toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirgan holda tizimlashtirish, sohada innovatsion yechimlar, ilmiy-texnik ishlanmalar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish hamda qurilishda narxni shakllantirishning samarali tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga muvofiq:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Qurilish sohasida texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta nomlanganligi;
b) Institut:
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish va ularning fondini yaratish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni.
qurilish resurslari milliy klassifikatorini (keyingi oʻrinlarda — milliy klassifikator) joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
obyektlarning umumiy maʼlumotlar muhiti (CDE / Common Data Environment), qurilishda korxonalar resurslarini rejalashtirish (ERP / Enterprise Resource Planning) va axborot modellashtirish (BIM / Building Information Modeling) texnologiyalarini (keyingi oʻrinlarda — axborot-dasturiy tizimlar) joriy etish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan “Uzbekistan building code” UBC 3-ilovaga muvofiq;
Qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qurilish va uy-joy sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik norma va qoidalarini (keyingi oʻrinlarda — normativ hujjatlar) hamda innovatsion va raqamli texnologiyalarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, amaliyotga joriy qilish muammolarini tahlil qilish orqali takomillashtirish;
normativ hujjatlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish, ekspertizadan oʻtkazish, kelishish va ularning fondini yaratish;
vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarining sohadagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish;
eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, amaliyotda qoʻllash bilan bogʻliq muammolarni tahlil qilish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻunlashtirish;
qurilish materiallarini guruhlarga va boʻlimlarga tasniflagan holda, har birining alohida identifikatsiya raqamlanishini va normativ hujjatlarga muvofiq nomlanishini nazarda tutuvchi milliy klassifikatorni joriy qilish va narxlar elektron platformasini yuritish;
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasiga raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlarini va qurilish jarayonlari monitoringi tizimlarini joriy etish;
bino va inshootlarni energiya samaradorlik nuqtai nazaridan audit qilish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
qurilishda narxlarni shakllantirish tizimi va resurslar sarfi boʻyicha normativ bazani, shu jumladan, qurilish texnikalari, mashina va mexanizmlar hamda texnologiyalarni xronometrajdan oʻtkazish orqali takomillashtirib borish;
qurilish mahsulotlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash.
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida shartnomalar asosida olingan mablagʻlar;
Institutning raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan axborot-dasturiy tizimlarda roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilardan toʻlanadigan toʻlovlar;
milliy klassifikator va narxlar elektron platformasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar, ish va xizmatlarni sotish boʻyicha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
tadqiqotlar oʻtkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarishdan (xizmat koʻrsatish) tushadigan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
raqamli texnologiyalar asosida axborot-dasturiy tizimlar, milliy klassifikator va narxlar elektron platformasini joriy qilish, yuritish va uning uzluksiz ishlashini taʼminlash foydalanuvchilarning toʻlovlari, Institut mablagʻlari va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
vazirlikka normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadlari uchun har yili respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar shartnomaviy munosabatlar asosida taqsimot bilan Institutga va vazirlik tizimidagi loyiha institutlariga yoʻnaltiriladi, shuningdek, bunda zarur hollarda boshqa tegishli tashkilotlar jalb etiladi.
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-aprel,
231-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
1-ILOVA
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish

1.

Respublikada qoʻllanishiga ruxsat etilgan xorijiy normativlarni:

Yevrokodlarni (European Codes, ES);

Britaniya standartlarini (British Standards, VS);

Xitoy milliy qurilish standartlarini (GB, CJ, JC, JG va boshqalar);

Koreya qurilish kodlarini (Korean building code, KVS);

Rossiya qurilish meʼyorlari va qoidalarini (SNiP);

AQSH xalqaro qurilish kodlarini (International building code, IBC);

Yaponiya milliy standartlarini (Japanese Industrial Standards, JIS) implementatsiya qilish.

1. Respublikada qoʻllanishiga ruxsat etilgan xorijiy normativ hujjatlarni tahlil va implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

har yili mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yangilanadigan normativ hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash.

har yili aprel

3. Kelgusi yil uchun davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratish.

har yili iyul

4. Amaldagi normativ hujjatlar bilan uygʻunlashtirishni tashkil etish.

doimiy

2.

Bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllashga qaratilgan milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

1. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha mavjud amaliyotni tahlil qilish va takliflar tayyorlash.

har yili mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Kelgusi yil uchun davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratish.

har yili iyul

3. Oʻrganish natijalariga koʻra normativ hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

doimiy

3.

Bino va inshootlarning energetika auditi tizimini keng joriy etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni qoʻllash amaliyotini kengaytirish.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar) qoʻllashni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil sentabr

“Oʻzsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Normativ hujjatlarni ishlab chiqishda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

1. “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlari boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganish va talablarni shakllantirish.

har yili mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Manzilli roʻyxatda shakllantirish, shartnoma tuzish va moliyalashtirishni ochish.

har yili iyul

3. Normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlarini inobatga olish.

doimiy

II. Qurilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasini takomillashtirish

6.

Qurilishda standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita faoliyatini tashkil etish.

1. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita faoliyatida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning nizomi, tarkibi, ish dasturi loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

7.

Yillik standartlashtirish rejasini shakllantirish.

1. Standartlashtirish rejasiga yangi ishlab chiqiladigan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan standartlar roʻyxatini shakllantirish hamda tegishli organga kiritish.

har yili yanvar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yangi ishlab chiqiladigan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan standartlar roʻyxatini tasdiqlash.

doimiy

3. Standartlarni koʻrib chiqish va yangi standartlarni ishlab chiqish.

doimiy

8.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo Kengashning qurilish yoʻnalishidagi texnik qoʻmitalariga aʼzoligini taʼminlash.

1. MTK 540 “Qurilish materiallari va buyumlari” va MTK 465 “Qurilish” davlatlararo standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyatida ishtirok etuvchi vakolatli vakillarni belgilash.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Texnik qoʻmitalarga aʼzo boʻlish boʻyicha Standartlashtirish boʻyicha milliy organga murojaat yoʻllash.

2024-yil may

3. Davlatlararo Kengash faoliyati doirasida qurilish sohasida yangi ishlab chiqilayotgan, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilayotgan hamda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan Davlatlararo standartlarning respublikamiz iqtisodiyotiga salbiy va ijobiy taʼsiri yuzasidan baholash, takliflar kiritish va ovoz berish.

doimiy

9.

Standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO) ning texnik qoʻmitalariga aʼzolikni taʼminlash.

1. Qurilish sohasiga oid xalqaro texnik qoʻmitalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Texnik qoʻmitalar faoliyatida ishtirok etuvchi vakolatli vakillarni belgilash.

3. Texnik qoʻmitalarga dastlab kuzatuvchi sifatida aʼzo boʻlishni tashkil etish.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

4. Xalqaro tashkilotda ishlab chiqilayotgan standartlar bilan tanishib borish va zarur hollarda milliy standartlarning xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash.

doimiy

III. Qurilishda muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlarini takomillashtirish

10.

Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarining holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish va monitoring qilish.

1. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha normativ hujjatlar bazasini shakllantirish va amaliyotga joriy etish.

2024-yil iyul

3. Xodimlarni oʻqitish, ularning amaliyotini tashkil etish hamda zarur sinov va oʻlchov uskunalarini xarid qilish.

doimiy

11.

Qurilishda muvofiqlikni baholash faoliyatini kengaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma reja-dasturni tasdiqlash:

mahsulotlar, xizmatlar, sifat tizimlari va xodimlarni sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;

kompleks sinov laboratoriyasini xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazish;

kompleks sinov laboratoriyasining akkreditatsiya doirasini kengaytirish;

bino va inshootlarning energiya samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlash;

bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlash;

bino va inshootlarning issiqlik oʻtkazuvchanlik koʻrsatkichlarini aniqlash;

akustika;

bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

12.

Kompleks sinov laboratoriyasi uchun provayderlik vakolatini olish.

1. Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Kompleks sinov laboratoriyasini provayderlik vakolatini olish uchun akkreditatsiyaga tayyorlash.

2. Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi bilan hamkorlikda provayderlik vakolatini olish.

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

IV. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish

13.

