1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati a’zolarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi a’zolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni o‘tayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning;
davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 43-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlashga doir haq to‘lanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi;
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar majmui;
davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozim;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan odob-axloq normalari majmui;
malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor bo‘layotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar.
5-modda. Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
qonuniylik;
adolatlilik;
xalqqa xizmat qilish;
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
xolislik, professionallik va kompetentlik;
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.
2-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
3.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish bo‘yicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish bo‘yicha qarorlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
vazirliklarning va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi hamda ularni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat organlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etadi;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning (eng muhim ko‘rsatkichlariga oid) o‘lchanadigan indikatorlar tizimini joriy etadi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilik fikrini o‘rganadi hamda davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi;
kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi va ularni izchil takomillashtirib boradi, davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi;
davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, mazkur sohada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
Davlat organlari:
davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;
kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi;
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va ta’lim olishini muntazam ravishda tashkil etadi.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar bo‘linmalari faoliyat yuritadi.
3-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi
10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotadi.
Qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-963-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
11-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.20.00 Mehnat shartnomasining o‘zgartirilishi]
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘ziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ish haqi olish;
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun rag‘batlantirilish;
davlat organining mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
o‘z mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasi.
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat ta’tillari berish orqali ta’minlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat pensiya ta’minotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan ta’minlanish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 26, 28-moddalari.
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga o‘z fikrini bildirish, o‘zi davlat fuqarolik xizmatini o‘tayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat organining rahbariyati hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddaci, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi.
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini o‘tash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
o‘zining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 148-moddaci.
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish;
o‘zining shaxsiy hujjatlari to‘plami bilan tanishish.
Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.04.00 Davlat sirlari]
Davlat fuqarolik xizmatchisi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etishi;
ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishi;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, beg‘araz va xolis bo‘lishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi.
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda bo‘lishdan tiyilishi;
o‘z xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek o‘z xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi talablarga rioya etishi, shuningdek o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida olingan mazkur ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi;
davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
13-modda. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish]
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari.
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo‘lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
chet davlat fuqaroligini olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan haq to‘lanadigan faoliyat turlari ro‘yxati korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
14-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining harakatlari (harakatsizligi) o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab bo‘ldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bunday harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanib, ushbu zarar keyinchalik aybdor bo‘lgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinadi.
Davlat organi rahbarining yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof topshirig‘ini bajarish natijasida davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Zarar miqdori qonunga xilof topshiriqni bergan davlat organi rahbaridan yoki mansabdor shaxsidan regress tartibida undiriladi.
4-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish
15-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligi;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o‘tkazilishini ta’minlash;
davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg‘alar olish va berish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi 54-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami: 3425, 13.03.2023 y.).
davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash.
Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
16-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.
Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini (mansabdor shaxsini) yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Korrupsiya faktlari to‘g‘risida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi ta’minlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
17-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida quyidagilar belgilanadi:
rahbarlar, bo‘ysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy munosabatlar;
davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obro‘siga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar (harakatsizlik);
davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar bo‘linmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qonunchilikda belgilanadi. Har bir davlat organi Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari asosida faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zining ichki odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.
18-modda. Davlat fuqarolik xizmatida sovg‘alarga nisbatan munosabatda bo‘lish shartlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.02.00 Intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar]
Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) beg‘araz ko‘rsatilgan xizmat sovg‘a hisoblanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovg‘alar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovg‘alar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovg‘alar mustasno.
Davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat safarlari vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovg‘alar olishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi 54-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami: 3425, 13.03.2023 y.).
19-modda. Manfaatlar to‘qnashuvi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Manfaatlar to‘qnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va hal etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi.
20-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi shart.
5-bob. Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish
21-modda. Davlat fuqarolik xizmati tizimi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati tizimi davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan tarzda tanlab olish, hisobga olish, joy-joyiga qo‘yish, ularning mehnatiga haq to‘lash, kasbiy kompetensiyasini oshirish va xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarish mexanizmlarining yagona tashkiliy-huquqiy majmuidir.
Belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat fuqarolik xizmatiga kirish uchun teng imkoniyatlar kafolatlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun kasbiy kompetensiyasini shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchisini qayta tayyorlashni, uning malakasini oshirishni, ta’lim olishini tashkil etish hisobidan ta’minlanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisini tegishli ravishda rag‘batlantirish va xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarish uning kasbiy kompetensiyalarini hamda alohida xizmatlarini xolisona va adolatli baholash asosida ta’minlanadi.
22-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri davlat organi darajasidan (milliy, respublika, hududiy va tuman) kelib chiqqan holda, malaka talablariga muvofiq birxillashtirilgan va tasniflangan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari hamda toifalaridan, shuningdek davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalaridan iborat bo‘ladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
23-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlaridan iboratdir. Bunda mazkur guruhlarga tegishli lavozimlarning toifalari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrida belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi alohida qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va yordamchi guruhlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlov asosida tayinlanadi hamda davlat organi rahbari tomonidan lavozimidan ozod qilinadi.
