toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 293]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-avgust,
01/2-57-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 9-avgust
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2024-yil 9-avgust
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2024-yil 25-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 26-iyul
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2024-yil 27-iyun
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 15-iyul
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 25-iyul
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2024-yil 31-iyul
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2024-yil 2-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-avgustdagi 01/2-57-son buyrugʻiga
1-ILOVA
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) balandligi 50 m va 16 qavatdan oshmagan (16-qavat ham kiradi) turar joy obyektlarini loyihalash va rekonstruksiya qilishga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari nogironligi boʻlgan bolalar internat uylari, joylashtirish vositalari, koʻchma (koʻchirib yuriladigan) binolarni loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.03.03-23 “Qurilish obyektlarini loyihalashtirish”;
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.01.07-21 “Yuklamalar va taʼsirlar”;
SHNQ 2.01.08-24 “Shovqindan himoya”;
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash”;
SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari”;
SHNQ 2.02.01-24 “Bino va inshootlarning zaminlari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari”;
SHNQ 2.03.13-24 “Pollar”;
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.15-23 “Fotoelektrik stansiyalar (tizimlar)”;
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari”;
SHNQ 2.04.17-24 “Turar joy obyektlari, jamoat binolari va inshootlarining elektr jihozlari”;
SHNQ 2.04.18-22 “Shaharlar va qishloqlarda aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish”;
SHNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.07.05-19 “Yashil qurilish. Turar joy va jamoat binolari. Yashash muhitining barqarorligini baholash reyting tizimi”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.01.06-25 “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash”;
Oldingi tahrirga qarang.
SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar”;
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar”;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) asosan oʻttiz ikkinchi va oʻttiz uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
SanQvaN 0339-16 “Oʻzbekistonning aholi yashaydigan hududlarini rejalashtirish va qurishdagi sanitariya qoidalari va normalari”;
SanQvaN 0102-25 “Turar joy obyektlarini loyihalashtirish va qurishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0019-21 “Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar”;
SanQvaN 0008-20 “Turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari”;
GOST 27751-2014 Qurilish konstruksiyalari va asoslarning ishonchliligi. Asosiy qoidalar (rasmiy manba: Nadyojnost stroitelnix konstruksiy i osnovaniy. Osnovnie polojeniya);
GOST 34058-2021 Bino va inshootlarning ichki muhandislik tarmoqlari. Maishiy konditsionerlash tarmoqlarining parlanish va kompressor-kondensator bloklarini montaj qilish va ishga tushirish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Ishlarni bajarish qoidalari va nazorati (rasmiy manba: Injenernie seti zdaniy i soorujeniy vnutrenniye. Montaj i puskovaya naladka, texnicheskoye obslujivaniye i remont isparitelnix i kompressornokondensatornix blokov bitovix sistem konditsionirovaniya. Pravila i kontrol vipolneniya rabot);
GOST 5746-2015 Yoʻlovchi tashuvchi liftlar. Asosiy koʻrsatkichlari va oʻlchamlari (rasmiy manba: Lifti passajirskiye. Osnovnie parametri i razmeri);
GOST 28911-2015 Liftlar. Boshqarish qurilmalari, signalizatsiya va qoʻshimcha moslamalar (rasmiy manba: Lifti. Ustroystva upravleniya, signalizatsii i dopolnitelnie prisposobleniya);
GOST R 56926-2016 Turar joy binolari uchun turli xildagi deraza va balkon konstruksiyalari. Umumiy texnik talablar (rasmiy manba: Konstruksii okonnie i balkonnie razlichnogo funksionalnogo naznacheniya dlya jilix zdaniy. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 23166-2021 Deraza va balkon konstruksiyalari. Shaffof toʻsuvchi. Umumiy texnik shartlar (rasmiy manba: Konstruksii okonnie i balkonnie. Svetoprozrachnie ograjdayushiye. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 30826-2014 Koʻp qatlamli oynalar. Texnik shartlar (rasmiy manba: Steklo mnogosloynoye. Texnicheskiye usloviya);
GOST 31462-2011 Himoyalovchi deraza bloklari. Umumiy texnik talablar (rasmiy manba: Bloki okonnie zashitnie. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 33984.1-2023 Liftlar. Odamlarni yoki odamlar va yuklarni tashish uchun moʻljallangan liftlar. Qurilmasi va oʻrnatilishiga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari (rasmiy manba: Lifti. Lifti dlya transportirovaniya lyudey ili lyudey i gruzov. Obshiye trebovaniya bezopasnosti k ustroystvu i ustanovke);
GOST 34305-2017 Yoʻlovchilar liftlari. Oʻt oʻchiruvchilar uchun liftlar (rasmiy manba: Lifti passajirskiye. Lifti dlya pojarnix).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek joylashtirish vositasi sifatida tunash uchun jihozlangan yer usti transporti;
koʻp kvartirali uy — koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yoʻlaklariga ega boʻlgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmuidir;
rekonstruksiya qilish — asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
ventilyatsiya kanali — binodagi xonalar ventilyatsiyasi uchun moʻljallangan, binoni balandligiga teng, gorizontal boʻshliq;
veranda — binoning asosiy hajmiga yopishtirib qurilgan oynavand yozgi xona;
yertoʻla qavati — xonalar polini sathi tekislangan yer sathidan pastligi xona balandligining yarmidan koʻp boʻlgan qavat;
yozgi xona — yilning issiq (iliq) davrida, dam olish va xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan ochiq (yarimochiq) yoki oynavand isitilmaydigan xona;
lodjiya — uch tomondan devor bilan oʻralgan, tashqi tomondan ochiq yoki oynavand, bino hajmiga ega botiq yozgi bino;
mansarda qavati (mansarda) — chordoq boʻshligʻida joylashtiriladigan qavat;
stilobat — binoning pogʻonali yarim yertoʻlasining yuqori qismi yoki bir nechta binolarni bogʻlaydigan umumiy yarim yertoʻla;
taxmonsimon oshxona — kvartiraning yashash yoki yordamchi xonalari bilan tutash joylashgan, elektr plita (elektr pechlari), idish-tovoq yuvgich hamda mexanik yoki tabiiy harakatlanuvchi havo soʻrgichlari bilan jihozlangan, ovqat tayyorlash hududi;
chordoq — tom qoplamasi va yuqori qavat yopmasi orasidagi boʻshliq;
yarim yertoʻla (sokol) qavati — xonalar polining sathi, tekislangan yer sathidan pastligi xona balandligini yarmidan koʻp boʻlmagan qavat;
hovli — maishiy va xoʻjalik maqsadlarida foydalaniladigan, uyga tutashgan ochiq maydon.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Turar joy obyektlarini loyihalash va rekonstruksiya qilish ushbu SHNQ asosida amalga oshirilishi lozim.
4. Turar joy obyektlarini loyihalashda sanitariya-gigiyena, yongʻinga qarshi va funksional-tipologik talablar, nogironligi boʻlgan shaxslarning hayotiy faoliyati sharoitlari, zilzilabardoshlik, mikroiqlim qulayligi, energiya tejamkorlik va energiya samaradorlikni taʼminlash talablari, zamonaviy muhandislik jihozlarini qoʻllash talablari kompleks holda hisobga olinishi kerak.
5. Turar joy obyektlarini aholi punktlari hududlarida joylashtirish, ular bilan boshqa bino va inshootlar orasidagi masofa, yer uchastkalarining oʻlchamlari SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.07.01-23 va SanQvaN 0339-16larga muvofiq boʻlishi kerak.
6. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozitsion-tarhiy yechimlari ushbu SHNQ hamda SHNQ 2.01.02-04, QMQ 2.01.03-19lariga asosan aniqlanishi lozim.
7. Koʻp kvartirali uylarning qavatlar soni, yashash va umumiy maydonlari, qurilish hajmini hisoblash ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan koʻp kvartirali hamda internat uylar SHNQ 2.07.02-24 ga muvofiq loyihalanishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Turar joy obyektlarini loyihalashda nogironligi boʻlgan shaxslarning bino oldidagi hududda hamda binoga kirish guruhining xonalari, eshik oldi maydonchasi, vestibyul, zinapoyaga olib boruvchi yoʻlak, liftga kirish maydonchasida erkin harakatlanishlari uchun SHNQ 2.07.02-24ga muvofiq shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Turar joy obyektlarini loyihalashda quyidagi muhandislik jihozlari va tizimlarini oʻrnatish hisobga olinishi zarur:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi, yongʻinga qarshi va issiq suv taʼminoti, oqova suvlarni oqizish tizimlari hamda tarnovlarni SHNQ 2.04.01-22 ga muvofiq;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
isitish va ventilyatsiya, tutundan muhofaza qilish SHNQ 2.04.05-22 ga asosan;
muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlarini SHNQ 2.04.20-22 ga muvofiq;
elektr yoritish, kuch elektr uskunalari, telefonlashtirish, televizor antennalari va ovozli signalizatsiya, shuningdek yongʻin signalizatsiyasi va evakuatsiyani boshqarish tizimi, yongʻin boʻlinmalari va odamlarni qutqaruv vositalarini tashish uchun liftlar;
koʻp kvartirali uylarning tomlarida eshittirishlarni birgalikda qabul qilish antennalarining ustunlari;
yomgʻir suvlarini yigʻish va ulardan maishiy ehtiyojlarda foydalanish tizimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
koʻp qavatli turar joylarda oqova, yomgʻir va texnik suvlardan yashil hududlarni sugʻorishda foydalanish tizimlari.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-son buyrugʻiga (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
11. Barcha turdagi turar joy obyektlariga kiruvchi elektr kabellari uch fazali qilib loyihalanishi, bunda ular neytral va yerlanish oʻtkazgichning kesimi fazalar oʻtkazgichlarining kesimiga teng boʻlishi lozim.
Turar joy obyektlariga kiruvchi magistral kabellar va fazalar orasidagi kuchlanish bir xil taqsimlanishi (220 ±10%) hamda ularga uzatilayotgan kuchlanish 380 V boʻlishi (A-V-S-N va PE) lozim.
12. “Yashil” turar joy obyektlarini loyihalashni SHNQ 2.07.05-19ga muvofiq amalga oshirish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Turar joy obyektlarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 hamda SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Turar joy obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan shovqin darajasi SHNQ 2.01.08-24 talablariga hamda ushbu SHNQning 8-ilovasidagi koʻrsatkichlar boʻyicha qabul qilinishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
4-bob. Koʻp kvartirali uylar
1-§. Asosiy talablar
15. Koʻp kvartirali uylarning hajmiy-tarhiy yechimlari ushbu SHNQ talablari hamda ijtimoiy-demografik talablari asosida loyihalash topshirigʻi bilan belgilanishi kerak.
16. Koʻp kvartirali uylarning kompozitsion-tarhiy (hajmiy-tarhiy) yechimlari energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik tamoyillarini hisobga olishi, yashash uchun qulay sharoitlarni, koʻkalamzorlashtirilgan yondosh maydonlar bilan bogʻliqlikni taʼminlashi lozim.
Koʻp kvartirali uylarning hovli hududida havo aylanishi uchun imoratlar boʻlmagan maydonlar, ikki yoqlama ochiq piyoda va avtomobil oʻtish yoʻlaklarini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, hovlilar tranzit yoʻllardan ajratilgan boʻlishi kerak.
17. Aholisi juda zich boʻlgan shahar qurilishi uchun kam qavatli uy-joylarni oʻzaro bogʻliq turar joy guruhlari koʻrinishida loyihalash, ushbu SHNQ hamda SHNQ 2.07.01-23 talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Bunda, ochiq hovlilarning yuzasi 3 xonali kvartira uchun — 30 m2, 6 xonali kvartiralar uchun — 60 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
18. Koʻp kvartirali uylarning 1-qavatlardagi kvartiralardan tegishli yer uchastkalariga chiqish joylarini 20 — 50 m2 boʻlgan oʻlchamlarda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
19. Transport harakati serqatnov boʻlgan magistral hamda katta koʻchalar boʻylab joylashtiriladigan turar joy obyektlarining yashash xonalari va yozgi xonalarini obodonlashtirilgan hovlilar tomonga qaratib loyihalash lozim.
20. Magistral va katta koʻchalarning qatnov qismidan koʻp kvartirali uylargacha boʻlgan masofa, uylarning hududlaridagi bolalar oʻyin va sport maydonchalarini, piyodalar va avtomobil yoʻllari hamda koʻkalamzorlashtiriladigan zonalarni SHNQ 2.07.01-23ga muvofiq loyihalash lozim.
21. Hovli maydonchalari yoritilgan, avtoturargohlardan toʻsilgan boʻlishi lozim.
22. Daraxtlarni elektr uzatish tarmoqlarining ustunlaridan hamda yerosti kommunikatsiyalaridan 2 metr uzoqlikdan oʻtkazish zarur.
23. Koʻp kvartirali uylarning hovlisidagi sport va oʻyin maydonchalari qoʻshni hududning chegarasidan, shuningdek hududdagi yoʻllar va toʻxtash joylaridan kamida 3 metr masofada joylashtirilishi kerak.
24. Koʻp kvartirali uylar hududidagi avtoturargohlar SHNQ 2.07.01-23 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
Koʻp kvartirali uylar tarkibidagi jamoat xonalariga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobillarning toʻxtash joylari binoda yashovchilar uchun ajratilgan toʻxtash joyidan alohida joylashtirilgan boʻlishi lozim.
25. Koʻp kvartirali uylarning yerosti qavatida avtoturargohlar loyihalanganda, kvartiralarni zaharli gazlardan himoya qilish uchun quyidagi choralar koʻrilishi lozim:
avtoturargohning kirish (chiqish) joylarini yashash xonalarining derazalari tomonida joylashtirmaslik;
kirish joylari ustiga soyabonlar oʻrnatish.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Avtoturargohlarni loyihalashda avtomobillar turish joylarining kamida 5 foizi elektromobillar uchun, 2,5-3 foizi SHNQ 2.07.02-24ga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning avtomobillari uchun ajratilgan boʻlishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
27. Velosipedlarni saqlash joylarini quyidagi usullar bilan tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi:
velosipedning ramasi va ikkala gʻildiragi mahkamlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan qurilmalar oʻrnatish;
toʻliq yopiq va qulflanadigan velosipedlar qutisi.
28. Kvartiralarning magistral koʻchalar tomonidagi yashash xonalariga shovqindan himoyalovchi maxsus konstruksiyali derazalar loyihalanishi kerak.
29. Magistral koʻchalarga qaratilgan koʻp kvartirali uylarning fasadiga konditsionerlarning agregatlarini oʻrnatishda konstruktiv yechimlar hisobiga ularning tashqaridan koʻrinmasligini taʼminlash lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Sovutish va isitish qurilmalarining jihozlari (split) ushbu SHNQning 9-ilovasiga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-son buyrugʻiga (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
30. Koʻp kvartirali uylarning yagona arxitekturaviy qiyofasini saqlab qolish uchun balkon va lodjiyalarni loyihaviy hajmlardan chiqmagan holda derazalar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, derazalarning ochiladigan qismi kamida 0,7x1,5 m boʻlishi kerak.
31. Koʻp kvartirali uylarni magistral koʻchalarning salbiy taʼsiridan himoyalashni ekranlar, jalyuzilar, qalin oʻsadigan mahalliy sharoitlarga mos himoyalovchi oʻsimliklar hisobiga amalga oshirish kerak.
32. Koʻp kvartirali uylarning yuqori qavatida xodimlar soni 5 tadan oshmagan ofislarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, qavatning zinapoya katagiga oʻtishni tambur orqali loyihalashtirilishi lozim.
2-§. Kvartiralar
33. Koʻp kvartirali uylarning kvartiralari quyidagi tarhiy elementlardan tarkib topgan boʻlishi kerak:
yashash xonalari;
yordamchi xonalar (oshxona, dahliz, vannaxona, hojatxona (yoki birlashtirilgan sanuzel), xoʻjalik xonasi yoki devor ichiga qurilgan xoʻjalik shkaflari.
Yozgi xonalarni (ayvonlar) qurishga yoʻl qoʻyiladi.
34. Kvartiralarning minimal maydoni quyidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.

