reykalarga 2 x 25 tol mixlari bilan 200 mm oralatib mahkamlanadi.
9. Ishlab chiqarish sexlarida germetiklikni taʼminlash uchun listlarni avtomatik payvandlash sharti bilan tomning nishabligi 8-12 foiz qabul qilinadi.
Tom nishabligi va tomga taʼsir etuvchi maksimal foydalanish yuklamalari mazkur SHNQning 1-jadvalida keltirilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
Tom yopmasining nishabligi tom nishabligi 3 foizdan kam boʻlganda, kamida 0,5 foiz va tom nishabligi 3 foiz hamda undan yuqori boʻlganda, 1 foiz dan kam boʻlmasligi kerak.
4-bob. Tomlar
1-§. Tomlarning tasnifi va tom turlarini tanlash
13. Tomlarni loyihalashda quyidagi tasniflar inobatga olinishi lozim:
hajmiy yechimi boʻyicha — chordoqli, chordoqsiz, mansardali;
konstruktiv yechimi boʻyicha — yigʻma yoki monolit boʻlishi;
shamollatish turi boʻyicha — shamollatiladigan va shamollatilmaydigan boʻlishi;
suv oqizish usuli boʻyicha — tashqi uyushgan yoki uyushmagan, ichki uyushgan boʻlishi;
asosiy elementlarni tayyorlash usuli boʻyicha — industrial yoʻl bilan tayyorlangan yoki qurilish sharoitida bajarilgan boʻlishi;
tom qoplama materiali boʻyicha — oʻramli, surtmali (mastika), donali materiallardan, temir-beton plitalardan va mahalliy materiallardan (oʻramasiz va qoplanmaydigan) boʻlishi.
14. Tom qoplamalari nishabligi boʻyicha quyidagicha tasniflanishi lozim:
0 — 2,5 foiz — tekis;
2,5 — 10 foiz — yotiq nishabli;
10 foizdan ortiqroq nishabli va oʻzgaruvchan nishabli — egri chiziqli.
15. Tomlar funksional maqsadlariga koʻra quyidagilarga boʻlinishi kerak:
a) foydalaniladigan (qoʻshimcha funksiyali) tomlar:
asosiy vazifasidan tashqari, dam olish (koʻkalamzorlashtirish) hududlari, sport maydonchalari, avtomobil toʻxtash joylari uchun moʻljallangan va tomning toʻgʻridan-toʻgʻri vazifasidan farq qiladigan tomlar.
b) foydalanilmaydigan (qoʻshimcha funksiyalarsiz) tomlar:
konstruksiyasi faqat tomning asosiy funksiyalarini bajarish uchun moʻljallangan hamda maxsus tayyorgarlikka ega xizmat koʻrsatuvchi xodimlar harakatlanishi uchun moʻljallanmagan tomlar.
2-§. Tom konstruksiyalarining xususiyatlari
16. Chordoqli tomlar quyidagicha turlarga boʻlinishi kerak:
a) chordoq turi boʻyicha:
sovuq chordoqli;
ochiq chordoqli;
b) binoning tortuvchi ventilyatsiyasidan havoni chiqarib yuborish usuli boʻyicha:
havo ventilyatsiyadan tashqariga chiqarib yuboriladigan;
havo ventilyatsiyadan chordoq ichiga chiqarib yuboriladigan;
v) tomyopmaning koʻtarib turuvchi konstruksiyasi boʻyicha:
temir-beton elementlardan;
metall konstruksiyalardan;
yogʻoch konstruksiyalardan;
aralash konstruksiyalardan.
17. Sovuq chordoqli tomlar tarkibi quyidagicha boʻlishi lozim:
chordoq tomyopmasi tom qoplama bilan;
tashqi chordoq devorlari teshiklari bilan;
isitiladigan chordoq orayopmasi;
tom orqali chiqarib yuboriladigan va chordoq ichida isitiladigan ventilyatsiya bloklari hamda oqova suvlarni chiqarib yuborishning havo tortuvchi moʻrilari.
18. Chordoqning tashqi devorlarida kirituvchi va tortuvchi (karniz ostida) shamollatish teshiklari boʻlishi lozim.
Shamollatish teshiklarining maydoni, qishki va yozgi foydalanish sharoitlari SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
19. Chordoqdagi shamollatish bloklari issiqlik izolyatsiyasidan kamida 600 mm balandlikdagi beton qalpoqchalar bilan yakunlanishi lozim.
Chordoq shiftida muz qatlamlarining hosil boʻlishini oldini olish maqsadida, chordoqdagi ventilyatsiya bloklarining teshiklarini ruxlangan poʻlat yoki asbest-sement listdan tayyorlangan oqim boʻlgich shaklidagi soyabonlar bilan yopish lozim.
20. Tekis tomlardagi chordoq maydonini shamollatish ventilyatsiya shaxtalari orqali amalga oshirilishi kerak.
21. Donali materiallardan tayyorlangan nishabli tomlarda shamollatish tom qoplamasi listlari va karniz ostidagi elementlar orasidagi boʻshliqlar orqali amalga oshirilishi lozim.
22. Hisoblangan shamol tezligi 5 m/s ga teng yoki undan ortiq boʻlgan aholi punktlarida tom qismida havo tortuvchi shaxta oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
23. Chordoqsiz tomlarni mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq hamda quyidagicha loyihalashga yoʻl qoʻyiladi:
shamollatilmaydigan tomlar foydalanish davrida qoplamada namlik toʻplanmagan hollarda;
qisman shamollatiladigan tomlarda panelning yuqori qatlamida joylashgan materialda teshiklar yoki kanallarni saqlab qolgan holda;
shamollatiladigan tomlar qishda qoplamani quruq saqlaydigan va yozda quyosh nuri bilan qizib ketishdan himoya qiladigan yaxlit havo aylanadigan boʻshliqlarga ega boʻlgan holda.
24.Shamollatiluvchi tomlar yaxlit havo qatlamlariga ega boʻlishi hamda ular qishda tomqoplamani quritishi va yozda quyosh nuri taʼsiridan himoyalashi lozim.
Havo aylanadigan boʻshliqning balandligi 200 — 240 mm boʻlishi, ikki qatlamli shamollatiladigan tomda havo aylanadigan boʻshliqning balandligi 110 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
25. Binolarning chordoqlarida, texnik chordoqlarda bino boʻylab balandligi kamida 1,6 m, kengligi kamida 1,2 m boʻlgan ikki tomoni ochiq oʻtish joyi boʻlishi kerak.
Uzunligi 2 m dan oshmaydigan joylarda oʻtish balandligini 1,2 m gacha, kengligini esa 0,9 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
26. Nishabli tomlarni mansarda qavatning ustiga oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunday tomlar qoʻllanilganda SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq tomyopmaning yilning eng issiq haroratiga nisbatan issiqqa chidamliligi hisoblab chiqilishi kerak.
Tomlar konstruksiyasining asosiy sxemalari ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
27. Tomlarni loyihalash va qurishda ichki yoki tashqi suv chiqarish tizimi loyihalanishi kerak.
Oʻramli va surtmali (mastika) materiallardan tayyorlangan ichki suv chiqarish tizimi quyidagi tomlarda qoʻllanilishi lozim:
isitilgan bino va inshootlar tomlarida;
toʻliq zavodda tayyorlangan yigʻma temir-beton plitalardan qurilgan tomlarda.
Bunda, turar joy obyektlarida suv oqib tushadigan tik quvurlarni kvartiralar hududidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Donali materiallar, poʻlat tunuka, profillangan toʻshama, profillangan poʻlat tunuka va metall-cherepitsadan tashkil topgan tomlarda tashqi uyushgan suv oqizish tizimi loyihalanishi lozim.
Balandligi 10 m gacha boʻlgan bino va inshootlarning tomlarida tashqi uyushmagan suv oqizish quvurlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, binoga kirish joylarida soyabon oʻrnatilishi kerak.
29. Tashqi uyushmagan suv oqizish tizimidan quyidagi binolarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
balandligi 5 qavatgacha boʻlgan, qavatlarning balandligi 3 m dan oshmaydigan;
balandligi 4 qavatgacha boʻlgan, qavatning balandligi 3 m dan ortiq va tom qoplamasi toʻliq zavod sharoitida tayyorlangan yigʻma temir-beton plitalar qoʻllanilgan.
30. Oʻramli va surtmali (mastikali) tomlardan ichki suv oqizishni tashkil etishda bitta voronkaga toʻgʻri keladigan tom qoplamaning maydoni SHNQ 2.04.03-24 boʻyicha hisoblanishi kerak.
31. Suv oqib tushadigan voronkalar tom qoplama yuzasi boʻylab, uning pasaytirilgan qismlarida bir xil darajada joylashtirilishi lozim.
Voronkalar oʻqi parapetdan va binoning turtib chiqqan boshqa qismlaridan kamida 0.6 m masofada boʻlishi kerak.
Tom qoplamalardagi voronkalar oʻrnatiladigan joylarning pasayishi 0,5 m radiusda 15 — 20 mm boʻlishi lozim.
32. Tashqi uyushgan suv oqizish tizimida tomdan oqib tushuvchi suv quvurlarining oraligʻi 24 m dan oshmasligi kerak.
Devorga oʻrnatilgan va osma tarnovlarning nishabligi 0,05 — 1 foiz oraligʻida boʻlishi lozim.
3-§. Tom konstruksiyasiga qoʻyiladigan talablar
33. Ishlatilayotgan surtmali (mastikali) yelimlar, gruntovkalar, surtmalar, himoya qatlamlari va boʻyoq materiallari asosiy tom qoplama materiallariga mos kelishi kerak.
Tom qoplamaning sifati va chidamliligi uning foydalanish xususiyatlari hamda yongʻin xavfsizligi koʻrsatkichlarining pasayishiga olib kelmasligi zarur.
34. Chordoqsiz tomyopmaning (tashqi havo bilan shamollatiladigan) yoki chordoq orayopmasining issiqlik uzatishga qarshiligi yilning sovuq davri uchun SHNQ 2.01.04-18 da belgilangan qiymatlardan kam boʻlmasligi kerak.
Tomlardagi isitkichlarning qalinligi SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
35. Yilning issiq davrida iyul oyining oʻrtacha harorati 21 °C va undan yuqori boʻlgan hududlarda chordoqsiz tomyopmalar va chordoq orayopmalarining issiqqa chidamliligi SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ochiq chordoqli tomlar qoʻllanilganda chordoq orayopmasining issiqqa chidamliligini hisoblashga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Tomlarning havo va bugʻ oʻtkazuvchanlikka qarshiligi SHNQ 2.01.04-18 ga muvofiq belgilanishi kerak.
37. Tomning issiqlik uzatishga, havo va bugʻ oʻtkazuvchanlikka talab etiladigan qarshiligi quyidagicha taʼminlanishi lozim:
tomning butun maydoni boʻylab;
yigʻma elementlarning tutashgan joylari bilan birgalikda;
karnizlar, tashqi devorlar, vertikal kanallar va ustki qavatlarga tutashgan joylarini qoʻshgan holda.
38. Tom konstruksiyasi materiallaridagi namlikning massa nisbati nam yigʻish davridagi namlik miqdorining yoʻl qoʻyilgan ortib borishini hisobga olgan holda, SHNQ 2.01.04-18 da belgilangan qiymatlardan oshmasligi lozim.
39. Bugʻ izolyatsiyasini oʻrnatish zarurati SHNQ 2.01.04-18 boʻyicha hisoblab aniqlanishi kerak.
40. Bugʻ izolyatsiyasi tomning ichki yuzasida issiqlik izolyatsiyasi qatlamidan pastroqda joylashtirilishi lozim.
41. Issiqlik izolyatsiya qatlamlari uchun issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti λ0 0.12 Vt/(m °C) dan oshmaydigan issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish kerak.
42. Barcha turdagi tomlarda, seysmikligi yuqori boʻlgan (7 balldan yuqori) hududlarda kam samarali issiqlik izolyatsiya materiallarini (toʻkma zichligi 400 kg/m3 dan yuqori boʻlgan keramzit shagʻal va boshqa toʻkma issiqlik izolyatsiya materiallari) qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chordoqsiz tomlarda nishablik hosil qilish uchun keramzit va yirik gʻovakli keramzit-betondan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
43. Ishlab chiqarish binolarining chordoqsiz tomyopmalarida λ0 = 0,14 va undan kam boʻlgan issiqlik izolyatsiyalovchi materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
44. Shamollatiladigan chordoqli va chordoqsiz tomlarda issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materiallardan boʻlishi, bunda issiqlik izolyatsiya qatlami tagidagi asos yonmaydigan materiallardan loyihalanishi lozim.
45. Chordoq xonasida odamlar yurganda, issiqlik izolyatsiyasini zichlashishdan saqlash uchun yurish taxta yoki boshqa materialdan tayyorlangan yurish yoʻlkasi yotqizilishi kerak.
46. Issiqlik izolyatsiyalovchi materialni chang, tasodifiy namlanishlardan himoya qilish maqsadida, issiqlik oʻtkazgichning yuqori qismida himoya qatlami oʻrnatilishi lozim.
47. Sovuq va ochiq chordoqli tomda chordoq orayopmasi ustidan yotqiziladigan issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam binoning tashqi perimetri va tomning karniz oldi qismida eni 1 m dan kam boʻlmagan tasmasi boʻylab oʻramli gidroizolyatsiya materiallari orqali namlanishdan hamda infiltratsiyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyalovchi material chordoq orayopmasiga faqat bugʻ izolyatsiyasidan keyin yotqizilishi lozim.
48. Nishabli shamollatiladigan tomlar qoplamasida issiqlik izolyatsiyalovchi material yoki buyumlarni stropilalar orasidagi boʻshliqqa joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Isitkich ob-havo taʼsiridan shamol izolyatsiyasi va gidroizolyatsiya materiallari bilan tashqaridan himoya qilinishi lozim.
Ichki tomondan isitkich xonalarning iliq havosida mavjud boʻlgan namdan bugʻ izolyatsiyasi vositasida himoya qilinishi kerak.
Shamollatiladigan oraliq havo qatlami tomyopmaning oʻta qizib ketishini kamaytiradigan, havo tirqishlarini taʼminlab beradigan qistirma bruslar yordamida hosil qilinishi lozim.
Namlikni havoni karnizdan tom choʻqqisi tomon harakatlantirish orqali konstruksiya tashqarisiga chiqarib yuborish kerak.
49. Diffuziya shamol-suvdan va suvdan himoya qiluvchi plyonkalar izolyatsiya qilinadigan konstruksiyaning butun yuzasida uzluksiz qatlam bilan yotqizilishi lozim.
50. Tomning konstruktiv qatlamlari (quvurlar, devorlar) orqali oʻtadigan elementlar bilan tutashgan joylarida shamoldan yoki suvdan himoya qiluvchi diffuziya plyonkaning qoʻshimcha qatlami yotqizilishi kerak.
Tomning konstruktiv qatlam tom qoplamasining rejalashtirilgan yuzasi ustidagi turtib chiqqan elementlarning vertikal yuzalariga kamida 100 mm balandlikda koʻtarilishi va ularga oʻz-oʻzidan yopishadigan tasma, yelim, pasta yoki boshqa zichlovchi materiallar bilan mahkamlanishi lozim.
51. Bino va inshootlarning chordoq va tomga chiqish yoʻllarini loyihalash SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Lift bilan jihozlangan bino chordogʻiga va tomiga chiqish yoʻli liftlarning mashina xonasiga yondosh xonalardan loyihalanishi lozim.
52. Sovuq cherdakni shamollatish hamda yozgi vaqtda oʻta qizib ketishni oldini olish yoki kamaytirish maqsadida, binoning har tomonidagi tashqi devorlarda (kamida ikkita qarama-qarshi devorda) I va II qurilish-iqlimiy zona uchun chordoq tomyopmasining 1/50 qismidan, III qurilish-iqlimiy zona uchun chordoq tomyopmasining 1/80 qismidan kam boʻlmagan teshiklar boʻlishi lozim.
Ochiq chordoq devorlaridagi shamollatish teshiklarining oʻlchamlari tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanishi kerak.
Turar joy obyektlarida binoning har bir boʻylama tomonidagi teshiklar maydonining chordoq yopmasi maydoniga nisbati 1/30 dan kam boʻlmasligi lozim.
Chordoqqa yogʻinlarining tushishini oldini olish maqsadida, tashqi devor toʻsiqlaridagi havoni taʼminot-tortuvchi teshiklariga tik kesimda siniq yoki zinapoyasimon shakl berish lozim.
Kuchli shamol va changli boʻronlar esadigan hududlarda chordoq devoridagi ventilyatsiya teshiklariga yogʻoch pardadevorlar oʻrnatilishi kerak.
53. Sovuq va ochiq chordoq boʻshligʻiga quyidagilardan ventilyatsiya havosini chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi:
oqova suvlarni chiqarib yuborish tik quvurlari;
chiqindi tashish quvurlaridan;
1 va 2-sinf xavfli yoki portlovchi moddalarni oʻz ichiga olgan mahalliy va umumiy havo almashinuv soʻruvchi tizimlaridan;
sovuq chordoq boʻshligʻiga mexanik harakatlantirgichli soʻruvchi tizimlardan.
54. Chordoqsiz tomlarni loyihalash va qurishda yuk koʻtarish, issiqlik izolyatsiyasi va gidroizolyatsiya vazifalarini birga qoʻshib bajaruvchi panellarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Panellarni bir qavatli yoki isitkich bilan koʻp qatlamli qilib loyihalash lozim.
55. Yuqori qavat yopmasining yuk koʻtaruvchi panellariga oʻrnatilgan izolyatsiyalovchi bir qatlamli panellar yoki plitalardan tashkil topgan chordoqsiz tomlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Issiqlik izolyatsiyalovchi panellar uchun maksimal zichligi (λ0) 600 kg/m3 dan oshmaydigan va transport-montaj taʼsirlari hamda foydalanish yuklamalari hisobiga koʻra B3,5 siqilishga chidamlilik sinfiga ega boʻlgan yengil yoki gʻovakli betonlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Karniz qismida shamol-suvdan yoki suvdan himoya qiluvchi diffuziya plyonka kondensatni drenajlash maqsadida, karniz taxtachasiga oʻz-oʻzidan yopishadigan tasma yoki yelim bilan yopishtirilishi lozim.
56. Chordoqsiz tomlarda shamollatiladigan qurituvchi oraliq havoning qatlam va kanallarini issiqlik izolyatsiyasi ustida yoki uning yuqori qismida joylashtirish kerak.
Oraliq havo qatlami yoki hamma kanallarning tomga nisbatan boʻylama kesimining yuzasi gorizontal tom proyeksiyasi yuzasining 1/750 dan kam boʻlmagan qismini tashkil etishi lozim.
Oraliq havo qatlamining eng tor qismida uning qalinligi kamida 40 mm boʻlishi kerak.
Tom qoplamaning qizishini kamaytirish va xonalarga issiqlik kirishini qisqartirish maqsadida, I va II qurilish-iqlimiy zonalarda SHNQ 2.01.01-22 boʻyicha bu nisbatni 1/500 gacha oshirish kerak.
Tom qoplamaning oraliq qatlamlar va kanallari ikkala tashqi fasad boʻylab tashqi havo bilan bogʻlangan boʻlishi lozim.
Taʼminot-tortuvchi teshiklarining har bir fasaddagi yuzasi shamollatiladigan qurituvchi oraliq qatlam kesimi yuzasidan kam boʻlmasligi kerak.
Teshiklar oldida shamol bosimini kamaytiruvchi osma yoki toʻsiqlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
57. Bino va inshootlarning tomlaridagi shamollatilmaydigan oraliq havo qatlamlari havoning nisbiy namligi 60 foizdan oshmaydigan xonalar ustida joylashishiga yoʻl qoʻyiladi.
58. Shamollatilmaydigan qoplamalarda sement bogʻlovchisi asosidagi fibrolitdan tashqari, issiqlik izolyatsiyasi qatlami sifatida yogʻoch va unga asoslangan issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
59. Uzunligi 250 mm boʻlgan qattiq toʻldiruvchini yonmaydigan material (mineral paxta) bilan quyidagi joylarda toʻldirish zarur:
yonuvchan va qiyin yonuvchan materiallardan tayyorlangan metall profilli toʻshama va qattiq issiqlik izolyatsiya qatlamli binolarning qoplamalarida;
60. Stropilalar va yogʻoch panjara orasidagi diffuziya shamol va suvdan himoyalovchi yoki faqat suvdan himoyalovchi plyonkaga mahkamlash elementlari joylashgan qismlarda namlik kirishini oldini olish maqsadida, zichlovchi tasma yoki boshqa germetiklovchi material oʻrnatish lozim.
61. Shamollatilmaydigan tomyopmalarda yogʻoch va uning asosidagi issiqlik izolyatsiyalovchi materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (sement bogʻlovchilik fibrolit bundan mustasno).
4-§. Tomlarning xavfsizligi
62. P1 va P2 turdagi yongʻin oʻchirish narvonlari va balandlik farqlari boʻyicha narvonlar oʻrnatilgan joylarda zina tirgaklarining biri sifatida, 80 mm shartli oʻtkazish diametriga ega (suv bilan toʻldirilmagan) quvurlarini loyihalash lozim.
Mazkur quvurlarning yuqori va pastki uchlari GM-80 (GOST 28352-89) birlashtiruvchi kallaklar bilan jihozlanishi kerak.
63. Yuk koʻtaruvchi poʻlat profil toʻshamalari boʻlgan tomyopmalarda tarkibida yonuvchan material va suyuqliklar, yengil alangalanuvchi hamda gazlar boʻlgan uskunalarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
64. Tomlarni loyihalash va qurishda quyidagi xavfsizlik toʻsiqlari va maxsus elementlari inobatga olinishi kerak:
narvonlarni osish uchun ilgaklar;
xavfsizlik arqonlarini mahkamlash va qor toʻplanishini oldini olish uchun moslamalar;
zinapoyalar;
oyoq qoʻyish joylari;
statsionar narvonlar va yurish yoʻlaklari;
evakuatsiya maydonchalari;
bino va inshootlarga oʻrnatiladigan, chaqmoq zarbasidan himoya qilish vazifasini bajaruvchi qurilmalar.
65. Foydalanishga qabul qilinayotgan tomlarda toʻsiqlar GOST 25772-2021 ga muvofiq balkon toʻsiqlari kabi, biroq kamida 1,2 m qilib oʻrnatilishi lozim.
66. Tom qoplama toʻsigʻi oʻrniga nuqtali anker qurilmalari koʻrinishidagi xavfsizlikni taʼminlovchi tizim moslamalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Doimiy toʻsiqlarsiz yoki himoya toʻsiqlari balandligi 1,2 m dan kam boʻlgan yoki tom nishabligi 20 foizdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar tomlarida xavfsiz ishlash maqsadida, GOST EN 1496-2014 va GOST EN/TS 16415-2015 ga muvofiq ehtiyot qiluvchi tizimlar ishlatilishi lozim.
Xavfsizlikni taʼminlovchi tizim moslamalarining tarkibiga nuqtaviy anker qurilmalari yoki gorizontal qattiq yoxud egiluvchan anker liniyalari (trosli yoki relsli)ni va GOST EN 1497-2014 ga muvofiq himoya va xavfsizlik anjomlarini oʻz ichiga olgan anker qurilmalari kiritilishi kerak.
Xavfsizlik tizimlarini mahkamlash nuqtasining yuk koʻtarish qobiliyati bir kishiga (zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan birga) kamida 7,5 kN boʻlishi lozim.
Anker qurilmalarini mahkamlashda ishlatiladigan tom qoplamasining turini hisobga olish lozim.
67. Himoya va xavfsizlik anjomlari yoʻnaltiruvchi anker chizigʻi boʻylab uzluksiz harakatlanish imkonini berishi, tortuvchi va qutqaruv chigʻirigʻi vazifasini bajarishi hamda butun yuza boʻylab tomga xizmat koʻrsatish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
68. Qavatligi 3 va undan yuqori qavatli turar joy obyektlari, balandligi 10 m dan ortiq jamoat va ishlab chiqarish binolari tomlarining perimetri boʻylab toʻsiqlar oʻrnatilishi lozim.
Toʻsiqning balandligi 0,6 m dan kam boʻlmasligi kerak.
69. Foydalanilayotgan tomlarda toʻsiqlar GOST 25772-2021 ga muvofiq balkon toʻsiqlari kabi, biroq balandligi 1,1 m dan kam boʻlmagan holda oʻrnatilishi lozim.
Parapetning yuqori qirrasida himoya etagi yoki parapet plitalari boʻlishi kerak.
70. Yigʻma va monolit temir-beton plitalar (oʻramasiz va tomsiz qoplamali), donali materiallar, poʻlat list, profnastil va metall cherepitsadan qurilgan chordoq tomlarining konstruksiyalari seysmik taʼsirlarni qabul qilishga moʻljallanmasligi lozim.
