1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PQ-188-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengash to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-oktabr,
709-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2. Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarini amalga oshiruvchi yagona respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
3. Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
6. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi;
qisqartirilgan nomi — “O‘zatom” agentligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Agentstvo po atomnoy energii pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo “Uzatom”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Atomic energy agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — “Uzatom” Agency.
8. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili):
Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 26/1.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
9. Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat korxonasi;
Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali.
Agentlik tomonidan ta’sis etilgan va ulushida Agentlikning hissasi bo‘lgan boshqa tashkilotlar.
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, mazkur sohadagi norma va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqish hamda qabul qilish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yong‘in xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini ta’minlash choralarini ko‘rish;
tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etish;
fundamental tadqiqotlarning, ilmiy izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini yaratish hamda takomillashtirish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek, radiatsiya hamda yadro xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘rish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, shu jumladan, chet elda tashkil etish;
avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etish;
yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlarning shakllantirilishini va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashni idoraviy nazorat qilish;
yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilash, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
11. Agentlik o‘ziga yuklangan atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish yo‘nalishida quyidagi vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi:
a) atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishida:
atom energiyasidan foydalanish, yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yadro texnologiyalarini, shu jumladan, ionlashtiruvchi nurlanish asosida ishlaydigan qurilmalarni (tezlatkichlar, siklotronlar va boshqalar) joriy etish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini, yagona davlat siyosatini amalga oshirish doirasida takliflar ishlab chiqadi va Kengash tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport va import qilish faoliyatini takomillashtirishda tegishli takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishida:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarining atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini, shu jumladan, ionlashtiruvchi nurlanish asosida ishlaydigan qurilmalarni (tezlatkichlar, siklotronlar va boshqalar) joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, takomillashtiradi, tavsiyalar ishlab chiqadi hamda birgalikda ishlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;
v) atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘nalishida;
atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi;
milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Kengash tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
radiatsiya, yadro, sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obyektlarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida innovatsion yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasiga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniya va banklar, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamkorlikni amalga oshiradi;
Agentlik va tizim tashkilotlari faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etadi;
g) atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish yo‘nalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralarini ta’minlaydi;
obyektning aholi va atrof-muhitga ta’sirini baholash tuzilmasi, jumladan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi va mezonlarini ishlab chiqadi;
tasarrufidagi energetik atom reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni saqlash punktlari, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlarini atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari talablari va tavsiyalariga ko‘ra sanoat, yadroviy, radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ularning darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
tizimidagi tashkilotlar bilan birgalikda tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etishda va milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish faoliyatini ilmiy-texnologik va metodik ta’minlashni tashkil etadi;
radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi o‘lchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularning mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini ta’minlaydi;
d) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, mazkur sohadagi norma va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqish hamda qabul qilish yo‘nalishida:
o‘z vakolatlari doirasida atom energiyasidan foydalanishni va yadro texnologiyalarini joriy etadi, milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, boshqa manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishadi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa manfaatdor tashkilotlarining atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda kelishib beradi;
o‘z vakolatlari doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi;
e) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yong‘in xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish yo‘nalishida:
tasarrufidagi yadroviy qurilmalar va saqlash punktlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;
ishlab chiqilgan yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini va dasturlarini tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini monitoring qiladi va tegishli choralarni ko‘radi;
j) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini ta’minlash choralarini ko‘rish yo‘nalishida:
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jismoniy himoya qilishning texnik va tashkiliy choralarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jismoniy himoya qilishni ta’minlashda loyihalashtirish, barpo etish, ishga tushirish, foydalanish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishini tashkil etadi;
z) tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etish yo‘nalishida:
tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, qurilishiga, ulardan foydalanishga, barpo etish bo‘yicha bitim va shartnomalar tuzishga oid choralarni ko‘radi, ishlarni muvofiqlashtiradi;
tasarrufida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishadi hamda Kengash tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
i) fundamental tadqiqotlarning, ilmiy izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish yo‘nalishida:
atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlaydi, amalga oshiradi hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda atom energiyasidan foydalanish sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tarmoqni rivojlantirishning har yilgi, o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlari doirasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki tizimidagi tashkilotlar orqali xorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
k) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini yaratish hamda takomillashtirish yo‘nalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy, yadroviy va ekologik xavfsizlik tizimini yaratadi va takomillashtiradi;
qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, obyektni ishlatish va ekspluatatsiya qilish paytida, shuningdek, baxtsiz hodisalar yuz berganda, zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar va masofadan turib monitoring yordamida ekotizimning barcha tarkibiy qismlarining o‘zgarishi bo‘yicha sanoat ekologik nazorati (monitoringi) dasturini ishlab chiqadi;
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari ko‘rsatma va tavsiyalarini inobatga olgan holda, tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tizimini takomillashtiradi;
l) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek, radiatsiya hamda yadro xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘rish yo‘nalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligiga doir tadbirlarni amalga oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, atom energiyasidan foydalanish obyektlarini faoliyat yuritish jarayonida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilarning hisob-kitobi yuritilishini ta’minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida energiya resurslarini tejash, ularning samaradorligini oshirish maqsadida energoaudit jarayonini o‘tkazilishini ta’minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi maxfiy ma’lumotlarning aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish bo‘yicha bitim va shartnomalar tuzadi va qabul qilingan majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;
radiatsiyaviy xavfsizlikning asosiy tamoyillari va standartlariga rioya qilish, shuningdek, atrof-muhitga radiatsiyaviy ta’sirni cheklash orqali xodimlar va aholi salomatligini ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida samarali radiatsiyaviy himoyani yaratadi;
loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlar amaldagi qonunchilik talablariga, qoidalarga, shuningdek, atrof-muhit xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan Xalqaro atom energiya agentligi tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlash;
m) atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, shu jumladan, chet elda tashkil etish yo‘nalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish, yadroviy texnologiyalardan foydalanish va milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashni, yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
yagona kadrlar siyosati amalga oshirilishini ishlab chiqadi va ta’minlaydi hamda Agentlik, idoraviy mansub muassasalari xodimlari mehnatiga ish haqi to‘lash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi;
n) avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish yo‘nalishida:
tasarrufidagi yadroviy qurilma va saqlash punktlarida avariyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tasarrufidagi yadroviy qurilma va saqlash punktlarida avariyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi;
tasarrufidagi yadroviy qurilma va saqlash punktlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan avariyaga oid tashqi reja hisobga olingan holda, avariyaga oid ichki reja ishlab chiqilishini hamda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar bilan kelishilishini va tasdiqlanishini ta’minlaydi hamda uning bajarilishini nazorat qiladi;
o) O‘zbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etish yo‘nalishida:
respublika hududida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimini yaratishda va ulardan foydalanishda ishtirok etadi;
tasarrufidagi obyektlarda radiatsiyaviy avariyalar sodir bo‘lgan taqdirda, kuch va vositalarning harakatga tayyorligini ta’minlash, shuningdek, avariyalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini idoraviy nazorat qiladi;
p) yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlarning shakllantirilishini va ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish yo‘nalishida:
yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar ijrosining idoraviy nazoratini ta’minlaydi;
yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid tartib va qoidalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda dasturlar ijrosini idoraviy nazorat qiladi;
r) yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilash, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash yo‘nalishida:
yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi hamda ushbu tashkilotlarning nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
s) atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash yo‘nalishida:
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni, shu jumladan, Xalqaro atom energiyasi agentligi hamda shu sohadagi boshqa tashkilotlar bilan atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni ta’minlash sohasida hamkorlik qiladi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi xalqaro bitim va shartnomalarni imzolaydi hamda ulardagi O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini vakolatlari doirasida bajarilishini ta’minlaydi.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
12. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotlarini statistika organlaridan tekin olish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha kengashlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda tashkil etish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va o‘quv markazlarini, xo‘jalik hisobidagi axborot markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Agentlik atom elektr stansiyalarini qurish uchun ta’sis etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalida, shuningdek, yadro texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi boshqa loyihalarda birgalikda moliyalashtirish yo‘li bilan ishtirok etish;
Agentlik o‘z faoliyatini tashkil etishda va takomillashtirishda, jumladan, dizayn, marketing, moliyaviy, yuridik va boshqa xizmatlarni olishda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hamda xarid qilish tartib-taomillariga asosan shartnomalar tuzish orqali xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;
o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarni ishlab chiqish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, xorijiy va milliy olimlarni, ekspertlar hamda mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish va ularning mehnati (xizmati)ga shartnomalar asosida haq to‘lash;
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish, shuningdek, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ularning mehnatiga milliy yoki chet el valyutasida (xorijdagi hisobvaraqlarga o‘tkazgan holda) haq to‘lash;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun noshirlik faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish hamda ommaviy axborot vositalarini (matbuot organlarini) ta’sis etish;
tizimidagi tashkilotlarga tegishli mol-mulkini operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish to‘g‘risida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishuvga ko‘ra qaror qabul qilish;
binolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, asosiy vositalardan va inventarlardan hamda xo‘jalik buyumlaridan, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minot vositalarini xarid qilish ishlarini bajarish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatini rag‘batlantirish tizimlarini shakllantirish;
