toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga;
chegara bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga;
tashki iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga;
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi apparatlari ro‘yxati 6-ilovaga;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona postlari ro‘yxati 7-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari ro‘yxati 8-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom 9-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavi 10-ilovaga;
2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda Yo‘l xaritasi deb yuritiladi) 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yo‘l xaritasini amalga oshirish bilan bog‘lik xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining (mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan shtatlar soni 4 684 nafar, shu jumladan, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari soni 4 nafar etib belgilansin.
Bunda umumiy cheklangan shtatlar sonining 169 ta shtat birligi 2024-yil 1-sentabrda, 115 ta shtat birligi 2025-yil 1-sentabrda kiritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga:
zarur hollarda, davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
umumiy shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi, shuningdek, bojxona postlarining tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilmagan tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish hamda mavjud tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va tugatish;
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
zarur hollarda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi va o‘rinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini o‘zgartirish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Bojxona instituti ilmiy-pedagogik xodimlari, shuningdek, o‘quv-uslubiy jarayoniga jalb etilgan mutaxassislarga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun ish haqini soatbay to‘lashning o‘rnatilgan miqdoridan 50 foiz yuqori belgilash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlarining, ilg‘or loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning malakali mutaxassislarini maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
5. Davlat bojxona siyosatining ustuvor yo‘nalishlari kelishilgan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
bojxona organlariga har tomonlama rivojlangan hamda yuksak mahoratga ega, ma’nan yetuk vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona olib borayotgan kadrlarni har tomonlama rag‘batlantirish, shuningdek, xizmat intizomi, qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortilishini ta’minlash;
Bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
bojxona organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik, tashki iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot o‘rnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
bojxona ishi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, bojxona qonunchiligi hamda huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasidagi qonunbuzilish holatlarining sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, axborotlarni tahlil qilish va undan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va samarali ishlashini ta’minlash, vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini ko‘llash tartibini shakllantirish;
bojxona nazoratining zamonaviy usul, shakl va texnik vositalarini joriy etish orqali tovarlarning noqonuniy olib kirilishi, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
tashki savdo operatsiyalarini monitoring qilish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashki savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta qonunchiligiga rioya qilish;
bojxona statistikasining shakllanishi va ishonchliligi, O‘zbekiston Respublikasining tashki savdosi hamda mamlakatning savdosidagi asosiy hamkorlari — davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivoji haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash, tashki savdo sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish;
tovarlarning tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha to‘g‘ri tasniflanishini baholash, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ushbu masalalarda uslubiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadigan bojxona postlari faoliyati ustidan ishonchli nazorat tizimini ishlab chiqish;
kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, qonun buzilishining oldini olish bo‘yicha samarali choralar ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or tajribalarni tizimli o‘rganish va joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining faoliyatini samarali tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har tomonlama, to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va kapital ta’mirlash, xodimlarni kompyuter va boshqa uskunalar, aloqa xamda bojxona nazorati vositalari bilan ta’minlash, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
xizmatda bo‘lish chegaralangan yosh serjantlar tarkibidagi xodimlar uchun — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yoshni tashkil qiladi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, shundan imtiyozli hisoblanadigan davr faqat xodimlarga pensiya miqdorini hisoblashda inobatga olinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, bojxona postlari boshliqlarining shaxsiy javobgarlik sohasini belgilasin;
ikki oy muddatda markaziy apparat va tarkibiy tuzilmalarni yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-aprel,
PQ-3665-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining
TASHKILIY TUZILMASI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

290 shtat birligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining boshqaruv apparatlari

733 shtat birligi

Bojxona instituti

132 shtat birligi

Markaziy bojxona laboratoriyasi

24 shtat birligi

Milliy kinologiya markazi

65 shtat birligi

Bojxona postlari

2 979 shtat birligi

“Bojxona-servis” davlat muassasasi

“Baxt” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi

Umumiy cheklangan shtat birligi — 4 223 ta.
Umumiy shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan mazkur qarorga o‘zgartirishlar kiritilmagan holda amalga oshiriladi.
Izoh:
1. Markaziy bojxona laboratoriyasining boshlig‘i maqomi, mehnatga haq to‘lash va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati bosh boshqarma boshlig‘iga, boshliq o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
2. Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati
TUZILMASI

Rais

Rais yordamchisi

Raisning birinchi o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Raisning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasi

35

Daromadlar va bojxona statistikasi bosh boshqarmasi

28

Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi

27

Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi

14

Kadrlar boshqarmasi

13

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi

38

Bojxona auditi boshqarmasi

10

Tezkor ma’lumotlarni boshqarish markazi

12

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi

8

Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi

9

Valyuta nazorati boshqarmasi

5

Kapital qurilish boshqarmasi

5

Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash boshqarmasi

24

Xavflarni monitoring qilish

va baholash boshqarmasi

10

Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boshqarmasi

8

Markaziy bojxona laboratoriyasi

24

“Bojxona-servis” davlat muassasasi

Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi

10

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

10

“Baxt” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi

Yuridik boshqarma

7

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi

4

Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi

9

Bojxona instituti

132

Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

3

 

Milliy kinologiya markazi

65

Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi

2

“A” sektori

2

Birinchi bo‘lim

2

Umumiy cheklangan shtat birligi — 290 ta.
Izoh: Tezkor ma’lumotlarni boshqarish markazi maqomi bo‘yicha boshqarmaga tenglashtiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Boshliqning birinchi o‘rinbosari

Boshliq o‘rinbosari

Boshliq o‘rinbosari

0 — 1

Kadrlar bo‘limi

2 — 4

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bo‘limi

2 — 12

Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi

3 — 9

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

2 — 4

Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash bo‘limi

2-3

Bojxona auditi bo‘limi

1 — 6

Moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi

1-2

Daromadlar va bojxona statistikasini yuritish bo‘limi

3 — 12

Murojaatlar bilan ishlash guruhi

1

Surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi

2 — 4

Kapital qurilish guruhi

0-1

Valyuta nazorati bo‘limi*

1-2

Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi

(DBQning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga bevosita bo‘ysunadi)

1-2

 

Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash bo‘limi

7

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi*

1-2

Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi

1

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi

1

Navbatchilik qismi

6

“Bojxona-servis” davlat muassasasi

Yuridik bo‘lim*

1-2

Birinchi bo‘lim

1

Umumiy cheklangan shtat birligi — 35 — 77 ta.
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari umumiy cheklangan shtat birliklari soni — 733 tani tashkil etadi.
Izoh: tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish, ularning shakli (bo‘lim, bo‘linma, guruh, lavozim) va shtat birliklari soni umumiy shtat birliklari soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida ehtiyoj va ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
* tuzilmalarning shtat birligi bittani tashkil etgan taqdirda, ushbu tuzilma guruh (bosh yuriskonsult) shaklida tashkil etiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
4-ILOVA
Chegara bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Post boshlig‘i

Post boshlig‘i o‘rinbosari

0 — 2

Bosh inspektor — smena boshlig‘i

0 — 7

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi

6 — 178

Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi

0 — 2

Inspeksion-ko‘rik majmuasi bilan ishlash guruhi

(DBQning Tezkor ma’lumotlarni boshqarish markaziga bevosita bo‘ysunadi)

0 — 9

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash guruhi

0 — 2

Surishtiruv va ma’muriy amaliyot guruhi

0 — 4

Kinologiya xizmati

1 — 12

Shaxsiy xavfsizlik guruhi

(boshqaruv apparati Shaxsiy xavfsizlik bo‘limiga bevosita bo‘ysunadi)

0-1

Tezkor navbatchi

0 — 3

Umumiy cheklangan shtat birligi — 8 — 221 nafar.
Chegara bojxona postlarining umumiy cheklangan shtat birligi soni — 2 245 nafarni tashkil etadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
5-ILOVA
Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Post boshlig‘i

Post boshlig‘i o‘rinbosari

0-1

Bojxona nazorati guruhi

2 — 33

Kinologiya xizmati

0 — 2

Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi

0 — 2

Surishtiruv va ma’muriy amaliyot guruhi

0-1

Shaxsiy xavfsizlik guruhi

(boshqaruv apparati Shaxsiy xavfsizlik bo‘limiga bevosita bo‘ysunadi)

0-1

Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi

0-1

Umumiy cheklangan shtat birligi — 3 — 42 nafar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining cheklangan umumiy shtat birligi soni — 434 nafarni tashkil etadi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
5a-ILOVA
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Post boshlig‘i

Post boshlig‘i o‘rinbosari

02

Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish guruhi

5 112

Shaxsiy xavfsizlik guruhi

(boshqaruv apparati Shaxsiy xavfsizlik bo‘limiga bevosita bo‘ysunadi)

0-1

Umumiy cheklangan shtat birligi — 6 — 116 ta.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining cheklangan umumiy shtat birligi — 300 nafarni tashkil etadi.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
6-ILOVA
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari
RO‘YXATI
(6-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)

T/r

Boshqaruv apparatlari

1.

Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi

2.

Davlat bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi

3.

Davlat bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi

4.

Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi

5.

Davlat bojxona qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi

6.

Davlat bojxona qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi

7.

Davlat bojxona qo‘mitasining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi

8.

Davlat bojxona qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi

9.

Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi

10.

Davlat bojxona qo‘mitasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi

11.

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi

12.

Davlat bojxona qo‘mitasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi

13.

Davlat bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi

14.

Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi

15.

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona postlari
RO‘YXATI

T/r

Bojxona postlarining nomi

I. Chegara bojxona postlari

Toifadan tashqari bojxona postlari

1.

“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti

2.

“Do‘stlik” chegara bojxona posti (Andijon viloyati)

3.

“Sirdaryo” chegara bojxona posti

31.

“Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti

4.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti

5.

“Dovut-ota” chegara bojxona posti

6.

“Yallama” chegara bojxona posti

7.

“Olot” chegara bojxona posti

8.

“S.Najimov” chegara bojxona posti

9.

“Navoiy” chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)

10.

“Sariosiyo” chegara bojxona posti

11.

“Ayritom” chegara bojxona posti

12.

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti

13.

“Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti

14.

“Oybek” chegara bojxona posti

15.

“Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti

16.

“Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti

Birinchi toifali bojxona postlari

17.

“Farg‘ona” chegara bojxona posti

171.

“Keskanyor” chegara bojxona posti

172.

“Xonobod” chegara bojxona posti

173.

“Qorasuv” chegara bojxona posti

174.

“Mingtepa” chegara bojxona posti

18.

“Samarqand” aeroporti” chegara bojxona posti

19.

“Jartepa” chegara bojxona posti

20.

“Buxoro” aeroporti” chegara bojxona posti

21.

“O‘zbekiston” chegara bojxona posti (Farg‘ona viloyati)

22.

“Navoiy” aeroporti” chegara bojxona posti

23.

“Urganch” aeroporti” chegara bojxona posti

24.

“Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti

25.

“Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti

26.

“So‘x” chegara bojxona posti

27.

“Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti

28.

“Farhod” chegara bojxona posti

29.

“Namangan aeroporti” chegara bojxona posti

291.

“Pushmon” chegara bojxona posti

30.

“Farg‘ona aeroporti” chegara bojxona posti

31.

“Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti

32.

“O‘zbekiston” temir yo‘l chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)

Ikkinchi toifali bojxona postlari

33.

“Andarxon” chegara bojxona posti

34.

“Gulbahor” chegara bojxona posti

35.

“Madaniyat” chegara bojxona posti

36.

“Shovot” chegara bojxona posti

37.

“Bekobod avto” chegara bojxona posti

38.

“Xovosobod” chegara bojxona posti

39.

“Do‘stlik” chegara bojxona posti (Xorazm viloyati)

40.

“Pop” chegara bojxona posti

41.

“Xo‘jayli” chegara bojxona posti

42.

“Kosonsoy” chegara bojxona posti

43.

“Rovot” chegara bojxona posti

44.

