1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida
a) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari sogʻligʻini saqlash, uy-joy bilan taʼminlash;
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berish;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
shahar yoʻlovchi transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
tan jarohati olgan (yetkazilgan) yoki halok boʻlgan (vafot etgan)da bir martalik nafaqa tayinlash, pensiya va nafaqa tayinlash;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchi (xodim)lari yoki ularning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararni qoplash;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash;
pensiya va nafaqa tayinlash, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining maxsus unvonga ega xodimlarining tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriya-kurort taʼminoti;
Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchi (xodim)lariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etish.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2022-yil 1-iyuldan boshlab ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “E-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” elektron tizimi orqali bosqichma-bosqich joriy etilsin;
2023-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi murojaatlari toʻliq elektron tarzda qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda “E-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” elektron tizimini yaratish hamda Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ushbu tizimni ishga tushirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvargacha Milliy gvardiyaning shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish faoliyatining elektron tizim orqali amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-iyul,
354-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ushbu Nizom ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari sogʻligʻini saqlash, uy-joy bilan taʼminlash, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berish, shahar yoʻlovchi transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, xodimlarga xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) yoki halok boʻlgan (vafot etgan)da bir martalik nafaqa tayinlash, pensiya va nafaqa tayinlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda boshqa vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bir martalik nafaqa — xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchiga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodim va harbiy xizmatchining oila aʼzolariga, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga toʻlanadigan toʻlov turi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim);
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
yetkazib berish (topshirish) davri — pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) amalga oshiriladigan joriy toʻlov oyining 15-kunidan 27-kunigacha boʻlgan davr;
imtiyozli shartlarda turar joy — qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan dasturlarda nazarda tutilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek, namunaviy yakka tartibdagi uylar;
kursant va tinglovchi — Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar;
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi — Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmat qilayotgan oddiy askar, serjant va ofitserlar;
muddatli harbiy xizmatchi — Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida majburiy xizmatni oʻtayotgan chaqiruv yoshidagi fuqaro;
markaziy komissiya — Vazirlik Markaziy apparatining tegishli xizmatlaridan tashkil topgan ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha komissiya;
nafaqa — xizmatdan boʻshatilayotgan xodim va harbiy xizmatchiga yoki ichki ishlar organlari pensionerining vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga bir marta tayinlanadigan pul toʻlovi;
pensiya — ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilari yoki ularning oila aʼzolariga pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʻlovi;
pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi — pensiya soʻrab murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlangan hujjatlarning tikilgan turkumi;
pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi turadigan joy — Vazirlikning Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti Moliya-iqtisod boshqarmasi, yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — ichki ishlar organlari) moliyaviy taʼminot xizmatlari;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
tan jarohati — xodim va harbiy xizmatchi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan (yetkazilgan) ogʻir va oʻrtacha ogʻir tan jarohati (yaralanish, mayib va kontuziya boʻlish);
xodim — Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvonga ega boʻlgan fuqaro;
xizmat majburiyati — normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ichki ishlar organlari tarkibidagi boshqaruv organlari, boʻlinmalari, xodim va harbiy xizmatchilarga yuklangan vazifalar va funksiyalar hamda huquq va majburiyatlar;
xizmat uy-joylari fondi — Vazirlik tomonidan ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilarini turar joy bilan taʼminlash yoki ularning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joylar qurish va ularni rekonstruksiya qilish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning kvartiralarini sotib olish hisobidan shakllantirilgan fond;
xizmat uy-joyi — ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari yashashi uchun moʻljallangan, xizmat hamda munitsipal uy-joy fondining turar joy binolarida joylashgan, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash davrida shartnoma asosida beriladigan uy;
harbiy xizmatchi — ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarida xizmat oʻtayotgan kontrakt boʻyicha va muddatli harbiy xizmatchilar;
hududiy komissiya — ichki ishlar organlari va harbiy tuzilmalari tegishli xizmatlaridan tashkil topgan ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha komissiya;
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolgʻiz keksalar uchun maxsus uy, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek, pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish) joyi.
(2-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
2-bob. Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti tartibi
1-§. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish
3. Ichki ishlar organlarining xodim va harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ularning oila aʼzolariga (ichki ishlar organlari tizimida xizmatda boʻlgan davrida nikohda boʻlgan xotini (eri), nikoh bekor qilingan hollar bundan mustasno, ota-onasi, oʻn sakkiz yoshdan oshmagan farzandlari, taʼlim muassasalarida taʼlimning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma bir yoshgacha (katta ofitserlarning farzandlari yigirma uch yoshgacha) boʻlgan farzandlari, yoshidan qatʼi nazar bolalikdan nogiron boʻlgan bolalari) hamda ishchi va xizmatchilariga Vazirlikning taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari, shuningdek, faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etadi.
4. Prokuratura organlari, adliya organlari, davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlar va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Vazirlikning davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan birgalikda qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
5. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish Vazirlikning tibbiyot boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tibbiyot boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va boʻlimlari) tomonidan amalga oshiriladi.
6. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkib mazkur muassasalarda ambulatoriya, statsionar sharoitlarda bepul tibbiy tekshiruvlardan oʻtkaziladi, davolanadi va sogʻlomlashtiriladi, shuningdek, ularga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha turar joylariga borib belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilarini davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish tartibi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan tarkib manfaatlariga zarar keltirilmaydigan shartlarda pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi mumkin. Pullik tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi Vazirlik tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
7. Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilariga yashash hududidagi ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilariga bepul ortopedik stomatologiya va ortodontiya yordami (qimmatbaho metallar, keramik massalar va maxsus plastmassalar qoʻllab tayyorlangan protezlar bundan mustasno) ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan koʻrsatiladi.
8. Ichki ishlar organlari tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari komissiyasi tomonidan Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilariga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish maqsadida ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga yuboriladi.
Harbiy xizmatchilarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga sarflangan xarajatlar Vazirlik tomonidan qoplanadi.
9. Alohida hollarda ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilarining tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olishi uchun uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda ularning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
10. Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilarining kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qoʻydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek, sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa yengilroq ishga oʻtkazish uchun va karantin tufayli xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilganida, ularga vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnomasi beriladi. Vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnomani berish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari hamda ishchi va xizmatchilarining mehnatga vaqtincha layoqatsizlik holatida mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-§. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi
11. Ichki ishlar organlari xodimlari va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari har yili bir marotaba majburiy dispanserizatsiyadan oʻtkaziladi.
Bir yilda ikki marotaba va chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladigan xizmatlar roʻyxati Vazirlik tomonidan belgilanadi.
12. Vazirlik tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar hamda kursant va tinglovchilar belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
13. Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilari tibbiy koʻrikdan turar joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda oʻtadilar.
14. Profilaktik tibbiy koʻrik natijasida xizmatni davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlangan xodim va harbiy xizmatchilar roʻyxati ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va boʻlimlari tomonidan tegishli kadrlar xizmatlariga yuboriladi.
15. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallangan biriktirilgan tarkib ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va boʻlimlari mutaxassislari nazoratiga olinib, ularni davolash va sogʻlomlashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Dispanser nazoratiga olingan ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilari kuzatuvini olib borish, tibbiy tekshiruvlar va koʻriklar koʻlami hamda davriyligi, shuningdek, davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish tartibi Vazirlik tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
17. Ichki ishlar organlarining xodim va harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.
18. Ichki ishlar organlari tizimidagi va boshqa sanatoriy-kurort muassasalariga, shuningdek, xorijiy davlatlardagi sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
19. Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari tizimidagi muassasalarda xizmat qilayotgan xodim va harbiy xizmatchilarga sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish ushbu muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
20. Ichki ishlar organlari tizimidagi sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalar qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
21. Ichki ishlar organlarining sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalar realizatsiyasidan tushgan mablagʻlar ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini va taʼminotini mustahkamlashga hamda boshqa sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalarni xarid qilishga sarflanadi.
22. Sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar quyidagi tartibda beriladi:
a) bepul:
harbiy-tibbiy komissiyalarning asoslangan xulosasiga koʻra, mazkur Nizomning 27-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar uchun;
mazkur Nizomning 27-bandi “g”, “z” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar, shu jumladan, koʻzi ojiz I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kuzatib boruvchi shaxs, yolgʻiz keksalar uchun;
b) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanma qiymatining 25 foizini toʻlash sharti bilan mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarga hamda ularning turmush oʻrtogʻiga 50 foizini (biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oshmagan holda) toʻlash sharti bilan;
v) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmaning qiymatini toʻliq toʻlash sharti bilan mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j”, “z” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning boshqa oila aʼzolari uchun.
23. Ixtisoslashtirilgan sanatoriy muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan beriladi.
24. Vazirlik tizimida faoliyat yuritadigan ishchi va xizmatchilarni sanatoriy-kurort muassasalarida davolash uchun yoʻllanmalar bilan taʼminlash Vazirlikning Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
25. Sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga muhtoj shaxslarni tanlash, sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalarni taqsimlash, tizimdagi sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
26. Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu yordamni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi.
27. Quyidagi shaxslar biriktirish roʻyxatlari asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi:
a) ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan, Vazirlikning harakatdagi kadrlar zaxirasida qoldirilib, boshqa tashkilotlarga yuborilgan xodimlar;
b) Vazirlikning harbiy tuzilmalaridagi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar;
v) Vazirlikning harbiy tuzilmalari muddatli harbiy xizmatchilari;
g) xizmat muddatidan qatʼi nazar, xizmat (harbiy xizmat) vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador boʻlish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
d) kursant va tinglovchilar;
e) ishchi va xizmatchilar (budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga taʼminlanadigan ishchi va xizmatchilardan tashqari);
j) ichki ishlar organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega boʻlib, shundan 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat (harbiy xizmat) qilgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilari bundan mustasno);
z) ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan xodim va harbiy xizmatchilarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi boʻlgan farzandlari, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, shuningdek, ushbu holatlardan olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodim va harbiy xizmatchilar;
i) qonun hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatish boʻyicha zararlangan zonada xizmat vazifasini oʻtagan shaxslar va yadro poligonlarida hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
28. Mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j”, “z” va “i” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari tegishli davolash-profilaktika muassasalari tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi.
29. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida statsionar tibbiy yordam 18 yoshdan boshlab koʻrsatiladi.
30. Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatini, yaʼni normativ-huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ichki ishlar organlari tarkibidagi boshqaruv organlari, boʻlinmalar, xodim va harbiy xizmatchilarga yuklangan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni (keyingi oʻrinlarda — xizmat majburiyati) bajarish chogʻida halok boʻlgan, vafot etgan xodim va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari (Vazirlikning harbiy tuzilmalari muddatli harbiy xizmatchilarining oila aʼzolaridan tashqari) ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, shuningdek, ularning pensiya yoshidagi yoki nogiron ota-onasi tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi.
31. Mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j”, “z” va “i” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya rasmiylashtirgan oila aʼzolari ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
32. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qolgan shaxslarning yashash joyi oʻzgarganda, ular shu hududdagi tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlaridagi maxsus tibbiy komissiyalar qarorlari asosida mazkur davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmatga biriktiriladi.
33. Biriktirish roʻyxatlari va ichki ishlar organlarining tegishli pensiya taʼminoti boʻlimlari yoʻllanmalari hamda pensionerlik guvohnomalari asosida tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlari tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan shaxslarga ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy xizmatdan foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi.
34. Ichki ishlar organlari tizimidagi tezkor taʼminot boshqarma va boʻlimlarning nooshkora maqomga ega alohida toifadagi xodimlariga tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
35. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilari hamda kursant va tinglovchilariga tibbiy yordam koʻrsatish ichki ishlar organlarining mazkur harbiy tuzilmalari va taʼlim muassasalarining tibbiyot qismlari, lazaretlari va tibbiy punktlarida amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalari va Vazirlikning taʼlim muassasalarining tibbiyot qismlari, lazaretlari va tibbiy punktlarida tegishli mutaxassislar va tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish uchun tibbiy asbob-uskunalar boʻlmagan hollarda ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
36. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolanadi.
Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari Vazirlik tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, ixtisoslashtirilgan yoʻnalishdagi (ruhiy holati buzilgan va yuqumli) kasalliklar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolanadi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalari tomonidan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga statsionar sharoitda tibbiy xizmatlar koʻrsatishda Vazirlik ovqatlanish, kommunal xizmatlar, hammom-kirxona xizmati, dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qilingan xarajatlarni Mudofaa vazirligiga qoplab beradi.
37. Faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarida zarur tibbiy xizmat turlari mavjud boʻlmagan hollarda pulli davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlari Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
38. Pulli davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlarini qoplash tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
3-§. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibi
(3-paragrafining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
39. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini zarur dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
40. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish, kasalliklarni davolash va oldini olish uchun sarflanadigan dori vositalari, tibbiy jihozlar, vaksinalar, tibbiy materiallar bilan bepul taʼminlash ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ushbu maqsadlar uchun xarajatlar Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham qoplanishi mumkin.
41. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkib ambulatoriya va statsionarda davolanishda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan oʻzlari davolanayotgan davolash-profilaktika muassasalari orqali yoki retsept asosida dorixonalar orqali belgilangan tartibda taʼminlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
42. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkibga dori vositalarini tayinlash, qabul qilish, saqlash va qoʻllash, shuningdek, dori vositalarini retsept asosida berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
43. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkib ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha bepul emlanadi. Rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha emlanishi lozim boʻlgan shaxslar toifalari Vazirlik tomonidan belgilanadi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi
1-§. Xizmat uy-joylari fondini shakllantirish hamda foydalanish tartibi
44. Ichki ishlar organlari xizmat uy-joylari fondini shakllantirish hamda xodim va harbiy xizmatchilarni xizmat uy-joylari bilan taʼminlash:
turar joylar qurish va ularni rekonstruksiya qilish;
jismoniy va yuridik shaxslar uy-joylari hamda kvartiralarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish hisobiga amalga oshiriladi.
45. Vazirlikning xizmat uy-joylari fondi uy-joylar hamda kvartiralar qurish va ularni rekonstruksiya qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini shakllantirishda Vazirlikka har yili nazarda tutiladigan kapital mablagʻlar limitlari, xizmat uylarini sotishdan tushadigan mablagʻlar hamda Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondi kvartiralarni xarid qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlash Vazirlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
2-§. Xizmat uy-joylarini va turar joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodim va harbiy xizmatchilarni hisobga olish
46. Xizmat uy-joylaridan samarali foydalanish hamda xodim va harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Vazirlik ularning hisobini yuritadi.