Agentlik xodimlarini va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarini, ular tomonidan tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarning bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
yuklangan topshiriq va vazifalarni amalga oshirish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilm-fan va ta’lim muassasalari mutaxassislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan jalb etish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
o‘z vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda, forumlar va maydonchalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga va boshqa mutasaddi organlarga kiritish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar mutaxassislarini stajirovkalardan o‘tkazish, ularning malakasini oshirish, xalqaro konferensiyalarda, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy mamlakatlarga belgilangan tartibda yuborish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar o‘tkazish;
tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
13. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi, shuningdek, yuklangan vazifalarning sifatli bajarilishi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi, ularning ijrosi ta’minlanishi;
atom energetikasi uchun yuqori malakali, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli, professional bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ushbu tarmoq xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ularning mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
Agentlikning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi;
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi va natijadorligi ta’minlanishi.
4-bob. Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish;
o‘z o‘rinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash va vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqilishini, ular O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va energetika vazirining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsiy qabullar o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Agentlik Hay’at majlislarida raislik qilish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda belgilash hamda ularga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlarini ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;
Agentlik mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Agentlikning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Agentlik nomidan bozor ishtirokchilariga yozma so‘rovlar yuborish;
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
Agentlik xodimlariga vazifalarni yuklash;
Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Agentlikning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish;
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishi (viza qo‘yilishi)ni ta’minlash;
davlat sirlari bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
(14-bandning o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlikning xarajatlari smetasini tasdiqlash;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
15. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik direktori ma’lum sabablarga ko‘ra (xizmat safari, mehnat ta’tili, betobligi davrida) yo‘qligida uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatining o‘zi mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar bo‘linma rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Agentlikning va Agentlik direktorining buyruq hamda topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash;
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarda kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsiy qabullar o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya qilish va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
Agentlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqib, ko‘rib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
xalqaro standartlarga muvofiq atom energiyasi sohasidagi normativ bazaning tizimli asosda qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasini rivojlantirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
davlat sirlari bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
(15-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
16. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Agentlikning ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha hamda Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
17. Agentlik direktori o‘rinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
18. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Agentlik direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Agentlik direktori maqomi bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
19. Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatiga yakka tartibda rahbarlik qiladi;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Agentlik xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
o‘z vakolati doirasida Agentlik xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin;
Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq direktor o‘rinbosarlari bajaradi.
20. Agentlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Agentlik Hay’ati
21. Hay’at Agentlikning kollegial organi hisoblanib, direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozim bo‘yicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
22. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik vazifalarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolatlari doirasida bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Agentlik tarkibiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
23. Agentlik direktori qarori bilan quyidagilar:
Hay’at ish rejalari va belgilangan vazifalarni bajarish muddatlari;
takliflar tashabbusi bilan chiqish, loyihalarni boshlash va hisobot berish tartiblari;
Hay’atning faoliyatini samarali ta’minlash uchun Agentlik mas’ul tarkibiy bo‘linmalarining vazifalari tasdiqlanishi mumkin.
24. Hay’at yig‘ilishiga Agentlik vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
25. Hay’at majlisi a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Hay’at qarorlari oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
26. Direktor va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor ushbu kelishmovchiliklar xususida Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.
27. Hay’at o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli.
28. Hay’at qarorlari Hay’at raisi tomonidan imzolanadi va Agentlik buyrug‘i (qarori) bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
29. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
30. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
31. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
32. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda moddiy rag‘batlantirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
33. Agentlikning moddiy-texnika ta’minoti, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
34. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga umumiy ko‘p yillik xizmati uchun (xususiy sektor, yakka tartibdagi tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari) rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har chorakda ustama to‘lanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 0,15;
5 yildan 10 yilgacha — 0,30;
10 yildan 15 yilgacha — 0,45;
15 yildan 20 yilgacha — 0,60;
20 yildan ortiq — 0,75.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamg‘arma hisobidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
35. Agentlik tuzilmasi va shtatlar jadvali Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
36. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashda Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 2-ilovada ko‘rsatilgan razryadlar qo‘llaniladi.
Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot, qo‘shimcha to‘lov, ustama va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar direktor tomonidan belgilanadi;
Jamg‘arma mablag‘lari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bayram sanalari munosabati bilan shtat jadvaliga ko‘ra xodimlar lavozim maoshiga nisbatan mukofot to‘lanadi.
37. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan razryadlariga asosan boshqaruv xodimlarning lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
38. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga Jamg‘arma hisobidan quyidagilar to‘lanadi:
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha har oylik kompensatsiya to‘lovi;
yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha har oylik kompensatsiya to‘lovi (xizmat avtotransport vositalari bilan ta’minlangan yoki shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini oladigan xodimlar bundan mustasno);
xodim har yillik mehnat ta’tiliga chiqayotganda Jamoa shartnomasida belgilangan miqdorlarda moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari;
lavozim maoshining ikki baravari miqdorida har oylik shaxsiy ustama to‘lov, bunda ushbu ustama direktor va uning o‘rinbosarlariga lavozim maoshining bir yarim baravaridan oshmasligi lozim;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimiga muvofiq quyidagi hajmlarda:
direktorga lavozim maoshining besh baravarigacha;
direktorning birinchi o‘rinbosari, bosh muhandisi hamda direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining to‘rt baravarigacha;
direktor maslahatchilari, boshqarma va bo‘lim boshliqlariga lavozim maoshining uch yarim baravarigacha;
bosh mutaxassislarga lavozim maoshining uch baravarigacha;
yetakchi mutaxassislar va yordamchi xodimlarga lavozim maoshining ikki yarim baravarigacha har oy mukofot puli to‘lanadi;
xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega xodimlarga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lov amalga oshiriladi.
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga umumiy ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda (mazkur Nizomda belgilangan hajmlarda) to‘lanadigan har choraklik ustamaning teng yarmini qoplash orqali amalga oshiriladi.
39. Bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirganlik, xodimlar soni kamligi (vakansiyalar hisobiga) sababli ish hajmi ko‘payganligi uchun lavozim maoshining 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshiriladi.
40. Xorijiy mutaxassislar va xalqaro maslahatchilarning ish haqi tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq to‘lanadi.
41. Faxriy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
42. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimi asosida baholash Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarida tashkil etiladigan komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibi Agentlik (tizimidagi tashkilotlar) direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga direktor-komissiya raisi, direktor o‘rinbosarlari, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i, yuridik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i, moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i, bosh hisobchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi kiradi.
Komissiya qarori ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli bayon bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
43. Har oyning moddiy rag‘batlantirish miqdori shu oyning 30-sanasigacha belgilanadi.
44. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari uchun Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga lavozim maoshining bir baravarigacha miqdorida pul mukofoti to‘lanadi.
45. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda xizmat safarida bo‘lish davridagi kunlik yashash, transport va turar-joy xarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi.
46. Mehnat jarohati tufayli xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi bazaviy hisoblash miqdorining kamida o‘n baravari miqdorida bir martalik nafaqa to‘laydi.
10-bob. Ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
47. Ish beruvchi va xodim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va qat’iy amalga oshirilishini ta’minlaydi.
48. Ish beruvchi yiliga kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlarni epidemiologik xavf tug‘diruvchi kasalliklarga qarshi emlanishini ta’minlaydi.
49. Ish beruvchi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlari uchun sanatoriy-kurort, dam olish uylariga yo‘llanmalarni xarid qilinishini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
50. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida oilaviy sharoiti (nikoh, bola tug‘ilishi, yaqin qarindoshlarning (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, bolalar) vafoti) uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moddiy yordam to‘lovlari (qo‘shimcha to‘lovlar) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha to‘lanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
51. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga yiliga bir marta, 1-noyabrgacha qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida o‘n baravari miqdorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
52. Yoshga doir davlat pensiyasini olayotgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, xodimga bazaviy hisoblash miqdorining kamida ellik baravari miqdorida moddiy yordam to‘lanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
53. Ish beruvchi Jamg‘armaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Agentlikning zarur yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli kadrlarini mahalliy hamda chet el oliy o‘quv yurtlarida maqsadli o‘qitish, o‘quv-kontrakt to‘lovlarini xodimning ish haqi yoki Agentlik hisobidan keyinchalik ishlab berish sharti bilan to‘lab berishi mumkin.