“Qo‘shkent” chegara bojxona posti

45.

“Rishton” chegara bojxona posti

46.

“Savay” temir yo‘l chegara bojxona posti

47.

“Qarshi” aeroporti” chegara bojxona posti

48.

“Andijon” aeroporti” chegara bojxona posti

49.

“Uchto‘rg‘on” chegara bojxona posti

50.

“Termiz” aeroporti” chegara bojxona posti

51.

“Nukus” aeroporti” chegara bojxona posti

II. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari (TIF)

Toifadan tashqari bojxona postlari

53.

“Toshkent-tovar” TIF bojxona posti

54.

“Ark buloq” TIF bojxona posti

55.

“Sirg‘ali” TIF bojxona posti

56.

“Chuqursoy” TIF bojxona posti

57.

“Avia yuklar” TIF bojxona posti

58.

“Samarqand” TIF bojxona posti

581.

“Termiz xalqaro savdo markazi” TIF bojxona posti

Birinchi toifali bojxona postlari

59.

“Buxoro” TIF bojxona posti

60.

“Ulug‘bek” TIF bojxona posti

61.

“Bosh pochtamt” TIF bojxona posti

62.

“Nukus” TIF bojxona posti

63.

“Namangan” TIF bojxona posti

64.

“Nazarbek” TIF bojxona posti

65.

“Qo‘qon” TIF bojxona posti

66.

“Nasaf” TIF bojxona posti

67.

“Olmaliq” TIF bojxona posti

68.

“A?gren” TIF bojxona posti

69.

“Andijon” TIF bojxona posti

70.

“Jizzax” TIF bojxona posti

71.

“Chirchiq” TIF bojxona posti

72.

“Urganch” TIF bojxona posti

73.

“Termiz” TIF bojxona posti

74.

“Asaka” TIF bojxona posti

75.

“Bobur” TIF bojxona posti

76.

“Vodiy” TIF bojxona posti

77.

“Yangiyo‘l” TIF bojxona posti

78.

“Kogon” TIF bojxona posti

79.

“Qo‘ng‘irot” TIF bojxona posti

80.

“G‘ijduvon” TIF bojxona posti

Ikkinchi toifali bojxona postlari

81.

“Marg‘ilon” TIF bojxona posti

82.

“Keles” TIF bojxona posti

83.

“Qorako‘l” TIF bojxona posti

84.

“Daryo porti” TIF bojxona posti

85.

“Navoiy” TIF bojxona posti

86.

“Qirguli” TIF bojxona posti

87.

“Talimarjon” TIF bojxona posti

88.

“Xovos” TIF bojxona posti

89.

“Sayxun” TIF bojxona posti

90.

“Jarqo‘rg‘on” TIF bojxona posti

91.

“Quvasoy” TIF bojxona posti

92.

“Qamashi-G‘uzor” TIF bojxona posti

93.

“Zarafshon” TIF bojxona posti

94.

“Guliston” TIF bojxona posti

95.

“Tinchlik” TIF bojxona posti

96.

“Chust” TIF bojxona posti

97.

“Qorovulbozor” TIF bojxona posti

98.

“Xazorasp EIZ” TIF bojxona posti

99.

“Denov” TIF bojxona posti

100.

“Navoiy industrial” TIF bojxona posti

III. Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) bojxona postlari

Toifadan tashqari bojxona postlari

101.

Markazlashtirilgan MED bojxona posti

102.

Toshkent viloyati MED bojxona posti

103.

Samarqand viloyati MED bojxona posti

104.

Farg‘ona viloyati MED bojxona posti

105.

Buxoro viloyati MED bojxona posti

106.

Qashqadaryo viloyati MED bojxona posti

107.

Andijon viloyati MED bojxona posti

108.

Namangan viloyati MED bojxona posti

109.

Surxondaryo viloyati MED bojxona posti

110.

Navoiy viloyati MED bojxona posti

111.

Sirdaryo viloyati MED bojxona posti

112.

Xorazm viloyati MED bojxona posti

113.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi MED bojxona posti

114.

Jizzax viloyati MED bojxona posti

Izoh:
2024-yil 1-sentabrga qadar “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti ikkinchi toifali bojxona posti sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
2024-yil 1-sentabrda “Qorasuv” chegara bojxona posti, 2025-yil 1-sentabrda “Keskanyor” va “Pushmon” chegara bojxona postlari tashkil etiladi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
8-ILOVA
Tugatilayotgan bojxona postlarining
RO‘YXATI

T/r

Bojxona postlarining nomi

Shtat birligi

Buxoro viloyati

1.

“Buxoro paxta terminali” TIF bojxona posti

7

Qashqadaryo viloyati

2.

“Qashqadaryo” TIF bojxona posti

7

Navoiy viloyati

3.

“Navoiy azot” TIF bojxona posti

7

“Navoiy logistika” TIF bojxona posti

9

4.

“Uchquduq” TIF bojxona posti

7

Samarqand viloyati

5.

“Kattaqo‘rg‘on” TIF bojxona posti

6

Surxondaryo viloyati

6.

“G‘alaba” temir yo‘l chegara bojxona posti

39

Toshkent shahri

7.

“Fayziobod” TIF bojxona posti

9

“Energiya” TIF bojxona posti

2

“Toshkent-AERO” IBK

8.

“Tuzel” TIF bojxona posti

7

9.

“Uchish maydoni” chegara bojxona posti

34

Xorazm viloyati

10.