1-jadval

Kvartiralardagi xonalar soni

1

2

3

4

5

6

Kvartira maydoni*, m2

28

48

64

80

96

114

* Kvartiralarning normalayotgan maydoni (yozgi xonalar va isitilmaydigan xoʻjalik xonalarisiz) yashash va yordamchi xonalarni oʻz ichiga oladi.
Izoh. Jadvalda keltirilgan raqamlar, shahar va qishloq joylardagi “ijtimoiy” kvartirali turar joylarning barcha turlariga taalluqlidir.
35. Kvartiralar yashash xonalarining maydonlari quyidagi oʻlchamlardan kam boʻlmasligi kerak:
bir xonali kvartiralardagi xona — 14 m2;
ikki va undan ortiq xonali kvartiralardagi umumiy xona (mehmonxona) — 16 m2;
yotoqxonalar — 8 m2 (ikki kishi uchun — 12 m2);
oshxona — 6 m2, ikki va undan ortiq xonali — 8 m2;
dahliz, yoʻlak — 4 m2;
sanitariya-xonasi (vannaxona va hojatxona) — 4.
Bir xonali kvartiralar uchun oshxonalar yoki taxmonsimon oshxonalarni kamida 5 m2, shuningdek mansarda qavatidagi yotoqxonani esa 7 m2 (kvartiradagi umumiy xonaning maydoni 16 m2 dan kam boʻlmagan holda) loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
I-iqlimiy qurilish zonasi sharoitida yotoqxona maydoni bir kishi uchun — 9 m2, ikki kishi uchun esa 14 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
36. Kvartiralarning yashash va yordamchi xonalari oʻlchamlari jihozlar zaruriy toʻplami va ergonomika talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Yotoqxonaning eni 2,4 m dan, umumiy xonaning eni esa 3 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Turar joy obyektlarida mahalliy isitish tizimidan foydalanilganda, isitish tizimi qurilmasi (kotyol) uchun maydon kamida 5 m2 boʻlishi hamda u alohida xonada joylashtirilishi lozim.
37. Yashash maydonining hisobiy koʻrsatkichlari taʼminlanganlik darajasini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni, qurilishni resurs bilan taʼminlanganligini hisobga olgan xolda, loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi, biroq bir kishi hisobiga 16 m2 kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa uchun 23 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
38. Yashash xonalari va oshxonalarning balandligi poldan shiftgacha kamida 2,7 m boʻlishi lozim.
Yordamchi xonalar balandligi kamida 2,4 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
39. Oshxonaning eni jihozlar bir tomonda joylashganda 1,7 m dan, ikki tomonida joylashganda esa 2,2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
40. Dahlizning eni 1,4 m dan, kvartiraning yashash xonalariga olib boradigan ichki yoʻlaklari — 1,1 m dan, yordamchi xonalarga olib boradigan yoʻlaklar esa 0,9 m dan kam boʻlmasligi kerak.
41. Yozgi xonalar, qavatlardagi kvartiralarga yondosh hovlilar (terrasalar) loyihalash topshirigʻi bilan belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya chiqishlari bilan qoʻshilgan yozgi xonalar mazkur SHNQning 341-bandiga muvofiq loyihalanishi kerak.
42. Kvartiralarning sanitariya-gigiyena xonalari ushbu SHNQning 248-bandi boʻyicha sanitariya-gigiyena jihozlari bilan jihozlanganlik talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.
43. Hojatxonalar qoʻl yuvish anjomlari bilan loyihalanishi, ularning eni 1,6 m dan, birlashtirilgan sanuzellarning eni esa 2,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
44. Birlashtirilgan sanuzellar bir xonali kvartiralarda, shuningdek qoʻl yuvish anjomli hojatxonalar loyihalanganda yoki yotoqxonalar ichkarisiga hojatxonalar birlashtirilgan kvartiralarda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
45. Kir yuvish mashinalari uchun vannaxona yoki birlashtirilgan sanuzellarda, 0,45x0,75 m hisobida joy loyihalanishi lozim.
46. Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar yotoqxonasidan tashqari, oshxona va yashash xonalaridan hojatxonalarga bevosita kirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Kvartiralarda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yashash xonalari va oshxonalar ustiga hojatxonalar va hammomlarni joylashtirishga (ikki qavatli kvartiralar bundan mustasno).
jihozlar va quvuroʻtkazgichlarni bevosita kvartiralarni ajratadigan devorlarga, yashash xonalarining pardevorlariga oʻrnatishga.
48. Sanuzellarda havo aylanishi uchun u yerdagi eshikning pastki qismida panjara yoki balandligi 3 mm ochiq joy loyihalanishi kerak.
3-§. Xoʻjalik xonalari
49. Koʻp kvartirali uylarning birinchi yoki yarim yertoʻla (sokol) qavatida tozalash anjomlarini saqlash uchun qoʻl yuvgich oʻrnatilgan xoʻjalik xonalari, shuningdek binoda yashovchilar uchun (texnik qavat bundan mustasno) alohida xoʻjalik xonalarini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
50. Xoʻjalik xonalarini loyihalashda qavatdan chiqish joylari yongʻin xavfsizligi hamda ushbu SHNQning 92-93-bandlari talablarini hisobga olish lozim.
4-§. Noturar joy qavatlariga qoʻyiladigan talablar
51. Yangi quriladigan koʻp kvartirali uylarning pastki qavatlarida savdo-maishiy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan xonalar, ofislarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
52. Jamoat xonalari joylashgan qavatning balandligi SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq boʻlishi lozim.
Jamoat xonalarini loyihalashda, uyning yashash muhitini buzishi mumkin boʻlgan yomon taʼsirlardan himoya choralari ushbu SHNQga muvofiq taʼminlanishi kerak.
53. Koʻp kvartirali uylarning ichki tutashtirib qurilgan xonalarini, shuningdek yertoʻlalarni loyihalash, rekonstruksiya qilish va foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari inobatga olinishi lozim.
54. Koʻp kvartirali uylarda hamda uning tomi va konstruksiyalarida jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan binoga xizmat koʻrsatishga moʻljallanmagan, oʻzidan zararli moddalar ajratuvchi, shovqin va vibratsiya hosil qiluvchi, yomon taʼsir koʻrsatuvchi nurlanish manbai boʻlgan va SanQvaN 0019-21 talablariga muvofiq boʻlmagan qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (ushbu SHNQga muvofiq bunday binolarda joylashtiriladigan shtatli uskuna bundan mustasno).
55. Yashashga moʻljallangan xonalar, texnik qavatlar va chordoqlarda koʻchma yoki radioaloqa baza stansiyalari hamda boshqa radiouzatuvchi qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Yashashga moʻljallanmagan jamoat va xizmat koʻrsatish xonalarida SHNQ 2.04.09-21 va SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻin avtomatikasi tizimlari boʻlishi kerak.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-son buyrugʻiga (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
57. Sintetik buyumlar (gullar, gilamlar) doʻkonlari koʻp kvartirali uylarning olovbardoshlik chegarasi REI 150 boʻlgan yaxlit devorlariga tutashgan xonalarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
58. Loyihalanayotgan 5 va undan ortiq qavatli uylarning ichki tutashgan xonalarida kam sigʻimli (1-2 guruh) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan tashqariga alohida chiqish yoʻli loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
59. Koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilishda uyning birinchi qavatida kichik savdo-maishiy xona, ofislar ushbu SHNQ talablariga rioya qilgan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
60. Mavjud koʻp kvartirali uylarning texnik yertoʻlalari, yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
61. Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarda joylashgan xonalarning devor va shiftlari yuza qoplamasi uchun yonmaydigan materiallar qoʻllanilishi lozim (hojatxonalar, gigiyena kabinalari, dush xonalar, basseynlar, quruq hammomlar, suv bilan davolovchi xonalar bundan mustasno).
62. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qavatlarida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yertoʻlada yashash xonalari maqsadida loyihalashtirishga;
balandligi 2,2 metrdan past boʻlgan yertoʻlalarni foydalanishga berilishiga;
63. Yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida quyidagi shartlar bajarilgan hollarda yashash xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
yerosti suvlari yer sathidan 3 m va undan pastda boʻlgan hududlarda;
yarim yertoʻla (sokol) qavatining kamida 1/3 qismi yer sathidan yuqorida loyihalashtirilganda;
yarim yertoʻla (sokol) qavati xonalarining poldan shiftgacha boʻlgan balandligi 2,7 m dan kam boʻlmaganda;
yarim yertoʻla (sokol) dan oʻtuvchi gorizontal muhandislik tizimlar (tarmoqlar) yashash xonalarini inobatga olgan holda joylashtirilganda;
yarim yertoʻla xonalarining tashqi devorlari va pollarining issiqlik himoyasi hamda suvdan himoyalash (gidroizolyatsiya) taʼminlanganda;
yarim yertoʻlalarda (sokol) umumiy foydalanishdagi alohida texnik xonalar loyihalashtirilganda;
yarim yertoʻla (sokol) turar joy qismidagi yuvinish va hojatxona joylashuvi loyiha hujjatlarida tepa qavatlar bilan bir xil boʻlganda;
yarim yertoʻla (sokol) turar joy qismidan umumiy foydalanishdagi oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini orayopma qismidan gorizontal ravishda oʻtkazilmagan va muhandislik tarmoqlarini devor ichiga joylashtirilmagan holda.
Oldingi tahrirga qarang.
SanQvaN 0102-25 talablari bajarilganda;
(63-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
yashash xonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi derazalar oʻrnatilganda;
tabiiy yorugʻlik va insolyatsiya darajasining 22-fevraldan 22-oktabrgacha boʻlgan davrda 2 h dan (soat) kam boʻlmagan darajasi taʼminlanganda;
havoning yaxshi aylanishi (mexanik ventilyatsiyasi) taʼminlanganda;
yarim yertoʻla (sokol) qavatidagi oshxona va sanitariya xonalari kanalizatsiya tizimi binoning umumiy kanalizatsiya tizimi sathidan yuqori joylashganda hamda qaytaruvchi klapan bilan jihozlanganda;
taom tayyorlash uchun elektr plitalardan foydalanilganda;
tabiiy va suyultirilgan gazlarda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarda hamda portlab yonish xavfiga ega boʻlgan boshqa moddalar va materiallarda ishlaydigan qurilma va asbob-uskunalar boʻlmaganda.
64. Koʻp kvartirali uylarning yarim yertoʻla (sokol) qavatida kvartiralar joylashtirilganda quyidagi evakuatsiya talablari taʼminlanishi lozim:
kirish eshiklari tashqi tomonga ochilishi hamda yongʻin xavfi vujudga kelganda odamlarni evakuatsiya qilish uchun kamida ikkita toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi joylar boʻlishi;
xonadonlar faqatgina yoʻlak turida loyihalashtirilishi hamda kvartiradan evakuatsiya chiqish joyiga bittadan koʻp boʻlmagan burilish orqali yetib borilishini taʼminlanishi;
xonadonning chiqish eshigidan eng uzoqda joylashgan evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa 12 metrdan oshmasligi;
binoning yuqori qavatlari bilan yarim yertoʻla (sokol) qavatlari zina kataklari toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanmasligi;
har bir xonadondan oʻlchamlari 0,8 x 1,2 m dan kam boʻlmagan avariya chiqish joylari bilan taʼminlanishi;
avariya chiqish joylari odamlarni qutqarishga toʻsqinlik qiluvchi vositalar bilan toʻsilmasligi (metall panjara va boshqa turdagi toʻsiqlar).
65. Yarim yertoʻla (sokol) qavatida joylashgan kvartiralarning foydali va yashash maydonlari loyihalarda 0,5 koeffitsiyent bilan hisobga olinadi.
66. Koʻp kvartirali uylarda joylashgan jamoat xonalari kvartiralarning xonalaridan 1-turdagi yongʻinga qarshi pardevorlar va 3-turdagi boʻshliqlarsiz ora yopma bilan, I darajali olovbardoshlikka ega binolarda 2-tur ora yopma bilan ajratilishi kerak.
67. Jamoat xonalarini (yashovchilarga moʻljallangan maxsus jamoat xonalari bundan mustasno) binoning turar joy qismidan ajratilgan alohida kirish va chiqishlari boʻlishi kerak.
68. Umumiy maydoni 300 m2 dan katta boʻlmagan va ishchilar soni 15 tagacha boʻlgan birinchi va yarim yertoʻla (sokol) qavatda joylashgan jamoat xonalaridan bitta evakuatsiya chiqish joyi boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
69. Ichki va ichki tutashtirib qurilgan xizmat koʻrsatish korxonalariga kvartiralarga kirish tomondan yuk tushirishga yoʻl quyilmaydi.
70. Yuk tushirish uchun binoning derazalari boʻlmagan yon tomonida alohida joy belgilanishi kerak.
71. Ichki va ichki tutashtirib qurilgan savdo maydoni 200 m2 dan ortiq boʻlgan savdo markazlari, doʻkonlar uchun tunnel orqali yerosti yuk tushirish joyi ajratilishi lozim.
72. Ichki qurilgan, maydoni 150 m2 gacha boʻlgan jamoat xonalariga yuk tushirish joyi loyihalanmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
73. Yertoʻla qavatida joylashgan va muhandislik jihozlarini joylashtirish va kommunikatsiyalarni oʻtkazishga moʻljallangan xonalar boshqa xonalardan yongʻinga qarshi pardevorlar bilan ajratilishi kerak.
74. Texnik yertoʻlaning har bir pardevor va ichki devorida, yongʻinga qarshi toʻsiqlardan tashqari shift ostida har birining yuzasi 0,02 m2 dan kam boʻlmagan tuynuklar boʻlishi lozim.
75. Ichki va ichki tutashtirib qurilgan jamoat xonalarining binoning yashash qismidan oʻtadigan muhandislik tarmoqlari yoki yashash qismining ichki qurilgan xonalaridan oʻtadigan kommunikatsiyalar (suv va isitish metall trubalar bundan mustasno) yongʻinga qarshi pardevorlar bilan toʻsilgan alohida shaxtalardan oʻtkazilishi kerak.
76. Texnik yertoʻlalarning pol sathidan ora yopma ostigacha boʻlgan balandligi — 1,8 m dan, mahalliy (xususiy) issiqlik punktlarining balandligi esa 2,2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
77. Chordoqlar, texnik chordoqlarning bino uzunligi boʻylab oxirigacha balandligi 1,6 m dan, eni 1,2 m dan kam boʻlmagan ikki tomoni ochiq boʻlgan oʻtish yoʻlagi loyihalanishi kerak.
78. Uzunligi 2 m dan oshmaydigan alohida hududlarda oʻtish yoʻlagining balandligini 1,2 m, enini 0,9 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
79. Texnik yertoʻla, yarim yertoʻla (sokol) va yertoʻla qavatlarida binoning uzunligi boʻylab oxirigacha balandligi 1,8 m dan kam boʻlmagan ikki tomoni ochiq oʻtish joyi loyihalanishi kerak.
Uzunligi 1 m dan oshmagan ayrim hududlarda oʻtish balandligini 1,6 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
80. Yirik panelli binolarning yertoʻla va texnik yertoʻlasidagi koʻndalang devorlarda balandligi 1,6 m boʻlgan tuynuklar loyihalashga yoʻl qoʻyiladi, bunda ostonaning balandligi 0,3 m dan oshmasligi lozim.
81. Ventilyatsiyasi mavjud boʻlmagan yertoʻla va texnik yertoʻlalarning tashqi devorlarida umumiy yuzasi pol yuzasining 1/400 dan kam boʻlmagan, bino perimetri boʻyicha tashqi devorlarda bir xil balandlikda joylashgan havo aylanishi uchun teshiklar qoldirilishi kerak.
Bitta teshikning yuzasi 0,05 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
82. Seksiyali boʻlmagan koʻp kvartirali uylarda texnik, yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlar va chordoqlar 1-tur yongʻinga qarshi pardevorlar bilan, yuzasi 500 m2 dan oshmagan boʻlmalarga, seksiyali binolarda esa seksiyalarga ajratilishi kerak.
83. Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarining har bir boʻlma yoki seksiyasida oʻlchamlari 0,9x1,2 m boʻlgan, kamida ikkita deraza (lyuk) boʻlishi lozim.
84. Har bir zinapoya katagidan chordoqqa chiqish joyi hamda uning har bir seksiyasidan tomga chiqish joyi boʻlishi lozim.
85. Texnik qavat va chordoqlarda yongʻinga qarshi pardevorlardagi eshiklar zich yopiladigan hamda yonmaydigan materialdan ishlangan boʻlishi kerak.
86. Binoning oʻrta qismida joylashgan texnik qavat va texnik chordoqlardan SHNQ 2.01.02-04ga muvofiq ikkita chiqish joyi loyihalanishi kerak.
Mazkur qavatlarga umumiy zinapoya kataklari orqali kirishga yoʻl qoʻyiladi.
87. Olovbardoshlik darajasi II boʻlgan 5 qavatli (5-qavat ham kiradi) binolarning hamda olovbardoshlik darajasi III va IV boʻlgan binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatidagi xoʻjalik xonasi orasidagi pardevorlarning olovbardoshlik va olov tarqalishining normalanmaydigan chegaralarida loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
88. Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatda texnik yoʻlakni boshqa qolgan xonalardan ajratib turadigan pardevorlar I tur olovbardoshlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
89. Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlaridan chiqishni SHNQ 2.01.02-04ga muvofiq loyihalash kerak.
Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlardan chiqishlar evakuatsiya uchun moʻljallangan boʻlganda, u bevosita tashqariga chiqishi kerak.
Birinchi qavatdagi turar joy qismini chiqish joyidan 1-turdagi yongʻinga qarshi pardevor bilan ajratilishi, tashqariga alohida chiqish yoʻlagi boʻlganda esa turar joy qismining zinapoya katagidan chiqish joyi boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
90. Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarda, yonuvchan gaz va suyuqliklar (suv rezervuarlari) hamda yengil alangalanuvchi materiallar qoʻllanadigan yoki saqlanadigan xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
91. Yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida binoda yashaydiganlar uchun xoʻjalik xonalari ushbu SHNQ hamda SHNQ 2.08.02-23ga muvofiq loyihalashtirilishi, bunda uyning muhandislik kommunikatsiyalariga xizmat koʻrsatish qulay boʻlishi zarur.
92. Koʻp kvartirali uyning yongʻin xavfsizligi va sanitariya-gigiyena holatlarining (ifloslantirish, hidlar, shovqin) yomonlashuviga olib keladigan xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunda, xonalarga turar joyga kiradigan tomonidan kirish joylarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kirish va chiqishlar ushbu SHNQning 89-bandiga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
93. Yangi qurilayotgan binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarida ushbu SHNQ, SHNQ 2.05.07-24ga muvofiq avtoturargohlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
94. Avtoturargohlar joylashgan qavat yuqorigi qavatdan 1-turdagi yongʻinga qarshi orayopma bilan ajratilishi, bunda binodagi yashash xonalari va ichki qurilgan bolalar va davolash-sogʻlomlashtirish xonalari avtoturargohlarning bevosita ustida joylashmasligi kerak.
95. Ichki qurilgan avtoturargohlarning balandligi 2,7 m kam boʻlmasligi lozim.
96. Koʻp kvartirali uylarda kvartiralarning xonalaridan ichki tutashtirib qurilgan xonalarga qaratilgan derazalar boʻlganda, ichki tutashtirilgan qism tomi yuqori joylashgan yashash xonalarining polidan yuqori boʻlmasligi, tomning asosiy binosidan 3 m dan ortiq masofaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
97. Ichki tutashtirilgan qismning tom konstruksiyalari mazkur SHNQning 163-bandi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
5-bob. Yotoqxonalar
98. Oʻquvchilar, talabalar, doktorantlarni vaqtincha yashashi uchun yotoqxonalar quyidagi 2-jadvaldagi koʻrsatkichlarga muvofiq loyihalanishi lozim.
99. Yashash xonalari ushbu SHNQning 2-jadvalida keltirilgan maydon koʻrsatkichlari bilan 3 kishigacha yashashi hisobidan loyihalanishi lozim.
100. Xonalar biridan biriga oʻtilmaydigan boʻlishi va eni 2,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
101. Bir kishilik xonaning yuzasi 8 m2 dan, Ia va Ig iqlimiy qurilish zonalarida — 9 m2 dan kam boʻlmasligi zarur.
102. Bitta bolali ota-onalarning vaqtincha yashashi uchun moʻljallangan xonaning yuzasi 20 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
103. Yashash xonalarining yordamchi xonalari (dahliz, dushli hojatxona, oshxona yoki taxmonsimon oshxona) yashash guruhiga jamlanishi kerak.
104. Sanitariya-gigiyena jihozlari mazkur SHNQning 248-bandini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
105. Uch va undan ortiq kishiga moʻljallangan yashash guruhlarida yuz-qoʻl yuvgichli hojatxona va dush, 2 kishilik yashash guruhlarida birlashtirilgan sanuzel loyihalanishi lozim.
106. Qavatda umumiy sanuzel boʻlgan holda, ayollar sanuzelida bide, unitaz, qoʻl yuvgich bilan jihozlangan boʻlishi hamda yuzasi 3 m2 boʻlgan shaxsiy gigiyena xonasi ajratilishi kerak.