54. Jamg‘arma hisobidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan ustama, mukofot, rag‘bat va moddiy yordamlar (qonunchilik hujjatlarida yoki Jamoa shartnomasida belgilangan hollar bundan mustasno) to‘lashni amalga oshirish qat’iyan taqiqlanadi.
55. Agentlik xodimlariga oldingi tashkilotlarda berilgan martaba darajalari saqlanadi.
11-bob. Agentlikning hisobdorligi
56. Agentlik direktori Agentlik faoliyatining natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
57. Faoliyat monitoringi va bahosi yakunlariga ko‘ra Agentlik mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va o‘z vaqtida bajarganlik uchun rag‘batlantirish yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan javobgarlik choralari ko‘riladi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
58. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini boshqarish, shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaklda tashkil etiladi.
2-bob. Jamg‘armani boshqarish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
3. Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirgan holda boshqariladi:
Jamg‘armaning yillik tushumi (daromadi) va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Jamg‘arma mablag‘lari tushumi (daromadi) va xarajatlarining hisobotlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash;
Jamg‘armaga xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablag‘larni jalb qilish;
Jamg‘armaga mablag‘larni jalb qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Jamg‘armaning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan, “Navoiyuran” davlat korxonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan “Navoiyuran” davlat korxonasida har yilgi ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilib, dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, dividendlarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalari Jamg‘armaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Xalqaro moliya va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, homiylik xayriyalari, xorijiy donorlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari Jamg‘armaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Jamg‘armaga tushgan boshqa mablag‘lar har bir valyuta turi bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga belgilangan tartibda alohida o‘tkaziladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
6. Jamg‘arma mablag‘laridan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tushum (daromad) va xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda foydalaniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish, mukofotlar hamda moddiy yordam mablag‘larini to‘lab berish va ijtimoiy himoya qilishga;
Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan, avtotransport va asosiy vositalarini xarid qilish va joriy ta’mirlashga;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini, shu jumladan, tashqi, ichki va qurilish infratuzilmasi obyektlarini, xodim va ishchilar uchun xizmat uylarini barpo etish (loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish va yetkazish, qurilish, montaj va ishga tushirish ishlari va boshqalar), yadro texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarga;
innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirishga;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida jalb qilingan shaxslarga haq to‘lashga;
Agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan, mahalliy va xorijiy xizmat safarlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlashga;
milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlarga, shu jumladan, stipendiya, ta’lim muassasasigacha borish-kelish transport xarajatlari (avia va temir yo‘l chiptalari), viza, tibbiy sug‘urta, yashash uchun (turar joyning ijarasi bo‘yicha), ovqatlanish va boshqa xarajatlarini moliyalashtirishga;
mahalliy va xorijiy xizmat safari xarajatlari hamda xorijiy delegatsiya tashrifi (xorijiy delegatsiyani kutib olish, transport, ovqatlanish, banket, yashash, madaniy tadbirlar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda sovg‘alar berish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlarga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi 54-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3425, 13.03.2023-y.).
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlarida ilg‘or yadro texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Agentlik tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq barcha xarajatlarga;
yadro yoqilg‘isi va radiatsiyaviy manbalarni xarid qilish, ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishga oid barcha xarajatlarga;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan, korporativ boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarga;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga tegishli binolarni saqlash, joriy va kapital ta’mirlashga;
jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan, ish beruvchi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan va qonunchilikda belgilangan me’yorlardan oshmagan holda barcha tadbirlarni va xarajatlarni moliyalashtirishga.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
8. Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar rahbariyati va xodimlarining xizmat safari (yo‘lkira, kunlik, yashash va boshqalar) xarajatlari Agentlik direktorining buyrug‘i asosida to‘lab beriladi.
9. Jamg‘arma mablag‘lari joriy moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida ishlatiladi.
10. Hisobot yilida foydalanilmay qolgan Jamg‘arma mablag‘lari keyingi yillarda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarga yo‘naltiriladi.
11. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
5-bob. Nazorat, hisob va hisobdorlik
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
12. Jamg‘arma mablag‘larini joriy yuritish, shuningdek, hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikning mas’ul bo‘limi (moliya-iqtisodiy tahlil va investitsiya bo‘limi) tomonidan amalga oshiriladi.