“Urganch” temir yo‘l chegara bojxona posti

9

Jami

143

* Bo‘shayotgan shtat birliklari ish hajmi ko‘p bo‘lgan boshqa postlarga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlariga (keyingi matnlarda — bojxona organlari) xizmatga qabul qilish va o‘tash tartibini belgilaydi.
2. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi:
xizmatga qabul qilish;
maxsus unvonlar berish, pasaytirish va ulardan mahrum etish;
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
xodimlarni boshqa davlat organlariga safarbar etish;
attestatsiyadan o‘tkazish;
ta’tillar berish;
huquqiy va ijtimoiy himoyalash;
xizmatni o‘tash rejimini ta’minlash;
xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo‘shatish va xizmatga tiklash.
2-bob. Bojxona organlari xizmatiga qabul qilish
3. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida bo‘sh lavozimlar soni va saralash tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida e’lonlar (arizalarni qabul qilish muddati, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan holda) ommaviy axborot vositalarida, jumladan bojxona organlarining rasmiy veb-saytlarida yoritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
4. Xizmatga ixtiyoriy ravishda, tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi o‘n yettidan kam bo‘magan va o‘ttizdan oshmagan, oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ma’lumotga ega, o‘zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir — bo‘yi 165 smdan kam bo‘lmagan erkaklar, 160 smdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadilar.
Zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi matnlarda — DBQ) raisi tomonidan belgilangan bojxona organlarining maxsus tuzilmalariga yoshi o‘ttizdan oshgan, xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshiga yetganida pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
4-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
5. Bojxona organlariga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiriq rezervida yoxud oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan erkaklar qabul qilinadilar.
6. Istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi hamda roziligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud DBQ raisi buyrug‘i bilan boshqa davlat organi va tashkilotlaridan xodimlar ushbu Nizomning 4-va 5-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
7. Xizmatga qabul qilish DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, tanlov (dastlabki va yakuniy saralash) asosida amalga oshiriladi.
Saralashni amalga oshirish maqsadida, DBQ markaziy apparatida qabul komissiyasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarda o‘rganish komissiyalari tashkil etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
8. Xizmatga kirish istagini bildirgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — nomzod) saralash tadbirlarida ishtirok etadi.
Nomzodlarni dastlabki saralash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) dastlabki test sinovlari;
b) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
g) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish);
d) tibbiy ko‘rik. Nomzodlarga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalariga yo‘llanma beriladi.
e) maxsus tekshiruv.
Nomzod DBQning rasmiy veb saytida yaratilgan elektron xizmat orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va belgilangan ma’lumotlarni tizimga kiritadi.
Dastlabki test sinovi va psixologik o‘rganish bosqichlari axborot tizimlaridan foydalangan holda, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa sport maydonlarida o‘tkaziladi, barcha bosqichlar topshiriqlari nomzodlardan bir marotaba qabul qilinadi.
Saralashning dastlabki test sinovi va psixologik o‘rganish bosqichi bo‘yicha nomzodlarning qayd etgan natijalari onlayn tarzda, qolgan bosqichlari natijalari esa sinov qabul qilingan kunda DBQning veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
Saralashning keyingi bosqichiga o‘tganligi yoki rad etilganligi haqida nomzodning shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.
Ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o‘ta olmagan yoki o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan, shuningdek mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.
9. Dastlabki test sinovi, psixologik o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod o‘zining doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
xizmatga qabul qilish to‘g‘risida ariza;
anketa-ma’lumotnoma;
o‘qish, ish (nomzod o‘qisa yoki ishlasa) joyidan tavsifnoma;
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, hamda ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar olinishi mumkin.
(8-9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
10. Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar;
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar;
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar;
(10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
bojxona organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
11. Yakuniy saralash nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmatni o‘tashga ruhan tayyorligi baholanadi.
12. Nomzod xizmatga qabul qilish talablariga javob bermasa, mutasaddi rahbar tomonidan uni xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga DBQ veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali ma’lum qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
13. Yakuniy saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan, nomzodlar xizmatni o‘tashga kasbiy layoqatliligi to‘g‘risida qabul komissiyasining xulosasi asosida DBQ raisi buyrug‘i bilan mavjud bo‘sh lavozimlarni inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadilar.
14. Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — Oliy harbiy bojxona instituti bitiruvchilari (keyingi matnlarda — OHBI) va oliy ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
 LexUZ sharhi
14-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
serjantlar tarkibi — o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar DBQ raisi tomonidan belgilangan tartib va ro‘yxatga muvofiq tanlovdan o‘tmasdan xizmatga qabul qilinishi mumkin.
16. Nomzodlarga maxsus talablar qo‘yiladigan tuzilma va lavozimlar, bojxona organlarida lavozimga tayinlash uchun zarur ta’lim va mutaxassislik yo‘nalishlari ro‘yxati, shuningdek tanlovni o‘tkazish tartibi va uslubi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
17. OHBIga abituriyentlarni saralash va qabul qilish hamda o‘qishni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
18. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga og‘ishmay amal qilishga, uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga, o‘zimning mansab vazifalarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.
19. Xodimning dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi. Sinov muddati davrida xodimga murabbiy biriktiriladi.
Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini o‘tash va murabbiy biriktirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
20. Bojxona organlari xodimlari DBQ raisi buyrug‘i bilan, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy qo‘shinlari va organlariga, Milliy gvardiyaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga yoki teskari tarzda, haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun yoki xizmatni davom ettirish uchun o‘tkazilishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
20-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalar harbiy xizmatchilari va xodimlari ushbu vazirlik va idoralarning birinchi rahbari bilan kelishilgan holda bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun o‘tkazilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar va xodimlarni bojxona organlariga o‘tkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
21. Chaqiriluvchi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari xizmatiga qabul qilingan, harbiy xizmatga majbur bo‘lgan fuqarolari harbiy hisobdan chiqarilib, DBQ maxsus hisobiga qo‘yiladilar. Xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda harbiy hisobga qo‘yiladilar.
 LexUZ sharhi
21-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom 5-bandining ikkinchi xatboshisi.
22. Bojxona organlari xodimlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan shakldagi xizmat guvohnomalari beriladi.
221. Bojxona organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tug‘ilishi, nikoh, to‘y va dafn marosimlari mustasno;
bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
Mazkur nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
3-bob. Maxsus unvonlarni berish, pasaytirish va ulardan mahrum qilish
23. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, o‘tagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
24. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
serjantlar tarkibi — bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
generallar tarkibi — bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
 LexUZ sharhi
241-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
25. Bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmatni o‘taydilar.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “kichik serjant” maxsus unvoni beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
26. Bojxona organlarining katta ofitserlik unvonlarigacha bo‘lgan unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham, DBQ raisi buyrug‘i bilan beriladi.
27. Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarga ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida bojxona xizmati mayori maxsus unvonigacha bo‘lgan unvonlar, shu jumladan bojxona xizmati mayori maxsus unvoni ham, berilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo‘lmagan shaxslarga belgilangan tartibda bojxona xizmati polkovnigi maxsus unvonigacha bo‘lgan, shu jumladan bojxona xizmati polkovnigi unvoni ham, maxsus unvon berilishi mumkin.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
29. “Bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilinib, sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tagan shaxslarga;
bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlanganlarga;
OHBI bitiruvchilariga.
Birinchi ofitserlik unvoni berilgan xodimlarga shaxsiy raqamli jeton taqdim etiladi.
30. Generallar tarkibining maxsus unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
31. Maxsus unvonda xizmatni o‘tash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
“bojxona xizmati kichik serjanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati serjanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati katta serjanti” — muddatsiz;
“bojxona xizmati leytenanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati katta leytenanti” — uch yil;
(31-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“bojxona xizmati kapitani” — to‘rt yil;
(31-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“bojxona xizmati mayori” — besh yil;
(31-bandning sakizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“bojxona xizmati podpolkovnigi” — olti yil.
(31-bandning to‘qizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21 avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
32. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini o‘tagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon pog‘onasiga muvofiq beriladi.
33. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab o‘tib, maxsus unvonlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Xodim yuqoriroq darajadagi unvon belgilangan lavozimga o‘tkazilganda, mavjud unvonida bo‘lish muddati o‘tgan bo‘lsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qat’i nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
35. Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi, ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan tartibda berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno.
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar o‘tagan xizmat davri navbatdagi unvon berish uchun xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
36. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, xizmat burchini ado etishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarga bojxona organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan ko‘zda tutilgandan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida rag‘batlantirish ularning bojxona organlaridagi umumiy xizmat davrida faqat bir marotaba qo‘llanilishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida muddatidan avval hamda lavozimi bilan ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
37. DBQ raisi muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlarni quyidagilarga berishga haqli:
egallab turgan maxsus unvonida bo‘lishning belgilangan muddatlaridan qat’i nazar xizmat burchini bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatganlik uchun;
egallab turgan maxsus unvonida bo‘lishning belgilangan muddatining uchdan ikki qismi o‘tgandan keyin xizmat vazifalarini namunali bajarganlik va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlar uchun.
38. Egallab turgan lavozimi bilan ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bojxona organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga – mavjud unvonda xizmatni o‘tash muddati tugaganidan so‘ng;
bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga – xizmat faoliyatidagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun maxsus unvoniga ega bo‘lganda mavjud unvonda xizmatni o‘tash muddatining kamida bir yarim baravarini o‘tganidan so‘ng.
39. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini o‘tagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon pog‘onasi “bojxona xizmati kapitani” bo‘lgan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan bo‘shatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
40. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
xodim DBQ ixtiyorida bo‘lganda;
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lganda;
xodim attestatsiyadan shartli ravishda o‘tganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda;
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga o‘tkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab bir yil davomida.
41. Navbatdagi maxsus unvonning asossiz ravishda kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasi.
42. Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi xodimlariga intizomiy jazo tariqasida maxsus unvonlarini bir pog‘ona pasaytirish qo‘llanilishi mumkin. Bunda pasaytirish “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonigacha bo‘lishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Maxsus unvonni pasaytirish tariqasidagi intizomiy jazoni tayinlash faqat DBQ raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari xodimining avvalgi unvoni tiklangan va unga navbatdagi unvon berilganga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilganidan keyin bir yil o‘tgach DBQ raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
43. Maxsus unvoni pasaytirilgan va so‘ngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o‘tagan xizmati bilan qo‘shib hisoblanadi.
44. Maxsus unvondan sud hukmiga asosan mahrum etish DBQ raisi buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Unvonni tiklash haqida sudning qarori qabul qilinganida maxsus unvonni tiklash DBQ raisi buyrug‘i bilan amalga oshiraladi.
45. Huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga o‘tkazilgan shaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, DBQ raisi tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Ushbu tartib huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlarga o‘tkazilgan xodimlarga ham qo‘llaniladi.
Xodimlarga ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berishda ularning avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni o‘tagan davri hisobga olinadi.
46. Ushbu Nizomning 28 va 45-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama to‘lash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim bojxona organlaridan bo‘shatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
47. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pog‘onasi bo‘yicha beriladi.
48. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali bo‘yicha o‘zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pog‘onasi ko‘tarilishi yoki pasaytirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki o‘qishga kirganlaridan so‘ng inobatga olinmaydi.
49. Maxsus unvonlar berish, ularni pasaytirish va tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ko‘rib chiqish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
4-bob. Lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya
50. DBQ raisi maqomiga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishincha vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxati qonunchilik bilan;
DBQ raisi, shuningdek vakolatga ega bojxona organlari boshliqlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxati — DBQ raisi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
52. Xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi qoidalarga rioya etiladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning ma’lumoti, mutaxassisligi va amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
b) bo‘sh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa to‘rt oydan oshmasligi lozim;
v) tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida, xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha bo‘lgan muddatga, DBQ raisi ruxsati bilan esa ikki oydan ortiq muddatga bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bojxona organlari ixtiyoridagi xodimga ikki oy davomida oxirgi lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti beriladi; uchinchi oydan boshlab esa maxsus unvon bo‘yicha okladi va xizmat yillari uchun ustama beriladi. Bojxona organlari ixtiyorida to‘rt oydan ortiq muddat bo‘lganda, pul ta’minoti DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organlari ixtiyorida bo‘lish muddatini hisoblashda uning kasal bo‘lgan davri (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud bo‘lganida) yoki yillik navbatdagi ta’tilda bo‘lish (bola parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi. Ushbu ta’tillar davrida pul ta’minoti dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq bo‘lgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi;
g) xodimning yoki uning oila a’zolari hayoti yoxud sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning sog‘lig‘i holati tufayli xizmat (yashash) joyini o‘zgartirish zarur bo‘lganida, ushbu xodim boshqa bo‘linmaga xizmatga o‘tkaziladi;
d) o‘zaro qarindosh bo‘lgan xodimlar (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat o‘tash birining ikkinchisiga bo‘ysunishi yoki nazorat ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bir bo‘linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
e) ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar OHBI professor-o‘qituvchilari tarkibi lavozimlariga ofitserlik lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;
j) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi.
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni bojxona organlaridan bo‘shatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida bo‘lishi tartibi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan belgilanadi.
(52-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
53. Xodimni lavozimdan lavozimga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat bo‘yicha ko‘tarilish yoki rag‘batlantirish tartibida;
teng lavozimga — o‘zining iltimosiga ko‘ra, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), oilaviy sharoitga ko‘ra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish, xizmat tekshiruvi xulosasi asosida yoki bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy sifatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida;
quyi lavozimga — o‘zining xohishiga ko‘ra, xodim sog‘lig‘ining holati bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat o‘zgarishlari bo‘lganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida.
54. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng bo‘lganida esa — lavozim maoshi miqdori bo‘yicha aniqlanadi.
55. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat bo‘yicha ko‘tarish ularning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, sog‘lig‘ining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.
56. Xizmat joyi o‘zgargan xodim xizmat hujjatlari va unga ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, biroq xizmat bo‘yicha ko‘chirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan so‘ng o‘n kundan kechikmasdan xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim ta’tilda yoki davolanishda bo‘lgan hollar bundan mustasno.
57. Maxfiy hujjatlar bilan ishlash bilan bog‘liq lavozimga tayinlash uchun xodim o‘rnatilgan tartibda davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarga ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayonidan o‘tadi.
Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruxsatnomasi bo‘lmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xodim o‘rnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga o‘tkaziladi.