2-jadval

Yotoqxonalar turi

Binolar sigʻimi, oʻrin

1 yashovchiga yashash maydoni, m2/kishi

Sigʻimi, oʻrin

xonada

yashash guruhida*

I — professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun

100 — 600

6-7

(Ia va Ig iqlim zonalarida — 8)

2-3

4 — 12

(20 gacha mumkin)

IIa — oliy taʼlim tashkiloti talabalari uchun

100 — 1000

4,5 — 6

(Ia va Ig iqlim zonalarida — 9)

2 — 6 (4 — 8)

4 — 8

(10 — 12 gacha mumkin)

IIb — oliy taʼlim tashkiloti doktorantlari, ishchi va xizmatchilar uchun

100 — 1000

7 — 8

(Ia va Ig iqlim zonalarida — 9)

1-2 (3)

2 — 6

(8 — 10 gacha mumkin)

* Yashash guruhi — yashash xonalari va yordamchi xonalar (dahliz, hojatxona, oshxonalar)ni oʻz ichiga oladi.
Izoh. Yotoqxonalar va yashash guruhlari sigʻimi loyihalash topshirigʻida mahalliy sharoitlarga koʻra belgilanadi.
Oqova suvlarni oqizish tizimi boʻlmagan hududlarda yotoqxonalar sigʻimi 50 oʻrindan oshmasligi kerak.
107. Barcha turdagi yotoqxonalarning birinchi qavatida loyihalash topshirigʻi boʻyicha oʻrindiqli aravachalardagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yashash guruhlari ajratilishi lozim.
Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxs uchun yashash xonasi 14 m2 dan, 2 kishiga — 18 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
108. Barcha turdagi yotoqxonalarning (I turi bundan mustasno) yashash guruhlarida maydoni kamida 5 m2, yashovchilar soni 7 va undan ortiq boʻlsa — 1 kishiga 0,9 m2 hisobidan oshxona va taxmonsimon oshxonalar loyihalanishi lozim.
Yashovchilar soni 25 tagacha boʻlganda umumiy oshxona boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
109. Oʻquv binosining oshxonasida ovqatlanish tashkil qilingan professional taʼlim tashkilotlari talabalariga moʻljallangan yotoqxonalarda oshxona oʻrniga yashash guruhiga 5 m2 yuzaga ega boʻlgan taxmonsimon oshxona loyihalanishi kerak.
110. Professional taʼlim tashkilotlari talabalari uchun I-tur yotoqxonalarda 50 kishilik yashash guruhlarining xonalarni quyidagi tarkibda loyihalash lozim:
tarbiyachi xonasi — 8 m2;
dam olish xonasi — 30 m2;
oʻquv mashgʻulotlari xonasi — 30 m2;
kiyim yuvish, quritish va dazmollash xonasi — 8 m2;
taxmonsimon oshxona — 5 m2.
Xonalarning jami maydoni 1 kishiga 1,6 m2 hisobidan qabul qilinishi kerak.
Loyihalash topshirigʻi boʻyicha ish kiyimi va poyabzalini saqlash uchun qoʻshimcha 8 — 10 m2 maydonga ega xona loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Har bir yashash guruhi uchun ikkita evakuatsiya chiqishi koʻzda tutilishi kerak. Sanitariya uzellari va dush xonalarini birinchi qavatda joylashtirish lozim.
111. Yolgʻiz kishilar uchun yotoqxonalarda yozgi xonalar har bir qavatda (taxminan 1 yashovchiga 1 m2 hisobidan) joylashtirilishi kerak.
112. Kichik oilalar uchun yotoqxonalarda yozgi xonalar yashash guruhlari tarkibida 1 yashovchiga 2 m2 hisobidan, biroq 5 m2 dan kam boʻlmagan holda loyihalanishi kerak.
113. Jamoat, dam olish xonalari, oʻquv mashgʻulotlari va ommaviy tadbirlar uchun tibbiyot punkti, izolyatorlar binoning yer ustki qavatlarida joylashishi kerak.
Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlarda SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq kir saqlash, sport anjomlari, omborlar, taʼmirlash ustaxonalari, xoʻjalik va texnik hamda jamoat xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
114. Yotoqxonalardagi madaniy-maishiy, xoʻjalik va yordamchi xonalar tarkibi va maydonlari ushbu SHNQning 3-jadvali boʻyicha solishtirma hisobiy koʻrsatkichlarni (1 kishiga m2) va 2-ilovasidagi koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda loyihalash topshirigʻiga koʻra belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.

3-jadval

Turar joy turi

Maydon, 1 kishiga m2,

50

100

200

300 — 500

600 — 800

Yotoqxona:

oʻquvchilar uchun

2,6

2,5

2,5

2,5

2,5

talabalar uchun

2,5

2,4

2,4

2,4

2,4

aspirantlar uchun

2,6

2,5

2,5

2,5

2,3

ishchi va xizmatchilar

2,3

2,2

2,2

2,0

1,8

kichik oilalar yotoqxonasi

1,5

1,3

1,2

1,1

-

Izohlar:
1. Oliy taʼlim va professional taʼlim tashkilotlari yotoqxonalarining jamoat xonalari maydonining tarkibida yashash guruhining jamoat xonalari va butun binodagi jamoat xonalarining maydoni hisobga olingan.
2. Bolali oilalar vaqtincha yashaydigan yotoqxonalarda va vestibyulda aravachalarni saqlash va bolalarni qisqa muddat boʻlishlari uchun xona (sanitariya xonalari bilan kamida 15 m2) loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
6-bob. Qariya va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylariga qoʻyiladigan talablar
115. Internat uylarning sigʻimini loyihalash topshirigʻi boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
116. Yangi quriladigan internat uylarning yashash va jamoat xonalarining poldan shiftgacha boʻlgan minimal balandligi 2,7 m dan, asosiy yoʻlaklarning balandligi 2,6 m dan kam boʻlmasligi lozim.
117. Ikki va undan ortiq qavatli internat uylarda GOST 5746-2015ga muvofiq liftlar loyihalanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
118. Internat uylardagi har xil maqsadlar uchun moʻljallangan xonalarning tabiiy va sunʼiy yoritish talablari SHNQ 2.01.05-24ga muvofiq boʻlishi kerak.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
119. Internat uylarning sigʻimi, xonalar maydoni taxminan 50 dan 200 — 300 oʻrinli (ijtimoiy-iqtisodiy asoslash boʻyicha) qilib belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
120. Yashash xonalarini 1 va 2 oʻrinli qilib loyihalash lozim, bunda:
bir oʻrinli — 10 m2, oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxs uchun — 14 m2;
ikki oʻrinli — 16 m2, oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxs uchun — 18 m2.
121. Yashash xonalari yashash guruhlariga (dahliz va sanuzellari bilan) birlashtiriladi. Yashash guruhining sigʻimi 2 — 4 oʻrin hisobidan qabul qilinishi lozim.
122. Doimiy parvarishga muhtoj shaxslarning yashash xonalarini davolash muassasalari kasalxona va statsionlarlar palatalarining normalari boʻyicha loyihalash lozim.
123. Yashash guruhlari tarkibida dush va sanuzel, 10 — 15 yashovchiga moʻljallangan yashash guruhiga umumiy dush va vanna xonalari ajratilishiga yoʻl qoʻyiladi.
124. Internat uylarida quyidagi xonalar loyihalanishi kerak:
yashash guruhi yoki boʻlimlarining umumiy maishiy xonalari;
butun bino hisobidan xizmat koʻrsatish xonalari, oshxona (ovqatlanish bloki bilan), madaniy-maishiy, tibbiy, xizmatchilar uchun xonalar, xoʻjalik va mehnat bilan davolash xonalari.
125. Jamoat xonalari maydonlari loyihalash topshirigʻi boʻyicha 1 yashovchiga 9-10 m2 hisobidan ushbu SHNQning 3-ilovasini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
126. Boshi berk yoʻlakka chiquvchi xonalarning umumiy sigʻimi 30 kishidan oshmasligi kerak.
127. Internat uylarning hajmiy-tarhiy yechimlarini SHNQ 2.01.02-04 boʻyicha evakuatsiya yoʻllariga boʻlgan talablarni hamda quyidagilarni hisobga olgan holda loyihalash lozim:
evakuatsiya yoʻllarida aylanadigan eshiklar va turniketlar, aylanma (vintovaya) zinapoyalar boʻlmasligi;
evakuatsiya yoʻllaridagi eshiklar ostonasiz boʻlishi hamda pollarida baland-pastliklar boʻlmasligi;
ostonalar boʻlishi zarur boʻlgan holda ularning balandligi va sathlar farqi 0,014 m dan oshmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
zinapoyalar va panduslarning ikki tomoni boʻylab, shuningdek sathlarda farq boʻlgan joylarda SHNQ 2.07.02-24 boʻyicha tutqichli toʻsiqlar oʻrnatilishi.
(127-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
7-bob. Qariyalar va oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud oilalar uchun ixtisoslashtirilgan kvartiralarga qoʻyiladigan talablar
128. Ixtisoslashtirilgan kvartiralar turi, xonalar maydoni va tarkibi loyihalash topshirigʻi asosida belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu kvartiralar xonalarining taxminiy tarkibi va maydoni mazkur SHNQning 4-ilovasida keltirilgan.
129. Kirish maydonchalari tepasiga soyabon oʻrnatilishi hamda yomgʻir-qor suvlari ketadigan boʻlishi kerak.
Agar kirish eshigi tashqariga ochiladigan boʻlsa, maydonchaning oʻlchamlari kamida — 1,4×2,0 m yoki 1,5×1,85 m, pandusli maydonchaning oʻlchamlari esa kamida 2,2×2,2 m boʻlishi kerak.
130. Ixtisoslashtirilgan kvartiralardagi umumiy xonalarning maydoni quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
bir xonali kvartirada — 16 m2 dan ;
ikki xonali kvartirada — 16 m2 dan;
oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxs yashaydigan kvartirada 18 m2 dan.
131. Kvartiralardagi yotoqxonalar maydoni quyidagi koʻrsatkichlardan kam boʻlmasligi lozim:
bitta qariyaga — 10 m2 dan;
bitta nogironligi boʻlgan shaxs uchun — 14 m2 dan;
ikki qariya er-xotinga — 16 m2 dan;
oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan er-xotinga — 18 m2 dan.
132. Oshxona maydoni 8 m2 dan, eni 1,8 m dan kam boʻlmasligi, ixtisoslashtirilgan kvartira oshxonasining eni 2,2 m dan kam boʻlmasligi, oshxona yuzasi oʻrtasida aravacha manyovri uchun 1,4x1,4 m joy (zona) ajratilishi lozim.
133. Kvartiralarda xonalarning eni quyidagi koʻrsatkichlardan kam boʻlmasligi kerak:
dahliz — 1,8 m dan;
ichki yoʻlaklar — 1,35 m dan;
eshiklarning eni — 0,9 m dan;
yozgi xonalar — 1,6 m dan.
Yozgi xonalarning yuzasi 8 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Ixtisoslashtirilgan kvartiralar dahlizida oʻrindiqli aravacha saqlanadigan joy 0,9x1,5 m boʻlishi kerak.
134. Kvartiralarning sanitariya-texnik jihozlari ushbu SHNQning 248-bandiga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
135. Nogironligi boʻlgan shaxsning yotoqxonasidagi sanuzel oʻlchamlari kamida 2,2x2,2 m loyihalanishi hamda ular uchun maxsus moʻljallangan jihozlar oʻrnatilishi lozim.
Sanuzelga kirish yotoqxona va ichki yoʻlakdan (yoki dahlizdan) loyihalanishi kerak.
136. Ixtisoslashtirilgan kvartirali uylarda jamoat xizmat koʻrsatish xonalari loyihalash topshirigʻi boʻyicha 1 yashovchiga 1,5-2,5 m2 hisobidan qabul qilinadi.
Xizmat koʻrsatish xonalarining taxminiy tarkibi ushbu SHNQning 5-ilovasida keltirilgan.
137. Ixtisoslashtirilgan kvartirali uylarda nogironligi boʻlgan shaxslarning uyda yoki jamoat boʻlib ishlashi uchun ustaxonalar loyihalash topshirigʻi boʻyicha loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
8-bob. Binolarning ishonchliligi va barqarorligini taʼminlash
1-§. Konstruktiv yechimlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
138. Turar joy obyektlarining asoslari va yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari GOST 27751-2014, SHNQ 2.03.07-21, SHNQ 2.03.01-24 va SHNQ 2.03.05-23 ga, tomlari SHNQ 2.03.10-24ga, pollar 2.03.13-24 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
(138-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
139. Binoning asoslari hamda yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini loyihalashtirishda ulardan foydalanish davrida quyidagi holatlar kelib chiqmasligini taʼminlash lozim:
binodan foydalanishni toʻxtatishga sabab boʻladigan konstruksiyalarning buzilishi yoki shikastlanishi;
deformatsiyalar yoki yoriqlar paydo boʻlishi tufayli konstruksiyalar yoki binolarning foydalanish xususiyatlarining yomonlashishi.
140. Turar joy obyektlarining konstruksiyalari va asoslari quyidagi yuklar taʼsiriga hisoblangan boʻlishi kerak:
yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarning oʻz ogʻirligidan tushadigan doimiy kuchlarga;
yopmalarga tushadigan vaqtinchalik teng taqsimlangan yuklarga;
qurilish hududi uchun qisqa muddatli qor, shamol va harorat yuklariga.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Konstruksiyalarning yuk koʻtarish qobiliyatini va ruxsat etilgan deformatsiyalanishini hisoblash usullari SHNQ 2.01.07-21, SHNQ 2.02.01-24 va SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
142. Murakkab geologik sharoitlarda qoʻshimcha ravishda, seysmik hududlar uchun QMQ 2.01.03-19, ishlov berilgan va choʻkuvchan gruntlar uchun esa SHNQ 2.01.09-24 talablarini hisobga olish zarur.
(142-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1421. MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan 9 qavatdan yuqori turar joy obyektlarini SHNQ 2.01.06-25 ga muvofiq aktiv seysmik himoyalash qurilmalari (dempfer uskunalari) bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
(1421-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 23-oktabrdagi 01/2-41-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 376, 30.10.2025-y.) asosan kiritilgan)
143. Choʻkuvchan gruntli hududlarda joylashgan turar joy obyektlarida avariya holatlarida asosiy magistral trassalardan binoga kiruvchi sovuq va issiq suv quvuroʻtkazgichlaridan oqib chiqqan suvlar bino poydevoriga sizib kirmasligini taʼminlovchi konstruktiv chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
144. Turar joy obyektlarida avariya holatlari yuzaga kelganda binoning qurilish konstruksiyalari GOST 27751-2014 talablariga muvofiq ishonchlilik va chidamlilik boʻyicha koʻrsatkichlarni saqlab qolishi kerak.
145. Binoning kirish joyidagi xona polining sathi kirish oldidagi trotuar sathidan kamida 0,15 m baland boʻlishi, bunda binoga pogʻonasiz tekis kirish taʼminlanishi kerak.
146. Rekonstruksiya paytida barcha konstruksiyalarni hisoblash va gruntlarning haqiqiy yuk koʻtarish qobiliyatini tekshirish barcha turdagi yuklar uchun (qoʻshimcha yuklarni hisobga olgan holda) amalga oshirilishi lozim.
Bunda, asos gruntlardan foydalanish davrida oʻzgarishi natijasidagi haqiqiy yuk koʻtarish qobiliyatini, shuningdek vaqt oʻtishi bilan beton va temir-beton konstruksiyalarda betonning mustahkamligini oshishini hisobga olish kerak.
147. Turar joy obyektlarining tomlaridan oqiziladigan suvlarni bino yotqizmasiga tushmasligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
2-§. Yongʻin xavfsizligi
148. Turar joy obyektlarini loyihalashda ushbu SHNQ va SHNQ 2.01.02-04 talablarini, shuningdek funksional yongʻin xavfi boʻyicha binolarning quyidagi tasniflarini hisobga olish kerak:
F1.1 — oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylar;
F1.2 — yotoqxonalar;
F1.3 — koʻp kvartirali uylar, shuningdek qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan koʻp kvartirali uylar;
F1.4 — bir kvartirali uylar.
149. Koʻp kvartirali uylarning yoʻl qoʻyiladigan balandligi hamda yongʻin xavfsizligi devorlari orasidagi yongʻin boʻlinmasi chegarasida joylashgan qavat maydonining yuzasi olovbardoshlik darajasi va konstruktiv yongʻin xavfiga bogʻliq holda mazkur SHNQning 4-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi kerak.
150. Turar joy obyektlariga yongʻin-qutqaruv texnikalarining oʻtish yoʻllari SHNQ 2.07.01-23ga muvofiq loyihalanishi lozim.
151. Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud boʻlgan oilalar uchun ixtisoslashtirilgan koʻp kvartirali hamda internat uylarining olovbardoshlik darajasi II dan past boʻlmasligi kerak.
152. Yotoqxona binolarida yongʻinga qarshi devorlar oraligʻidagi qavatning yuzasi va binoning eng yuqori balandligi, olovbardoshlik darajasi va konstruktiv yongʻin xavfliligi sinfiga koʻra seksiya turidagi uylardagi yotoqxonalar uchun ushbu SHNQning 4-jadvali boʻyicha, yoʻlakli turdagi yotoqxona binolari uchun esa 5-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
153. IV va V olovbardoshlik darajasiga ega yotoqxona binolarining yongʻin boʻlinmalarini 2-turdagi yongʻinga qarshi devor bilan ajratishga ikkitadan ortiq yongʻin boʻlinmalari toʻsib qoʻyilgan xolda yoʻl qoʻyiladi.

4-jadval

Binoning oʻtga chidamlilik darajasi

Binoning konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi

Binoning yoʻl qoʻyilgan eng katta balandligi, m

Qavatning yongʻin boʻlmasi (otseki)ning yoʻl qoʻyilgan eng katta yuzasi, m2

I, II

CO

50

2500

II

SI

28

2200

III

CO

CI

22

16

1800

1600

IV

CO

5

3

1000

1400

CI

5

3

800

1200

C2

5

3

500

900

V

normalanmaydi

5

3

500

800

Izohlar:
1. Binoga biriktirib qurilgan isitilmaydigan qismining olovga bardoshlilik darajasi, binoning isitiladigan qismining olovbardoshlik darajasi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
2. Shamolning oylik oʻrtacha tezligi 4 m/s va undan yuqori hududlarda, jadval koʻrsatkichlari 0,7 koeffitsiyent bilan qabul qilinadi.