47. Vazirlik xizmat uy-joylarini ichki ishlar organlariga biriktiradi va ularni hisobga olish hamda foydalanish holatini har yili tekshiradi.
48. Xizmat uy-joylarini hisobga olish daftari va kartochkalarining shakllari Vazirlik tomonidan belgilanadi.
49. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni hisobga olish, shuningdek, xizmat uy-joylarini taqsimlash uchun:
hududiy ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
(49-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/445/0553-son)
Markaziy va hududiy komissiyalar tarkibi, ularning huquqlari va vazifalari, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini nazorat qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi.
50. Harbiy xizmatchilarni xizmat uy-joylari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ishchi va xizmatchilar xizmat uy-joyi bilan taʼminlanmaydi.
51. Xodimlarga xizmat uy-joylari yashash joyi boʻyicha quyidagi holatlarda beriladi:
a) xodim uy-joyni ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi yoki uy-joyni ijaraga olgan shaxs oilasining aʼzosi yoxud shaxsiy uy-joy mulkdori yoki mulkdor oilasining aʼzosi boʻlmasa;
b) xodim uy-joyni ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olgan yoki uy-joyni ijaraga oluvchi shaxs oilasining aʼzosi yoxud shaxsiy turar joy mulkdori yoki mulkdor oilasining aʼzosi boʻlsa, ammo qayd etilgan uy-joyga jamoat transportidan foydalangan holda har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlmasa (uy-joyning xodim xizmat qiladigan joydan kamida 60 kilometr uzoqligi sababli);
v) xodim oilaning bir nafar aʼzosi uchun qonunchilik hujjatlarida yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam boʻlgan umumiy maydonga ega uy-joyda yashasa. Uy-joyning umumiy maydonini hisoblashda xodimning qoʻshimcha uy-joy maydoniga boʻlgan huquqi hisobga olinadi;
g) xodim bemor, ayrim surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan aʼzolari boʻlgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati boʻlmagan kvartiralarda yashasa;
d) xodim qarindosh boʻlmagan ikki va undan koʻp oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon xonalarda yashasa.
Profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan xodimlarga xizmat uy-joylari bevosita ular xizmatni oʻtaydigan hududda yoki xizmatni oʻtash joyiga yaqin boʻlgan hududda beriladi.
52. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlar tegishli ravishda Markaziy yoki hududiy komissiya raisiga taqdim etilgan va quyidagi hujjatlar ilova qilingan bildirgi (ariza)larga muvofiq hisobga olinadi:
ish joyidan ish faoliyati va oilaviy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
uy-joyni ijaraga olgani (yollagani) haqida shartnoma (mavjud boʻlsa) nusxasi;
Markaziy yoki hududiy komissiyalarning masʼul xodimi tomonidan elektron tizimlar orqali quyidagi maʼlumotlar mustaqil ravishda olinadi:
xodim va uning voyaga yetgan oila aʼzolarining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shuningdek, voyaga yetmagan oila aʼzolarining tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomalari nusxalari;
(52-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
nikoh tuzilganligi (mavjud boʻlsa) toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
xodim va uning turmush oʻrtogʻining shaxsiy uy-joyi (yer uchastkasi) yoʻqligi haqida maʼlumotnoma.
53. Bildirgilar (arizalar) raqamlanadigan, tikiladigan va tegishli ichki ishlar organlari kanselyariyalarida muhr bilan muhrlanadigan roʻyxatga olish jurnalida (keyingi oʻrinlarda — jurnal) roʻyxatga olinadi.
Jurnalda har bir bildirgiga (arizaga) roʻyxat raqami qoʻyiladi. Bildirgilar (arizalar) jurnalga ketma-ket, qachon olinganiga qarab kiritilishi zarur.
Bildirgini (arizani) oldindan jurnalda roʻyxatga olmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Markaziy va hududiy komissiyalar bildirgilarni (arizalarni) ular kelib tushgandan soʻng bir oy davomida jurnalda qayd etilgan navbat boʻyicha koʻrib chiqishi shart.
54. Tegishli ravishda Markaziy yoki hududiy komissiyaning xodimlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi haqidagi xulosasi ularni hisobga qoʻyish uchun asos hisoblanadi. Bunday xulosa komissiya aʼzolari tomonidan xodimning yashash sharoitlari va u taqdim etgan hujjatlar bilan tanishib chiqish natijalariga muvofiq tuziladi.
55. Uy-joyga va uy-joy yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlar hisobini yuritishda xodimlar va ularning oila aʼzolari yashash maydonining ijtimoiy normasini belgilash uchun ularga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda, xizmat uy-joyi bilan taʼminlanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan uy-joy attestati yoziladi.
56. Xodimlarning xizmat uy-joyini olish yoki yashash sharoitlarini yaxshilash navbati uy-joy attestatlari asosida belgilanadi. Uy-joy attestati ikki nusxada rasmiylashtiriladi:
bir nusxasi xodimga beriladi;
ikkinchi nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga tikiladi.
57. Yangi xizmat joyiga kelgan xodimlar uy-joy attestatini unga zarur maʼlumotlarni kiritish va saqlash uchun tegishli komissiyaga topshiradi. Xodim yangi xizmat joyiga ketishida unga uy-joy attestati imzo qoʻydirib beriladi.
58. Belgilangan tartibda yangi xizmat joyiga yuborilgan va uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turadigan xodimlar uy-joy attestatlariga muvofiq yangi xizmat joyida muhtoj boʻlganlar roʻyxatiga kiritiladi.
59. Xodimlar uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan quyidagi holatlarda chiqariladi:
yashash maydonining qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy normalariga muvofiq xizmat uy-joyi bilan taʼminlanganda;
imtiyozli shartlarda turar joy sotib olish (qurish) uchun imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti ajratilganda;
xodim yoki uning turmush oʻrtogʻi shaxsiy uy-joyga egalik qilish huquqiga ega boʻlganda;
hisobga turganidan soʻng xizmat joyida yoki yangi xizmat joyiga ketganda xizmat uy-joyi berilganda;
ichki ishlar organlaridan boʻshaganda yoki pensiyaga chiqqanda;
xodim xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holatda vafot etganda.
60. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan xodim xizmat majburiyatlarini bajarishda halok boʻlgan holatlarda uning oila aʼzolari belgilangan normalar boʻyicha uy-joy berilmagungacha hisobdan chiqarilishi mumkin emas.
3-§. Xizmat uy-joylari berish tartibi
61. Xizmatni oʻtash davrida uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) qoʻshimcha yashash maydoniga boʻlgan huquq hisobga olinib, tashkil etiladigan xizmat uy-joylari fondi, shuningdek, ichki ishlar organlariga biriktirilgan munitsipal uy-joy fondidagi kvartiralar hisobidan yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normalari doirasida xizmat uy-joylari beriladi.
Xodim xizmatni oʻtash davrida qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalar, navbat va imtiyozlar hisobga olinib, yashash sharoitlarini yaxshilash huquqiga egadir.
62. Ichki ishlar organlariga biriktirilgan xizmat uy-joylari xodimlar oʻrtasida Markaziy va hududiy komissiyalar tomonidan xodimlarning hisobga qoʻyilgan hamda uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar roʻyxatiga kiritilgan vaqtidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan norma hamda imtiyozlar inobatga olingan holda taqsimlanadi.
63. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan xodimlar (Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar va markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalarining boshligʻi va boshliq oʻrinbosarlari) ayrim operativ xizmatlar xodimlari, xizmatni bajarish bilan bogʻliq ravishda davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar xizmat uy-joylari bilan navbatsiz taʼminlanadi.
64. Markaziy yoki hududiy komissiyalar xizmat uy-joyini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan xodimlar ayni paytda ushbu Nizomning 59-bandida qayd etilgan holatlar mavjud boʻlmaganda ham uy-joy berish uchun roʻyxatga kiritiladi.
Markaziy yoki hududiy komissiya ijobiy qaror qabul qilgandan soʻng ushbu Nizomga muvofiq xizmat uy-joylari beriladigan xodimlar bilan xizmat uy-joylarini ijaraga olish shartnomasi tuziladi.
Xizmat uy-joyining ijara shartnomasida tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, xizmat uy-joyini berish, saqlash hamda boʻshatish tartibi belgilanadi.
65. Xizmat uy-joylarida yashaydigan xodimlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan barcha turdagi kommunal xizmatlar yuzasidan jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha shartnomalar tuzadi.
66. Xizmat uy-joyining ijara shartnomasini bekor qilish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini xizmat uy-joyidan chiqarish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
67. Xizmat uy-joyi boʻlinmaydi va almashtirilmaydi, shuningdek, xususiylashtirilmaydi, ushbu Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
68. Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan:
xizmat vaqtida ijobiy natijalarga erishgan va yuksak professional hamda maʼnaviy-ishchanlik fazilatlarini namoyon qilgan, ichki ishlar organlarida jami yigirma kalendar yil xizmat qilgan hamda uy-joy bilan taʼminlanmagan yuqori malakali xodimlarga hamda pensiya olish huquqidagi rezervga va isteʼfoga boʻshatilganlarga — bepul;
ushbu Nizom tasdiqlangunga qadar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtagan yoki xizmat davrida orttirilgan kasallik (nogironlik) oqibatida rezervga va isteʼfoga boʻshatilgan, oʻzi va turmush oʻrtogʻining nomida shaxsiy turar joy boʻlmagan pensionerlarga yoxud vafot etgan pensionerlarning nomida shaxsiy turar joy boʻlmagan oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) — bepul;
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 543-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/543/0786-son)
birinchi navbatda, xizmat kvartiralarida yashovchi, shuningdek, uy-joy bilan taʼminlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan xodimlarga sotish orqali shaxsiy mulk etib berilishi mumkin.
Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga), basharti ularning nomida shaxsiy turar joy boʻlmasa yoxud xizmat majburiyatlarini bajarishda halok boʻlgan xodimlar bilan birga yashagan oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) shaxsiy mulk etib beriladi.
(68-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 543-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/543/0786-son)
Boquvchisini yoʻqotgan xodimlarning oila aʼzolari (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslar) ularga boshqa uy-joy berilmasdan yashab turgan xizmat uy-joyidan chiqarilishi mumkin emas.
69. Ichki ishlar organlari tizimida xizmatni boshqa joyda oʻtash uchun yuborilgan xodimlar avvalgi xizmat joyida yashab turgan xizmat uy-joyini tegishli davlat organiga topshirganidan soʻng yangi xizmat joyida xizmat uy-joyi bilan taʼminlanadi.
70. Xodimlar Vazirlikning harakatdagi rezerviga olinganda ularga berilgan xizmat uy-joyi saqlab qolinadi, xizmatni davom ettirish uchun ularga boshqa joyda xizmat uy-joylari berish holatlari bundan mustasno.
71. Xizmat uy-joyi quyidagi holatlarda boʻshatiladi:
xodimlar xizmatdan boʻshatilganda (pensiya olish huquqisiz);
xodimlar yoki ularning turmush oʻrtogʻi (xotini, eri) shaxsiy uy sotib olganda yoxud yashash sharoitlarini yaxshilaganda;
imtiyozli shartlarda turar joy sotib olish (qurish) uchun imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti ajratilganda (ushbu turar joyga koʻchib kirilgan kundan);
xodimlar vafot etganda (xizmat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holatda va oila aʼzolari boʻlmasa) vafot etgan xodimning oila aʼzolari (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) boʻlmasa yoki ularning nomida shaxsiy turar joy boʻlsa.
(71-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 543-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/543/0786-son)
72. Profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat uy-joylari quyidagi holatlarda qaytarilishi shart:
profilaktika inspektori lavozimidan ozod etilganda;
73. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlar va ularning oila aʼzolarini Vazirlikning buyurtmanomalariga muvofiq xizmat uy-joyi bilan taʼminlashda:
(73-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
xodimlar uchun kvartira sotib olishda, shuningdek, uy-joy qurish va uni rekonstruksiya qilishda yordam koʻrsatadi hamda suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlaydi;
xodimlar uchun sotib olingan uy-joyning xizmat uy-joylariga kiritilishi, shuningdek, Vazirlikdan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan xizmat uy-joyi uchun belgilangan tartibda orderlar berilishini taʼminlaydi.
74 Xizmat uy-joyidan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki uni ijaraga berish taqiqlanadi.
75. Markaziy va hududiy komissiyalar bir yilda kamida ikki marta xodimlarning xizmat uy-joyidan maqsadli foydalanishi, shuningdek, ushbu Nizomning 71 va 72-bandlarida qayd etilgan holatlar mavjud boʻlishini tekshiradi.
4-§. Xizmat uy-joylari uchun orderlarni berish, toʻxtatib turish va saqlash tartibi
76. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qabul qilgan qarorga asosan xodimlar yoki ularning oila aʼzolariga (boquvchisini yoʻqotganda) xizmat uy-joyi uchun order (keyingi oʻrinlarda — order) beriladi va ushbu order ijara shartnomasi boʻyicha berilgan xizmat uy-joyiga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
77. Order mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qaroriga muvofiq yashash maydonini hisobga olish va taqsimlash boʻlimi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining maxsus vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan beriladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
78. Order berish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan quyidagi holatlarda toʻxtatib turilishi mumkin:
(78-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
oila tarkibi xizmat uy-joyi berish haqidagi qarorda qayd etilgan tarkibga mos kelmasa;
xodim tomonidan hujjatlarda ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilsa.
79. Order faqat boʻsh turgan xizmat uy-joyi uchun berilishi mumkin.
80. Xodim orderni olishda orderga kiritiladigan oila aʼzolarining pasportlari (tugʻilganlik haqida guvohnoma) yoki ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart.
81. Order bevosita xizmat uy-joyi beriladigan xodimga yoki ayrim holatlarda (kasallik, xizmat safari) belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxsga yoxud uning oila aʼzolariga (boquvchisini yoʻqotganda) beriladi.
82. Xodim va uning oila aʼzolari berilgan xizmat uy-joyiga koʻchib kirgandan soʻng va orderni tegishli ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazgach, ushbu order Markaziy yoki hududiy komissiyaga topshirilishi va qatʼiy hisobot beriladigan hujjat sifatida saqlanishi kerak.