58. Bojxona organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar teng lavozimga, jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so‘ng rotatsiya tartibida o‘tkazilishi mumkin.
Bojxona posti xodimlari bitta postda 3 yil xizmat qilgandan so‘ng, DBQ markaziy apparati, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojxona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida o‘tkaziladi.
Bunda rotatsiya tartibida o‘tkazilgan lavozim bo‘yicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshi miqdori rotatsiya tartibida o‘tkazilgunga qadar egallagan lavozimi bo‘yicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshidan kam bo‘lgan taqdirda xodim quyi lavozimga o‘tkazilgan hisoblanmaydi.
Agar bojxona organlari xodimini yangi xizmat joyiga o‘tkazilayotganda oilasining turar joyi o‘zgarsa hamda xotini (eri) ham bojxona organlari xodimi bo‘lsa, unda xodimni yangi xizmat joyiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda xotinini (erini) ham ushbu joyga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
5-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
59. Bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash OHBI va O‘zbekiston Respublikasining boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
60. Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (BI bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.
Qayta tayyorlash kursining muddati DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
61. Xodim:
DBQ raisining buyrug‘iga muvofiq belgilangan muddatda malaka oshiradi;
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq lavozimga tayinlanganda yoki uni ishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash zarur bo‘lganida majburiy tartibda qayta tayyorgarlikdan o‘tadi.
62. Xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
63. Bojxona organlari xodimlari xizmatdan bo‘sh vaqtida ilmiy faoliyat, shuningdek, OHBIda soatbay mehnatga haq to‘lash shaklida muallimlik faoliyatini olib borishi mumkin.
64. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, ularning ma’naviy-axloqiy darajasini oshirish uchun bojxona organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
65. Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llash bilan bog‘liq sharoitlarda harakatlanishga kasbiy yaroqliligi bo‘yicha har yilgi tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
 LexUZ sharhi
65-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
66. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shartlari va tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
6-bob. Xodimlarni boshqa davlat organlariga safarbar etish
67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrug‘i bo‘yicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi o‘z majburiyatlarini bajarish davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
68. Xodim bojxona organlariga qaytgach, uning ushbu organdagi ish staji bojxona organlarida ustama belgilash bo‘yicha xizmat yillariga, navbatdagi maxsus unvon berish va pensiya tayinlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
69. Xodim saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon bo‘yicha maosh to‘laydi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
70. Xodim bojxona organlariga qaytgach, DBQ raisi buyrug‘i bilan kadrlar zaxiraidan chiqarilib, avvalgi egallagan lavozimiga, teng lavozimga yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.
701. DBQ raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
(701-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
7-bob. Attestatsiya o‘tkazish
71. Bojxona organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida ularning mas’uliyatini oshirish maqsadlarida o‘tkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o‘tishi lozim.
72. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tadilar.
73. Navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan o‘tkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.
74. Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
75. Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan o‘tmaydilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
b) egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadilar;
v) xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda bo‘lganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishgandan keyin attestatsiyadan o‘tadilar.
g) kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil o‘tganidan so‘ng umumiy tartibda attestatsiyadan o‘tadilar;
d) homiladorlik, tug‘ish va bola parvarishlash ta’tilida bo‘lganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan so‘ng kamida bir yil o‘tganidan so‘ng attestatsiyadan o‘tadilar;
e) bojxona organi ixtiyoriga olingan xodimlar. Ushbu toifadagi xodimlar lavozimga tayinlangandan so‘ng bir yil o‘tgach attestatsiyadan o‘tadi.
j) xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda o‘tadilar.
76. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, xizmat intizomini qo‘pol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organlari xodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojo‘ya harakatlar sodir etgan xodimlar o‘tadilar.
Bojxona organlari xodimlarining xizmat samaradorligini yaxshilash maqsadida pensiya olish huquqini beradigan xizmat yillarini o‘tagan, quyi (katta inspektor, inspektor, kichik inspektor) lavozimlarda xizmat qilayotgan, biroq ish ko‘rsatkichlari past va o‘z ustida ishlamaydigan xodimlarning hisobotlarini tinglash, ularning kelgusi yil uchun ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek, har yil yakuni bo‘yicha navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazgan holda tizimda xizmatni davom ettirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Navbatdan tashqari attestatsiya DBQ raisi qarori bilan o‘tkaziladi.
77. Attestatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish tartibi DBQ raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8-bob. Ta’tillar berish tartibi
78. Xodimlarga quyidagi ta’tillar beriladi:
a) har yilgi navbatdagi (asosiy va qo‘shimcha haq to‘lanadigan) ta’til;
b) oilaviy sabablarga ko‘ra qisqa muddatli (haq to‘lanmaydigan) ta’til;
v) homiladorlik, tug‘ish va bola parvarishlash ta’tillari;
g) kasallik bo‘yicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga asosan) ta’til;
d) o‘quv (kanikulyar) ta’tili — OHBI kursantlari uchun;
e) OHBIni tamomlaganligi munosabati bilan ta’til;
j) ijodiy ta’til — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;
z) qo‘shimcha ta’tillar:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarini topshirish uchun, ish haqi saqlanmagan holda;
jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga;
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida sirtdan o‘qiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa o‘quv ishlarini topshirish davrida sessiya tugagunga qadar pul ta’minoti saqlangan holda ta’til beriladi.
Xodimlarga shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin.
79. Xodimlarga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan, lavozimi va pul ta’minoti saqlangan holda davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy ta’til beriladi.
Qonunchilikda belgilangan davlat bayramlari kuni yillik navbatdagi ta’til kunlarini qo‘shishda hisobga olinmaydi.
80. Xodimning yillik navbatdagi ta’tiliga belgilangan xizmat muddatini o‘tagandan keyin kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi:
o‘n yillik xizmatidan so‘ng — besh kun;
o‘n besh yillik xizmatidan so‘ng — o‘n kun;
yigirma yillik xizmatidan so‘ng — o‘n besh kun.
81. Yangi xodimga xizmatining birinchi yilida ta’til kamida olti oy o‘tgach beriladi.
Xodimga yillik navbatdagi ta’tilni uning haqiqatda xizmat qilgan vaqtiga mutanosib ravishda berish uchun to‘liq ta’tilni o‘n ikkiga bo‘lish va xizmatning to‘liq oylar soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
82. Har yilgi asosiy ta’til davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida ta’til ushbu muddatga uzaytiriladi.
83. Xodimni ta’tildan faqat xizmat yuzasidan o‘ta zarur hollardagina o‘zining roziligi va bojxona organi boshlig‘ining yozma qarori bilan chaqirib olishga yo‘l qo‘yiladi. Xodim ta’tildan chaqirib olingan taqdirda, uning foydalanilmagan qismi qoidaga ko‘ra, joriy yilda beriladi.
 LexUZ sharhi
83-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
84. Ta’tilni kompensatsiya puli bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, o‘zining yillik navbatdagi ta’tilidan foydalanmagan xizmatdan bo‘shayotgan xodimlar bundan mustasno.
85. Xodimga yillik navbatdagi ta’til kalendar yil davomida berilmagan bo‘lsa, ta’til uchun moddiy yordam puli joriy moliya yilining oxirida beriladi.
86. Xodim bojxona organlarining boshqa bo‘linmalariga o‘tkazilgan taqdirda, uning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy ta’tili yangi xizmat joyi bo‘yicha beriladi.
87. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy ta’tilni o‘tkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yo‘l xarajatlari to‘lab beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasining “Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila a’zolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan bo‘lgan pensionerlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila a’zolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda sanatoriy-kurort ta’minoti haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”giqarori (ro‘yxat raqami 3349, 2022-yil 9-fevral).
88. Xodimlarga har yilgi asosiy ta’til xohishiga ko‘ra ikki qismga bo‘lib berilishi mumkin. Bunda ta’tilning bir qismi o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu holda ta’til guvohnomasi ta’tilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi. Ta’til o‘tkaziladigan joyga borish va qaytish uchun yo‘l haqi olish huquqi hamda borib-kelishga vaqt faqat ta’tilning bir qismiga beriladi.
89. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
 LexUZ sharhi
89-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ta’til beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodim pul ta’minoti saqlanmagan holda bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bolani parvarishlash ta’tili muddati xizmat stajiga qo‘shiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
(89-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Bola parvarishlash uchun ta’til tugagandan so‘ng, xodimga ta’tilga chiqguniga qadar egallab turgan avvalgi lavozimiga teng lavozim beriladi. Bunday lavozim mavjud bo‘lmaganda esa, ma’lumotiga, mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasiga ko‘ra boshqa lavozim beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasi.
90. Xodimlarga kasalligi bo‘yicha ta’tillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu ta’tilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kasallik sababli ta’tilda bo‘lishning uzluksiz umumiy muddati to‘rt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar bo‘yicha davolanishda bo‘lish uchun ko‘proq muddat talab qilingan hollarda bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Xodimlar kasallik bo‘yicha ta’tilda uzluksiz bo‘lishning belgilangan muddati tugaganidan so‘ng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida guvohlantirilishi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda bo‘lgan davri ma’lum bir muddat bilan cheklanmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan so‘ng ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan o‘tkaziladi.
Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik bo‘yicha ta’til yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda bo‘lish davrida xodimning pul ta’minoti saqlanadi.
(90-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Kasallik sababli ta’til har yilgi navbatdagi ta’til hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan bo‘shatilayotganda, unga kasalligi sababli ta’til berilmaydi.
91. OHBIda akademik qarzdorligi bo‘lmagan kursantlarga yetti kun davom etadigan qishki va o‘ttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan o‘ttiz kun davom etadigan ta’tillar beriladi.
92. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasida mustaqil izlanuvchi bo‘lgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy ta’til beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 387-moddasi.
93. Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga ta’lim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda o‘n besh kalendar kunidan oshmaydigan va pul ta’minoti saqlanmaydigan ta’til beriladi.
94. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul ta’minoti saqlanmagan holda o‘n kalendar kungacha qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
95. Ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq to‘lanadigan har yilgi navbatdagi ta’til beriladi.
Xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan har yillik navbatdagi ta’til uchun bo‘shayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda pul kompensatsiyasi to‘lanadi.
Bunda, pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmagan xodimdan avval to‘langan pul kompensatsiyasi bo‘shayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.
 LexUZ sharhi
95-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
96. Xodimlarga ta’tillar berish, ta’tildan chaqirib olish, shuningdek ularning muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
9-bob. Huquqiy va ijtimoiy himoya
97. Bojxona organlari xodimi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
98. Bojxona organlari xodimining xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
 LexUZ sharhi
98-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
99. Bojxona organlari xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonun asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
99-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
100. Bojxona organlari xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37 — 41-moddalari.
101. Bojxona organlari xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘iga bo‘ysunadi.
102. Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan bojxona organlari zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Xodimi o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati bo‘yicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga dahldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
103. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog‘lig‘ini saqlash;
mehnatiga haq to‘lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug‘urtasi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.
104. Bojxona organlari xodimlari qonunchilikda belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar.
Bojxona organlarining polkovnik va general tarkibi maxsus unvonlariga ega bo‘lgan, xizmat davrida o‘zini ijobiy tomondan namoyon qilgan, bojxona organlarida yigirma yil va undan ortiq xizmat qilgan xodimlariga xizmatdan bo‘shashida, ularni bo‘shatishni amalga oshirayotgan boshliqlar buyrug‘i bilan bayram kunlari belgilangan xizmat formasini kiyib yurish huquqi berilishi mumkin.
Xuddi shu boshliqlar tomonidan ular jinoyat sodir etgan yoki bojxona organlari sha’niga dog‘ tushuruvchi xatoga yo‘l qo‘yganliklari sababli xizmat formasini kiyib yurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
105. Bojxona organlari xodimlari, oila a’zolari va pensionerlari, shuningdek OHBI kursantlari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi matnlarda — IIV) tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va sog‘lomlashtirishdan o‘tkaziladi.
Bojxona organlari xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida nizomning4-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasining “Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila a’zolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan bo‘lgan pensionerlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila a’zolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda sanatoriy-kurort ta’minoti haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3349, 2022-yil 9-fevral).
106. Bojxona organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda yiliga bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. O‘qotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy ko‘rikdan har olti oyda o‘tadilar.
107. Bojxona organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari navbatdagi ta’til davrida DBQ sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish huquqiga egadir.
Bojxona organlarining sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
108. Xizmat yili, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun xodimlarga ustamalar to‘lanadi.
Pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun to‘lanadigan ustama miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(108-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi.
1081. Xizmat yili uchun ustama bojxona organi xodimining, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xizmat yillariga muvofiq, oylik lavozim va maxsus unvon maoshlariga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
ikki yildan besh yilga qadar — 5 foiz;
besh yildan o‘n yilga qadar — 10 foiz;
o‘n yildan o‘n besh yilga qadar — 15 foiz;
o‘n besh yildan yigirma yilga qadar — 20 foiz;
yigirma yildan yigirma besh yilga qadar — 30 foiz;
yigirma besh yildan yuqori — 40 foiz.
Xizmat yili uchun ustama respublika budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Xizmat yili uchun ustamani to‘lash maqsadida xizmat muddatini hisoblash tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(1081-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
109. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatida yuqori natijalarni ko‘rsatgan xodimlarga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis”, “usta” malaka darajalari beriladi.
Malaka darajalari uchun quyidagi miqdorda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga nisbatan har oylik qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi:
“uchinchi toifali mutaxassis” — 15 foiz;
“ikkinchi toifali mutaxassis” — 20 foiz;
“birinchi toifali mutaxassis” — 30 foiz;
“usta” — 40 foiz.
Malaka darajalarini berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
110. Bojxona organlari xodimining yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ushbu qoida bojxona organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga bojxona organlaridagi xizmat faoliyati bilan bog‘liq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.
Bojxona organlari xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 25 va 29-moddalari.
111. Xizmatga qabul qilingan xodimlar Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida tnazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
112. Xizmatdan bo‘shayotgan xodimlarga quyidagi tovon puli to‘lanadi:
a) birmarotabalik tovon puli — pensiyaga chiqish huquqi bilan bo‘shayotganlarga quyidagi miqdorlarda:
besh oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga;
ikki oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “v”, “z”, “n” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga;
b) bo‘shash tovon puli — pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lmay xizmatdan bo‘shayotganlarga quyidagi miqdorlarda:
besh oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga;
ikki oylik pul ta’minoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “z”, “n” kichik bandlari asosida xizmatdan bo‘shayotganlarga.
Bir marotabalik va bo‘shash tovon pullari boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga ishga o‘tkazilishi sababli xizmatdan bo‘shatilayotganlarga to‘lanmaydi.
Bir marotabalik va bo‘shash tovon pullari shtat jadvalidagi oxirgi lavozim bo‘yicha okladi va maxsus unvoni okladi hamda oziq-ovqat uchun to‘lanadigan tovon pulini qo‘shgan holda hisoblab chiqariladi.
Xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.
113. Xizmat vazifalarini bajarayotganlarida bojxona organlarining xodimlariga quyidagi hollarda bir yo‘la nafaqa to‘lanadi:
halok bo‘lganda — halok bo‘lganning oilasiga 50 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;
og‘ir tan jarohati olganda — 25 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;
uncha og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganda — 10 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida.
 LexUZ sharhi
113-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
114. Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotganda esa ularning oila a’zolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok bo‘lgan (vafot etgan) xodimlari oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
115. Bojxona organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bo‘yicha pul va kiyim-bosh ta’minoti oladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 34-moddasining ikkinchi qismi.
116. Egallab turgan lavozimi bo‘yicha okladi va maxsus unvoni okladi bojxona organlari xodimlarining oylik pul ta’minoti okladini tashkil etadi.
 LexUZ sharhi
116-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1161. Bojxona organlari xodimlariga oylik pul ta’minoti joriy oy yakunigacha to‘lanadi.
Quyidagi hollarda oylik pul ta’minoti muddatidan oldin to‘lab berilishi mumkin:
xodimning mehnat ta’tiliga ketishida — mehnat ta’tiliga ketishidan uch ish kuni oldin joriy va keyingi oy uchun;