71. Seysmik hamda kuchli shamol esadigan hududlarda chordoq tomlarini oʻrnatishda mauerlatlar yuk koʻtaruvchi tashqi va ichki devorlarga diametri 12 mm li anker boltlari bilan 3 m oraliqda mahkamlanishi kerak.
72. Kuchli shamollar esadigan hududlarda ventilyatsiya teshiklarini yogʻingarchilikdan himoya qilish maqsadida SHNQ 2.01.01-22 talablariga muvofiq ularga jalyuzilar oʻrnatilishi kerak.
73. Chordoqlar kataklari oʻlchami 20x20 mm li metall toʻr yoki 5x5 mm dan katta boʻlmagan teshikli tasma bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
74. Tom yopish materiallarini yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga (tayanchlar, ustunlar, tomyogʻochlar) mahkamlash uchun korroziyaga qarshi himoyalangan mahkamlash elementlari boʻlishi kerak.
75. Chordoqlarni loyihalashda ularga va tomga chiqish yoʻllari ushbu SHNQning 20-bobi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
76. Tomga oʻrnatilgan qurilmalar va uskunalardan tushadigan dinamik yuklamalarni tomga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
77. Tomga oʻrnatilgan qurilmalar va uskunalar uchun tirgaklar orasidagi, shuningdek suv oʻtkazmaydigan qoplama ostidagi asos yuzasidan qurilmaning pastki qismigacha boʻlgan masofa 600 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
78. Suv oʻtkazmaydigan qoplama ostida yonuvchan issiqlik izolyatsiyasi va poʻlat profildan tayyorlangan tayanch toʻshamalari boʻlgan tomlarga tez alangalanuvchi suyuqliklar va gazlar bilan ishlaydigan qurilmalar va uskunalarni doimiy ravishda oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Tom qoplamalar
1-§. Tom qoplamalarni tasniflash va turini tanlash
79. Tom qoplamalarining materiali, qoʻllanishi hamda tayyorlash usuli boʻyicha quyidagicha tasniflarni inobatga olgan holda loyihalash lozim:
a) materiali boʻyicha:
oʻramli va surtmali (mastika)li, metalldan, mayda donali materiallardan, yigʻma temir-betondan, monolit temir-betondan, mahalliy materiallardan;
b) qoʻllanishiga koʻra:
foydalaniladigan, foydalanilmaydigan;
v) tayyorlash usuli boʻyicha:
toʻliq zavodda tayyorlangan, qurilish joyida tayyorlangan.
80. Tom qoplama turini mazkur SHNQning 2-jadvali talablariga muvofiq tom qoplamaning nishablari, qurilish hududlari va tom qoplamaga koʻrsatiladigan taʼsirlardan kelib chiqib hamda ushbu SHNQning 82-bandi talablarini hisobga olgan holda tanlash lozim.
2-jadval
Bino turlari
Tomlarning turlari
Qurilish-iqlimiy zonalari
I
II
III
IV
Turar joy obyektlari:
5 qavatgacha
Chordoqli
qoʻllanilishi mumkin
qoʻllanilishi mumkin
qoʻllanilishi mumkin
qoʻllanilishi mumkin
5 va undan ortiq qavatli
qoʻllanilishi lozim
qoʻllanilishi lozim
qoʻllanilishi lozim
qoʻllanilishi lozim
5 qavatgacha
Chordoqsiz
(shamollatiladigan va qisman shamollatiladiganlar)
(shamollatiladigan va qisman shamollatiladiganlar)
qoʻllanilishi lozim
qoʻllanilishi lozim
qoʻllanilishi lozim
qoʻllanilishi lozim
Izoh:
* Yoʻl qoʻyiladi — ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan chordoqsiz (shamollatiladigan yoki qisman shamollatiladigan) tom konstruksiyasi qoʻllanilganda.
** Murakkab tom konfiguratsiyalarida issiqlik izolyatsiyasini shamollatish qiyin yoki mumkin boʻlmagan, yoxud shamollatiluvchi yoki qisman shamollatiluvchi variantda toʻgʻri issiqlik izolyatsiyalash murakkab boʻlgan hollarda.
*** Binoning balandligi 12 m va undan past boʻlganda.
81. Yirik panelli va blokli qurilishda atmosferaning salbiy taʼsirlari (korroziya, eroziya va zanglash)ga chidamli yigʻma va monolit temir-beton tom qoplamalardan foydalanish kerak.
82. Profillangan poʻlat toʻshamalardan tashkil topgan tom qoplamalar qoʻllanilganda, ularni listlari choksiz tom qoplamaning uzunligi 6 m dan ortiq boʻlmagan joylarida poʻlat listlarning egikligi boʻlmasa, yuzaga tekis yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
Tom qoplamalarni yuzaga yotqizish ishlari poʻlat listlarning egikligi mavjud boʻlgan joylarida quyidagi 3-jadval talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
3-jadval
Tom qoplamaning nishabligi, foiz
Tom qoplamalar
Suvni izolyatsiya qiluvchi asosiy toʻshama
Suvni izolyatsiya qiluvchi toʻshamaning yuqori qismidagi himoya qatlami
0 — 1,5 dan kam
Oʻramli
Oʻramli materiallardan
a) bitumli surtmali (mastika)da 5 qatlam ruberoidli
b) 3 qatlamli eritiladigan bitum yoki bitum-polimer materiallar
v) 3 qatlamli plyonkali materiallar (bitum, polimer-bitum)
g) minus 40 °C dan yuqori boʻlmagan haroratda egiluvchanligi boʻlgan 1 qatlam polimer (elastomer vulkanizatsiya qilingan yoki termoplastik) moslamalari, yuklama, mexanik mahkamlash yoki yopishqoq mahkamlash usuli bilan tom ostidagi asosga erkin joylashtirilgan
Suv bilan toʻldiriladigan tomlar uchun 20 mm qalinlikdagi antisepterlangan bitum surtmali (mastika)
Surtmali (mastika)li
8-10 mm qalinlikdagi chirishga chidamli materiallar (shishaxolst, shisha toʻr.) bilan armaturalangan surtmali (mastika) (bitum, polimer va b.)
Antisepterlangan bitum yoki bitumli rezina surtmali (mastika)si ustidagi shagʻal qatlami
1,5 — 2,5 dan kam
Oʻramli,
surtmali (mastika)li
Yuqori qatlamlarning issiqlikka chidamliligi talablariga javob beradigan 5 — 8 mm qalinlikdagi 3 qatlamli oʻrama materiallar va yirik donli surtmali (mastika)li kompozitsiyadan (3-4 h davomida kamida 80 °C)
Yirik donli sochmali oʻrama material
2,5 — 10 dan kam
Oʻramli,
surtmali (mastika)li
Qalinligi 5 — 8 mm boʻlgan, issiqlikka 3-4 h davomida kamida 85 °S chidamli va egiluvchanligi minus 10 °S dan yuqori boʻlmagan 3 qatlamli oʻramli materiallar va surtmali (mastika)li kompozitsiyalardan
Yirik donli sochmali oʻrama material
10 — 25
(nishab)
Oʻramli,
surtmali (mastika)li
Xuddi shu, qalinligi 5-6 mm boʻlgan, 3-4 soat davomida kamida 90 °S haroratga chidamli va egiluvchanligi minus 10 °S dan yuqori boʻlmagan 2 qatlamli oʻramli materiallar va surtmali (mastika)
Yirik donli sochmali oʻrama material va yorqin rangdagi ranglar bilan atmosfera himoyasi (masalan, Bt-177)
Izoh:
1. Alyumin xlorofosfat, suyuq shisha yoki boshqa atmosfera taʼsiriga chidamli materiallar bilan boʻyalmagan rangli yirik donador sochmalarga ega boʻlmagan materiallardan yuqori qatlamli tomlarning chidamliligini oshirish uchun tomlarni bitum-polimer yoki boshqa atmosfera taʼsiriga chidamli tarkiblar bilan himoyalovchi boʻyash ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Loyihada boʻyashni 2-3 yildan soʻng yangilash kerakligi koʻrsatilishi kerak.
2. Yengil uloqtiriluvchi tom qismlarida himoya qatlami shagʻal oʻrniga yongʻindan himoyalovchi tarkiblar bilan boʻyash kerak.
3. Surtmali (mastika)li tomlarda asosni GOST 6617-2021 ga muvofiq BN 50/50, YEYA 70/30, BYA 90/10 markali bitum eritmasi bilan oyna toʻrlari boʻylab gruntovka ishlarini bajarish kerak. Shisha toʻr bilan mustahkamlangan surtmali (mastika)li tomlarda surtmali (mastika) va mustahkamlovchi qistirmalarni bir qatlamga kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
4. Nishablik kichik boʻlganda va tomlarning ishonchliligi taʼminlanganda qalinlashgan (3-6 mm) elastik materiallardan (bitum-polimer, polimer), avval bir-biriga yopishtirilgan polotnolardan, keyin toʻshama ustiga qalinligi 40 mm boʻlgan shagʻal qatlamli suv oʻtkazmaydigan toʻshamani asos bilan yopishtirishsiz erkin yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
5. Oʻramli tomlarni qurishda chirimaydigan asosga ega boʻlgan materiallarga ustunlik berish kerak.
6. Tom materiallarini tanlash binoning mustahkamligi va tom materiallarining xususiyatlariga koʻra amalga oshirilishi kerak.
Qavatliligi 5 qavatdan oshmagan bino va inshootlarda tom qoplamalarning qurilish joyining oʻzida tayyorlangan donali materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, tom qoplamaning nishabliklari mazkur SHNQning 3-jadvaliga muvofiq olinishi kerak.
83. Ishlab chiqaruvchi zavodda himoya suv oʻtkazmaydigan qatlamni oʻrnatishni yoki mazkur SHNQning 133 — 135-bandlariga muvofiq gidroizolyatsion xususiyatlarga ega boʻlgan betondan foydalangan holda tomlarning industrial konstruksiyalarini qoʻllash kerak.
Ichki suv oqimi tizimiga ega tomlarda, tom qulashining oldini olish va quyi qavatlardagi xonalarni namlanishdan saqlash maqsadida, suv toʻkish voronkasining yuqori qismidan balandligi 150 mm dan oshmaydigan favqulodda suv chiqarish tizimi oʻrnatilishi lozim.
6-bob. Oʻramli va surtmali (mastika) materiallardan tayyorlangan tom qoplamalar
1-§. Oʻramli va surtmali (mastika) materiallardan tayyorlangan tomlarga qoʻyiladigan talablar
84. Nishabligi 2,5 foiz va undan ortiq boʻlgan tom qoplamalarning yendovalarida suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshamani quyidagilar bilan mustahkamlanishi kerak:
bitumli oʻramli tom qoplama materiallarining (oʻramli tom qoplamalarda) ikkita qatlami;
shisha materiallar bilan armaturalangan ikkita surtmali (mastika) qatlam (surtmali (mastika)li tom qoplamalarda);
nishab yuzasiga (bukish chizigʻidan) kamida 150 mm chiqarilishi kerak boʻlgan elastik materiallarning bitta qatlami (elastik materiallardan tom qoplamalarda).
85. Bitumli materiallardan tayyorlangan, nishabligi 10 foiz va undan yuqori boʻlgan tom yopmalarining yendovalarida asosiy suv izolyatsiyalovchi qoplamaning mustahkamlangan kengligi boʻylab himoya qatlami oʻrnatilishi zarur.
86. Nishabligi 2,5 foiz va undan ortiq boʻlgan tomlarda tom choʻqqi har tomondan 250 mm kenglikda oʻramli tom qoplama materialining bir qatlami (oʻramli tom qoplamalarda) yoki surtmali (mastika) tom qoplamalarda esa shisha toʻr bilan armaturalangan bitta surtmali (mastika) qatlami bilan mustahkamlanishi kerak.
87. Qoʻshimcha suv oʻtkazmaydigan toʻshamaning yuqori cheti quyidagicha himoyalangan boʻlishi lozim:
ruxlangan, tomga yopiluvchi poʻlatdan tayyorlangan himoya fartugi yoki parapet plitalari bilan mahkamlangan;
atmosfera yogʻinlarining oqib tushishidan himoyalangan.
Himoya fartuklarini suv oʻtkazmaydigan qilib, bir-biriga ulash va parapet plitalari orasidagi choklarni germetiklovchi surtmali (mastika)lar bilan toʻldirish kerak.
88. Tashqi suv oqizishda bitumli materiallardan tayyorlangan oʻramli va surtmali (mastika) tom qoplamalarning karniz qismlari suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama tayyorlangan materialning ikkita qatlami bilan 400 mm kenglikda kuchaytirilishi kerak.
Tashqi devorlardan turtib chiqib turuvchi karniz qismlarida tom nishabligi karnizga tutashgan tom tekisligidagi nishablikdan kam boʻlmasligi lozim.
89. Quvurlar, shaxtalar, tom ventilyatorlari hamda boshqa qurilmalarni tom qoplamalar orqali chiqarish uchun tomyopmaning yuk koʻtaruvchi plitalari va toʻshamalariga balandligi 300 mm dan kam boʻlmagan flanetsli poʻlat kalta quvurlar (patrubkalar) yoki temir-beton stakanlar oʻrnatish lozim.
Tomyopmaning yuk koʻtaruvchi plitalari va toʻshamalari mazkur SHNQning 3-ilovasi 4-rasmiga muvofiq suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning ikkita qatlami bilan kuchaytirilishi va rux qoplangan poʻlat soyabon bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
90. Plita materiallaridan tayyorlangan himoya qatlami boʻlgan foydalanilayotgan tomlarda plitalar qalinligi 30 mm dan kam boʻlmagan kvars qumli qatlami boʻylab yotqizilishi lozim.
91. Himoya qatlamini toʻshashdan oldin, foydalaniladigan tom qoplamalardagi suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshamaning yuzasi boʻylab, mazkur SHNQning 104-bandiga muvofiq oʻt-oʻlanlarning unib chiqishiga qarshi antiseptiklangan issiq tom qoplama surtmali (mastikali)sining 2 mm qalinlikdagi yaxlit qatlamini qoplash amalga oshirilishi kerak.
Suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamani tayyorlashda kuyidagi materiallardan foydalanish kerak:
chirimaydigan shisha sintetik asosga ega boʻlgan bitum va bitum-polimer oʻramli materiallardan;
yuqori chidamlikka ega boʻlgan surtmali (mastikali) materiallar.
Tom qoplamalarning foydalaniladigan oʻtish konstruksiyalarini foydalaniladigan tom qoplamalari kabi qabul qilish yoki oʻtish joylari uchun yogʻoch panjarali toʻshamalar yotqizilishi lozim.
92. Tom qoplamalarning nishabligi 10 foiz va undan ortiq boʻlgan qismlarida ishqorli ishlab chiqarish chiqindilarining taʼsir koʻrsatish ehtimoli mavjud boʻlganda:
suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama boʻylab krovlelit surtmali (mastika) bilan;
nairit asosidagi gummirlovchi tarkib bilan;
xlorsulfatlangan polietilen asosidagi tarkib bilan;
bitumni 1:2 nisbat bilan qoplash ishalari amalga oshirilishi lozim.
Ishqorga chidamli qatlamning qalinligi 0,5 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
93. Tom qoplamalarning yoz mavsumida isib ketishini kamaytirish maqsadida, suv toʻldiriladigan oʻramli va surtmali (mastika)li tom qoplamalarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-§. Tom qoplama konstruksiyalari va qoʻllaniladigan materiallar
94. Oʻramli va surtmali (mastika)li materiallardan tayyorlangan tom qoplamalar konstruksiyalari nishablikka va qoʻllanilayotgan materiallari (kompozitsiya materiallarga) mazkur SHNQning 3-jadvali talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Nishabligi 2,5 foizdan kam boʻlgan tom qoplamalarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nishablik yuk ostida konstruksiyaning egilishini hisobga olgan holda hisoblanishi kerak.
95. Oʻramli va surtmali (mastikali) materiallardan tayyorlangan tomlarni suv oʻtkazmaydigan qoplamaning joylashishiga koʻra ikki xil qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi:
issiqlik izolyatsiyasi ustida joylashgan anʼanaviy tom;
issiqlik izolyatsiyasi ostida joylashgan inversiya tomi.
Inversion tomlarda issiqlik izolyatsiyasi sifatida faqat suv shimilishi past boʻlgan (hajm boʻyicha 0,4 foizdan oshmaydigan) ekstruzion penopolistirol qoʻllanilishi lozim.
Penopolistirol ustiga himoyalovchi (filtrlovchi) qatlam sintetik tolalardan tayyorlangan ildizga qarshi mato yotqizilishi va 50 kg/m2 hisobida shagʻal yoki beton plitalardan iborat yuk qoʻyilishi lozim.
96. Tom qoplamasi oʻramli va surtmali (mastika)li materiallardan tayyorlangan tomyopmalar elementlarining yechimlari ushbu SHNQning 3-ilovasiga muvofiq bajarilishi lozim.
97. Ruberoiddan tom qoplamalarni oʻrnatish va plyonkali materiallarni yopishtirish uchun (maxsus payvandlab ulashdan foydalangan holda) yopishtiradigan surtmali (mastika)lar (issiq va sovuq) tom qoplamaning turi va nishabidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Bunda, ushbu materiallardan quyidagi 4-jadval talablariga muvofiq foydalanish lozim.
4-jadval
Surtmali (mastika)ning turlari
Qurilma uchun surtmali (mastika) markalari
nishab tomlar maydonlari, foiz
tutashgan joylar
2,5 kam
2,5 10 qam boʻlmasa
10-25
Issiq bitumli
MBK-G-80
MBK-G-85
MBK-G-90
MBK-G-100
Issiq bitum-rezinali
MBR-G-80
MBR-G-85
MBR-G-90
MBR-G-100
Bitumli sovuq
-
MBK-X-85
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyilmaydi
Bitumli-lateksli-kukersolli sovuq
-
BLK-X-85
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyilmaydi
Bitum-kukersol sovuq
-
BK-X-85
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyilmaydi
Izoh:
1. Surtmali (mastika) markalaridagi raqamlar uning issiqlikka chidamliligi haroratini bildiradi, °C
2. 2.5 foizgacha nishabli tomlarga antiseptika qilinmagan ruberoidlarni (karton asosida) yopishtirish uchun issiq va sovuq bitum mastikalari bitum ogʻirligining 4-5 foiz miqdorida krem-ftorli yoki ftorli natriy qoʻshish yoʻli bilan (yoki boshqa fungitsidlarni qoʻshish yoʻli bilan) antiseptika qilinishi kerak. Bunday surtmali (mastika)lar uchun toʻldirish vositasi sifatida past darajadagi asbest qoʻllanilishi kerak.
3. Sovuq bitum-lateks-kukersol va bitum-kukersol surtmali (mastika)lar tarkibiga antiseptik qoʻshimchalar kiritish talab etilmaydi.
4. 10 foizgacha boʻshliqli tomlar uchun ishlatiladigan bitum plastinkalari, agar ular alkalis muhit taʼsirida boʻlsa, bitum ogʻirligining 3-5 foiz miqdorida (quruq moddaga qarab) xlorsulfopoliyetilen lakdan qoʻshimchalar va karbonatli jinslardan (qora, ohaktosh) mayin maydalangan toʻldirgichlarni oʻz ichiga olishi kerak.
5. Koʻpikli polistirol, mineral paxta, shisha plastmassa plitalar va kompozitsion issiqlagichlar boʻyicha amalga oshiriladigan tomlar uchun qatronli va sovuq (erituvchilarda) bitum plastinkalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Sovuq surtmali (mastika)larni shisha materiallar asosidagi ruberoidlarni yopishtirish uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Oʻzgaruvchan nishabli tomlar uchun (masalan, segmentli fermalar bilan qoplamalarda) surtmali (mastika) tomning eng katta nishablik qiymati boʻyicha belgilanishi kerak.
Butilkauchuk asosida elastomer materiallarni yopishtirish uchun quyidagi polimer yopishtiruvchi tarkib va surtmali (mastika)larni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
NBV-2 tarkibi , KN-2 yoki KN-3 kauchuk surtmali (mastika)lari (GOST 24064-80), 88-NP (nairitli) yopishtirgich.
8. Suvni izolyatsiya qiluvchi toʻshamadagi issiq surtmali (mastika) qatlamlari 2 mm, sovuq surtmali (mastika) qatlamlari esa — 1 mm qalinlikda boʻlishi kerak.
98. Tom qoplamalar deformatsiyalarining oʻrnini toʻldirish (kompensatsiya qilish) va boʻrtiqlar paydo boʻlishining oldini olish maqsadida, birinchi qatlamni perforatsiyalangan ruberoiddan bajarish kerak.
Issiqlik izolyatsiyalovchi plitali asos va suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama orasida tom qoplamalar nishabligi boʻylab nuqtalab yopishtiriladigan, eni 150 mm ga teng boʻlgan tasmalarni toʻshashga yoʻl qoʻyiladi.
Bugʻ izolyatsiyasi va tekislovchi qatlam (styajka)larga ega boʻlgan tomyopmalarda esa (tom qoplama nishabi 8 foiz dan oshmaganda) suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning pastki qatlamini tasmali yoki nuqtali yopishtirish lozim.
Tasmali yoki nuqtali yopishtirish bir tekisda boʻlishi va yopishtirilayotgan ruberoid matolari maydonining 25-35 foizini tashkil qilishi kerak. Bunda, ruberoid matolari tom qoplama nishabi boʻylab yoyilishi lozim.
Ularning ustki chekkasi esa tom qoplamaning tom choʻqqi qismida qarama-qarshi nishablikka kamida 1 m tushib turishi kerak.
Karnizlarda va tom qoplamalarning boʻrtib chiqqan konstruktiv elementlarga tutashgan joylarida havo yelimlanmagan barcha qismlardan tashqariga chiqib ketish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
99. Oʻramli va surtmali (mastika)li tom qoplamalarda darz paydo boʻlishining oldini olish maqsadida, asosning deformatsiyalanish ehtimoli boʻlgan qismlarida (yendovalarda, tomyopmalarning montaj bloklari orasida, qoʻshimchalarga ega boʻlgan deformatsiya choklari ustida) toʻldiruvchi (kompensatsiyalovchi) tasmalar (eni 1 m gacha) oʻrnatish lozim.
100. Tom qoplamalarning devorlarga, shaxtalarga, yorugʻlik tushadigan teshiklarga va deformatsiya choklariga tutashgan joylarida oʻramli tomlardagi asosiy suv oʻtkazmaydigan qoplama qatlamlari uch qavat oʻramli tom qoplash materiallari bilan mustahkamlanishi lozim (ustki qavat yirik donali yoki tangachali qoplamaga ega boʻlishi kerak).
Surtmali (mastikali) tomlarda esa shisha materiallar bilan armaturalangan surtma (mastika)ning uch qatlami bilan (tutashuvlar yuzasi BT-177 boʻyoq bilan boʻyalishi) mustahkamlanishi zarur.
101. Bitumli materiallardan tayyorlangan tom qoplamalarda suvdan izolyatsiyalovchi qoʻshimcha toʻshama qatlamlarini yelimlash uchun mazkur SHNQning 4-jadvali talablariga muvofiq yuqori issiqqa chidamli surtmali (mastika)lardan foydalanish lozim.
Suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama qatlamlari devorlar balandligi 250 mm gacha boʻlganda, ularning ustki qirrasiga chiqarilishi, 250 mm dan yuqori boʻlganda esa vertikal yuzalarga mahkamlanishi lozim.
102. Anker boltlari oʻtkazilgan joylarda suvdan izolyatsiyalovchi asosiy va qoʻshimcha toʻshama qatlamlarini berkitish maqsadida, tom qoplama osti asosini koʻtarishni yoki germetik zichlaydigan surtmali (mastika) bilan mustahkamlash ishlari amalga oshirilishi lozim.
Quvurlar va shaxtalarni birlashtirishga, shuningdek antennalar va ustunlarni tom qoplamasiga zarar yetkazmagan holda shaxtalarga yoki tom konstruksiyalariga mahkamlashga yoʻl qoʻyiladi.
103. Himoya fartuklari, deformatsiya choklaridagi toʻldiruvchi (kompensator)lar, tashqi uyushgan suv oqimi elementlari, parapetlar va karniz chiqmalarini pardozlash uchun quyidagilarni koʻzda tutish kerak:
rux bilan qoplangan 0,5-0,8 mm qalinlikdagi tom qoplama poʻlat;
3,5x40 oʻlchamli rux bilan qoplangan tom qoplama mixlari;
rux bilan qoplangan yoki korroziyaga qarshi boʻyalgan, kesimi 4x40 mm li poʻlat tasmalar (suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamani va himoya fartuklarini beton, temir-beton, gʻisht va boshqa yuzalarga mahkamlash uchun);
GOST 25621-2023 talablariga mos keladigan germetik zichlovchi surtmali (mastika)lar.
104. Tom qoplamalarning himoya qatlami uchun ishlatiladigan shagʻal hamda tosh parcha kuyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
quruq;
changsizlantirilgan;
donalarining oʻlchamlari 5 — 10 mm boʻlishi;
sovuqqa chidamlililik markasi F-100 dan past boʻlmasligi.