5-jadval

Binoning oʻtga chidamlilik darajasi

Binoning konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi

Binoning yoʻl qoʻyilgan eng katta balandligi, m

Qavatning yoʻl qoʻyilgan eng katta yuzasi, m2

I, II

CO

SI

28

16

2500

1000

III

CO

CI

15

9

1000

1200

IV, V

normalanmaydi

3

400

154. Olovbardoshlik darajasi I, II va III boʻlgan galereya turidagi binolarning galereyalari (uzun ayvon, yoʻlak) konstruksiyalarining R belgisi boʻyicha olovbardoshlik chegarasi binoning qavat yopmalari uchun qabul qilingan qiymatlarga mos boʻlishi va yongʻin xavfi sinfi KO boʻlishi kerak.
155. IV olovbardoshlik darajasidagi binolarda galereyalar konstruksiyalari kamida R 15 olovbardoshlik chegarasiga va KO yongʻin xavfi sinfiga ega boʻlishi kerak.
156. Olovbardoshlik darajasi IV boʻlgan ikki qavatli binolar yuk koʻtaruvchi elementlari kamida R 30 olovbardoshlik chegarasida boʻlishi lozim.
157. Zich joylashgan kam qavatli qurilishlarda (1, 2 qavatli uylar) yashash bloklari oraligʻi SHNQ 2.07.01-23 boʻyicha qabul qilinishi, bunda yongʻinga qarshi devorlar oraligʻidagi yuza 600 m2 dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.

6-jadval

Toʻsiq konstruksiyasi

Bino uchun konstruksiyalarning minimal olovbardoshlik chegaralari va ruxsat etilgan yongʻin xavfsizlik sinfi

I-III, S0 va S1

IV, III, C0 va C1

IV, IV, III C2, S3

Seksiyalar oʻrtasidagi devor

REI 45, K0

REI 45, K0

REI 45, K1

Seksiyalar oʻrtasidagi pardevor

EI 45, K0

EI 45, K0

EI 30, K1

Kvartiralar oʻrtasidagi devor

REI 30, K0*

REI 15, K0*

REI 15, K1

Kvartiralar oʻrtasidagi pardevor

EI 30, K0*

EI 15, K0*

EI 15, K1

Kvartiradan tashqaridagi yoʻlaklarni boshqa xonalardan ajratuvchi devor

REI 45, K0*

REI 15, K0*

REI 15, K1**

Kvartiradan tashqaridagi yoʻlaklarni boshqa xonalardan ajratuvchi pardevor

EI 45, K0*

EI 15, K0*

EI 15, K1**

(6-jadval Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
* S1 sinfli binolar uchun — K1; ** S2 sinfli binolar uchun — K2.
158. Olovbardoshlik darajasi I, II va III boʻlgan binolar ustiga ushbu SHNQning 4-jadvalida belgilangan binoning balandligidan qatʼi nazar, R 45 dan kam boʻlmagan olovbardoshlik chegarasiga va KO yongʻin xavfi sinfiga ega yuk koʻtaruvchi elementlari boʻlgan bitta mansarda qavatini qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu qavatning tashqi devorlari, ustiga qurilayotgan quyi qavat konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablarga mos kelishi lozim.
159. Binolarda 150 m oraliqda transport oʻtadigan eni 3,5 m dan, balandligi 4,25 m dan kam boʻlmagan yoʻlaklar loyihalanishi, zinapoya kataklarida oʻtish yoʻlaklari har 100 m masofada joylashgan boʻlishi kerak.
160. Binoning ikki qarama-qarshi fasad tomonida yongʻin oʻchirish gidrantlari oʻrnatilganda, zinapoya kataklarida oʻtish yoʻlaklarini joylashtirmaslik mumkin.
161. Uch va undan ortiq qavatli binolarda lodjiya va balkonlarni toʻsish (oynavand konstruksiyalar bundan mustasno) yonmaydigan materiallardan loyihalanishi kerak.
162. Besh va undan ortiq qavatli, olovbardoshlik darajasi I, II va III boʻlgan binolarda tashqi quyoshdan himoyalash qurilmalari yonmaydigan materiallardan loyihalanishi, bunda ushbu qurilmalarning elementlari oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilarni kvartiraga kirishi va undan yashovchilarni evakuatsiya qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
163. Binoning ichiga tutashtirib qurilgan qismi tomining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarining olovbardoshlik chegarasi R 45 dan kam boʻlmasligi va yongʻin xavfi sinfi KO boʻlishi kerak.
Koʻp kvartirali uylarda binoning ichiga tutashtirilgan qismiga qaratilgan derazalar boʻlganda, tutashgan joyda tom sathi, asosiy binoning yuqori qavatlarida joylashgan yashash xonalari poli sathidan baland boʻlmasligi, tom yopmasining issiqlik izolyatsiyasi yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
164. Chordoqli binolarda (olovbardoshlik darajasi V boʻlgan oʻtga chidamli binolar bundan mustasno) tom qoplamasini koʻtaruvchi konstruksiyalar yonuvchi materiallardan boʻlganda, tom qoplama yonmaydigan materialdan boʻlishi hamda tom qoplamasini koʻtaruvchi konstruksiyalarga yonish xususiyatini pasaytiruvchi suyuqlik bilan ishlov berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
166. Binoning stilobat qismini uning baland qismidan yongʻinga qarshi devorlar va orayopmalar bilan ajratish lozim.
Binoning stilobat qismidagi yongʻindan himoya boʻlmasi chegarasidagi qavatning ruxsat etilgan eng katta maydoni, 3000 m2 dan katta boʻlmasligi kerak.
Quyidagi hollar bundan mustasno:
oqimli ventilyatsiya va tutunni yoʻqotish uskunalari loyihalanganda 10 000 m2 gacha boʻlganda;
avtomatik yongʻin oʻchirish tizimi 5000 m2 gacha boʻlganda.
3-§. Evakuatsiya yoʻllari
167. Qavatlardan chiqish joylari soni va zinapoya kataklari yongʻin xavfi boʻyicha binolarning turlarini hisobga olgan holda SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
168. Balandligi 28 m gacha koʻp kvartirali uylarning har qavatda tashqi devorda derazasi L1 turdagi oddiy zinapoya kataklari loyihalanishi kerak.
169. L2 turdagi zinapoya kataklarini 3 qavatdan koʻp boʻlmagan, I va II olovbardoshlik darajasiga ega seksiya turidagi koʻp kvartirali uylarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
170. L2 turdagi zinapoya kataklarini yoritish uchun tomdagi yuzasi 4 m2 dan kam boʻlmagan yorugʻlik tuynuklari loyihalanishi, bunda ikkinchi va uchinchi qavatdagi har bir kvartiralarda balkon yoki lodjiya, shuningdek zinapoya marshlarining orasida 0,7 m dan kam boʻlmagan ochiq joy yoki zinapoya katagining balandligi boʻyicha gorizontal kesim yuzasi 2 m2 dan kam boʻlmagan yorugʻlik shaxtasi boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Zinapoya kataklari binoga tutash (yondosh) hududga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqishi yoki qoʻshni yoʻlaklardan eshikli toʻsiqlar bilan ajratilgan vestibyul orqali tashqariga chiqish yoʻliga ega boʻlishi kerak.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
172. Kvartiralar va yotoqxona eshiklaridan zinapoya katagigacha yoki tashqariga chiqish joyigacha boʻlgan eng uzoq masofa quyidagi 7-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.

7-jadval

Olovbardoshlik darajasi

Binoning konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi

Kvartira yoki yotoqxona eshigidan chiqishgacha boʻlgan eng olis masofa, m

Zinapoya boʻlmalari yoki tashqi kirishlar oraligʻida joylashganda

Boshi berk yoʻlak yoki galereyaga chiqishda

I, II

CO

40

25

II

S1

30

20

III

CO

C1

30

25

20

15

IV

CO

C1, C2

25

20

15

10

V

normalanmaydi

20

10

173. Koʻp kvartirali uyning seksiyasida kvartiradan derazasiz yoʻlakka (xoll) chiqishda, eng uzoq joylashgan kvartira eshigidan bevosita zinapoya katagiga yoki tutun qoplamaydigan zinapoya katagining havo boʻshligʻi zonasiga olib boruvchi tamburgacha boʻlgan masofa 12 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
174. Yoʻlakda (xolda) derazalar yoki tutun chiqarish klapanlari mavjud boʻlganda, mazkur SHNQning 7-jadvaliga asosan ushbu masofani boshi berk yoʻlak uchun nazarda tutilgan qiymatlar boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
(174-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
175. 28 m va undan yuqori boʻlgan binolarda eng olis kvartiraning eshigidan eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa 12 m dan oshmasligi lozim.
176. Yoʻlaklarning eni quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
zinapoyalar oraligʻi yoki yoʻlak oxiri bilan zinapoya oraligʻi 40 m gacha boʻlganda — 1,4 m;
40 m dan uzun boʻlganda — 1,6 m;
galereyaning eni — 1,2 m.
177. Yoʻlaklarni bir-biridan va yoʻlak oxiridan 30 m gacha masofada joylashgan, olovbardoshligi YEI 30 boʻlgan avtomatik yopish uskuna bilan jihozlangan eshik oʻrnatilgan pardevor yordamida ajratish kerak.
178. Pogʻonalar balandligi va kengligi har xil boʻlgan zinalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Bitta zinapoya marshida yoki sathlar farqida pogʻonalar soni 3 tadan kam, 18 tadan koʻp boʻlmasligi lozim.
179. Zinapoya marshlari va uning maydonchalarida balandliklar farqi 45 cm dan ortiq boʻlganda dastali toʻsiqlar, ixtisoslashgan kvartirali uylarda, internat uylarda devorga yopishgan qoʻshimcha tutqichlar boʻlishi kerak.
Zinapoya marshlarining maksimal qiyaligi va minimal kengligi quyidagi 8-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak.

8-jadval

Zinapoya marshlari ishlatiladigan joylar

Eng kichik kengligi, m

Eng katta qiyaligi

Binolarning yashash qavatlariga olib boradigan zinapoyalar:

seksiyali:

ikki qavatli

1,05

1:1,5

uch va undan koʻp qavatli

1,05

1:1,75

yoʻlakli

1,2

1:1,75

Yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlariga olib boruvchi hamda kvartira ichidagi zinapoyalar (marshlar)