xodimning xizmat safariga ketishida — xizmat safariga ketishidan uch ish kuni oldin joriy oy uchun.
1162. Xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi har oylik ustamalar to‘lanadi:
a) ish yuklama hajmi va xizmat sharoitlarini hisobga olgan holda:
toifadan tashqari bojxona postlarida — lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;
birinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 35 foizi miqdorida;
ikkinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
b) bojxona postining toifasidan qat’iy nazar, alohida xizmat sharoitlaridagi bojxona postlarida xizmatni o‘tayotganlik uchun kinologiya guruhlariga – lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
v) chegara bojxona postlaridagi inspeksion ko‘rik majmualari (skaner) bilan ishlash guruhlari xodimlariga boshqa ustamalarga qo‘shimcha ravishda zararli mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshining 40 foizi miqdorida.
1163. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimlarning quyidagi shakllardagi ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi:
xodimning kasallikdan davolanishi uchun — lavozim maoshining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodim yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) davolanish yoki operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) ikki yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda yiliga bir marotaba moddiy yordam berish;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — lavozim maoshining to‘rt baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
o‘zi yoki ota-onasi, farzandlarining to‘ylari hamda yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) dafn marosimlarini o‘tkazish uchun — lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berish;
xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xolda xodim vafot etganda uning lavozim maoshining uch baravari miqdorda oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ajratish;
uy-joyga ega bo‘lish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga BHMning ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
bojxona organlarida amaliy xizmat staji 8 yildan ortiq bo‘lgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun BHMning 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga foizsiz qarz berish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi DBQ raisi o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan markaziy komissiya va bojxona organlari boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning xulosalari asosida qabul qilinadigan buyruqqa muvofiq maqsadli sarflanadi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
(1161 — 1163-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
117. Bojxona organlari xodimlariga har yili quyidagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi:
ta’tilga chiqish vaqtida — ish haqi fondidan bir oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;
moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va DBQ kutilmagan xarajatlari maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda DBQning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan.
 LexUZ sharhi
1171-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
118. Bojxona organlari xodimlariga ish haqi fondi va DBQning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlar beriladi.
Bojxona organlari xodimlari quyidagilar uchun:
a) bir oy davomida respublika hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va baholangan qiymati BHMning 200 baravaridan yuqori bo‘lgan tovarlarni aniqlaganligi uchun — bojxona organlarining yagona fond mablag‘lari hisobidan tovar qiymati BHMning 200 baravaridan oshgan qismining 1 foizi, lekin oylik rag‘batlantirish miqdori BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida;
b) muomaladan chiqarilgan va (yoki) muomalasi cheklangan ashyolarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarni aniqlaganligi va ularning oldini olganligi uchun – bojxona organlarining yagona fond mablag‘lari hisobidan BHMning 1 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida;
v) aniqlangan huquqbuzarlik natijasida Davlat budjetiga bir oy davomida undirilgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari BHMning:
200 baravaridan oshgan taqdirda, oshgan qismning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida;
1 000 baravaridan 4 000 baravarigacha bo‘lgan taqdirda, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorida;
4 000 baravaridan oshgan taqdirda, BHMning 100 baravarigacha miqdorida DBQning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlanadi.
Xodimlarni mukofotlash va rag‘batlantirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
1181. Bojxona organlari xodimlarini, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi lavozim va unvon maoshi, xizmat yili ustamasi, tuman koeffitsiyenti, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qo‘shimcha to‘lovlar hamda ikki oylik lavozim maoshi miqdoridagi mukofot va bir oylik lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordamning 15 foiz miqdorida shakllantiriladi.
Bojxona organlari xodimlariga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondidan egallab turgan lavozimi bo‘yicha va maxsus unvoni bo‘yicha maoshining 15 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi.
O‘z vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajarib kelayotgan bojxona organlari xodimlari, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ularga faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun Moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan to‘lab berilayotgan har oylik 15 foizlik ustamalarni inobatga olgan holda egallab turgan lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Shaxsiy ustama berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlari xodimiga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, DBQ raisi yoki DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, BI boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori o‘z vakolatlari doirasida ushbu ustamalarni buyruq asosida bekor qilish yoki kamaytirish huquqiga ega va bu ularning majburiyati hisoblanmaydi.
Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lanishi, xodimlarga har oylik 15 foizli ustama va Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondidan shaxsiy ustamalarni to‘lashni bekor qilmaydi.
(1181-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
1182. Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondining tejab qolingan mablag‘lari hisobidan bojxona organlari xodimlariga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga hisobot davridagi ishlarning yakuni, yubiley va bayramlar munosabati bilan mukofotlar to‘lanadi. Mukofot miqdori ularning umumiy ish natijalariga qo‘shgan hissalariga muvofiq belgilanadi va yuqori miqdorlari bilan cheklanmaydi.
(1182-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
1183. Moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan ustamalar va mukofotlar to‘lash mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(1183-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
119. Bojxona organi xodimlari va ularning oila a’zolari, xizmatni boshqa joyda o‘tash uchun yuborilganligi sababli amalda yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tishganda:
 LexUZ sharhi
119-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
a) xodimga tovon puli — pul ta’minoti okladining bir barobari miqdorida, oila a’zolarining har biriga — ¼ tovon puli miqdorida;
b) temiryo‘l, havo kemasi, suv va avtomobil transportida qo‘chish va mol-mulkini tashish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarini qoplash;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda ijara uchun olingan uy-joyga to‘lanadigan haqni qoplash.
120. Bojxona organi xodimlari oziq-ovqat payogi bilan ta’minlanadilar.
Oziq-ovqat payogini berish me’yori yoki oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi miqdori, agar u natura holida berilmasa, qonun hujjatlarida belgilanadi.
Pul ta’minoti, qo‘shimcha pul ta’minoti turlari, shuningdek, oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi xodimga har bir kalendar kuni uchun, shu jumladan uning xizmatda bo‘lgan va yillik navbatdagi ta’tilda bo‘lgan davri uchun to‘lanadi.
1201. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari DBQ raisining tavsiyanomasi asosida:
belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va DBQ tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinadilar.
1202. DBQ raisi:
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori bundan mustasno) asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim olayotgan farzandlariga — qolgan o‘quv davri to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining to‘liq hajmini;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori bundan mustasno) asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim olayotgan farzandlariga — to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining ellik foizi miqdorini DBQning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berish huquqiga ega.
1203. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga o‘qishga kirish uchun:
respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi;
oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.
1204. Mazkur Nizomning 1203-bandiga muvofiq respublika davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul parametrlari asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqi bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning tegishli tavsiyanomalarga ega bo‘lgan farzandlariga beriladi.
Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalari, shuningdek, DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Xodimlar, shu jumladan xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlarini oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma DBQ raisi tomonidan beriladi.
Tavsiyanoma bir oliy ta’lim muassasasi, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Tavsiyanoma blanklari qat’iy hisob hujjati hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
1205. Tavsiyanoma berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish borasida qarorlar qabul qilishda xolislikni ta’minlash va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shaxsiy javobgarlik DBQ raisi zimmasiga yuklanadi.
1206. Mazkur Nizomning 1163-bandi, 118-bandi “v” kichik bandi va 1202-bandida nazarda tutilgan bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining 10 foizi ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga ham yo‘naltirilishi mumkin.
(1201 — 1206-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
10-bob. Xizmatni o‘tash rejimi
121. Bojxona organi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
122. Xodimlarning haftalik ish vaqti qirq soatdan oshishi mumkin emas, zarur bo‘lgan hollarda esa ular kuchaytirilgan yoki sutkalik (kecha-kunduzlik) rejimda xizmat o‘tashga jalb etilishlari mumkin.
Odatdagi xizmat o‘tash rejimi olti kunlik ish haftasi o‘rnatilishini nazarda tutadi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Kuchaytirilgan rejim kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma to‘rt soat davomida xizmat o‘tashni nazarda tutadi.
Sutkalik rejimda xizmat o‘tash chog‘ida xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra xizmat o‘tash joyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun nazarda tutilgan umumqo‘shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya o‘rniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, o‘z xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik asosida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oshirilganligi evaziga xodimga DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi to‘lanadi yoki dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi navbatdagi ta’tiliga qo‘shiladi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek xodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish DBQ raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
123. Dam olish va bayram kunlari xizmat vazifalarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kuni beriladi.
124. Bojxona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma to‘rt soatga mo‘ljallab tashkil etiladi.
Navbatchilik vaqtida bojxona organlari navbatchilik qismining har bir xodimiga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun umumiy davomiyligi uch smenalik rejimda — olti soat, to‘rt smenalik rejimda — to‘rt soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.
Smena tugagach, bojxona organlari navbatchilik qismlarining xodimlari hamda xizmat vazifalarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga belgilangan tartibda dam olish beriladi.
125. Bojxona organlarida asosiy xizmat vazifalariga qo‘shimcha ravishda sutkalik xizmatga (shu jumladan navbatchilikka) tushgan xodimlarga navbatchilik tugaganidan so‘ng, kamida 24 soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
126. Bojxona organlari xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
127. Urush holati e’lon qilingan davrda xodimlarning xizmatni o‘tash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi.
11-bob. Xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo‘shatish va xizmatga tiklash
128. Bojxona organlari xodimlarini xizmatdan bo‘shatish DBQ raisi tomonidan vakolat berilgan rahbarning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
129. Qoidaga ko‘ra, bojxona organlaridan bo‘shaydigan xodim, bo‘shashidan avval ikki oydan kech bo‘lmagan muddatda tegishli vakolatli rahbariga ma’lum qiladi.
130. Xodim quyidagi asoslarga ko‘ra xizmatdan bo‘shatiladi:
a) o‘zining xohishiga ko‘ra (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
b) xizmatda bo‘lishning belgilangan chegara yoshiga to‘lganligi;
v) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi — xodimning bildirgisi asosida;
g) tashkiliy-shtat o‘zgarishlari munosabati bilan;
d) kasalligi bo‘yicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida;
e) sog‘lig‘ining cheklanganligi holati bo‘yicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to‘g‘risidagi va xizmat bo‘yicha boshqa lavozimga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi sababli;
z) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
i) xizmat intizomini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun;
k) bojxona organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi uchun;
l) jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi sababli;
m) xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgani holda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi uchun;
n) boshqa turdagi davlat xizmatiga (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmasdan) o‘tganligi uchun;
o) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi uchun;
p) xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun.
131. Bojxona organlarida xizmatda bo‘lishning chegara yoshi serjantlar tarkibi xodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh.
1311. Xodimlar bojxona organlari xizmatidan Qurolli Kuchlar rezerviga yoki iste’foga bo‘shatiladi.
Xizmatda bo‘lishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan bojxona organlari xodimlari iste’foga bo‘shatiladi.
(1311-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
132. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmatni o‘tashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati o‘zining roziligi bilan DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, OHBI professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy unvon yoki darajaga ega bo‘lganlar esa — o‘n yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
133. Xizmat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror xodimni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bojxona organlaridan bo‘shatish imkoniyatini istisno etmaydi.
 LexUZ sharhi
133-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
134. Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanishda bo‘lganida, IIV tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan ular vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lganda;
asirga yoki garovga olinganida (o‘z ixtiyori bilan asirga yoki garovga tushish hollari bundan mustasno).
135. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, u xizmatdan bo‘shatilishi mumkin emas.
136. Bojxona xodimining xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan so‘ng, pensiya olish huquqini beradigan o‘tagan xizmat muddati bo‘yicha xizmatdan bo‘shashga haqlidir. Bunga OHBI, DBQ sobiq Bojxona kolleji, O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o‘tash davrlari kiradi.
Ushbu holda xodimga pensiya tayinlashda uning kalendar tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati mazkur Nizomning 144-bandida belgilangan tartibda qo‘shiladi.
137. Pensiya olish huquqini beruvchi xizmat muddatini o‘tamagan, ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d” yoki “e” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan bo‘shatilayotgan xodimlar bo‘shash kunida umumiy ish staji yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida o‘n ikki yilu olti oyi bojxona organlari xizmatiga to‘g‘ri kelganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
138. Xodimlar halok bo‘lganligi (vafot etganligi), bedarak yo‘qolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi sababli bojxona organlari shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan o‘chiriladi.
139. Ushbu Nizomning 130-bandi “l” kichik bandiga asosan xizmatdan bo‘shatilib, g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud asossiz bo‘shatilganligi tan olingan hollarda, shuningdek g‘ayriqonuniy ravishda xizmatdan bo‘shatilgan deb topilgan shaxslarni xizmatga tiklash sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoxud DBQ raisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tiklanishi lozim bo‘lgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatiga kiritish va lavozimga tayinlash DBQ raisi qarori bilan amalga oshiriladi.
140. Xizmatga tiklash shaxsni bo‘shatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar bo‘lgan oraliq davri uchun navbatdagi maxsus unvon berish, foizli ustama to‘lash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda xizmat stajiga qo‘shib hisoblash sharti bilan avvalgi maxsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni bo‘lmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki ajrimi yoxud DBQ raisining buyrug‘i asosida xizmatga tiklangan shaxs mazkur buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalarida yo‘llanma asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
141. Qamoqqa olingan bojxona organi xodimiga, qamoqqa olingan kundan boshlab, pul ta’minoti to‘lanishi to‘xtatiladi hamda qamoqdan ozod etilgan kundan boshlab to‘lanishi davom ettiriladi.
142. Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 7-son qarori.
143. Ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “v”, “g”, “e”, “j”, “z” va “n” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
Bojxona organlaridan bo‘shatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
144. Bojxona organlarida xizmat o‘tayotgan (shu jumladan kadrlar zaxirasida bo‘lgan yoki Bojxona instituti doktoranturasida o‘qiyotgan) xodimlarga xizmat muddati, imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
(144-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
OHBI, sobiq Bojxona kollejida o‘qish davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda xizmat muddatiga qo‘shiladi.
145. Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga xizmatdan bo‘shatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
145-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
146. Mazkur Nizom asosida DBQ raisi tomonidan bojxona organlarining ayrim bo‘linmalarida xizmat o‘tashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.
147. Bojxona organlari xodimlari xorijiy xizmat safarlariga qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr).
148. Bojxona organlari xodimlariga rag‘batlantirish va intizomiy jazoga tortish choralari qo‘llanilishi mumkin. Bojxona organlari boshliqlarining rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari ro‘yxati, ularni qo‘llashdagi huquq va majburiyatlari, xizmat intizomini mustahkamlashdagi javobgarligi qonunchilikda tasdiqlangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizom nizomida belgilanadi.
149. Bojxona organlarining mutaxassis, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Fuqarolarni bojxona organlarining mutaxassis, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari lavozimlariga ishga olish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi ish xususiyatidan kelib chiqqan holda DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarining (BI bundan mustasno) mutaxassis, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining me’yorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlari, bazaviy stavkalari DBQ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno.
(149-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
150. Xizmat o‘tashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Nizomga
ILOVA
Bojxona organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlari unvonlariga muvofiqligi