5-§. Imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari asosida turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal ajratish tartibi
83. Ichki ishlar organlarida besh yildan ortiq xizmat qilgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan va uy-joy bilan taʼminlanmagan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega boʻlgan xodimlarga imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari asosida turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal ajratiladi.
84. Harbiy xizmatchilarga imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari asosida turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ishchi va xizmatchilarga turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining38-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
85. Xodimlarga ipoteka kreditlari asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 25 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshmaydigan dastlabki badal puli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlab beriladi.
Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 25 foizi miqdorida ajratiladi.
86. Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
87. Xodimlarga ipoteka krediti asosida turar joy sotib olish uchun dastlabki badal puli ajratish masalasi Markaziy va hududiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
88. Markaziy komissiya va hududiy komissiyalarning tarkibi va ishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
89. Xodim turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badalni olish uchun hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
dastlabki badalni olish uchun komissiya raisi nomiga bildirgi;
xodim va uning oilasi tarkibi toʻgʻrisida hamda xodimning kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmati toʻgʻrisida kadrlar xizmati tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
xodim xizmat olib borayotgan ish joyidagi rahbarning mazkur xodimning xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi va amaldagi intizomiy jazosi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi tavsiyanomasi;
xodimning turar joy bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan uy-joy attestati.
Hududiy komissiyaning masʼul xodimi tomonidan elektron tizimlar orqali quyidagi maʼlumotlar mustaqil ravishda olinadi:
nikoh tuzilganligi (mavjud boʻlganda) va bolalar tugʻilganligi (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
oʻzi va turmush oʻrtogʻi nomida yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turuvchi hududi (viloyat) boʻyicha shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi kadastr maʼlumotnomasi;
(89-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlikning “Manzil” tizimidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiyalovchi raqami (JSHSHIR);
(89-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
xodimning pul taʼminoti va doimiy ish joyidan (mavjud boʻlganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila aʼzolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari.
90. Hududiy komissiyalar oʻn besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshiradi.
Hududiy komissiyalar tomonidan xodim uchun dastlabki badalni kiritish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kunlik muddatda Markaziy komissiyaning koʻrib chiqishi uchun yuboriladi.
Dastlabki badalni kiritish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, hududiy komissiyalar qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda rad etishning aniq sabablarini koʻrsatib yozma shaklda xodimni xabardor qiladi.
Xodim turar joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb eʼtirof etilganda unda dastlabki badalni olish uchun tegishli hujjatlarni takroran kiritish huquqi saqlanib qoladi.
91. Markaziy komissiya tomonidan hududiy komissiyalarning qarori va unga ilova qilingan hujjatlar oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikki nusxasi Markaziy komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi va muhr bosiladi.
Ikki hafta muddatda Markaziy komissiya bayonnomasining bir nusxasi dastlabki badal pul mablagʻlari ajratish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi loyihasini tayyorlash uchun Vazirlikning uy-joy taʼminot boʻlimiga yuboriladi.
Dastlabki badalni ajratish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, xodim Markaziy komissiyaning qarori qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda xabardor qilinadi.
6-§. Dastlabki badalni va ipoteka kreditini oʻtkazish va qaytarish
92. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining dastlabki badalni ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida Vazirlikning Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi xodimga tilxat bilan dastlabki badalni ajratish toʻgʻrisida kafolat xati beradi.
Vazirlikning Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan dastlabki badalni kiritish pul mablagʻlari xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazilishi yoʻli bilan xodimga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzganidan keyin amalga oshiriladi.
93. Dastlabki badalni qaytarish xodim va uning oila aʼzolari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
pul taʼminoti va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd boʻlmagan shaklda pul oʻtkazish;
naqd pul mablagʻlari toʻlash;
plastik kartalardan va xodimning tijorat banklaridagi omonatlari boʻyicha hisob raqamlaridan naqd boʻlmagan shaklda pul mablagʻlari oʻtkazish.
7-§. Ijtimoiy kafolatlar
94. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal ajratilganda xodimlarga ushbu turar joy qabul qilingunga qadar xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi, yoxud toʻliq 12 oygacha boʻlgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanadi.
95. Xodim terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib, mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda, uning nomiga rasmiylashtirilgan ipoteka kreditlarining toʻlanmay qolgan qismi va hisoblangan foizlari Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.
96. Xodimlarga turar joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun besh yildan oshmaydigan muddatga Vazirlik budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda uzoq muddatli foizsiz qarz quyidagi maqsadlarda beriladi:
yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;
yakka tartibdagi uy yoki koʻp kvartirali uydan kvartira sotib olish;
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida sotib olish xarajatlarining oʻrnini qoplash;
dasturlar doirasida arzon koʻp kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun.
“Tayyor holda topshirish” shartlarida qurilayotgan koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilariga Vazirlik budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda besh yildan oshmagan muddatga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berilishi mumkin.
97. Xodim va harbiy xizmatchilarga turar joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun uzoq muddatli foizsiz qarz berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi.
98. Xodim va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarini investor va tadbirkorlik subyektlariga berish hisobidan tuziladigan qurilish shartnomalarida belgilangan imtiyozli shartlar va narxlar asosida sotib olish orqali ham uy-joy bilan taʼminlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga ushbu Nizom doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylarda sotilmagan kvartiralarning bir qismi qurilish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan narxlar boʻyicha imtiyozli shartlarda sotib olinadi va keyinchalik Vazirlikning xizmat uy-joy fondiga oʻtkaziladi.
4-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
99. Ichki ishlar organlarining xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) beriladi.
(99-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Ichki ishlar organlari xodimlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida olgan jarohati tufayli nogironligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin vasiylikka olingan farzandlariga, shuningdek, ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining vasiylikka olingan farzandlariga tavsiyanoma berilmaydi.
(99-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
100. Harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarning farzandlari oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma ichki ishlar organlarining xodimlari uchun belgilangan tartibda beriladi.
(100-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
101. Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻining iltimosnomasi asosida quyidagilarga beriladi:
(101-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq.
103. Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironlikni belgilash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(103-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
104. Tavsiyanoma (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanoma) blankalari Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Vazirlik uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga “Davlat belgisi” davlat — ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
105. Tavsiyanoma, mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha xodimlarning farzandlariga bir davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriati (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasasining (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi) kunduzgi yoki sirtqi taʼlim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
(105-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining harbiy oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berilgan farzandlariga keyinchalik davlat va harbiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ham tavsiyanoma berilishi mumkin.
106. Tavsiyanomaga asosan oʻqishga qabul qilingan talaba (kursant) oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan, oʻz xohishi bilan oʻqishdan ketganda), ularga tavsiyanoma qaytadan berilmaydi.
2-§. Tavsiyanoma berish tartibi
107. Tavsiyanoma berish masalasini koʻrib chiqish uchun vazir oʻrinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat boʻlgan komissiya Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
108. Har yili mart oyida komissiya tomonidan quyidagilar koʻrib chiqiladi:
xodimlar farzandlariga taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy va hududiy boʻlinmalar) boshliqlarining tavsiyalari;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlari.
109. Tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boshliqlari komissiyaga koʻrib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) amaldagi xodimlar boʻyicha:
tarkibiy va hududiy boʻlinma boshligʻining tavsiyasi;
maʼlumotnoma-obyektivka;
avtobiografik maʼlumotlar;
xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot;
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi;
(109-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi;
b) terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar boʻyicha:
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi;
(109-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
xodim farzandining maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi.
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
110. Hujjatlar komissiyaga koʻrib chiqish uchun har yili 15-martgacha taqdim etiladi.
111. Komissiya tarkibiy va hududiy boʻlinmalar taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha koʻrib chiqadi.
Vazir oʻrinbosari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarga, ular xizmat qilayotgan ichki ishlar organidan qatʼi nazar, tavsiyanoma berish uchun iltimosnoma kiritish huquqiga ega.
Komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisining imzosi hamda Vazirlikning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
112. Tavsiyanoma olganlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi tasdiqlangandan soʻng ichki ishlar organlari xodimlari terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan taqdirda, ularning farzandlariga joriy qabul yilining 1-iyuliga qadar tavsiyanoma berilishi mumkin.
113. Komissiya hujjatlarni oʻrganish mobaynida xodimning halok boʻlganligi yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan deb topilgan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan deb topilmagan taqdirda, tavsiyanoma berishni rad etadi.
114. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalarning yagona hisobi Vazirlikning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan yuritiladi.
115. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini har yili 1-maygacha mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda yuboradi.
5-bob. Ichki ishlar organlari xodim va harbiy xizmatchilari yoki ularni yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi
1-§. Zararni qoplash masalasini koʻrib chiqish tartibi
116. Xodim va harbiy xizmatchilar yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodim va harbiy xizmatchilarning xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Xodim va harbiy xizmatchilarning yaqin qarindoshlari deganda qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan yoki oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan yoki oʻgay aka-uka va opa-singillari tushuniladi.
117. Xodim va harbiy xizmatchilar yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xodim va harbiy xizmatchilarning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasi hududiy ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va harbiy tuzilmalarda hududiy komissiyalar, Vazirlik markaziy apparatida Markaziy komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/445/0553-son)
118. Zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
119. Mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun xodim va harbiy xizmatchi yoki uning yaqin qarindoshi ichki ishlar organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
120. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini hal qilish uchun komissiya kotibi tomonidan komissiyaga:
a) mol-mulkiga zarar yetkazilgan xodim va harbiy xizmatchining zarar oʻrnini qoplash haqidagi bildirgisi yoki yaqin qarindoshining arizasi;
b) zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha tekshiruv xulosasi;
v) zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
121. Komissiya kotibi tomonidan bildirgi (ariza) uch kun muddatda komissiyaga taqdim etiladi.
122. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
123. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha zarar qoplanishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida komissiyaning qarori qabul qilinadi va ichki ishlar organlari rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
124. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
125. Komissiya raisi va aʼzolari zararni qoplash toʻgʻrisida komissiya qarorining qonuniyligi va uning toʻgʻri qabul qilinganligiga masʼul hisoblanadi.
2-§. Zararni qoplash tartibi
126. Yetkazilgan zararning haqiqiy summasini aniqlash ichki ishlar organi tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Yetkazilgan zarar summasi zararni qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
127. Hisob-kitoblar naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Zarar natura shaklida, teng mulkni berish, shikastlanganini taʼmirlash yoki boshqa koʻrinishlarda qoplanishi mumkin.
Toʻlovlar ichki ishlar organlarining moliya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
128. Yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilingandan soʻng ichki ishlar organlari tomonidan oʻn kun muddatda manfaatdor shaxslarga yetkazilgan zarar qoplab berilishi lozim.
129. Zararni qoplash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
3-§. Zararni aybdor shaxslardan undirish tartibi
130. Zararni qoplagan ichki ishlar organlari va harbiy tuzilmalari aybdor yuridik yoki jismoniy shaxslardan ushbu summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi.
131. Ichki ishlar organlari moliya xizmatlari tomonidan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomostlari, hisob-faktura va boshqalar) nusxalari ikki kun muddatda ichki ishlar organlarining yuridik xizmatiga, yuridik xizmat tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda daʼvo kiritish uchun oʻn kun muddatda yuboriladi.
132. Aybdor shaxslar mavjud boʻlganda ichki ishlar organining yuridik xizmatlari:
ayblanuvchilarga daʼvo va qarshi daʼvolar kiritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
sudlarda vakillikni taʼminlaydi;
undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan (aybdor shaxs vafot etganda, birinchi guruh nogironlik roʻyxatiga kiritilgan hollarda) mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa tegishli hujjatlarni moliya xizmatiga taqdim etadi.
133. Ichki ishlar organi xodimi va harbiy xizmatchilari yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilariga shahar yoʻlovchi tashish transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi
1-§. Shahar yoʻlovchi tashish transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanishning umumiy shartlari
134. Mazkur bob ichki ishlar organlari xodimlariga shahar yoʻlovchi tashish transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) va shaxsiy transportdan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi.
Harbiy xizmatchilarga shahar yoʻlovchi tashish transportlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
135. Xodimlar asosiy xizmati joylashgan joydan boshqa joyda toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat vazifalarini bajarishga yoki rahbariyat koʻrsatmalari asosida tadbirlarga jalb etilganda, alohida qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun transport vositasidan foydalanish zaruratining yuzaga kelishi mehnatning qatnov xususiyati deyiladi.
Xodimlarning muntazam xizmat safarlarida yurish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, xizmat safari guvohnomasi asosida jalb etilgan holatlardan tashqari, shaxsiy transportdan foydalanish deganda shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish tushuniladi.
136. Xodimlarga shahar yoʻlovchi tashish transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar:
yoʻl xarajatlari uchun oylik yoʻl chiptalarini berish yoki pullik kompensatsiyani toʻlash;
shaxsiy transportdan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun pullik kompensatsiyani toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
2-§. Yoʻl xarajatlari uchun oylik yoʻl chiptalarini berish yoki pullik kompensatsiyani toʻlash
137. Mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi xodimlarga shahar yoʻlovchi tashish transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
138. Xodimlarga (mazkur Nizomning 145-bandida koʻrsatilganlardan tashqari) oylik yoʻl chiptalari berilishi yoki pullik kompensatsiya toʻlanishi nomenklatura boʻyicha taalluqli ichki ishlar organi rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
139. Buyruq loyihasi oylik yoʻl chiptalari berilishi yoki pullik kompensatsiya toʻlanishi lozim boʻlgan xodimlarning ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari tomonidan har oyda tayyorlanadi.
140. Buyruqda oylik yoʻl chiptalari beriladigan yoki pullik kompensatsiya toʻlanadigan xodimlarning egallagan lavozimi, maxsus unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek, xodim xizmatni oʻtayotgan bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim, boʻlinmalar nomi koʻrsatiladi.
141. Xodimga oylik yoʻl chiptalarini berish yoki pullik kompensatsiyani toʻlash haqidagi buyruq xodimning faoliyati haqiqatda mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi manfaatdor xizmatlar rahbarining taqdimnomasi asosida chiqariladi.
142. Xodimlarning roʻyxati keyingi oy uchun oylik yoʻl chiptalari berilishi lozim boʻlganda joriy oyda, joriy oy uchun pul kompensatsiyasi toʻlanishi lozim boʻlganda keyingi oyda tuziladi.