24-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalaridan kelib chiqqan holda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining quyidagi malaka darajalari beriladi:
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining toifalari
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari
Siyosiy
Rahbar kadrlar
Oliy darajali maslahatchi
1-darajali maslahatchi
2-darajali maslahatchi
3-darajali maslahatchi
Boshqaruv
Boshqaruv kadrlari
1-darajali xizmatchi
2-darajali xizmatchi
3-darajali xizmatchi
Yordamchi
Mutaxassislar
4-darajali xizmatchi
5-darajali xizmatchi
6-darajali xizmatchi
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy ma’lumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan taqdirda beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
25-modda. Milliy kadrlar zaxirasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimidir.
Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatining rahbar kadrlar tarkibini barqaror ta’minlash va uning sifatini yaxshilash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarish maqsadida shakllantiriladi.
Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
26-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoring
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati tizimida yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qo‘llashning bir xil amaliyotini ta’minlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat organida monitoring o‘tkaziladi.
Monitoring davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning davlat organi tomonidan ijro etilishini o‘rganish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Monitoring natijasida davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tegishli davlat organi rahbariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.
Monitoring o‘tkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
6-bob. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari
27-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib bo‘yicha egallash mustasno.
28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va ekspertlarining xizmatni o‘tash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
29-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga muvofiq oldingi lavozimni yoki unga teng bo‘lgan lavozimni taqdim etish hollari, shuningdek ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanadi.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Davlat fuqarolik xizmatining bo‘sh turgan (vakant) lavozimini egallash maxsus vakolatli davlat organining axborot tizimi orqali o‘tkaziladigan ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Ichki tanlovlarda faqat davlat fuqarolik xizmatchilari, tashqi tanlovlarda esa tegishli malaka talablariga javob beradigan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Tanlov o‘tkaziladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari va tanlov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
30-modda. Mehnat shartnomasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida muayyan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.
Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar, shuningdek uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar ko‘rsatiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
31-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to‘plami
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to‘plami uning shaxsga doir ma’lumotlardan va u tomonidan davlat fuqarolik xizmatini o‘tash to‘g‘risidagi axborotdan iboratdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to‘plami davlat organining kadrlar bo‘linmasi tomonidan yuritiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to‘plami elektron shaklda yuritiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to‘plamiga davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan axborotni kiritish, shuningdek shaxsiy hujjatlar to‘plamidagi axborotni uchinchi shaxslarga davlat fuqarolik xizmatchisining roziligisiz berish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
32-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat guvohnomasi
Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi.
Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to‘liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta ko‘rinishida ham berilishi mumkin.
Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi.
7-bob. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi
33-modda. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash muddati davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran to davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan sanaga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtini;
davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasini;
davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholashni;
davlat fuqarolik xizmatida lavozim bo‘yicha ko‘tarilishni;
boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazishni, shu jumladan rotatsiya tartibida o‘tkazishni va xizmat safarlarini;
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishni;
davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lashning yagona tartibini;
davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qo‘llashni.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasining alohida qonunlarida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilanadi.
34-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqti
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ish vaqtining davomiyligi hisobga olingan, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilgan holda olti kunlik ish haftasi belgilanishi mumkin.
Davlat organi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchisi uchun o‘rnatilgan ish vaqtining davomiyligidan tashqari ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, davlat organi davlat fuqarolik xizmatchisini uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishlarga jalb etish mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda, davlat organi rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtidan tashqari ishi uchun kompensatsiya ish vaqtidan tashqari haqiqatda ishlab berilgan soatlariga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lash yoki ortiqcha ishlagan vaqtining davomiyligiga mos bo‘lgan qo‘shimcha dam olish vaqti berish orqali amalga oshiriladi.
35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yo‘riqnomasi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak.
36-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyatiga muvofiq faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z ichki tartibini belgilaydi.
37-modda. Davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha ko‘tarilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha ko‘tarilish davlat fuqarolik xizmatchisining o‘z kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirib borishi hisobiga xizmat faoliyatining natijadorligi asosida yuqoriroq lavozimga tayinlash yoki yuqoriroq malaka darajasini berish orqali amalga oshiriladi.
38-modda. Boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazish uning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, o‘z egallab turgan lavozimi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini bajara olmaydigan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning yozma roziligi bilan kasbiy kompetensiyalariga mos bo‘lgan va sog‘lig‘ining holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimi beriladi.
39-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.
Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi:
tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tayotgan;
homilador ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar;
tibbiy xulosaga asosan o‘zlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila a’zolari sog‘lig‘ining holati rotatsiya o‘tkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi shartlari mehnat shartnomasida nazarda tutiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi, majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati, shuningdek rotatsiya qilinadigan lavozimlarda bo‘lish muddati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
40-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safarlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish uchun davlat organining qaroriga muvofiq muayyan muddatga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safari davomiyligi davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat safariga yuborish chog‘ida uning lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, yashash bilan bog‘liq xarajatlar, transport xarajatlari, shuningdek xizmat safari bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning o‘rni davlat organi tomonidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
41-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisi boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash u vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat organi bilan alohida tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi xizmat joyi bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuborilgan muddat tugaguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga haqiqatda bajarilgan ishiga qarab, o‘zining asosiy lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lanadi. Davlat organining davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat fuqarolik xizmatchisini qabul qilgan davlat organi tomonidan qoplanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi:
kasbiy kompetensiyalariga to‘g‘ri kelmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga;
tibbiy xulosaga asosan o‘zining yoki u bilan birga istiqomat qiladigan oila a’zosining sog‘lig‘i davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuboriladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkonini bermasa.
Agar boshqa davlat organidagi mehnatga haq to‘lash yoki dam olish shartlari, qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar davlat fuqarolik xizmatchisini vaqtincha xizmat safariga yuborgan davlat organidagidan farq qilsa, xizmatchiga nisbatan qulayroq shartlar qo‘llaniladi.
42-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishdan maqsad uning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi darajasi uning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab boriladi.
Qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil ta’lim olish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy shakllaridir.
Qayta tayyorlash davlat fuqarolik xizmatchisining samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashi maqsadida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir.
Malaka oshirish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirishga va muntazam ravishda yangilab borishga qaratilgan ta’lim jarayonidir.
Mustaqil ta’lim davlat fuqarolik xizmatchisining yangi bilimlar va tajribaga ega bo‘lish bo‘yicha ishdan bo‘sh vaqtida kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonidir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
43-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bazaviy lavozim maoshi;
ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov;
malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun qo‘shimcha ustama;
hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish to‘lovlari.
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat sharoitlari, u alohida muhim topshiriqlar va murakkab vazifalarni bajarganligi, boshqa shartlar munosabati bilan uning bazaviy lavozim maoshiga qonunchilikda belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar to‘lanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 47-bandi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovlarni hisoblash tartibi va ularning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
44-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar;
pul mukofoti;
navbatdan tashqari malaka darajasini berish;
minnatdorchilik e’lon qilish;
qimmatbaho sovg‘a, esdalik yoki ko‘krak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash.
Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
45-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarining qo‘llanilishi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash davlat organining rahbari tomonidan yoki uning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilar e’tiborga olinadi:
oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari bo‘yicha faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik;
o‘ta muhim vazifalarni bajarganlik;
zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalar;
bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish.
46-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yo‘riqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi:
hayfsan;
o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;
malaka darajasini pasaytirish;
davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish;
egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
47-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo choralarining qo‘llanilishi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Intizomiy jazo choralari davlat organining rahbari tomonidan qo‘llaniladi. Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi davlat organining rahbariga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qo‘llash chog‘ida qilmishning og‘ir-yengilligi, uning holatlari va davlat fuqarolik xizmatchisining xulq-atvori hisobga olinadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash davlat organi rahbarining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat organi rahbarining davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, davlat fuqarolik xizmatchisi ishda yo‘q bo‘lgan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoni qo‘llash sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.
O‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtirilmagan davlat fuqarolik xizmatchisi intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan tanishishni rad etganligi bunda hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda davlat fuqarolik xizmatchisi qaror bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishini bekor qilmaydi.
Ushbu Qonun 46-moddasi ikkinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvining xulosasiga asosan, shuningdek amalda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Intizomiy jazo chorasi darhol, biroq intizomiy qilmish aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo choralari:
davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan davrda;
davlat fuqarolik xizmatchisi ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lgan davrda;
davlat fuqarolik xizmatchisi favqulodda vaziyat yoki harbiy xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarni amalga oshirayotgan vaqtga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan davrda;
davlat fuqarolik xizmatchisi qayta tayyorlashda, malaka oshirishda bo‘lgan va ta’lim olayotgan davrda qo‘llanilishi mumkin emas.
Intizomiy jazo chorasini qo‘llash muddati ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Intizomiy jazo chorasi intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa — qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatlarga jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish vaqti kiritilmaydi.
Intizomiy jazo chorasi jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi. Agar mazkur muddat ichida davlat fuqarolik xizmatchisiga yangi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmagan bo‘lsa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo chorasining muddati davlat organi rahbarining tegishli qarori chiqarilmagan holda, avtomatik tarzda tugaydi.
