toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb ataladi) Ilmiy-texnik va ekspert kengashi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
1 — 3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. “O‘zatom” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “O‘zatom” agentligi bosh direktori J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-oktabr,
800-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2018-y., 09/18/800/2010-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)