Ushbu roʻyxatga shaxsiy transportga ega boʻlgan xodimlar kiritilmaydi.
143. Oylik yoʻl chiptalari xodimlarga buyruq bilan tasdiqlangan roʻyxat asosida tuzilgan qaydnomaga muvofiq, ularning xizmatni oʻtash joyi boʻyicha moliya xizmatlari tomonidan beriladi.
144. Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida pullik kompensatsiya:
tezkor-qidiruv faoliyatini, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni oʻtkazishni, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita taʼminlashni, davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni qoʻriqlashni amalga oshiruvchi, mehnati muntazam qatnov xususiyatiga ega boʻlgan, aholi punktlaridan uzoqda (togʻli, choʻl), shahar yoʻlovchi tashish transporti mavjud boʻlmagan va oylik yoʻl chiptalari amal qilmaydigan joylardagi ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtayotgan xodimlarga;
ichki ishlar organi rahbarining koʻrsatmasiga muvofiq xodimlar ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarga jalb etilgan davrda toʻlanadi.
145. Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida pullik kompensatsiya tuman va shahar ichki ishlar organlarining profilaktika (katta) inspektorlariga toʻlanadi, xizmat transporti biriktirilgan shaxslar bundan mustasno.
(145-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
146. Oʻtgan oy uchun pullik kompensatsiya xodimning xizmatni oʻtash joyi boʻyicha moliya xizmatlari tomonidan joriy oy tarqatish qaydnomalari orqali toʻlanadi.
147. Pullik kompensatsiya xodimlarga, ular:
xizmat safarida boʻlgan;
mehnat taʼtilida boʻlgan;
homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtilida boʻlgan;
davolanish yoki kasallik taʼtilida (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi) boʻlgan;
malaka oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv kurslari va yigʻinlarida boʻlgan;
ichki ishlar organlaridagi uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni (bakalavr, magistratura) taʼlimida boʻlgan;
uzrli sababsiz xizmatda boʻlmagan;
hibsda (shu jumladan, maʼmuriy qamoqda, uy qamogʻida, vaqtinchalik qamoqda saqlanishi, qamoqqa olinishi) boʻlgan;
ichki ishlar organlari ixtiyorida boʻlgan vaqtlari uchun toʻlanmaydi.
148. Oylik yoʻl chiptalari berilgan yoki pullik kompensatsiya toʻlangan xodimlarga, mazkur bobning 3-paragrafida nazarda tutilgan shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanganlik uchun pullik kompensatsiya toʻlanmaydi.
149. Xodimlarga pullik kompensatsiya toʻlanishi yoki oylik chiptalar berilishi mazkur Nizomga 9a, 9b, 9v-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
3-§. Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanganlik uchun pullik kompensatsiyani toʻlash
150. Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorida pullik kompensatsiya toʻlanadi, mazkur Nizomning 145-bandida koʻrsatilganlar bundan mustasno.
151. Xizmat safarlarida shaxsiy transportdan foydalangan xodimlarga pullik kompensatsiya toʻlanishiga nomenklatura boʻyicha ichki ishlar organi rahbarining buyrugʻi asos boʻladi.
152. Buyruq loyihasi pullik kompensatsiya toʻlanishi lozim boʻlgan xodimlarning ichki ishlar organlari manfaatdor xizmatlari tomonidan tayyorlanadi.
153. Buyruqda pullik kompensatsiya toʻlanishi lozim boʻlgan xodimlarning egallagan lavozimi, maxsus unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek, bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim, boʻlinmalar nomi koʻrsatiladi.
154. Xodimga pullik kompensatsiyani toʻlash haqidagi buyruq xodimning faoliyati haqiqatda muntazam xizmat safarlarida yurish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlganligini, ushbu maqsadlar uchun shaxsiy transportdan foydalanganligi koʻrsatilgan va bevosita bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim, boʻlinma rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bildirgisi asosida chiqariladi.
Shuningdek, mazkur bildirgiga xoʻjalik xizmati rahbarining ushbu xodimga xizmat transporti biriktirilmaganligini tasdiqlovchi imzosi qoʻyiladi.
155. Bildirgiga shaxsiy transportni boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (haydovchilik guvohnomasi va talon, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, birgalikdagi mulk yoki ushbu transport vositasini tasarruf etish, unga egalik qilish va undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar) nusxalari ilova qilinadi.
156. Joriy oy uchun pullik kompensatsiya xodimning xizmatni oʻtash joyi boʻyicha moliya xizmatlari tomonidan keyingi oyda tarqatish qaydnomasi orqali toʻlanadi.
157. Pullik kompensatsiya xodimlarga, ular:
taʼtilda boʻlgan;
davolanish yoki kasallik taʼtilida (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi) boʻlgan;
shuningdek, xizmat safarlari davrida boshqa sabablar boʻyicha shaxsiy transportdan foydalanganda toʻlanmaydi.
158. Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalangan va buning uchun pullik kompensatsiyani olgan xodimlarga mazkur bobning 2-paragrafida nazarda tutilgan yoʻl xarajatlari uchun oylik yoʻl chiptalari berilmaydi yoki pullik kompensatsiya toʻlanmaydi.
159. Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalangan xodimlarga pullik kompensatsiya toʻlanishi mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
160. Mazkur bob ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchilar, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar), kursant va tinglovchilarga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(160-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
161. Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy-taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganida (vafot etganida) uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus (harbiy) unvoni maoshi yigʻindisining 100 barobari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan keyingi davrlarda halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga toʻlanadi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan nafaqalarning ikkalasini ham olish huquqiga ega boʻlgan halok boʻlgan (vafot etgan) xodim va harbiy xizmatchining oila aʼzolariga faqat ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nafaqa tayinlanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
162. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchiga quyidagi miqdorda bir martalik nafaqa tayinlanadi:
ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da — xodim va harbiy xizmatchining egallab turgan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus (harbiy) unvoni maoshi yigʻindisining 50 barobari miqdorida;
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da — xodim va harbiy xizmatchining egallab turgan lavozimi boʻyicha maoshi va maxsus (harbiy) unvoni maoshi yigʻindisining 20 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Nafaqa miqdorini belgilashda voqea sodir boʻlgan kundagi asosiy lavozim va unvon maoshi (kursant va tinglovchilarining stipendiyasi)lari inobatga olinadi.
Xodim va harbiy xizmatchi xizmat vaqtida oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida tan jarohati olganda, unga toʻlanadigan bir martalik nafaqa miqdori mazkur Nizomning 189-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Bunda xodim va harbiy xizmatchi xizmat vaqtida oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida tan jarohati olganda, unga toʻlanadigan bir martalik nafaqa miqdori tan jarohatining ogʻirlik darajasiga qarab, ushbu bandda koʻrsatilgan tegishli bir martalik nafaqa miqdorining 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
(189-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
163. Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarga yoki halok boʻlgan (vafot etgan)larning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa toʻlanishi ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
164. Yengil tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarga nisbatan nafaqa tayinlanmaydi.
165. Kursant va tinglovchilar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da yoki halok boʻlgan (vafot etgan)da ushbu Nizomning 161 va 162-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda stipendiya va ega boʻlgan maxsus (harbiy) unvon maoshi yigʻindisi miqdoridan kelib chiqib nafaqa hisoblanadi.
166. Vazirlikning Maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi va joylardagi ushbu otryadlarning xodimlari hamda Portlatish qurilmalari va portlash xavfi boʻlgan predmetlarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha maxsus otryad xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda ogʻir, oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da ularga, halok boʻlgan (vafot etgan)da oila aʼzolariga nafaqa miqdorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
167. Nafaqa tayinlashga nisbatan daʼvo muddati talablarining qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
168. Nafaqa tayinlash va toʻlash masalalari dastlab ichki ishlar organlari, harbiy tuzilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida tashkil etiladigan hududiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
(168-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/445/0553-son)
Hududiy komissiyalarning ijobiy xulosalarini koʻrib chiqish hamda yakuniy qaror qabul qilish Markaziy komissiya tomonidan hal etiladi.
2-§. Bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
169. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olishi (yetkazilishi) holati yuz berganda bevosita uning rahbari yoki oʻrinbosari tashabbusi bilan xolislar ishtirokida ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq olgan (yetkazilgan) tan jarohati boʻyicha darhol dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi.
170. Dalolatnoma rasmiylashtirishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek, xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning tan jarohati olgan (yetkazilgan)ligi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yuz berganligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
171. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar tan jarohati olgan (yetkazilgan)da tuziladigan dalolatnoma voqea guvohi boʻlgan xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar yoki fuqarolar tomonidan imzolanadi hamda rahbar yoxud rahbar oʻrinbosari, voqea sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi rahbari, harbiy qism komandiri, taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanib, gerbli muhr bosiladi.
Tuzilgan dalolatnoma zudlik bilan xodim (harbiy xizmatchi)ning xizmat joyiga yuboriladi.
172. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar tan jarohati olgan (yetkazilgan)ligi, halok boʻlgan (vafot etgan)ligi yuzasidan voqea sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi rahbari, harbiy qism komandiri, taʼlim muassasasi rahbari tomonidan zudlik bilan yuqori turuvchi rahbariyat (qoʻmondonlik)ga dastlabki axborot beriladi.
173. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning halok boʻlishi (vafot etishi), tan jarohati olishi (yetkazilishi) holati va sabablarini surishtirish uchun tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud taʼlim muassasasi rahbarining yozma koʻrsatmasiga asosan xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi tayinlanadi.
174. Xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi belgilangan tartibda tegishli ichki ishlar organi yoki sohaviy xizmat mansabdor shaxslari, harbiy qism yoxud taʼlim muassasasining masʼullari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda xizmat (tergovga qadar) tekshiruvini oʻtkazayotgan masʼullar tomonidan xodim va harbiy xizmatchining halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishi (yetkazilishi) sababiga, olgan tan jarohatining darajasini sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra aniqlashga, (ekspert oldiga qoʻyiladigan savollar qatorida xodimdan olinadigan qon namunasi tarkibida spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar mavjudligini tekshirishga), uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliqligiga, xizmat intizomi va qonun talablari buzilmaganligiga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
175. Har bir holat boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda masʼullar tomonidan xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi xulosasi tuziladi hamda rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchining olgan (yetkazilgan) tan jarohati darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq harbiy-tibbiy komissiya tomonidan hamda sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xulosasiga asosan aniqlanadi, uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliqligi xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi xulosasiga binoan belgilanadi.
176. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning xatti-harakatlarida huquqbuzarlik, xizmat intizomini buzish holatlari yoxud ulardan olinadigan qon namunasi tarkibida spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar aniqlangan taqdirda, nafaqa tayinlashni rad etish masalasi koʻrib chiqiladi.
177. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlishi (vafot etishi) bilan bogʻliq har bir holat sud-tibbiy ekspertizasining oʻlim haqidagi tibbiy xulosasiga binoan belgilanadi.
Agar xizmat (tergovga qadar) tekshiruvini oʻtkazish uchun masʼullar tomonidan xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi natijasiga doir xulosaga asosan xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning tan jarohati olishi (yetkazilishi) yoxud halok boʻlishi (vafot etishi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb topilsa, sodir etilgan voqea yuzasidan toʻplangan hujjatlar ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, harbiy qism va taʼlim muassasasining hududiy komissiyasiga taqdim etiladi.
(177-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/445/0553-son)
178. Hududiy komissiya toʻplangan hujjatlarning asoslanganligini oʻrganib chiqadi hamda tan jarohatining ogʻirlik darajasi va mehnat qobiliyati yoʻqotilgan vaqtdan kelib chiqqan holda nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hududiy komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
179. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning halok boʻlishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishi (yetkazilishi) quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb hisoblanadi:
xizmat (lavozim) majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etganda;
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash vaqtida;
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlganida;
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari, harbiy qism yoki taʼlim muassasa hududida boʻlganida;
xizmat, davolanish va xizmat safarini oʻtash joylariga borish yoki ulardan qaytish vaqtida;
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etganda;
asirga tushgan (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan, ushlab qurolsizlantirilgan hollarda;
bedarak ketish — xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar sodir boʻlganida;
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir boʻlganda;
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish vaqtida;
xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning hayotiga yoki ularning sogʻligʻiga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlsa;
sud tomonidan xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning harakati shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan harakat deb topilganda.
180. Quyidagi hollarda xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar xizmat majburiyatini bajarayotgan deb eʼtirof etilmaydi:
oʻzini ixtiyoriy ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik, psixotrop va zaharli moddalar yordamida mast holatga keltirgan boʻlsa;
jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan boʻlsa;
oʻzini oʻzi oʻldirgan yoxud oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, agar bunday harakatlar oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir etilgan boʻlmasa;
harbiy qism hududidan (xizmatdan) tashqarida dam olishda, javob (ruxsat) berishda yoxud taʼtilda yurganda, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan harbiy qism (xizmat joyi) qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism (xizmat joyi) hududidan (taʼlim muassasasidan), shuningdek, belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurganda.
Agar xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchi xizmat majburiyatini bajarayotgan deb eʼtirof etilmagan vaziyatda tan jarohati olgan (yetkazilgan) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) boʻlsa, ularga yoki oila aʼzolariga nafaqa toʻlanmaydi.
3-§. Nafaqani toʻlash shartlari
181. Xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga asosan xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning tan jarohati olganligi (yetkazilishi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb topilsa, tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud taʼlim muassasasi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan sodir etilgan voqea yuzasidan quyidagi hujjatlar toʻplanadi:
a) xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchi hamda uning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi kadrlar xizmati tomonidan beriladigan maʼlumotnomalar;
b) tan jarohat olgan (yetkazilgan)ligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
v) harbiy-tibbiy komissiya tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
g) xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi natijasiga doir xulosa nusxasi;
Agar yuz bergan holat boʻyicha vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga muvofiq jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, masʼul xodim tomonidan ushbu qaror nusxasi ham tegishli hujjatlarga ilova qilinadi.
182. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) boʻlsa, tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud taʼlim muassasasi rahbari tayinlagan masʼul xodim tomonidan mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham toʻplanadi:
a) xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi;
b) merosxoʻrning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda uning meros olish huquqi toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan maʼlumotnoma nusxasi;
v) ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbarining xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarni shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirish (chiqarish) toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma;
g) komandirning (boshliqning) harbiy xizmatchining (xodimning) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida boʻlib oʻtgan jangovar harakatlarda (ishtirok etgan davrini koʻrsatgan holda) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlganligini tasdiqlovchi buyrugʻidan koʻchirma.
