toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo porti va tashqi iqtisodiy faoliyat, davlatlararo chegara maskan (punkt)lari hamda pochtamtdagi o‘simliklar karantini maskan (punkt)lari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida uchraydigan karantin ahamiyatga ega bo‘lmagan zararli organizmlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini davlat inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi 51-ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
311-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini va hisobot berishini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va majburiyatlarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2. Agentlik o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar), O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — ilmiy-tadqiqot instituti), “Biosifat” respublika markazi, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy xizmatlar) yuridik shaxslar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga hamda fitosanitariya ramziga ega bo‘ladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, qisqartirilgan nomi — O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi;
b) ingliz tilida: Agency of Plant Protection and Quarantine under the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Agency of Plant Protection and Quarantine;
v) rus tilida: Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
10. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur 1-tor ko‘chasi, 17-uy.
2-bob. Agentlik tuzilmasi
11. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) bo‘limlari);
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — ilmiy-tadqiqot instituti) va uning mintaqaviy filiallari;
“Biosifat” respublika markazi;
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari.
Agentlik, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari o‘simliklar karantini va himoyasi davlat xizmatining yagona tizimini tashkil qiladi.
3-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshiradi;
tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va og‘ir metall tuzlari qoldiqlarining dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillarini o‘tkazadi;
o‘simliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning uyg‘unlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yo‘q qilish choralarini ko‘radi;
o‘simliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantiradi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik o‘g‘itlarning biologik samaradorligi bo‘yicha sinovlarni tashkil qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ hujjatlar, reglament va standartlarni ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
fitosanitariya xavfsizlikni ta’minlashda ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalar natijalari, rejalashtirish va boshqaruv usullarini amaliyotga joriy qilish, ilg‘or texnologiya hamda ish uslublarining ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish, soha xodimlarini tizimli qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil etadi.
13. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish sohasida:
Vazirlar Mahkamasiga o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo yagona davlat siyosatini yuritishga qaratilgan takliflarni, o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturlarining loyihalarini ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
o‘z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi, yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan yo‘riqnomalar, o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda ularni tashkilotlar va fuqarolarga yetkazadi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari, shu jumladan, o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi xalqaro konvensiyalar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan tadbirlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi va ijrosi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlarini belgilaydi va bajarilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
xorijiy davlatlardan karantin ostidagi mahsulotlar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar olib kiriladigan chegara maskanlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida Agentlik vakolatiga kiradigan sohalar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda boshqa davlatlar hududida o‘tkaziladigan o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyoga doir xizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi;
tanlab olish asosida o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida nazoratni o‘tkazish imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etadi va muntazam yangilab boradi;
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida uchraydigan karantin ahamiyatga ega bo‘lmagan zararli organizmlar ro‘yxatini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
o‘simliklar karantiniga doir tadbirlar va fitosanitariya choralarini amalga oshirish tartibi, uslublari va tavsiyalarini tasdiqlaydi;
o‘simliklar karantini sohasidagi hujjatlarni — karantin ruxsatnomasini, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnomani, fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini va reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini, transport birliklarini ochish to‘g‘risidagi dalolatnomani, karantin ko‘rigi dalolatnomasini beradi;
olib kiriladigan va jo‘natiladigan, karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar tashuvchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar turlari, urug‘liklar, o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va tuproq va boshqa materiallarni karantin tekshiruvidan o‘tkazadi;
o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo yo‘nalishida belgilangan tartibda laboratoriya ekspertizasini o‘tkazadi;
karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yo‘q qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan fitosanitariya talablarini tasdiqlaydi;
urug‘liklar, o‘simliklar, o‘simlik xomashyosi, boshqa o‘simlik mahsulotlari va xalq iste’mol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalarini hamda ulardan foydalanish shartlarini tasdiqlaydi;
zarur bo‘lganda, jismoniy va yuridik shaxslarga o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan zararsizlantirish (fumigatsiya) otryadlarini tuzadi;
respublika hududlarini karantin bo‘yicha hududlarga va mikrohududlarga ajratadi;
Vazirlar Mahkamasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli hududda karantin o‘rnatish (uni bekor qilish) to‘g‘risida taqdimnomalar yuboradi;
qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarni sog‘lomlashtirishni, shuningdek, boshqa davlatlar hamda karantin nazoratida deb e’lon qilingan hududlardan keladigan transport vositalarini Tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi o‘rinlarda — TIF) maskani yoki maxsus joylarda zararsizlantirish (fumigatsiya)ni tashkil etadi;
nazorat qilinadigan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi va boshqa ekinlar, o‘simlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan joylarda nazorat tekshiruvlarini o‘tkazadi;
o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarning buyurtmalarini muvofiqlashtiradi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning monitoringini tashkil qiladi;
xalqaro tashkilotlar va davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
o‘simliklar himoyasi sohasidagi xalqaro dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etadi;
davlat fitosanitariya nazoratini amalga oshiradi;
o‘z vakolati doirasida standartlash bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, standartlash bo‘yicha davlat standartlari, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, texnik-iqtisodiy axborotlar milliy klassifikatorlari va tavsiyalarni o‘zgartirish, qayta ko‘rib chiqish hamda bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan o‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
o‘simliklar himoyasi sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, o‘simliklar himoyasi bo‘yicha o‘quv dasturlariga muvofiq mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;
b) tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat hamda og‘ir metall tuzlari qoldiqlarining dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillarini o‘tkazish sohasida:
yerlarning agrokimyoviy holati asosida qishloq xo‘jaligi hududlarini rivojlantirish sohasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik yangilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
vakolatli organlar bilan birgalikda tuproq, mineral o‘g‘itlar, radiologik va toksikologik tadqiqotlarning laboratoriya tahlillarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish dasturini tasdiqlaydi, qishloq xo‘jaligi yerlarining agrokimyoviy holati to‘g‘risidagi axborotni ma’lumotlar bankiga, Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimiga va “Yerlar degradatsiyasi” geportaliga kiritib boradi hamda tuproqqa oid ma’lumotlar fondida aks ettirish uchun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga taqdim etadi;
(13-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
yerlarning agrokimyoviy holatini kuzatish va baholashda Respublika agrokimyoviy tahlil markazining xizmatlar ko‘rsatish tariflari qoidalarini tasdiqlaydi;
mineral o‘g‘itlarga qo‘yiladigan ilmiy talablarni va ularni qishloq xo‘jaligi ekinlariga tatbiq etishni tasdiqlaydi;
laboratoriyalarni xalqaro standartlar talablariga moslashtirish va ular belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari, biolaboratoriyalar, o‘simliklar klinikalari va tuproq klinikalarida ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablarini tatbiq etadi;
tuproqdagi oziq moddalarning darajasini o‘rganish va yaxshilash sohasida fundamental hamda amaliy tadqiqotlar olib boradi;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan tajriba almashish va malaka oshirish sohasida hamkorlik qiladi;
o‘simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi kimyoviy moddalarni ularning o‘rnini bosuvchi moddalar bilan xalqaro talablarga muvofiq bosqichma-bosqich almashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
v) o‘simliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning uyg‘unlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yo‘q qilish sohasida:
respublika hududida sezilarli iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning fitosanitariya xavf tahlilini o‘tkazadi va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitariya tadbirlarini ishlab chiqadi;
respublika hududida o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa xavfli o‘simlik zararkunandalarining tarqalishini aniqlaydi va prognozlashtiradi, shuningdek, ularga tashxis qo‘yadi hamda qarshi kurashning ekspress usullarini ishlab chiqadi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurash usullarini tasdiqlash, ulardan xoli hududlarni aniqlash, ular tarqalishining oldini oladi hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi va tegishli organlarga taqdim etadi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning o‘simlik va o‘simlik mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi, ularga qarshi kurashishning innovatsion usullarini va entomofaglarning yangi turlarini iqlimlashtirish asoslarini ishlab chiqadi;
respublika hududida yetishtirilgan paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarni barvaqt aniqlash, bioekologik xususiyatlarni o‘rganish va zararlanish darajasiga qarab kurashish usullarini takomillashtirish ishlarini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar xorijiy davlatlar karantin fitosanitariya talablariga mos kelmagan holatlarda ularni tekshiradi;
xorijiy davlatlardan kirib kelgan yoki tranzit tarzida olib o‘tiladigan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining fitosanitariya karantin talablariga mos kelmaganda xalqaro standartlarga muvofiq choralar ko‘radi va bu haqida tegishli xorijiy davlat karantin xizmatini xabardor qiladi;
xorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan fitosanitariya zonalari to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari bilan o‘simliklar karantini va fitosanitariya xavfsizligi to‘g‘risida zarur axborotlarni almashadi;
xorijiy davlatlarning sohadagi milliy tashkilotlarini o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar va o‘simliklar karantini bo‘yicha xorijiy davlatlar organlari tomonidan ularga nisbatan belgilangan cheklovlar to‘g‘risida xabardor qiladi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti parametrlari doirasida qoplab berilishini ta’minlaydi.
g) o‘simliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
o‘simliklar klinikalari monitoringini yuritadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o‘simliklar klinikalari huzurida majburiy bo‘lgan kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, qurilmalar va preparatlarning minimal assortimenti ro‘yxatini tasdiqlaydi;
agronom-inspektorning tavsiyasi va retsepti asosida sotiladigan mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar va o‘simliklar klinikalari xodimlarini sertifikatlashni tashkil qiladi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning biologik usulini keng qo‘llash choralarini ko‘radi;
biolaboratoriya faoliyatini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, biologik himoya sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar va usullarni joriy etadi;
d) o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik o‘g‘itlarning biologik samaradorligi bo‘yicha sinovlarni tashkil qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ hujjatlar, reglament va standartlarni ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
o‘simliklarni himoya qilish vositalari (pestitsidlar) xavfsizligi bo‘yicha maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va pestitsidlarni ro‘yxatga olishni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida foydalanishga ruxsat etilgan zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik vositalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishi regulatorlari ro‘yxatini yuritadi va bir yilda kamida bir marta e’lon qilib boradi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining faol va nofaol moddalaridan foydalanishda taqiqlangan hamda cheklangan reyestrni yuritadi;
ro‘yxatga olish sinovlarini tashkil qiladi (kichik va ishlab chiqarish);
respublika hududida budjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan pestitsidlarni o‘simliklar karantini sohasidagi monitoring ma’lumotlari va hozirgi fitosanitariya holatiga qarab taqsimlaydi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (pestitsidlar)ning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;
pestitsidlarni ishlab chiqarish, sotish, pestitsidlarni aerozol va fumigatsiya usullari bilan ishlatish bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishgan holda ro‘yxatga olish (kichik va ishlab chiqarish) testlarini o‘tkazish va pestitsidlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
(13-band “d” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining faol va nofaol moddalaridan foydalanishda taqiqlangan hamda cheklangan reyestrni yuritadi;
respublikaga olib kirilayotgan mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalarning sifati nazoratini tashkil qiladi, ulardan foydalanish bo‘yicha xulosalar beradi va inson salomatligi hamda atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilsa, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yadi;
o‘simliklarni biologik usulda himoya qilishda biomahsulotlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida respublikada faoliyat yurituvchi biolaboratoriyalarda yetishtiriladigan biomahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berilishini ta’minlaydi va “Biosifat” respublika markazining xizmatlar ko‘rsatish tariflari qoidalarini tasdiqlaydi;
e) fitosanitariya xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalar natijalari, rejalashtirish va boshqaruv usullarini amaliyotga joriy qilish, ilg‘or texnologiya hamda ish uslublarining ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish, soha xodimlarini tizimli qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sohasida:
iste’dodli yosh olimlar, magistrlar, doktarantlarning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini yetishtiruvchi klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, o‘simliklar klinikalari, biolaboratoriyalar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining o‘simliklar himoyasi sohasi mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish faoliyatini yo‘lga qo‘yadi;
o‘simliklar karantini va himoyasi sohasiga ilm-fandagi yutuqlarni va ilg‘or tajribalarni joriy qiladi, shuningdek, aholini karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari bilan tizimli tanishtirish ishlarini amalga oshiradi;
o‘simliklar mahsulotlari va boshqa materiallarning yashirin zararlanganini karantin ko‘rigidan, laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi va aniqlaydi hamda zararsizlantirish usullarini ishlab chiqadi;
respublika hududida mavjud bo‘lmagan va cheklangan darajada tarqalgan zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari hamda begona o‘tlarning turlari va bioekologiyasini o‘rganadi;
ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribani, innovatsion uslublar, karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish vositalari hamda usullarini targ‘ib qilish hamda ishlab chiqarishga joriy etish, aholi o‘rtasida karantindagi obyektlar to‘g‘risidagi bilimni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
Agentlikda yaratilgan “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga boshqa avtomatlashtirlgan axborot tizimlarini integratsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
xalqaro tashkilotlarda o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha respublika manfaatlarini ifoda etadi;
fitosanitariya xavfsizligi, o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar hamda seminarlarda ishtirok etadi;
xodimlarning karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha kasb darajasini muntazam oshirishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilishini ta’minlaydi;
o‘simliklar karantini va himoyasi davlat xizmati kadrlarini tizimli asosda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qiladi, rahbarlar va mutaxassislarning ishlash shakllari hamda uslublarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Agentlik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajaradi;
o‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish, ushbu yo‘nalishda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
o‘simliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari, innovatsion ishlanmalar joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
xalqaro hamkorlikni kengaytiradi, o‘simliklar karantini sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi, karantin xizmati faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar hamda ish uslublarini joriy etadi;
O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi va sarflanishini tahlil qiladi hamda hisobga oladi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi.
15. Agentlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlik faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy axborot bilan ta’minlaydi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning kirib kelishi, tarqalishining oldini olish, shuningdek, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, ularga qarshi kurashish tadbirlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha kompleks tizimni ishlab chiqishga qaratilgan choralarni ko‘radi;
karantin laboratoriya ishini tashkil qiladi, respublikada bunday laboratoriyalar tarmog‘ini shakllantirish choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan birgalikda o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning innovatsion, samarali va ilg‘or usullari, o‘simliklar karantini sohasidagi dolzarb yutuqlar targ‘ib qilinishini o‘rganadi, ularning qo‘llanilishini nazorat qiladi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
o‘simliklar karantini davlat xizmati faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar va ish usullarini joriy qiladi;
xalqaro hamkorlik, xalqaro munosabatlarni o‘rnatish va ularni rivojlantirish sohasida Agentlik faoliyatini ta’minlaydi;
markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
o‘simliklar karantini va himoyasi davlat xizmati tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi, ularning muntazam takomillashtirilishi hamda yangilanishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktorining buyruqlari hamda farmoyishlarini o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi;
(15-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
karantin ruxsatnomasini beradi;
mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;
mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnomalar beradi;tadbirkorlik subyektlariga Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish bo‘yicha axborot, metodik, tashkiliy hamda maslahat yordamini ko‘rsatadi;
Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli hamda o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qiladi;
hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
Agentlik faoliyatini, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlashni tashkil etadi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo, shuningdek, fitosanitariya xavfsizligi sohasida rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida Agentlik rahbariyati uchun axborot to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi;
tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
3-§. Hududiy bo‘linmalarning vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar hududiy bo‘linmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajaradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahri hokimlari, hududiy prokuratura organlari, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmatining rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan (keyingi o‘rinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari) o‘zaro hamkorlik qiladi;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlaydi, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yo‘q qilishni tashkil etadi, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini oladi;
qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda fitosanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, qo‘riqxonalar, tabiiy bog‘larning qo‘riqlanadigan hududlari va davlat biosfera rezervatlari, o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar olib kiriladigan maskanlar va ularga tutash hududlar nazorat tekshiruvlaridan tizimli o‘tkazilishini tashkil etadi;
aniqlangan zararlanish o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar kirib keladigan yo‘llarni aniqlash va to‘sishga doir shoshilinch choralar ko‘radi;
respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni sog‘lomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini TIF maskani yoki maxsus joylarda zararsizlantirish (fumigatsiya)ni nazorat qiladi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qiladi;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotlar o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘simliklar karantini sohasidagi hujjatlarni, xususan, transport birliklarini ochish to‘g‘risidagi dalolatnomani, karantin ko‘rigi dalolatnomasini, fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini va reeksport uchun fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirib beradi;
tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan karantin holati to‘g‘risida xabardor qiladi, o‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshiradi hamda zarur tavsiyalar beradi;
qishloq xo‘jaligi va karantin ostidagi mahsulotlarni bir hududdan boshqa bir hududga tashishda fitosanitariya talablari va qoidalariga rioya etilishi hamda shu yo‘nalish bo‘yicha o‘simliklar karantiniga doir tadbirlar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga tashxis qo‘yish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
o‘simliklar karantini qoidalariga nomuvofiqlik va fitosanitariya talablari buzilganligi faktlari aniqlanganda temir yo‘l vagonlaridan, kemalardan, samolyotlardan va boshqa transport vositalaridan foydalanishga doir taqiq o‘rnatadi;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda karantini ostidagi mahsulotni vaqtincha ushlab turish, olib qo‘yish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
xorijiy tajriba hisobga olingan holda o‘simliklar karantini va himoyasi hamda fitosanitariya xavfsizligi tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritadi;
o‘simliklar karantini sohasida pullik xizmatlar ko‘rsatishda tarif siyosatini shakllantirishga doir takliflar tayyorlaydi;
markaziy apparat nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlaydi va tavsiya etadi;
hududiy bo‘linmalarning o‘simliklar karantini sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganadi, shuningdek, ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritadi;
hududiy bo‘linmalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni, axborot tizimlari va resurslarini himoya etishni ta’minlaydi.
17. Hududiy bo‘linmalar o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari hamda begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar, davlat o‘rmon fondi, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar olib kiriladigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan o‘tkazadi;
aniqlangan zararlanish o‘choqlari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar kirib keladigan yo‘llarni aniqlash va to‘sish ishlarini amalga oshiradi;
tegishli organlar va tashkilotlarni chegara oldi hududlar, chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyati to‘g‘risida xabardor qiladi, karantin tadbirlarini amalga oshiradi va zarur tasviyalar beradi;
o‘simlik klinikalari monitoringini olib boradi;
davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish, shuningdek, o‘simliklar karantini va himoyasi, kimyoviy himoya vositalari hamda mineral o‘g‘itlarni sotish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi haqida taqdimnomalar yuboradi;
o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish hujjatlari, fitosanitariya sertifikati, ichki fitosanitariya sertifikati, reeksport fitosanitariya sertifikati va boshqa hujjatlar berilishini tashkil qiladi;
o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni, zarurat bo‘lganda esa respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan transport vositalarini TIF maskani yoki maxsus joylarda zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlarini amalga oshiradi, o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlari, reeksport fitosanitariya sertifikatlari va boshqa hujjatlarning reyestrini yuritadi;
karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tashilayotganda, olib chiqilayotganda transport vositalaridagi va bo‘sh omborlardagi fumigatsiya ishlari faqat Agentlikning zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi va ularning yakuni bo‘yicha zararsizlantirish to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan karantin xususiyatidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda o‘zaro hamkorlik qiladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash, o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;
aholini hududiy bo‘linmalar faoliyati haqida xabardor qilish ishlarini tashkil qiladi va tizimli asosda amalga oshiradi, jismoniy va yuridik shaxslarning hududiy bo‘linmalar vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda zarur choralar ko‘radi;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi, interfaol “qayta aloqa” va “virtual qabulxona” mexanizmini joriy etadi;
yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalari, shuningdek, aniq yo‘nalishdagi ishlar bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Agentlik bilan belgilangan tartibda kelishadi;
Agentlik hay’ati va ilmiy-texnik kengashlari ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Aholini o‘simliklar karantini va himoyasi faoliyatining maqsadlari, vazifalari va aniq natijalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
Hududiy bo‘linmalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
4-§. O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
18. Quyidagilar O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) bo‘limlari)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tuman (shahar) hududida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini va himoyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, yuqori turuvchi rahbariyat topshiriqlarini bajaradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qiladi;
oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar va statistika ma’lumotlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi;
karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘simliklar karantini va himoyasi qoidalari va fitosanitariya talablariga rioya qilinishi bo‘yicha davlat nazoratini olib boradi;
o‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritadi va fitosanitariya dala nazoratini amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘radi;
zarur bo‘lganda jismoniy va yuridik shaxslarga o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlarini jalb qiladi va ularning ishini tashkil qiladi;
qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilishni, tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va og‘ir metall tuzlari qoldiqlarini dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillardan o‘tkazishni tashkil etadi;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha prognoz olib boradi, o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning uyg‘unlashgan samarali usullarini belgilaydi hamda ijrosini nazorat qiladi;
o‘simliklar klinikalari va biolaboratoriyalar bilan hamkorlikdagi tizimli ishlarni olib boradi;
o‘z faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni, axborot tizimlari va resurslari himoyasini ta’minlaydi.
Tuman (shahar) bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
19. Tuman (shahar) bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kalendar (ishchi) rejalar tuzadi;
oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar va statistik ma’lumotlarni yuritadi;
karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirib beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
tuman (shahar) hududlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda karantindagi hudud va mikrohududlarni belgilaydi;
davlat inspektorlari vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
respublikada o‘simliklar karantini ahamiyatiga ega zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar tarqalishini nazorat qiladi;
urug‘lik, o‘simlik, o‘simlik xomashyosi, boshqa o‘simlik mahsulotlari va xalq iste’mol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlardan xoli urug‘lik va ekish materiallari yetishtirilishini ta’minlash maqsadida ko‘chatxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va manzarali-gulchilik xo‘jaliklarida ekinlar hamda ko‘chatlarni nazorat qiladi;
o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarining fitosanitariya tozaligini ta’minlash, o‘tkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari xulosalarini olish asosida o‘rmonlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarida karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar borligi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida dala nazoratini amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurash ishlarini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan hududlarda o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning tarqalgan maydoni, zarar yetkazish darajasini o‘rganish yuzasidan tizimli monitoring yuritadi hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilaydi;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan agrotexnik, kimyoviy, biologik va boshqa vositalar bilan himoya qilish bo‘yicha profilaktik va fitosanitariya tadbirlari majmuasining bajarilishini ta’minlaydi;
fitosanitariya tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va ekin hosildorligi yo‘qotilishlarining oldini olish maqsadida o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashda progressiv texnologiya va eng ilg‘or amaliyotlarni joriy etadi;
urug‘lik va ekish materialining entofitopatologik holati ustidan nazoratni ta’minlaydi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlash uchun moddiy-texnika vositalari, maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini yetkazib berish, to‘g‘ri saqlash va hisobga olishni tashkil etadi, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlash qoidalarini xodimlarga o‘rgatish ishlarini olib boradi;
o‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
o‘z faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi, axborot tizimlari va resurslari himoyasini ta’minlaydi.
Tuman (shahar) bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
4-bob. Agentlik, uning markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalari huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
20. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish;
vazirliklar, idoralar, shu jumladan, davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni, xususan statistika axborotlarini bepul olish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga biriktirilgan davlat mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir bo‘linmadan ikkinchisiga belgilangan tartibda o‘tkazish;
o‘simliklar karantini va himoyasi davlat xizmati xodimlari o‘z faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini bajarishini hisobga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori hamda shartlarini belgilash;
Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hay’at majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga fitosanitariya xavfsizligi hamda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda ta’sir choralarini qo‘llash uchun takliflarni Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish hamda ularni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda qatnashish;
ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini sohani rivojlantirish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitim va shartnomalar tuzish, qo‘shma loyihalar va rejalar ishlab chiqish, qo‘shma tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish;
fitosanitariya xavfsizligi hamda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlar va malakali mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb etish;
xorijiy davlatlarning ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi vazirliklari (idoralari), xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, firma va kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar elchixonalari va missiyalari, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda majlislar va videokonferensiyalar o‘tkazish;
fitosanitariya xavfsizligi hamda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo agentliklar va komissiyalar ishida ishtirok etish;
xorijiy davlatlarning fitosanitariya xavfsizligi hamda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo tashkilotlari, idoralari, agentliklari va boshqa turdosh tuzilmalari bilan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq idoralararo shartnomalar (bitimlar, protokollar, memorandumlar) tayyorlash hamda tuzishda ishtirok etish;
Agentlik va uning tashkilotlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning direktori hamda uning o‘rinbosarlari Agentlik nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash.
(20-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
21. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, fitosanitariya xavfsizligi hamda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
respublika hududida o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash, ularni amalga oshirishning yakuniy natijalari va oqibatlari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlar sifati;
o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va sohadagi muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning sifatli amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularni himoya qilishni ta’minlash.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
22. Agentlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa idoraviy mansub tashkilotlardan Agentlik markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish hamda ishlab chiqish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
zarur bo‘lganda Agentlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun hududiy bo‘linmalar va ilmiy-tadqiqot instituti hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlarda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
hududiy bo‘linmalar va ilmiy-tadqiqot instituti va tizim tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni mukammal tayyorlash uchun qaytarish;
hududiy bo‘linmalar va ilmiy-tadqiqot instituti hamda tizim tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari bilan majlislar o‘tkazish;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlariga Agentlikka yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, shuningdek, Agentlik hamda uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlarini bajarish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish hamda tekshirish;
fitosanitariya xavfsizligi va o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Agentlik tizimida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni tizimli nazorat qilish, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Agentlik markaziy apparati quyidagilar uchun mas’ul:
Agentlik tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning kirib kelishi, tarqalishi, shuningdek, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etishga doir kompleks tizimni ishlab chiqish, ularga qarshi kurashish tadbirlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash va ushbu sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish bo‘yicha kompleks tizimni ishlab chiqish;
Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish sifati;
Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari va markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tomonidan o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini tartibga solish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ularning o‘simliklar karantini sohasidagi muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini ta’minlash;
o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilishni ta’minlash;
o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida tarif siyosatini va ko‘rsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimini takomillashtirish;
tarkibiy bo‘linmalar, markaziy apparat, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining kadrlar salohiyatini shakllantirish;
o‘simliklar klinikalari, biolaboratoriyalar faoliyati monitoringining samarali tizimini tashkil etish.
3-§. Hududiy bo‘linmalarning huquqlari va javobgarligi
24. Hududiy bo‘linmalar o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan boshqarmalar vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish;
sohadagi hududiy bo‘linmalar vakolatiga kiradigan muhim muammolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlarni hududiy darajada tashkil etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hududiy bo‘linmalar vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida islohotlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlarini o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni Agentlikka ko‘rib chiqish uchun kiritish;
O‘zbekiston Respublikasiga import qilish uchun mo‘ljallangan va tarkibida o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar bo‘lgan yuklarni tekshirish, ular o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur bo‘lganda vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash;
Agentlikning hay’ati va ilmiy-texnik kengashi ishlarida ishtirok etish;
Agentlik topshirig‘iga binoan o‘simliklar karantini sohasidagi masalalar bo‘yicha majlislar va seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish;
hududiy bo‘linmalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir takliflarni Agentlikka kiritish;
hududiy bo‘linmalar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan da’vogar va javobgar bo‘lish;
o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
Agentlikka axborot taqdim etish, hududiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etishga ko‘maklashish;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda karantini ostidagi mahsulotni vaqtincha ushlab turish, olib qo‘yish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish tadbirlarini amalga oshirish;
hududiy bo‘linmalar boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari Agentlik nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat inspektorlari o‘z vakolatlariga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
(24-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
fitosanitariya xavfsizligi, o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida iste’dodli va malakali yosh kadrlarni jalb etish.
Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
25. Hududiy bo‘linmalar quyidagilar uchun javob beradi:
Agentlikning hududiy bo‘linmalariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan faoliyat yuritayotgan hududlarga kirib kelishidan himoya qilish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati inspektorlarining O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni respublika hududidagi maskanlarda tekshirish;
karantin ruxsatnomasi berilgan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar turlarining fitosanitariya tozaligi;
fitosanitariya sertifikati berilgan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulot turlarining fitosanitariya tozaligi;
hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida faoliyat yuritayotgan hududda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
o‘simliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash;
o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilik ijrosi nazoratini ta’minlash, uni buzish holatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va o‘z vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish;
o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida tarif siyosatini va ko‘rsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi.
4-§. Tuman (shahar) bo‘limlarining huquq va javobgarligi
26. Tuman (shahar) bo‘limlari o‘zlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlarining tuman bo‘limlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Agentlikning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini sog‘lomlashtirish, shuningdek, omborxonalar va transport vositalarini zararsizlantirish (fumigatsiya)ni nazorat qilish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurash tadbirlarini nazorat qilish;
davlat boshqaruvining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi masalalarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va fuqarolarga o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
temir yo‘l vagonlari, suv transporti, samolyotlar va boshqa transport vositalarining o‘simliklar karantini qoidalariga mos kelmasligi va talablarni buzish holatlari aniqlanganda ulardan foydalanishni taqiqlash;
O‘zbekistonga import qilish uchun mo‘ljallangan va tarkibida o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar bo‘lgan yuklarni tekshirish, ular o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur bo‘lganda, vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash;
fitosanitariya harakatlarini amalga oshirish, o‘simliklar karantini obyektlari yoki o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarga ishlov berish, ularni utilizatsiya qilish, qaytarib yuborish yoxud ajratib qo‘yish usullarini belgilash;
temir yo‘l stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlar), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududi va binosi, yo‘lovchi va yuk vagonlari, samolyotlar, daryo floti kemalari, ko‘rgazmalar, botanika bog‘lari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va idoralar hududlariga, fuqarolarning tomorqa uchastkalariga, shuningdek, urug‘lar, o‘simliklar va boshqa o‘simlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hududiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda asoslangan dalillar mavjud bo‘lganda hamda xizmat vazifasini bajarish jarayonida moneliksiz kirish;
o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar namunalarini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek, keyinchalik laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertizalar o‘tkazish uchun namunalar olish;
o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda karantin qoidalariga muvofiq o‘simliklar karantini bo‘yicha cheklovlar belgilash;
o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda xorijiy davlatlardan olib kelingan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotni ushlab turish, olib qo‘yish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish;
davlat chegarasidan o‘tkazish maskanlari, temir yo‘l stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlar), pochtamtlar orqali olib kelinayotgan va jo‘natilayotgan yuklar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishni, zarur bo‘lganda — o‘z hududida o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni tekshirish va zararsizlantirish (fumigatsiya) uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, xizmat binolari va yordamchi materiallar berilishini talab qilish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan agrotexnik, kimyoviy, biologik va boshqa vositalar bilan himoya qilish bo‘yicha profilaktik va fitosanitariya tadbirlari majmuasining bajarilishini nazorat qilish;
fitosanitariya harakatlarini olib borish, o‘simliklar karantini obyekti yoki karantin mahsulotlarini qayta ishlash, yo‘q qilish, qayta jo‘natish yoki karantin obyektlarini izolyatsiya qilish usullarini aniqlash;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini to‘g‘ri saqlash va hisobga olishni nazorat qilish, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Agentlik nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
davlat inspektorlari o‘z vakolatlariga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzish.
Tuman (shahar) bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
27. Tuman (shahar) bo‘limlari quyidagilar uchun javob beradi:
tumanlardagi (shaharlardagi) davlat inspektorlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar xorijiy davlatlardan tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
o‘simliklar karantini o‘chog‘ining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish;
fitosanitariya va o‘simliklar karantini bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
hududiy bo‘linmalar rahbariyatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, ular qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini tekshirish, ularning karantindagi obyektlari va boshqa zararli organizmlarning zarar yetkazish darajasini o‘rganish va ularga qarshi kurash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha fitosanitariya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan agrotexnik, kimyoviy, biologik va boshqa vositalar bilan himoya qilish bo‘yicha profilaktik va fitosanitariya tadbirlari majmuasini amalga oshirish;
urug‘lik va ekish materialining entofitopatologik holatini o‘z vaqtida nazorat qilish;
pestitsidlarni tegishli tartibda saqlash va hisobga olishni tashkil etish va ulardan oqilona foydalanish;
o‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlash qoidalarini ishchilarga o‘rgatish ishlarini olib borish;
O‘zbekistonga kirib kelib tarqalgan o‘simliklar karantini ahamiyatiga ega zararkunandalarning holati bo‘yicha monitoring olib borish va dolzarb ma’lumotlarni yuritish;
aholini, ayniqsa, yoshlar, fermer xo‘jaliklari egalari va boshqa tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanlarni (shaharlarni) rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash hamda kiritish;
tuman (shahar)larda fitosanitariya xavfsizligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash.
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
28. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qaroriga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
Agentlik, uning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar tashkil etish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarida bo‘lishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;
Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq davlat boshqaruvi organlar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyatiga ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda “yagona darcha” tamoyilini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Agentlik xodimlari va rahbariyatining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Agentlik faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalasida qonun hujjatlarini amalga oshirish;
fitosanitariya xavfsizlik, o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo tizimiga yangi boshqaruv uslublarini joriy etish, jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yoki davlat-xususiy sheriklik shaklida turli hamkorlik shakllarini tatbiq etish;
ijtimoiy sheriklik doirasida fitosanitariya xavfsizlik, o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini talab etadigan ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish;
zarur bo‘lganda markaziy apparat, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining shtat jadvalini, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlari smetasini tasdiqlash;
(28-bandning o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom va ustavlarni, shuningdek, O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
soha xodimlarini ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash to‘g‘risidagi masalani hal etish, Agentlik tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini faxriy unvonga hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etish;
Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Agentlik mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini doimiy monitoring qilish.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan o‘ttiz oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Quyidagilar Agentlik direktori birinchi o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Direktor o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholashning asosiy mezonlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlangan topshiriqlar o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash;
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tegishli o‘rinbosarlar va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilashda, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlashda ishtirok etish, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘rinbosarlar va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishni ta’minlash;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarning prognoz ko‘rsatkichlarga erishishini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik hay’ati qarorlari, Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
(29-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktoriga mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(29-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Agentlik tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun ko‘rib chiqish hamda viza qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Agentlik direktorining topshirig‘iga binoan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari himoyasida ishtirok etish;
(29-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Agentlik hay’ati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
soha faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida Agentlik direktoriga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(29-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik rahbariyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
respublika hududlarida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashni tashkil etish ustidan nazorat qilish;
paxta, boshoqli don va moyli ekinlar maydonlari nazoratini tashkil etish;
dala nazorati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga biologik kurashish uchun biologik laboratoriyalarni tashkil etish;
mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simlik ekinlarining fitosanitariya tozaligini ta’minlash maqsadida bog‘lar, tokzorlar, sabzavotlar va qovunlar ekilgan maydonlarda, dala va issiqxonalarda, shuningdek, o‘rmon yerlarida fitosanitariya nazoratini tashkil etish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan biologik nazorat va biologik himoya qilish uchun yaratilgan o‘simliklar faoliyatini nazorat qilish;
chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash faoliyatini tizimli tashkil etish;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha faoliyatni tashkil etish;
ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimi “Ijro.gov.uz” orqali buyruqlar va vazifalar ijrosini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik rahbariyatiga mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir tegishliligi bo‘yicha takliflar kiritish;
o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish uchun Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha grant mablag‘larini jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalarning moddiy-texnika bazasini yaratish va takomillashtirish choralarini ko‘rish;
Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vazifalari bajarilishini tegishliligi bo‘yicha nazorat qilish.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan o‘ttiz to‘rtinchi — o‘ttiz sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori yoki uning birinchi o‘rinbosari vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarning prognoz ko‘rsatkichlarga erishishini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik hay’ati qarorlari, Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
(30-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktoriga mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(30-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Agentlik tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun ko‘rib chiqish hamda viza qo‘yish, Agentlik direktori tomonidan imzolash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi direktorining topshirig‘iga binoan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
(30-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Agentlik hay’ati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
soha faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida Agentlik direktoriga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(30-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik rahbariyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishi va iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni bartaraf qilishga qaratilgan ichki va tashqi karantin nazoratini tashkil etish;
dala nazorati va o‘simliklar karantini monitoringi sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
eksport qilinayotgan mahsulotlar, shuningdek, mamlakat hududiga olib kirilayotgan (eksport qilinayotgan) karantin ostidagi mahsulotlar sifatini nazorat qilishni o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar olib kiriladigan maskanlar va ularga tutash hududlarda muvofiqlashtirish;
fitosanitariya xavfni tahlil qilish va baholashni tashkil etish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga biologik kurashish uchun biologik laboratoriyalarni tashkil etish;
fitosanitar tozalikni ta’minlash maqsadida karantin ostidagi mahsulotlar va omborlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
ilg‘or tajribaga ega mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimi mutaxassislari uchun o‘quv tadbirlarini tashkil etish;
bog‘lar, tokzorlar va maydonlar, shuningdek eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan qadoqlash sexlari reyestrini shakllantirish ustidan nazoratni muvofiqlashtirish;
o‘simliklar karantini va himoyasi tizimida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimi “Ijro.gov.uz” orqali belgilangan buyruq va vazifalar ijrosini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik rahbariyatiga mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir tegishliligi bo‘yicha takliflar kiritish;
o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish uchun mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish;
Agentlik tarkibiy bo‘linmalarining tegishliligi bo‘yicha moddiy-texnika bazasini yaratish va takomillashtirish choralarini ko‘rish;
o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlash hamda ularga qarshi kurashish choralarini aniqlashga qaratilgan elektron mobil ilovalarni joriy etish va ishlab chiqish;
Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vazifalari bajarilishini tegishliligi bo‘yicha nazorat qilish.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan o‘ttiz uchinchi — o‘ttiz sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
32. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
o‘z vakolatlari doirasida hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Agentlikning mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarining mazkur ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha Agentlik direktorining mutasaddi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish;
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik hay’ati qarorlari, Agentlik direktori va o‘rinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining faoliyatiga amaliy va metodik ko‘maklashish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori o‘rinbosarlariga tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(32-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tarkibiy bo‘linmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Agentlik tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun ko‘rib chiqish hamda imzolash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Agentlik rahbarining topshirig‘iga binoan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktoriga davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
(32-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
33. Quyidagilar hududiy bo‘linmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
hududiy bo‘linmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boshqarmalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Agentlik qarorlari bilan yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha tuman (shahar)lar inspektorlari, o‘simliklar karantini chegara maskanlari inspektorlari, shuningdek, hududiy bo‘linmalar boshqa bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik hay’ati qarorlari, Agentlik direktori buyruqlari, Agentlik direktori va o‘rinbosarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
(33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, hududiy bo‘linmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, hududiy bo‘linmalari faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun o‘z o‘rinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
hududiy bo‘linma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy bo‘linma va o‘z o‘rinbosarlari ishlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
hududiy bo‘linmaga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligini, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash;
hududiy bo‘linma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy bo‘linma xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va hududiy bo‘linmalarning mazkur ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha Agentlik direktorining mutasaddi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish;
(33-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
hududiy bo‘linma xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
hududiy bo‘linma faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga ko‘rish chiqish uchun kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
hududiy bo‘linma xodimlariga mukofotlar to‘lash, lavozim maoshiga ustama belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash, rag‘batlantirish va intizomiy jazoga tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, Agentlikka davlat mukofotlar va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash haqida takliflar kiritish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
hududiy bo‘linma xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish;
hududiy bo‘linma mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
hududiy bo‘linma tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda yuzaga keladigan moliyaviy va texnik masalalarni hal etishga har tomonlama ko‘maklashish;
boshqarma rahbarlari va xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha majburiy kurslarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yordam berish;
hududiy bo‘linma hamda O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) bo‘limlarining nizomlarini tasdiqlash;
fitosanitariya xavfsizlik, o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish maqsadida jamoatchilik bilan ishlash uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan materiallarni to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan murojaatlar yuzasidan zarur choralar ko‘rish.
6-bob. Agentlik rahbarlarining mas’uliyati
Oldingi tahrirga qarang.
34. Agentlik direktori quyidagilar uchun shaxsan mas’uldir:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 28-bandida qayd etilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan mas’uldir:
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 29-30-bandlarida qayd etilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
36. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari quyidagilar uchun shaxsan mas’uldir:
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 32-bandida qayd etilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
37. Hududiy bo‘linmalar boshliqlari quyidagilar uchun shaxsan mas’uldir:
hududiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 33-bandida qayd etilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlikka rahbarlik qilish
Oldingi tahrirga qarang.
38. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Agentlik direktori qishloq xo‘jaligi vaziri taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Agentlik direktori moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, Agentlik direktorining o‘rinbosarlari vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Agentlik direktori bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
42. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig‘i, viloyatlar va Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlari Agentlik direktori tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy bo‘linmalar boshlig‘i o‘rinbosarlari, Agentlik tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida Agentlik direktori boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.
(42-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Agentlik tizimi xodimlariga Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Agentlik direktori hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining tuzilmasida belgilangan xodimlar soni doirasida shtat jadvallarini tasdiqlaydi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2-§. Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi
45. Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi ushbu tashkilot rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
46. Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlariga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarining bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va o‘rganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadilar;
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadilar;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadilar.
47. Hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:
Agentlik rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi to‘g‘risida axborot beradi;
markaziy apparatga belgilangan faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
Agentlik markaziy apparatiga belgilangan tartib va muddatlarda o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi;
Agentlik markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining muhim muammolarini hal etishga qaratilgan takliflar yuboradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari haqida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik direkorining topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
3-§. Agentlikning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
49. Agentlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
50. Hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari o‘z vakolati doirasida davlat boshqaruvining hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan o‘zaro uzviy hamkorlik qiladilar.
4-§. Agentlik hay’ati, jamoatchilik va ilmiy-texnik kengashi
Oldingi tahrirga qarang.
51. Agentlik direktori (hay’at raisi), uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiradigan tarkibiy bo‘linmalar boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
52. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil qilish, qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘simliklar karantini va himoyasi davlat xizmati rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Agentlik faoliyati sohasiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ravishda ko‘rib chiqish;
hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, joylarda Agentlik faoliyati sohasiga taalluqli dolzarb masalalar muhokama etilishini ta’minlash;
Agentlik markaziy apparatining lavozimlar nomenklaturasi va uning tizimini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, ularni tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Agentlik mas’ul ijrochi bo‘lgan qonunchilik loyihalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish.
Hay’at Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
53. Hay’at majlislarida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ham taklif etilishi mumkin.
54. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Hay’at qarorlari Agentlik direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Agentlik direktori va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Agentlik direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
57. Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
58. Agentlikda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-texnik kengash Agentlik direktori (ilmiy-texnik kengash raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, Agentlik tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, soha, ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va sohaning boshqa tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi va Agentlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
59. Quyidagilar Agentlik ilmiy-texnik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahalliy va xorijiy tajribani o‘rganish asosida o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi yagona ilmiy-texnik siyosatni belgilaydigan ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash hamda ko‘rib chiqish;
Agentlik faoliyatini istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlariga ilmiy-texnik rahbarlik qilish, o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, yo‘riqnomalar, tavsiyalar, normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
yetakchi institutlar olimlari va amaliyotchilarini jalb etgan holda o‘simliklar karantini sohasidagi jahon tajribasini, ishlab chiqariladigan mahsulot unumdorligi va sifati bo‘yicha zamonaviy talablar, fitosanitariya standartlariga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar va uskunalarni chuqur tahlil qilish;
ilmiy va loyiha g‘oyalarini ko‘rib chiqish, ilmiy-texnik kengash tomonidan taklif etiladigan qarorlarni professional darajada muhokama etish, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida loyihalarni ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni shakllantirishga ko‘maklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori Agentlik ilmiy-texnik kengashi raisi hisoblanadi.
(59-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
60. Agentlikda Jamoatchilik kengashi tashkil qilinadi.
Jamoatchilik kengashi tarkibiga soha mutaxassislari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
8-bob. Agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlari
61. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholab boriladi.
62. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
63. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezoni Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
64. Agentlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Agentlikning O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik ta’minlanadi.
65. O‘simliklar karantini va himoyasi qoidalari hamda normalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima mablag‘lari Agentlikning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
66. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq to‘lanadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
67. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Agentlik xodimlariga ish haqi to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
10-bob. Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
Oldingi tahrirga qarang.
68. Agentlik direktori o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot beradi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
70. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
71. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga

2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jamg‘arma faoliyati Jamg‘arma Kengashi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va boshqariladi. Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
import va tranzit karantin ruxsatnomalari, xalqaro, ichki va reeksport fitosanitariya sertifikatlari, transport birligini ochish va karantin ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan to‘lovlar;
o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar, mineral va organik o‘g‘itlarni saqlash, realizatsiya qilishni litsenziyalashdan olinadigan davlat boji va to‘lovlar;
ko‘rsatilgan laboratoriya tahlillari xizmati uchun olinadigan to‘lovlar;
zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlar;
tuproq agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanomani ishlab chiqish va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar;
biolaboratoriyalar faoliyati uchun beriladigan texnik ruxsatnoma va biomahsulot sifati bo‘yicha sertifikatlar uchun olinadigan to‘lovlar;
kimyoviy va biologik himoya vositalarining biologik samaradorligi bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlar uchun olinadigan to‘lovlar;
ma’muriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;
Agentlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan maxsus hisobvaraqlarda jamg‘ariladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
6. Agentlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari hisobvaraqlariga tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda taqsimlanib, mablag‘lar tushgan kundan keyingi bir bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamg‘arma hisobvaraqlariga yo‘naltirilishi shart.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
7. Jamg‘arma mablag‘lari:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;
moddiy-texnika bazani mustahkamlash;
mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaga tushadigan tushumlarning 25 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida Agentlik va uning tizimi tashkilotlari xodimlar uchun mukofot, kompensatsiya va rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
o‘simliklar karantini va himoyasi nazoratidagi materiallarni zararsizlantirish uchun fumigantlar xarid qilish;
Agentlik va uning tizimi tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlarini qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;
Jamg‘arma mablag‘laridan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
8. Jamg‘arma mablag‘laridan zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumati topshiriqlarini bajarish va davlat tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish hamda boshqa ishlarda foydalaniladi.
9. Jamg‘arma mablag‘lari daromadlar va xarajatlar smetasi asosida taqsimlanadi. Daromadlar va xarajatlar smetalarini umumlashtirish va qabul qilish ishlari Jamg‘arma Kengashining qarori asosida tashkil etiladi, mutaxassislar daromadlar va xarajatlar smetasining tegishli loyihalarini tayyorlaydi, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda ularni samarali boshqarish bo‘yicha monitoring olib boriladi.
10. Jamg‘arma Kengashi:
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qiladi, ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi;
mablag‘lar ajratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi va asoslangan qarorlar qabul qiladi;
ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda moliyalashtirishni to‘xtatish va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish choralarini ko‘radi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan ham qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Jamg‘arma mablag‘laridan har yili Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga asosan foydalaniladi. Xarajatlar smetasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
12. Daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yil uchun Jamg‘armaga tushishi kutilayotgan mablag‘lar prognozi hisobga olingan holda va amalga oshiriladigan tadbirlar asosida tuziladi.
13. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun buyurtmanomalar, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tomonidan taqdim etiladi.
Kelgusi yilga zarur mablag‘larni olish uchun daromadlar va xarajatlar smetasi Agentlikka har yili 1-iyunga qadar elektron shaklda pochta yoki axborot uzatishning boshqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Daromadlar va xarajatlar smetasi asosida beriladigan buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Agentlik, hududiy bo‘linmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining to‘liq nomi va rekvizitlari;
so‘raladigan mablag‘lar hisob-kitobi va xarajatlar moddalari.
Zarur bo‘lganda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj asoslab berilgan hujjatlar buyurtmanomaga ilova qilinadi.
14. Taqdim etilgan daromadlar va xarajatlar smetasi Jamg‘arma Kengashi tomonidan har yili 1-iyulgacha ko‘rib chiqiladi, ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, buning asosida Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
15. Agentlik tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanuvchi hisoblanadi.
16. Jamg‘armaning joriy moliyaviy yilda foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va Agentlikning hisobvarag‘ida qoladi hamda keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda belgilangan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha hisobot, ularni hisobga olish, nazorat qilish hamda bu boradagi javobgarlik
17. Jamg‘arma Kengashi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qiladi.
18. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish va bu boradagi hisobot belgilangan tartibda amalga oshiriladi, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha monitoring ichki audit bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
19. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga

3-ILOVA

Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
zararli organizmlar — o‘simliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarning o‘simliklarga yoki o‘simlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi;
fitosanitariya monitoringi yuritish — zararli va xavfli organizmlarning tarqalishini prognoz qilish maqsadida ularni aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash;
fitosanitariya prognozi (keyingi o‘rinlarda — prognoz)zararli va xavfli organizmlarning qishlovdan chiqishi, tarqalishi, miqdori hamda rivojlanishini ilmiy asoslangan holda mutaxassislar tomonidan uzoq va qisqa muddatli prognoz qilish jarayoni;
favqulodda vaziyat — zararli va xavfli organizmlarning atrof tabiiy muhitga, hosildorlikka zarar yetkazishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan holat;
favqulodda vaziyat e’lon qilish bo‘yicha vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari;
kimyoviy vositalar — zararli va xavfli organizmlarga qarshi kurashda foydalaniladigan, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kimyoviy moddalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom.
iqtisodiy zarar miqdori mezoni (keyingi o‘rinlarda — IZMM) — fitosanitariya choralari olib borilishi lozim bo‘lgan hollarda o‘simlik mahsulotlarining yo‘qotilishini keltirib chiqaruvchi zararli va xavfli zararli organizmlarning miqdori;
to‘da hosil qiladigan zararli chigirtkalar — Osiyo, Marokash, Italiya prusi va Saksovul chigirtkalari.
2-bob. Fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish tartibi
3. Fitosanitariya chora-tadbirlarini o‘tkazishning asosiy mezoni monitoring ma’lumotlari asosida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan ishlab chiqilgan prognozga asoslanadi.
4. Fitosanitariya tadbirlari hajmlarini belgilashda yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ham hisobga olinadi.
5. Agentlik ma’lumotlari asosida kimyoviy yo‘l bilan ishlov beriladigan maydon IZMM qiymatlariga ko‘ra aniqlanadi.
6. Agentlik tomonidan zararli va xavfli organizmlarning rivojlanishi hamda tarqalishining doimiy ravishda fitosanitariya monitoringi olib boriladi.
7. Davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslar o‘z hududlarida o‘tkazilgan fitosanitariya monitoringi natijalari bo‘yicha IZMMdan yuqori bo‘lmagan zararli va xavfli organizmlar aniqlangan taqdirda, qarshi kurashish tadbirlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishlari shart.
Zararli va xavfli organizmlar ko‘payishi va tarqalishi orqali favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, ya’ni yer egalari tomonidan zararli va xavfli organizmlarga qarshi 2-marta ishlov berilgandan keyin ham ko‘payishi va tarqalishi kuzatilsa, ularni bartaraf etish yoki keng tarqalishiga qarshi kurashish xarajatlari Davlat budjeti parametrlari doirasida Agentlik uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
8. Zararli organizmlarga qarshi kurashish tadbirlari kimyoviy vositalar orqali amalga oshiriladi.
9. Agentlik zararli va xavfli organizmlarning rivojlanish fenologiyasi, muhofazalanadigan ekinlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha tizimli kuzatuvlarga asoslanib mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hududlarni o‘rganish va fitosanitariya qarshi kurashish choralarini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida tezkor xabar beradi.
10. Agentlik tomonidan zararli va xavfli organizmlarga qarshi kurashish bo‘yicha fitosanitariya tadbirlari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 695-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simliklar karantini obyektini yo‘q qilish va uning o‘chog‘ini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya monitoringi va fitosanitariya chora-tadbirlari o‘tkazilishi ustidan nazorat Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. To‘da hosil qiladigan va to‘da hosil qilmaydigan zararli chigirtkalarga qarshi kurashish hamda fitosanitariya choralarini ko‘rish tartibi
12. IZMMdan yuqori miqdorda bo‘lmagan to‘da hosil qiladigan va to‘da hosil qilmaydigan zararli chigirtkalar (keyingi o‘rinlarda — zararli chigirtkalar)ga qarshi kurashish hamda fitosanitariya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish joylardagi davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlarining prognoz ma’lumotlari asosida qo‘shni davlatlar hududidan kirib keladigan zararli chigirtkalar xavfini bartaraf etish maqsadida zarur kimyoviy vositalar va texnikalar zaxirasini yaratish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari tomonidan ularning prognoz ma’lumotlari asosida zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov beriladigan maydonlar hajmlari IZMM bo‘yicha aniqlanadi va Agentlik bilan kelishgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etiladi.
15. Tegishli yilda IZMMdan yuqori miqdordagi zararli chigirtkalar tarqalgan haqiqiy maydonlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda kuzatuv-nazorat dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
16. Zararli chigirtkalarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini tashkil etish mahalliy budjet parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
17. Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish bo‘yicha fitosanitariya tadbirlariga quyidagilar kiradi:
IZMM miqdoridan yuqori bo‘lgan chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov berish uchun kimyoviy vositalarni sotib olish, shuningdek, kimyoviy vositalar zaxirasini shakllantirish, saqlash va turlarini yangilash;
IZMM miqdoridan yuqori bo‘lgan zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy vositalarni saqlash va tashish bo‘yicha xizmatlar;
IZMM miqdoridan yuqori bo‘lgan zararli chigirtkalar tarqalgan hududlarda kimyoviy ishlov berish xizmatlari.
18. Zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov berish maydonlari IZMM bo‘yicha aniqlanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatining ma’lumotlari mahalliy ijro etuvchi organlar bilan muvofiqlashtirilib, Agentlikka taqdim etiladi.
19. Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlarining prognoz ma’lumotlari asosida ishlov maydonlarining hajmlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Favqulodda vaziyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosilining saqlanishini ta’minlash va zararli organizmlarga qarshi fitosanitariya chora-tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi
20. Favqulodda vaziyatlarda zararli organizmlarga qarshi fitosanitariya chora-tadbirlari hamda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Davlat budjeti parametrlaridagi mablag‘lar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda respublika miqyosida sezilarli iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlari asosida Agentlik bilan kelishilgan holda ajratiladi.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarori bilan qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarida ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — viloyat/tuman ishchi guruhi) tashkil etiladi.
Viloyat/tuman ishchi guruhi tarkibi, qoida tariqasida, viloyat/tuman hokimliklarida hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat/tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining viloyat boshqarmasi/tuman bo‘limi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari va tegishli mutaxassislardan tashkil topadi.
22. Viloyat/tuman ishchi guruhi:
favqulodda vaziyatlarda zarur chora-tadbirlarni va zararli organizmlarni yo‘q qilish choralarini belgilaydi;
samaradorlik yuzasidan chora-tadbirlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
ijrochilar tomonidan o‘z vazifalarini bajarishlari uchun yetarlicha qarshi kurashishni tashkil etadi;
moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishni nazorat qiladi;
hujjatlashtirish va hujjatlarni arxivlashni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni umumlashtiradi;
belgilangan vazifalar yuzasidan monitoring olib boradi va baholaydi.
23. Favqulodda vaziyatlarda xarajatlarni qoplash yerdan foydalanuvchilarning yozma murojaatlariga asosan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda tuman ishchi guruhi:
a) murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi;
b) o‘rganish yuzasidan dalolatnoma tuzadi va dalolatnomada favqulodda holatlarda qilingan sarf-xarajatlarni qoplash summasini belgilashda quyidagi asoslashga ko‘ra hisob-kitob qiladi:
1) kimyoviy ishlov uchun kimyoviy vositalar xaridi uchun qilingan xarajatlar;
2) kimyoviy vositalarni tashish va saqlash uchun qilingan xarajatlar;
3) kimyoviy vositalar bilan yerdan foydalanuvchining ekin maydonlariga ishlov berishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar.
v) tuzilgan dalolatnoma va unda qayd etilganlarga javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.
24. Tuman ishchi guruhi tomonidan tuman hududidagi yer maydonlari (konturlar) bo‘yicha zararli organizmlarning tarqalishi va ko‘payishi o‘rganib boriladi hamda ularga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida tuman hokimligiga xulosa kiritiladi.
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlarida zararli organizmlar, zararkunandalar, karantin obyektlari, begona (zaharli) o‘tlar va o‘simliklar kasalliklari turi, ishlov beriladigan maydon hajmi, ularga qarshi kurashda foydalaniladigan vositalarni sotib olish uchun talab etiladigan mablag‘ miqdori ko‘rsatiladi hamda mablag‘ ajratish yuzasidan talabnoma Agentlikka yuboriladi.
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarorlari va talabnomalar Agentlikka tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi va Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar o‘simliklar karantini va himoyasi hududiy bo‘linmalarining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Hududiy bo‘linmalar yerdan foydalanuvchilarga qarshi kurashish uchun sarf-xarajatlarni tuman ishchi guruhining dalolatnomalari asosida qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ajratilgan mablag‘larni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, mavsum yakunida sarflangan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan hujjatli taftish o‘tkaziladi. Taftish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
5-bob. Yakunlovchi qoida
28. Ushbu Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