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya va infratuzilma loyihalarida loyiha yechimlarini qoʻllash bilan bogʻliq muammolarni oʻrganib, milliy normativ hujjatlarni yangilash.

1. Yillik davlat dasturlarida nazarda tutiladigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarda loyiha yechimlarini qoʻllash bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish va talabnoma ishlab chiqish.

har yili avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Loyihaoldi hujjatlarida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan milliy normativlarni yangilash uchun mablagʻlarni inobatga olish.

Kelishuv va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish

3. Milliy normativ hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

doimiy

14.

Xalqaro hamkorlik doirasida oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Rivojlangan davlatlarning oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida muzokaralar oʻtkazish.

2. Oʻzaro anglashuv memorandumlarini imzolash.

3. Tasdiqlangan memorandumlar asosida ishlarni tashkil etish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

15.

Xalqaro tashkilotlarni hamkorlikni rivojlantirishga jalb qilish.

1. Xalqaro tashkilotlarning sohaga oid faoliyatini kuzatib tahlil qilish va tanlangan yoʻnalishlar boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2. Oʻzaro anglashuv memorandumlarini imzolash.

3. Tasdiqlangan memorandumlar asosida ishlarni tashkil etish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Xalqaro savdo markazi (ITC) bilan standartlarni ishlab chiqish va xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish, mahsulotlar katalogini yaratish, mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro talablar asosida sinovlarni oʻtkazish yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida ITC bilan hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash, dastur va grantlarda ishtirok etish

2024-2025yillar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

V. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

17.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish.

1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash va ularda ishtirok etish.

2. Yillik ilmiy faoliyatga oid dasturlarni shakllantirishda shaharsozlik sohasi boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

18.

Oliy taʼlim muassasalaridan shaharsozlik faoliyati sohasidagi yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.

1. Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ularda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar roʻyxatini shakllantirish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Iqtidorli mutaxassislarni tanlab, ular bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish.

doimiy

19.

Shaharsozlik sohasida ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil qilish.

1. Xorijiy va mahalliy yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy faoliyatini oʻrganish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ilmiy kengashlar tashkil etishga doir hujjatlar va ularning tarkibini shakllantirish.

2024-yil sentabr

3. Tegishli hujjatlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritish.

2024-yil dekabr

21.

Shaharsozlik sohasida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.

1. Malakali mutaxassis va professor-oʻqituvchilarni oʻquv jarayoniga jalb qilish.

2. Buyurtmachilar taklifi asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

3. Malaka oshirishni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar belgilangan tartibda sertifikat berish.

doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

IV. Qurilishda raqamli texnologiyalarni joriy etish

22.

Mahalliy dasturchilar tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish.

1. Reja-dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. BIM texnologiyalari talablari asosida shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish;

2024-yil oktabr

3. Dasturiy taʼminotning texnik shartini ishlab chiqish va kiberxavfsizlik talablariga ekspertizadan oʻtkazish.

doimiy

4. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish, soha mutaxassislarini oʻqitish va dasturiy taʼminotni yangilab borish.

doimiy

23.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ilmiy-texnik kutubxonasini tashkil qilish va dasturiy ilovani yaratish.

1. Ilmiy-texnik kutubxonani tashkil qilish va dasturiy ilova ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriq tayyorlash va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Manzilli roʻyxatni shakllantirish, shartnoma tuzish va moliyalashtirishni ochish.

2024-yil sentabr

3. Normativ hujjatlar elektron arxivini tayyorlash, dasturiy ilova loyihasini ishlab chiqish, kelishish va ishga tushirish.

2025-yil mart

4. Dasturiy ilovani yangilab borish.

doimiy

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar
ROʻYXATI

T/r

T/r

SHNQ raqami

SHNQ nomi

2024-yilda

1.

1.

SHNQ 1.01.01

Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar tizimi.

2.

2.

SHNQ 1.02.07

Qurilish uchun muhandislik qidiruvlari. Umumiy koʻrsatmalar.

3.

3.

SHNQ 1.02.08

Qurilish uchun muhandislik-geodeziya qidiruvlari.

4.

4.

SHNQ 1.02.05

Qurilish uchun muhandislik-ekologiya qidiruvlari.