(182-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan)
183. Nafaqani tayinlash uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun muddatda tuman, shahar va tarmoq ichki ishlar boʻlimi yoki boshqarmalari tomonidan tegishliligiga koʻra mustaqil sohaviy xizmatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyat ichki ishlar boshqarmalarining hududiy komissiyalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida tashkil etiladigan hududiy komissiyaga yuboriladi.
(183-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/445/0553-son)
Mazkur hujjatlar ushbu organlarning hududiy komissiyalari tomonidan toʻliq oʻrganilib, oʻn kun muddatda markaziy komissiyaga yuboriladi.
184. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yoxud viloyat ichki ishlar boshqarmalarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan)da yoki tan jarohati olgan (yetkazilgan)da, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan barcha toʻplangan hujjatlar besh kun muddatda hududiy komissiyalariga taqdim etiladi. Ushbu hujjatlar tegishli hududiy komissiyalar tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilib, oʻn kun muddatda Markaziy komissiyaga yuboriladi.
185. Harbiy qismlar tomonidan nafaqa tayinlash uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun muddatda tegishliligiga koʻra Qorovul qoʻshinlari va Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar qoʻmondonliklaridagi hududiy komissiyalarga yuboriladi hamda hududiy komissiyalar tomonidan besh kun muddatda oʻrganilib, Markaziy komissiyaga taqdim etiladi.
186. Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalari barcha toʻplangan hujjatlarni oʻn kun muddatda Markaziy komissiyasiga yuboradi.
187. Vazirlik markaziy apparati xodimi va harbiy tuzilmalar boshqaruv apparati harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan)da yoki tan jarohati olgan (yetkazilgan)da barcha tegishli hujjatlar uch kun muddatda Markaziy komissiyaga taqdim etiladi.
188. Agar yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ushbu jinoyat ishi yakuni boʻyicha chiqarilgan hukm, ajrim va qarorlar qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda Markaziy komissiyaga yuboriladi.
189. Nafaqani rasmiylashtirish uchun yuborilgan hujjatlar Markaziy komissiya tomonidan bir oy muddatda oʻrganib chiqiladi va nafaqa miqdorini aniq belgilab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq shaklda bir martalik toʻlanadigan nafaqa boʻyicha taqdimnoma (keyingi oʻrinlarda — taqdimnoma) kiritiladi.
190. Taqdimnomaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan nafaqa miqdori aniq belgilangan holda tasdiqlanganidan soʻng Markaziy komissiya tomonidan ijro uchun xodimning soʻnggi xizmat yoki oʻqish joyiga, taqdimnomaning nusxalari esa maʼlumot va ijro uchun Vazirlikning Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti va Tibbiyot boshqarmalariga yuboriladi.
191. Ushbu bobda nazarda tutilgan xarajatlar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan saqlanadigan ichki ishlar organlarida — budjet mablagʻlari hisobidan;
b) oʻz hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarida — oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
192. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchi ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)ligi tufayli xizmatdan boʻshatilgandan soʻng olgan (yetkazilgan) tan jarohati tufayli bir yil ichida vafot etgan boʻlsa, uning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan miqdorda avvalgi toʻlangan nafaqa bilan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan)da beriladigan nafaqa miqdori orasidagi farq toʻlanadi.
193. Bunday holat yuzasidan xizmat (tergovga qadar) tekshiruvi oʻtkazilib, qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomning 182-bandida nazarda tutilgan hujjatlar umumlashtirilib, 183 va 187-bandlarda belgilangan tartibda Markaziy va hududiy komissiyalarga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
194. Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)ligi uchun bir martalik nafaqa ular Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilganda va halok boʻlgan (vafot etgan)da hisobdan chiqarilganidan soʻng toʻlab beriladi.
195. Bir martalik nafaqa xodim (harbiy xizmatchi)ning soʻnggi xizmat (oʻqish) joyidagi moliya xizmatlari tomonidan toʻlanadi.
196. Bir martalik nafaqa xodim (harbiy xizmatchi)ning soʻnggi xizmat (oʻqish) joyidagi moliya xizmatlari tomonidan tan jarohati olgan xodim (harbiy xizmatchi)ga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodimning oila aʼzolariga (qonuniy vakiliga) toʻlanadi.
197. Agar merosxoʻr voyaga yetmagan boʻlsa, nafaqa uning vasiylari yoki qonuniy vakiliga toʻlanadi.
198. Nafaqa miqdori xodim (harbiy xizmatchi) tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan (vafot etgan) kundagi xodim (harbiy xizmatchi)ning maoshi miqdoridan, shu jumladan:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga hamda xodimlarga — ularning asosiy egallab turgan (egallagan) lavozimi boʻyicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisidan;
muddatli harbiy xizmatchilarga — lavozim maoshidan;
taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga — ularning belgilangan maoshi (stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisidan belgilanadi.
4-§. Nafaqani rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni nazorat qilish
199. Xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan)da ularga yoki ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan nafaqani rasmiylashtirish uchun toʻplangan hujjatlar va maʼlumotnomalar tegishli hududiy ichki ishlar organlarining kadrlar xizmati tomonidan xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchilarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga biriktiriladi.
200. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodim (harbiy xizmatchi)lar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar hisoboti hududiy ichki ishlar organlari va harbiy tuzilmalarning kadrlar xizmati tomonidan moliya xizmatlari bilan kelishgan holda tayyorlanadi va har chorak yakuni boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlikning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentiga yuboriladi.
201. Yuborilgan hisobotlar Vazirlikning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Nizomga 14 va 15-ilovalarga muvofiq shaklda bir martalik toʻlangan nafaqalar toʻgʻrisida hududlar va muassasalar boʻyicha hisobotlar tayyorlanadi.
8-bob. Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi
1-§. Pensiya va nafaqa tayinlashni rasmiylashtirish
202. Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilari yoki ularning oila aʼzolariga pensiyaning quyidagi turlari tayinlanadi:
xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya (uni olish huquqi mavjud boʻlganda);
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.
203. Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilari yoki ularning oila aʼzolariga nafaqaning quyidagi turlari tayinlanadi:
xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilayotgan xodim va harbiy xizmatchilarga toʻlanadigan nafaqa;
ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga tayinlanadigan nafaqa.
Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilayotgan xodim va harbiy xizmatchilarga va ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga beriladigan nafaqalar bir marta tayinlanadi.
204. Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilariga pensiya va nafaqa toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
205. Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilgan xodim va harbiy xizmatchiga pensiya tayinlash uchun ushbu Nizomning 206-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ichki ishlar organlarining kadrlar xizmati tomonidan jamlanadi.
206. Pensiya tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taalluqliligi boʻyicha yigʻiladi:
a) pensiya olishga daʼvogar boʻlgan fuqaro yoki xodim (harbiy xizmatchi) tomonidan:
xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayib boʻlish va kasallanish tufayli oʻlim toʻgʻrisida xulosa va xodimning vafot etganligi munosabati bilan ichki ishlar organlaridagi shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisida buyruqdan koʻchirma (zarur boʻlganda);
chin yetimlarga pensiya tayinlangan holatlarda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vasiylik yoki homiylikni tayinlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi.
b) ichki ishlar organlarining pensiya taʼminoti boʻlinmalari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda:
fuqarolik pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi va voyaga yetmagan farzandlarining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
(206-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan davlat pensiyalari tayinlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
kasallik tarixidan koʻchirma va Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
(206-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi;
farzandlarning nogironligini tasdiqlovchi TIEK maʼlumotnomasi (zarur boʻlganda);
TIEK tomonidan nogironlik belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (turmush oʻrtogʻi, ota-onasiga pensiya tayinlanganda).
207. Ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash uchun nafaqa tayinlash toʻgʻrisida ariza taqdim etiladi.
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda ichki ishlar organlarining pensiya taʼminoti boʻlinmalari tomonidan quyidagilar olinadi:
murojaat etgan shaxsning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi;
(207-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi.
208. Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmalari masʼul xodimi tomonidan xodimning xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tekshiriladi hamda kalendar va imtiyozli hisobga olinadigan davrlar, umumiy xizmat yili hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi, shuningdek, hisoblangan xizmat yillari ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlari bilan kelishiladi.
2-§. Pensiya va nafaqalarni tayinlash
209. Ichki ishlar organlarining kadrlar xizmatlari tomonidan pensiya yoki nafaqa tayinlash boʻyicha pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga taqdim etiladi.
210. Taqdim etilgan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi asosida ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlari tomonidan pensiya tayinlash toʻgʻrisida mazkur Nizomga 17-ilovaga muvofiq shaklda xulosa tayyorlanadi.
211. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi xulosa ichki ishlar organi rahbari, uning oʻrinbosari yoki vakolat berilgan masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosa xizmat muddatini oʻtaganligi, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun asos boʻladi.
212. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangandan soʻng mazkur Nizomga 18-ilovaga muvofiq Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
213. Pensionerning yashash joyi oʻzgarganda, uning arizasiga muvofiq pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi yangi yashash joyi boʻyicha tegishli ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga yuboriladi.
(213-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlaridan tushgan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari pensiya toʻgʻri tayinlanganligi tekshirilgandan soʻng Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
Ilgari toʻxtatilgan pensiya toʻlovlari tiklangan taqdirda, pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari unga yangi tartib raqami berish orqali Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
214. Pensiyalar quyidagi muddatlarda tayinlanadi:
xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya — xizmatdan boʻshatilgan kundan eʼtiboran, ammo pul taʼminoti toʻlangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga qadar;
nogironlik pensiyasi — TIEK tomonidan nogironlik belgilangan kundan boshlab, agar nogironlik xizmatni oʻtash davrida yoki xizmatdan boʻshatilgan kundan boshlab uch oy ichida belgilangan boʻlsa yoki nogironlik ushbu muddatdan soʻng belgilangan boʻlsa-da, u xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya, mayib boʻlish va kasallanish tufayli kelib chiqqan boʻlsa;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi — mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga boquvchisi vafot etgan kundan boshlab, ammo pul taʼminoti yoki pensiya toʻlangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga qadar, ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻiga, boquvchisini yoʻqotganlik oqibatida pensiya olishga huquqi paydo boʻlganda, pensiya tayinlash uchun murojaat etgan kundan boshlab.
Maxsus unvonlardan mahrum qilingan shaxslar hamda ularning oila aʼzolariga pensiyalar Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni soʻrab bir oy ichida murojaat qilgan boʻlsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
215. Pensioner hisoblab chiqilgan umumiy xizmat yili va pensiya miqdoridan norozi boʻlgan taqdirda, uning arizasiga asosan uning umumiy xizmat yili va pensiya miqdori qayta hisoblab beriladi.
216. Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlashda yigʻilgan hujjatlar ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlari pensiya taʼminoti boʻlimi xodimi tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nafaqa toʻlovi amalga oshiriladi.
Pensioner vafot etgan taqdirda, uning oila aʼzolariga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga vafot etgan kundagi ikki oylik pensiyasi miqdorida dafn marosimi uchun nafaqa tayinlanadi.
217. Fuqarolarga pensiya va nafaqalar ularning tanloviga koʻra yashash joyi yoki turar joy boʻyicha ichki ishlar organlari moliyaviy taʼminot xizmatlarining pensiya taʼminoti boʻlimlari tomonidan toʻlanadi.
(217-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Pensiya va nafaqa bank kartochkalari yoki omonat hisob raqamlariga oʻtkazilgan holatlarda pensioner pensiya olish joyi boʻyicha ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga ariza bilan murojaat etadi va unga bank kartasi yoki omonat hisob raqamining ochilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, tijorat banklari va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxalari ilova qilinadi.
218. Ichki ishlar organlarida maxsus (harbiy) unvon boʻyicha xizmatni davom ettirayotgan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
219. Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilarining pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun naqd pul mablagʻlari Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan taʼminlanadi.
220. Pensiya ichki ishlar organlari tomonidan yetkazib berish (topshirish) davri boʻyicha tegishli oyning 27-kunidan kechiktirilmay amalga oshiriladi.
221. Dafn marosimi uchun nafaqa toʻlovi pensioner vafot etgan kundan boshlab olti oy muddat ichida mazkur Nizomning 207-bandida koʻrsatilgan ariza beruvchiga toʻlanadi.
222. Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilayotgan xodimlarga bir marta toʻlanadigan nafaqa puli mazkur Nizomga 19-ilovaga muvofiq xulosa asosida xodimning oxirgi ish joyidan toʻlanadi.
223. Tugallanmagan oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya miqdori jami pensiya miqdorini shu oyning kalendar kunlar soniga boʻlish hamda hosil boʻlgan summani oʻtgan kunlar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Misol uchun:
pensiya oluvchiga 20-iyundan boshlab 900 000 soʻm miqdorida pensiya tayinlandi. Bunda 11 kun uchun, yaʼni 20 — 30-iyun kunlari uchun pensionerga quyidagi miqdorda pensiya toʻlanadi:
224. Pensioner pensiya olish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilganda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar, fuqarolik pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik maʼlumotnoma) va pensiya guvohnomasini (zarur boʻlganda) koʻrsatishi lozim.
(224-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
225. Pensiya va nafaqa tegishli ichki ishlar organlarining kassiri tomonidan toʻlov qaydnomasi yoki chiqim kassa orderiga muvofiq toʻlanadi.
226. Pensiya summasi bir necha oy uchun bir vaqtda toʻlangan taqdirda, jami pensiya summasi uchun bitta chiqim kassa orderi tuzilib, unda har bir oy uchun pensiya miqdori alohida koʻrsatiladi.
227. Pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun mablagʻlarni bank kartalariga oʻtkazish ichki ishlar organlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim qilinadigan toʻlov topshiriqnomasi va unga ilova qilinadigan toʻlov qaydnomalari (qogʻoz shaklida va elektron koʻrinishda) asosida amalga oshiriladi.
228. Toʻlov topshiriqnomasi va toʻlov qaydnomasi (qogʻoz shaklida va elektron koʻrinishda) taqdim qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan mablagʻlar xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchiga ochilgan 22618 — “Jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha majburiyatlari” hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
229. Bank kartalari orqali pensiya (toʻliq miqdorda) oladigan pensioner har olti oyda pensiya toʻlaydigan ichki ishlar organlariga kelish yoʻli bilan oʻzining pensiya summasini olish huquqini tasdiqlashi zarur.