Yonuvchan issiqlik izolyatsiyalovchi materiallardan iborat asos boʻylab qoplanadigan tom qoplamalarda shagʻaldan tayyorlangan himoya qatlamining qalinligi 20 mm boʻlishi kerak.
Shagʻaldan tayyorlangan himoya qatlami qalinligi 2 mm boʻlgan issiq surtmali (mastika) ustiga yotqizilishi lozim.
Surtmali (mastika)ning issiqqa chidamliligi mazkur SHNQning 4-jadvali talablariga muvofiq yelimlaydigan surtmali (mastika)larning issiqqa chidamliligidan kam boʻlmasligi lozim.
Nishabligi 0 — 1,5 foiz boʻlgan tom qoplamalarning himoya qatlamini yaratish uchun bitumli va bitum-rezinali surtmali (mastika)lar unib chiquvchilarga qarshi kukunsimon gerbitsid qoʻshimchalari — 0,3 — 0,5 foiz miqdorda simazin bilan yoki bitum ogʻirligiga nisbatan 1 — 1,5 foiz miqdorda 2,4 D natriy tuzi bilan antiseptiklangan boʻlishi kerak.
105. Foydalaniladigan tom qoplamalarning himoya qatlami quyidagilardan tayyorlanishi lozim:
betondan;
armotsement va boshqa plitalardan;
markasi M-50 dan past boʻlmagan sement-qumli qorishmadan;
issiqqa chidamliligi 80 °C dan, qalinligi 30 mm dan kam boʻlmagan qumli asfalt-betondan.
Himoya qatlamlari materiallarining sovuqqa chidamlilik boʻyicha markasi F-100 dan past boʻlmasligi zarur.
Bunda, oʻt-oʻlan qoplamali tuproqli himoya qatlamini yaratishga yoʻl qoʻyiladi.
Monolit yotqizish materiallaridan iborat himoya qatlamida oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarda har 1,5 m dan koʻp boʻlmagan masofada 10 mm kenglikdagi harorat va choʻkish choklari boʻlishi, bunda ular germetiklovchi surtma (mastika)lar bilan toʻldirilishi kerak.
106. Bitumlangan, elastik material va kompozitsiyalardan iborat tomyopmalarning konstruktiv elementlari va tom qoplama turlari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi lozim.
107. Tom qoplamalarning plita va montaj bloklari suvdan izolyatsiyalovchi oʻramli toʻshamaning bittadan kam boʻlmagan himoya qatlamiga ega boʻlishi kerak.
3-§. Tom qoplamalar elementlarining yechimi
108.Tom qoplama tagiga asos sifatida tomyopmaning tekislovchi qatlam (styajka)siz konstruktiv elementlari boʻlishi lozim.
Bunda, tom qoplama asosidagi materiallarning mustahkamlik va boshqa xossalari taʼminlanishi, siqilishga yetarli mustahkamlikka ega boʻlgan issiqlik izolyatsiyasi qatlamining mavjud boʻlishi va yuk koʻtaruvchi plitalarning yuzalari tekis boʻlishi kerak.
Temir-beton plitalar yuzasini tekislash uchun sovuqqa chidamlilik boʻyicha markasi F-50, oʻrtacha qalinligi 5 mm boʻlgan sement-qum qorishmasini qoʻllash kerak.
109. Yengil betonli, fibrolit, koʻpikli shisha plitalar va monolit toʻshaladigan beton (yirik gʻovakli keramzit-beton)lardan tayyorlangan yirik gʻovakli issiqlik izolyatsiyasi ustidan qalinligi 15 mm hamda markasi M-50 boʻlgan sement-qum qorishmasidan iborat tekislovchi qatlam (styajka) amalga oshirilishi lozim.
110. Toʻkiladigan isitkichlar boʻylab mazkur SHNQning 41 — 43-bandlariga muvofiq bikrligi yuqori boʻlgan (konusning choʻkishi 30 mm gacha) 25 mm qalinlikdagi M-100 markali sement-qum qorishmasidan tayyorlangan tekislovchi qatlam (styajka) boʻlishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamning ustki qismida toʻkmaning kesimi 5 mm dan 10 mm gacha boʻlgan tarkiblarini joylashtirish va zichlash yoki tekislovchi qatlam (styajka) tagiga ruberoid qatlamini yotqizish lozim.
Qurilish joyining oʻzida tayyorlangan tomlarni faqat ob-havo quruq vaqtida, tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati +5 °C dan past boʻlmaganda qoplashga yoʻl qoʻyiladi.
Issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamini bajarish jarayonida va atmosfera yogʻingarchilik mavsumida issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamni namdan saqlaydigan materiallar bilan himoya qilish kerak.
Toʻkiladigan isitkichning qalinligi 100 mm dan ortiq boʻlganda, tekislovchi qatlam (styajka) diametri 3 mm li armaturadan bajarilgan metall toʻr bilan enlama va boʻylama yoʻnalishlarda har 100 mm masofada armaturalanishi kerak.
111. Tom yopish ishlarini qish sharoitida bajarishda quyidagilar inobatga olish lozim:
monolit va plitali isitkichlar boʻylab qalinligi 15 mm boʻlgan qumli asfalt-betondan (50 °C da siqilishga mustahkamligi 0,8 MPa dan past boʻlmagan) tekislovchi qatlam (styajka) yotqizilishi;
asfalt-betonni tayyorlash uchun tarkibida koʻpi bilan 3,5 foiz parafin boʻlgan bitum qoʻllanilishi;
asfalt-betonning issiqqa chidamliligi qurilish hududidagi havoning maksimal haroratidan kamida 2-marta ortiq boʻlishi.
Tom qoplamalarning 25 foizli nishablarida sovuq tom qoplama surtmali (mastika)larga oʻramli materiallarni yopishtirishda toʻkiladigan va siqiladigan isitkichlar ustidan qumli asfalt-betondan tekislovchi qatlam (styajka)larni yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Toʻkiladigan isitkichlar va mustahkamligi 0,15 MPa dan kam boʻlmagan isitkichlar ustidan qish mavsumida sement-qum qorishmasidan tayyorlangan tekislovchi qatlam (styajka)lar oʻrniga ikki tomoni kerosinli bitum eritmasi bilan gruntlangan, 10 mm qalinlikdagi yassi asbest-sement listlarini (GOST 18124-2012 boʻyicha) yotqizishga yoʻl qoʻyiladi hamda ular quyidagicha loyihalanishi lozim:
listlar burchaklarining tagiga 50x50 mm oʻlchamli list qiyqimlarini yotqizib;
listlar orasidagi choklarni eni 150 mm ga teng shisha mato tasmalari bilan yopishtirib chiqib.
Yashindan saqlaydigan toʻr yotqizilgan yerlarda tekislovchi qatlam (styajka)ni 30 mm gacha qalinlashtirish lozim.
112. Tekislovchi qatlam (styajka)larda 5 mm gacha kenglikdagi harorat-kirishish choklari hisobga olinishi lozim.
Bunda, choklar sement-qum qorishmasidan tayyorlangan tekislovchi qatlam (styajka) yuzasini 6x6 m dan katta boʻlmagan, qumli asfalt-betondan tayyorlangan tekislovchi qatlam (styajka) yuzasini esa 4x4 m dan katta boʻlmagan maydonlarga ajratib turishi kerak.
Uzunligi 6 m boʻlgan yuk koʻtaruvchi plitalardan tashkil topgan tomyopmalarda bu maydonlarning oʻlchamlari 3x3 m boʻlishi zarur.
Tekislovchi qatlam (styajka)lardagi harorat-kirishish choklari yuk koʻtaruvchi plitalarning qisqa yon tomon choki ustida va monolit issiqlik izolyatsiyasi qatlamlaridagi harorat-kirishish choklarining ustida joylashgan boʻlishi lozim.
113. Tekislovchi qatlam (styajka)lar, monolit yotqiziladigan issiqlik izolyatsiyalash materiallari hamda yuk koʻtaruvchi plitalarning koʻndalang tutashuvlari (isitilmaydigan tomyopmalarda) ustidagi harorat-kirishish choklari boʻylab toʻkmali ruberoiddan eni 150 mm ni tashkil qiluvchi tasmalarni yotqizish va ularni chokning pastga qaragan bir tomonidan nuqtali yopishtirish kerak.
Suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning pastki qatlamini tasmali yoki nuqtali yopishtirish talab etilmasa, bunda ularni chokning ikki tomonidan 25 — 30 mm kenglikda yopishtirish lozim.
114. Tom qoplamalarning devorlar, shaxtalar va boshqa konstruktiv elementlarga tutashgan joylarida suv oʻtkazmaydigan qoplama uchun konstruksiyalarning tekis vertikal yuzalari hamda oʻtish yon devorchalari (45° burchak ostida) asos vazifasini bajarishi kerak.
Bu yon devorchalar balandligi 100 mm dan kam boʻlmasligi hamda tom uchun asos sifatida ishlatiladigan issiqlik izolyatsiyalovchi materiallardan tayyorlanishi lozim.
Bunda, oʻtish yon devorchalar tom qoplama tagiga asos sifatida qoʻllanadigan issiqlik izolyatsiyalovchi materiallardan yoki B3.5 sinfiga mansub yengil temir-betondan, M-50 markali sement-qum qorishmasidan va qumli asfalt-betondan bajarilishi lozim.
Bu joylarda gʻisht devorlarni M-50 markali sement-qum qorishmasi bilan suvash kerak.
Panellarni mahkamlash uchun devor tekisligidan chiqib turadigan metall ustunlar payvandlangan metall toʻr boʻylab suvalashi kerak.
115. Beton, sement-qum qorishmasi va sementli bogʻlovchi tarkibidagi boshqa materiallardan yotqizilgan asos yuzasi boʻylab 1:2-1:3 nisbatda tayyorlangan bitum va kerosin qorishmasi bilan gruntlanishi lozim.
116. Bugʻ izolyatsiyasini SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
117. Tomyopmalarning devorlar, fonarlar devorchalarini shaxtalar va asbob-uskunalarga tutashgan yerlarida bugʻ izolyatsiyasi issiqlik izolyatsiyasi qatlamining qalinligiga teng balandlikkacha boʻlishi lozim.
Deformatsiya choklari mavjud qismlarda bugʻ izolyatsiyasi metall qistirma (kompensator) chekkalarini yopib turishi kerak.
Bino va inshootlarning balandlik farqlari joylashgan qismlaridagi deformatsiya choklari ruxlangan poʻlat listdan tayyorlangan kompensatorlar va himoya fartuklar bilan jihozlanishi lozim.
Deformatsiya choklarining konstruksiyasi bino va inshootlarning harorat va yogʻinlardan deformatsiyalanishida tom qoplamaning oqmasligini taʼminlashi zarur.
118. Qistirmali (kompensatorli) deformatsiya choklarida yonmaydigan (mineral-paxta) isitkichlar qoʻllanilishi kerak.
119. Tom qoplamalar balandligi 600 mm dan koʻproqqa oʻzgaradigan joylarda (tashqi uyushgan suv oqizishda) mazkur SHNQning 105-bandiga muvofiq eni 0,75 m dan kam boʻlmagan himoya qatlamini loyihalash lozim.
7-bob. Yigʻma temir-beton plitalardan yasalgan topqoplamalar
1-§. Yigʻma temir-beton plitalardan tayyorlangan top qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
120. Shamollatilgan chordoqli binolarda lotok kesimli temir-beton panellardan iborat oʻramsiz tomlar qoʻllanilishi lozim.
Lotok kesimli temir-beton panellari surtmali (mastikali) boʻyoq tarkibi bilan himoyalangan temir-beton tom yopma panellaridan, surtmali (mastikali) boʻyoq tarkiblaridan gidroizolyatsiya qilingan temir-beton suv yigʻish lotoklaridan va qoʻshimcha elementlar (friz panellari, tayanch ustunlar, toʻsinlar)dan tayyorlanishi lozim.
121. Balandligi 4 qavatgacha boʻlgan binolarda bino “qizil chiziq”dan tom soyaboni proyeksiyasidan kamida 1,5 m masofada joylashgan boʻlsa, tashqi suv chiqarish tizimini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
122. Temir-beton panellarda ventilyatsiya bloklari, quvurlar va boshqa muhandislik uskunalari oʻtkaziladigan joylarda kamida 100 mm balandlikka boʻrtib chiqib turadigan ramkali teshiklar boʻlishi kerak.
123. Oʻramsiz va qoplanmaydigan tomlarda nishablik 5 foizdan, suv yigʻuvchi lotoklarda esa 2 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
124. Tom qoplama panellarining va tirqish yopqichlar tokchalarining qalinligi 40 mm dan, suv yigʻuvchi lotoklar tubining qalinligi esa himoya qatlamining qalinligi 20 mm boʻlganda, 60 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
125. Tom qoplama elementlarining bir-biri bilan birikuvlari va tomning boshqa elementlari bilan tutashuvlari suv qochiriladigan yuzadan kamida 80 mm yuqorida joylashishi kerak.
126. Temir-beton qoplama elementlari quyidagilar bilan armaturalanishi kerak:
namlanadigan yuzalar konstruksiyalarning siqilgan kesimlar maydonida joylashganida oddiy armatura bilan;
127. Yigʻma qoplamadagi tom yopish panellari va suv yigʻish lotoklari qovurgʻali, toʻsin sxemasiga koʻra, egiladigan boʻlishi hamda nisbiy bukilish 1/200 oraliqdan oshmasligi lozim.
Uzluksiz konstruksiyalarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
128. Suv yigʻish lotoklari bitta oraliqli boʻlishi, bunda ularning tubidan quyidagilarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi:
tortuvchi ventilyatsiya tik quvurlari;
radio hamda teleantennalarni.
129. Oʻramsiz tom qoplamalar uchun quyidagi markalarda betonlardan tayyorlangan panellardan foydalanish kerak:
suv oʻtkazmasligi boʻyicha W-6-W-8;
sovuqqa chidamliligi boʻyicha kamida F-200.
Tom panellarining ventilyatsiya shaxtalari bilan tutashish joylari ruxlangan tom poʻlatidan tayyorlangan fartuk bilan mahkamlanishi kerak.
Bu fartuk ventilyatsiya shaxtalarining vertikal yuzasiga dyubellar bilan mahkamlanishi, bunda shaxta devori va fartuk orasiga texnik rezina tasmasi qoʻyilishi lozim.
130. Tom qoplama panellarini tortuvchi ventilyatsiya tik quvurlarining tutashish-oʻtish joyini maxsus metall gʻilof yoki ruxlangan tom qoplama poʻlatidan tayyorlangan, siquvchi halqalari mavjud boʻlgan fartuk bilan berkitgan holda bajarish kerak.
2-§. Yigʻma temir-beton plitalardan tayyorlangan tom qoplama konstruksiyalari
131. Yigʻma temir-beton plitalardan tayyorlangan tomlar chordoq qoplamalarida qoʻllanilishi hamda oʻzida yuk koʻtaruvchi va gidroizolyatsiyalovchi funksiyalarni birlashtirgan, toʻliq zavodda tayyorlangan panellardan iborat yagona konstruktiv va montaj elementi koʻrinishida bajarilishi lozim.
132. Bajaradigan vazifasiga koʻra, tomyopmaning temir-beton elementlari quyidagilarga boʻlinishi kerak:
tomyopma plitalariga (ular suv oqib ketishi uchun nishab yuzalar hosil qilishi kerak);
lotok plitalariga (suv yigʻuvchi lotoklar, suvni yigʻishi va ichki suv qochirish tizimiga chiqarib yuborishi lozim);
qopqoq plitalarga (tirqish berkitkichlar, ular tom qoplama panellarining tutashgan joylarini oʻzaro yopishi va ularni boshqa toʻsuvchi konstruksiyalar bilan biriktirishi kerak).
133. Gidroizolyatsiyaning turi yoki usuliga koʻra, tomyopmaning temir-beton elementlari quyidagicha bajarilishi kerak:
surtmali (mastika)li, boʻyovchi yoki singdiriladigan tarkibli gidroizolyatsiya bilan (oʻramasiz tom qoplamalar uchun);
qoʻshimcha yuzaki gidroizolyatsiyasiz barcha himoya vazifalarini oʻtaydigan atmosfera salbiy taʼsirlariga mustahkam betondan (qoplanmaydigan tom qoplamalar uchun).
134. Oʻramasiz tom qoplamaning temir-beton tomyopma elementlari siqilishga mustahkamligi boʻyicha sinfi B25 dan kam boʻlmagan, suv oʻtkazmaslik markasi mazkur SHNQning 129-bandiga muvofiq boʻlgan va sovuqbardoshliligi boʻyicha markasi F200 dan past boʻlmagan betondan tayyorlanishi kerak.
135. Qoplanmaydigan tom qoplamalar uchun siqilishga mustahkamligi boʻyicha sinfi B25 dan kam boʻlmagan, suv oʻtkazmaslik boʻyicha markasi SHNQning 129-bandiga muvofiq past boʻlmagan, sovuqqa bardoshliligi boʻyicha markasi F300 dan past boʻlmagan kuchlantiruvchi yoki oddiy beton qoʻllanilishi lozim.
136. Konstruktiv sxema boʻyicha chordoq qoplamasining boʻylama tom qoplama panellari suv yigʻish lotogiga va chordoqning tashqi devorlariga tayangan hamda panellar lotokka nisbatan simmetrik joylashtirilgan holda amalga oshirilishi zarur.
137. Harorat-namlik va seysmik taʼsirlarda chordoq qoplamasining konstruksiyasi panellar, tayanch uzellari va ularning tutashuvlarida deformatsiya erkinligini taʼminlashi lozim.
138.Tomyopmaning temir-beton elementlarini quyidagi hollarda armaturalanishiga yoʻl qoʻyiladi:
oddiy — hoʻl boʻladigan yuzalar konstruksiya kesimining siqilgan zonasida joylashganida;
139. Temir-beton tomyopma elementlarining mustahkamlikka, elastiklikka va yoriqbardoshlikka nisbatan hisoblash SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
140. Tomyopma elementlarining tashqi (yuza) qatlamidagi betonda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
uni tayyorlash, omborga joylash, tashish, montaj va foydalanish davrida choʻzuvchi kuchlanish hosil boʻlishiga;
yoriq paydo boʻlishiga.
Surtmali (mastika), boʻyaladigan va singdiriladigan tarkiblar bilan gidroizolyatsiyalangan tom qoplama elementlarida qolipdan boʻshatish paytida darzlarning qisqa vaqtga ochilishiga yoʻl qoʻyiladi.
141. Ishchi chizmalarda tom qoplama panellar va suv yigʻuvchi lotoklar toʻgʻrisida quyidagilar keltirilishi kerak:
“yuzi pastda” holatda tayyorlanishi, bunda tom qoplama elementlarining gidroizolyatsiyalovchi qoplamali yuza GOST 13015-2012 ga muvofiq A2 dan past va izolyatsiyalanmagan yuza A1 dan past boʻlmagan toifaga mos boʻlishi;
taxlash, tashish va montaj qilish ishlarini faqat ishchi holatda, toʻsin sxemasiga tayanib amalga oshirilishi.
142. Yigʻma temir-beton plitalardan tayyorlangan tom qoplama elementlari, tutashish va birikish choklarining texnik yechimlari ushbu SHNQning 4-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
143. Yigʻma temir-beton tom qoplama elementlarining barcha tutashish va birikish choklari mazkur SHNQning 333 — 335-bandlariga muvofiq yopilishi lozim.
144. Oʻramasiz tom qoplamasi uchun qoplama panellari ishlab chiqariladigan beton oʻzining mustahkamligi, suvni oʻtkazmasligi va sovuqqa chidamliligi boʻyicha quyidagi 5-jadval talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
5-jadval
Qoplama plitalari betonining xususiyatlari
Beton koʻrsatkichining eng kam qiymati
himoya surtmali (mastika)si bilan
gidroizolyatsiyasiz (atmosferaga chidamli beton)
Betonning siqilish mustahkamligi boʻyicha sinfi
B25
B25
Betonning choʻzilishga chidamlilik darajasi
Bt 1,6
Bt 1,6
Betonning suv oʻtkazmasligi boʻyicha markasi
W6
W8
Sovuq besh kunlik tashqi haroratda sovuqqa chidamliligi boʻyicha beton markasi, ºC:
minus 15 dan yuqori
F200
F300
minus 15 dan minus 35 gacha
F300
F400
minus 35 dan past
F300
F500
3-§. Qoplama elementlarining yechimi
145. Surtmali (mastikali), boʻyoqli va singdiruvchi tarkibli gidroizolyatsiyaga ega tom qoplama elementlarida qolipdan chiqarish paytida yoriqlarning qisqa muddatli ochilishiga yoʻl qoʻyiladi.
146. Tom qoplama elementlari choklarining bir-biri bilan va tomning boshqa elementlariga tutashish joylari suv oqizish yuzasidan 80 mm dan kam boʻlmagan balandlikda joylashtirilishi kerak.
147. Yigʻma temir-beton tom qoplama elementlarining barcha choklari va tutashuvlari berkitilishi lozim.
148. Oʻramli tom qoplamasida karnizga profil beton toshlarini yotqizish kerak.
149. Tashqi uyushmagan suvqochirgichga ega tomlarda tom qoplama panellari orasidagi tizma birikmasini joylashtirish P-shaklidagi temir-beton tirqish yopqichlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
150. Tom yopish panellari va suv yigʻish lotoklarining yon friz panellari bilan tutashgan joylari ruxlangan poʻlatdan tayyorlangan himoya fartugi bilan mahkamlanishi kerak.
151. Himoya fartugi friz paneliga dyubellar yordamida mahkamlanishi va soʻng parapet plitasi oʻrnatilishi kerak.
152. Tom qoplama panellari va tortuvchi ventilyatsiya tik quvurlarini tutashtirish uchun ruxlangan tom qoplama poʻlatdan tayyorlangan metall soyabonlarni siqish halqalari bilan loyihalash lozim.
8-bob. Monolit temir-beton plitalardan yasalgan tom qoplamalar
1-§. Monolit temir-betondan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
153. Tom qoplama qatlami qalinligi 40 mm dan kam boʻlmagan, deformatsiya choklar doirasida uzilmagan monolit temir-beton plitadan iborat boʻlishi kerak.
Plitalar diametri 6 mm gacha boʻlgan sim va boshqa armatura buyumlaridan foydalangan holda, 100x100 mm yoki 100x150 mm katakli payvandlangan toʻrli konstruksion armatura bilan mustahkamlanishi kerak.
154. Harorat-namlik va seysmik taʼsirlarda plita deformatsiyasining erkin namoyon boʻlishini taʼminlash maqsadida, uning asosga yopishishini istisno qilish va deformatsiya choklarni oʻrnatilishi, bunda choklar orasidagi masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
oddiy temir-beton uchun — 6 m;
oʻz-oʻzini kuchlantiruvchi temir-beton uchun (kuchlantiruvchi beton poydevorida) 24 m.
155. Deformatsiya choklarda GOST 14918-2020 ga muvofiq ruxlangan poʻlat listdan beton tanasiga yondosh plitalar oʻrnatilgan holda kompensatorlar boʻlishi kerak.
156. Plitalar konstruksiyasi suvni plitalar yuzasidan suv qochirish qurilmalariga butunlay chiqarib olish lozim.
2-§. Monolit temir-betondan tayyorlangan tom qoplama konstruksiyalari
157. Monolit temir-beton plitali tom qoplamalar mazkur SHNQning 139 — 140-bandlariga muvofiq beton qoʻllanilishi kerak.
158. Monolit betondan tayyorlangan tom qoplamasi qatlami yopma konstruksiyasining tarkibiy qismi boʻlib, mazkur qatlam gidroizolyatsiya va pol vazifalarini bajarishi kerak.
159. Temir-beton plitalarni 0 — 1,5 foiz oraligʻidagi nishablikda tekis yoki pogʻonali koʻrinishda (ochiq tomosha inshootlarining tribuna osti xonalari mavjud tribunalari) oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Pogʻonali plitalarning gorizontal qismlarini 1 foiz nishablikda loyihalash kerak.
Plitalarning alohida qismlari 2,5 foizgacha boʻlgan nishablikka ega boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
160. Pogʻonali plitalarda deformatsiya choklari faqat radial oʻqlar boʻylab oʻtishi lozim.
Yassi plitalarda deformatsiya choklarini oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarda oʻrnatish kerak.
161. Deformatsiya choklarida yondosh plitalarning betoniga biriktirilgan ruxlangan poʻlat listidan (tunukadan) kompensatorlar boʻlishi kerak.
162. Vertikal yuzalarga tutashtirishlarni oʻrnatishda, plitani toʻsiq tanasiga kamida 200 mm balandlikka kiritish kerak. Bunda, konstruktiv armaturalash amalga oshirilishi va yagona vertikal tekislik hosil qilinishi lozim.