Davlat organi rahbari intizomiy jazo chorasini o‘z tashabbusiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisining bevosita rahbarining, kasaba uyushmasining (mavjud bo‘lgan taqdirda) iltimosnomasiga binoan, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchisining iltimosiga ko‘ra muddatidan ilgari olib tashlash huquqiga ega.
49-modda. Xizmat tekshiruvi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Xizmat tekshiruvi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi rahbarining qaroriga ko‘ra o‘tkaziladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘ziga nisbatan asossiz ayblovlar qo‘yilgan yoki xulosalar chiqarilgan deb hisoblaganda ham uning yozma arizasi asosida xizmat tekshiruvidan o‘tkazilishi mumkin.
Xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlanishi zarur:
intizomiy qilmishga sabab bo‘lgan holatlar va shart-sharoitlar;
davlat fuqarolik xizmatchisini intizomiy qilmishda ayblashning asosliligi yoki asossizligi;
intizomiy qilmish natijasida yetkazilgan zararning o‘ziga xos xususiyati va miqdori;
davlat fuqarolik xizmatchisining tushuntirishlari va yozma ravishda bergan talablarida ko‘rsatilgan vajlar.
Davlat organidagi xizmat tekshiruvi davlat organining kadrlar bo‘linmasi, yuridik xizmati va boshqa bo‘linmalari, shuningdek kasaba uyushmasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) vakillaridan iborat bo‘lgan xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibiga davlat organining rahbari hamda xizmat tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar kirishi mumkin emas.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda, davlat organining rahbari davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat tekshiruvi o‘tkazish mobaynida xizmat majburiyatlarini bajarishdan uning o‘rtacha ish haqini saqlab qolgan holda vaqtincha chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak. Davlat organining rahbari xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddatini yana o‘n besh ish kunigacha uzaytirishga haqli.
Xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi tuziladi va davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risidagi xulosa tayyorlanadi. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning xulosasi davlat organi rahbari tomonidan rad etilishi yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lishi mumkin.
8-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilishi
50-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.01 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni xodimning tashabbusi bilan bekor qilish]
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yo‘qotilganligi;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi sudning ajrimi;
davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yolg‘on axborot taqdim etilganligi;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi;
davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
51-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi oqibatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilganligi aniqlangan taqdirda davlat fuqarolik xizmatchisi avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklanadi, buning imkoni bo‘lmaganda esa (davlat organining tugatilganligi, shtatlar qisqartirishga sabab bo‘ladigan tarzda o‘zgartirilganligi yoki ushbu xizmatchini avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda) avvalgi lavozimiga teng bo‘lgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklangan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning faoliyati qonunga xilof ravishda tugatilganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishida aybdor bo‘lgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi bilan bog‘liq zararning miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi.
9-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish
52-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida davlat fuqarolik xizmatchisining buzilgan, nizolashilayotgan huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish bilan bog‘liq nizolar fuqarolik protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda hal etiladi.
53-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat tomonidan quyidagilar orqali ta’minlanadi:
mehnat ta’tili va ijtimoiy ta’tillar berish;
hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish;
hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
davlat pensiya ta’minoti.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ijtimoiy himoya choralari kafolatlanadi:
tibbiy xizmat ko‘rsatish;
rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlarning, shu jumladan yashash va transport xarajatlarining o‘rnini qoplash;
xizmat uy-joylari, xizmat transporti bilan yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pulli kompensatsiya bilan qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda ta’minlash.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy himoya choralari ham qo‘llanilishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qonunchilikda belgilangan asoslarda va miqdorlarda to‘lanadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
Ijtimoiy nafaqalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno.
54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy ta’tillari
Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ko‘p yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qo‘shimcha mehnat ta’tillari beriladi.
Ko‘p yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qo‘shimcha mehnat ta’tillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy ta’tillar berish mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sog‘lig‘i davlatning muhofazasida bo‘ladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sug‘urta qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”giQonun, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”giqarori.
56-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti yoki sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sog‘lig‘i o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi chog‘ida boshqacha tarzda shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari.
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarayotganda vafot etgan taqdirda, uning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolariga davlat organi tomonidan vafot etgan shaxsning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa ularning soniga teng taqsimlangan holda beriladi.
Xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda davlat fuqarolik xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa miqdori keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ziyonning, zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
57-modda. Davlat pensiya ta’minoti
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tayinlanadigan barcha turdagi davlat pensiyalari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra qo‘llaniladi.
Vafot etgan davlat fuqarolik xizmatchisining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Davlat fuqarolik xizmatchisining davlat pensiya ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilariga pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqarish tartibi, ularning miqdorlari hamda davlat pensiya ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
58-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
59-modda. Xalqaro hamkorlik
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
60-modda. Nizolarni hal etish
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
61-modda. Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.12.00.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat. Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik / 05.12.02.00 Mehnat qonunchilik hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik]
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
62-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
63-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
64-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-avgust,
O‘RQ-788-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 03/22/788/0723-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)