0,9

1:1,25

Izohlar:
1. Zinapoya marshining eni, toʻsiqlar orasidagi yoki devor va toʻsiq orasidagi masofa bilan belgilanadi.
2. Kvartira ichidagi zinapoyalarni yogʻochdan tayyorlash mumkin. Zinapoyalar aylanma yoki oʻrtasidagi kengligi 18 cm dan kam boʻlmagan qochirin pogʻonali boʻlishi mumkin.
3. Zinapoya maydonchasining kengligi zinapoya (marsh) kengligidan kam boʻlmasligi, tabaqalari tashqariga ochiladigan liftlar oldida esa 1,6 m dan kam boʻlmasligi kerak.
4. Zinapoyalarning toʻgʻri marshlaridagi oraliq maydonchalarning kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
5. Zinapoya katagiga chiqadigan eshiklar ochilgan holatida zinapoya maydonchasi va marshlarining hisobiy kengligini kamaytirmasligi kerak.
180. Zinapoya, pandus, maydoncha, terrasa, balkon, lodjiya, tom hamda sathlarida farq boʻlgan (baland-past) joylarda toʻsiqlar balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
181. Ixtisoslashtirilgan kvartiralari mavjud uylarda binoga kirish joyida, vestibyulda, lift yaqinida, yoʻlaklarda zina pogʻonalari va ostonalar boʻlmasligi kerak. Bunday binolarda eni 1,2 m dan kam boʻlmagan, qiyaligi 1:20 dan koʻp boʻlmagan panduslar boʻlishi lozim.
Kvartiradan tashqaridagi yoʻlaklarning kengligi 1,8 m dan, eshiklarning eni 0,9 m dan kam boʻlmasligi kerak.
182. Mavjud binolarni rekonstruksiya qilishda pandusning enini 1,2 m oʻlchamda taʼminlash imkoni boʻlmagan holda uning enini 0,9 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi. Ikki marshli pandusda bitta marshning qiyaligi 1:12 dan oshmasligi lozim.
Quyidagi hollarda pandusning qiyaligi 1:8 gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi:
pandus mavjud binoga qurilayotgan boʻlsa;
pandusning balandligi 1 m yoki undan past boʻlib, obyektning konstruktiv xususiyatlariga koʻra 1:12 qiyalikni taʼminlash imkoni boʻlmaganda.
Binoga kirishda panduslarni oʻrnatish imkoni boʻlmaganda, oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun koʻtarish moslamalari loyihalanishi kerak.
183. Balandligi 28 m gacha boʻlgan binolarda L1 oddiy zinapoya kataklarida qoʻshimcha qavat elektr shitlari, isitish jihozlari, pochta qutilarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi, bunda zinapoyalar va maydonchalarning belgilangan enini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Elektr shitlari, isitish jihozlari, pochta qutilari devor oʻyiqlariga oʻrnatilishi lozim.
184. Oddiy zinapoya kataklari hajmida qorovulxonadan boshqa xonalar boʻlmasligi kerak.
Birinchi, yertoʻla, yarim yertoʻla (sokol) qavat zinapoyalari ostida isitish tarmogʻini boshqarish, suv oʻlchash, elektr tokini kirish-taqsimlash qurilmalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
185. Zinapoya kataklari hajmida (tutun qoplamaydigani bundan mustasno) birinchi qavatdan pastga tushmaydigan, olovbardoshlik chegarasi normalangan yonmaydigan materialdan tayyorlangan, toʻsiq konstruksiyali lift shaxtalariga ega boʻlgan ikkitagacha yoʻlovchi liftlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
186. Yoʻlakli va galereya turidagi binolarda zina kataklari va liftga kirish (yuklash) maydonchalari har qanday xonalar va har bir qavatdagi yoʻlaklardan tavaqalarida zichlagichli yopgichlar bilan jihozlangan eshiklar bilan ajratilishi kerak.
Oynavand eshiklar zarbaga chidamli oynalardan boʻlishi lozim.
187. Balandligi 15 m dan kam, Ia, Ib va II iqlimiy qurilish zonalar uchun loyihalanayotgan turar joy obyektlarida zinapoya kataklari oʻrniga olovbardoshlik chegarasi R 60 dan kam boʻlmagan yonmaydigan materiallardan bajarilgan, yogʻingarchiliklardan himoyalangan tashqi ochiq zinapoyalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
188. Maydoni 500 m2 gacha boʻlgan seksiya turidagi koʻp kvartirali uylarning seksiya qavatidan L1 turdagi bitta oddiy zinapoya katagiga evakuatsiya chiqishini koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
15 m dan yuqorida joylashgan har bir kvartirada balkon yoki lodjiyaga chiqqan derazalar orasi kamida 1,6 m yoki balkon (lodjiya) chetidan derazagacha kamida 1,2 m li yopiq devori boʻlgan balkon yoki ochiq (oynalanmagan) lodjiyaga avariya evakuatsiya chiqishi boʻlishi kerak.
Qavatda toʻrtta kvartiradan ortiq seksiyalarda uch va undan ortiq xonali kvartiralarda eni 1,2 m dan kam boʻlmagan balkon yoki lodjiyaga chiqadigan derazalar orasi 1,6 m dan kam boʻlmagan yopiq devorli balkon yoki lodjiya boʻlishi lozim.
189. Ikki qavatda (sathda) joylashgan kvartiralardan, kvartira xonalari 6 qavatdan yuqori joylashmagan va zinapoya katagiga bevosita chiqishi boʻlmagan kvartira qavati ushbu SHNQning 188-bandiga muvofiq qoʻshimcha chiqish bilan taʼminlangan boʻlsa, zinapoya katagiga har bir qavatdan chiqish boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
190. Balandligi 28 m gacha boʻlgan turar joy obyektlarida qavatdagi kvartiralarning umumiy maydoni 500 m2 dan ortiq seksiyalarda evakuatsiya qilish kamida ikkita oddiy yoki tutun qoplamaydigan zinapoya katagiga chiqish orqali amalga oshirilishi kerak.
Qavatdagi kvartiralarning umumiy maydoni 500 m² dan 550 m² gacha boʻlganda, obyekt toʻliq manzilli yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanganda hamda barcha kvartiralarda mazkur SHNQning 188-bandiga muvofiq ochiq (oynalanmagan) balkon yoki lodjiya boʻlsa, oddiy zinapoya katagiga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
(190-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
191. Balandligi 28 m gacha, qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m2 va undan koʻp boʻlgan yoʻlakli (galereyali) turidagi koʻp kvartirali uylarda, umumiy yoʻlaklar (galereyalar) kamida 2 ta L1 turdagi oddiy zinapoya katagiga chiqish boʻlishi kerak.
Umumiy maydoni 500 m2 dan kam boʻlganda, bitta oddiy L1 turdagi zinapoya katagiga chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, yoʻlaklarning (galereya) chekkalaridan 3-turdagi tashqi zinapoyalarga chiqish boʻlishi kerak.
192. Oddiy zinapoya katagi binoning oxirida joylashganda, ushbu SHNQning talablari bajarilganda, yoʻlakning (galereya) qarama-qarshi tomonida (oxirida) bitta 3-tur zinapoya oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
193. Tashqaridan kiriladigan yotoqxona binolarida uzunligi 1,2 m dan kam boʻlmagan, internat uylarida uzunligi 1,6 m, eni 2,2 m dan kam boʻlmagan tamburlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
194. Qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m2 gacha, balandligi 28 m dan yuqori seksiyali yoki seksiya-galereyali binolarda bitta tutun qoplamaydigan N1 turdagi zinapoya katagiga yoki u bilan tutashgan ochiq yoʻlaklarga chiqish boʻlishi, bunda 15 m dan yuqori joylashgan barcha kvartiralar uchun ushbu SHNQning 188-bandi talablariga muvofiq, balkon yoki ochiq lodjiyalarga evakuatsiya chiqish joylar boʻlishi kerak.
(194-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
195. Tutun qoplamaydigan zinapoya kataklarida birinchi qavatdan bevosita tashqariga chiqish boʻlishi kerak.
N1 turidagi tutun qoplamaydigan zinapoya katagidan tashqariga chiqish, yondosh (tutash) yoʻlaklarni 1-turdagi yongʻinga qarshi pardevorlar bilan ajratilgan (toʻsilgan) vestibyul orqali boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, zinapoya katagini vestibyul bilan oʻtilishi boshqa qavatlardagi kabi havo zonasi orqali boʻlishi mumkin. Birinchi qavatdagi havo zonasi tuynugini metall panjara bilan toʻsishga yoʻl qoʻyiladi.
N1 turdagi zina katagiga liftga kirish maydonchalaridan oʻtishga yoʻl qoʻyiladi, bunda lift shaxtalari va undagi eshik qurilmalari SHNQ 2.01.02-04ga muvofiq loyihalanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
196. Balandligi 28 m dan baland boʻlgan binolarda qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m2 dan ortiq boʻlganda evakuatsiya chiqish yoʻli SHNQ 2.01.02-04ga asosan kamida ikkita tutun qoplamaydigan zina katagi orqali boʻlishi kerak.
Qavatdagi kvartiralarning umumiy maydoni 500 m2 dan 550 m2 gacha boʻlganda, kvartiralar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlanganda hamda SHNQning 188-bandi talablariga muvofiq ochiq (oynalanmagan) balkon yoki lodjiya nazarda tutilgan boʻlsa, evakuatsiya chiqish uchun bitta tutun qoplamaydigan N1 turdagi zina katagini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
(196-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
197. Binolarning balandligi 50 m gacha boʻlgan kvartiralarning umumiy maydoni 500 m2 gacha boʻlgan binolarda, liftlardan biri yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tashishga moʻljallanganida evakuatsiyani N2 yoki N3 zina katagi orqali taʼminlanishi mumkin.
Bunda, N2 zinapoyasiga chiqish vestibyul (yoki lift xoli) orqali taʼminlanishi, zinapoya, lift shaxtalari va tamburlarda 2-turdagi yongʻinga qarshi eshiklar boʻlishi kerak.
198. Tutun qoplamaydigan N1 turdagi zinapoya katagiga oʻtish joyining tutun bilan qoplanmasligi quyidagi hajmiy-tarhiy va konstruktiv yechimlar bilan taʼminlanishi lozim:
oʻtish joylari ochiq boʻlib, binoning ichki burchaklarida joylashmasligi va eni kamida — 1,2 m,
toʻsiq balandligi — 1,2 m;
tashqi havo zonasidagi eshiklar orasidagi devor kengligi kamida 1,2 m;
zinapoya katagi eshigi bilan eng yaqin deraza orasidagi devorning kengligi kamida — 2 m.
Oldingi tahrirga qarang.
199. Balandligi 28 m gacha boʻlgan turar joy obyektlarida oshxonalar va kvartira ichki yoʻlaklari yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi lozim. Balandligi 28 m dan 50 m gacha boʻlgan turar joy obyektlarida esa kvartiralarning barcha xonalari, shuningdek qavat xollari va yoʻlaklari manzilli yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi kerak.
Bunda qavat xollari va yoʻlaklarida oʻrnatilgan yongʻin xabarlagichlari kvartiralarga bogʻliq boʻlmagan alohida shleyflarga ulanishi lozim.
(199-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
200. 28 m dan baland binolarda yongʻin vaqtida lift shaxtasining yuqori qismiga alohida kanal orqali tashqi havo berishni taʼminlash kerak.
Bunda, lift shaxtasida ortiqcha bosim SHNQ 2.04.05-22ga asosan hisob-kitob boʻyicha qabul qilinishi kerak.
201. Havo bosimi va tutunni haydash ventilyatsiyasi qurilmalari 1-turdagi yongʻinga qarshi pardevorlar bilan toʻsilgan alohida ventilyatsiya kameralarida joylashtirilishi lozim.
Ventilyatorlarni kvartiralar dahlizlari, yotoqxona xonalari va madaniy-maishiy xizmat xonalarida oʻrnatilgan yongʻin signalizatsiyasi xabar bergichlaridan avtomat tarzda hamda har qavatdagi oʻt oʻchirish kran shkaflarida oʻrnatilgan tugmachalardan masofadan ulashni koʻzda tutish kerak.
202. 28 m dan baland boʻlgan binolarning yuqori qavatidagi oyna tirqishining pastiga SHNQ 2.01.02-04ga muvofiq qozonxonalarni tutashtirib qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qozonxonalarni SHNQ 2.04.13-24 ga muvofiq tomga oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(202-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
203. Yiliga oʻrtacha 20 va undan ortiq soat davomida momaqaldiroqli yomgʻir yogʻadigan joylarda 400 m radiusdagi qurilish maydonlaridan 25 m dan ortiq koʻtarilib turgan hamda bir-biridan 400 m dan uzoqda alohida turgan 30 m dan baland binolar bevosita yashin urilishidan hamda yerusti metall konstruksiyalar orqali yuqori kuchlanishli toklardan himoya bilan jihozlanishi kerak.
4-§. Turar joy obyektlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablari
204. Koʻp kvartirali uylarning balkoni, lodjiya hamda xonalaridagi panoramali oynalar toʻsiqlarining (panjara) balandligini GOST R 56926-2016 boʻyicha boʻlishi lozim.
205. Binodagi deraza oynalarining pastki qismi pol sathidan 0,9 m dan past balandlikda joylashgan boʻlsa, xavfsizlikni taʼminlash choralari GOST R 56926-2016ga muvofiq boʻlishi kerak.
206. Derazalarga alyumin profilli panjara yoki polikarbonatdan boʻlgan shaffof panjaralar, qulf-kalitli tutqichlar, deraza tokchasiga oʻrnatiladigan toʻxtatgichlar loyihalanishi kerak.
207. Ixtisoslashtirilgan kvartiralardagi kirish guruhi elementlarining toʻsiqlari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tashqi zinapoyalar, maydonchalar va panduslarda 0,9 va 0,7 m, ichki zinapoyalar, maydonchalar va panduslarda 0,7 m balandlikda qoʻshimcha tutqichlar oʻrnatilishi kerak.
208. Yashash xonalari va oshxonalarda oʻrnatilgan panoramali oynalar boʻlganda, qoʻshimcha toʻsiqlarning (panjara) balkon va lodjiyalarga birikmagan joylardagi balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
209. Panoramali oynalar loyiha yechimlari GOST R 56926-2016, GOST 23166-2021 boʻyicha xavfsiz ekspluatatsiya qilish va xavfsiz xizmat koʻrsatishni taʼminlashi lozim.
210. Zinapoya kataklarining maydonchalarida sunʼiy yoritkichlar (chiroqlar) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Chiroqlar zinapoya marshining oʻrtasi va maydonchalarida 11 lx dan kam boʻlmagan yorugʻlik darajasini taʼminlay olishi lozim.
Agar zina pogʻonalari 6 va undan ortiq boʻlsa, har bir qavat maydonchasi devorida chiroq oʻchirgich oʻrnatilishi kerak.
Sunʼiy yoritish masofadan, markazlashgan yoki avtomatik boshqariladigan boʻlsa, chiroq oʻchirgich oʻrnatish talab etilmaydi.
211. Qoʻshimcha himoya toʻsiqlari boʻlmagan holda oynalar uchun quyidagi himoya sinflari GOST 30826-2014 va zarbga bardoshlilik GOST 31462-2011 boʻyicha belgilanishi zarur:
birinchi va yuqori qavatdagi xonalar uchun — SM4, R2A, PV2 (agar ichkariga buzib kirish xavfi boʻlsa);
boshqa qavatlardagi xonalar uchun — SM4.
212. Loyiha yechimida panoramali oynada qoʻshimcha himoya toʻsigʻi boʻlmasa, uning oldiga oʻrindiqli aravacha, mebel va jihozlar harakatlanishini cheklovchi elementlar oʻrnatilishi lozim.
Agar birinchi qavatlardagi oʻrnatilgan oynaning pastki qismi yer sathidan 0,15 mm dan kam balandlikda va yoʻlkalar fasadga taqalgan boʻlsa, tashqi tomondan ham cheklovchi elementlar oʻrnatilishi kerak.
213. Koʻp kvartirali uylarning konstruktiv yechimlarida (teshiklarning joylashishi, quvuroʻtkazgichlarning konstruksiyalardan teshib oʻtkazilgan joylarini germetizatsiya qilish usullari, ventilyatsiya tuynuklarini ochish va issiqlik izolyatsiyasini oʻrnatishda) kemiruvchilarni ichkariga kirishidan saqlash choralarini koʻrish kerak.
214. Koʻp kvartirali uylarda va uning atrofidagi hududda kriminal holatlar yuzaga kelishini kamaytirishga, binoda yashovchilarni himoya qilishga qaratilgan choralar koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
215. Koʻp kvartirali uylarning xavfsizlik tizimi ichki muhandislik tizimlariga va yongʻin xavfsizligi jihozlariga yogʻingarchilik taʼsiridan himoya qilish choralari koʻrilishi kerak.
216. Texnik xodimlarni koʻp kvartirali uylarda alohida xonada joylashtirish va ular uchun hojatxona koʻzda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi.
217. Turar joy obyektlarining xonalari unga yomgʻir, qor-muz yoki yerosti suvlari va foydalanish jarayonida favqulodda vujudga kelgan suvlarni kirishidan konstruktiv vositalar (tadbirlar) hamda texnik moslamalar bilan himoyalanishi kerak.
218. Elektr shchitlari, kabel televideniyesining texnik markazi, telefon simlarini taqsimlash shkaflari turadigan xonalarni (joy) suv ishlatiladigan xonalarning tagiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (birlashtirilgan sanuzellar, vanna (dush) xonalari, hojatxona).
Oldingi tahrirga qarang.
219. Liftlarning xavfsizligi ulardan foydalanish davrining barcha bosqichlarida GOST 33984.1-2023 hamda GOST 34305-2017 talablariga javob berishi kerak.
(219-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
220. Konditsionerlash tizimining alohida tashqi bloklarini oʻrnatishda GOST 34058-2021ga amal qilinishi va texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash zarurligini hisobga olgan holda ularni oʻrnatish joylari taʼminlanishi kerak.
221. Ventilyatsiya tizimlaridan chiqadigan havo, yoʻlovchilar yuradigan yoʻlkalar tomoniga qaratilmasligi kerak.
9-bob. Liftlar
Oldingi tahrirga qarang.
222. Yuqori qavat polining sathi yer sathidan 13 m va undan koʻp boʻlgan turar joy obyektlarida lift qurilmalarini oʻrnatish lozim.
(222-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 15-martdagi 01/2-29-sonli buyrugʻi tahririda)
223. Loyiha topshirigʻiga muvofiq ikki qavatli turar joy obyektlariga koʻtarish platformalari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
224. Liftlar koʻp kvartirali uy yoki yotoqxonalarga mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
225. Turar joy obyektlarida oʻrnatiladigan liftlar GOST 5746-2015, GOST 33984.1-2023 va GOST 28911-2015 da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
(225-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
226. Lift shaxtalarini quyidagi 9-jadval boʻyicha loyihalash lozim.

9-jadval

Yuk koʻtarishi, kg

Kabinaning oʻlchamlari, mm

Shaxtaning oʻlchamlari, mm

450

950x1070

1700x1600

630

1100x1400

1850x1850

1000

1100x2100

2000x2600

227. Qariyalar va oʻrindiqli aravachalardagi nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud oilalari uchun ixtisoslashtirilgan binolarda yuk koʻtarish qobiliyati 630 kg boʻlgan liftlar loyihalanishi kerak.
228. Balandligi 28 m dan yuqori boʻlgan turar joy obyektlarida yoʻlovchi liftlarining biri yongʻin-qutqaruv boʻlimlarini tashishga moʻljallangan boʻlishi lozim.
229. Lift maydonchalarining eni quyidagicha qabul qilinishi kerak:
400 kg li yuk koʻtaruvchi lift uchun — 1,5 m;
630 kg li lift uchun — 1,6 m;
1000 kg li lift uchun — 2,1 m.
230. Lift shaxtalari yashash xonalari bilan yonma-yon joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
231. Liftlarning mashina xonalarini yashash xonalarining bevosita ustida va yonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
232. Liftdan foydalanuvchilarning xavfsizligini, shuningdek avariya holatlarida foydalanuvchilar va qutqaruv xizmati oʻrtasida doimiy aloqani taʼminlash uchun lift shaxtalari aloqa vositalari (video-tasvir uzatish qurilmalari, lift uskunalarining texnik holatini monitoring qilish va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi dispetcherlik bloki va boshqalar) bilan jihozlanishiga imkoniyat yaratilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
233. Turar joy obyektlarida liftlar oʻrnatilishida SHNQ 2.07.02-24da belgilangan talablarga rioya qilish zarur.
(233-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
234. Liftning yon devorlarida 900 ±100 mm balandlikda tutqichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
235. Koʻp kvartirali uylarning chiqish eshiklari lift eshigi bilan qarama-qarshi (toʻgʻridan-toʻgʻri) holatda joylashmasligi, shuningdek lift eshiklari va yon devorlarning rangi bir-biridan ajralib turishi lozim.
236. Liftlarni koʻtarish mexanizmlaridan chiqadigan shovqin eshitilmasligi uchun shaxtalar shovqin izolyatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.
237. Liftning kabinasi, posangisi va muvozanatlovchi moslamalari bitta shaxta ichida joylashgan boʻlishi kerak.
238. Lift shaxtasi binoning boshqa qismlaridan olovbardoshligi kamida ikki soat boʻlgan devor bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
239. Lift shaxtasi qoʻzgʻalmas (statsionar) elektr yoritkich oʻrnatilishi, bunda taʼmirlash ishlari davomida 1 m2 uchun kamida 50 lx yorugʻlik taʼminlangan boʻlishi zarur.
Agar tashqi yoritish shaxta ichida 1 m2 uchun kamida 50 lx yorugʻlikni taʼminlasa, oynavandlangan toʻr bilan oʻralgan yoki qisman oʻralgan lift shaxtalari qoʻzgʻalmas (statsionar) elektr yoritish uskunalari bilan jihozlanishi talab etilmaydi.
10-bob. Muhandislik jihozlari
1-§. Asosiy qoidalar
240. Yashash xonalarida mikroiqlimning eng muvofiq va yoʻl qoʻyiladigan parametrlari (oʻlchamlari) va havo almashinuvi miqdorini mazkur SHNQning 10-jadvali boʻyicha qabul qilish kerak.
241. Yilning sovuq davrida turli xonalardagi havoning hisobiy harorati va havo almashinuvi koʻrsatkichlari ushbu SHNQning 11-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
242. Muhandislik taʼminoti tizimini qurishda ishlatiladigan uskuna, buyum va materiallar amaldagi standart talablariga javob berishi lozim.

10-jadval

Parametrlar

(oʻlchamlar)

Yil davri

Hisobiy harorat,

°S

Nisbiy namlik,

%

Havo harakati tezligi,

≤ m/s

Havo almashinuv miqdori

Eng muvofiq

Sovuq

21-22

(22-23)

30-60

0,15

1 m2 pol yuzasiga 4 m3/h

Iliq

26-27

30-45

0,2

-

Yoʻl qoʻyiladigan

Sovuq

20/21

65 gacha

0,2

1 m2 pol yuzasiga 3 m3/h

Iliq

-

-

-

-

Izohlar:
1. Qavs ichidagi qiymatlar yolgʻiz qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxs mavjud oilalar uyiga tegishli.
2. Chiziqlar ushbu koʻrsatkich meʼyorlanmasligini bildiradi.
3. Bittadan ortiq tashqi devorli xonalar uchun sovuq davrdagi haroratni 1 °S ga yuqori olish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
243. Muhandislik jihozlari tizimini yongʻin-portlash xavfsizligini, koʻzdan kechirib turish, tozalash va taʼmirlash imkonini taʼminlagan holda, SHNQ 2.04.05-22, SHNQ 2.04.08-22, SHNQ 2.04.17-24, SHNQ 2.04.20-22 va SHNQ 2.04.18-22larga muvofiq loyihalash kerak.
(243-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Tizim ishlashidan hosil boʻlgan shovqin turar joy binolari uchun yoʻl qoʻyilgan darajadan oshmasligi kerak.
244. Qoʻshimcha shovqin chiqaradigan uskunalar alohida mustaqil tayanch konstruksiyalarga oʻrnatilishi kerak.
245. Muhandislik tizimining elektromexanik va elektron uskunalari tabiiy yoritiladigan va favqulodda suv bosmaydigan xonalarda joylashishi kerak.
Ushbu uskunalarni texnik yertoʻlalarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

11-jadval

Xonalar

Havoning hisobiy harorati, °S

Havo almashinuvi karraligi

Ichkariga tortish

Tashqariga tortish

Kvartira yoki yotoqxonalardagi yashash xonasi

10-jadvalda keltirilgan

Yotoqxonalardagi jamoat va maʼmuriyat xonalari

20

-

1

Xonadan va yotoqxonalar oshxonasi

elektr plitali

18

-

60 m3/h

Vannaxona

25

-

25 m3/h

Alohida hojatxona

8

-

25 m3/h

Birlashgan sanuzel

25

-

50 m3/h

Umumiy dushxona

25

-

5,0

Umumiy yuvinish xonasi

18

-

0,5

Kiyimni tozalash va dazmollash uchun garderob xonasi

18

-

1,5

Vestibyul, umumiy yoʻlak, zina katagi

16

-

-

Kir yuvish xonasi

15

Hisob boʻyicha, lekin karraligi 4 dan kam emas

7,0

Yotoqxonalarda dazmollash, quritish xonasi

15

Hisob boʻyicha, lekin karraligi 2 dan kam emas

3,0

Yotoqxonalarda shaxsiy buyum, sport inventari, xoʻjalikdagi kirlarni saqlash xonalari

14

-

0,5

Oʻtxona (kotelnaya)