5.

5.

SHNQ 1.04.04

Qurilishda buyumlar, uskunalar va materiallardan takroriy foydalanish.

6.

6.

SHNQ 1.05.01

Qurilishda axborot modellashtirish. Ishlab chiqarish va texnik boʻlimlar tomonidan ishlarni tashkil etish qoidalari.

7.

7.

QMQ 2.01.03

Seysmik hududlarda qurilish.

8.

8.

QMQ 2.01.04

Qurilish issiqlik texnikasi.

9.

9.

SHNQ 2.01.05

Tabiiy va sunʼiy yoritish.

10.

10.

QMQ 2.01.07

Yuklar va taʼsirlar.

11.

11.

QMQ 2.01.08

Shovqindan himoya.

12.

12.

QMQ 2.01.09

Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar.

13.

13.

QMQ 2.01.18

Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari.

14.

14.

SHNQ 2.01.20

Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishi.

15.

15.

QMQ 2.02.01

Bino va inshootlarning asoslari.

16.

16.

QMQ 2.03.01

Beton va temir-beton konstruksiyalar.

17.

17.

QMQ 2.03.10

Tom va tom qoplamalari.

18.

18.

QMQ 2.03.11

Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish

19.

19.

SHNQ 2.03.13

Pollar.

20.

20.

QMQ 2.04.03

Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar.

21.

21.

QMQ 2.04.13

Qozonxonalar.

22.

22.

QMQ 2.04.16

Quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalari.

23.

23.

QMQ 2.04.17

Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari.

24.

24.

SHNQ 2.07.02

Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish.

25.

25.

SHNQ 2.07.06

Shahar koʻcha yoʻllari. Loyihalash 1-qism

26.

26.

SHNQ 2.07.06

Shahar koʻcha yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism

27.

27.

SHNQ 2.07.06

Shahar koʻcha yoʻllari. Harakat xavfsizligi 3-qism

28.

28.

QMQ 2.08.02

Jamoat binolari va inshootlari

29.

29.

SHNK 2.08.01

Turar joy binolari

30.

30.

SHNQ 2.08.03

Sanatoriylar.

31.

31.

QMQ 2.08.04

Maʼmuriy binolar.

32.

32.

QMQ 2.08.10

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari

33.

33.

QMQ 2.08.11

Madaniyat tashkilotlari

34.

34.

QMQ 2.08.12

Madaniy-meros obyektlari

35.

35.

SHNQ 2.08.16

Bank muassasalari

36.

36.

SHNQ 2.09.09

Donni saqlash va ishlov berish korxonalari, binolari va inshootlari.

37.

37.

SHNQ 2.09.20

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari.

38.

38.

SHNK 2.09.21

Yongʻin oʻchirish deposi va postlari.

2025-yilda

39.

1.

SHNQ 1.02.01

Bino va inshootlarni qurilishida geotexnik monitoring. Qoidalar toʻplami.

40.

2.

SHNQ 1.02.02

Qurilishda geodeziya ishlari.

41.

3.

SHNQ 2.01.01

Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar.

42.

4.

SHNQ 2.01.02

Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi.

43.

5.

SHNQ 2.01.19

Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash.

44.

6.

QMQ 2.03.03

Armotsement konstruksiyalar.

45.

7.

QMQ 2.03.04

Oshirilgan va yuqori haroratlar taʼsiri sharoitlarida ishlash uchun moʻljallangan beton va temir-beton konstruksiyalar.

46.

8.

SHNQ 2.03.06

Aluminiy konstruksiyalar.

47.

9.

QMQ 2.03.07

Tosh va oʻzaktoshli qurilmalar.

48.

10.

SHNQ 2.03.08

Yogʻoch konstruksiyalar.

49.

11.

QMQ 2.04.01

Binolarning ichki suv taʼminoti va kanalizatsiya.

50.

12.

SHNQ 2.04.02

Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar.

51.

13.

QMQ 2.04.05

Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash.

52.

14.

QMQ 2.04.07

Issiqlik tarmoqlari.

53.

15.

SHNQ 2.04.08

Gaz taʼminoti. Loyiha meʼyorlari.

54.