163. Monolit temir-betondan tayyorlangan tom qoplamalar, deformatsiya choklari va tutashuv uzellarining texnik yechimlari mazkur SHNQning 5-ilovasi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
164. Ishchi chizmalarda monolit temir-betondan tom qoplamalarni qurishda ularni qoʻllash boʻyicha qoʻyiladigan texnik talablar keltirilishi lozim.
9-bob. Metall tom qoplamalar
1-§. Asosiy talablar
165. Metall tomlarni qabul qilingan konstruksiya va nishabligi asosida ushbu SHNQning 2-jadvaliga muvofiq poʻlat list, profnastil, metall cherepitsa yoki profillangan toʻshamalardan loyihalash kerak.
Poʻlat list, profillangan list va profillangan toʻshamali tom qoplamalar uchun ruxlangan poʻlat qoʻllanishi lozim.
Metall cherepitsa sifatida tom nishabligi uzunligiga mos keladigan, ikki yoʻnalishda profillangan va himoya-bezak qoplamali poʻlat listlardan foydalanish kerak.
166. Zich qurilishlarda bino va inshootlar tom qoplamalarining nishabli yuzalarini qoplashda har bir listining ogʻirligi 4,0 — 4,5 kg/list, qalinligi 0,51 — 0,57 mm boʻlgan poʻlat listlardan foydalanish lozim.
Bino-inshootlarni, shuningdek muhim konstruksiyalarni (karniz osilmalari, tarnovlar, fasadlarning meʼmoriy detallari)ni qoplash uchun ogʻirligi 5 — 5,5 kg/list, qalinligi 0,63 — 0,7 mm boʻlgan poʻlat listlardan foydalanish kerak.
167. Poʻlat hamda profillangan listdan, metall cherepitsadan iborat tom qoplama tagiga 25 mm dan kam boʻlmagan qalinlikdagi yupqa toʻshama yoki oraliq masofasi 250 mm dan oshmaydigan 50x50 mm yogʻoch bruslardan iborat yogʻoch panjara (obreshyotka) boʻlishi lozim.
Karnizning 70 — 75 cm kengligidagi qismiga 25 — 32 mm li taxtalardan yaxlit toʻshama oʻrnatilishi kerak.
Tom choʻqqining ikki tarafida, yendova va qirralarda bitta taxta kengligida toʻshama hosil qilish lozim.
168. Tom qoplamaning listlarini yogʻoch panjara (obreshyotka) mahkamlashda yassi poʻlatdan tayyorlangan klyammerlardan foydalanish hamda ularni 500 mm oraliqda tik falslariga valsovka qilish kerak.
Karniz osmalarini mustahkamlash maqsadida, kengligi 25 — 40 mm, qalinligi 4 — 6 mm va uzunligi 450 mm boʻlgan “T” shaklidagi yassi poʻlatdan tayyorlangan tirgaklardan foydalanish lozim.
Tarnovlarni mahkamlash uchun qalinligi 5-6 mm, eni 16 — 25 mm va uzunligi 420 mm li poʻlatdan tayyorlangan ilgaklar oʻrnatilishi kerak.
169. Poʻlat listlar va yogʻoch panjara (obreshyotka)larni karniz osilmalariga hamda klyammerlarni mahkamlash uchun diametri 3,5 — 4,0 va uzunligi 40 — 50 mm li yirik qalpoqli maxsus tom qoplama mixlaridan foydalanish lozim.
Ilgaklar va klyammerlarni qoqish uchun yoʻgʻonligi 3,5 — 4,0 va uzunligi 50 — 100 mm li qurilish mixlar, poʻlat shuruplardan qoʻllanilishi kerak.
170. Poʻlat listlarini mahkamlovchi klyammerlar, tarnovlarni mahkamlovchi ilgaklar, karniz osilmalarini tutib turuvchi qoziqlar, shuningdek ularni mahkamlovchi mixlar, profillangan metall listi va metall cherepitsani mahkamlovchi poʻlat shuruplar, oʻzi kesib kiruvchi mixlar va shaybalar zanglashga qarshi himoyalangan boʻlishi lozim.
Ruxlangan poʻlat qoʻllanilganida barcha mahkamlovchi detallar ham ruxlangan boʻlishi kerak.
171. Tom qoplama poʻlat listlarining bir-biriga ulashni tik yoki yotiq choklar bilan, yakka va birgalikda (qoʻshaloq holda) falʼslar yordamida bajarilishi lozim.
Tik (vertikal) choklar tom qoplama nishabligi boʻylab, yotiq choklar esa koʻndalangiga, nishablik boʻylab pastga bukilgan holda joylashtirilishi kerak.
Yakka choklar nishabligi 20 foiz gacha boʻlgan tom qoplama nishabliklarida, qoʻshaloq choklar esa nishabligi 20 foiz ortiq boʻlgan tom qoplama nishabliklarida hamda suv eng koʻp toʻplanadigan joylarda (tarnovlar, yendovalar) qoʻllanishi lozim.
Har bir chokning tagida yogʻoch panjara (obreshyotka)ning bruslari yoki toʻshama taxtasi boʻlishi kerak.
172. Poʻlat listli tunukadan tayyorlangan tom qoplamalar uyushmagan yoki uyushgan tashqi suv qochirish tizimiga ega boʻlishi lozim.
Uyushgan suv oqimi tizimiga ega boʻlgan tomlarda suv tom qoplamalar tayyorlangan poʻlat bilan bir xil boʻlgan poʻlatdan tayyorlangan devorga oʻrnatilgan tarnovlar yoki osma tarnovlar, lotoklar, voronkalar va suv oqadigan quvurlar orqali chiqarib yuborilishi kerak.
Suv oqiziladigan quvurlarni bir-biridan 12 — 20 m masofada joylashtirish lozim.
173. Profillangan poʻlat toʻshama asosan nishabliklari oddiy shaklga ega boʻlgan sanoat-ishlab chiqarish obyektlari hamda jamoat va sanoat binolari uchun qoʻllanishi kerak.
Oʻrnatish jarayonida zavod himoya-dekorativ qoplamasiga qoʻshimcha ravishda yogʻsizlantirilgan yuza boʻyalishi lozim.
Yuk koʻtaruvchi profillangan toʻshama mazkur SHNQning 3-ilovasidagi talablarga muvofiq detallari isitiladigan tomyopmalarda oʻramli yoki surtmali (mastika)li tom qoplamalar ostiga oʻrnatiladigan yuk koʻtaruvchi element sifatida yoki sovuq qoplamali mustaqil tomyopma sifatida qoʻllanilishi kerak.
174. Profillangan toʻshama bilan qoplangan tomlarda yuqoridagi toʻshama listi tom nishabligi boʻyicha pastki listni quyidagicha qoplab turishi lozim:
nishab 17,5 foiz boʻlsa, kamida 100 mm ga;
nishab 10 — 17,5 foiz boʻlsa, birikuvlar zich berkitilgan holda 200 mm ga.
175. Yuk koʻtaruvchi profillangan toʻshama tom prokat metall progonlarga yoki metall balkali fermalarning hamda tuzilmali konstruksiyalarning yuqori qismlariga qoplama tagiga asos sifatida, mustaqil tom qoplama sifatida ham oʻzi kesib kiruvchi shurup (samorez)lar, shayba va zichlovchi qistirmalar yordamida mahkamlanishi lozim.
Boltlar uchun teshiklar oʻrni ish joyining oʻzida parmalanishi kerak.
Oʻzi kesib kiruvchi shurup (samorez)lar va shaybalar korroziyaga qarshi himoyalangan boʻlishi lozim.
Toʻshama uchun yopma panjaralari progonlar oraligʻi qoplama xususiyatlari va unga tushadigan yukdan kelib chiqib, tushadigan yuklarni hisoblash qilish orqali aniqlanishi kerak.
2-§. Metall tom qoplamalarga quyiladigan talablar
176. Tom qoplamasi uchun metall yuk koʻtaruvchi profillangan listning gofra balandligi GOST 24045-2016 boʻyicha 44 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
177. Tom qoplama ostidagi asosning yuk koʻtarish qobiliyati SHNQ 2.01.07-21 ning talablariga muvofiq taʼsir qiluvchi yuklarni hisoblash orqali oʻrnatilishi kerak.
178. Himoya-dekorativ qoplamasi boʻlmagan poʻlat tom qoplamani oʻrnatish jarayonida uni ikki tomonlama gruntlash va yuza qismini bir qatlam boʻyash lozim.
179. Metall toʻlqinsimon listlar dumaloq poʻlatdan tayyorlangan ilgaklar yoki maxsus elastik klyammerlar yordamida progonlarga biriktirilishi kerak.
180. Harorat deformatsiyalaridan buzilishni oldini olish maqsadida, yendova joylariga oʻrnatiladigan, ruxlangan va poʻlatdan tayyorlangan togʻorasimon tarnovlarning uzunligi 6 m dan oshmasligi lozim.
181. Yuk koʻtaruvchi metall profillangan toʻshama va Yo1 — Yo4 yonuvchanlik guruhlari materiallaridan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi qatlami bilan tom qoplamalardagi toʻshamalarning gofrirovka qilingan joylari boʻshliqlarini toʻldirish YONM yonuvchanlik guruhining 250 mm uzunlikdagi materiallari bilan devorlar, kengaytiruvchi boʻgʻinlar, fonarlar devorlariga tutashgan joylarda, shuningdek har ikki konki tomonida va tom qoplamaning yendovasida bajarilishi kerak.
182. Gofralarning boʻsh joylarini toʻkma isitkich bilan toʻldirishga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
3-§. Listli poʻlat va misdan yasalgan tom qoplamalar
183. Qalinligi 3-4 mm boʻlgan poʻlat listli yasalgan metall tom qoplama ichki suv tarnoviga ega boʻlgan binolar uchun qoʻllanilishi hamda metall ustunlar va progonlar boʻylab yiriklashtirilgan listli elementlardan tayyorlanishi kerak.
Bunda, elementlarning mahkamlashi harorat taʼsirida kengayishda ularning erkin harakatlanishini taʼminlash lozim.
184. Ruxlangan poʻlatdan tayyorlangan tom qoplamaning listi fronton yuzalarida tomyogʻochning chetidan 40 — 50 mm chiqib turishi va tomyogʻochning qirrasiga qadalgan klyammerlar bilan qirra boʻylab qoʻshma tik falsga ega boʻlishi kerak.
185. Korroziyaga qarshi qoplamali poʻlat listlardan tayyorlangan tom qoplamada yon tomondagi osma tomizgichli metall taxta (kapelnik) bilan shamolga qarshi metall taxtani oʻrnatish lozim.
186. Mis listlardan tayyorlangan tom qoplamaning tizmasida boʻylama yoʻnalishda 600 mm qadami bilan mis kronsheynlar joylashtirilishi kerak.
Bunda, tom yonbagʻirlarining listlari ulanishi lozim.
187. Kronshteynlar mis tom qoplamaning devorga tutashgan joyida ham boʻlishi kerak.
4-§. Profillangan metall toʻshamalardan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
188. Isitilmaydigan binolarda poʻlat asos toʻsinlari qoplama yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga mahkamlanishi lozim yoki “issiq” tomlarda pastki yuk koʻtaruvchi profilli qoplama ustiga oʻrnatilgan oraliq toʻsinlarga biriktirilishi kerak.
189. “Issiq” tom qoplamalarda isitkich ostidagi pastki yuk koʻtaruvchi profillangan toʻshama boʻylab plyonkali bugʻ izolyatsiyasi boʻlishi lozim.
Metall progonlar va boshqa konstruksiyalarga tutashgan joylarda isitkich balandligiga koʻtarilishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasining ustki qismini bugʻ oʻtkazuvchan qatlam yoki qalinligi 20 mm dan kam boʻlmagan zich issiqlik izolyatsiyasidan tayyorlangan plita bilan shamoldan himoya qilish lozim.
Isitkich va gofrirovkaning pastki qismi orasidagi shamollatiladigan havo aylanadigan boʻshliqning tirqishi kamida 50 mm boʻlishi kerak.
Yuqori profillangan toʻshamaning balandligi 44 mm dan kam boʻlmaganda, havo qatlamini qoldirmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
190. Tom qoplamaning devorlarga va parapetlarga tutashgan joylarida kamida 150 mm balandlikdagi vertikal yuzalarga himoya fartuklari oʻrnatilishi kerak.
Boʻylama tutash joylarida toʻshamani gofrlash yoʻnalishi devorga parallel ravishda yoki devordan suvni olib tashlash bilan oʻrnatilishi lozim.
Himoya fartugining gorizontal qismining kengligi 300 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Himoya fartugining gorizontal listi profillangan toʻshamaning kamida ikkita gofr tutashgan qismini yoki 300 mm dan kam boʻlmagan uzunlikdagi maydonni qoplashi kerak.
Himoya fartuklari bir-biriga kamida 150 mm ustma-ust qoʻyilishi yoki yotiq birlamchi falʼs bilan birlashtirilishi, ularning gorizontal listlarini profillangan toʻshamaga parchin mixlar yordamida mahkamlash lozim.
191. Tom yopish uchun poʻlat profillar, ruxlangan, alyumosink yoki alyumin qoplamali tom qoplamalar hamda alyumin profillangan listlardan foydalanish lozim.
Bunda, ularni GOST 24045-2016 boʻyicha himoya-dekorativ boʻyoq qoplama bilan qoplash kerak.
192. Profillangan listlardan tayyorlangan tom qoplamalar 20 foizdan ortiq (12°) nishablikda boʻlishi lozim.
10 foizdan 20 foizgacha (6° — 12°) nishabliklarda listlar orasidagi boʻylama va koʻndalang boʻgʻinlarni germetizatsiyalashni yoki listlar ostidagi suvdan izolyatsiyalovchi qatlam bilan taʼminlashni amalga oshirish kerak.
193. Profillangan list ustma-ustligining nishablik boʻylab oʻlchami 250 mm dan kam boʻlmasligi, nishablikka koʻndalang oʻlchami esa bitta gofr hisobida tanlanishi kerak.
194. Toʻlqinsimon va profillangan metall listlardan tayyorlangan tomlarda suv oʻtkazmaydigan qatlam ostidagi asosning qalinligi 25 mm va kengligi 100 mm dan kam boʻlmagan taxtalardan tayyorlangan toʻsiq koʻrinishida loyihalash lozim.
Tomyogʻochning qadami va uning kesimini, foydalanish hamda ishlarni amalga oshirish jarayonida hisobiy yuklar taʼsirida yogʻoch asosning mustahkamligi va bikrligini taʼminlash uchun tom qoplamaning listlar turiga hamda nishabliklariga koʻra olinishi kerak.
195. Metall profillangan listdan tayyorlangan tom qoplamalarda devorlarga ulashgan joylarda rux yoki polimer qoplamali poʻlat listlardan tayyorlangan himoya fartuklari oʻrnatilishi, ularni parchin mixlar bilan mahkamlash va oʻzaro yotiq bitta fals orqali birlashtirilishi kerak.
Tom choʻqqi qismi elementlari, shuningdek tom qoplamasi orqali oʻtkazilgan joylarni pardozlash uchun foydalaniladigan himoya fartuklari metall profilli listning koʻndalang kesimi shakliga mos keladigan taroqsimon qismga ega boʻlishi lozim.
196. Toʻlqinsimon listlardan tayyorlangan tom qoplamaning detallari uchun texnik yechimlar mazkur SHNQning 10-ilovasi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
5-§. Metall cherepitsadan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
197. Metall cherepitsani tomyogʻochga mahkamlash kamida 4,8 x 28 mm oʻlchamdagi neoprenli zichlovchi qistirma bilan oʻzi kesib kiruvchi shurup (samorez)lar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Karniz boʻylab shuruplar toʻlqinning har ikkinchi egilishida oʻrnatilishi kerak.
Yendova boʻylab yuqori profil va yon osmaning himoya fartugi 300 mm dan 500 mm gacha qadamlar bilan mahkamlanishi lozim.
Tizma profilini metall cherepitsaning har ikkinchi toʻlqiniga shuruplar bilan mahkamlash kerak.
198. Metall cherepitsa listlarini yotqizishda boʻylama ustma-ust qoplama kamida 100 mm uzunlikda bajarilishi lozim.
Oʻrnatish paytida ushbu turdagi listlarning profilini shtamplash yoʻnalishini hisobga olish kerak.
199. Tom qoplamaning uzellarini oʻrnatishda (karnizlar, yon chiqiqlar, tutashlar, yendovalar, tom qoplama orqali oʻtish joylari, zichlagichlar) maʼlum bir metall cherepitsaning turiga mos keladigan elementlar va ularning oʻlchamlaridan foydalanish lozim.
200. Metall cherepitsaning suv izolyatsiyali qatlami boʻlgan asosiy tom qoplamasi uzellarining asosiy yechimlari mazkur SHNQning 8 va 11-ilovalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
201. Yendova joylarida silliq tunuka listini yaxlit tomyogʻochga yotqizilishi, listni va metall cherepitsa orasidagi boʻshliqlarni metall cherepitsa profili boʻylab maxsus zichlovchi tasma yordamida germetizatsiyalash lozim.
202. Tomning tizmasi barcha qator metall cherepitsa listlari oʻrnatilib, zichlovchi lenta mahkamlangandan keyin tizma elementlari bilan yopilishi kerak.
Tizma elementlari profilning har ikkinchi toʻlqinida shuruplar bilan mahkamlanishi lozim.
Metall cherepitsa listlarining bir-biriga yopishgan joylarini 20 foizgacha nishabliklarda silikon yoki tiokol zichlash moddalari yordamida germetiklash kerak.
203. Tom qoplamaning gʻishtli devorga tutashgan joyini pardozlash uchun yaxlit toʻshama va metall qismlar boʻylab metall cherepitsa ostiga yotqiziladigan oʻz-oʻzidan yopishadigan bitumsimon oʻramli materialdan foydalanish lozim.
10-bob. Donali materiallardan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
204. Donali tom qoplama materiallari sifatida quyidagilar qoʻllanishi kerak:
asbest-sement listlari;
sopol, sement-qumli va egiluvchan (bitumli) cherepitsa.
205. Tom qoplamalar materiallari nishablardan kelib chiqib, mazkur SHNQning 6-jadvali talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
6-jadval
T/r
Tomning nishabligi foiz, kam emas
Qoʻllaniladigan materiallar
Listlar tayanchlari orasidagi masofa, mm, ortiq emas
1.
10
SV-1750, turidagi boʻylama va koʻndalang birikmalarni germetiklovchi oʻrta profilli asbest-sementli toʻlqinsimon listlar
750
2.
25
SV-1750, turidagi boʻylama va koʻndalang birikmalarni germetiklovchi birikmalarni germetiklamay
Boʻylama va koʻndalang birikmalar germetiklangan UV-7,5-K, UV-6-K turlaridagi birikmalarni germetiklamay
1500
7.
33
Boʻylama va koʻndalang birikmalar germetiklangan UV-7,5-K, UV-6-K turlaridagi nishablik uzunligi 9 m gacha boʻlganda BO listlarini qoʻllash bilan
525
8.
40
Shtamplangan, pazli, keramik cherepitsa
310
9.
45
Shtamplangan, pazli, sement-qumli cherepitsa
310
10.
50
Tasmali, pazli, keramik cherepitsa
333
11.
50
Tasmali, tekis, keramik cherepitsa
160
12.
50
Pazli, polimerqumli cherepitsa
333
13.
50
Bitum va bitum-polimer cherepitsa (moslashuvchan cherepitsa)
Yaxlit qoplash
14.
30…50
Bitum va bitum-polimer cherepitsa, qoʻshimcha toʻshama qatlamli
Izoh:
1. UV-7.5-2500 turidagi asbest-sement plitalarini asosan sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarining sanoat binolari va inshootlarining tomlari uchun ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
UV turlari-6-1750 — turar joy obyektlari, jamoat va qishloq xoʻjaligi binolarining chodir qoplamalari uchun
Vu-K turi — sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining yordamchi binolari uchun
2. Don saqlashga moʻljallangan omborxona binolarida, tomlarning nishabligidan qatʼi nazar, listlar orasidagi bogʻlanishlarni zichlashtirish kerak.
3.Asbest-sement plitalari qoʻllanilganda, tomning nishabligi 25-33 foiz boʻlishi kerak.
Plitalar tayanchlari oʻrtasidagi hisobiy oraliq esa 525 mm dan oshmasligi, tomning nishabligi 33 foiz va listlarning ustma-ust tushishi kamida 120 mm boʻlganda, tom nishabligining uzunligi 15 m dan oshmasligi kerak.
Tom nishabligining uzunligi 9 m gacha va listlarning nishablik boʻylab ustma-ust tushishi 200 mm dan kam boʻlmaganda, asbest-sement va boshqa turdagi listlardan 10 foiz nishablikdagi birikmalarni germetizatsiyalanmagan asbest-sementli tomlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Asbest-sement listlarini mahkamlash uchun ruxlangan mixlar qoʻllanilishi kerak. Chekka listlar bitta kesik burchakka ega boʻlishi kerak.
Burchaklarni kesish faqat boshlangʻich karniz va oxirgi konyok listlarida koʻzda tutilmaydi.
206. Donali materiallardan tayyorlangan tom qoplama yogʻoch bruslardan tayyorlangan toʻsiqlar ustiga yotqizilishi va osma stropilalar koʻrinishidagi yuk koʻtaruvchi konstruksiya yordamida ushlab turilishi lozim.
Chordoqli tomlarning yogʻoch konstruksiyalarini yongʻin va chirishdan saqlash maqsadida, ularga kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berish kerak.
207. Toʻlqinli asbest-sement listlardan tom qoplamalarning burchaklarini kesish va siljitish yoʻli bilan bir-birining ustiga zich yopib yotqizilishi lozim.
Asbest-sement listining yopuvchi yon qirrasining toʻlqini yondosh listning yopiluvchi qirrasining toʻlqinini tom qoplama nishabining eniga yopishi kerak.
Tom qoplama nishabining boʻyiga asbest-sement listlari bir-birining chekkasini 150 mm dan kam va 300 mm dan ortiq yopmasligi lozim.
208. Asbest-sement listlari oʻrtasidagi birikuvlarni germetik zichlash uchun zichlovchi surtmali (mastika)lar boʻlishi kerak.
209. Asbest-sement tom qoplamalarda qator yotqiziladigan listlarning diagonal qarama-qarshi burchaklari kesilgan boʻlishi lozim.
Karniz, tom choʻqqi va chekka listlarning bitta burchagi kesik boʻlishi kerak.
Karnizning boshlangʻich va konyokning oxirgi listlarining burchaklarini kesishga yoʻl qoʻyilmaydi.
210. Toʻlqinsimon listlar yogʻoch panjara (obreshyotka)ga shifer mixlari yoki neopren (rezina) qistirmali shuruplar bilan mahkamlanishi kerak.
Mixlarning kallakchalar korroziyaga qarshi qoplamaga ega boʻlishi lozim.
211. Toʻlqinsimon asbest-sement listlaridan iborat tom qoplamalardagi deformatsiyalarni kompensatsiya qilish maqsadida, har 12 — 18 m masofada deformatsiya choklari boʻlishi kerak.
Uzunligi 25 m gacha boʻlgan binolarning asbest-sement tom qoplamalarida deformatsiya choklari talab qilinmasligi lozim.
212. Tom qoplamalarning tomchoʻqqi qismida asbest-sement detallari qoʻllanilganida, toʻlqinlar orasidagi botiqliklarni 150 mm uzunlikda M 50 markali sement qorishmasi bilan toʻldirilishi kerak.
213. Tom qoplamaning tom choʻqqi qismida joylashtiriladigan shamollatish bloklari, shaxtalar va boshqa muhandislik uskunalari oʻtkaziladigan joylarda oʻtish detallarni va ruxlangan poʻlatdan himoya fartuklari boʻlishi lozim.
Bunda, ularni shaxtalar devorlari yoki uskunalar bilan germetik zich biriktirish kerak.
214. Tom qoplama nishabligi boʻylab himoya fartuklari bir-birining chetini kamida 100 mm ga yopishi lozim.
215. Antenna tirgaklari va tortqilarni mahkamlovchi turli sterjenlar listlar oʻrkachidagi teshiklar orqali oʻtishi hamda ular yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga mahkam qotirilishi va suvning sizib kirishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
216. Tomlarda tom choʻqqilari boʻylab, yon devorlar yaqinidagi tom qoplama nishabliklari, deformatsiya choklarda, shuningdek ventilyatsiya va boshqa xizmat koʻrsatish uskunalarga oʻtish joylarida 400 mm kenglikdagi toʻshamalarni taxtadan oʻrnatish lozim.
217. Asbest-sement listlardan iborat tom qoplamalarning yechimlari mazkur SHNQning 6-ilovasidagi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
218. Asbest-sement tomli issiqlik izolyatsiyali qoplamalarda bugʻ oʻtkazmaydigan qatlamni quyidagi joylarda boʻlishi lozim:
yuk koʻtaruvchi qoplama plitalari orasidagi choklarda;
plitalarning devorlarga tutashgan joylarida;
deformatsiya choklarida hamda shaxta va quvurlar tom qoplamadan oʻtkazilgan joylarda.