16

-

3,0

Liftlarning mashina xonasi

10

-

Hisob boʻyicha, biroq 0,5 dan kam emas

Izoh. 1a, 1b, 1v, va II iqlimiy zonalardagi binolarning zinapoya kataklarida hamda xususiy isitish tizimiga ega kvartirali uylarda havo harorati normalanmaydi.
246. Shovqin va tebranish manbalari boʻlgan, nasosxonalar, ventkameralar, issiqlik punktlari yashash xonalari bilan yonma-yon, ustida yoki ostida joylashtirilmasligi kerak.
247. Koʻp kvartirali uylarda ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni oqizish tizimi boʻlishi kerak.
Ichki oqovalashtirish tizimi mavjud boʻlmaganda, binoga suv quvurlarini olib kirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunda tashqi suv kolonkalari, tashqaridagi hojatxonalar boʻlishi kerak.
248. Koʻp kvartirali uylarda quyidagi sanuzellar loyihalanishi lozim:
a) 5-6 xonali kvartiralarda:
vanna, yuz-qoʻl yuvgich va unitazli;
dush, yuz-qoʻl yuvgich, va unitazli;
b) 2 — 4 xonali kvartiralarda:
vanna, unitaz va yuz-qoʻl yuvgichli;
unitaz va yuz-qoʻl yuvgichli hojatxona;
v) bir xonali va kichik oʻlchamli ikki xonali kvartiralarda:
birlashtirilgan sanuzel (unitaz, yuz-qoʻl yuvgich, vanna);
qariyalar uchun ixtisoslashtirilgan uylarda sanitariya jihozlariga qoʻshimcha ravishda loyihalash topshirigʻi boʻyicha oyoq vannasi loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
249. Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxs mavjud oilaga moʻljallangan kvartiralardagi sanuzelda unitaz, yuz-qoʻl yuvgich va devorga mahkamlangan maxsus koʻtarib-tushiriladigan oʻrindiqli dush hamda trap (koʻchma zina) boʻlishi kerak.
250. Oqova suvlarni oqizish tizimi boʻlgan yotoqxonalardagi sanitariya-gigiyena xonalarining uskunalari quyidagi hisobdan qabul qilinishi kerak:
a) yolgʻiz yashovchilarga:
1 ta unitaz, 1 ta dush (yoki vanna), 1 ta yuz-qoʻl yuvgich 4 — 6 kishiga;
b) kichik oilaga:
1 ta unitaz, 1 ta dush (yoki vanna), 1 ta yuz-qoʻl yuvgich 2-3 kishiga.
251. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylardagi yashash xonalari tarkibida (ichida) birlashgan sanuzellar (unitaz, yuz-qoʻl yuvgich, dush, oyoq vannasi) loyihalanishi lozim.
10 — 15 kishidan iborat guruh boʻlgan holda vannali xona loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(251-banddan uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2511. Turar joy obyektlarida elektr energiyasi hisoblagichlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
(2511-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) asosan kiritilgan)
2-§. Oshxona muhandislik jihozlari
252. Seysmik faol hududlarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik toifa III va IV boʻlgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi oʻrnatilishi lozim.
253. Yotoqxonalarda, qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud oilalarning uylarida (qavatlar sonidan qatʼiy nazar) oshxonalar, taxmonsimon oshxonalar taom tayyorlash uchun elektr uskunalari (plita, pishirish panellari, pishirish pechlari) bilan jihozlanishi lozim.
254. Kvartiraga qarashli uchastkadagi yozgi oshxonani plita va idish-tovoq yuvgich bilan jihozlashga yoʻl qoʻyiladi.
3-§. Sovuq va issiq suv taʼminoti
255. Oqova suvlarni oqizish tizimi boʻlmagan hududlardagi aholini ularning uylaridan 100 m dan uzoq boʻlmagan masofada joylashgan suv chiqarish uskunalari (kolonkalari) orqali taʼminlash lozim.
256. Oqova suvlarni oqizish tizimi boʻlgan hududlardagi binolarda ichimlik va yongʻinga qarshi suv taʼminoti hamda markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimidan yoki zavodda ishlangan mahalliy suv isitish jihozlari orqali issiq suv bilan taʼminlanishi kerak.
257. Balandligi 28 m va undan yuqori boʻlgan turar joylarda, shuningdek qurilish hajmi 5000 m3 va undan ortiq boʻlgan yotoqxonalarda yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimi loyihalanishi kerak.
Yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimi binoning fasadiga chiqarilgan yongʻin oʻchirish avtonasoslarni ulash uchun diametri 80 mm boʻlgan birlashtiruvchi tirsaklar, tashqaridan boshqariladigan teskari klapanlar va zulfinlar (zadvijkalar) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
258. Xoʻjalik va maishiy ehtiyoji uchun beriladigan ichimlik suvi va issiq suv sifati OʻzMST 133-2024ga muvofiq boʻlishi kerak.
Issiq suvni olish joyidagi haroratni 50 °C dan past va 75 °S ortiq boʻlmagan holda ushlab turish kerak.
259. Issiq suv taʼminoti tizimida suvni uzatish uchun issiq va sovuq suv alohida kelib ulanadigan va ularni aralashtirib chiqaradigan joʻmrak oʻrnatish kerak.
260. Sanitar-texnik jihozlarga keladigan suv bosimi bir sekunddagi hisobiy sarfga yetadigan boʻlishi va 0,6 MRa dan oshmasligi lozim.
261. Qariyalar uchun vannalardagi va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sanuzellardagi smesitellarda 50 °S dan ortiq temperaturadagi issiq suv kelishining oldini oladigan termostatik regulator oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
262. Suv taʼminoti tizimining har bir kvartiraning, xoʻjalik bloki, sauna, unitaz baki, suv isitgich kolonkalaridagi tarmoqlanadigan joylarida yopadigan armatura (zapornaya armatura) oʻrnatish kerak.
263. Ichki suv taʼminoti tizimida bino perimetrining har 60 — 70 metrida tashqi devordagi tuynuklarda bittadan oʻrnatiladigan sugʻorish joʻmragiga yoʻl qoʻyiladi.
Suv maʼlum vaqtlarda beriladigan hududlarda sugʻorish joʻmragi oʻrnatilmaydi.
264. Vanna va dushxonalarda yoz vaqtida oʻchirib qoʻyish imkonini beruvchi sxema boʻyicha sochiq quritgich oʻrnatilishi lozim.
265. Avtomat kir yuvish mashinasini sovuq va issiq suv hamda oqova quvurlariga ulash uchun ularda probkalar bilan yopib qoʻyiladigan shtutserlar oʻrnatilishi kerak.
266. Vanna va dush tagliklarning (poddon) metall korpuslari suv quvurlari bilan metall oʻtkazgichlar vositasida tutashtirilishi lozim.
4-§. Oqova suvlarni oqizish tizimi
267. Ichki maishiy oqova suvlarni oqizish tizimi oʻrnatilgan barcha sanitariya-texnik jihozlaridan (unitaz, vanna, dush, yuz-qoʻl yuvgich) chiqadigan oqova suvlarni ketkazish uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
268. Konstruksiyasida gidravlik yopqich boʻlmagan sanitariya-texnik jihozlarining (dush poddonlari, kir yuvish mashinalarining magʻzava chiqish joyi) ostidagi chiqish joyiga gidravlik yopqichlar oʻrnatilishi kerak.
269. Oqova suvlarni ketkazish oʻz oqimi bilan ketadigan yopiq quvuroʻtkazgichlar boʻyicha, ifloslanib tiqilib qolish ehtimolini maksimal kamaytiradigan qilib oʻrnatib, amalga oshirilishi kerak.
Qoʻshni kvartiralarda joylashgan sanitariya jihozlarini umumiy tarmoq quvuroʻtkazgichiga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
270. Ichki oqova suvlarni oqizish tarmogʻini yashash xonalari, namlik boʻlishi mumkin boʻlmagan xonalar hamda oshxona va vestibyullar shiftining osti boʻylab, devor va pol ichi bilan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
271. Uyning ichki oʻzi oqadigan oqova suvlarni oqizish tarmogʻining ventilyatsiyasini (qishloqdagi 1 qavatli uylar bundan mustasno) havo tortadigan qismi bino tomidan yuqoriga chiqarilgan uyning oqova suvlarini oqizish vertikal quvuri orqali amalga oshirish kerak.
Vertikal quvurlarning havo tortadigan qismini ochiladigan deraza va balkonlardan kamida 6 m masofada, tortuvchi ventilyatsiya bloklarining uchidan kamida 1 m masofada joylashtirish kerak.
272. Oqova suvlarni oqizish vertikal quvurlarini ventilyatsiya kanali va shaxtalari ichidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
273. Oqova suvlarni oqizish vertikal quvurlarini chordoq boʻshligʻida toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
274. Kvartiralardan chiqadigan oqova suvi doʻkonlar, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari oqova suvi bilan (bino tashqarisida joylashgan birinchi oqovalashtirish qudugʻigacha) birlashtirilmasligi kerak.
275. Kvartiralarda ichki oqova suvlarni oqizish tarmogʻini montaj shaxtalari, kanallar va koroblar ichiga berkitib oʻtkazish lozim.
5-§. Isitish
276. Turar joy obyektlarining yashash xonalaridagi havo harorati mazkur SHNQning 10-11-jadvallarida keltirilgan hisobiy koʻrsatkichlari isitish tizimlari orqali taʼminlanishi kerak.
277. Issiq suv isteʼmoli hajmining kamida 25 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishini taʼminlash lozim.
278. Turar joy obyektlarida bugʻli isitish tizimi va gaz bilan isitiladigan kaminlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
279. Suvli isitish tizimi qoʻllanilganda, quvurdan tayyorlangan isitish qismlarni qurilish konstruksiyalari (ora yopma, devor, pardevor) oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
280. Markazlashtirilgan isitish tizimiga ega boʻlgan koʻp qavatli uyning har bir isitish bloki issiqlik miqdorini oʻlchash uchun hisoblagich va isitish haroratini tartibga soluvchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
281. Isitish jihozlari yuzasidagi harorat 105 °S dan, qariya va nogironligi boʻlgan shaxslarning xonalarida esa 95 °S dan oshmasligi lozim.
282. Isitish jihozlari (radiator va konvektorlar) tashqi devorning ichki yuzasida deraza ostida ochiq holda joylashtirilishi lozim.
Mahalliy issiqlik manbaidan ishlaydigan isitish tizimida isitish jihozlarini ichki devorlarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
283. Isitish radiatorlari oʻrnatiladigan joylarga 0,5 kW tok kuchiga ega elektr kabellari olib kelinishi lozim. Ushbu kabellar yerdan oʻtkazilishi kerak.
284. Qattiq yonilgʻida ishlaydigan isitish qozonlarni har bir kvartirada oʻrnatish ikki qavatli turar joy obyektlarida loyihalanishi mumkin.
285. Yangi koʻp kvartirali uylar, yotoqxonalar hamda internat uylarni va markazlashgan isitish tizimlarini elektr energiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga moslashtirilgan holda loyihalashtirish va bunda binolarni isitish va sovutishning markazlashgan tizimiga muqobil energiya manbalaridan ishlaydigan zamonaviy texnologiyalarni (geleokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash) qoʻllash samaradorligini oshirishni taʼminlash lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
286. Isitish uchun elektr energiyasi sarfi SHNQ 2.01.18-24da belgilangan talablar doirasida boʻlishi kerak.
(286-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
6-§. Ventilyatsiya va havoni konditsionerlash
287. Kvartiralarda hisoblangan havo parametrlari va havo almashinuvi chastotasi ushbu SHNQning 10 va 11-jadvallariga muvofiq boʻlishi kerak.
288. Ventilyatsiya orqali xonalardagi mikroiqlimning normativ koʻrsatkichlari taʼminlanmagan holda, loyihalash topshirigʻiga koʻra havoni konditsionerlash tizimi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
289. Tutunga qarshi shamollatish tizimlarini SHNQ 2.01.02-04 va SHNQ 2.04.05-22 larga muvofiq loyihalash kerak.
290. Loyihalashda tashqaridan toza havo oqimining yashash xonalariga kirishini va u yerdan yordamchi xonalarga oʻtishini taʼminlash lozim.
291. Kvartira va yotoqxona yashash xonalarining ventilyatsiyasini oshxona, hojatxona, oʻtxona (kotelnaya), vanna va dushxonalardagi vertikal havoni soʻruvchi kanallardan foydalangan holda amalga oshirish kerak.
292. Har bir kvartira doirasida quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
oshxona va oʻtxonadan alohida-alohida kanallar chiqarilishi;
hojatxona, vanna, dush va gigiyena xonalaridan tortuvni gorizontal havo oʻtkazgichlar orqali bitta kanalga birlashtirish.
293. Havoni soʻruvchi vertikal kanallarni bino tomidan tashqariga chiqquncha yoki ochiq chordoq boʻshligʻigacha tranzit qilib chiqarish kerak.
294. Besh qavatgacha boʻlgan (5-qavat ham kiradi) koʻp kvartirali uylarda sanuzel va oshxonalardan havoni tortib oluvchi kanallarni har bir qavat uchun mustaqil alohida oʻtkazilishi lozim.
295. Olti va undan koʻp qavatli koʻp kvartirali uylarda qavatlardagi bir turdagi xonalardan havoni tortib oluvchi kanalchalarni umumiy yigʻuvchi vertikal havo tortish kanaliga quyidagi shartlar bajarilgan holda ulashga yoʻl qoʻyiladi:
kanallarni birlashtirish ventilyatsiya bloklarining bitta tiklik chegarasida, balandligi 2 m dan kam boʻlmagan yondosh kanalchalar vositasida bajarilganda;
olti qavatli binolarda umumiy yigʻuvchi kanalga faqat pastki uch qavatning havo soʻrish kanallari, 7-8, 9-10, 11-12, 13-14 va 15-16 qavatli binolarda mos ravishda pastki 4, 5, 6, 7, va 8-qavatlar ulanganda.
296. Suv isitkich, qozon (kotyol) va pechkalarning moʻrilarini ventilyatsiya kanali vazifasini bajarmasligi kerak.
297. Barcha qavatlarda, shuningdek taxmonsimon oshxonalar tashkil etilgan kvartiralarda sanuzel va oshxonalar alohida ajratilgan havo tortish kanallariga kirish qismida maishiy havo soʻruvchi ventilyatorlar oʻrnatilishi kerak.
298. Koʻp kvartirali uylar ichiga biriktirib qurilgan jamoat xonalarining ventilyatsiya tizimi uyning ventilyatsiya tizimidan alohida boʻlishi kerak.
Yongʻin-portlash xavfi bor moddalar saqlanmaydigan va 1,5 karra havo almashinuvi yetarli boʻlgan ichki qurilgan jamoat xonalaridagi tabiiy ventilyatsiya kanalini, koʻp kvartirali uyning ventilyatsiya tizimiga ushbu SHNQning 294-bandi talablariga rioya qilgan holda birlashtirish (qoʻshish)ga yoʻl qoʻyiladi.
299. Turar joy obyektlarining oshxonalarida plita ustiga havo soʻrgich oʻrnatish loyihalash topshirigʻi bilan belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
300. Turar joy obyektlarida havoni konditsionerlash, mustaqil (avtonom) konditsionerlardan foydalanib bajariladi.
Ia va Ib iqlimiy zonalardagi binolarning 1 — 4 xonali kvartiralarida bitta konditsioner, undan kattaroq kvartiralarda ikkita konditsioner oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
301. I va II iqlimiy zonalardagi turar joy obyektlarining yashash xonalarini konditsionerlar bilan jihozlash loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi.
7-§. Elektrotexnika qurilmalari
Oldingi tahrirga qarang.
302. Turar joy obyektlarida elektr yoritish va kuchlanishli elektr uskunalari SHNQ 2.04.17-24ga muvofiq loyihalanishi lozim.
(302-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Elektr uskunalarining konstruksiyasi, tayyorlanishi, oʻrnatilish usuli, izolyatsiyasining sinfi va himoyalanganlik darajasi elektr tarmogʻidagi kuchlanishga hamda atrof-muhit sharoitiga mos kelishi zarur.
303. Koʻp kvartirali uylarning elektr oʻtkazkichlari ishonchlilik darajasiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinishi kerak:
elektr plitalar hamda elektr suv isitkichlar oʻrnatilgan, balandligi 16 qavatgacha boʻlgan koʻp kvartirali uylarga (bir-sakkiz kvartirali uylar bundan mustasno);
gazda ishlaydigan plitalar oʻrnatilgan 5 dan 10 qavatgacha boʻlgan koʻp kvartirali uylarga;
II toifaga — (50 kishiga moʻljallangan umumiy yotoqxonalar);
gaz plitalar oʻrnatilgan, balandligi 5 qavatdan oshmaydigan turar joy binolariga;
III toifaga — (elektr plitalar hamda elektr suv isitkichlar oʻrnatilgan bir-sakkiz kvartirali uylar, 50 kishiga moʻljallangan umumiy yotoqxonalar binolar).
304. Turar joy obyektlaridagi guruhlangan elektr tarmoqlari yashirin qilib oʻtkazilishi, vklyuchatellar va rozetkalar devorga oʻyib oʻrnatilishi kerak.
Turli kvartiralar orasidagi devorga, bir kvartira doirasida bir oʻq boʻylab 2 ta vklyuchatel yoki rozetkani yonma-yon oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
305. Kvartiralar hamda umumiy yotoqxonalarning yashash xonalariga xonaning har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan 6 m2 maydoniga 6A tokka moʻljallangan bittadan rozetkani oʻrnatish kerak. I va II zonalardagi kvartiralarning umumiy xonasida maishiy konditsionerga uchun 10 — 16 A tokka moʻljallangan yerlangan kontaktli rozetka loyihalanishi kerak.
306. Kvartira yoʻlaklarida yoʻlaklarning har bir toʻliq va toʻliqmas 10 m2 maydoniga 6A tokka kamida bittadan rozetka joylashtirilishi zarur.
307. Oshxonalarga 6 A tokka moʻljallangan uchta rozetka, maydoni 8 m2 dan katta boʻlgan oshxonalarga esa toʻrtta rozetka, shuningdek yerlangan kontaktli 10-16 A tokka moʻljallangan bitta rozetka oʻrnatilishi lozim.
Elektr plitalardan foydalanilganda 32 A tokka moʻljallangan va yerlangan kontaktli rozetka oʻrnatilishi zarur.
308. Kvartiralardagi konditsioneri bor xonalarning barchasiga 10-16 A tokka moʻljallangan yerlangan kontaktli rozetkalar oʻrnatilishi kerak.