T/r

Bojxona organlarining maxsus unvonlari

Ichki ishlar organlarining maxsus unvonlari

Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari

Harbiy unvonlar

Prokuratura (shu jum. harbiy prokuratura) organlarining daraja unvonlari

Adliya organlarining daraja unvonlari

Sud organlarining daraja unvonlari

1.

Bojxona xizmati leytenanti

Leytenant

Leytenant

Leytenant

3 darajali yurist, adliya leytenanti

3 darajali yurist

3 darajali yurist

2.

Bojxona xizmati katta leytenanti

Katta leytenant

Katta leytenant

Katta leytenant

2 darajali yurist, adliya katta leytenanti

2 darajali yurist

Beshinchi kvalifikatsiya darajasi, 2 darajali yurist

3.

Bojxona xizmati kapitani

Kapitan

Kapitan

Kapitan

1 darajali yurist, adliya kapitani

1 darajali yurist

To‘rtinchi kvalifikatsiya darajasi, 1 darajali yurist

4.

Bojxona xizmati mayori

Mayor

Mayor

Mayor

Kichik adliya maslahatchisi, adliya mayori

3 darajali adliya maslahatchisi

Uchinchi kvalifikatsiya darajasi, 3 darajali adliya maslahatchisi

5.

Bojxona xizmati podpolkovnigi

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi

2 darajali adliya maslahatchisi

Ikkinchi kvalifikatsiya darajasi, 2 darajali adliya maslahatchisi

6.

Bojxona xizmati polkovnigi

Polkovnik

Polkovnik

Polkovnik

Katta adliya maslahatchisi, adliya polkovnigi

1 darajali adliya maslahatchisi

Birinchi kvalifikatsiya darajasi, 1 darajali adliya maslahatchisi

7.

Bojxona xizmati general-mayori

General-mayor

General-mayor

General-mayor

3 darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-mayori

3 darajali davlat adliya maslahatchisi

Oliy kvalifikatsiya darajasi

8.

Bojxona xizmati general-leytenanti

General-leytenant

General-leytenant

General-leytenant

2 darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-leytenanti

2 darajali davlat adliya maslahatchisi

9.

