Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
1. SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 11-sentabrdagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.01-96 “Beton va temirbeton konstruksiyalar” qurilish meʼyorlari va
qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.