Pensioner belgilangan muddatda ichki ishlar organlariga kelmagan taqdirda, tegishli ichki ishlar organlari xodimlari oʻn kun mobaynida:
uning hayot ekanligi;
ishga joylashganligi;
yashash joyi oʻzgarganligi yoki chet elga ketganligi;
jazoni oʻtash joylarida ekanligi;
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning internat uylarida (pansionatlarda) yashayotganligi holatlarini aniqlash uchun pensioner yashaydigan joyga boradilar.
Olinadigan pensiyaga pensionerning huquqi tasdiqlangan taqdirda, pensiyani toʻlash navbatdagi olti oyga davom ettiriladi.
Pensionerning huquqlari tasdiqlanmagan taqdirda, pensiyani toʻlash fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organi vakillari va qoʻshnilar ishtirokida tegishli ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuzilgan toʻlanayotgan pensiyani toʻlashga va uning miqdori asoslanganligiga taʼsir koʻrsatuvchi holatni tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida toʻxtatib turiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma asosida tegishli ichki ishlar organi pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish (toʻxtatish) yoki uning miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.
230. Bir oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun pensiya toʻlovini muddatidan oldin amalga oshirish pensionerning arizasiga asosan ichki ishlar organlari rahbarlarining ruxsati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
pensioner sanatoriy-kurort muassasalariga davolanish uchun bormoqchi boʻlganida (yil davomida bir marotaba);
pensionerning mulkiga zarar yetkazuvchi favqulodda holatlar sodir boʻlganda;
pensionerning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari) vafot etganda va bu haqida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarga muvofiq.
231. Pensiya toʻlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjatni rasmiylashtirgan davlatning vakolatli davlat organi tomonidan apostil qoʻyilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) hamda Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Kishinev shahri, 2002-yil 7-oktabr) ishtirokchisi boʻlgan davlatlar — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar mustasno. Bunda ishonchnoma bergan shaxs pensiya toʻlaydigan ichki ishlar organlariga bir yilda kamida bir marta kelib tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak. Ishonchli vakil pensiya toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan, oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
232. Ishonchnoma asosida pensiya toʻlashda ichki ishlar organlarining kassiri pensiya oluvchi shaxsning chiqim kassa orderidagi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzolarini oʻzaro solishtiradi.
Bir necha oyga berilgan ishonchnoma orqali pensiya toʻlovi amalga oshirilganda chiqim kassa orderida ishonchnoma mavjudligi va uning amal qilish muddati koʻrsatib oʻtiladi. Ishonchnoma pensionerning pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
Bir martalik ishonchnoma orqali pensiya toʻlanganda, ishonchnoma chiqim kassa orderiga ilova qilinadi.
233. Yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ketishgacha tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) ichki ishlari organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan olti oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
Pensiya toʻlanadigan olti oylik davr Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joydan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani toʻlash uning arizasi va “Yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” degan belgi boʻlgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida toʻxtatiladi.
(233-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda;
(234-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
xorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda toʻxtatiladi.
235. Tayinlangan pensiyani toʻlash:
pensiya toʻlash muddati tamom boʻlganda;
pensioner ozodlikdan mahrum etilganda;
pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida pensioner tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda toʻxtatib turiladi.
Pensiyani toʻlash pensioner yoki uning vasiysining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida, tegishli ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda qayta tiklanadi.
236. Pensionerning sud hukmi boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan vaqti uchun pensiya toʻlanmaydi. Pensioner sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtab, undan ozod boʻlgandan keyin pensiyani toʻlash ichki ishlar organiga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
237. Agar nogironligi boʻlgan pensioner tayinlangan muddatda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun TIEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilgan taqdirda toʻxtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab toʻlanadi.
Uzrli sababga koʻra qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, pensiyani toʻlash toʻlov toʻxtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TIEK uni bu davrda nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etsa, 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda agar qayta tekshirish chogʻida nogironligi boʻlgan shaxs nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, u holda koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh boʻyicha toʻlanadi.
238. Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
Ichki ishlar organi moliyaviy taʼminot xizmatining aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.
Bunda oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qoʻyilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi.
239. Pensiya miqdori oʻzgarishiga yoki pensiya toʻlash toʻxtatilishiga sabab boʻladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila aʼzolari tarkibining oʻzgarishi, toʻliq davlat taʼminotiga oʻtish va shu kabilar), pensiya oluvchi oʻn kun muddatda bu haqida oʻziga pensiya toʻlaydigan tegishli ichki ishlar organiga maʼlum qilishi shart.
Bunda pensiyani qayta hisoblash mazkur holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar boshlanganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga oʻz vaqtida xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek, ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qaytarilishi lozim.
240. Pensionerga berilishi kerak boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanadigan shaxslar doirasiga tegishli oila aʼzolariga toʻlanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek, pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila aʼzolari, agar ular boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya bilan taʼminlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli koʻrsatib oʻtilgan oila aʼzolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.
Oilaning bir necha aʼzolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak boʻlgan pensiya summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan summa, uning uchun pensioner vafot etgandan soʻng olti oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar toʻlash manzil-koloniya joylashgan joydagi ichki ishlar (bosh) boshqarmalarining moliyaviy taʼminot xizmatlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
4-§. Pensiyalardan chegirmalar qilish
241. Pensiyalardan quyidagi hollarda chegirmalar qilinadi:
sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa qarorlar asosida;
ichki ishlar organlarining qaroriga binoan pensionerga u tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaganligi) natijasida yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda.
Pensiyalardan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hollardan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
242. Pensioner ixtiyoriy ravishda aliment toʻlash istagini bildirganda, uning arizasida har oylik undiriladigan aliment miqdori (hujjatlarda koʻrsatilgan foizlarda yoki pensiya oluvchi tomonidan belgilangan summada), undirish muddati va aliment undiruvchi shaxsning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Ixtiyoriy ravishda toʻlanayotgan aliment miqdori va chegirma qilish muddatiga oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilish pensionerning arizasiga asosan amalga oshiriladi.
243. Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildiga pensiyadan alimentlarni chegirma qilish toʻgʻrisida tegishli yozuvlar kiritiladi. Ushbu yozuvlar ichki ishlar organlari moliyaviy taʼminot xizmatlari boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi va imzolanadi.
244. Aliment pullari pochta orqali yuborilganda, pochta xarajatlari aliment toʻlovchi hisobidan qoplanadi.
245. Ijro hujjatida pensiyadan chegirmalar turi koʻrsatilmagan hollarda bu haqida Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlariga yozma ravishda xabar beriladi.
246. Bir nafar pensionerga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiyalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 80-moddasiga muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasi ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
247. Undiruv qaratilgan pensionerning yashash (pensiya toʻlash) joyi oʻzgarganda ijro hujjati yuborilgan manzil toʻgʻrisida Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari xabardor qilinadi.
(247-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
248. Ijro hujjatlari hamda pensionerlarning arizalari boʻyicha pensiyadan chegirma qilish mazkur Nizomning 234-bandida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Bunday hollarda pensiyadan chegirma qilish boʻyicha ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlariga qaytariladi, ariza esa pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
5-§. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun mablagʻlar hisobi va hisobotini yuritish
249. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun xarajatlar hisobi ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hujjatlari va pensionerning pensiyaga oid hujjatlari yigʻmajildlarida yuritiladi.
250. Ichki ishlar organlari tomonidan pensiya va nafaqa toʻloviga oid oylik, choraklik va yillik hisobotlar Vazirlik tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etiladi.
251. Vazirlik tomonidan pensiya va nafaqa toʻloviga oid oylik, choraklik va yillik hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
252. Pensiya va nafaqalarning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini nazorat qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
253. Xodim va harbiy xizmatchilar yoki ularning yaqin qarindoshlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
254. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
seriya __ № 00000
UY-JOY ATTESTATI
1.
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
2.
Shaxsiy tartib raqami
Pasport seriyasi va raqami
3. Oila aʼzolari soni (oʻzgarishlar haqida maʼlumot)
5. Uy-joyi borligi haqida maʼlumotlar (xizmat uy-joyini olganlik, topshirganlik haqida, yer uchastkasi ajratilgani haqida, uy-joy qurish (sotib olish) uchun uzoq muddatli ipoteka krediti olganlik haqida qaydlar)
Olganlik haqida qayd
Uy-joyni topshirganlik haqida qayd (uy-joy bilan bogʻliq holda amalga oshirilgan harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida rekvizitlar, maʼlumotnomalar, kim tomonidan va qachon berilgan
Komissiya raisi oʻrinbosarining imzosi, sana, muhr
uy-joy manzili
toifasi
xonalar soni
maydoni
umumiy
yashash may doni
Ikkinchi varaqning old tomoni
Uy-joyi borligi haqida maʼlumotlar (xizmat uy-joyini olganlik, topshirganlik haqida, yer uchastkasi ajratilgani haqida, uy-joy qurish uchun (sotib olish) uzoq muddatli ipoteka krediti olganlik haqida qaydlar)
Olganlik haqida qayd
Uy-joyni topshirganlik haqida qayd (uy-joy bilan bogʻliq holda amalga oshirilgan harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida rekvizitlar, maʼlumotnomalar, kim tomonidan va qachon berilgan
Komissiya raisi oʻrinbosarining imzosi, sana, muhr
uy-joy manzili
toifasi
xonalarsoni
maydon
umumiy
yashash may doni
Ikkinchi varaqning old tomoni
6. Attestatga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirish haqida qayd (attestatni toʻldirishda va unga oʻzgartirishlar kiritishda)
T/r
Tekshirish sanasi
Komissiya raisi oʻrinbosarining imzosi, sana, muhr, xodimning imzosi
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
farzandi _______________________________________________________________ga
(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)
farzandi ______________________________________________________________ga
(pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq respublika oliy taʼlim muassasalariga — davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlari kvotasidan tashqari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga (dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan) kirishda kursant (oʻquvchi)larning umumiy qabul sonidan ajratilgan besh foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 20___ yil “___”___________dagi ____-son buyrugʻiga asosan berildi.
Tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 20___ yil “___”_____________dagi ____-son buyrugʻiga asosan berildi. Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat davomida kuchga ega boʻladi.
M. Oʻ.
M. Oʻ.
__________________________________________
_________________________________________
(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)
(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)
20___ yil “___” _______________
20___ yil “___” _______________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmati davrida terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmati davrida terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan
farzandi _______________________________________________________________ ga
(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)
farzandi _______________________________________________________________ ga
(pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari)ning bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga dastlabki va kasbiy tanlov natijalari asosida qabul kvotalaridan tashqari oʻqishga kirish imtiyozi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 20___ yil “___”____________dagi ____-son buyrugʻiga asosan berildi.
Tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 20___ yil “___”____________dagi ____-son buyrugʻiga asosan berildi. Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat davomida kuchga ega boʻladi.
M. Oʻ.
M. Oʻ.
___________________________________________
___________________________________________
(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)
(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)
20___ yil “___” ____________
20___ yil “___” ____________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Taqdimnoma blankasining
SHAKLI
TAQDIMNOMA
IIV 000000
TAQDIMNOMA
IIV 000000
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmati davrida terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan _____________________________
______________________________ ning
(maxsus unvoni, F.I.O.)
farzandi ________________________ ga
(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmati davrida terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan
__________________________________________ ning
(maxsus unvoni, F.I.O.)
farzandi _____________________________________ ga
(F.I.O.)
_______________________________________________
(pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda (ikkinchi taʼlimdan tashqari) respublikaning barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida kirishda ajratilgan qoʻshimcha uch foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.
Ichki ishlar vazirining 20___ yil “___” ______ dagi__-son buyrugʻiga asosan berildi.
Tavsiyanoma ichki ishlar vazirining 20___ yil “___”_________ dagi _____-son buyrugʻiga asosan berildi.
Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat davomida kuchga ega boʻladi.
M. Oʻ.
___________________________________
(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)
20___ yil “___” _______________
M.Oʻ.
______________________________________________
(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanoma berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qiladi.
Har yili 10-martgacha
2-bosqich
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari boshliqlari
a) Amaldagi xodimlar farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda;
b) terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Har yili 10-martgacha
3-bosqich
Komissiya
Quyidagi hujjatlarni koʻrib chiqadi:
a) xodimlar farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari boshliqlarining tavsiyalari;
b) terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlari.
Har yili 15-martgacha
4-bosqich
Komissiya raisi
1. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzib, imzolaydi va vazirlikning gerbli muhri bilan tasdiqlaydi.
Har yili 1-aprelgacha
5-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻini qabul qiladi.
2. Xodimlarga farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beradi.
3. Terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomaga ega boʻlgan farzandlari roʻyxatlarini Davlat komissiyasiga yuboradi.
Har yili 1-maygacha
6-bosqich
Davlat komissiyasi (taʼlim muassasalari boʻyicha kotibiyat) ishchi organi
Davlat komissiyasi terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berilgan farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqadi.
Har yili 15-iyungacha
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berilgan, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligiki taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlari farzandlarining
Abituriyentning (nomzodning) familiyasi, ismi, otasining ismi
Abituriyent (nomzod) pasporti (guvohnomasi)ning seriyasi va nomeri
Taʼlimning rejalashtirilayotgan yoʻnalishi
Tavsiyanoma raqami
Izoh
1.
2.
3.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Ichki ishlar organi xodimi va harbiy xizmatchilari yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ichki ishlar organlari xodimi va harbiy xizmatchilari, ularning yaqin qarindoshlari, aybdor shaxs
Xodim va harbiy xizmatchilarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zarar holati aniqlanganda mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun xodim va harbiy xizmatchi yoki uning yaqin qarindoshi ichki ishlar organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qilinadi.
Zarar yetkazilgan vaqtda
2-bosqich
Komissiya kotibi
1. Xodim va harbiy xizmatchilarning mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zarar holatini oʻrganish uchun zaruriy hujjatlarni komissiyaga kiritadi.