309. Sanuzellar, vannaxona va dushxonalar, yuvinish xonalari hamda yotoqxonalarning dushxona oldidagi xonalariga himoyalanish darajasi IP54 dan kam boʻlmagan shtepselli rozetkalarni vannadan yoki dush xonasining eshigidan kamida 0,6 m masofada oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
310. Yashash xonalari, oshxonalar, dahliz va verandalar, shuningdek maydoni 5 m2 dan katta lodjiyalarda zarur boʻlganida shiftga, lodjiyalarda esa devorga osib qoʻyiladigan yoki mahkamlanadigan umumiy yoritish yoritgichlarini oʻrnatishga moʻljallangan klemmali kolodkalar yoki mahkamlovchi moslamalar oʻrnatilishi kerak.
311. Maydoni 10 m2 va undan katta boʻlgan yashash xonalariga lampalarni ikki qismlab yoqsa boʻladigan koʻp lampali yoritkichlar oʻrnatish imkoniyatini koʻzda tutish zarur.
312. Kvartiralardagi hojatxonalarda eshik tepasida devorga patron, vannaxonalarda esa, yuz-qoʻl yuvgich tepasiga yoritkich oʻrnatilishi kerak.
313. Olti va undan koʻp qavatli koʻp kvartirali uylar, shuningdek 50 nafar va undan koʻproq kishi istiqomat qiladigan umumiy yotoqxonalar avariya holatida ishlaydigan yoritish tizimi bilan taʼminlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
314. Yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning pastki qavatlarida noturar obyektlari joylashgan taqdirda yarim yertoʻla va birinchi yertoʻla qavatlarida quruq transformatorlarni va dizelgeneratorlarni SHNQ 2.04.17-24ga muvofiq loyihalash kerak.
(314-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
315. Turar joy obyektlarida tom qismlarining kamida 50 foiziga quyosh panellari oʻrnatilishi kerak.
316. Turar joy obyektlariga oʻrnatiladigan fotoelektrik stansiyalar SHNQ 2.04.15-23ga muvofiq loyihalanishi kerak.
8-§. Aloqa va signalizatsiya
317. Turar joy obyektlari axborot uzatish tizimlari, telefon va raqamli televideniye jamoaviy antennalari bilan jihozlanishi kerak.
318. Qariyalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud oilalar istiqomat qiladigan kvartiralarda, umumiy yotoqxona binosidagi hojatxona, vannaxona sanitariya-gigiyena xonalaridan tashqari barcha xonalarda, 10 qavatli va undan baland koʻp kvartirali uylarning kvartiralarida yongʻin signalizatsiyasi va yongʻin haqida xabar berish uskunalarini oʻrnatish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
319. Turar joy obyektlarida oʻrnatilgan liftlar, qoʻriqlash hamda yongʻin avtomatikasi tizimlaridan (avtomatik yongʻin signalizatsiyasi va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari) keladigan signallar optik tolali kabel aloqa liniyalari orqali koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining dispetcherlik xizmatiga parallel ravishda uzatilishi lozim.
Bunda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi yoki yongʻin oʻchirish tizimi ishga tushganda, signal qoʻshimcha ravishda eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga ham parallel ravishda uzatilishi taʼminlanishi kerak.
(319-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-apreldagi 01/2-13-sonli buyrugʻi (hisob raqami 398, 22.04.2026-y.) tahririda)
320. Yongʻinga qarshi qurilmalarning avtomatik boshqarish temir shkaflarini birinchi qavatdagi elektr shchit xonasida joylashtirish kerak.
321. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga moʻljallangan internat uylarda xizmat koʻrsatish xodimlarini chaqirish uchun signalizatsiya tizimi boʻlishi kerak.
322. Uch qavatli va undan balandroq koʻp kvartirali uylarni loyihalashda kvartiralarning kirish eshiklarida domofonlar (qulflash-soʻzlashish qurilmalari) loyihalanishi kerak.
323. Videokuzatuv kameralarini turar joy obyektlarining butun perimetri boʻylab koʻrinishni taʼminlaydigan joylarga oʻrnatish lozim.
11-bob. Tabiiy yoritish va insolyatsiya
Oldingi tahrirga qarang.
324. Turar joy obyektlarini SanQvaN 0102-25 va SHNQ 2.01.01-22ga muvofiq iqlimiy qurilish zonalarining asosiy xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
(324-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
325. Yashash xonalari, oshxonalar, oqovalashtirilmagan hojatxonalar, zinapoya kataklari (kvartira ichidagidan tashqari), yoʻlakli turdagi binolarda umumiy yoʻlaklar, vestibyullar hamda bino ichiga joylashtirilgan jamoat xonalarida tabiiy yoritilganlik taʼminlangan boʻlishi kerak.
326. Turar joy obyektlari xonalarini tabiiy yoritishni mazkur SHNQning 7-ilovasiga muvofiq tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining normativ qiymatini inobatga olgan holda loyihalashtirilishi, bunda derazalar maydonining yashash xonalari va oshxona pollarining maydoniga nisbati 1:10 dan kam boʻlmasligi kerak.
327. Yashash xonalarining derazasi joylashgan tashqi devori bilan ichki parallel devor orasidagi masofa deraza joylashgan devor enining uch karrasidan oshmasligi kerak.
Bunda, umumiy xona va yotoqxonalarda tabiiy yorugʻlik darajasi 150 (lux) dan kam boʻlmasligi taʼminlanishi lozim.
328. Yoʻlakli turdagi turar joy obyektlarining umumiy yoʻlaklar derazasining yuzasi pol yuzasining 1:16 nisbatidan kam boʻlmasligi kerak.
329. Yotoqxonalar umumiy yoʻlaklarining uzunligi tashqi devordagi derazalar orqali bir tomondan (torets) yoritilganda 24 m dan, ikki chekka tomonidan yoritilganda 48 m dan oshmasligi kerak.
Yoʻlaklar uzunligi bundan ortiq boʻlsa, oraliq tabiiy yorugʻlik maydonchalari orqali qoʻshimcha tabiiy yoritish kerak.
Ikki yorugʻlik maydonchalari orasidagi masofa 24 m dan, yorugʻlik maydonchalari bilan yoʻlak oxiridagi (torets) yorugʻlik tuynugi orasidagi masofa 30 m dan oshmasligi lozim.
Yorugʻlik maydonchasining kengligi (eni) ichkariga kirgan qismining yarmidan kam boʻlmasligi lozim (yondosh yoʻlak kengligi hisobga olinmaydi).
Zinapoya kataklari orqali uning ikki tomonida joylashgan 12 m gacha uzunlikdagi yoʻlaklarni yoritishga yoʻl qoʻyiladi.
330. Yotoqxonalarda ikki kishilik yashash guruhining va bir xonali kvartiralardagi elektr plitali hamda ventilyatsiyasi boʻlgan ovqat tayyorlash zonalarini tabiiy yoritishsiz loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
331. Tabiiy yoritilgan xonalar framuga, darcha yoki boshqa qurilmalar orqali shamollatilishi kerak.
332. Kvartiralar ikki tomonlama yoki yon tomondan shamollatilishi taʼminlanishi lozim.
333. Yoʻlakli (koridor) turidagi yotoqxona binolarida yashash xonalarini bevosita tabiiy yoritilgan va toʻgʻri yoki burchak tomondan shamollatiladigan uzunligi 24 m gacha boʻlgan umumiy yoʻlaklar (koridorlar) orqali shamollatishga yoʻl qoʻyiladi.
334. Har bir yashash xonasi va oshxona kamida bitta ochiladigan derazaga ega boʻlishi kerak (taxmonsimon oshxona bundan mustasno).
Derazaning ochiladigan tabaqasining ochiq qismining eni 0,6 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
335. Turar joy obyektlari xonalaridagi insolyatsiya davomiyligi SanQvaN 0102-25 ga muvofiq taʼminlanishi kerak.
(335-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
336. Yotoqxonalarda yashash xonalarining kamida 60 foizi, internat uylarida kamida 75 foizi SanQvaN 0102-25 boʻyicha belgilangan miqdorda insolyatsiya qilinishi lozim.
(336-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
337. Turar joy obyektlarining yashash xonalarini ortiqcha quyosh radiatsiyasi va isib ketishdan saqlash SanQvaN 0102-25 ga muvofiq boʻlishi kerak.
(337-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻi (hisob raqami 384, 31.01.2026-y.) tahririda)
338. I va II iqlimiy zonalarda yashash xonalarining derazalari gʻarb tomonga (gorizontning 200 — 290° sektori oraligʻi) imkon qadar qaratilmasligi lozim.
Bunda, ikki xonali kvartirada — bitta xonani, uch xonalida — ikkitagacha, yotoqxonalarda — koʻpi bilan 25 foiz yashash xonalarini quyoshdan himoya qiluvchi qurilmalar yoki maxsus oynalar qoʻllanilgan holda, koʻrsatilgan tomonga qaratilishiga yoʻl qoʻyiladi.
I va II iqlimiy zonalarda yashash xonalari gorizontning 200 — 290° sektoriga qaratilganda tashqi quyoshdan himoya qiluvchi qurilmalar qoʻllanilishi lozim.
339. Tashqariga chiqishi boʻlmaydigan zinapoya kataklarining har bir qavati tashqi devordagi deraza orqali yoritilishi, bunda deraza yuzasi 1,2 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
340. Yuqoridan yoritilgan L2 turdagi zinapoya katagini ushbu SHNQning 169 — 171-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda uch qavatgacha boʻlgan binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
341. Yongʻin vaqtida foydalanish uchun moʻljallanmagan yozgi xonalar (lodjiyalar) oynavand qilib loyihalanishi kerak (balkon va terrasalar bundan mustasno).
Qoʻshni seksiyalarga, tashqi (ochiq) zinapoyalar, avariya vaziyatidagi chiqish joylari, tutun kirmaydigan zinapoyalardagi oʻtish uchun ishlatiladigan yozgi xonalarni (balkonlar, lodjiyalar) oynavandlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
12-bob. Energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik
342. Binoning energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini taʼminlash uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
toʻsuvchi konstruksiyalarning issiqlik oʻtkazishga keltirilgan qarshiligi, havo oʻtkazuvchanligi va issiqbardoshligi SHNQ 2.01.04-18da belgilangan qiymatlardan past boʻlmasligiga;
isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash va issiq suv taʼminoti muhandislik tizimlari va uskunasi energiya tejamkor, avtomatik hamda qoʻl bilan boshqarishga ega boʻlishi, shuningdek SHNQ 2.04.05-22 va SHNQ 2.04.16-23 talablariga javob berishiga;
binoning muhandislik tizimlari, markazlashgan taʼminotda, issiqlik energiyasi, sovuq va issiq suv, elektr energiyasi hisoblagichlari bilan jihozlangan boʻlishiga.
343. Binoning optimal texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga erishish hamda isitish va konditsionerlashga nisbiy solishtirma energiya sarflarini qisqartirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
qurilish hajmi birligiga toʻgʻri keladigan tashqi toʻsiq konstruksiyalarining mumkin boʻlgan eng kam yuzasiga ega binolarning eng ixcham hajmiy-tarhiy yechimlarni tanlash;
bino va uning xonalarini sovuq shamol va quyosh radiatsiyasi oqimlarining maqbul yoʻnalishlarini hisobga olib, gorizont tomonlariga nisbatan yoʻnaltirish (oriyentatsiya);
yuqori foydali ish koeffitsiyentiga ega samarali muhandislik jihozlarini qoʻllash;
chiqib ketayotgan havo va oqova suvlarni utilizatsiya qilish (qayta qoʻllash), energiyaning qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalanish.
344. Yangi qurilayotgan turar joy obyektlarini loyihalashtirishda ularning energiya samaradorligi va seysmik xavfsizligini kompleks taʼminlash maqsadida, toʻsuvchi konstruksiyalar materiallarini QMQ 2.01.03-19 va SHNQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq tanlash lozim.
13-bob. Turar joy obyektlarini loyihalashda maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlashga qoʻyiladigan talablar
345. Turar joy obyektlarida maishiy chiqindilarni joylashtirish va ularni toʻplash shoxobchalarini loyihalash lozim.
346. Chiqindi toʻplash shoxobchalari turar joy obyektlarining derazalari, dam olish joylaridan 20 metrdan kam boʻlmagan va 100 metrdan uzoq boʻlmagan masofada, shuningdek moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralari chegaralaridan tashqarida joylashtirilishi zarur.
347. Alohida joylashgan maydonchada (oʻtish yoʻlidan uzoqda) maxsus avtotransport vositasining konteynerlarni boʻshatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m x 12 m) boʻlishi lozim.
348. Konteynerlarni oʻrnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali boʻlishi lozim.
349. Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi oʻtish yoʻli qismi tarafga 5 — 10 foizni tashkil etgan holda va maxsus avtotransport vositasining kirishiga qulay tarzda oʻrnatiladi.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Koʻp kvartirali uylar kvartiralarining, yotoqxonalar va internat uylarning umumiy va yashash maydonlari, xonalar maydoni, obyektning qurilish hajmi, maydoni va qavatlarini hisoblash
1. Kvartira maydonini lodjiyalar, balkonlar, verandalar, terrasalar, isitilmaydigan xoʻjalik xonalari (kladovka), tamburlarni hisobga olmay, yashaladigan va yordamchi xonalar maydoni yigʻindisi sifatida aniqlash kerak.
2. Kvartira va yotoqxona yashash guruhining yashash maydonini yashash xonalar maydonining yigʻindisi deb hisoblash lozim.
3. Kvartiraning umumiy maydonini undagi xonalar, xoʻjalik xonalari (kladovka) va ichki qurilgan shkaflar hamda quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadigan isitilmaydigan xoʻjalik xonalari va yozgi xonalar maydonlari yigʻindisi deb hisoblash kerak:
isitilmaydigan xoʻjalik xonalari va oynavand yozgi xonalar uchun — 1,0;
ochiq lodjiyalar uchun — 0,5,
balkon va terrasa uchun — 0,3.
4. Yotoqxona va internat uylar umumiy maydonini yashash xonalari, yordamchi xonalar va jamoat xonalari maydoni hamda ushbu ilovaning 3-bandi boʻyicha hisoblanadigan yozgi xonalar maydonlari yigʻindisini hisoblash kerak.
5. Kvartiralarning umumiy maydoni shu bino kvartiralarining mazkur ilovaning 3-bandi boʻyicha hisoblangan umumiy maydonlari yigʻindisi deb hisoblash lozim.
6. Koʻp kvartirali uylarning maydonini tashqi devorning ichki yuzalari oraligʻida oʻlchangan barcha qavatlar maydoni hamda yozgi xonalar (lodjiya, balkon) maydonlari yigʻindisi deb hisoblash kerak.
Zinapoya kataklari, lift va boshqa shaxtalar maydoni ularning shu qavat sathidagi maydoni hisobi bilan bitta qavat maydoniga qoʻshilishi zarur.
Chordoq, xoʻjalik va texnik yertoʻla hamda zinapoya kataklari va lift shaxtasi tamburlarining maydoni bino maydoniga qoʻshilmasligi lozim.
7. Koʻp kvartirali uylar xonalarining maydonini, pol sathida (plintuslarsiz) devor va pardevorlarning pardozlangan yuzalari orasidagi oʻlchamlari boʻyicha hisoblash kerak.
Kamin (pechka) egallagan maydon xona maydoniga kiritilmasligi kerak.
Kvartira ichidagi zinapoya osti maydoni poldan chiqib turgan konstruksiya ostigacha boʻlgan balandligi 1,6 m va undan ortiq boʻlsa, oʻsha zinapoya joylashgan xona yuzasiga kiritilishi zarur.
Mansarda qavatidagi xona maydonini hisoblashda, qiya shiftli xonaning balandligi 1,6 m dan kam boʻlmagan qismining maydoni hisobga olinishi kerak.
8. Ichiga yoki ichki tutashtirib qurilgan jamoat xonalarining maydoni SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq hisoblanishi zarur.
Kvartira ichidagi koʻp qavatli (mnogosvetniy) xonaning maydoni binoning umumiy maydoniga faqat bir qavat chegarasida kiritilishi kerak.
9. Koʻp kvartirali uyning qurilish hajmi ±0,00 belgidan yuqori qism (yer ustki qismi) va bu belgidan quyi qism (yer ostki qismi) hajmlari yigʻindisi deb hisoblanishi lozim.
Turar joy obyektining yer usti va yer osti qismlarining qurilish hajmi, shu qismlarning har biridagi pol sathidan boshlab, chegaralovchi yuzalar, shuningdek toʻsiq konstruksiyalar, oynavand tomlar chegarasida aniqlanishi, bunda arxitekturaviy va konstruktiv elementlarning turtib chiqib turgan qismlari, texnik yertoʻla (podpolye) dagi kanallar, terrasa, balkon, kolonnali yopiq galereya (portik), tayanch (ustun)lar ustida joylashgan bino tagidagi oʻtish joylari va boʻsh maydonlar hajmi hisobga olinmasligi kerak (sof oʻlchovda).
Turar joy obyektining qurilish hajmiga isitilmaydigan verandalar, sovuq chordoq, texnik qavat va yertoʻlalar kiritilishi lozim.
10. Turar joy obyekti quriladigan maydon binoning perimetri boʻylab sokol balandligidagi turtib chiqib turgan qismlar ham hisobga olingan gorizontal kesim maydoni, shuningdek ustunlar ustida joylashgan binoning ostidagi maydon va bino ostidan oʻtish joylarining maydoni sifatida hisoblanishi kerak.
11. Turar joy obyektining qavatlar sonini belgilayotganda yer ustidagi qavatlarning barchasi (texnik qavat, mansarda qavati, yarim yertoʻla (sokol) qavati), agar yopmasining usti yerning tekislangan sathidan 2 m dan balandroq boʻlsa, hisobga kiritilishi kerak.
Turar joy obyekti ostidagi yertoʻla (podpolye) balandligidan qatʼi nazar hamda balandligi 1,8 m dan kam boʻlgan qavatlar aro har qanday boʻshliq qavatlar soniga kiritilmasligi zarur.
Turar joy obyektining turli qismlarida qavatlar soni turlicha boʻlganda, shuningdek bino nishab joyda joylashishi hisobiga qavatlar soni koʻpaysa, qavatlar soni binoning har bir qismi uchun alohida hisoblanishi zarur.
Yuqori qavat ustida joylashgan texnik qavat turar joy obyektining qavatlari sonini belgilayotganda va liftlar sonini hisoblashda hisobga olinmaydi.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Yotoqxonalarning madaniy-maishiy, xoʻjalik va yordamchi xonalar tarkibi va hisobiy koʻrsatkichlari