16.

SHNQ 2.04.14

Uskunalar va quvur oʻtkazgichlarning issiqlik izolyatsiyasi.

55.

17.

SHNQ 2.05.04

Metropolitenlar.

56.

18.

QMQ 2.05.05

Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari.

57.

19.

SHNQ 2.05.09

Tramvay va trolleybus yoʻllari.

58.

20.

SHNQ 2.06.03

Sugʻorish tizimlari. Loyihalashtirish normalari.

59.

21.

SHNQ 2.06.12

Suv oqimini boshqarish uchun suv omborlari.

60.

22.

SHNQ 2.08.13

Savdo va umumiy ovqatlanish majmualari

61.

23.

SHNQ 2.08.14

Maishiy xizmat koʻrsatish majmualari

62.

24.

SHNQ 2.08.18

Turizm obyektlari

63.

25.

SHNQ 2.08.19

Sud va prokuratura binolari

64.

26.

SHNQ 2.08.20

Arxiv binolari

65.

27.

QMQ 2.05.06

Magistral quvuroʻtkazgichlar

2026-yilda

66.

1.

QMQ 2.01.14

Hisobiy gidrologik tavsiflarni aniqlash.

67.

2.

KMK 2.02.02

Gidrotexnika inshootlari zaminlari.

68.

3.

SHNQ 2.02.03

Qoziqli poydevorlar.

69.

4.

QMQ 2.02.05

Dinamik yuklamali mashinalar poydevorlari.

70.

5.

SHNQ 2.03.05

Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalashtirish meʼyorlari.

71.

6.

SHNQ 2.04.09

Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi.

72.

7.

SHNQ 2.04.18

Shaharlar va qishloq aholi yashaydigan joylarni tashqi yoritish.

73.

8.

QMQ 2.04.20

Turar joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalarini loyihalash.

74.

9.

SHNQ 2.05.03

Koʻpriklar va quvurlar.

75.

10.

QMQ 2.05.08

Aerodromlar.

76.

11.

SHNQ 2.06.01

Gidrotexnika inshootlari.

77.

12.

QMQ 2.06.04

Gidrotexnika inshootlariga boʻlgan taʼsirlar va yuklanishlar.

78.

13.

QMQ 2.06.05

Gruntdan boʻlgan toʻgʻonlar.

79.

14.

QMQ 2.06.06

Beton va temir-beton toʻgʻonlar.

80.

15.

SHNQ 2.06.07

Tirgak devorlar, kema qatnovi shlyuzlari, baliq oʻtkazish va baliq muhofazasi inshootlari.

81.

16.

QMQ 2.06.08

Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton konstruksiyalari.

82.

17.

SHNQ 2.06.16

Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash.

83.

18.

QMQ 2.07.03

Korxonalar, binolar va inshootlar hududlarini toʻsish.

84.

19.

SHNQ 2.07.04

Qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil qilish.

85.

20.

QMQ 2.08.06

Sanitar-epidemiologik stansiyalar.

86.

21.

QMQ 2.09.01

Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari.

87.

22.

SHNQ 2.09.04

Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari.

88.

23.

SHNQ 2.09.07

Chorvachilik, parrandachilik va hayvonchilik korxonalari.

89.

24.

SHNQ 2.09.08

Issiqxonalar va bugʻxonalar.

90.

25.

SHNQ 2.09.10

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun binolar va xonalar.

91.

26.

QMQ 2.09.11

Quruq mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari omborlari.

92.

27.

SHNQ 2.09.13

Yer osti kon lahimlarini loyihalash.

93.

28.

SHNQ 2.09.19

Neft va neft mahsulotlari omborxonalari.

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
3-ILOVA
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024 — 2026-yillarda ishlab chiqiladigan
“Uzbekistan building code” UBC

Boʻlim

UBC boʻlimlari nomi

Ishlab chiqish muddati

Hamijrochilar

A.

Umumiy qoidalar va talablar

2024 yil

“Boshtransloyiha” AJ,

“Avtomobil yoʻllari ilmiy tekshirish instituti” DK,

“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ,

“Gidroproyekt” AJ,

“OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti DM,

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti DM,

“Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti DM,

“Toshuyjoy LITI” AJ,

“Kommunal loyiha ilmiy tadqiqot instituti” DM,

“OʻzLITIneftgaz” AJ,

“Tashgiprogor” AJ,

tegishli vazirlik va idoralar

v.