Bojxona xizmati general-polkovnigi

General-polkovnik

General-polkovnik

General-polkovnik

1 darajali adliya davlat maslahatchisi

1 darajali davlat adliya maslahatchisi

Izoh: Bojxona organlarining generallar tarkibi maxsus unvonlarini boshqa davlat organlari unvonlariga tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Preztidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlarining
INTIZOM NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bojxona organlarining Intizom nizomi (keyingi o‘rinlarda — Nizom) bojxona organlari xodimlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona instituti (keyingi o‘rinlarda — OHBI) kursantlarining xizmat intizomiga qo‘yilayotgan talablar va odob-axloq qoidalarini belgilaydi, boshliqlar va xodimlarning o‘zaro munosabatlarini, shuningdek rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarining qo‘llanilishini tartibga soladi.
 LexUZ sharhi
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Bojxona organlarida xizmat intizomi xodimlarning ushbu Nizom talablariga qat’iy va so‘zsiz rioya etishidan iborat.
Bojxona organlarida xizmat intizomi har bir xodimning yuksak darajadagi ongliligi va xizmat burchini hamda topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.
3. Xizmat intizomi har bir xodimni quyidagilarga majbur qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish, O‘zbekiston Respublikasi DBQ hay’ati qarorlarida belgilangan talablarni, O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisining buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish;
bojxona organi xodimining qasamyodiga sodiq bo‘lish, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” degan o‘zining xizmat burchini so‘zsiz bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, samarali bojxona nazoratini ta’minlash, kontrabandaning oldini olish, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
ishonib topshirilgan tabel quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;
hushyor bo‘lish, davlat va xizmat sirini qat’iy saqlash;
xodimlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;
doimiy ravishda o‘z bilim va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish;
xizmatdan tashqari holatlarda o‘zini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga amal qilishda namuna bo‘lish.
4. Bojxona organlarida yuksak xizmat intizomiga:
xodimlarda yuksak ma’naviy-axloqiy va ishchanlik xususiyatlarini, xizmat burchini bajarishga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish;
har bir xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan shaxsiy mas’uliyati, ichki tartib va xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalariga qat’iy rioya etish;
boshliqlarning qo‘l ostidagi xodimlarga nisbatan kunlik talabchanligi, ularga doimiy g‘amxo‘rligi, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini oqilona uyg‘unlashtirgan holda va asosli qo‘llash;
bojxona organlari bo‘linmalarida zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish orqali erishiladi.
2-bob. Xodimlarning odob-axloq qoidalari
5. Odob-axloq qoidalari qaysi lavozimni egallashidan qat’i nazar, xodimlarning kasb odobi va xizmatda o‘zini tutishning asosiy qoidalari umumiy prinsiplari majmuini o‘z ichiga oladi.
6. Bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan kundan e’tiboran har bir xodim odob-axloq qoidalariga amal qilishga majbur.
Odob-axloq qoidalariga rioya etish xodimning kasbiy faoliyati samaradorligi va xizmatda o‘zini tutishini baholashning mezonlaridan biri hisoblanadi.
7. Xodim tomonidan odob-axloq qoidalarining asosiy talablariga amal qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lish, ularning mavqeyidan qat’i nazar hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarning kamsitilishi yoki afzal ko‘rilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikka ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, beg‘araz va qonuniy ko‘rib chiqish;
xodimning o‘z xizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqaroda shubha uyg‘otuvchi xatti-harakatdan tiyilish, shuningdek bojxona organlari obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik.
8. Shaxsiy vaj va boshqa subyektiv sabablar xodimlar tomonidan qonunchilik talablari va odob-axloq qoidalari buzilishiga asos bo‘la olmaydi.
9. Xodimlar korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishi va faollik bilan uning profilaktikasiga ko‘maklashishi shart.
Xodimlar o‘zlarini boshqa shaxslar huquqbuzarlik sodir etishga undab murojaat qilgan har bir holat, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday o‘ziga ma’lum bo‘lgan huquqbuzarliklar haqida o‘z boshlig‘iga yoki vakolatli organlarga xabar berishi zarur.
10. Xodim oilasida yuzaga kelgan nizolarni qonunchilik talablariga qat’iy amal qilgan holda hal etadi.
Xodimning oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga nisbatan tergov harakatlari olib borilganda, unga o‘z vakolatlaridan foydalanib, aralashish taqiqlanadi.
11. Xodimlar xayrixoh, xushmuomala va e’tiborli bo‘lishi, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi zarur.
Xodimlar fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy ta’sir o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
12. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning tashqi ko‘rinishi ish sharoiti va xizmat tadbiri turini inobatga olgan holda, aholida bojxona organlariga nisbatan hurmat uyg‘otishi, toza va orasta bo‘lishi zarur.
13. Xodimlarga xizmat paytida alkogol ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanadi.
14. Xodimlar xizmatdan tashqari paytda umumiy odob-axloq qoidalariga amal qilishi, g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
15. Bojxona organlarining xodimlari (kursantlari) uchrashganida (yonidan o‘tib ketishayotganda) bir-birlari bilan, shuningdek Qurolli Kuchlarning, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining saf nizomida belgilangan qoidaga qat’iy amal qilgan holda salomlashadilar.
3-bob. Boshliqlar va xodimlarning o‘zaro munosabatlari
16. Xodim xizmat vazifasini bajarish paytida bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqqa bo‘ysunadi.
Xodimlar xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan, shu jumladan vaqtincha bo‘ysunadigan rahbarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar deb hisoblanadi.
Xodimga eng yaqin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbar bevosita boshliq hisoblanadi.
17. Boshliq o‘zi rahbarlik qilayotgan bojxona organi bo‘linmasida xizmat intizomiga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
18. Boshliq unga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan Nizomga amal qilinishiga talabchan bo‘lishi, ularga yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda namuna ko‘rsatishi, ularni xizmat burchi hissini kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va xizmatlarini rag‘batlantirishi, shuningdek xizmat intizomi buzilgan holatlarda jazo qo‘llanilishini ta’minlashi zarur.
19. Buyruq va topshiriqlar bo‘ysunish tartibida beriladi. Yuqori turuvchi boshliq zarur hollarda xodimga bevosita boshlig‘ini xabardor qilmasdan buyruq yoki topshiriq berishga haqli. Bunday hollarda xodim o‘zining bevosita boshlig‘ini bundan xabardor qilishi zarur.
20. Noqonuniyligi yaqqol ko‘rinib turgan va xizmat faoliyatiga aloqasi bo‘lmagan buyruq va topshiriqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshliq qo‘l ostidagi xodimlardan ularning xizmat burchi doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishni, shuningdek g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas.
Xodim yaqqol qonunga zid bo‘lgan (xizmat faoliyatiga aloqador bo‘lmagan) buyruq yoki topshiriq olganda yuqori turuvchi rahbariyat yoki xizmatni o‘tash joyidagi o‘z xavfsizligi bo‘linmasiga zudlik bilan xabar beradi.
Xodim yuqori turuvchi rahbariyat yoki o‘z xavfsizligi bo‘linmasiga xabar berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda qonunchilik talablariga rioya etgan holda g‘ayriqonuniy buyruq va topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishga haqli, keyinchalik esa imkon paydo bo‘lishi bilan ularni xabardor qiladi.
21. Boshliqning buyruq va topshiriqlari, yaqqol qonunga zid bo‘lganlari bundan mustasno, so‘zsiz, aniq va o‘z vaqtida bajarilishi shart. Buyruq va topshiriqlarni muhokama etishga, shuningdek ularni tanqid qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xodim buyruq yoki topshiriqning bajarilgani to‘g‘risida buyruq yoki topshiriq bergan boshliqqa, shuningdek bevosita boshlig‘iga axborot beradi.
Buyruq yoki topshiriqni bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, xodim zudlik bilan bu haqda buyruq yoki topshiriq bergan boshliqni xabardor etishi shart.
22. Boshliq xodimlarni qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynigarchilik, mahalliychilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi lozim. U o‘z xizmat vazifalarini o‘tash paytida mahalliychilik va tanish-bilishchilik, shuningdek boshqa salbiy omillarning namoyon etilishiga qat’iy barham berishi kerak.
23. Boshliq quyidagilarga majbur:
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va hal qilish, xodimlar uchun qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish;
korrupsiya va o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga chek qo‘yish choralarini ko‘rish;
shaxsiy tarkibni samarali boshqarish, xodimlarning xizmat faoliyatini xolisona baholash;
o‘ziga topshirilgan mol-mulk va moliyaviy mablag‘larga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
xodimlarning individual xususiyatlarini o‘rganish, ular bilan o‘zaro yaqin munosabat o‘rnatish, jamoani birlashtirish, xodimlar tomonidan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlarning sababini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, xizmat intizomi buzilishiga murosasiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
xodimlarning, ularning oila a’zolarining talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish choralarini ko‘rish, yuqori turuvchi rahbariyatga qo‘l ostidagi xodimlarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritib borish.
4-bob. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari
24. Xodimlarga nisbatan quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi:
a) minnatdorchilik e’lon qilish;
b) qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
v) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
g) idoraviy ko‘krak nishoni bilan taqdirlash;
d) muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish;
e) egallab turgan lavozimida ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori maxsus unvon berish.
Rag‘batlantirish choralari tariqasida Nizomning 28-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlari, 29-bandi “a” va “b” kichik bandlari bilan nazarda tutilgan muqaddam qo‘llanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin bekor qilish mumkin.
25. OHBIda Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralaridan tashqari kursantlarga nisbatan quyidagi rag‘batlantirish choralari ham qo‘llaniladi:
a) ta’lim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish;
b) Hurmat taxtasiga kiritish;
v) kursantning ota-onasi yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish;
g) O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisi stipendiyasini tayinlash.
26. Alohida xizmatlari uchun xodimlar O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
27. Oylik ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustama haqlari va xodimlarning pul ta’minotida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirishga kirmaydi.
28. Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
a) hayfsan;
b) qattiq hayfsan;
v) xizmatga to‘liq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish;
g) maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish;
d) egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish);
d1) gauptvaxtada hibsda ushlab turish;
e) bojxona organlari xizmatidan bo‘shatish.
29. OHBIda Nizomning 28-bandi “a”, “b” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari ta’lim muassasasining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, o‘quv dasturini qoniqarsiz o‘zlashtirgan kursantlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qo‘llanilishi mumkin:
a) navbatdan tashqari naryadda xizmat o‘tashga yoki besh sutkagacha xo‘jalik ishlariga jalb etish;
b) bir oy muddatgacha ta’lim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;
v) kursantlar ro‘yxatidan o‘chirish.
5-bob. Boshliqlarning rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha vakolatlari
30. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari boshliqlar tomonidan o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida qo‘llaniladi.
31. O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, OHBI boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:
Nizomning 24-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida hamda 25-bandida (“g” kichik bandidan tashqari) nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash;
Nizomning 28-bandi “a”, “b”, “v”, “d”, “e” kichik bandlari va 29-bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo‘llash.
32. Xodimni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlar unga nisbatan Nizomning 28-bandi “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo‘llash huquqiga ega.
33. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Nizomning 24, 25, 28 va 29-bandlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi, shuningdek xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga va davlat mukofotlariga taqdim etadi.
34. Qo‘l ostidagi xodimlariga nisbatan o‘z vakolatlariga kirmaydigan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash zaruriyati tug‘ilgan holda boshliq yuqori turuvchi rahbariyatga bu to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi.
35. Boshliq qo‘l ostidagi xodim tomonidan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning o‘ta jiddiyligi sababli uni lozim darajada jazolash uchun o‘ziga berilgan vakolatlarni yetarli emas deb hisoblasa, u yuqori turuvchi rahbariyatga xodimga nisbatan og‘irroq intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi.
36. Intizomiy jazo chorasini qo‘llashda o‘z vakolatini oshirgan yoki Nizomda nazarda tutilmagan intizomiy jazo chorasini qo‘llagan boshliq javobgarlikka tortiladi, qo‘llanilgan intizomiy jazo esa yuqori turuvchi rahbariyat tomonidan bekor qilinadi.
37. Xodim xizmat safari yoki davolanishda bo‘lgan vaqtda xizmat intizomini buzgan taqdirda mazkur xatti-harakatdan xabar topgan boshliq bu holatni bartaraf etish choralarini ko‘radi va bu haqda xodimning xizmat joyiga xabar beradi.
6-bob. Rag‘batlantirish choralarini qo‘llash
38. Rag‘batlantirish choralari alohida xodimga nisbatan ham, bir guruh xodimlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
Xodimga nisbatan bir yutug‘i uchun faqat bitta rag‘batlantirish chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Rag‘batlantirish chorasini belgilashda xodimning xizmat ko‘rsatkichlari xususiyati, shuningdek uning ilgari xizmatga qanday munosabatda bo‘lganligi e’tiborga olinadi.
39. Nizomning 28-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo qo‘llanilgan xodim mazkur jazoni bekor qilish orqali rag‘batlantiriladi. Intizomiy jazoni bekor qilish huquqi uni qo‘llagan boshliqqa, shuningdek yuqori turuvchi vakolatli rahbariyatga beriladi.
40. Rag‘batlantirish choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qo‘llaniladi:
minnatdorchilik e’lon qilish — yuklatilgan vazifani, boshliqning buyrug‘i yoki topshirig‘ini muvaffaqiyatli bajargan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan;
qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek zaxiraga (iste’foga) chiqishi munosabati bilan yoki musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga ko‘ra;
Faxriy yorliq bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga ko‘ra va o‘qishni (o‘quv yilini) muvaffaqiyatli yakunlaganda;
idoraviy ko‘krak nishoni bilan taqdirlash — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi va ko‘p yillik benuqson xizmati, bojxona organlari tizimini takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shgani, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik va jasorat ko‘rsatgani, shuningdek yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish yoki egallab turgan lavozimida ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori maxsus unvon berish — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi, xizmat burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi, bojxona organlari amaliy faoliyatiga salmoqli ilmiy hissa qo‘shgani (ilmiy darajani olganda), xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishda namuna bo‘lgani uchun (bojxona organlarida xizmatni o‘tash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga muvofiq);
OHBI hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish — yuklatilgan vazifalarni, komandirlarning buyruq yoki topshiriqlarini vijdonan bajargan kursantlarga nisbatan;
Hurmat taxtasiga kiritish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etayotgan, o‘quv dasturlarini a’lo baholarga o‘zlashtirgan OHBIning kursantlariga nisbatan;
ota-onasiga yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etayotgan, o‘quv mavsumini a’lo baholar bilan yakunlagan O‘zbekiston Respublikasi DBQ ta’lim muassasalarining kursantlariga nisbatan;
O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisining stipendiyasini tayinlash — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etayotgan, o‘quv intizomiga rioya qilishda namuna bo‘lgan, o‘quv yilini a’lo baholar bilan yakunlagan OHBI kursantlariga nisbatan.
41. Qo‘llanilgan rag‘batlantirish chorasi buyruq bilan e’lon qilinadi. Minnatdorchilik e’lon qilish va ta’lim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish buyruq orqali ham, og‘zaki ham e’lon qilinishi mumkin.
Rag‘batlantirilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan majlis (yig‘ilish)da tantanali ravishda e’lon qilinadi.
Tegishli rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilingan vaqtda, qoida tariqasida, xodimlarga faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofotlari, ko‘krak nishonlari topshiriladi.
42. Buyruq bilan e’lon qilingan rag‘batlantirish chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Rag‘batlantirish choralarini hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash
43. Nizomda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
44. Sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo tayinlanadi.
Xizmat intizomi bir necha xodimlar tomonidan buzilganda, intizomiy jazo har bir aybdorga nisbatan alohida qo‘llaniladi.
Sodir etilganligi ma’muriy jazo tayinlashga olib kelgan xatti-harakatlar uchun intizomiy jazo qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Intizomiy jazo choralari qo‘llangan xodimlar, agarda ularning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi alomatlari bo‘lsa, ular jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
45. Intizomiy jazo choralarining qo‘llanilishi asosli bo‘lishi va sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat og‘irligi hamda ayb darajasiga muvofiq kelishi zarur. Intizomiy jazo choralarini belgilash chog‘ida nojo‘ya xatti-harakat xususiyati, sodir etish holati, uning oqibatlari, aybdorning bungacha bo‘lgan xulq-atvori, bojxona organlaridagi xizmat muddati, shuningdek yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga bo‘lgan munosabati e’tiborga olinadi.
Xodim tomonidan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat unchalik ahamiyatga ega bo‘lmasa, boshliq unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llamasligi va boshqa bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida og‘zaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi mumkin.
Jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish maqsadida bojxona organlarida saylov asosida o‘rtoqlik axloq sudlari tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatadi.
46. Intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qo‘llaniladi:
hayfsan — normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini, xizmat guvohnomasidan foydalanish qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal qilmagan va xizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan xodimlarga nisbatan;
qattiq hayfsan — amaldagi “hayfsan” intizomiy jazosi bo‘lgan xodimlarga nisbatan, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini takroran buzgani uchun;
xizmatga to‘liq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish — amaldagi intizomiy jazosi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan, xizmat burchiga mas’uliyatsiz yondashgan, ish samaradorligi past bo‘lgan xodimlarga nisbatan;
maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish — amaldagi intizomiy jazosi bo‘lgan, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini takroran qo‘pol ravishda buzgan, xizmatni o‘tashga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lgan, yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarmagan xodimlarga nisbatan;
gauptvaxtada hibsda ushlab turish — qat’iy intizomiy jazo chorasi sifatida sodir etgan nojo‘ya xatti-harakati bojxona organlaridan bo‘shatish uchun asos bo‘ladigan xodimlarga nisbatan;
bojxona organlari xizmatidan bo‘shatish — xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan, bojxona organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etgan, intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘la turib muntazam ravishda xizmat intizomini buzgan, qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan;
navbatdan tashqari naryadda xizmat o‘tashga yoki besh sutkagacha xo‘jalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha ta’lim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum qilish — yuklatilgan vazifalarni va komandir (boshliq)ning topshiriqlarini bajarmagan, OHBIning o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarini buzgan, o‘quv dasturini qoniqarsiz o‘zlashtirgan kursantlarga nisbatan;
kursantlar ro‘yxatidan o‘chirish — OHBI kursantlariga nisbatan odob-axloq qoidalarini, xizmat intizomini buzganligi, o‘quv dasturini o‘zlashtira olmaganligi uchun.
47. Amaldagi intizomiy jazo bor-yo‘qligidan qat’i nazar, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan xodimga nisbatan bojxona organlari xizmatidan bo‘shatishgacha bo‘lgan har qanday intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin.
Quyidagilar xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzish sirasiga kiradi:
bojxona ishi sohasidagi normativ hujjatlar hamda qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan qoidalarning buzilishiga olib kelgan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shaxsiy foyda olish maqsadida bajarish yoki bajarmaslik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishga, odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishga olib keluvchi xatti-harakatlar sodir etish, agar bu jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmasa;
xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar ta’sirida mast holatda bo‘lish;
xodimning sababsiz ravishda uzluksiz uch kundan ortiq xizmat joyida bo‘lmasligi;
maxfiylik tartiboti talablarini buzish, agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa;
xodimga ishonib topshirilgan tabel quroli va uning o‘qlarini, mol-mulk va (yoki) texnikalarni qasddan yo‘q qilish, zararlantirish yoki uning (ularning) yo‘qolishiga olib kelgan ehtiyotsizlik bilan saqlash, agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa.
Xodim xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar ta’sirida mast bo‘lgani sababli intizomiy javobgarlikka tortish uchun ushbu holatni isbotlash maqsadida tibbiy tekshiruv natijalariga, agar xodim tekshiruvdan bosh tortsa, kamida ikki xodim yoki boshqa shaxslar ko‘rsatmalariga asoslaniladi.
48. Odob-axloq qoidalarini, shuningdek boshliq va xodimlar o‘rtasidagi munosabat qoidalarini qo‘pol ravishda buzish bojxona organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etish hisoblanadi.
Jamiyatdagi odob-axloq qoidalarini ochiqdan-ochiq pisand qilmaslik bilan bog‘liq bo‘lmagan oilaviy kelishmovchiliklar, janjallar va maishiy nizolar bojxona organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakat sirasiga kirmaydi.
49. Muntazam ravishda xizmat intizomini buzish deganda buyruq asosida e’lon qilingan amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgani holda, xodim tomonidan xizmat intizomini bir necha bor buzish tushuniladi.
491. Gauptvaxtada hibsda ushlab turish intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganda, agar xodim jinoiy javobgarlikka tortilmasa, uni ushbu nojo‘ya xatti-harakati uchun bojxona organlaridan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Gauptvaxtada hibsda saqlash muddati oddiy safdorlar, kichik ofitserlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun — 10 sutkagacha, katta ofitserlar tarkibi xodimlari uchun — 5 sutkagacha.
Gauptvaxtada hibsda ushlab turish intizomiy jazo chorasi ayollarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
50. Intizomiy jazo qo‘llashdan avval xodimdan yozma tushuntirish olinishi lozim. Agar xodim ushbu tushuntirishni berishdan bosh tortsa, tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Tushuntirishni berishdan bosh tortish holati sodir etilgan qilmish uchun intizomiy jazo tayinlashga to‘sqinlik qila olmaydi va jazoning og‘irroq ko‘rinishi va choralarini qo‘llashga olib kelmaydi.
Intizomiy jazo choralarini qo‘llash paytida boshliq xodimning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, u bilan munosabatda qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur.
51. Maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish tarzidagi intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, aybdorga boshqa intizomiy jazo turlari tegishlicha ta’sir ko‘rsatmagan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
52. Intizomiy jazoning qo‘llanilishi xodimni nojo‘ya xatti-harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
53. Intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat boshliqqa ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, xizmat tekshiruvi o‘tkazilganda esa — tekshiruv tugagan kundan boshlab o‘n sutkadan kechikmay qo‘llanilishi kerak, bunda aybdorning xastalik, ta’tilda bo‘lgan va buyruq chiqarilgan vaqtlar hisobga olinmaydi.
Intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan bir yildan ortiq muddat o‘tgandan keyin qo‘llanilishi mumkin emas.
54. Mast holatda bo‘lgan aybdorga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash, shuningdek undan har qanday tushuntirish olish xodim hushyor holga kelguncha kechiktiriladi.
55. Qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi buyruq bilan e’lon qilinadi. Tanbeh, navbatdan tashqari naryadda xizmatni o‘tashga yoki besh sutkagacha xo‘jalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha OHBI hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish ham buyruq orqali, ham og‘zaki e’lon qilinishi mumkin.
Buyruqda e’lon qilingan intizomiy jazo qo‘llash haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan xizmat, kompleks yoki inspektorlik tekshiruvlari o‘rtoqlik axloq sudi xulosasi, asosida qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
55-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yig‘ilish (majlis)da e’lon qilinadi.
56. Amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lgan xodim ushbu jazo bekor qilingunga qadar rag‘batlantirishga, navbatdagi maxsus unvon olishga va yuqori lavozimlarga tayinlanishga taqdim etilmaydi.
57. Shikoyat bilan arz qilingan hollarda tayinlangan intizomiy jazoni ijro etish to‘xtatilmaydi.
Xodim intizomiy jazo e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida yuqori turuvchi boshliqqa shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
58. Buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab bir yil o‘tgach bekor qilinadi, agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa. Rag‘batlantirish tartibida jazo bir yil o‘tmasdan bekor qilinishi mumkin.
Agarda bir yil ichida xodimga nisbatan bir necha intizomiy jazo tayinlansa, ularni bekor qilish muddati oxirgi tayinlangan intizomiy jazo chorasi sanasi bo‘yicha hisoblanadi.
59. Buyruqda e’lon qilingan intizomiy jazo chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Intizomiy jazo choralarini hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
8-bob. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilish
60. Har bir xodim boshliqning unga nisbatan g‘ayriqonuniy yoki nohaq harakatlari ustidan yuqori turuvchi rahbariyatga yozma shikoyat berishga haqli.
61. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni uch kun muddatda vakolatli instansiyaga yuboradi.
62. Yuqori turuvchi rahbariyatga qonunchilikni buzish faktlari yoxud o‘ziga nisbatan nohaq munosabatda bo‘linganligi haqida murojaat etgani uchun qo‘l ostidagi xodimni ta’qib etgan boshliq intizomiy tartibda javobgarlikka tortiladi, agar uning xatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa.
63. Xodimlarning shikoyati bir oygacha bo‘lgan muddatda hal etiladi, qo‘shimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqiladi.
64. Qasddan yolg‘on shikoyat bilan murojaat etgan xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi, Jinoyat kodeksining 237-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
11-ILOVA
2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Ijro uchun mas’ullar