13. Jamg‘armaga mablag‘larning belgilangan manbalardan to‘liq kelib tushishini Agentlik nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish, shuningdek, tasdiqlangan tushum (daromad) va xarajatlar smetasiga muvofiq choraklik va yillik hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borish majburiyati Agentlik direktoriga yuklanadi.
15. Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan tekshiruvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
16. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 3-ILOVA
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi
TARKIBI
A.S. Sultanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Kengash raisi
Lavozim bo‘yicha
—
Fanlar akademiyasi prezidenti, Kengash raisining o‘rinbosari
Lavozim bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati sektor boshlig‘i (kelishuv asosida)
B.A. Xadjixanov
—
Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va tog‘-kon sanoati masalalari bo‘limi boshlig‘i
M.M. Ikramov
—
adliya vazirining o‘rinbosari
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
N.Q. Xolmurodov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
T.N. Butunbayev
—
suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
Sh.X. Daliyev
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
O.M. Umarov
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
U.M. Mamadaminov
—
energetika vazirining o‘rinbosari
Sh.X. Jurayev
—
favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari
R.E. Turdiboyeva
—
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
J.E. Choriyev
—
transport vazirining o‘rinbosari
D.K. Adilov
—
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari
A.J. Burxanov
—
Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo‘mondoni
A.M. Qosimov
—
qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari
E.I. Basitxanova
—
sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari
A.A. Kadirxodjayev
—
tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari
J.S. Kazbekov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining o‘rinbosari
Sh.X. Xodjayev
—
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori
O.Z. Toxirov
—
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari
B.K. Yusupaliyev
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi
I.A. Nimatullayev
—
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
Lavozim bo‘yicha
—
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i
I.I. Sadikov
—
Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti direktori
J.S. Fayzullayev
—
“Navoiyuran” DK bosh direktori
Lavozim bo‘yicha
—
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi tashkilot vakili (kelishuv asosida)
A.I. Axmedxadjayev
—
Atom energiyasi agentligi direktori, Kengash kotibi
Izoh.
1. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Kengash raisiga Kengash tarkibiga ko‘rib chiqilayotgan masalaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, vazirlik va idoralardan vakolatli shaxslar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarini kiritish yoki o‘zgartirish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 4-ILOVA
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Kengash) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2. Kengash respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlarining respublikada atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Kengash o‘z faoliyatini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atom energiyasidan foydalanish sohasida va yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish to‘g‘risidagi takliflarni, konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish doirasida qo‘llaniladigan xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalarni tanlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va xulosalar tayyorlash;
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarini qurish loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish, amalga oshirishda ushbu sohadagi eng muhim normalar va standartlarga rioya qilinganligi haqida mutasaddi tashkilotlarning (ekspertlarning) hisobotlarini eshitish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini tadqiq etish, joylashtirish, loyihalashtirish, konstruksiyalash, barpo etish, foydalanishga topshirish, ekspluatatsiya muddatini uzaytirish, ularni rekonstruksiya qilish, ekspluatatsiya xususiyatlarini cheklash, ushbu obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish (yopish), qayta ishlash va ko‘mib tashlash bo‘yicha tavsiya va takliflarni ko‘rib chiqish, kelishish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning (ekspertlarning) hisobotlarini eshitish va qabul qilish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi o‘lchash vositalari va tarmoqlarining samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularning mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil etish va ta’minlash;
atom energiyasi va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumot va hisobotlarni eshitish va zaruratga ko‘ra tavsiyalar berish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
6. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida va yadro texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish to‘g‘risida Atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan taqdim etilgan takliflarni, konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalarni beradi va Kengash qarorlarini qabul qiladi;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish doirasida qo‘llaniladigan xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalarni tanlash bo‘yicha takliflarni muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalarni beradi va yig‘ilish qarorlarini qabul qiladi;
Agentlik direktori, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining atom energetikasi va yadro texnologiyalarini rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari va yadro texnologiyalari obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tegishli qismi bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini barpo etish loyihalarini ko‘rib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun zarur tavsiyalarni beradi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan atom energiyasidan foydalanish obyektlarini barpo etish loyihalariga asoslantirilgan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun zarur tavsiyalarni beradi;
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayonida muhim hisoblangan normalarni va standartlarni ishlab chiqadi;
atom energetikasi obyektlarining alohida zonalari, shu jumladan, atom elektr stansiyalari, tadqiqot reaktorlari, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlari, yangi va ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash obyektlarini joylashuv zonalarini (hududlarini) belgilaydi, shuningdek, tegishli obyektlar hududlarida har qanday faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash hujjatlarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi (qabul qiladi);
atom energiyasi va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash choralari to‘g‘risida mutasaddi tashkilotlarning ma’lumotlari va hisobotlarini muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalarni beradi va ushbu masalalar yuzasidan Kengash qarorlarini qabul qiladi.