219. Asbest-sement listlarining kirishish va qiyshayish deformatsiyasini kamaytirish uchun ularni tashqi tomondan kremniyli organik suyuqlik bilan gidrofoblash kerak.
220. Asbest-sementli tom qoplamalar oddiy shaklga ega boʻlishi lozim.
Tomning karniz qismlari qoʻshni qurilmalar tomonidan quyosh radiatsiyasidan toʻsib qoʻyilgan boʻlsa, bunda tom qoplama listlarining boʻylama va koʻndalang birikmalarini germetizatsiya qilish lozim.
221. Asbest-sement listlarining sinishini oldini olish maqsadida, ulardagi teshiklarning diametri mahkamlash elementi sterjenining diametridan 2-3 mm kattaroq boʻlishi kerak.
222. Koʻp oraliqli binolarni loyihalashda, issiqlik izolyatsiyali qoplamali va asbest-sement tomli inshootlarda oʻrta yendova qismlarida tom qoplamalarni mazkur SHNQning 97 va 104-bandlari talablariga javob beruvchi oʻramli materiallardan bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
223. Cherepitsali tom qoplamalarda nishablar ushbu SHNQning 6-jadvali talablariga muvofiq, cherepitsa turiga koʻra qabul qilinishi kerak.
224. Cherepitsali tom qoplama tagiga nishab stropilalar boʻylab oʻrnatiladigan asos (tayanch) 50x60 mm li yogʻoch bruslardan bajarilishi lozim.
Bunda, yogʻoch bruslar oraligʻi qoʻllanilayotgan cherepitsa uzunligini hisobga olgan holda mazkur SHNQning 6-jadvali talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
225. Tom plitkalari (egiluvchan cherepitsa) uchun asos sifatida yogʻochdan, suvga chidamli yelimfanerli konstruksiyalardan yoki yogʻoch tolali (yogʻoch qipiqli) plitalardan tayyorlangan, yaxlit va olovga chidamli toʻshama qabul qilinishi kerak.
Yongʻinga qarshi chora-tadbirlar mazkur SHNQning 20-bobidagi talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
226. Cherepitsa tayanchlar yogʻoch panjara (obreshyotka)si bruslariga tirnoq (ship) bilan va tirnoqning maxsus teshigidan oʻtkazilgan ruxlangan simlar yordamida mahkamlanishi lozim.
227. Stropila va yogʻoch panjara (obreshyotka)larni tayyorlash uchun ignabargli daraxtlardan foydalanishda mazkur SHNQning 19-bobi talablariga amal qilish kerak.
Ustunlar kesimi SHNQ 2.01.07-21 boʻyicha yuklama taʼsirini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
228. Yogʻoch panjara (obreshyotka)lar minimal kesimi 30x50 mm boʻlgan bruslardan tayyorlanishi lozim.
229. Qoplovchi qatlam choklarini bir-birining ustiga chiqishi kamida 80 mm boʻlib, tom osmasiga parallel ravishda yotqizilishi kerak.
230. Bitumli cherepitsadan tayyorlangan tom qoplamaning asosi sifatida quyidagilardan tashkil topgan yaxlit toʻshamalardan foydalanish lozim:
namligi 20 foizdan koʻp boʻlmagan shpuntlangan yoki qirqib olingan taxtalar;
namligi 12 foizdan koʻp boʻlmagan namlikka chidamli fanera;
namligi 12 foizdan koʻp boʻlmagan yoʻnaltirilgan-qipiqli plitalar.
Stropilaning qadam va kesimlari amal qiluvchi yuklarga koʻra hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
Yaxlit toʻshamaning qalinligi stropilaning qadamiga qarab, quyidagi 7-jadvalga muvofiq qabul qilinishi lozim.
7-jadval
Stropilalar qadami, mm
Yaxlit toʻshamaning qalinligi, mm
taxtalardan
fanerdan
yoʻnaltirilgan-qipiqli plitadan
600
20
12
12
900
23
18
18
1200
30
21
21
1500
37
27
27
231. Plitkalardan tayyorlangan tom qoplamaning asosi (tabiiy slanets, sement-tolali, xrizotil sementli, kompozitli) quyidagidan tashkil topgan boʻlishi kerak:
stropilalar ustiga oʻrnatilgan yaxlit taxta toʻshamadan;
plitkalar yotqiziladigan oʻramli materiallarning suv izolyatsiyasi qatlamidan.
232. Tom qoplama plitkalarini mahkamlash uchun korroziyaga chidamli mixlar yoki qalpogʻining diametri 9 mm dan kam boʻlmagan slanetsli shuruplar hamda shamolga qarshi klyammerlardan foydalanish lozim.
233. Plitkadan tayyorlangan tom qoplamaning ventilyatsiyasi shamollatiladigan tizmalar, teshiklar va boʻlak aeratorlari orqali amalga oshirilishi kerak.
234. Tomyogʻoch boʻylab yiriq shaklli plitkalardan foydalanish kerak.
Plitkadan tayyorlangan tom qoplamaning devorlar, parapetlar va boshqa vertikal konstruksiyalarga ulanish detallari metall himoya fartuklarini (ruxlagan tom qoplama poʻlatidan, misdan, qoʻrgʻoshindan, alyumindan) oʻz ichiga olishi lozim.
Bunda, suv izolyatsiyasida himoya qatlami boʻlishi kerak.
235. Bitumli va bitum-polimerli tom qoplama plitkalari maxsus texnologiya asosida zavod sharoitida ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
Tom qoplama plitkalari Yo2 va AT2 yonuvchanlik hamda yongʻin tarqalish sinflaridan past boʻlmasligi kerak.
Tom qoplama plitkalari uchun bogʻlovchi materialning vazni 1 m2 2500 g dan kam boʻlmagan ogʻirlikda belgilanishi lozim.
Intensiv oʻsimliklarga ega boʻlgan hududlarda joylashgan bino va inshootlarning tom qoplamasini bajarishda oʻsimliklarning unib chiqishiga qarshi chidamli maxsus materiallardan tayyorlangan, pastki qatlamli tom qoplama plitkalarini qoʻllash kerak.
236. Tom qoplama plitkalaridan tayyorlangan suv izolyatsiyasi toʻshamasi bilan 16° dan 85° gacha boʻlgan nishabliklarda bajarilishi lozim.
11-bob. Sendvich panellardan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
237. Sendvich-panellardan tayyorlangan tom qoplama konstruksiyasining asosiy elementlari quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
poʻlat sendvich-profillari;
issiqlik izolyatsiyasi;
yupqa listli poʻlatdan tayyorlangan tom yopish qoplamasi (profillangan list, metall cherepitsa);
konstruktiv va pardozlash elementlari.
238. Tom qoplama sendvich-panellarining asosiy geometrik oʻlchamlari ishchi chizmalarda va mazkur SHNQning 8-jadvali talablariga javob berishi lozim.
8-jadval
Panelning turi
Uzunligi, mm
Issiqlagichning kengligi, mm
Qalinligi, mm
tom qoplama va gʻovakli panel
2500…12000
1000
50…200
239. Qalinligi 1,0 mm gacha boʻlgan ruxlangan yupqa qatlamli poʻlatdan tayyorlangan, polimer qoplamali yoki qoplamasiz sendvich-panellar toʻgʻridan-toʻgʻri tomning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga, stropilaga yoki tom qoplama progonlariga biriktirilishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi sendvich-profillarining boʻshligʻiga joylashtirilishi lozim.
Bunda, tom yopish qoplamalari kuchaytirilgan qalpoqcha mahkamlash profillari yoki Z-progonlardan tayyorlangan yogʻoch panjara (obreshyotka) orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri sendvich-profiliga oʻrnatilishi kerak.
Qattiqlik elementlari qalinligi 2,0 mm gacha boʻlgan ruxlangan yupqa listli poʻlatdan tayyorlanishi lozim.
240. Tom qoplamaning issiqlik izolyatsiyasi sifatida zichligi mazkur SHNQning 9-jadvalda keltirilgan yonmaydigan mineral paxtali plitalar ishlatilishi kerak.
9-jadval
Materiallar turi
Zichligi, kg/m3
Qalinligi, mm
Issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, Vt/m°S
Shisha tolali mineral paxta
15 — 17
Issiqlik-texnik hisoblash asosida
0,037
Shisha tolali mineral paxta
20
0,035
Shisha tolali mineral paxta
22
0,034
Bazalt tolali mineral paxta
90
Issiqlik-texnik hisoblash asosida
0,046
Bazalt tolali mineral paxta
100
0,046
Bazalt tolali mineral paxta
110
0,046
Bazalt tolali mineral paxta
120
0,046
Bazalt tolali mineral paxta
130
0,048
Bazalt tolali mineral paxta
170
0,052
Bazalt tolali mineral paxta
200
0,054
241. Qalinligi 0,5 dan 1 mm gacha boʻlgan polimer qoplamali, ruxlangan, yupqa listli poʻlatdan tayyorlangan tom yopish qoplamasi (profillangan list, metall cherepitsa) himoya-dekorativ bezak elementlari vazifasini bajarishi lozim.
242. Tom qoplamaning konstruktiv va pardozlash elementlari suvtoʻkgichlar, qor ushlagichlar, tizma va yon tomon taxtachalari, tirqish yopgichlar ishonchli suv yigʻish va tom qoplamasiga shikast yetishini oldini olishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
243. Isitkichni namlikdan himoya qilish uchun issiqlik izolyatsiyasining ustiga suv-shamoldan himoya qiluvchi bugʻ oʻtkazuvchan membrana qoʻyilishi lozim.
Sendvich-profili va tom yopish qoplamasi orasidagi sovuq koʻprikchalarni bartaraf qilish uchun izolon yoki issiqlik izolyatsiyasi plitalaridan kesilgan termal ajratish tasmasidan foydalanish kerak.
Mahkamlash elementlari sifatida oʻzi kesib kiradigan vintlar ishlatilishi lozim.
244. Sendvich panellarning qalinligi — 50, 60, 80, 100, 120, 150, 175, 200, 250 mm boʻlishi kerak.
245. Metall listlarning qalinligi GOST 19904-90 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
246. Sendvich-profil chuqurligi hamda qoʻshimcha isitishni qoʻllash zaruratini tanlash uchun issiqlik uzatish qarshiligini hisoblash kerak.
247. Element boʻyicha yigʻiladigan turli xil sendvich panellardan tashkil topgan tom yopma konstruksiyalarining issiqlik oʻtkazishga qarshiligi quyidagi 10-jadvaldagi talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
10-jadval
Issiqlik variantlari
Sendvich-profil chuqurligi
mm
Issiqlik izolyatsiyasining umumiy qalinligi,
mm
Issiqlik uzatishga qarshiligi R0,
m2 °C/Vt foydalanish sharoitlari uchun
A
B
Qoʻshimcha issiqliksiz
K-100 var. TP
100
100
1,45
1,43
K-100 var. MV
100
2,10
1,99
K-150 var. TP
150
150
2,14
2,02
K-150 var. MV
150
2,64
2,53
Qoʻshimcha issiqlik bilan
K-100+50
100
150
3,28
3,13
K-150+50
150
200
4,02
3,83
K-150+100
250
4,96
4,73
K-150+150
300
6,05
5,76
K-150+200
350
7,13
6,79
248.Agressiv muhitning panellarga taʼsir qilish darajasi QMQ 2.03.11-96 ga muvofiq baholanishi lozim.
251. Ruxlangan poʻlat listlarning yuzasi isitkich tomonidan mineral paxta plitalari bilan kirishishga mos keladigan qoplamaga ega boʻlishi lozim.
252. Sendvich panelli tom qoplama panellari quyidagicha bajarilishi kerak:
qoʻshimcha isitishsiz;
umumiy qalinligi 100 yoki 150 mm boʻlgan isitkich (profillar boʻshligʻida), gidroizolyatsiya membranasi (qobigʻi), termal ajratish tasmasi va profil hamda tashqi qoplama orasidagi qalpoqcha profillari bilan;
qoʻshimcha isitkich bilan — umumiy qalinligi 150, 200, 250, 300 yoki 350 mm boʻlgan isitkich (qalinligi 100 yoki 150 mm boʻlgan birinchi qatlam profillarning boʻshligʻida, ikkinchi qatlam qalinligi 50, 100, 150 yoki 200 mm);
profillarning tashqi yuzasi boʻylab Z-shaklidagi progonlar tekisligida, profil va Z-shaklidagi progon orasidagi termal ajratish tasmasi, gidroizolyatsiya membranasi (qobigʻi) hamda Z-progon va tashqi qoplama orasidagi termal ajratish tasmasi bilan.
253. Tom qoplamasi va tom choʻqqisi ulanish joylarini jihozlashda mineral paxta izolyatsiyasi qatlamiga va tom qoplama ostidagi boʻshliqqa namlik kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shakldor elementlar ostiga tom qoplama zichlagichlarini oʻrnatish lozim.
254. Sendvich-profilga reklama qurilmalari, yoritish uskunalari, xizmat koʻrsatish maydonlari va qoʻshimcha jihozlardan keladigan yuklamalarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunda, uskunani fasadga mahkamlashda loyihalash topshirigʻiga muvofiq, maxsus mustahkamlangan tayanch karkas ishlab chiqilishi yoki boshqa konstruktiv yechimlar qoʻllanilishi lozim.
255. Mahkamlash elementlari va tutashma joylarini mahkamlash qoplamalarining himoya qatlamlari panel metall listlarining qoplamasiga korroziyaga chidamliligi jihatidan mos kelishi, kontakt korroziyasini keltirib chiqarmasligi hamda QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq, korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
256. Sendvich-profillarining boʻgʻinlarini va progonlarga ulashgan joylarni zichlash uchun polietilen koʻpikdan tayyorlangan zichlovchi lentalar ishlatilishi kerak.
257. Profillar orasidagi koʻndalang boʻgʻinlar alyumin yopishqoq lenta bilan yopilishi lozim.
Sendvich-profili va tom yopish qoplamasi orasidagi sovuq koʻprikchalarni bartaraf etish maqsadida, izolondan tayyorlangan yoki issiqlik izolyatsiya plitalaridan kesilgan termal ajratish tasmasi ishlatilishi kerak.
258. Sendvich panellardan tayyorlangan tom qoplamasining texnik yechimlari mazkur SHNQning 12-ilovasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
12-bob. Mahalliy materiallardan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Asosiy talablar
259. Mahalliy materiallardan tayyorlangan tomlar tashqi tartibga solinmagan suv oqimi boʻlgan vaqtinchalik binolar va inshootlarda quyidagilardan qurilishi kerak:
loy va somon aralashmasidan;
qamish, gʻoʻzapoya va boshqa oʻsimlik poyalaridan tayyorlangan bogʻlamlar yoki boʻyralardan.
260. Loy-somonli tom qoplamalar devorlari mahalliy, poydevori gruntli materiallardan boʻlgan binolarning chordoqsiz tomlari tarkibida hosil qilinishi lozim.
Bunday tom qoplamalar uchun asos sifatida uzun poyali oʻsimliklardan toʻqilgan boʻyralar qoʻllanilishi, ular past navli mahalliy yogʻochdan koʻtarilgan tomyopma toʻsinlari boʻylab yaxlit toʻshama koʻrinishida joylashtirilishi kerak.
Toʻshamalar ustiga yotqiziladigan loy-somon aralashmasining turli qalinligi hisobiga tom nishabligining 1 — 3 foiz hosil qilinishi lozim.
Tomning suv oʻtkazmasligini oshirish maqsadida, yangi yotqizilgan loy-somon aralashmasi ozgina namlantirilib zichlanishi va uning yuzasiga esa suyuq loy qorishmasi surtilib tekislanishi kerak.
261. Oʻsimlik poyalaridan iborat bogʻlamlar va boʻyralarga oʻtdan himoya qiladigan ishlov berilishi kerak.
262. Qoplamadan toʻsiqsiz suv oqimi uchun qamishdan tayyorlangan tom tekisligining nishablik burchagi taxminan 40˚ boʻlishi kerak.
Qamish qoplamasini va somon qoplamasini yotqizish uchun 45˚ nishab nishabligi boʻlishi lozim.
263. Yupqa taxtachali qoplamaning materiali archa yoki qaragʻay boʻlishi kerak.
Yupqa taxtachalar brus ishlab chiqarishga yaramaydigan yogʻochlardan 40 — 50 mm uzunlikda tayyorlanishi lozim.
Yupqa taxtachalarning nishabligi kamida 40˚ boʻlishi lozim.
Yupqa taxtachalar tayyor tomyogʻochga bir qatlamda mixlab qotirilishi kerak.
264. Bogʻlamlar yoki boʻyralardan hosil qilinadigan nishabi 10 — 20 foizli tom qoplamalar past navli ingichka mahalliy yogʻochlardan tayyorlangan tomyogʻoch boʻylab, biroq diametri kattaroq oʻlchamdagi yogʻochdan oʻrnatilgan toʻsinlar ustiga qoʻyilishi lozim.
265. Yongʻinga qarshi tadbirlar SHNQ 2.04.09-22 va mazkur SHNQning 6-bobida keltirilgan talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
2-§. Foydalaniladigan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
266. Quyidagi foydalaniladigan tom qoplamasi turlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
piyodalardan tushadigan yukka moʻljallangan;
avtomobillardan tushadigan yukka moʻljallangan;
koʻkalamzorlashtirilgan (yashil maysazor va bogʻlar).
267. Foydalaniladigan tom qoplamalarning texnik yechimlarini belgilashda mazkur SHNQning 3-ilovasi 6-rasmiga va 5-ilovasiga rioya qilish kerak.
268. Piyoda yoki avtomobillar yuki taʼsirida foydalaniladigan tom qoplamalarning (suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning), koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamalarning nishablari 1 foizdan 5 foizgacha qabul qilinishi lozim.
Koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamaning gorizontal yuzasini hosil qilishda, tom qoplama yuzasi boʻylab drenajlovchi va grunt qatlamlarining qalinligini oʻzgartirish orqali tekislash amalga oshirilishi kerak.
Suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning asosiy va qoʻshimcha qatlamlari uchun oʻramli bitum-polimer, armaturalaydigan sintetik asosli bitum, elastomer plyonkali materiallar qabul qilinishi lozim.
269. Foydalaniladigan topqoplamalar va koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamalarni yopishda oʻramli materiallardan bajarilgan suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning birinchi qatlamini asosni gruntlamay turib yotqizish kerak.
Bunda, foydalaniladigan va koʻkalamzorlashtirilgan topqoplamalar uchun ishlab chiqilgan maxsus oʻramli bitum-polimer materiallardan bir qavatli suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama yotqizilishi lozim.
270. Foydalaniladigan top qoplamalar tarkiblari quyidagilarni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak:
yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning turlari;
tom qoplama vazifasi;
tom qoplamaga taʼsir koʻrsatadigan yuklar;
yongʻinga qarshi himoya talablari;
atrof-muhitning agressivlik darajasi;
atmosfera yogʻinlari va tom qoplamaga texnologik chiqindilarning ajralib chiqishini.
Tom qoplamalar qatlamlarining har qanday variantlarida tom qoplama tarkibida ajratish, drenajlash va dempferlash qatlamlarini saqlab qolish kerak.
Foydalaniladigan va koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamalarda mineral paxtali isitkichlar hamda qattiq mineral paxtali plitalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
271. Maydoni cheklangan ochiq ayvonlar va kuzatish maydonchalari uchun piyodalar yuklamasi ostida ishlatiladigan tom qoplamani yogʻoch yoki kichik oʻlchamli temir-beton plitalardan rostlanadigan tayanchlarda bajarish lozim.
Bunday holatlarda rostlanadigan tayanchlar suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama ustiga oʻrnatilishi kerak.
Tom qoplamaning barcha uzel (uzel) va detallari yurish cheklangan tom qoplamalari kabi bajarilishi lozim.
Rostlanadigan tayanchlar mavsumga qarab yilning issiq davrida oʻrnatilishi va yilning sovuq davrida olib qoʻyilishi kerak.
272. Foydalaniladigan top qoplamalarni oʻrnatishda suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama ustidan ajratuvchi-drenajlovchi dempfer qatlam yotqizilishi hamda bu qatlam quyidagilardan tashkil topgan boʻlishi lozim:
koʻp qatlamli kompleks polimer material;
ogʻirligi kamida 300 g/m2 boʻlgan geotekstil qatlami va yirik donali qum qatlam;
qalinligi kamida 3 mm boʻlgan sintetik namat qatlami va shagʻal qatlamdan.
273. Suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning ustki qatlami uchun zavodda bajarilgan yirik donali sepmasiz bitum yoki bitum-polimer materiallar qoʻllanilganda, geotekstil yoki sintetik kigiz (namat) tagiga drenaj qatlamini bitum bilan toʻyinishdan himoya qilish uchun qalinligi kamida 100 mkm keladigan sintetik plyonka oʻrnatilishi kerak.
274. Monolit betondan tayyorlangan himoya qoplamasidan foydalanganda, drenaj qatlamini himoya qilish uchun uni qalinligi kamida 200 mkm boʻlgan polietilen plyonka ustiga yotqizish lozim.
275. Drenaj qatlami ustida qumli tuproqning qoʻshimcha qatlami (koʻmish) kerak.
276. Piyodalar yuki ostida tom qoplamining suv izolyatsiyasi toʻshamali ikki yoki undan ortiq qatlamli oʻramli yoki surtmali (mastika)li armaturalangan materiallardan nishablik bilan bajarilishi lozim.
Himoya qoplamasining ustki qatlami yongʻindan himoyalangan yogʻochdan yoki rostlanadigan tayanchlardagi trotuar plitalaridan, mayda oʻlchamli beton plitalardan, plita yoki beton poldan, qorishma, shagʻal-qum bilan tayyorlangan va drenajlovchi qatlam boʻyicha yotqizilgan yogʻoch shchitlardan tayyorlanishi kerak.
277. Suv izolyatsiyasi toʻshamaning yuqori qatlami uchun zavodda yirik donador sepmasisiz bitum yoki bitum-polimer materiallaridan foydalanilganda, drenajlovchi qatlamni bitum bilan toʻyinishidan himoya qilish uchun geotekstil yoki sintetik namat ostiga kamida 100 mkm qalinlikdagi sintetik plyonkani yotqizish lozim.
278. Avtomobil yuklari ostida tom qoplamining suv izolyatsiyasi toʻshamali ikki yoki undan ortiq qatlamli oʻramli materiallar yoki surtmali (mastika)ning armaturalangan qatlamlaridan nishablik bilan bajarilishi lozim.
Himoya qoplamasining ustki qatlami asfalt-betondan, armaturalangan temir-beton plitalardan yoki monolit armaturalangan beton tayyorlanma ustiga oʻrnatiladigan kichik oʻlchamli beton plitalardan bajarilishi kerak.
279. Foydalaniladigan tom qoplamaning qoʻshimcha yigʻma yoki monolit temir-beton devorli parapetga tutashishi bajarilganda oʻtish nishab yon devorchasini bajarmasligi lozim.
Foydalaniladigan tom qoplama tutashuvlarining barcha variantlarida suv izolyatsiyasi toʻshamaning ustiga yotqizilgan geotekstil qatlami tutashuvning vertikal tekisligiga keltirilishi kerak.
280. Foydalaniladigan tom qoplama va koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamalarning yon osmalarini foydalanilayotgan tom qoplamaning osmadan ajratib turadigan parapet devorini oʻrnatish bilan bajarish lozim.
Karniz qismidagi tom qoplama oʻramli materiallardan, toʻlqinsimon hamda profillangan metall listlardan yoki metall cherepitsadan tayyorlanishi kerak.
3-§. Koʻkalamzorlashtirilgan tomlar
281. Koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamani oʻrnatishda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
suv izolyatsiyasi toʻshamaning usti boʻylab drenaj qatlami;
suvni tutib turuvchi qatlam;
oʻsimliklar ildizlarining unib chiqishiga qarshi singdirilgan qatlam;
grunt qatlami.
282. Tomni oʻsimliklar va butalar ekish orqali intensiv koʻkalamzorlashtirish jarayonida tuproq substrati grunt qatlamining qalinligi kamida 150 mm boʻlishi lozim.
Daraxt ekishda oʻsimlik qatlami qalinligini oshirishda qoplamaning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarida alohida drenaj va suvni chetlatish tizimiga ega lotoklar boʻlishi kerak.
283. Suvni ushlab turuvchi qatlam uchun yirikligi 10 mm dan oshmaydigan mayda fraksiyalari keramzit shagʻaldan foydalanish lozim.
Tom qoplamani koʻkalamzorlashtirish uchun oʻsimlik urugʻi solingan sintetik toʻshamadan foydalanganda, toʻshaladigan qatlamni polimer materiallardan yoki ekstrudirovka qilingan koʻpik polistiroldan tayyorlangan perforatsiyalangan plitalardan tayyorlash kerak.
284. Mavjud bino yoki inshootda koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplama loyihalanayotganda obodonlashtirish elementlari ushbu SHNQning 7-ilovasiga muvofiq boʻlishi zarur.