Uch kun muddatda
Ichki ishlar organlari va harbiy tuzilmalarda hududiy komissiya, markaziy apparatda Markaziy komissiya
2. Taqdim etilgan hujjatlar komissiyada koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi va ichki ishlar organlari rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻn besh kun muddatda
3. Komissiya qarori manfaatdor shaxslarga yetkaziladi
Uch kun muddatda
4-bosqich
Ichki ishlar organlarining moliya xizmatlari
Yetkazilgan zarar manfaatdor shaxslarga qoplab beriladi.
Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng oʻn kun muddatda
5-bosqich
Ichki ishlar organlari moliya va yuridik xizmatlari
Yetkazilgan zarar qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish va aybdor shaxslardan undirish boʻyicha sud organlariga daʼvo kiritiladi.
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng oʻn kun muddatda
6-bosqich
Ichki ishlar organlari yuridik xizmatlari, sud ijrochilari
Yetkazilgan zarar aybdor shaxslardan undiriladi.
Sud qarorida belgilangan muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9a-ILOVA
Ichki ishlar organi xodimlariga (profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlaridan tashqari) yoʻl xarajatlari uchun pullik kompensatsiyani toʻlash tartibining
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xodimning bevosita rahbari
Xizmat rahbariga faoliyati haqiqatda mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi taqdimnomani tayyorlash va kiritish
Xodimlarning toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat vazifalarini bajarish uchun transport vositasidan foydalanish zaruriyatining yuzaga kelishiga koʻra
2-bosqich
Ichki ishlar organining xizmat boshligʻi
Oʻtgan oy uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxati ilova qilingan buyruq loyihasi tayyorlanishi
Har oyda joriy oyning 1-kunigacha
3-bosqich
Ichki ishlar organi rahbari
Xodimlarning nomenklatura boʻyicha taalluqli ichki ishlar organi rahbari tomonidan buyruq loyihasining tasdiqlanishi
Har oyda joriy oyning 5-kunigacha
4-bosqich
Ichki ishlar organlarining moliya xizmatlari
Oʻtgan oy uchun pullik kompensatsiya Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida joriy oy tarqatish qaydnomalari orqali toʻlanishi
Har oyda oʻtgan oy uchun joriy oyning 5 kunigacha
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9b-ILOVA
Ichki ishlar organlari tayanch punktlaridagi profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlariga yoʻl xarajatlari uchun pullik kompensatsiya toʻlash tartibining
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xodimning bevosita rahbari
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari lavozimlariga xodimlarni tayinlash toʻgʻrisidagi ichki ishlar organi rahbarining buyrugʻi chiqarilishi
Shtat lavozimlari jamlanishiga koʻra
2-bosqich
Ichki ishlar organlarining moliya xizmatlari
Pullik kompensatsiya Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida pul taʼminoti toʻlash bilan birgalikda amalga oshirilishi
Joriy oy uchun joriy oyning 20-kunidan 25-kunigacha
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9v-ILOVA
Ichki ishlar organi xodimlariga yoʻl xarajatlari uchun yoʻl chiptalarini berish tartibining
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xodimning bevosita rahbari
Xizmat rahbariga faoliyati haqiqatda mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi taqdimnomani tayyorlash va kiritish
Xodimlarning toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat vazifalarini bajarish uchun transport vositasidan foydalanish zaruriyatining yuzaga kelishiga koʻra
2-bosqich
Ichki ishlar organining xizmat boshligʻi
Joriy oyda keyingi oy uchun yoʻl chiptalari berilishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxati ilova qilingan buyruq loyihasi tayyorlanishi
Har oyda joriy oyning 20-kunigacha
3-bosqich
Ichki ishlar organi
Xodimlarning nomenklatura boʻyicha taalluqli ichki ishlar organi rahbari tomonidan buyruq loyihasining tasdiqlanishi
Har oyda joriy oyning 25-kunigacha
4-bosqich
Ichki ishlar organlarining moliya xizmatlari
Joriy oyda keyingi oy uchun yoʻl chiptalari qaydnomaga muvofiq berilishi amalga oshirilishi
Har oyda joriy oyning 30-kunigacha
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanganlik uchun pulli kompensatsiya toʻlash tartibining
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ichki ishlar organi xodimi
Xizmat safarida shaxsiy transportdan foydalanganligi haqidagi bildirgi, shaxsiy transportni boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan holda bevosita rahbar nomiga taqdim etilishi
Xizmat safarlarida yurish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatida shaxsiy transportdan foydalanishiga koʻra
2-bosqich
Ichki ishlar organi xodimining bevosita rahbari
Xodimning bildirgisi uning faoliyati haqiqatda muntazam xizmat safarlarida yurish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlganligi, ushbu maqsadlar uchun shaxsiy transportidan foydalanganligi imzo bilan tasdiqlashi
3 kun mobaynida
3-bosqich
Ichki ishlar organining Xoʻjalik xizmati boshligʻi
Xodimning bildirgisini ushbu xodimga xizmat transporti biriktirilmaganligini imzo bilan tasdiqlash
3 kun mobaynida
4-bosqich
Ichki ishlar organining xizmat boshligʻi
Oʻtgan oy uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxati ilova qilingan buyruq loyihasini tayyorlashi
Har oyda joriy oyning 1-kunigacha
5-bosqich
Ichki ishlar organi
Xodimlarning nomenklatura boʻyicha taalluqli ichki ishlar organi rahbari tomonidan buyruq loyihasi tasdiqlanishi
Har oyda joriy oyning 5-kunigacha
6-bosqich
Ichki ishlar organlarining moliya xizmatlari
Oʻtgan oy uchun pullik kompensatsiya Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida joriy oy tarqatish qaydnomalari orqali toʻlanishi
Har oyda oʻtgan oy uchun joriy oyning 5-kunigacha
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarga yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xodim va harbiy xizmatchilar, kursant va tinglovchilarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ichki ishlar organlari xodimlariga
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalari, shuningdek, tuman, shahar va tarmoq ichki ishlar boʻlimi yoki boshqarmalari tomonidan tegishliligiga koʻra mustaqil sohaviy xizmatlar rahbarlari
Ichki ishlar organlari tan jarohati olgan (yetkazilgan)da, halok boʻlgan (vafot etgan)da oila aʼzolariga ushbu holatning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligini aniqlaydi va agar xodimning olgan tan jarohati yoki halok boʻlganligi (vafot etganligi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb topilsa tegishli hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyat ichki ishlar boshqarmalarining hududiy komissiyalariga yuboriladi.
Oʻn kun muddatda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalarining hududiy komissiyalari
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da xodimga, halok boʻlgan (vafot etgan)da oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlarni toʻliq oʻrganib chiqadi va Vazirlikning Markaziy komissiyasiga yuboradi.
Oʻn kun muddatda
Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchilariga
Harbiy qism komandirlari
Nafaqa tayinlash uchun toʻplangan barcha hujjatlar Qorovul qoʻshinlari va Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar qoʻmondonliklaridagi hududiy komissiyalarga yuboriladi
Oʻn kun muddatda
Qorovul qoʻshinlari va Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar qoʻmondonliklaridagi hududiy komissiyalar
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da harbiy xizmatchiga, halok boʻlgan (vafot etgan)da oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlarni toʻliq oʻrganib chiqadi va Vazirlikning Markaziy komissiyasiga yuboradi.
Besh kun muddatda
Vazirlik markaziy apparati xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga
Vazirlik markaziy apparati va harbiy tuzilmalar boshqaruv apparati
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da Vazirlik markaziy apparati xodimlari va harbiy tuzilmalar boshqaruv apparati harbiy xizmatchilariga, halok boʻlgan (vafot etgan)da ularning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlarni Markaziy komissiyaga yuboradi.
Uch kun muddatda
Taʼlim muassasalari tegishli sohaviy xizmatlari
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da kursant va tinglovchilariga, halok boʻlgan (vafot etgan)da oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlarni Markaziy komissiyaga yuboradi.
Oʻn kun muddatda
2-bosqich
Markaziy komissiya
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchiga halok boʻlgan (vafot etgan)da ularning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash boʻyicha Ichki ishlar vaziriga taqdimnoma kiritadi.
Bir oy muddatda
4-bosqich
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan (yetkazilgan)da xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchiga, halok boʻlgan (vafot etgan)da ularning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tasdiqlanganidan soʻng taqdimnomaning asl nusxasi ijro uchun xodim va harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchining xizmat yoki oʻqish joyiga yuboriladi.
Uch kun muddatda
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyat ichki ishlar boshqarmalari, harbiy tuzilmalar va taʼlim muassasalarining moliya xizmatlari
Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan nafaqa miqdoridagi toʻlovni amalga oshiradi.
Bir oy muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” __________________________________ (ichki ishlar organi boshligʻi, harbiy qism komandiri yoki taʼlim muassasasi rahbari) __________________________________ (lavozimi, unvoni, F.I.O.) __________________________________ (imzosi gerbi muhr bilan tasdiqlanadi)
Olgan (yetkazilgan) tan jarohati boʻyicha _____-son DALOLATNOMA
(tan jarohati olgan (yetkazilgan) xodim (harbiy xizmatchi, kursant va tinglovchi)ning lavozimi, unvoni, F.I.O., tugʻilgan yili)
2. Tan jarohati olingan (yetkazilgan) joy ______________________________________ ________________________________________________________________________
3. Jarohatlangan (yaralanish, kontuziya, mayib boʻlgan) vaqt ________________________ ________________________________________________________________________
(yil, kun, soat va minut)
4. Voqea tafsilotlari: _____________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
5. Tan jarohati olishning sabablari: _________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
6. Tan jarohati olishning sabablari va holatlari boʻyicha xulosa: ___________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Bir martalik toʻlanadigan nafaqa boʻyicha TAQDIMNOMA
(xodim yoki uning merosxoʻriga toʻlanishi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan koʻrsatilgan nafaqa miqdori)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri (maxsus unvoni)
imzo
____________________________
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Xodim (harbiy xizmatchi)ning maxsus (harbiy) unvoni, F.I.O., oxirgi xizmat yoki oʻqish joyi va lavozimi
Xodim (harbiy xizmatchi)ning halok boʻlishi, tan jarohati olishining aniq vaqti va qisqacha tafsiloti
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiya xulosasi, sanasi va raqami
Ichki ishlar organi rahbari (harbiy qism komandiri)ning xodim (harbiy xizmatchi)ni shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi buyrugʻining raqami va sanasi
Nafaqani olish huquqi berilgan xodim (harbiy xizmatchi)ning merosxoʻri F.I.O., yashash joyi, pasportiga oid maʼlumotlar
Nafaqa toʻlangan sana va uning miqdori (aniq koʻrsatiladi)
1.
2.
3.
4.
5.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi
(maxsus unvoni, F.I.O.)
(imzo)
(sana)
Moliya-iqtisod departamenti (boʻlimi, boʻlinmasi) boshligʻi
(maxsus unvoni, F.I.O.)
(imzo)
(sana)
(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
Bir martalik toʻlangan nafaqa toʻgʻrisida hududlar va muassasalar boʻyicha
HISOBOT
T/r
IIV-IIBB-IIB, (Tarkibiy va hududiy) taʼlim muassasalari nomi
Jami tushgan hujjat
Shulardan
Toʻlangan nafaqa miqdori
(soʻm)
Ijrodagi hujjatlar
Kamchiligi uchun qaytarilgan
Rad etilgan hujjatlar
Ijro etilgan hujjatlar va mablagʻ toʻlab berilganlari boʻyicha
Jami
Halok boʻlgan
Ogʻir tan jarohati olgan
Oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan
Toʻlab berilmagan
1.
Vazirlik markaziy apparati
2.
Qoraqalpogʻiston IIV
3.
Andijon viloyati IIB
4.
Buxoro viloyati IIB
5.
Jizzax viloyati IIB
6.
Qashqadaryo viloyati IIB
7.
Navoiy viloyati IIB
8.
Namangan viloyati IIB
9.
Samarqand viloyati IIB
10.
Sirdaryo viloyati IIB
11.
Surxondaryo viloyati IIB
12.
Toshkent shahar IIBB
13.
Toshkent viloyati IIBB
14.
Fargʻona viloyati IIB
15.
Xorazm viloyati IIB
16.
JIED
17.
TXTBB
18.
Akademiya
19.
Malaka oshirish instituti
20.
QQQ
21.
XAXTBQQ
JAMI:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Agar ishga kirsam, bu haqida ichki ishlar organi moliyaviy taʼminot xizmatiga 10 kun ichida xabar qilaman.
20 ___ y. “____” _____________
______________________
(toʻldirilgan sana)
(ariza beruvchining imzosi)
20 ___ y. “____” _____________
______________________
(qabul qilingan sana)
(qabul qilgan shaxsning imzosi)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” _________________________ (lavozimi, unvoni va F.I.O. ) ________________________ (imzo) 20__ yil “____” ________
Xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash toʻgʻrisida XULOSA
3. Xizmatdan boʻshatish asosi:________________________________________ 4. Xizmat yili: kalendar hisobda — ______ yil, imtiyozli hisobda — _____ yil. 5. TMEK tomonidan “_______” guruh nogironligi belgilangan. 6. Pensiya tayinlashda inobatga olingan pul miqdori:
a) mansab maoshi
___________ soʻm
b) unvon maoshi
___________ soʻm
v) koʻp yillik xizmati uchun foiz qoʻshimcha 25 %
___________ soʻm
g) oziq-ovqat oʻrniga toʻlanadigan tovon puli
___________ soʻm
Jami:
___________ soʻm
7. Pensiya tayinlanadigan oila aʼzolari (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanganda):
Qarindoshlik darajasi
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan yili, oyi va kuni
Tugʻilganlik guvohnomasi seriyasi va raqami
8. _____________________________________ 20___ yil “___” _______ dan pensiya
(F.I.O.)
olish huquqiga ega.
______________________________ ga asosan xizmat yili boʻyicha har oyiga ________________________________________________ soʻm miqdorida pensiya belgilandi. 9. Pensiya toʻlash shartlari: oylik maoshini hisobga olgan xolda. 10. Bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa: _____________________________________soʻm miqdorida toʻlandi.