3-bob. Kengashning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
vaqtincha ishchi guruhlarni tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy ta’lim muassasalaridan, ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan Kengash faoliyatiga oid ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan atom energetikasi va yadro texnologiyalarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
8. Kengash ushbu Nizom bilan o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
9. Kengash rahbari Kengash raisi bo‘lib, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash yig‘ilishining kun tartibini belgilash va yig‘ilishni chaqirish;
Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini monitoring qilish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
belgilangan vazifalarni bajarishda Kengash a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasiga Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Kengashning samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
10. Kengash a’zolari:
Kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
respublikada atom energetikasi va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritish;
Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha xulosalar chiqarish.
Kengash a’zolari Kengashda o‘z faoliyatini ixtiyoriylik asosida amalga oshiradilar.
11. Kengash a’zolari yig‘ilishdan kamida uch kun oldin yig‘ilish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
12. Kengash majlisini uning raisi o‘tkazadi. Kengash raisi yo‘qligida, yig‘ilish uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladi.
Kengash yig‘ilishi, agar uning a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
13. Kengash yig‘ilishiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
5-bob. Ishchi organ va Kengash kotibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Agentlik Kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ), Agentlik direktori Kengash kotibi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
15. Ishchi organ:
Kengash faoliyatini tashkiliy va texnik qo‘llab-quvvatlaydi;
ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;
Kengash yig‘ilishi uchun zarur bo‘lgan materiallarning tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan kerakli materiallar va ekspert xulosalarini oladi;
Kengash yig‘ilishi kun tartibi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlashni tashkil etadi;
qabul qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqadi va o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari loyihalarini tayyorlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
16. Kengash kotibi:
Kengash yig‘ilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, Ishchi organning Kengash yig‘ilishi uchun materiallarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
Kengash raisi bilan yig‘ilish o‘tkaziladigan sana va joy, shuningdek, taklif etilganlar ro‘yxati to‘g‘risida kelishib oladi, Kengash a’zolari va taklif etilgan shaxslarni yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida xabardor qiladi;
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash yig‘ilishlarini tashkil etadi, Kengash yig‘ilishining bayonnomalarini tuzadi va tasdiqlangan bayonnomalarning Kengash a’zolari va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishini ta’minlaydi;
Kengash qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi va uning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Kengash yig‘ilishiga taqdim etadi.
6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
17. Kengash qarori yig‘ilishda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘lsa, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengashning har bir a’zosi qabul qilingan qarorlar bo‘yicha o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
18. Tezkor qaror qabul qilish maqsadida Kengash raisi kengash a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha qarorni so‘rovnoma orqali ishchi tartibda tasdiqlashi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
19. Kengash qarorlari Kengash yig‘ilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash yig‘ilishining bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta ichida Kengash a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
20. Kengashning bayonnomalari Ishchi organda saqlanadi.
21. Ishchi organ doimiy ravishda Kengash qarorlarining bajarilishini o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur hollarda tegishli ma’lumotlar va takliflarni Kengash raisiga taqdim etadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
22. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Atom energetikasi sohasida loyiha va qurilish ishlari samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-fevraldagi 102-son qarorida:
1-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi xatboshisidan “keyinchalik yetakchi xorijiy tashkilotlarning ishtiroki yuzasidan muzokaralar olib borish natijalari bo‘yicha ularni “O‘zatominjiniring” MCHJ muassislari tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Direksiya direktori maqomi hamda tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha “O‘zatom” agentligi direktorining o‘rinbosariga tenglashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
“elektr stansiyalarini qurish, energetika va respublika iste’molchilarining energiya ta’minoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, ko‘mir, elektr energiyasi va boshqalar);
11-bandning “d” kichik bandi uchinchi xatboshisidan “atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 6-oktabrdagi 800-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori) 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 103-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 3-iyundagi 348-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 15-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 59-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida ko‘rsatishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 18-apreldagi 217-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2024-y., 09/24/709/0862-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)