T/r

Xonalar

Maydoni, m2/kishi

50

100

200

400

600

1.

Vestibyul-xoll, navbatchi uchun va kutish joylari bilan

0,15

0,15

0,15

0,15

0,15

2.

Maʼmuriyat (komendant) va xizmatchi xodimlar xonalari

0,16

0,10

0,06

0,05

0,04

3.

Shaxsiy buyumlar, sport-anjomlari, xoʻjalik, kir saqlash, tozalash anjomlarini saqlash xonalari

0,3

0,25

0,2

0,17

0,15

4.

Mashgʻulotlar xonasi

Talaba va oʻquvchilar uchun

0,2

0,2

0,2

0,2

0,2

Ishchi va xizmatchilar uchun

0,15

0,15

0,15

0,15

0,15

5.

Dam olish xonalari

0,15

0,15

0,15

0,15

0,15

6.

Ommaviy-madaniy-tadbirlar xonasi (toʻgarak, oʻqish zali, videozal)

0,15

0,15

0,15

0,09

0,08

7.

Bufet, yordamchi xonasi bilan

-

0,2

0,18

0,16

0,14

8.

Maishiy xizmat xonalari

-

-

0,11

0,11

0,1

9.

Izolyator

1 koyka

1 koyka

1 koyka

2 koyka

3 koyka

(maydoni amaldagi normalar boʻyicha)

10.

Kir yuvish, quritish va dazmollash xonasi

0,24

0,18

0,14

0,1

0,08

(12 m2 dan kam emas)

11.

Oshxonalar

0,8

0,8

0,8

0,8

0,8

(12 m2 dan kam emas)

12.

Kiyim tozalash va dazmollash xonasi

0,1

0,08

0,07

0,06

0,05

(8 m2 dan kam emas)

13.

Kiyim va poyabzal quritish xonasi

Joydagi sharoitga qarab (ish xususiyatini hisobga olib) xonadan foydalanuvchining har biriga 0,2 m2 hisobidan, biroq 8 m2 dan kam emas

Izohlar:
1. Yotoqxonalarning hamma turlari uchun jamoat xonalarining umumiy maydoni ushbu SHNQning 114-bandiga muvofiq qabul qilinadi. Professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari yotoqxonalari jamoat xonalari maydonining umumiy normalari tarkibida, yashash guruhi, jamoat va yordamchi xonalari ham 1 kishiga 1,6 m2 hisobidan hisobga olingan boʻlishi kerak (110-bandiga muvofiq).
2. 100 oʻrindan kam sigʻimli yotoqxonalarda kir saqlash va xoʻjalik xonalari, ichiga qurilgan shkaf-stellajlar bilan almashtirilishi mumkin.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylar xonalarining tarkibi va maydonlari

T/r

Xonalar

Maydoni, m2

Mustaqil harakatlanuvchi kishilar uchun

Parvarishga muhtoj kishilar uchun

Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun

1

2

3

4

5

I. Yashash guruhi xonalari maydoni

1.

Yashash xonalari

loyihalash topshirigʻi boʻyicha**

1 kishiga

10 (12)*

14 (16)*

2 kishiga

16 (18)*

18 (20)*

2.

Sanitariya xonasi (unitaz, yuz-qoʻl yuvgich, dush)

3,5

3,5

5,0

3.

Ichki qurilgan shkaf — kiyim, shaxsiy buyumlar uchun (1 kishiga)

0,5

0,5

0,5

4.

Dam olish xonasi (1 kishiga)

1,2

0,7

1,6

5.

Bufet xonasi

18 dan kam emas

6.

Oshxona-ovqat tarqatish xonasi

16 dan kam ema

7.

Vanna xonasi

14 dan kam emas

8.

Sanitar xonasi, kir saqlash, quritish, supurish-sidirish anjomlari saqlaydigan joyi bilan

16 dan kam emas

9.

Maishiy-xoʻjalik xona (narsalarni yuvish va quritish, yigʻishtirish anjomlari saqlaydigan joyi bilan)

12 dan kam emas

10.

Toza kir saqlash xonasi

4 dan kam emas

II. 3-4 ta yashash guruhi boʻlimining umumiy xonalari

11.

Hamshira xonasi (muolaja)

12

12

14

12.

Xodimlar xonasi

8

8

8

13.

Xoʻjalik-bekasi xonasi

10

10

10

14.

Xodimlar hojatxonasi

1 kabina

1 kabina

1 kabina

15.

Xodimlar dush xonasi

1 kabina

1 kabina

1 kabina

16.

Kiyim va kir dazmollash xonasi

12

17.

Klizma qilish xonasi

14

18.

Aravacha va oʻrindiqli aravachalarni saqlash joyi

4

* Qavslarda yuqori qulaylikka ega yashash xonalarining maydoni berilgan.

** Kasalxona, statsionar palatalarida 1 koyka normasi (SHNQ 2.08.02-23) boʻyicha

III. 50 — 300 oʻrinli uy-internatlarining umumiy xonalari

19.

Vestibyul, xoll

bir kishiga 0,3 — 0,4

20.

Maʼmuriy-xoʻjalik xonalari (mudir, xoʻjalik mudiri, xodimlar xonasi, devonxona, kadrlar boʻlimi, buxgalteriya, anjomlarni saqlash)

bir kishiga 0,4 — 0,5

21.

Dam olish, klub-toʻgarak mashgʻulotlari, telekoʻrsatuvlar tomosha qilish xonalari;

tomosha zali, kutubxona

bir kishiga 0,35 — 0,65

(24 — 30 m2 oʻlchamdagi xona)

yashovchilar soni 200 nafardan oshganda

(tarkibi va maydoni loyiha topshirigʻi bilan belgilanadi

22.

Tibbiy xizmat koʻrsatish va davolash-sogʻlomlashtirish muolajalari xonalari

feldsher xonasi

mudir xonasi

12 — 14 (yashovchilar soni 100 dan kam boʻlmaganda)

12 (yashovchilar soni 200 dan kam boʻlmaganda)

terapevt shifokori xonasi

12 (100 oʻringa va undan ortiq)

maslahatchi shifokorlar xonasi (laringolog, oftalmolog)

har biri 18 m2

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

stomatolog xonasi

14 (yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

muolaja va bogʻlash xonasi

18 (yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

elektr bilan davolash muolaja xonasi, yordamchi xonasi bilan

14 — 16 (+8)

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

issiqlik bilan davolash (ozokerit) muolaja xonasi, yordamchi xonasi bilan

14 (+8)

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

asbob-uskunani saqlash xonasi

6 dan kam boʻlmagan

xodimlar uchun sanitariya uzellari va yigʻishtirish anjomlarini saqlash xonasi

3 + 3

davolash jismoniy tarbiya xonasi

40 — 80

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

zal qoshida yechinish va dush xonalari (erkak va ayollar uchun)

2 x (12+3)

massaj xonasi

14

dorilarni saqlash va tarqatish xonasi (dorixona)

6 m2 dan kam boʻlmagan

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

yengil yonuvchan suyuqliklarni saqlash xonasi

3

ekspress laboratoriya xonasi

8 m2 dan kam boʻlmagan

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

sterilizatsiyalash xonasi

10

meditsina xodimlari xonasi

8 m2 dan kam boʻlmagan

23.

Qabul xonasi

vestibyul (gʻildirakli katalkalar joyi bilan)

12 (+2)

tekshirish xonasi (sanitariya uzeli bilan)

18 (yashovchilar soni 100 nafardan oshganda)

vaqtincha joylashtirish xonasi (sanitariya uzeli bilan)

14 (yashovchilar soni 100 nafardan oshganda)

24.

1-2 palatali izolyator (sanitariya uzeli bilan)

14 (har bir palataga)

Post

4

25.

Morg xonasi (sovitish kamerasi bilan)

10 + 6

(yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

xodimlar xonasi (yechinish xonasi, hojatxona va dush bilan)

9 + 3

26.

Arxiv

8 — 10

Chetdan kelgan qarindoshlar uchun yotoqxona (sanitariya uzellari bilan 1-2 xona)

14 (har bir xonaga)

27.

Maishiy xizmat xonasi (sartaroshlik, pedikyur)

14 — 20

(yashovchilar soni 100 nafardan oshganda)

28.

Oshxona

sigʻimini 60 — 80 % ga (amaldagi sogʻlomlar hisobidan)

1,3 zaldagi 1 oʻrin uchun amaldagi meʼyorlar boʻyicha

ovqatlanish zali

ovqat pishirish bloki

29.

Pochta va bank xizmatlari xonasi (vestibyulda)

10 — 12 (yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

30.

Vestibyuldagi navbatchi posti

6

31.

Vestibyuldagi savdo kioski

6 (yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

32.

Vestibyul qoshida sanuzellar

5

33.

Xoʻjalik xonalari:

yuvilgan choyshablar va kiyimlar saqlanadigan xona

10 — 12

yuvilmagan choyshablar va kiyimlar xonasi

6 — 8

shaxsiy buyumlar xonasi

12 — 16

mavsumiy kiyimlar xonasi

12 — 16

mebellar xonasi

12 — 16

jihozlarni taʼmirlash xonasi

12 — 16

bogʻdorchilik anjomlari saqlash xonasi

6 — 8

xoʻjalik ombori

15 — 16

yongʻin posti xonasi

4

34.

Zararsizlantirishi (dezinfeksiya) kamera xonasi

18 — 24 (yashovchilar soni 200 nafardan oshganda)

35.

Mehnat terapiyasi ustaxonalari

Loyihalash topshirigʻi boʻyicha (6 — 8 bitta ish joyiga)

Izoh: Xonalar tarkibi va maydonlari loyihalash topshirigʻi bilan oʻrnatiladi.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan kvartiralar xonalarining taxminiy tarkibi va maydoni

Xonalar tarkibi

Xonalar maydoni, kamida (m2)

1 xonali

2 xonali

2 xonali

2 kishiga

3 xonali

3-4 kishiga

4 xonali

4-5 kishiga

1 kishi

2 kishi

2 kishiga

Qariyalar uchun

nogironligi boʻlgan shaxs mavjud oilalar uchun

Yashash xonalari:

Umumiy xona

16

18

16

18

20

22

2 kishilik yotoqxona

-

-

16

-

16

16

1 kishilik yotoqxona

-

-

-

-

-

10

nogironligi boʻlgan shaxs yotoqxonasi

-

-

-

16

16

16

Yashash maydoni

16

18

32

34

52

64

Yordamchi xonalar

Dahliz (aravacha uchun joy bilan), yoʻlaklar

4

6

4

6

8

8

Oshxona

8

8

8

9

9

10

Sanuzel

3,5

3,5

4

5

8

10

Xoʻjalik xona (kladovka)lari, ichki qurilgan shkaflar

1,0

1,0

2

2-3

4

6

Umumiy maydon

32,5

36,5

50

56

81

98

Izoh: Kvartira xonalari tarkibi va maydonlari loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan kvartirali uylarda jamoat xizmat koʻrsatish xonalarining tarkibi va maydonlari

T/r

Xonalar

Maydon, hisobidagi birlikka

m2

Maydon, m2, hisobdagi kontingentni sonida (qariyalar va aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar)

50

100

150

1.

Vestibyul-xoll qorovul, taksofon, savdo kioski (sayyor), koʻchalik oʻrindiqli aravachalar saqlash joylari bilan

0,2

kamida 12

20

30

2.

Maʼmuriy-maishiy xonalar (maʼmuriyat va xoʻjalik bekasi xonalari, maishiy xizmat punkti, kirxona quritish va dazmollash xonasi bilan, xoʻjalik va supurish-sidirish anjomlari xonasi, sanuzel)

0,8

40

80

120

3.

Madaniy-maʼrifat xonalari, havaskorlik mashgʻulotlari, mehmonxona, oʻquv zali, telexoll, ommaviy tadbirlar zali, stol usti oʻyinlari

0,8

34

80

120

4.

Tibbiy xonalar (hamshira xonasi, muolaja, massaj, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiya zali)

0,2

kamida 14

20

30

5.

nogironligi boʻlgan shaxs ishlaydigan ustaxona

joylardagi sharoitga qarab

Jami:

2,0

100

200

300

Izohlar:
1. Xonalar tarkibi va maydonlari loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi. Ijtimoiy uylarda madaniy-maishiy xonalarning umumiy maydoni 1 kishiga 1,5-2,0 m2 hisobidan kelib chiqib qabul qilinishi kerak.
2. Tijorat xizmati xonalarini koʻrsatilgan hisobiy koʻrsatkichlardan tashqari qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
3. Nogironligi boʻlgan shaxslar ustaxonalarining maydoni loyihalash topshirigʻi boʻyicha oʻrnatiladi.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
Liftlarning minimal soni

Binoning qavatlari

Liftlar soni

Yuk koʻtaruvchanligi kg

Tezligi m/s

Qavatdagi kvartiralarning eng katta maydoni, m2

9 gacha

1

630 yoki 1000

1,0

600

10 — 12

2

400, 630 yoki 1000

1,0

600

13 — 16

2

400, 630 yoki 1000

1,0

500

Izohlar:
1. 630 yoki 1000 kg yuk koʻtaruvchi lift xonalarining gabaritlari 2100x1100 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
2. 1 yashovchiga 16 — 18 m2 yashash maydoni, qavat balandligi — 3,0 m, lift harakati intervali 81 — 100 sekund hisobidan kelib chiqib tuzilgan.
3. Qavatlardagi kvartiralar maydoni, qavat balandligi va 1 yashovchiga umumiy maydon, jadvalda qabul qilingan koʻrsatkichlar qiymatidan farq qiladigan turar joy binolarda, liftlar soni, tezligi va yuk koʻtaruvchanligi hisoblab oʻrnatiladi.
4. Yuqori qavatlarida ikki sathli kvartiralar joylashgan turar joy obyektlarida liftni sathlardan bittasida toʻxtashiga yoʻl qoʻyiladi.
5. Yoʻlakli turdagi koʻp kvartirali uylarida har 100 ta kvartiraga bitta lift, kvartiralar soni 100 tadan ortiq boʻlgan holda har 100 taga qoʻshimcha bitta lift oʻrnatilishi lozim.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
Turar joy obyektlari xonalarini tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYOK) ning meʼyorlangan qiymatlari

Xonalar

Geografik kenglik

TYOKni meʼyorlangan qiymatlari, pol sathida %

Derazalarni gorizontga nisbatan joylashishi

136 — 225°

225 — 315°

46 — 136°

316 — 45°

Yashash xonalari, oshxona, jamoat xonalari

40° va shimolroq

0,3

0,3

0,4

Zinapoya kataklari, umumiy yoʻlaklar,

40° va janubroq

0,2

0,3

0,6

Oqovalashtirilmagan hojatxonalar

hamma joyda

0,1

0,1

0,1

SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
Turar joy obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan shovqin darajasi

T/r

Xonalar yoki maydonlar nomi

Kun vaqti,

soat

Tovush bosimi darajasi, dB, oʻrtacha geometrik chastotali oktava boʻlmalarida, Hz

Tovush darajasi,

dB

Qisqa vaqtdagi tovushning maksimal darajasi, dB

63

125

250

500

1000

2000

4000

8000

1.

Kvartiralar, qariya va nogironligi boʻlgan shaxslar uy-internatlarining yashash xonalari

7-23

23-7

63

55

52

44

45

35

39

29

35

25

32

22

30

20

28

18

40

30

55

45

2.

Yotoqxonalar yashash xonalari

7-23

23-7

67

59

57

48

49

40

44

34

40

30

37

27

35

25

33

23

45

35

60

40

3.

Turar joy uylarga bevosita yondosh maydonlar*)

7-23

23-7

75

67

66

57

59

49

54

44

50

40

47

37

45

35

43

33

55

45

70

60

4.

Yotoqxona binolariga bevosita yondosh maydonlar*)

7-23

23-7

79

71

70

61

63

54

58

49

55

45

52

42

50

40

49

38

60

50

75

65

* — toʻsuvchi konstruksiyalardan 2 m da.
Izohlar:
1. Havoni konditsionerlash, havoli isitish va ventilyatsiya, shuningdek tonal yoki impulsli shovqin uchun qiymatlar 5 dB yoki 5 dBA ga kamaytiriladi.
2. Shovqin manbaiga oʻgirilgan, toʻsuvchi konstruksiyadan 2 m narida transport vositalaridan (avto, temir yoʻl, aviatsiya) hosil boʻladigan shovqin uchun tovush darajasi dBA ni, 10 dBA ga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga
9-ILOVA
Koʻp kvartirali uylar fasad qismiga sovutish va isitish qurilmalarining jihozlarini (split) oʻrnatish talablari
1. Sovutish va isitish qurilmalarining jihozlari (split) binolarning fasad koʻrinishini buzmagan holda joylashtirilishi, bunda ularni dekorativ panjaralar yoki maxsus himoya qutilari bilan berkitishga yoʻl qoʻyiladi.
2. Sovutish va isitish qurilmalarining jihozlarini (split) balkon yoki lodjiya ichki qismiga binoning tashqi koʻrinishini buzmaydigan tarzda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Sovutish va isitish qurilmalarining jihozlarini (split) balkon yoki lodjiya ichki qismiga oʻrnatilganda SHNQ 2.01.02-04 ga rioya qilinishi lozim.
3. Qurilishi rejalashtirilayotgan turar joy obyektlarini loyihalash jarayonida sovutish va isitish qurilmalarining jihozlarini (split) oʻrnatish uchun tashqi devorlarda maxsus oʻyiqlar koʻzda tutilishi kerak.
4. Turar joy obyektlarining tom qismida sovutish va isitish qurilmalarining jihozlarini (split) oʻrnatishda ushbu jihozlar uchun metall konstruksiyali platforma tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
5. Dekorativ qoplamalar va nishalarni toʻliq yopiq holatda oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda havo aylanishini taʼminlash uchun ventilyatsiya teshiklar boʻlishi lozim.
6. Sovutish va isitish qurilmalarining kondensat suvi maxsus drenaj quvuri orqali chiqarilishi, bunda kondensat suvining qoʻshni deraza tokchasi, balkon yoki piyodalar yoʻlagiga oqib tushishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Sovutish va isitish qurilmalarining jihozlari (split) tebranishni kamaytiruvchi maxsus dempfer yostiqchalar (rezina yoki shunga oʻxshash boshqa materiallardan) orqali mahkamlanishi, shuningdek jihozlar ishlashi natijasida hosil boʻladigan shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasi SanQvaN 0008-20 da belgilangan chegaraviy qiymatlardan oshmasligi kerak.
8. Sovutish va isitish qurilmalari jihozlarining (split) kabel va quvurlari binoning fasad koʻrinishiga uygʻun tarzda, mazkur jihoz ortidan oʻtkazilishi, bunda barcha quvurlar hamda elektr kabellari himoyalangan va muhofazalangan boʻlishi lozim.
9. Qor va yogʻingarchilik miqdori koʻp boʻlgan hamda quyosh nurlari toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan hududlarda sovutish va isitish qurilmalarining jihozlari (split) ustidan himoya soyaboni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
10. Sovutish va isitish qurilmalarining tashqi jihozlari maxsus mustahkamlash kronshteynlari yordamida qoʻshimcha tarzda mahkamlanishi lozim.
11. Sovutish va isitish qurilmalarining jihozlari (split) oʻrnatilgan joyda texnik xizmat koʻrsatish uchun erkin harakatlanish hamda xizmat koʻrsatish ishlarini xavfsiz bajarish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi zarur.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 01/2-2-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 384, 31.01.2026 y.) asosan kiritilgan)
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-avgustdagi 01/2-57-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 15-oktabrdagi 480-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 25 sentabrdagi 258-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 18-fevraldagi 22-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 2-son oʻzgartirishlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 13 oktabrdagi 341-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (hisob raqami 219, 2023-yil 23-noyabr).