Barcha konstruksiyalarning yuk koʻtarish qobiliyati hamda tomning oʻzi qatlamlarining holati tekshirilishi lozim.
285. Suv izolyatsiyasi toʻshama uchun oʻsimlik ildizlarining oʻsib chiqishi va oʻgʻitlarning kimyoviy moddalari taʼsiriga chidamli materiallardan foydalanish kerak.
Oʻsimlik ildizlarining oʻsib chiqishiga chidamli boʻlmagan toʻshama uchun ildizga qarshi qatlam boʻlishi lozim.
286. Koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamalar texnik qavatga ega tomlarda loyihalanishi, ularning hajmi jihozlar, zaxira idishlar, qutilar, oʻgʻitlar va oʻsimliklarni avtomatlashtirilgan sugʻorish uchun boshqa materiallar va uskunalarni saqlash uchun foydalanish kerak.
287. Koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplama uchun nam holatdagi substratdan qoʻshimcha yuklanish (700 kg/m) hisobga olinishi lozim.
Har xil turdagi oʻsimliklar uchun substratning taxminiy qalinligi va undan tushadigan yuklama hamda oʻsimliklar turlari quyidagi 11-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak.
11-jadval
Oziqlantiruvchi qatlamning qalinligi — oʻsimlik uchun substrat, sm
Yuk, oʻsimliklar, kPa
7 (yer qoplamalari, sedumlar)
0,07
25 (gazon)
0,27
40 (butalar)
0,45
80 (daraxtlar)
0,90
Kichik meʼmoriy shakllar bochkalardagi oʻsimliklar va daraxtlar, dekorativ suv havzalari, favvoralar va boshqalar yuklamasi ham hisobga olinishi lozim.
288. Oʻsimliklari bor substrat ostida geotekstil qatlam, drenaj-suv toʻplovchi membrana (qobiq) va nam toʻplovchi toʻshama boʻlishi kerak.
289. Tom qoplamaning konstruktiv yechimlari variantlari va qoʻllaniladigan materiallarning texnik tavsifi mazkur SHNQning 9-ilovasi talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
13-bob. Toʻlqinsimon listlardan tayyorlangan tom qoplamalar
1-§. Asosiy talablar
290. Bitumli toʻlqinsimon listlar uchun asos tom qoplamaning nishabligiga qarab belgilanishi lozim.
Nishablik 10 dan 20 foizgacha (6 dan 12° gacha) boʻlganda, asos sifatida taxta yoki faneradan tayyorlangan yaxlit toʻshama boʻlishi kerak.
Bunda, listlarning boʻylama ustma-ust qoplama qiymati kamida 300 mm boʻlishi, yon tomondagi ustma-ust qoplama esa ikki toʻlqinga teng boʻlishi lozim.
Toʻlqinsimon listlar orasidagi koʻndalang choklar listlar bilan bitta toʻplamda yetkazib beriladigan toʻldirgich qistirmalari bilan zichlangan boʻlishi kerak.
Nishablik 20 dan 25 foizgacha (12 dan 15° gacha) boʻlsa, yogʻoch panjara (obreshyotka)ning qadami 450 mm dan oshmasligi, boʻylama ustma-ust qoplama 200 mm dan kam boʻlmasligi va yon tomondagi ustma-ust qoplama bitta toʻlqinga teng boʻlishi lozim.
Nishablik 25 foizdan ortiq (15° dan ortiq) boʻlsa, yogʻoch panjara (obreshyotka)ning qadami 600 mm dan oshmasligi, boʻylama ustma-ust qoplama 120 mm dan kam boʻlmasligi, yon tomondagi ustma-ust qoplama esa bir toʻlqinga teng boʻlishi kerak.
291. Yendova va karniz qismi uchun asos kengligi 700 mm boʻlgan yaxlit taxta toʻshamasi shaklida boʻlishi lozim.
Yendova ruxlangan poʻlatdan, shuningdek polimer bilan qoplangan yoki alyumindan tayyorlangan boʻlishi hamda toʻlqinsimon listlar yendova kamida 150 mm kenglikda qoplashi lozim.
292. Toʻlqinsimon listlardan tayyorlangan tom qoplamani devor, parapet va moʻriga ulash uchun burchak detallaridan foydalanish kerak.
Bunda, tom qoplamani qator listlar toʻlqinlarining choʻqqilaridan oʻtgan shuruplar bilan mahkamlanishi lozim.
Ularni nishablik boʻylab kamida 150 mm ustma-ust qoplama bilan va nishablik koʻndalangiga — kamida bitta toʻlqin bilan oʻrnatilishi kerak.
293. Listlarni yogʻoch bruslarga mahkamlash zichlovchi elastik shaybali ruxlangan mahkamlash elementlari yordamida amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xrizotilsement listlari
294. Tom qoplamalar uchun toʻlqinsimon xrizolit-sement listlar va yuzasi pardozlanmagan yoki boʻyalgan buyumlar ishlatilishi kerak.
295. Bino va inshootlarning tom qoplamalari uchun quyidagicha listlar boʻlishi lozim:
qirralari simmetrik boʻlgan 40/150 oʻrta toʻlqinli profil listlari (40 mm — toʻlqin balandligi, 150 mm — toʻlqin qadami);
qirralari assimetrik boʻlgan listlari (51 mm — toʻlqin balandligi, 177 mm — toʻlqin qadami).
296. Oʻrta toʻlqinli profilning simmetrik qirrali yopuvchi qismi nishablikka koʻndalang joylashganda, yonma-yon listning yopiladigan qirrasi toʻlqinini toʻliq qoplashi lozim.
Asimmetrik qirrali profildagi list esa yonma-yon list toʻlqinining yarmini qoplashi kerak.
Tomning nishabligi boʻylab xrizotilsement toʻlqinsimon listlarining bir-birining ustiga chiqishi 150 — 300 mm chegarasida boʻlishi lozim.
297. Xrizotilsement toʻlqinsimon listlar uchun asos sifatida 60×60 mm kesimdagi oddiy bruslardan tayyorlangan tomyogʻoch yoki qalinligi kamida 25 mm va namligi 22 foizdan ortiq boʻlmagan kesilmagan taxtalardan tayyorlangan siyrak toʻshama boʻlishi kerak.
Listlarning boʻylamasiga bir-birining ustiga zich yopilishini taʼminlash uchun tom yogʻochdagi barcha toq bruslarning balandligi 60 mm, juft bruslarniki esa 63 mm boʻlishi lozim.
Tomyogʻoch bruslarining qadami 750 mm dan oshmasligi kerak.
298. Karnizda balandligi 65 mm boʻlgan bruslar, tizmada 70 x 90 mm va 60 x 100 mm kesimli ikkita tizma bruslari hamda tizma boʻylab qatordagilar bilan bir xil kesimdagi qoʻshimcha tizma oldidagi bruslar ishlatilishi lozim.
299. Xrizotilsementli toʻlqinsimon listlardan iborat tom qoplama elementlarini bir-biriga ulash uchun xrizotilsementli shakldor (qoʻshimcha) detallardan foydalanish kerak.
Xrizotilsement bezakdor qismlar mavjud boʻlmaganda, tizma, burchak va lotok metall detallardan foydalanish kerak.
300. Bino uzunligi 25 m dan oshganda, tom qoplamalaridagi deformatsiyalarni bartaraf etish uchun kompensatsiya choklari boʻlishi, bunda ular suvga chidamli qoplama bilan himoyalanmagan xrizotilsement listli tomlar uchun har 12 m, gidrofoblangan va boʻyalgan listli tomlar uchun esa har 24 m oraliqda joylashtirilishi lozim.
301. Xrizotilsement listlaridan tayyorlangan tom qoplamaning qismlariga qoʻyiladigan talablar mazkur SHNQning 296 — 300-bandlariga asosan amalga oshirilishi kerak.
3-§. Sement-tolali listlardan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
302. Sement-tolali plitalar uchun asosga qoʻyiladigan talablar mazkur SHNQning 321-bandi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
303. Sement-tolali listlardan tayyorlangan tom qoplamaning qismlariga qoʻyiladigan talablar mazkur SHNQning 294 va 297-bandlari talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
14-bob. Shaffof materiallardan tayyorlangan tom qoplamalarga qoʻyiladigan talablar
304. Shaffof materiallardan tayyorlangan tom qoplamalar uchun gʻovakli polikarbonatdan tayyorlangan panellar ishlatilishi kerak.
305. Shaffof materiallardan panellarni oʻrnatishda ularning ultrabinafsha himoya qatlami tashqariga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
Panellar katakchalar boʻylab kondensat oqimi taʼminlanadigan tarzda oʻrnatilishi kerak.
306. Shaffof materialli panellarning uchlari zichlagich orqali maxsus profil bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
307. Shaffof materialli panellarni stropilaga mahkamlash qadami 500 mm dan oshmaydigan maxsus profil orqali burama mixlar bilan amalga oshirilishi kerak.
15-bob. Tomlarning rekonstruksiya qilishga qoʻyiladigan talablar
308. Tomlarni rekonstruksiya qilish ishlari quyidagi usullardan biri bilan amalga oshirilishi lozim:
mavjud chordoq xonalari yoki texnik qavatlarni qayta oʻzgartirish (tomning konstruktiv holatini oʻzgartirmagan holda);
tayyor bino ustiga chordoq xonalarini qurish (yassi tom qoplamalar ustida nishabli tomlar yoki mansarda qavatlarni oʻrnatish);
texnik qavatlarni chordoq xonalarga (mansarda qavatlarga) almashtirish.
309. Tomlarni rekonstruksiya qilish ishlarining barcha turlarini mavjud konstruksiyalarni tekshirish natijalari asosida amalga oshirish kerak.
310. Tekshirish ishlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
mavjud tomning konstruktiv sxemasini aniqlash;
rekonstruksiya jarayonida demontaj qilinishi kerak boʻlgan konstruksiyalar vaznini oʻlchash;
rekonstruksiya jarayonida demontaj qilinishi shart boʻlmagan konstruksiyalarning texnik holatini aniqlash.
311. Tomlarning rekonstruksiyasida bino va inshootlarning xavfsizlik darajasini pasayishiga hamda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yongʻinga qarshi holatni yomonlashtirishga;
mavjud yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar, asos va poydevorlarga ularni hisob-kitob qilib tekshirmasdan va tegishli ravishda mustahkamlamasdan ularga statik yuklamalarni oshirishga;
zilzilabardoshlilik (seysmik xavfsizlik) darajasini pasaytirishga.
312. Seysmik hududlarda mansarda qavatlarni oʻrnatishda ustqurma elementlari va uning pastida yotgan konstruksiyalardan tarkib topgan, qayta shakllangan tizimning dinamik parametrlariga ustqurmalarning taʼsirini hisobga olgan holda bajarilgan hisoblashlar natijalariga asoslanish lozim.
313. Chordoqdan texnik va foydalaniladigan boshqa xonalar (trenajyor zali)ni joylashtirish uchun foydalanishda pol qoplamalarini (armotsementli tekislovchi qatlam (styajka) ustidan monolit qoplamalar, yogʻoch panjara (obreshyotka) ustidan taxta qoplama) chordoq orayopmasining issiqlik izolyatsiyasi ustidan toʻshash hamda chordoq tomyopmasining issiqlik izolyatsiyasini oʻrnatish kerak.
16-bob. Tom qoplamalarini taʼmirlashga qoʻyiladigan talablar
314. Tom qoplamalarni taʼmirlash ishlarini quyidagi ikki asosiy usulning biri yordamida amalga oshirish lozim:
yangi tom qoplama konstruksiyasini eskisining ustiga yotqizish;
eski tom qoplamani almashtirish.
315. Quyidagi shartlarning bittasi bajarilganda, yangi tomni mavjud tom ustiga uning barcha qatlamlarini toʻliq olib tashlab yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi:
yangi qatlamlardan tushadigan yuk yoʻl qoʻyib boʻlmas darajada yuqori boʻlsa (yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni kuchaytirishga ketadigan sarflarni hisobga olgan holda);
mavjud tom qoplamaga namlik singigan boʻlsa;
mavjud tom qoplama shunday holatgacha eskirgan boʻlib, u yangi tom qoplama uchun asos vazifasini bajara olmasa;
mavjud tom qoplama mayda donali, konstruktiv jihatdan siljiydigan (masalan, cherepitsadan) boʻlsa;
mavjud tom qoplama avval ikki va undan ortiq marotaba yangi tom qoplamani toʻshash yoʻli bilan taʼmirlangan boʻlsa.
316. Poʻlat tom qoplamasini boshqa tom yopish materiallari bilan almashtirishda stropilalar toʻliq yoki qisman qayta qurilishi lozim.
Metall tom qoplamasi uchun mavjud stropilaning nishablik burchagi 18-22˚ ga, eng keng tarqalgan shifer va cherepitsaning nishablik burchaklari esa 27˚ ga teng boʻlishi kerak.
Stropilalar nishabligini oshirish ularni oʻstirish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
17-bob. Tom qoplamalarning ishonchliligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar
317. Oʻramli va surtmali (mastika)li tom qoplamalarning nishabligi 1,5 — 2,5 foiz boʻlishi kerak.
Oraligʻi 12 m dan ortiq konstruksiyalarning nishablarini belgilashda foydalanish jarayonida konstruksiyaning toʻliq yuklamadan egilishini hisobga olish lozim.
318. Oʻramli tom qoplamalarni oʻrnatishda nuqtali yopishtirishni amalga oshirish uchun tomyopma asosiga quruq (birinchi tom qoplama qatlami tagiga yopishadigan surtmali (mastika) surmay turib) perforatsiyalangan tom qoplama materialini yotqizish lozim.
Perforatsiyalangan material yuzasiga surtmali (mastika) surtilishi va uning ustidan oddiy (perforatsiyalangan) oʻramli material matosi yoyilishi hamda yelimlanishi kerak. Bunda, yotqizilayotgan qatlamlarning nuqtali yelimlanishi amalga oshirilishi lozim.
Tom qoplamaning keyingi qatlamlari odatiy usulda yelimlanishi kerak.
319. Perforatsiyalangan oʻramli material diametri 20 — 30 mm keladigan teshiklarga ega boʻlishi va teshiklar markazlari oʻrtasidagi oraliq 100x100 mm boʻlishi lozim.
320. Tomyopmadagi issiqlik izolyatsiyasining tepasida joylashgan shamollatiladigan oraliq havo qatlamining talab etiladigan balandligi ushbu qatlamning bir yil foydalanish davomida quritish taʼsirini hisoblab chiqarish orqali aniqlanishi va bu koʻrsatkich 50 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
321. Yengil betonning dastlabki namligi 15 foizdan oshsa (massasi boʻyicha) hamda xonadagi havoning nisbiy namligi 60 foizdan ortiq boʻlsa, bunda yengil yoki gʻovakli beton plitalardan yotqizilgan tomyopmada kanallar boʻlishi lozim.
322. Qoʻllanayotgan yangi materiallar va tom qoplamalar konstruksiyalari normalangan past koʻrsatkichga ega boʻlmasliklari kerak.
323. Tom qoplamalarning sifatini oshirish hamda sumalaklar va muz hosil boʻlishining oldini olish maqsadida, bino va inshootlar tomlarida (yendovalar, tarnovlar va quvurlarda) muzlashga qarshi kabelli tizimlar (teploskat) oʻrnatilishi lozim.
18-bob. Uzellar va tutashuvlar
324. Turli xil tom qoplamalarning uzellari va tutashuvlarini loyihalashda uzellar va tutashuvlarning konstruksiyalari qabul qilingan tomyopma va tom qoplama konstruksiyalariga muvofiq boʻlishi lozim.
325. Tayyor yigʻilgan tomlar va donali materiallardan iborat tom qoplamalarning uzellari va tutashuvlari maxsus shaklga ega boʻlgan yigʻma va donali elementlardan bajarilgan boʻlishi kerak.
Suvdan izolyatsiyalaydigan yaxlit toʻshama koʻrinishidagi tom qoplamalarning uzellari va tutashuvlari esa tegishli tarzda kuchaytirilgan tom qoplama toʻshamasi konstruksiyasini davom ettiradigan yaxlit qurilma koʻrinishida bajarilishi lozim.
326. Tom qoplamalarning balandligi 450 mm dan ortiq devorlarga tutashuvlari mazkur SHNQning 3-ilovasi 2-rasmida keltirilganidek boʻlishi kerak.
327. Tomyopmalarning devorlar, fonar devorlari, tomyopma orqali oʻtadigan shaxta va qurilmalarga tutashgan joylarida bugʻ izolyatsiyasi issiqlikni izolyatsiyalaydigan qatlamning qalinligiga teng balandlikka koʻtarilishi lozim.
Bunda, deformatsiya choklari bor joylarda esa metall kompensatorning chekkalarini yopishi kerak.
328. Bino va inshootning balandligi oʻzgaradigan joylardagi deformatsiya choklari kompensatorlarga va ruxlangan tom qoplamali poʻlat tunukadan bajarilgan himoya fartukiga ega boʻlishi lozim.
Deformatsiya choklarining konstruksiyasi bino va inshootlarning harorat-kirishuv deformatsiyalarida tom qoplamadan suv oqmasligini taʼminlashi zarur.
Qistirmali deformatsiya choklarida yumshoq mineral paxtali plitalar yoki boʻyralardan foydalanish kerak.
329. Oʻramli va surtmali (mastikali) materiallardan iborat tom qoplamalarning deformatsiya choklari mazkur SHNQning 3-ilovasi 3-rasmiga muvofiq qalinligi 3-4 mm li poʻlat listdan boʻlishi lozim.
330. Oʻramli va surtmali (mastikali) materiallardan iborat tom qoplamalarda quvurlarni oʻtkazish yechimi mazkur SHNQning 3-ilovasi 4-rasmida keltirilgan namunadan foydalanib hal qilinishi kerak.
331. Tom qoplamasi foydalaniladigan himoya qatlami sifatida temir-beton yoki asbest-sement plitkalari qoʻllangan tomyopmalarda tom qoplamaning suv oqib tushadigan voronkalari joylashgan yerlardagi yechimi mazkur SHNQning 3-ilovasi 5-rasmida keltirilgan namunaga muvofiq qabul qilinish lozim.
332. Oʻramasiz va qoplanmaydigan tom qoplamalardagi tayyor yigʻma tom qoplama plitalarining temir-beton suv yigʻuvchi lotoklar bilan tutashuvi mazkur SHNQning 4-ilovasi 4-j rasmida keltirilgan namunaga muvofiq qabul qilinishi kerak.
333. Temir-beton tom qoplama plitalarning bir-biri bilan birikuvlari ushbu SHNQning 4-ilovasi 4-a-b, v rasmlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Bunda, tom qoplama plitalarining chordoq devor toʻsiqlariga tayanish sxemasi, ichki suv qochirish holatida mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 4-d rasmiga muvofiq plitalarning ustki qirgʻogʻini parapet devori chegarasidan 100-500 mm chiqarib yoki SHNQnin 4-ilovaning 4-g rasmiga muvofiq tutashuvni “G”-simon tirqish berkitkich bilan yopgan holda qabul qilinishi kerak.
334. Tayyor yigʻma temir-beton tom qoplama plitalaridan qurilgan tomlarda barcha choklar va tutashuvlar mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 4-a-b rasmlariga muvofiq maxsus qoʻshimcha elementlar tirqish berkitkichlar yoki qopqoq plitalar bilan yoxud yondosh elementlardan birining konsolli chekkasini ikkinchisining bortiga chiqarish bilan yopilishi lozim.
335. Yigʻma temir-beton tom qoplama plitalarning fronton devorlariga tutashuvi, mazkur SHNQning 4-ilovasidagi 4-e rasmiga koʻra, plita chekkasini fronton devor panelining maxsus kesmasiga kiritish orqali bajarilishi kerak.
19-bob. Suv ketkazuvchi (suv qochirish) qurilmalar
336. Bino va inshootlarni loyihalash ishlarida ularning tom qismidan yomgʻir va erigan suvlarni chiqarib tashlash SHNQ 2.04.01-22 talablarini hisobga olgan holda, ichki yoki tashqi uyushgan suv drenaji tizimlari loyihalanishi lozim.
Kichik donali materiallar, asbest-sementli toʻlqinsimon, poʻlat, mis, metall cherepitsa va metall profillangan listlardan tayyorlangan tomqoplamalarda tashqi uyushgan suv drenaji taʼminlanishi kerak.
Yendovalardagi voronkalar orqali ichki suv drenaji taʼminlanishi lozim.
337. Ichki suv qochirish tizimlarining suv qabul qiluvchi voronkalari tom qoplama yuzasi boʻylab bir maromda joylashtirilishi kerak.
Yendovalar boʻylab nishablar koʻzda tutilmasligi lozim.
Voronkalar tiqilib qolishi mumkin boʻlgan holatlar uchun balandligi 150 mm dan oshmaydigan ostonali favqulodda suv chiqarish qurilmasini oʻrnatish kerak.
338. Suv oqadigan voronkalarning kosalari tom qoplamalarning yuk koʻtaruvchi toʻshamalari yoki plitalariga xomutlar yordamida bikr mahkamlangan boʻlishi va ichki oqova suv quvurlarining tirgaklari bilan kompensatorlar orqali birikishi lozim.
Profillangan poʻlat toʻshamali va yupqa temir-beton plitali tomyopmalarning ostida ruxlangan poʻlat listlar boʻlishi kerak.
339. Tom qoplamani suv bilan sovitish zarurati tugʻilganda, suv sathini ushlab turish maqsadida, ortiqcha suvni ketkazadigan yechib-qoʻyiladigan kalta quvurlar oʻrnatish lozim.
340. Suv qabul qiluvchi voronkalarning soni va suv ketkazuvchi quvurlar enlama kesimlarining maydonlari SHNQ 2.04.01-22 talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
341. Drenajlar tiqilib qolishdan barglar yoki shagʻal tutqichlar bilan himoyalangan boʻlishi hamda foydalaniladigan tom qoplama-terrasalarning voronkalari va lotoklari ustida yechib olinadigan drenaj panjaralari bilan taʼminlanishi lozim.
342. Suv oqadigan tik quvurlarni tashqi devorlar orasiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chordoq tomyopmalarida va shamollatiladigan oraliq havo qatlamlari boʻlgan tomyopmalarda suv oqadigan voronkalarning qabul qiluvchi kalta quvurlari hamda suv ketkazgichlarning sovuq qismlari issiqlik izolyatsiyasiga ega boʻlishi lozim.
343. Suv oqib ketadigan voronkalar oʻrnatiladigan yerlarda voronka flanetsiga yopishtiriladigan suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq, shishaboʻz yoki shisha toʻrning ikkita qatlami bilan armaturalangan uchta surtmali (mastikali) qatlam bilan kuchaytirilishi lozim.
Suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama qatlamlarini kuchaytirishda tom qoplamani oʻrnatishda qoʻllaniladigan ikki qavat oʻramli materiallardan va bir qavat surtmali (mastikali) shimdirilgan qanor qop tikiladigan (meshkovina) matodan foydalanish kerak.
Siqib turadigan halqa voronka kosasiga bikr mahkamlanishi lozim.
344. Tom qoplamalardan tarnovlar va oqova quvurlar vositasida tashqi uyushgan suv qochirishni loyihalashtirishda tashqi suv ketkazgichlar detallari va oqova quvurlar oʻlchamlari loyiha topshirigʻiga muvofiq belgilanishi kerak.
345. Deformatsiya chokining ikkala tomonida oʻrnatilgan voronkalarni bitta tik quvurga yoki umumiy osma chiziqqa biriktirish lozim.
346. Suv izolyatsiyasi toʻshamasining voronka bilan ulanishi yechib-qoʻyiladigan yoki yechib olinmaydigan gardish (flanets) yoki yaxlit holga keltirilgan bogʻlovchi himoya fartugi yordamida taʼminlanishi, bunda bogʻlovchi fartuk suv izolyatsiyasi toʻshamaning materialiga muvofiq boʻlishi kerak.
347. Profillangan listdan tayyorlangan yuk koʻtaruvchi toʻshamali qoplamalarda suv oqib tushadigan voronkalarini oʻrnatish uchun ruxlangan poʻlat taglik (poddon)lar boʻlishi lozim.
348. Tarnovlar va suv oqib tushadigan quvurlar yordamida tom qoplamadan suvning tashqi uyushgan tarzda chiqarib tashlanishini loyihalash jarayonida belgilash, tashqi tarnovlarning detallari va suv oqib tushadigan quvurlarning oʻlchamlarini esa loyiha topshirigʻi talablariga muvofiq bajarish kerak.
349. Tashqi uyushgan suv chiqarish tizimida suv chiqarish quvurlari orasidagi masofa 24 m dan oshmasligi lozim.
Tashqi uyushgan suv drenajida suv oqib tushadigan quvurlar orasidagi masofa 24 m dan oshmasligi kerak.
Suv oqib tushadigan quvurning koʻndalang kesimining maydoni tom qoplamaning 1 m² maydoni uchun kamida 1,5 cm2 boʻlishi lozim.