I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy choralar

1.

2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan Davlat bojxona xizmati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Konsepsiya loyihasi

2018-yil
iyun

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O.Umarov)

2.

Bojxona organlarida amaldagi axborot tizimlari, ma’lumotlar bazasi va boshqa dasturiy mahsulotlarni samaradorligini baholash, ularni takomillashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlagan holda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan integratsiyalash maqsadlarida inventarizatsiyadan o‘tkazish.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisning buyrug‘i

2018-yil
iyun

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida faoliyati davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga o‘tkazishga qaratilgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyani tashkil etish.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisning buyrug‘i

2018-yil
may

DBQ(J. Aripov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining yangi tahrirdagi axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisning buyrug‘i

2018-yil
iyun

DBQ (J. Aripov)

5.

Bojxona organlari xodimlari uchun yuqori malakali, shu jumladan xorijiy davlatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalari mutaxasislarini jalb qilgan holda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi sohasida o‘quv kurslarni tashkil etish.

O‘quv kurslari, seminarlar, treninglar tashkil etish

2018-2019-yillar davomida

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

II. Bojxona organlari faoliyatiga bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini tatbiq etish

6.

Bojxona nazoratini tanlov tamoyilini qo‘llashga qaratilgan, bojxona qonunbuzilishini aniqlash va prognozlashtirish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, bojxona qonunchiligiga rioya etgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga qulay sharoitlar yaratish imkonini beruvchi “Bojxona xavfini boshqarish” axborot tizimini yaratish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
iyul

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

7.

Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruviga qaratilgan axborot tizimini bojxona yuk deklaratsiyalarini avtomatik tarzda taqsimlash va ro‘yxatga olishni joriy etish maqsadida takomillashtirish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
avgust

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

8.

Aviatransportda tashilayotgan yuklar ustidan samarali bojxona nazorati o‘rnatish va o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil etishga mo‘ljallangan “Avia” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
oktabr

DBQ (J.Aripov),
“O‘zbekiston xavo yullari” MAK (B. Xakimov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

9.

Xalqaro kuryerlik va pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish va to‘liq amalga oshirishga mo‘ljalangan, tovarlarni oldindan deklaratsiyalanishini ta’minlashga qaratilgan “Elektron tijorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
dekabr

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

10.

Skaner qilingan transport vositalari tasvirlarini bojxona nazoratidagi yuklarni manzil bojxona postlariga yetkazib berish hujjatilariga bog‘lagan holda markazlashgan holda yig‘ish va tahlil qilish imkonini beradigan “Transport vositalarini skanerlash natijalarini elektron qayd etish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2019-yil
mart

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

11.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bosqichlarini masofadan monitoring qilish imkonini beruvchi bojxona organlari axborot tizimlarining mobil talqinini yaratish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2020-yil
mart

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

12.

Bojxona ko‘rigi vaqtini qisqartirish va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan kiritish imkonini beruvchi “Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi” axborot tizimining mobil talqinini yaratish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
dekabr

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O.Umarov)

13.

Kadrlar zaxirasini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish imkoni beruvchi “Bojxona xodimi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
dekabr

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

14.

Skaner qilingan qo‘l yuklari tasvirlarini markazlashgan holda monitoring qilish va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Rentgen uskunalaridan foydalanish monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
dekabr

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
“Uzbekiston xavo yullari” MAK (B. Xakimov),
“Uzbekiston temir yullari” AJ (A. Shukurov)

15.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha samarali monitoringni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan o‘zaro axborot almashuv tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev)

16.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda mutasadi vazirlik va idoralar bilan o‘zaro axborot almashuv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), DBQ (J. Aripov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Bosh prokuratura (S. Samadov),
Bosh prokuratura huzuridagi Departament (A. Mavlonov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Mirusmonov,
“O‘zbekozikovkatxolding” AJ (T. Jalilov),

O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi (F. Ibragimov)

17.

Davlat chegarasi orqali tovarlarning olib o‘tish tartib-taomillarini tezlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” tartib-taomilida ishtirok etishida qulay sharoit yaratish maqsadida Turkiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va Afg‘oniston bojxona xizmatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro axborot almashinuv tizimini joriy etish.

Tashkiliy choralar

2018-yil aprel —
2019-yil dekabr

DBQ (J. Aripov), TIV (B. Asadov), TSV (B. Xodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

18.

Davlat bojxona xizmati organlari lokal tarmog‘i va yagona himoyalangan korporativ tarmog‘ini takomillashtirish, tarmoq va boshqa uskunalarni xarid qilish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
may

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
“O‘zbektelekom” AK (F. Roziyev)

19.

Bojxona organlari axborot tizimlari va interaktiv xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzo kalitlarini qo‘llanilishi bo‘yicha yagona yondashuvni tashkil etish maqsadida axborot tizimlarini sertifikatlangan elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

Tashkiliy-texnik choralar

2018-yil
dekabr

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

20.

Davlat bojxona xizmati organlarini:

kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari (raqamli radiostansiya, video-audiokonferensaloqa, serverlar, aloqa kabellari va boshqalar), dasturiy ta’minotlar;

axborot xavfsizlini ta’minlovchi maxsus texnik vositalari va uskunalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlab borish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018 — 2020-yillar davomida

DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 07/18/3665/1071-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son; 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son; 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son; 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)