Shaharsozlik

2024 yil

d.

Maxsus imkoniyatlar va qulayliklar

2024 yil

e.

Vertikal tuzilmalar

2025 yil

F.

Tashqi toʻsiq konstruksiyalari

2025 yil

g.

Yuk koʻtarish konstruksiyalari

2026 yil

h.

Muhandislik tarmoqlari

2025 yil

i.

Ichki muhit

2025 yil

j.

Xavfsizlik

2026 yil

k.

Yongʻin xavfsizligi

2024 — 2026 yillar

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari va topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
4-ILOVA
Qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Milliy klassifikatorga milliy standart va qurilish normalaridagi oʻzgartirishlar asosida yangi resursni kiritish

Doimiy ravishda

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida Milliy klassifikator va elektron katalog platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma)ni yaratish va tegishli vazirliklar va idoralar bilan integratsiya qilish

Bir hafta davomida

3-bosqich

Tovar-xom ashyo birjasi

Tovar-xom ashyo birjasida shakllangan qurilish resurslari narxlari boʻyicha haftalik kotirovkalarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

4-bosqich

Bojxona qoʻmitasi

Respublika hududiga olib kirilib, “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan qurilish materiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali “BYD toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi” axborot tizimi orqali Platformada aks ettirish

Doimiy

5-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

Platformada ERI orqali roʻyxatdan oʻtib qurilish resurslari boʻyicha texnik va narx parametrlari boʻyicha eʼlonlarni joylashtirish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Doimiy

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat xaridlari elektron tizimidan qurilish resurslariga oid maʼlumotlarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

7-bosqich

Soliq qoʻmitasi

Mahsulotlarning yagona elektron katalogidan qurilish resurslariga oid maʼlumotlarni avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

8-bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi

Tizimlarni integratsiya qilish orqali 12-narx (sanoat) shakli (oylik). Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari narxlari toʻgʻrisida hisoboti asosida qurilish resurslari nomi, oʻlchov birligi, tegishli davrdagi narx koʻrsatkichlarini aks ettirish

Hisobot davrida

9-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Tizimlarni integratsiya qilish orqali qurilish materiallari boʻyicha muvofiqlik sertifikatlarini belgilangan standartlar asosida ularning texnik parametrlari koʻrsatkichlarini avtomatik tarzda Platformada aks ettirish

Doimiy

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son qaroriga
5-ILOVA
Qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Institut

Obyektlarni BIM texnologiyalari asosida loyihalashtirish uchun BIM-server va unga “Loyiha boshqaruvi tizimi” dasturiy-texnik majmuani joylashtirishni tashkil etish

Tizim ishga tushgandan soʻng bir oy muddatda

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Quriladigan obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish

24 soat davomida

3-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Loyiha tashkilotlariga tizimga ulanish uchun ruxsat berish

Buyurtmachi bilan shartnoma imzolangan kundan 24 soat davomida

4-bosqich

Loyiha tashkilotlari

Loyiha boshqaruvi tizimida obyektlarning raqamli modellarini loyihalashtirish

Shartnomada belgilangan muddatda

5-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Loyiha boshqaruvi tizimida loyihalangan obyektlarning modellarini raqamli holda ekspertizadan oʻtkazish

Shartnomada belgilangan muddatda

6-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Qurilish-pudrat tashkilotlariga tizimga kirish va ishlash uchun ruxsat berish

Shartnoma rasmiylashtirilgan kundan 24 soat davomida

7-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Qurilayotgan obyektlarda qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalda bajarilishini real vaqt rejimida kuzatib borish uchun masʼul rahbarlarga ruxsat berish

Oʻrnatilgan tartibda, soʻrovga koʻra

8-bosqich

Qurilish-pudrat tashkiloti, loyiha tashkiloti, buyurtmachi, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi

Obyektning qurilish sifati va muddatini nazorat qilib borish

Obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar, oʻrnatilgan tartibda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/231/0296-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)