20-bob. Yongʻinga qarshi talablar
350. Tomlar va tomqoplamalarni loyihalashda xonalar, bino va inshootlarning yongʻinga qarshi himoyasi chora-tadbirlari SHNQ 2.04.09-22 talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
351. Tom qoplamaning nishabligi 12 foizgacha boʻlgan binolarda, parapetning tepasiga qadar yoki karnizgacha balandligi 10 m dan yuqori, shuningdek tom qoplamaning nishabligi 12 foizdan ortiq va karnizgacha balandligi 7 m dan ortiq boʻlgan binolarda GOST 25772-2021 ga muvofiq tashqi devorlarning perimetri boʻylab yonmaydigan toʻsiq boʻlishi lozim.
354. Olovbardoshlilik boʻyicha barcha darajadagi binolarda chordoq tomyopmalarining stropila va yogʻoch panjara (obreshyotka)sini tom qoplamasini “Yo1 — Yo4” guruhlardagi materiallardan tayyorlash kerak.
Bunda, chordoq tomyopmasining stropila va yogʻoch panjara (obreshyotka)siga (olovbardoshlilik boʻyicha IV-darajadagi, yongʻin xavfi boʻyicha “C2” va “C3” sinflardagi binolar bundan mustasno) yongʻindan himoyalovchi tarkib bilan ishlov berish lozim.
Chordoqli binolarda (olovbardoshlilik boʻyicha IV-darajadagi binolar bundan mustasno) “Yo3”, “Yo4” guruhlardagi materiallardan ishlangan stropila va yogʻoch panjara (obreshyotka)larning bajarilishida “Yo3”, “Yo4” guruhlardagi materiallardan tayyorlangan tom qoplamalarni qoʻllash lozim.
355. Yuk koʻtaruvchi profillangan poʻlat toʻshamali tomyopmalarda yonuvchan materialli, oson alangalanadigan hamda yonuvchan suyuqliklar va gazlarda ishlaydigan apparatlar va asbob-uskunalarni oʻrnatish kerak.
356. Shagʻal toʻldirilmagan tomning ruxsat etilgan maksimal maydoni, shuningdek yongʻinga qarshi belbogʻlar bilan ajratilgan qismlarning maydoni quyidagi 12-jadvalga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Tom osti asos materiallarining yonuvchanlik guruhi, dan past emas
Shagʻal toʻldirilmagan tomning maksimal ruxsat etilgan maydoni, m²
Yo2, AT2
YONM, Yo1
Cheklovlarsiz
Yo2, Yo3, Yo4
10000
Yo3, AT2
YONM, Yo1
10000
Yo2, Yo3, Yo4
6500
Yo3, AT3
YONM, Yo1
5200
Yo2
3600
Yo3
2000
Yo4
1200
Yo4
YONM, Yo1
3600
Yo2
2000
Yo3
1200
Yo4
400
357. Mazkur SHNQning 8-ilovasi talablariga muvofiq yonuvchan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan metall profilli toʻshama va issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamli binolarning qoplamalari loyihalarida toʻshama qovurgʻalarining boʻshliqlarini 250 mm uzunlikda yonmaydigan material (mineral paxta) bilan toʻldirish kerak.
Bu toʻldirish toʻshamaning devorlarga, deformatsiya choklariga, fonar devorlariga tutashgan joylarida, shuningdek tom qirrasi va nov (jyolob)ning har ikki tomonida amalga oshirilishi lozim.
358. Koʻp funksiyali bino va inshootlarda yuqori yorugʻlik fonarlari (zenit fonarlari) tutun chiqarish tizimida qoʻllanilganda, yongʻin sodir boʻlgan holatda ochilishi uchun avtomatik masofadan boshqariladigan va qoʻlda ishlaydigan mexanizmlar boʻlishi kerak.
Silikat shisha ishlatilganda esa, bunday fonarlar pastki qismida qoʻshimcha himoya toʻri bilan taʼminlanishi lozim.
359. Ishlab chiqarish binolarida oʻrnatiladigan fonarlar (zenit, P-simon yorugʻlik, yorugʻlik-aeratsiya va boshqalar) tutun qoplamaydigan boʻlishi kerak.
Zenit fonarlarning uzunligi 120 m dan oshmasligi kerak.
Fonarlarning uchlari orasidagi va fonarning uchi bilan tashqi devor orasidagi masofa kamida 6 m boʻlishi lozim.
Fonarlarning ochiladigan qismlari mexanizatsiyalashtirilgan (xonadan chiqish joylarida ochish mexanizmlari ulangan holda) va qoʻl bilan boshqarish imkoniyati bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Tutun ketkazishda hisobga olinadigan ochiladigan zenit fonarlari tomyopma maydoni boʻylab bir tekisda joylashtirilishi lozim.
360. Turar-joy obyektlari binolarining mansarda qavatlarida joylashgan yakka ijodiy studiyalar (rassomlar va meʼmorlarning ustaxonalari) aholi bilan umumiy boʻlgan zina kataklari va liftlarga chiqadigan bitta evakuatsiya yoʻli bilan loyihalashtirilishi kerak.
Tomga chiqishlar soni (kamida bitta chiqish) va ularning joylashuvini binoning funksional yongʻin xavfi sinfi va oʻlchamlariga koʻra belgilanishi lozim.
361. F1, F2, F3 va F4 sinfdagi bino va inshootlarda (odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi uchun moʻljallangan binolar, tomosha va madaniy-maʼrifiy muassasalar, aholiga xizmat koʻrsatish korxonalari, taʼlim tashkilotlari, ilmiy va loyihalash tashkilotlari) binolar uchun chordoqli binoning har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan 100 metr uzunligiga hamda chordoqsiz binoning har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan 1000 m² tom maydoniga kamida bitta, F5 sinfiga mansub (ishlab chiqarish va omborxona) binolar va inshootlarning perimetri boʻylab esa har 200 m da yongʻin narvonlari orqali chiqish joylari boʻlishi kerak.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutmaslikka yoʻl qoʻyiladi:
bino va inshootning asosiy fasadida yongʻin narvonlarini (bino va inshootning eni 150 m dan oshmasa va asosiy fasadga qarama-qarshi tomonda esa yongʻinga qarshi suv taʼminoti (quvuri) mavjud boʻlsa);
bino va inshootlarning tom qismiga chiqish yoʻlini (tom qismining maydoni 100 m2 dan oshmasa).
362. Zina kataklaridan tomga yoki chordoqqa chiqishni zina marshlari boʻylab, chiqish oldidagi maydonchalari bilan oʻlchami 0,75x1,5 m dan kam boʻlmagan, 2-turdagi yongʻinga qarshi eshiklar orqali amalga oshirish kerak.
Binolarning chordoqlarida tomga chiqish imkoniyati boʻlishi kerak.
Bu chiqishlar statsionar narvonlar bilan jihozlangan boʻlishi, oʻlchamlari kamida 0,6 x 0,8 m boʻlgan eshiklar, lyuklar yoki derazalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Mansardali binolarda chordoq boʻshliqlarining toʻsiq konstruksiyalarida lyuklar boʻlishi kerak.
Tom balandliklaridagi farq (yorugʻlik-aeratsiya fonarlarini tomdan koʻtarilgan joylari uchun ham) 1 m dan ortiq boʻlgan joylarda yongʻin narvonlar oʻrnatilishi lozim.
Bino va inshootlar tom qismining yuzasi 100 m2 dan ortiq boʻlgan har bir qismi uchun quyidagi hollarda yongʻin narvonlari talab etilmaydi:
tomga mazkur SHNQning 320-bandi talablariga javob beradigan oʻz chiqishiga ega boʻlsa;
tomning mazkur SHNQning 320-bandi boʻyicha aniqlanadigan pastki qismining balandligi 10 m dan oshmasa;
tomning balandligi 10 m dan ortiq boʻlgan joyda.
363. Zinapoya kataklaridan tom yoki chordoqqa chiqish joylari zinapoya marshlari boʻylab, chiqish oldidagi maydonchalar orqali, oʻlchami 0,75 x 1,5 m dan kam boʻlmagan ikkinchi turdagi yongʻinga qarshi eshiklar boʻlishi kerak.
Mansardali binolarda chordoq boʻshliqlarini toʻsuvchi konstruksiyalarda lyuklar boʻlishi kerak.
Tomlarning balandligi 1 m dan ortiq farq qiladigan joylarda (yorugʻlik-aeratsiya fonarlarini tomga koʻtarish uchun) yongʻin narvonlari oʻrnatilishi lozim.
Tomning har bir 100 m2 ortiq maydonga ega qismi mazkur SHNQning 16-bobi talablariga muvofiq alohida chiqish joyiga ega boʻlsa yoki tomning pastki qismining balandligi 10 m dan oshmasa, tomning 10 m dan ortiq balandlik farqlarida yongʻin narvonlarini oʻrnatish kerak.
364. 10 dan 20 m gacha balandlikka koʻtarish uchun va tom qoplamalar balandligining oʻzgarishi 1 m dan 20 m gacha boʻlgan joylarda P1 turdagi yongʻinga qarshi narvonlar qoʻllanilishi lozim.
20 m dan ortiq balandlikka koʻtarish uchun va tom qoplamalarning balandlik oʻzgarishi 20 m dan ortiq boʻlgan joylarda P2 turdagi yongʻinga qarshi narvonlarni qoʻllash kerak.
Yongʻinga qarshi narvonlar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi va derazalarga kamida 1 m yaqinlikda joylashgan boʻlishi lozim.
365. Temir-beton orayopmalar va profnastillarga yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallarni qoʻllashga faqat yongʻindan himoyalanishning quyidagi talablari taʼminlanishi kerak:
maydoni 50 m2 boʻlgan yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallar, uning perimetri boʻylab, ustki qismida yonmaydigan izolyatsiyalovchi materiallardan iborat yongʻinga qarshi tasmalar bilan oʻraladi hamda kamida 30 mm qalinlikdagi sement-qumli qorishma (tekislovchi qatlam (tekislovchi qatlam (styajka) yoki yengil beton bilan qoplanganda;
500 m2 maydonga ega yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallari bilan qoplangan joylar qoʻshimcha ravishda, binoning koʻndalangiga kamida 6 m kenglikda yonmaydigan izolyatsiyalovchi materiallaridan tayyorlangan yongʻinga qarshi belbogʻlar bilan ajratib toʻsilganda.
366. Yongʻinga qarshi belbogʻning yuqori qatlami foydalaniladigan tomlar uchun:
kengligi kamida 6 m boʻlgan himoya qatlami sifatida koʻzda tutilishi;
belbogʻning ichki qatlami yonmaydigan (YONM guruhiga mansub) materiallardan iborat boʻlishi;
belbogʻ tom ostidagi asosni (“Yo3” va “Yo4” guruhlariga kiruvchi materiallardan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasini bu materiallarning butun qalinligi boʻylab) kesib oʻtishi kerak.
367. Tom qoplamalarni yonuvchan materiallardan yopishda yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim.
368. Yonuvchan oʻramli materiallar va isitkichlarni qoʻllash bilan bogʻliq qurilish ishlarida ishlarning bajarilish joyi koʻrsatilishi va ishlarning texnologik ketma-ketligi, ularni bajarish usullari hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlaydigan yongʻinga qarshi aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
369. Tomqoplamlarni yonuvchan materiallardan (egiluvchan cherepitsalardan) yopishda hamda yonuvchan isitgich va/yoki yumshoq tom qoplamasi qoʻllanilgan tomlarni qurishda qurilish maydonida ishlar boshlanishidan oldin quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
yonuvchan oʻramli materiallar va issiqlik izolyatsiya qiluvchi materiallarni qoʻllash bilan bogʻliq qurilish ishlari SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq amalga oshirish;
yongʻin suv taʼminoti tizimini ishga tushirish;
binoga tashqi yongʻin narvonlarini oʻrnatish;
telefon aloqasini taʼminlash (tom maydonining har 5000 m2 ga bitta telefon qurilmasi hisobida).
370. Yengil qoplamali binolar yashindan himoyalangan boʻlishi kerak.
Yonuvchan va qiyin yonuvchan issiqlik izolyatsiyalovchi hamda oʻramli tom qoplamasi ishlatilganda va tom yopish ishlari bajarilayotganda (maydoni 1000 m2 va undan ortiq boʻlsa) yongʻinni oʻchirish uchun vaqtinchalik suv quvurini hisobga olish zarur.
Yongʻin oʻchirish kranlari orasidagi masofa tomning har qanday nuqtasiga har birining unumdorligi 5 l/s boʻlgan kamida ikkita suv oqimini yetkazish imkoniyatini taʼminlash shartidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Yonuvchan materiallarni joylashtirish 500 m² dan koʻp boʻlmagan maydonlar boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Qalinlashtirilgan bitum qatlamli oʻramli materiallardan foydalanib tom yopishga, faqat yonmaydigan issiqlik izolyatsiyasi va oʻramadagi bitumni eritish uchun qurilmalar qoʻllanilgan holda temir-beton qoplama plitalari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, qurilmalarning konstruksiyalari ishlarni olib borishda tasodifiy yonishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
371. Payvandlash va ochiq alanga qoʻllanilishi bilan bogʻliq boshqa olovli ishlarni faqat qurilish obyektining yongʻindan xavfsiz boʻlgan (bino va inshootdan uzoq boʻlgan) hududlarida olib borishga yoʻl qoʻyiladi.
21-bob. Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablar
372. Xavflilik darajasi 1 va 2 boʻlgan zararli moddalar yoki portlovchi moddalarni oʻz ichiga olgan ventilyatsiya havosini, shuningdek mexanik harakatlantirilgan soʻrish tizimlaridan chiqadigan havoni ochiq chordoq boʻshligʻiga chiqarib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
373. Bino va inshootlarni loyihalashda ifloslangan oqova suvlarning chiqazib yuborilishi hamda yer osti va yer usti suvlarining bevosita ifloslanishini oldini olish choralari loyihalash topshirigʻida belgilanishi kerak.
374. Metall tom qoplamali binolarni chaqmoqdan va tomning metall elementlarida hosil boʻladigan korroziyadan himoyalash uchun barcha metall elementlarni yopiq konturga birlashtirish va yerga ulash qurilmasini oʻrnatish boʻyicha himoya choralari amalga oshirilishi lozim.
375. Qoplamalarda ishlarni amalga oshirish boshlangunga qadar loyihada belgilangan barcha toʻsiqlar va binolarning (zinapoya kataklaridan, tashqi zinapoyalardan) qoplamalariga chiqish joylari bajarilgan boʻlishi kerak.
376. Tomlar va tom qoplamalarni oʻrnatish hamda rekonstruksiya qilish jarayonlarini loyihalashda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish chora-tadbirlari inobatga olinishi kerak.
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Chordoqsiz qisman shamollatiladigan tomlar tizimi
1. Temir-betonli poydevorga oʻramli tarkibida bitum boʻlgan bugʻ toʻsish material qoplamasi qoʻyilishi kerak.
2. Issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam yonmaydigan mineral paxta izolyatsiyasidan iborat boʻlishi lozim.
Uning 10 foiz deformatsiyada siqilishdagi minimal mustahkamlik koʻrsatkichlari 80 kPa (GOST EN 826-2011 ga muvofiq) va toʻplangan yuklanishga chidamliligi kamida 600 N (GOST EN 12430-2011 ga muvofiq) boʻlishi kerak.
3. Mineral issiqlik izolyatsiyasi ustidagi ventilyatsiya boʻshligʻini tashkil qilish uchun N114-750-1,0 markali yuk koʻtaruvchi poʻlatdan tayyorlangan profilli list qoʻyilishi zarur.
Profilli listni izolyatsiyaga qarshi tor rafga qoʻyilishi hamda toʻlqinlar yendova va tizma joylariga perpendikulyar yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
4. Profilli list ustiga ikki qavat asbest-sement plitalarini qoʻyish lozim.
Asbest-sement plitalarining qatlamlari mexanik ravishda bir-biriga mahkamlangan boʻlishi va yuqori qatlamga bitum astar bilan ishlov berilishi kerak.
5. Gidroizolyatsiyaning pastki qatlami sifatida asosga qisman eritib yopishtirilgan va qurilmadan namlikni chiqarish uchun shamollatish kanallari mavjud boʻlgan bitumli oʻrama tom yopish materialini qoʻllash lozim.
6. Gidroizolyatsiyaning ustki qatlami sifatida yongʻinga qarshi texnik xususiyatlarga ega qurilgan bitum-polimer oʻramli qoplama materialidan foydalanish (olov tarqalish guruhi RP1 (olov tarqatmaydigan), yonuvchanlik guruhi B2 (oʻrtacha yonuvchan) va himoya qatlamlari: ustki qismida yirik donli (shifer) qoplama va pastki qismida polimer plyonka) kerak.
7. Tom yopish qoplamaning ostidan bugʻni optimal olib tashlash uchun yendova va tom tizmalarida har 6 — 8 m da aeratorlar oʻrnatilishi, bunda qoplama aeratorining diametri kamida 110 mm boʻlishi kerak.
1-rasm. Chordoqsiz qisman ventilyatsiya qilingan tomlar tiziming kesma koʻrinishi
tarkibida bitum boʻlgan oʻramli tom yopish materiallari (AT1, Yo2);
ventilyatsiya lentalar bilan oʻralgan tarkibida bitum boʻlgan tom yopish materiallari;
bitumli gruntovka;
ikkita asbest-sement plita yigʻma tasma sement qirindili plita;
poʻlat profilli list N114-750-1,0;
mineral izolyatsiyadan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi qatlami (80 kPa GOST EN 826-2011 va 600 N GOST EN 12430-2011 boʻyicha);
oʻramli bugʻ toʻsadigan tarkibida bitum boʻlgan materiallar;
temir-beton qatlami.
8. Tarkibida bitum boʻlgan bugʻ toʻsigʻi materialining oʻramasi ustiga, butun tom yuzasiga 300 g/m2 geotekstil qoʻyish kerak.
Odamlar soni, materiallarning mavjudligi va ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda, tomning qaysi qismini gidroizolyatsiya toʻshamaning birinchi qatlamini oʻrnatish darajasigacha qurilish tayyorligiga olib kelish rejalashtirilganligini aniqlash kerak.
Hosil boʻlishi mumkin boʻlgan sovuq koʻpriklarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tomning tanlangan maydoniga samarali issiqlik izolyatsiyasi qatlamini (issiqlik muhandislik hisob-kitoblari boʻyicha qabul qilingan) qoʻyish hamda tikuvlar bir-biriga yopishishi kerak.
9. Koʻp qatlamli issiqlik izolyatsiyasida pastki qatlamlar uchun mineral paxta plitalari va sement qirindili plitalardan (1250-1400 kg/m3) tayyorlangan sement yigʻma suvoq ostida izolyatsiyalash uchun kamida 40 kPa boʻlgan 10 foiz chiziqli deformatsiyada bosim kuchiga ega boʻlishi kerak.
10. Tomga mexanik taʼsir koʻrsatgan taqdirda (masalan, tomdagi uskunani muntazam ravishda taʼmirlash yoki qorni tozalash, haftada bir martadan koʻproq tomga chiqish) mineral paxta issiqlik izolyatsiyasi, shuningdek koʻp qatlamli gidroizolyatsiya qoplama bilan qoplangan boʻlishi kerak.
11. Barcha qatlamlarda kamida 60 kPa 10 foiz chiziqli deformatsiyada bosim kuchiga ega boʻlishi lozim.
12. Tomning tanlangan maydonida diffuziya va aeratsiya kanallarini tashkil etgan holda yuqori qatlamning mineral paxta plitalarini yotqizish kerak.
(1-uzel)
1 — ventilyatsiya qilinadigan kanal 140x50 mm, 2 — namlikning harakati, 3 — ventilyatsiya qilinadigan kollektor, 4 — chekka panjara, 5 — parapet
2-rasm. Parapet yoki parapetdagi yon panjara orqali aeratsiya sxemasi
1 — ventilyatsiya qilinadigan kanal 140x50 mm, 2 — namlikning harakati, 3 — ventilyatsiya qilinadigan kollektor, 4 — chekka panjara, 5 — parapet
(2-uzel)
3-rasm. Egzoz aeratorlar orqali aeratsiya sxemasi
1 — ventilyatsiya qilinadigan kanal 140x50 mm, 2 — namlikning harakati, 3 — ventilyatsiya qilinadigan kollektor, 4 — chekka panjara, 5 — parapet
4-rasm. Konstruksiya fragment kesimi
1 — poydevori, 2 — nishablik hosil qiluvchi qatlam, 3 — mineral paxtali issiqlik izolyatsiya qatlami, 4 — ventilyatsiya qilinadigan kanal, 5 — TSPdan ikki qavatli yigʻma qorishma, 6 — qurilgan gidroizolyatsiya
13. Sement qirindili plitalarning birinchi qatlamini tomning tanlangan maydoniga qoʻyish kerak.
Yotqizilgan sement qirindili plitalar tarkibida bitum boʻlgan gruntning birinchi qatlamini qoʻllash lozim.
14. Tarkibida bitum boʻlgan gruntning qurishini kutmasdan, sement qirindili plitalar ikkinchi qatlamini yotqizish, choklarni ½ list bilan siljitish va pastki qismning tartibiga muvofiq birinchi qatlamga vint bilan mahkamlash (ushbu ilovaning 5-rasmida keltirilgan) hamda pastki qatlamning yuqoriga nisbatan joylashishiga koʻra amalga oshirish kerak (ushbu ilovaning 6-rasmida keltirilgan).
5-rasm. Yuqori qatlamga nisbatan pastki qatlamning joylashuv sxemasi
6-rasm. Yigʻma tortqini mahkamlash sxemasi
15. Ikkinchi qatlamning yotqizilgan sement qirindili plitalarga tarkibida bitum boʻlgan gruntni qoʻyish lozim.
Tarkibida bitum boʻlgan grunt quriganidan soʻng, suv oʻtkazmaydigan qoplamaning birinchi va ikkinchi qatlamlarini oʻrnatish kerak.
Izolyatsiyani namlashdan saqlash uchun tanlangan tom qismiga tom yopish qoplamasini oʻrnatish, uni tomning gidroizolyatsiya qoplamasining birinchi qatlamini oʻrnatish bosqichiga yetkazish boʻyicha ishlarni bajarish lozim.
7-rasm. Chordoqsiz qisman shamollatiladigan oʻzini-oʻzi quritish qobiliyatiga ega tomlar tizimini kesimdagi koʻrinishi
Tarkibida bitum boʻlgan oʻramli tom yopish materiallari (AT1, Yo2);
Ventilyatsiya lentalar bilan oʻralgan tarkibida bitum boʻlgan tom yopish materiallari;
Bitumli gruntovka;
ikkita asbest-sement plita yigʻma tasma sement qirindili plitadan;
Poʻlat profilli list N114-750-1,0;
Mineral izolyatsiyadan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi qatlami (80 kPa GOST EN 826-2011 va 600 N GOST EN 12430-2011 boʻyicha);
Energetik materiallardan (keramzit, shagʻal) tayyorlangan nishablik hosil qiluvchi qatlam, bunda ustki qismida armaturalovchi toʻrlar VR1 100x100x3 mm dan foydalanishi GOST 23279-85 boʻyicha;
Geotekstil 300 gr/m2 ;
Tarkibida bitum boʻlgan oʻramli bugʻ toʻsadigan materiallar;
Temir-beton qatlami;
Parapetlar yoki aeratorlar orqali shamollatish ishlarni taʼminlash kerak.