‎‎_________________ viloyati, __________ tumani hududlarida zararli chigirtkalar ko‘zachalarini aniqlash va kimyoviy ishlov o‘tkazish to‘g‘risida
‎DALOLATNOMA

‎‎20___ y. “___” “________” ‎‎_________ tumani

‎‎Ushbu dalolatnomani tuzib imzo chekuvchilar _______________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ bo‘lib ushbu dalolatnomani __________________________________ viloyati___________________________ tumani
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ hududlaridagi _______ gektar maydonda zararli chigirtkalarning tuxum ko‘zachalari bo‘yicha kuzatuv — nazorat ishlari o‘tkazilganda ___ gektar maydonda (chigirtka turi) zararli chigirtkalarning tuxum ko‘zachalari borligi aniqlanligi haqida tuzdik. Tuxum ko‘zachalari 1m2 da o‘rtacha ___ donani tashkil etadi.
‎Kuzatuv — nazorat ishlari natijasiga ko‘ra _________ tumani _____________________ hududida zararli chigirtkalar (chigirtka turi) ______ gektarga tarqalishi aniqlanib, _______ gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazish hajmi belgilab olindi.

‎‎Ushbu dalolatnomani to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:

‎‎Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi
‎Tuman o‘simlar karantini va himoyasi bo‘limi
‎Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
‎Viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati
‎Fermer xo‘jaligi raisi

Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini o‘tkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Zararli va xavfli organizmlarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yerdan foydalanuvchilar

Tuman hokimligining ishchi guruhiga yozma murojaat taqdim etish.

Zarurat bo‘lganda

2-bosqich

Tuman ishchi guruhi

1. Murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqish.

2. O‘rganish natijasi bo‘yicha uch nusxada dalolatnoma tuzish.

3. Yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qaror qabul qilish va viloyat ishchi guruhiga taqdim etish.

3 ish kuni davomida

3-bosqich

Viloyat ishchi guruhi

Qaror qabul qilish hamda talabnomani Agentlikka taqdim etish.

3 ish kuni davomida

4-bosqich

Agentlik va hududiy bo‘linmalar

1. Agentlik tomonidan o‘zining hududiy bo‘linmalariga mablag‘ ajratish.

2. Hududiy bo‘linmalar yerdan foydalanuvchilarga qarshi kurashish uchun sarf-xarajatlarni tuman ishchi guruhining dalolatnomalari asosida qoplash.

3 ish kuni davomida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga

4-ILOVA

Avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo porti va tashqi iqtisodiy faoliyat, davlatlararo chegara maskan (punkt)lari hamda pochtamtdagi o‘simliklar karantini maskan (punkt)lari
RO‘YXATI

T/r

Hududlar

Maskan (punkt)lar soni

Xodimlar soni

Shu jumladan, o‘simliklar karantini chegara maskan (punkt)lari nomi/xodimlar soni

Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)

Davlatlararo

Temir yo‘l stansiyalari

Aeroportlar

Respublika ichki avtomobil yo‘llari

Daryo porti

Pochtamt

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

8

29

“Nukus”/1

“Dovud ota”/9

“Karakalpakiya”/6

“Nukus”/4

“Miskin”/3

“Qo‘ng‘irot”/1

“Xo‘jayli”/4

“To‘rtko‘l”/1

2.

Andijon viloyati

7

24

“Bobur”/2

“Madaniyat”/4

“Savay”/1

“Andijon”/1

“Andijon”/2

“Do‘stlik”/12

“Asaka”/2

3.

Buxoro viloyati

6

28

“G‘ijduvon”/1

“Olot”/13

“Xo‘jadavlat”/4

“Buxoro”/4

“Sarmijon”/3

“Buxoro”/3

4.

Jizzax viloyati

3

12

“Jizzax”/4

“Malikturgon”/4

“Qo‘shqand”/4

5.

Qashqadaryo viloyati

7

16

“Nasaf”/2

“Tolimarjon”/2

“Qarshi”/2

“Umakay”/5

“Kitob”/1

“Shirinbuloq”/2

6.

Navoiy viloyati

6

16

“Tinchlik”/2

“Navoiy”/3

“Samarqand”/3

“Navoiy”/2

“Karakata”/3

“Navoiy industrial”/3

7.

Namangan viloyati

5

34

“Namangan”/4

“Kosonsoy”/6

“Namangan”/6

“Namangan”12

“Pop”/6

8.

Samarqand
viloyati

6

27

“Samarqand”/3

“Jartepa”/6

“Samarqand”/6

“Omonqo‘ton”/3

“Ulug‘bek”/3

“Yuqori nuqta”/6

9.

Surxondaryo viloyati

12

46

“Termiz”/3

“Ayritom”/12

“Surxonobod”1

“Termiz”/3

“Darband”/6

“Termiz daryo porti”/3

“Denov”/2

“Sariosiyo”/6

“Quduqli”/1

“Jarko‘rg‘on”/3

“Gulbahor”/4

“Bobotog‘”/2

10.

Sirdaryo viloyati

8

39

“Xovos”/4

“Sirdaryo”/9

“Sirdaryo”/6

“Sayxun”/4

“Malik”/4

“Guliston”/2

“Oqoltin”/4

“Xovosobod”/6

11.

Toshkent viloyati

17

106

“Chirchiq”/4

“Yallama”/12

“Bekobod”/1

“Olmaliq”/2

“Navoiy”/9

“Keles temir yo‘li”/9

“Yangiyo‘l”/4

“G‘ishtko‘prik”/18

“O‘zbekiston temir yo‘li”/2

“Bekobod”/1

“S. Najimov”/9

“Nazarbek”/8

“Oybek”/9

“Keles”/6

“Farhod”/6

“Angren”/2

“Bekobod avto”/4

12.

Farg‘ona viloyati

10

53

“Qo‘qon”/3

“Ravot”/6

“Farg‘ona”/6

“Kirguli”/2

“Andarxon”/9

“Marg‘ilon”/2

“Rishton”/4

“Vodiy”/3

“Farg‘ona”/9

“O‘zbekiston”/9

13.

Xorazm viloyati

6

37

“Urganch”/4

“Shovot”/9

“Urganch”/9

“Cholish”/3

“Do‘stlik”/9

“Mamako‘pir”/3

14.

Toshkent
shahri

13

72

“Arkbuloq”/5

“Toshkent temir yo‘l”/12

“Toshkent”/27

“Xalqaro pochtamt”/2

“Toshkent-yuk saroy” /4

“Sobir Rahimov”/2

“Sergeli”/2

“Hamza”/2

“Toshkent avia yuklar”/4

“Chuqursoy texnik idorasi”/4

“Chuqursoy”/5

“Chet el vakolatxonalari”/0

“Chuqursoy texnik nazorat” t.y./3

Jami

114

539

42

32

13

11

14

1

1

Izoh: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori o‘simliklar karantini chegara maskani (punkti)ning karantin ostidagi mahsulotlarning yuk oqimi jadalligiga qarab, xodimlarni o‘simliklar karantini chegara maskanlariga biriktirish hamda O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘simliklar karantini chegara maskanlari qo‘shimcha shtat birliklarini joriy qilish huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga

5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi hududida uchraydigan karantin ahamiyatga ega bo‘lmagan zararli organizmlar
ro‘yxati

T/r

Lotin tilidagi nomi

Davlat tilidagi nomi

I. 3ararkunandalar

1.

Adelphocoris lineolatus (Goeze)

Beda qandalasi

2.

Acanthoscelides obtectus (Say)

Loviya donxo‘ri

3.

Acarus siro (Linnaeus)

Ombor kanasi

4.

Aculops lycopersici (Massee)

Pomidor zang kanasi

5.

Acyrthosiphon primulae (Narris)

No‘xat shirasi

6.

Acyrthosiphon phaseoli (Mordv)

Katta yashil g‘o‘za shirasi

7.

Aeolesthes sarta (Solsky)

Shahar mo‘ylovdori

8.

Agriotes meticulosus (Candeze)

Turkiston qarsildoq qo‘ng‘izi (simqurt)

9.

Agrotis segetum (Denis & Schiffermuller)

Kuzgi tunlam

10.

Agrotis exclamationis (Linnaeus)

Undov tunlami

11.

Amphitetranychus viennensis (Zacher)

Do‘lana kanasi

12.

Anthaxia conradti (Semenov)

Archa tilla qo‘ng‘izi

13.

Anthonomus terreus (Gyllenhal)

Qulupnay uzunburini

14.

Aphis loti (Kaltenbach)

Akatsiya shirasi

15.

Aphis gossypii (Glov)

Poliz shirasi

16.

Aphis pomi (De Geer)

Olma shirasi

17.

Arboridia kokogowona (Matsumura)

Uzum sikadasi

18.

Artogeia rapae (Linnaeus)

Sholg‘om oq kapalagi

19.

Autographa gamma (Linnaeus)

Gamma tunlami

20.

Bemisia tabaci (Gennadius)

G‘o‘za oqqanoti

21.

Brevicoryne brassicae (Linnaeus)

Karam shirasi

22.

Bruchus pisorum (Linnaeus)

No‘xat donxo‘ri

23.

Bryobia redikorzevi (Reck)

Kulrang bog‘ kanasi

24.

Cacopsylla pyri (Linnaeus)

Nok barg burgachasi

25.

Caliroa cerasi (Linnaeus)

Olcha shilliq arrakashi

26.

Calliptamus italicus (Linnaeus)

Italiya yoki voha chigirtkasi

27.

Calliptamus turanicus (Tarbinsky)

Qir yoki Turon chigirtkasi

28.

Callosobruchus maculatus (Fabricius)

To‘rt dog‘li donxo‘r

29.

Cephus pygmeus (Linnaeus)

G‘alla arrakashi

30.

Cossus cossus (Linnaeus)

Daraxt sasiqho‘ri

31.

Choreutis nemorana (Nubner)

Anjir parvonasi

32.

Chrysomela populi (Linnaeus)

Tol bargxo‘ri

33.

Cinara pini (Linnaeus)

Archa shirasi

34.

Creontiades pallidus (Rambur)

G‘o‘za qandalasi

35.

Cydia pomonella (Linnaeus)

Olma mevaxo‘ri

36.