8-rasm. Parapet orqali ventilyatsiya moslamasi
1 — poydevori, 2 — nishablik hosil qiluvchi qatlam, 3 — mineral paxta, izolyatsiyasidan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi qatlami, 4 — ventilyatsiya qilingan kanal, 5 — sement qirindili plitalar, sement yigʻma qoplama, 2 qatlam, 6 — sirtli gidroizolyatsiya, 7 — qoʻshimcha gidroizolyatsiya, 8 — bazalt galtel taxtasi, 9 — sement qirindili plitalar, 10 — yelim, 11 — ruxlangan poʻlatdan tayyorlangan qoplama, 12 — termik boʻshliq 15 mm
9-rasm. Parapetdagi yon panjara orqali ventilyatsiya tizimi
1 — poydevori, 2 — nishablik hosil qiluvchi qatlam, 3 — mineral paxtali issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam, 4 — ventilyatsiya qilingan kanal, 5 — sement qirindili plitalaridan sement yigʻma qoplama, 2 qatlam, 6 — sirtli gidroizolyatsiya, 7 — qoʻshimcha gidroizolyatsiya, 8 — bazalt galtel taxtasi, 9 — sement qirindili plitalardan, 10 — yelim, 11 — ruxlangan poʻlatdan tayyorlangan qoplama, 12 — termal boʻshliq 15 mm, 13 — yon taraf panjara
10-rasm. Tom aeratorini ulash moslamasi
1 — poydevori, 2 — nishablik hosil qiluvchi qatlam, 3 — mineral paxta izolyatsiyasidan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi qatlami, 4 — ventilyatsiya qilingan kanal, 5 — sement qirindili plitalaridan sement yigʻma qoplama, 2 qatlam, 6 — sirtli gidroizolyatsiya, 7 — qoʻshimcha gidroizolyatsiya, 8 — germetik, 9 — bosim qisqich, 10 — aerator tom yopiladigan diametri kamida 110 mm
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Tomlar konstruksiyalarining asosiy sxemalari
1-rasm. Oʻramasiz tom qoplamali chordoqli temir-beton tomlarning konstruktiv sxemalari
a) sovuq chordoqli; b) ochiq chordoqli
1 — chordoq orayopmasi, 2 — isitkich, 3 — chordoqning tashqi devorlari, 4 — shamollatish blokining kallagi, 5 — tomyopmaning tom qoplama plitasi, 6 — suv toʻplanadigan lotok
a)
b)
2-rasm. Chordoqsiz tomlarning shamollatilmaydigan (a) va shamollatiladigan (b) tom qoplamalari
1 — yuk koʻtaruvchi plita, 2 — bugʻ izolyatsiyasi, 3 — isitkich plitalarini yopishtirib chiqish, 4 — issiqlik izolyatsiyasi plitalari, 5 — shamollatish kanali, 6 — armaturalangan tekislovchi qatlam (tekislovchi qatlam (styajka), 7 — oxirgi qatlami folga bilan qoplangan oʻramli materiallardan suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama, 8 — temir-beton plita, 9 — yuk koʻtaruvchi temir-beton plita
a)
b)
3-rasm. Nishabli tomlar tomyopmalari konstruksiyalarining mansarda qavatida, isitkich ustida bitta (a) va ikkita (b) havo tirqishlari bilan texnik yechimlari
1 — tom qoplamaning tomyopmasi, 2 — yogʻoch panjara (obreshetka), 3 — shamol va suvdan himoyalaydigan plyonka, 4 — havo tirqishi, 5 — qistirma bruscha, 6 — issiqlik izolyatsiyasi, 7 — stropila, 8 — bugʻ izolyatsiyasi, 9 — ichki ishlov
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Oʻramli va surtmali (mastika) li tom qoplamalardan iborat tomyopma elementlarining yechimlari
1-rasm. Foydalanilmaydigan tom qoplamalarning konstruktiv yechimlari
1 — gofralangan metall listli profil, 2 — bugʻ izolyatsiyasi, 3 — mineral paxtadan (GOST 9573-2012. GOST 32314-2012) yoki shisha tolasidan (GOST 10499-95) issiqlik izolyatsiyasi, ularning 10 foizli chiziqli deformatsiyadagi siqilishga mustahkamligi 40 kPa dan kam boʻlmasligi kerak; Za — lenopolistirol (GOST 15588-2014) yoki mineral paxtadan 10 foizli chiziqli deformatsiyada siqilishga mustahkamligi mos ravishda 100 yoki 60 kPa dan past boʻlmagan plitalar, 4 — mahkamlovchi element, 5 — gruntlash, 6 — suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama, 7 — presslangan xrizotilsementli yassi listlar (GOST 18124-2012) yoki sement-paraxali plitalardan (GOST 26816-2016) yigʻma tekislovchi qatlam (tekislovchi qatlam (styajka), 7a — taxtalar, suvga chidamli faneradan yaxlit toʻshama, 8 — yogʻoch qistirmali penopoliuretan plitalardan issiqlik izolyatsiyasi, 9 — bitum qatlami, 10 — polimer (elastomer yoki termoplastik) oʻramli materiallardan suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama, 11 — penosteklodan issiqlik izolyatsiyasi, 12 — plita isitkichi, 13 — yogʻoch panjara (obreshyotka), 14 — yogʻoch panjara (obreshyotka), 15 — stropila, 16 — obshivka uchun karkas, 16a — yogʻoch brus, 17 — ichki qoplama; 1v — shamol va suvdan himoyalovchi diffuziya plyonka, 19 — suvdan himoyalovchi plyonka, 20 — ikki kanalli tirqish, 21 — sement-qum qorishmasi (GOST 28013-98, GOST 31357-2007), mayda donali beton (GOST 26633-2015) yoki asfalt-betondan (GOST 31015-2002) tekislovchi monolit (tekislovchi qatlam (styajka), 22 — ajratuvchi qatlam, 23 — monolit isitkich (GOST 25820-2014), 24 — bir kanalli tirqish, 25 — yigʻma yoki monolit plitalar
2-rasm. Foydalaniladigan, inversion va koʻkalamzorlashtirilgan tom qoplamalarning konstruktiv yechimlari
1 — yigʻma yoki monolit temir-beton plitalar, 2 — sement-qum qorishmasidan (tekislovchi qatlam (styajka) yoki quyma asfalt-beton qatlami, 3 — bugʻ izolyatsiyasi, 4 — nishab hosil qiluvchi qatlam, 5 — issiqlik izolyatsiyasi, 6> — ajratuvchi qatlam, 7 — sement-qumli tekislovchi qatlam (tekislovchi qatlam (styajka), 8 — suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama, 9 — filtrlovyochi qatlam (notoʻqima geotekstil), 10 — boshqariladigan tayanch, 11 — trotuar (yoʻlka) plitkasi, 12 — qalinligi 150 mm dan kam boʻlmagan granit chaqiq tosh, 13 — beton, granit plitka yoki chorqirra tosh (bruschatka), 14 — sement-qum qorishmasi, 15 — asfalt-beton, 16 — armaturalangan beton plita, 17 — ehtiyot qatlami, 18 — armaturalangan sement-qumli (tekislovchi qatlam (styajka), 19 — shagʻal qatlami, 20 — ildizlarga qarshi plyonka, 21 — drenaj-suv toʻplagich membranasi, 22 — tuproq qatlami, 23 — oʻsimlik qatlami, 24 — namlikni yigʻuvchi bordon yoki drenajlovchi-tutib turuvchi element (nishabi 3 foizdan ortiq tom qoplama uchun), 25 — ekstruziyali penopolistirol (GOST 32310-2020), 26 — drenaj qatlami (bordon), 27 — oʻrtacha yoki yirik qum yoki qalinligi 30-50 mm keladigan 2-5 mm li fraksiyaning elakdan chiqqan granit chiqindisi, 28 — rezina qoplama, 29 — peshayvon taxtasi, 30 — peshayvon taxtasi uchun lagalar, 31 — qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan fraksiyasi 40-50 mm boʻlgan granit chaqigʻini boshqariladigan tayanchlar orasiga toʻkish, 32 — nishab boʻylab keramzit shagʻali
3-rasm. Tom qoplamalarning tutashuvi
a — balandligi 450 mm dan ortiq devorlarga;
b — balandligi 450 mm dan ortiq devorlarga ushbu SHNQning 338-bandi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda.
1 — suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama, 2 — ustki qatlami yirik donali sochmaga ega boʻlgan ruberoiddan suvdan izolyatsiyalovchi qoʻshimcha toʻshama qatlamlari, 3 — himoya qatlami, 4 — ruxlangan tom qoplama poʻlatdan himoya qopchigʻi, 5 — germetik berkitadigan surtmali (mastika), 6 — mahkamlovchi elementlarning oʻqlari (suvdan izolyatsiyalovchi toʻshama qatlamlarini, himoya qopchiqlarini mahkamlash uchun), 7 — tashqi havo bilan aloqa qiladigan diffuziya oraliq qatlam
4-rasm. Deformatsiya choklarining yechimlari
a — ruxlangan poʻlatdan yarimdoira kompensatorlari boʻlgan eni 60 mm li chokda (qistirmaning eni 500 — 1000 m boʻlsa, kompensator qalinligi 3-4 mm li listli poʻlatdan tayyorlanadi), b — yigʻma beton devorlardan iborat devorlarda
1 — suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama, 2 — suvdan izolyatsiyalovchi qoʻshimcha toʻshama qatlamlari, 3 — ruberoid matosi (yopishtirilmagan), 4 — himoya qatlami, 5 — bugʻ izolyatsiyasi (hisob boʻyicha), 6 — isitkichdan qoʻshimcha element, 7 — ruxlangan poʻlatdan radiusi 80 mm li kompensator, 8 — ruxlangan tom yopish poʻlatdan tayyorlangan aylana shaklidagi qirqim, 9 — yonmaydigan mineral paxtali isitkich, 10 — mahkamlovchi elementlarning oʻqlari, 11 — bitum bilan yopishtirish, 12 — suvdan izolyatsiyalovchi toʻshamaning ustki qatlami, 13 — ruxlangan poʻlatdan qopchiq, 14 — 600 mm oraliqda 4x40 mm li poʻlat tasmalar, 15 — V-simon kompensator
5-rasm. Quvurlarni olib oʻtish yechimi
1 — suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama, 2 — himoya qatlami, 3 — suvdan izolyatsiyalovchi qoʻshimcha toʻshama qatlamlari, 4 — mahkamlovchi elementlar oʻqi, 5 — ruxlangan tom qoplama poʻlatdan soyabon, 6 — yumaloq yoki toʻrt burchakli poʻlatdan kalta quvur flanets bilan birga, 7 — smola surtilgan los, 8 — qisuvchi xomut, 9 — germetik zichlovchi surtmali (mastika), 10 — olib oʻtilayotgan quvur
6-rasm. Suv oqadigan voronkalar oʻrnatilgan joylardagi topqoplama yechimi
a — foydalaniladigan tom qoplamalarda;
b — foydalanilmaydigan tom qoplamalarda.
1 — suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama, 2 — himoya qatlami, 3 — oʻramli materiallarning 2 ta qatlami, 4 — kanop qatlami, 5 — tekislovchi qatlam (styajka), 6 — suv oqadigan voronka qalpoqchasining oqim toʻgʻrilagichi, 7 — suv oqib tushadigan voronkaning olib qoʻyiladigan qalpoqchasi, 8 — siqib turadigan halqa, 9 — 15 mm dan kam boʻlmagan fraksiya shagʻali, 10 — sement-qum qorishmasi yoki kvarsli qum, 11 — beton yoki armotsement plitkalari, 12 — sement-qum qorishmasi, 13 — bir tomoni berk gayka shaybasi bilan, 14 — mineral paxta, 15 — siqib turadigan xomut, 16 — termoqistirma, 17 — suv oqib tushadigan voronkaning kosasi
7-rasm. Diametri 100 mm li aeratorlarning joylashuv rejasi
1 — yendova, 2 — tomchoʻqqi, 3 — aeratorlar
8-rasm. Diametri 100 mm li tom qoplama aeratorini (ventilyatsion kalta quvurni) oʻrnatish
1 — germetik, 2 — suvdan izolyatsiyalovchi qoʻshimcha toʻshama, 3 — suvdan izolyatsiyalovchi asosiy toʻshama, 4 — xrizotilsementli yassi listlardan yigʻma tekislovchi qatlam (styajka), 5 — mineral paxta plitalar, 6 — monolit mavjud tekislovchi qatlam (styajka), 7 — namlangan koʻpik-beton, 8 — yuk koʻtaradigan temir-beton plita, 9 — shamollatiladigan kanal, 10 — diametri 100 mm li aerator
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
1-rasm. Ichki suv qochiriladigan tomlar uchun kesimning choʻziq zonasida polkali tom qoplama plita
2-rasm. Tashqi suv qochiriladigan tomlar uchun siqilgan zonada tokchasi boʻlgan kesimi qatlangan tom qoplama plita
3-rasm. Suv yigʻadigan temir-beton lotok
4-rasm. Yigʻma temir-beton tom qoplama elementlar birikuvlari va tutashuvlarining sxemasi
a — tor tirqish berkitkich bilan yopilgan asosiy birikuv, b — turnaqator (birin-ketin) yopiladigan birikuv, v — kengaytirilgan tirchish berkitkich bilan yopiladigan birikuv, g — tom qoplama plitaning parapet devoriga tutashuvi, tutashuv G-simon tirqish berkitkich bilan yopilgan holda, d — G-simon tirqish berkitkich bilan faqat tutashuv plitaning oʻzi bilan yopiladi, e — tom qoplama plitaning fronton devoriga tutashuvi, j — asosiy tom qoplama plitaning suv yigʻadigan lotok bilan birikuvi
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
2-rasm. Oʻramli gidroizolyatsiyaga (a) ega boʻlgan (a) hamda atmosfera yogʻinlariga chidamli monolit betondan (b) tayyorlangan pogʻonasimon tomyopmaning (stadion tribunalarining) konstruktiv yechimi
3-rasm. Foydalaniladigan pogʻonasimon tomyopmada listli poʻlatdan kompensatori boʻlgan deformatsiya chokining yechimi
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Donali materiallar, toʻlqinsimon listlar va gofralangan listli profillardan tayyorlangan tomqpolamalar
1-rasm. Sovuq va ochiq chordoqli tomlar tom qoplamalari va tomyopmalarining konstruktiv yechimlari
2-rasm. Nishabli (mansarda) tomlar tomqoplamalari va tomyopmalarining konstruktiv yechimlari
1 — yigʻma yoki monolit temir-beton plita, 2 — ichki qoplama, 3 — bugʻ izolyatsiyasi, 4 — plita isitkichi, 5 — qoplama ostiga karkas, 6 — ikki kanalli ventilyatsiya tirqishi, 7 — kontryogʻoch panjara (obreshyotka), 8 — yogʻoch panjara (obreshyotka), 9 — profillangan metall listi (GOST 24045-2016 boʻyicha listli profil), 10 — xrizotilsement (GOST 30340-2012) yoki sementli-tolali toʻlqinsimon list, 11 — bitumli toʻlqinsimon list,12 — metall-cherepitsa yoki kompozit cherepitsa, 13 — suvdan himoyalovchi plyonka, 14 — bitumlar yassi cherepitsa, 14a — bitumli toʻlqinsimon cherepitsa, 15 — taglama toʻshamali yaxlit toʻshama, 16 — stropila, 16a — termoprofildan oʻrnatilgan stropila, 16b — yogʻoch brus, 17 — sement-qum yoki sopol cherepitsa 18 — qoʻshimcha issiqlik izolyatsiyasi, 19 — diffuziyali suv va shamoldan himoyalaydigan plyonka, 20 — bir kanalli ventilyatsiya tirqishi, 21 — bitum bilan yopishtirilgan tishli metall plastina, 22 — bitum, 23 — yaxlit toʻshama ustiga qoqilgan oʻramli bitum material, 24 — bugʻ oʻtkazmaydigan penosteklodan issiqlik izolyatsiyasi, 25 — profillangan poʻlat toʻshama, 26 — bitum yoki bitum-polimerli oʻramli material, 27 — qalinligi qoʻshimcha issiqlik izolyatsiyasining qalinligiga teng bruscha
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Tom qoplamalar va obyektlarning koʻkalamzorlashtirish elementlari
1. Tom qoplamada oʻsimliklar uchun substrat sifatida begona oʻtlar, zararkunandalar, kasallik keltiruvchi mikroorganizmlardan holi boʻlgan maxsus tayyorlangan organik va mineral komponentlar qorishmasidan foydalanish kerak. Bunda, qorishma quyidagi xossalarga ega boʻlishi lozim:
kimyoviy jihatdan neytral va inert;
yengil mexanik tuzilmaga ega;
namni tutib qolish koeffitsiyenti yuqori ;
aeratsiyalanish darajasi yuqori.
2. Substrat uchun ishlatiladigan komponentlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ular inert boʻlishi, tuproqqa beriladigan eritmaning kimyoviy tarkibini oʻzgartirmasligi va oʻsimliklarga zaharlovchi taʼsir koʻrsatmasligi;
sugʻorish paytida tuproq substratidagi suv va havo nisbati oʻsimliklarning normal oʻsishi uchun maqbul boʻlishi;
tuproq substrati hajmiy ogʻirligi katta boʻlmagan holda yetarli darajadagi mexanik pishiqlik va uzoq xizmat qilish qobiliyatiga ega boʻlishi.
3. Har xil turdagi oʻsimliklar uchun substratlar quvvati quyidagicha boʻlishi kerak: tuproqqoplovchi (sedum, semizak) — 7 — 10 sm;
gullar (bir yillik, koʻp yillik) — 15 — 20 sm;
gazon — 20 — 25 sm;
butalar — 30 — 40 sm;
daraxtlar — 70 — 90 sm.
4. Tom qoplamalarda, ekinzorlardan tashqari, yoʻlovchilar uchun yoʻlkalar, bolalar yoki sport maydonchalari, dam olish zonalari tashkil qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yoʻlkalar va dam olish zonalari uchun asosiy qoplama turi sovuqqa chidamliligi 300 sikldan kam boʻlmagan 400 markali betondan 50x50 mm li yoʻlka plitkalari boʻlsa, bolalar va sport maydonchalari uchun usti gʻadir-budur qayishqoq-elastik choksiz qoplamalar qoʻllash kerak (masalan, rezina uvogʻidan).
5. Bolalar maydonchalarida ushbu ilovaning 1-jadvaliga muvofiq, kichik arxitektura shakllari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
1-jadval
Kichik arxitektura shakllarining nomlari
Materiali
Uzunligi, m
Eni, m
Balandligi, m
Quvurdan tayyorlangan argʻimchoqlar
Metall, oʻrindigʻi yogʻochdan
1,50
1,50
1,66
Tebranmachoq
Metall, yogʻoch
3,00
3,00
0,64
Liana
Yogʻoch
2,76
-
1,83
Qumdon
Yogʻoch
1,47
1,47
0,18
Stol kursilari bilan
Yogʻoch
2,00
1,40
0,82
Kursilar
Metall, yogʻoch
2,08
0,80
0,80
Loyiha topshirigʻiga muvofiq kichik arxitektura shakllarining toʻplami nomenklaturaning kamayishi yoki kengayishini hisobga olgan holda oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.
6. Tom qoplamalarda quyidagi turdagi oʻsimliklarni ekishga yoʻl qoʻyiladi:
sedum turdagi joy tanlamaydigan (beor) oʻsimliklar;
bir yillik va koʻp yillik gullar ekilgan klumbalarni yaratish;
gazonlar yaratish (avvaldan tayyorlangan substratga gazon oʻtlar ekish yoki oʻramli gazondan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi);
daraxtlar, butalar ekilgan bogʻ, dekorativ suv havzalarini yaratish.
Substrat quvvati yuqori boʻlishi zarur boʻlgan joylarda joyning chetlari boʻylab yengil materiallardan tirgak devorlar qurilishi kerak.
Bu devorlar bevosita drenaj elementiga oʻrnatilgan beton qorishma ustiga oʻrnatilishi lozim.
7. Barcha kichik meʼmoriy inshootlar, bolalar oʻyin maydonlari, toʻsiq ustunlari, manzarali hovuzlar uchun idishlar, yoritish uskunalari va qoʻshimcha mahkamlashni talab qiladigan boshqa elementlar erkin suv oqimini taʼminlash maqsadida, bevosita drenaj elementida oʻrnatiladigan zarur oʻlcham va mustahkamlikdagi beton qorishmada, oʻrnatma qismlar bilan montaj qilinishi kerak.
8. Tom qoplamalarni koʻkalamzorlashtirish uchun yassi kesakli ildiz tizimiga ega boʻlgan daraxtsimon butalar va daraxtlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
9. Nishabli tomlarni shamollatishda oraliq havodan ham foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
10. Bevosita foydalaniladigan tom qoplamalarda joylashgan joʻyaklar va gazonlar kabi alohida turgan kichik arxitektura shakllari uchun keng, uzun (1-2 m), chuqurligi 0,3-0,4 m sigʻimlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Osilib, yer bagʻirlab yoki sudralib oʻsuvchi oʻsimliklar uchun guldon sigʻimlarning bir qismi yuzadan 0,3-0,4 m baland tagliklarda joylashtirilishi kerak.
Sigʻimlar temir-beton, beton, xrizotilsement, polimer materiallar, sopol, yogʻoch, penoplast, shuningdek ushbu materiallarning kombinatsiyasidan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yogʻoch sigʻimlarni (yashiklar, bochkalar) antiseptiklash va ichki tomonidan suvdan izolyatsiyalovchi material bilan himoya qilish, ortiqcha suvning esa chiqarib yuborilishini tashkil qilish zarur.
11. Hududning bir qismini avtoturargoh sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
12. Yer ustidagi bogʻ hududiga baland (0,5 m li) toʻsiq bilan, sport maydonchalari balandligi 4 m gacha metall toʻr bilan oʻralishi kerak.
13. Yer osti inshootlarining tom qoplamalarida bolalar va sport maydonchalarini tashkil qilishda drenaj qatlami ustiga 2 — 20 mm fraksiyali granit chaqiq toshi 3-4 mm li qatlamlar bilan umumiy qalinlik 100 mm ga yetguniga qadar qatlamma-qatlam yotqizilishi lozim.
14. Obodonlashtirilgan va koʻkalamzorlashtirilgan foydalaniladigan tomlarni barpo etishda (avtoturargohlar, gulzorlar, bolalar va sport maydonchalari, yoʻlkalar va hokazolar) SHNQ 2.08.01-24 va SHNQ 2.08.02-23 talablariga amal qilish kerak.
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Metall profilli qoplamadan tayyorlangan tom qismlari uchun yechimlarga misollar
1-rasm.Poʻlat profilli toʻshamadan yasalgan “issiq” tom karnizini oʻrnatishning ikkita shamollatiladigan havo qatlamli varianti
1 — fermaning yuqori belbogʻi (fermalar qadamida 4 m dan koʻp boʻlmagan), 2 — profillangan tayanch toʻshama, 3 — havo izolyatsiyasi, 4 — issiqlik izolyatsiyasining pastki qatlami, 5 — issiqlik izolyatsiyasining yuqori shamoldan himoya qilish qatlami, 6 — 2 m dan ortiq boʻlmagan qadam bilan egilgan profildan yasalgan progon (masofadan turib egilgan progon), 7 — kondensatga qarshi tom osti plyonkasi, 8 — qalinligi 10 mm boʻlgan bakelizatsiyalangan fanerdan yasalgan oʻrnatma, 9 — egilgan profildan yasalgan shlyapa progoni, 10 — plyonkaning tayanishi uchun burchaklar (chiziqlar), 11 — yuqori profilli toʻshama (toʻlqinli poʻlat listlari), 12 — toʻshama list, 13 — karnizning perforatsiyalangan poʻlat list bilan tikilishi, 14 — toʻshama, 15 — mineral paxta, 16 — devor paneli
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Metall-cherepitsadan tayyorlangan tom detallari yechimlari
1-rasm. Metall cherepitsali suv oʻtkazmaydigan qatlamli mansarda qavatining “issiq” tom karnizini oʻrnatish varianti
1 — mansarda qavatining karkasi uchun temir-beton kamar, 2 — mansarda qavatining metall ramkasi, 3 — egilgan poʻlat profillardan yasalgan progonlar, 4 — issiqlik izolyatsiyasining tayanishi uchun korroziyaga qarshi qoplamali 150 × 150 mm yacheykali 3 S500 toʻri, 5 — bugʻ izolyatsiyasi, 6 — plita mineral isitkich (YONM), 7 — gips tolali plitalarni mahkamlash karkasi, 8 — tayanch va pardozlash qatlamlari, 9 — poʻlat progonlarga joylashtirilgan stropila oyogʻi, 10 — kontryogʻoch panjara (obreshyotka), 11 — yogʻoch panjara (obreshyotka), 12 — issiqlik izolyatsiyasi, 13 — issiqlik izolyatsiyasining shamoldan himoya qiluvchi qatlami, 14 — kondensatga qarshi qoplamali plyonka, 15, 16 — poʻlat burchaklar, 17 — metall list, 18 — karnizning perforatsiyalangan list bilan tikilishi, 19 — kobilka, 20 — poʻlat listdan yasalgan himoya fartugi, 21 — poʻlat listadan yasalgan karniz plankasi, 22 — metall-cheripitsa zichlagichi, 23 — novlarni mahkamlash uchun ilgak (kronshteyn), 24 — nov, 25 — metall-cheripitsa
2-rasm. Metall cherepitsali suv oʻtkazmaydigan qatlamli mansarda qavatining “issiqlik” tomining karnizini oʻrnatish varianti.
1 — mauerlat, 2 — stropila oyogʻi, 3 — kobilka, 4 — tom qoplama ostidagi kondensatga qarshi plyonka, 5 — kontryogʻoch panjara (obreshyotka), 6 — 25×100 mm taxtalardan tayyorlangan yogʻoch panjara (obreshyotka), 7 — 37×100 mm li birinchi taxta, 8 — metall-cherepitsa, 9 — oʻramli gidroizolyatsiya materialining qatlami, 10 — metall skoba, 11 — simli oʻrash; 12 — novni mahkamlash ilgagi (kronshteyn), 13 — nov, 14 — poʻlat listdan karniz plankasi, 15 — karniz taxtasi, 16 — karnizni tikish, 17 — isitkich, 18 — bugʻ izolyatsiyasi
3-rasm. Metall-cherepitsali tom yendovasini oʻrnatish sxemasi