Delia florilega (Zetterstedt)

Qovun maysa pashshasi

37.

Dericorys albidula (Serville)

Katta saksovul bukur chigirtkasi

38.

Diaphania pyloalis (Walker)

Tut parvonasi

39.

Dociostaurus maroccanus (Thunberg)

Marokash chigirtkasi

40.

Eotetranychus pruni (Oudemans)

Bog‘ o‘rgimchakkanasi

41.

Epilachna chrysomelina (Rossi)

Poliz qo‘ng‘izi

42.

Eriophyes pyri (Pagenstecher)

Shish qo‘ztatuvchi nok kanasi

43.

Eriosoma lanigerum Nausmann

Kizil qon shirasi

44.

Eriophyes vitis (Pgst.)

Tok kanasi

45.

Eriosoma ulmi (Linnaeus)

Ildiz shirasi

46.

Erschoviella musculana (Ershov)

Yong‘oqmevaxo‘ri

47.

Eurygaster integriceps (Puton)

Zararli xasva

48.

Euzophera bigella (Zeller)

Anor mevaxo‘ri

49.

Frankliniella occidentalis (Pergande)

G‘arb gul tripsi

50.

Grapholita funebrana (Treitschke)

Olxo‘ri mevaxo‘ri

51.

Naplothrips tritici (Kurd)

Bug‘doy tripsi

52.

Nelicoverpa armigera (Nubner)

G‘o‘za tunlami

53.

Noplocampa testudinea (Klug)

Olma meva arrakashi

54.

Nypera postica (Phytonomus variabilis) (Gyllenhal)

Beda bargfilchasi (fitonomus)

55.

Lepidosaphes ulmi (Linnaeus)

Olma vergulsimon qalqondori

56.

Leucoptera malifoliella (Costa)

Do‘lana girdak kuyasi

57.

Liriomyza sativae (Blanchard)

Sabzavot g‘ovak hosil qiluvchi pashshasi

58.

Lobesia botrana (Denis & Schiffermuller)

Shingil barg o‘rovchisi

59.

Locusta migratoria migratoria (Linnaeus)

Osiyo chigirtkasi

60.

Lygus pratensis (Linnaeus)

Dala qandalasi

61.

Lymantria dispar (Linnaeus)

Toq (tengsiz) ipak qurti

62.

Mamestra brassicae (Linnaeus)

Karam tunlami

63.

Melolontha afflicta (Ballion)

May buzoq bosh qo‘ng‘izi

64.

Myiopardalis pardalina (Bigot)

Qovun pashshasi

65.

Myzus antirrhinii (Myzus persicae) (Macchiati)

Yashil shaftoli yoki issiqxona shirasi

66.

Ostrinia nubilalis (Nubner)

Makkajuxori parvonasi

67.

Oulema melanopus (Linnaeus)

Shilimshiq qurt

68.

Parlatoria oleae (Colvee)

Binafsha rangli qalqondor

69.

Panonychus ulmi (Koch)

Qizil meva kanasi

70.

Parthenolecanium corni (Bouche)

Akatsiya soxta qalqondori

71.

Phyllonorycter populiella (Chambers)

Terak g‘ovak hosil qiluvchi chipor kuyasi

72.

Phytonemus pallidus (Banks)

Qulupnay kanasi

73.

Pieris brassicae (Linnaeus)

Karam oqkapalagi

74.

Planococcus citri (Risso)

Sitrus unsimon qurti

75.

Planococcus vovae (Nasonov)

Archa unsimon qurti

76.

Plutella xylostella (Linnaeus)

Karam kuyasi

77.

Polyphylla tridentata (Reitter)

Uch tishli buzoq bosh qo‘ng‘izi

78.

Pterochloroides persicae (Sholodkovsku)

Katta shaftoli tana shirasi

79.

Pyrrhalta tenella (Linnaeus)

Qulupnay bargxo‘ri

80.

Rhagoletis cerasi (Linnaeus)

Olcha (gilos) pashshasi

81.

Rhizoglyphus echinopus (Fumouze & Robin)

Piyoz ildiz kanasi

82.

Rhyzopertha dominica (Fabricius)

Ombor arrakashi

83.

Sitobion avenae (Fabricius)

Katta g‘alla shirasi

84.

Sitona macularius (Marsham)

Maysa uzunburun qo‘ng‘izi

85.

Sitona lineatus (Linnaeus)

No‘xat barg uzunburun qo‘ng‘izi

86.

Sitophilus granarius (Linnaeus)

Ombor uzunburini

87.

Sitophilus oryzae (Linnaeus)

Guruch mitasi

88.

Sitotroga cerealella (Olivier)

Don kuyasi

89.

Sparganothis pilleriana (Denis & Schiffermuller)

Tok barg o‘rovchisi

90.

Sphaerolecanium prunastri (Boyer de Fonscolombe)

Olxo‘ri soxta qalqondori

91.

Spodoptera exigua (Nubner)

Karadrina

92.

Stephanitis pyri (F)

Nok qandalasi

93.

Tetranychus urticae (Koch)

Oddiy o‘rgimchakkana

94.

Tettigonia caudata (Charpentier)

Dumli temirchak

95.

Tettigonia viridissima (Linnaeus)

Yashil temirchak

96.

Thrips tabaci (Lindeman)

Tamaki tripsi

97.

Trialeurodes vaporariorum (Westwood)

Issiqxona oqqanoti

98.

Tribolium castaneum (Nerbst)

Tyg‘nog‘ichsimon mo‘ylovli mita

99.

Tribolium confusum (Duval)

Kichik un mitasi

100.

Tuta absoluta (Meyrick)

Pomidor kuyasi

101.

Xanthogaleruca luteola (Muller)

Qaypag‘och bargxo‘ri

102.

Yponomeuta malinellus (Zeller)

Olma kuyasi

II. O‘simlik kasalliklari

103.

Agrobacterium tumefaciens (Smith et Townsend) Conn.

Bakterial rak

104.

Alternaria spp.

Qo‘ng‘ir dog‘lanish

105.

Ascochyta rabiei (Labrousse)

Askoxitoz kasalligi (no‘xatda)

106.

Botrytis cinerea (Pers.)

Kulrang chirish

107.

Diplocarpon rosae (F.A.Wolf)

Atirgul qora dog‘lanishi

108.

Cercospora concors (Braun & Crous)

Serkosporioz

109.

Cercospora vitis (Spegazzini)

Serkosporioz

110.

Cladosporium fulvum (Cooke)

Qo‘ng‘ip dog‘lanish kasalligi

111.

Clasterosporium carpophilum (Law)

Teshikli dog‘lanish

112.

Cochliobolus sativus (Shoemaker)

Sariq dog‘lanish

113.

Colletotrichum lindemuthianum (Briosi & Cavara)

Antraknoz kasalligi (loviyada)

114.

Coniferiporia qilianensis (B.K.Cui, L.W.Zhou & Y.C.Dai)

Archaning chirish kasalligi

115.

Cytospora schulzeri (Saccardo & P. Sydow)

Sitosporoz

116.

Cylindrosporium mori (Lev.)

Tutning qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligi

117.

Erysiphe cichoracearum (Neluta)

Un shudring (qovoq ekinlarida)

118.

Erysiphe graminis (Ds.)

Un shudring

119.

Erysiphe necator (Schweinitz)

Oidium (un shudring)

120.

Erysiphe clandestina (Biv.)

Qayrag‘och daraxtining un-shudring kasalligi

121.

Fomitiporia punctata (P. Karst.)

Archaning chirish kasalligi

122.

Fusarium oxysporumf. sp. vasinfectum ((Atk.) Snyder & Nansen)

Fuzarioz kasalligi

123.

Fusarium verticillioides ((Saccardo) Nirenberg)

Fuzarioz vilt

124.

Fusarium roseum (Link)

Gullarning fuzarioz so‘lish (fuzarioz vilt) kasalligi

125.

Gioeosporium ampelophagum (Sacc)

Tokning antraknoz kasalligi

126.

Gymnosporangium confusum (Plowright,)

Virgin archalarining zang kasalligi

127.

Leveillula taurica feceris (Lev.)

Un shudring kasalligi

128.

Lophodermium pinus (Chevallier,)

Shyutte (ignabargli daraxtlar kasalligi)

129.

Melampsora populi

Terakning zang kasalligi

130.

Microsphaera alphitoides

Eman daraxtining un-shudring kasalligi

131.

Monilia cinerea. Bonard.

Monilioz kasalligi

132.

Monilia cydoniae Schell.

Monilioz kasalligi

133.

Moniliafructigena (Noney)

Monilioz kasalligi

134.

Oidium tuckeri Berk

Oidium kasalligi

135.

Ophiognomonia leptostyla (Fr.)

Yongoqning qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligi

136.

Peronospora destructor (Berk.)

Piyozning soxta un-shudring kasalligi

137.

Podosphaera tridactyla (Wallr.)

Olmaning un shudring kasalligi

138.

Phoma macdonaldii (Boerema)

Fomoz

139.

Phyllactinia suffulta f. ulmi

Qayrag‘och daraxtining un-shudring kasalligi

140.

Phytophthora infestans (Montagne) (de Bary)

Fitoftoroz

141.

Phytophtora cactorum(Lebert & Cohn)

Manzarali ko‘chatlarning chirishi

142.

Plasmopara halstedii (Berlese & de Toni)

Peronosporoz (soxta un-shudring)

143.

Plasmopara viticola (Berlese & de Toni)

Mildyu

144.

Podosphaera leucotricha (Ellis et Everharat) (Salmon)

Un-shudring

145.

Pseudomonas cerasi (Kaluzna)

Bakterial rak

146.

Pseudomonas syringae pv. Mori (Boyer)

Tutning bakterial dog‘lanish kasalligi

147.

Puccinia striiformis (Westendorp)

Sariq zang

148.

Puccinia triticina (Eriksson)

Qo‘ng‘ip zang

149.

Piricularia oryzae (Cavara)

Sholining pirikulyarioz kasalligi

150.

Podosphaera pannosa (Wallr.)

Atirgul va na’matakning un-shudring kasalligi

151.

Rhizoctonia solani (Kuehn.).

Oddiy ildiz chirish

152.

Septoria lycopersici (Spegazzini)

Oq dog‘lanish kasalligi

153.

Seynesiella juniperi (Desm.) G. Arnaud

Archaning qora dog‘lanish kasalligi

154.

Sphaeropsis malorum (Berk.)

Qora rak

155.

Sphaerotheca pannosa Lev. f. persicae (Lev.)

Shaftolida un-shudring kasalligi

156.

Taphrina deformans (Berk.)

Shaftolining barg bujmayishi kasalligi

157.

Thielaviopsis basicola (Berkeley & Broome)

Qora ildiz chirish

158.

Tilletia laevis (Kuehn)

Oddiy qorakuya

159.

Uromyces phaseoli (F.)

Zang kasalligi (manzarali daraxt)

160.

Uromyces dianthi (Pers.)

Chinnigulning zang kasalligi

161.

Urocystis cepulae (Frost)

Piyozning qorakuya kasalligi

162.

Usdlago tritici (Jensen)

Chang qorakuya

163.

Ustilago tritici (Bjerk.)

Kattiq qorakuya

164.

Venturia inaeguales (Winter)

Kalmaraz (parsha) kasalligi

165.

Verticillium dohlioe (Klebahn)

Vertitsillyoz vilt

166.

Xanthomonas arboricola Pv. Juglandis

Yong‘oqning bakterial kuyish kasalligi

167.

Xanthomonas campestris Pv. Malvacearum

G‘o‘zaning gommoz kasalligi

168.

Xanthomonas malvacearum (Dowson)

Gommoz

III. Begona o‘tlar

169.

Amaranthus retroflexus (Linnaeus)

Sho‘ra

170.

Avenafatua (Linnaeus)

Yovvoyi suli

171.

Abutilon theophrastii (Medik)

Kanatka

172.

Alisma plantago-aquatica (L.)

Zupturum

173.

Apera spica-venti (L.)

Supurgi o‘t

174.

Brassica napiis

Raps

175.

Brassicaceae (Burnett)

Xantal

176.

Brassica campestris (L.)

Yovvoyi turp

177.

Bromus secalinus (L.)

Shamak

178.

Capsella bursa-pastoris (Medicus)

Jag‘-jag‘

179.

Convolvulus arvensis (Linnaeus)

Qo‘ypechak

180.

Cynodon dactylon (Persoon)

Ajriq

181.

Carduus acanthoides L.

Tikanli qushqo‘nmas

182.

Centaurea cyanus (L.)

Sachratqi

183.

Cirsium amense (L.)

Dala gusalasi

184.

Cyperus rotundus (Linnaeus)

Salomalaykum

185.

Erysimum cheiranthoid.es

Sariqo‘t

186.

Euphorbia falcata (L.)

Sutlama

187.

Echinochloa crusgalli (L.)

Yovvoyi tariq

188.

Elytrigia repens (L.)

Bug‘doyiq

189.

Galium, aparine (L.)

Yopishqoq o‘t

190.

Nibiscus trionum (Linnaeus)

Bo‘ritaroq

191.

Nordeum murinum (Linnaeus)

Yovvoyi arpa

192.

Lactuca serriola (L.)

Sut cho‘pi

193.

Lhenoplium album

Olabuta

194.

Lolium perenne

Raygras

195.

Phragmites australis (Steudel)

Qamish

196.

Portulaca oleracea (Linnaeus)

Semizo‘t

197.

Rumex crispus (L.)

Otquloq

198.

Salicornia herbacea (L.)

Qora sho‘ra

199.

Solanum olgae (Pojark.)

Qizil ituzum

200.

Solanum nigrum (L.)

Qora ituzum

201.

Solanum carolinense (L.)

Oddiy ituzum

202.

Stellaria neglecta (Weihe)

Yulduzo‘t

203.

Silena brachulica (L.)

Echki miya

204.

Silybum marianum ((L.) Gaertn)

Qushqo‘nmas

205.

Sonchus arvensis (L.)

Qoqi o‘t

206.

Setaria helvola (L.f.)

Itqo‘noq

207.

Sorghum halepense (Persoon)

G‘umay

208.

Taeniatherum caput-medusae (L.)

Qiltiq

209.

Typha latifolia (L.)

Qalin barg qamish

210.

Vicia tetrasperma (L.)

Yovvoyi no‘xat

211.

Xanthium spinosum (L.)

Chaqir tikan

212.

Xanthium strumarium (L.)

Qo‘y tikan

IV. Nematodalar

213.

Anguina tritici (Steinbuch, 1799)

Bug‘doy anguina nematodasi

214.

Aphelenchoides besseyi (Christie)

Guruch nematodasi

215.

Aphelenchoides fragorioe (Ritzema Bos, 1891) Christie et Steiner

Qulupnay nematoda

216.

Ditylenchus ongustus (Butlek, 1913) Filipjev, 1936

Guruch poya nematodasi

217.

Ditylenchus destructor (Thorne)

Kartoshka poya nematodasi

218.

Ditylenchus dipsaci (Filipjev)

Poya nematodasi

219.

Neterodero glycines (Ichinohe)

Soya nematodasi

220.

Meloidogyne incognita (Kofoid et White, 1919) Chitwood, 1949

Janubiy bo‘rtma nematodasi

221.

Meloidogyne arenaria (Neal, 1889) Chitwood, 1949

Yeryong‘oq bo‘rtma nematodasi

222.

Meloidogyne javanica (Treub, 1885) Chitwood, 1949

Yava bo‘rtma nematodasi

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga

51-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining o‘simliklar karantini davlat inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi*
I. Yozgi mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangli kepka;
b) kalta yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil ko‘ylak;
v) to‘q-yashil shim;
g) shim uchun kamar;
d) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangli kepka;
b) kalta yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil bluzka;
v) to‘q-yashil yubka;
g) qora rangli charm tufli.
II. Kuzgi va bahorgi mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangli kepka;
b) uzun yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil ko‘ylak;
v) oltinrang qisqichli to‘q-yashil rangdagi bo‘yinbog‘ (regat);
g) bitta ko‘krak cho‘ntakli, yon tomonlari cho‘ntakli va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan to‘q-yashil rangli yengil kurtka;
d) to‘q-yashil rangli shim;
e) shim uchun kamar;
j) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangli kepka;
b) uzun yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil rangli bluzka;
v) to‘q-yashil rangdagi bo‘yinbog‘;
g) bitta ko‘krak cho‘ntakli, yon tomonlari cho‘ntakli va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan to‘q-yashil rangli yengil kurtka;
d) to‘q-yashil rangli yubka;
e) qora rangli charm tufli.
III. Qishki mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) orqa tomoni mo‘yna (jun) bilan qoplangan, old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangdagi kepi;
b) uzun yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil rangli ko‘ylak;
v) oltinrang qisqichli to‘q-yashil rangdagi bo‘yinbog‘;
g) yoqasida tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan, yon tomonlari cho‘ntakli, shevronli, to‘q-yashil rangdagi kurtka;
d) yoqa qismi mo‘ynali, ko‘krak nashivka va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
e) to‘q-yashil rangdagi issiq shim;
j) qora rangli etik.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) orqa qismi mo‘yna bilan qoplangan, old tomonida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangdagi shlyapa;
b) uzun yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil rangli bluzka;
v) to‘q-yashil rangli bo‘yinbog‘;
g) yoqasida tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan, yon tomonlari cho‘ntakli, shevronli, to‘q-yashil rangdagi kurtka;
d) yoqa qismi mo‘ynali, ko‘krak qismi nashivka va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
e) to‘q-yashil rangdagi yubka;
j) qora rangli etik.
IV. Tantanali formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) oltin rangli kakarda qadalgan to‘q-yashil rangdagi furajka;
b) uzun yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma va tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan oq ko‘ylak;
v) oltinrang qisqichli to‘q-yashil rangdagi bo‘yinbog‘;
g) yon va chap ko‘krak qismi cho‘ntakli, yoqasida tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan, ko‘krak nishonli va shevronli to‘q-yashil rangli kurtka;
d) to‘q-yashil rangli shim;
e) qora rangli tufli.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) oltin rangli kakarda qadalgan to‘q-yashil rangdagi shlyapa;
b) uzun yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugma va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och-yashil rangli bluzka;
v) to‘q-yashil rangli bo‘yinbog‘;
g) yoqasida tugma qadaladigan teshiklari mavjud bo‘lgan, yon tomonlari cho‘ntakli, shevronli, to‘q-yashil rangli kurtka;
d) to‘q-yashil rangli yubka;
e) qora rangli tufli.
V. Dala formali kiyim-bosh
Erkaklar va ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q-yashil rangli kepka;
b) ko‘krak va yon tomonlarida cho‘ntaklari bo‘lgan, shevronli to‘q-yashil rangdagi ko‘ylak;
v) yon tomonlarida, orqasida va tizzadan past qismida cho‘ntaklari bo‘lgan to‘q-yashil rangli shim;
g) botinka.
VI. Formali kiyim-boshning farqlanuvchi belgilari
1. Kokarda
Oltin rangdagi yengil metalldan yasalgan bosh kiyim uchun kokardada qanotlari ochiq Humo qushi tasvirlangan, yuqori qismida mamlakat ramzi bo‘lgan yarim oy tasviri tushirilgan, sakkiz qirrali yulduz va undagi kichik sakkiz burchakli yulduz aks ettirilgan. Humo qushining orqasida tog‘lar, daryolar va gullagan vodiylar uzra ko‘tarilayotgan quyosh tasvirlangan.
Pastki qismida markazda lotin harflarida “O‘ZBEKISTON” deb yozilgan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i tushirilgan.
Orqa tomonida ikkita metall qisqich o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida kokarda furajkaning o‘rtasiga o‘rnatiladi. Kokardaning markazi burun ko‘prigi bilan bir qatorda joylashgan bo‘lishi kerak.
2. Shevron
Formali kiyim-boshning chap yengida (yeng tikuvidan 120 mm masofada) 90x75 mm o‘lchamda, yashil rangdagi qalqon shakliga ega shevron mavjud.
Qalqon ichida davlat ramzlari — gerb va uning atrofida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i tasvirlangan. Qalqonning yuqori qismida lotin harflari bilan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” yozuvi, qalqonning pastki qismida lotin harflari bilan “O‘SIMLIKLAR KARANTINI VA NIMOYASI AGENTLIGI” yozuvi mavjud. Qalqonning pastki qismida o‘zaro kesishgan bug‘doy boshoqlari aks ettirilgan.
Shevron matoga tushirilgan holda tayyorlanadi. Shevron matosi to‘q-yashil rangda.
3. Ko‘krak nishoni
Ko‘krak nishoni metalldan yasalgan bo‘lib, yashil rangdagi qalqon shaklida ishlangan. Qalqonning markazida qanotlari ochiq Humo qushi va uning yuqori qismida yarim oy hamda kichik sakkiz qirrali yulduz tasviri tushirilgan sakkiz qirrali yulduz joylashtirilgan.
Qalqonning yuqori qismida lotin yozuvida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” yozuvi, qalqon perimetri bo‘ylab lotin harflarida “O‘SIMLIKLAR KARANTINI VA NIMOYASI AGENTLIGI” yozuvi aks ettirilgan.
Ko‘krak nishoni formaning chap ko‘krak cho‘ntagiga qadaladi.
4. Nashivka
O‘simliklar karantini inspektorining familiyasi va ismining bosh harfi 125x25 mm li to‘g‘ri burchakli, atrofi qora, yozuvi tilla rangli ip bilan lotin harflarida tikiladi.
125x40 mm o‘lchamdagi xuddi shunday ip bilan ishlov berilgan yozuv ko‘krak qismidagi chap cho‘ntakka aks ettirilgan bo‘lib, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati emblemasi shevronda va lotin harflarida “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan ikki qatorli yozuv joylashtiriladi.
Yamoqlar o‘simliklar karantini inspektori formasining ko‘krak cho‘ntaklariga tikiladi.
5. Petlitsa
Tugma teshigi yon tomonlari 35x75 mm bo‘lgan to‘rtburchak shaklda.
Tugma teshigi asosi zich yumshoq matodan tikilgan, tugma teshigining asosiy maydoni to‘q-yashil bo‘lib, unga “UZ” belgisi yopishtiriladi.
Petlitsaning cheti 4 mm kenglikda boshoq shaklida oltin rangli ipda tikilgan.
Izoh. *Inspektorni formali kiyim-bosh va farqlash belgilari hamda oyoq kiyimlari bilan ta’minlash xarajatlari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati inspektorining formali kiyim-boshni kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqishi tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(51-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga

6-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizomni va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-yanvardagi 68-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/311/0492-son; 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son; 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)