Xulosani tuzdi: Moliyaviy taʼminot xizmati Pensiya taʼminoti boʻlimi inspektori
Tekshirdi: Moliyaviy taʼminot xizmati Pensiya taʼminoti boʻlimi boshligʻi
Pensiya guvohnomasining tartib raqami:_________ 20__ yil “____” _________
“ROZIMAN” Moliyaviy taʼminot xizmati boshligʻi ________________________________ (unvoni va F.I.O.) ________________________________ (Imzo) 20__ yil “___” ___________________
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish
DAFTARI
T/r
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi tartib raqami
F.I.O.
tugʻilgan sanasi, unvoni, boʻshatilgan sanasi
Ishlagan joyi va lavozimi
Qoʻshimchalar
Pensiya turlari
Pensiya miqdori
Izoh
Xodim
Boquvchisini yoʻqotganligi holati boʻyicha
Koʻp yillik xizmati boʻyicha
Nogironlik boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish
DAFTARI
T/r
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi tartib raqami
F.I.O.
tugʻilgan sanasi, unvoni, boʻshatilgan sanasi
Ishlagan joyi va lavozimi
Qoʻshimchalar
Pensiya turlari
Pensiya miqdori
Izoh
Xodim
Boquvchisini yoʻqotganligi holati boʻyicha
Koʻp yillik xizmati boʻyicha
Nogironlik boʻyicha
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya organlari) harbiy xizmatchilari (xodimlari) yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) pensiya va nafaqa tayinlash, mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etish, shuningdek, xodimlarning tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti tartibini belgilaydi.
2. Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishga doir quyidagi ijtimoiy kafolatlar boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi:
harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) sogʻligi va hayotini davlat tomonidan majburiy shaxsiy sugʻurta qilish;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash;
harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) uy-joy maydoni bilan taʼminlash, ularning farzandlariga oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish;
harbiy xizmatchilarning tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti;
harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) pul taʼminoti turlarini, shu jumladan, ustama, koeffitsiyent, qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish;
Milliy gvardiya organlarida harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash bilan bogʻliq ijtimoiy kafolatlar va qoʻshimcha imtiyozlar.
2-bob. Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi
1-§. Yetkazilgan zararni qoplash masalasini koʻrib chiqish tartibi
3. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning (keyingi oʻrinlarda — zarar) oʻrni harbiy xizmatchining (xodimning) xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
4. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
5. Yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini koʻrib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Komissiyalar tarkibi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlanadi.
6. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
7. Milliy gvardiya organlari rahbari zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida bildirgi (ariza) tushgan kundan boshlab bir kun ichida masalani oʻrganib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi.
8. Komissiya kotibi zararni qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni hamda zarar Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilganligini oʻrganish natijalarini Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi.
9. Komissiya zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masalani oʻn kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni olish (oʻrganish) talab etilganda esa yigirma kun ichida koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi.
10. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha zarar qoplanishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida Komissiyaning qarori qabul qilinadi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
11. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga — Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.
12. Komissiya raisi va aʼzolari zararni qoplash boʻyicha taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligi, qabul qilingan qarorning qonuniyligi va toʻgʻri qabul qilinganligiga masʼul hisoblanadi.
2-§. Yetkazilgan zararni qoplash tartibi
13. Yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash boʻyicha Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingandan soʻng Milliy gvardiya organlari tomonidan oʻn kun muddatda manfaatdor shaxslarga — harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.
14. Yetkazilgan zararning haqiqiy summasi Milliy gvardiya organlari tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida aniqlanadi. Yetkazilgan zarar summasi zararni qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
15. Zarar miqdorini qoplash naqd yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan Milliy gvardiya organlarining moliya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
16. Zararni qoplash bilan bogʻliq xarajatlar Milliy gvardiyaga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
17. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq xarajatlar aybdor shaxsdan Milliy gvardiya organlari tomonidan regress tartibida undiriladi.
18. Aybdor shaxslardan undirilgan zarar summasi Davlat budjeti daromadlari hisobiga oʻtkaziladi.
19. Zararni qoplash boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
3-bob. Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi
1-§. Pensiya va nafaqa tayinlashni rasmiylashtirish
20. Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) yoki ularning oila aʼzolariga pensiyaning quyidagi turlari tayinlanadi:
xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya (uni olish huquqi mavjud boʻlganda);
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.
21. Milliy gvardiya organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga dafn etish marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanadi.
22. Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) pensiya va nafaqa toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
23. Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilgan harbiy xizmatchidan (xodimdan) pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Milliy gvardiya organlarining kadrlar boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — kadrlar boʻlinmalari) qabul qiladi.
24. Pensiya tayinlash uchun Milliy gvardiya organlarining pensiya taʼminoti boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — pensiya taʼminoti boʻlinmalari) kadrlar boʻlinmalari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya tayinlash uchun — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda murojaat etgan shaxsdan ariza, kadrlar boʻlinmalari tomonidan xizmat yili hisobi, Milliy gvardiya organlarining moliya boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — moliya boʻlinmalari) tomonidan pul taʼminoti varaqasi;
b) nogironlik pensiyasi tayinlash uchun — mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi tibbiyot organlari tomonidan berilgan kasallik tarixidan koʻchirma;
v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlash uchun — mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari murojaat etuvchi shaxs tomonidan chin yetimlarga pensiya tayinlangan hollarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vasiylik yoki homiylikni tayinlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi, shuningdek kadrlar boʻlinmalari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayib boʻlish va kasallanish tufayli oʻlimi toʻgʻrisida xulosa, harbiy xizmatchining (xodimning) vafot etganligi munosabati bilan Milliy gvardiya organlaridagi shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma (zarur boʻlganda);
(24-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
murojaat etuvchi shaxsning pensiya tayinlash haqidagi arizasiga asosan quyidagi hujjatlarning nusxalari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda pensiya taʼminoti boʻlinmalari tomonidan olinadi:
fuqarolik pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi va voyaga yetmagan farzandlarining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan davlat pensiyalari tayinlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
(24-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi, farzandlari nogironligini tasdiqlovchi TIEK maʼlumotnomasi (zarur boʻlganda), TIEK tomonidan nogironlik belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (turmush oʻrtogʻi, ota-onasiga pensiya tayinlanganda).
25. Milliy gvardiya organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish nafaqasini tayinlash uchun uning oila aʼzosi yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxs pensiya taʼminoti boʻlinmalariga ariza bilan murojaat etadi.
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan pensiya taʼminoti boʻlinmalari tomonidan murojaat etgan shaxsning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi olinadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
26. Kadrlar boʻlinmalari masʼul xodimi tomonidan xodimning xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pensiya tayinlash uchun ariza va toʻplangan hujjatlar asosida tekshiriladi hamda kalendar va imtiyozli hisobga olinadigan davrlar, umumiy xizmat yili hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi, shuningdek, hisoblangan xizmat yillari moliya boʻlinmalari bilan kelishiladi.
2-§. Pensiya va nafaqalarni tayinlash
27. Kadrlar boʻlinmalari tomonidan pensiya yoki nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlar moliya boʻlinmalariga taqdim etiladi.
28. Taqdim etilgan hujjatlar asosida moliya boʻlinmalari tomonidan pensiya tayinlash toʻgʻrisida mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq xulosa tayyorlanadi.
29. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi xulosa Milliy gvardiya organi rahbari, uning oʻrinbosari yoki vakolat berilgan masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosa xizmat muddatini oʻtaganligi, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun asos boʻladi.
30. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangandan soʻng mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildining qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
31. Pensionerning yashash joyi oʻzgarganda, uning arizasiga muvofiq pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi yangi yashash joyi boʻyicha tegishli moliya boʻlinmalariga yuboriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Moliya boʻlinmalaridan kelib tushgan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari pensiya toʻgʻri tayinlanganligi tekshirilgandan soʻng Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildining qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
Ilgari toʻxtatilgan pensiya toʻlovlari tiklangan taqdirda, pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari unga yangi tartib raqami berish orqali Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildining qayd etish daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
32. Pensiyalar quyidagi muddatlarda tayinlanadi:
xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya — xizmatdan boʻshatilgan kundan eʼtiboran, ammo pul taʼminoti toʻlangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga qadar;
nogironlik pensiyasi — TIEK tomonidan nogironlik belgilangan kundan boshlab, agar nogironlik xizmatni oʻtash davrida yoki xizmatdan boʻshatilgan kundan boshlab uch oy ichida belgilangan boʻlsa yoki nogironlik ushbu muddatdan soʻng belgilangan boʻlsa-da, u xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya, mayib boʻlish va kasallanish tufayli kelib chiqqan boʻlsa;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi — mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga boquvchisi vafot etgan kundan boshlab, ammo pul taʼminoti yoki pensiya toʻlangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga qadar, ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻiga, boquvchisini yoʻqotganlik oqibatida pensiya olishga huquqi paydo boʻlganda, pensiya tayinlash uchun murojaat etgan kundan boshlab.
Maxsus unvonlardan mahrum qilingan shaxslar hamda ularning oila aʼzolariga pensiyalar Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.
33. Pensioner hisoblab chiqilgan umumiy xizmat yili va pensiya miqdoridan norozi boʻlgan taqdirda, uning arizasiga asosan uning umumiy xizmat yili va pensiya miqdori qayta hisoblab berilishi mumkin.
34. Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlashda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar pensiya taʼminoti boʻlinmalari xodimi tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nafaqa toʻlovi amalga oshiriladi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oila aʼzolariga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga vafot etgan kundagi ikki oylik pensiyasi miqdorida dafn marosimi uchun nafaqa tayinlanadi.
35. Milliy gvardiya organlaridan boʻshatilgan pensionerlarga pensiya va nafaqalar ularning tanloviga koʻra yashash joyi boʻyicha Milliy gvardiya bilan pensiyalarni yetkazish, toʻlash boʻyicha shartnoma tuzgan tijorat banki muassasalari orqali toʻlanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
36. Pensiya Milliy gvardiya organlari yoki tijorat banklari tomonidan yetkazib berish (topshirish) davri boʻyicha tegishli oyning 27-kunidan kechiktirilmay amalga oshiriladi.
37. Dafn marosimi uchun nafaqa toʻlovi pensioner vafot etgan kunidan boshlab olti oy muddat ichida mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim qilgan shaxsga toʻlanadi.
38. Tugallanmagan oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya miqdori jami pensiya miqdorini shu oyning kalendar kunlari soniga boʻlish hamda hosil boʻlgan summani oʻtgan kunlar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Misol uchun:
Pensiya oluvchiga 20-iyundan boshlab 900 000 soʻm miqdorida pensiya tayinlandi. Bunda 11 kun uchun, yaʼni 20 — 30-iyun kunlari uchun pensionerga quyidagi miqdorda pensiya toʻlanadi:
39. Milliy gvardiya organlari pensioneri pensiya olish uchun tijorat banki muassasalariga murojaat qilganda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar (fuqarolik pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik maʼlumotnoma) va pensiya guvohnomasini (zarur boʻlganda) taqdim etishi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 442-sonli qarori tahririda)
40. Qonun hujjatlariga muvofiq pensiya va nafaqalarni naqd toʻlashda tegishli bank muassasasi tomonidan pensionerning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va pensiya guvohnomasi (zarur boʻlganda) tekshirilgan holda elektron toʻlov qaydnomasiga asosan amalga oshiriladi.
41. Bir oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun pensiya toʻlovini muddatidan oldin amalga oshirish pensionerning arizasiga asosan Milliy gvardiya organlari rahbarlarining ruxsati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
pensioner sanatoriy-kurort muassasalariga davolanish uchun bormoqchi boʻlganida (yil davomida bir marotaba);
pensionerning mulkiga zarar yetkazuvchi favqulodda holatlar sodir boʻlganda;
pensionerning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari) vafot etganda va bu haqida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat taqdim qilinganda.
42. Pensiya toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjatni rasmiylashtirgan davlatning vakolatli davlat organi tomonidan apostil qoʻyilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) hamda Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Kishinev shahri, 2002-yil 7-oktabr) ishtirokchisi boʻlgan davlatlar — Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar mustasno. Bunda ishonchnoma bergan shaxs pensiya toʻlaydigan tijorat banki muassasalariga bir yilda bir marta kelib tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak. Ishonchli vakil pensiya toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan, oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida Milliy gvardiya organlariga xabar berishi shart.
43. Yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ketgunga qadar tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi bilan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) moliya boʻlinmalariga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan olti oylik pensiya oldindan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
44. Oʻzbekiston Respublikasi bilan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joydan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani toʻlash ularning arizasi va “Yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” degan belgi boʻlgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida toʻxtatilishi mumkin.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
45. Tayinlangan pensiyani toʻlash quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda;
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
xorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda.
46. Tayinlangan pensiyani toʻlash quyidagi holatlarda toʻxtatib turiladi:
pensiya toʻlash muddati tamom boʻlganda;
pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida pensioner tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda.
Pensiyani toʻlash pensioner yoki uning qonuniy vakili tegishli Milliy gvardiya organiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan va ariza bilan murojaat qilgan taqdirda qayta tiklanadi.
47. Pensionerning sud hukmi boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan vaqti uchun pensiya toʻlanmaydi. Pensioner sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtab, undan ozod boʻlgandan keyin pensiyani toʻlash Milliy gvardiya organiga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
48. Agar nogironligi boʻlgan pensioner tayinlangan muddatda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun TIEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilgan taqdirda toʻxtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab toʻlanadi.
Uzrli sababga koʻra qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, pensiyani toʻlash toʻlov toʻxtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TIEK uni bu davrda nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etsa, 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda agar qayta tekshirish chogʻida nogironligi boʻlgan shaxs nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, u holda koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh boʻyicha toʻlanadi.
49. Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
Moliya boʻlinmalarining aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.
Bunda oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qoʻyilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi.
50. Pensiya miqdori oʻzgarishiga yoki pensiya toʻlash toʻxtatilishiga sabab boʻladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila aʼzolari tarkibining oʻzgarishi, toʻliq davlat taʼminotiga oʻtish va shu kabilar), pensiya oluvchi oʻn kun muddatda bu haqida oʻziga pensiya toʻlaydigan tegishli Milliy gvardiya organiga maʼlum qilishi shart.
Bunda pensiyani qayta hisoblash mazkur holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar boshlanganligi toʻgʻrisida Milliy gvardiya organlariga oʻz vaqtida xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek, ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) shaxs tomonidan qaytarilishi lozim.
51. Pensionerga berilishi kerak boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanadigan shaxslar doirasiga tegishli oila aʼzolariga toʻlanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek, pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila aʼzolari, agar ular boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiyasi bilan taʼminlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli koʻrsatib oʻtilgan oila aʼzolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.
Oilaning bir necha aʼzolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak boʻlgan pensiya summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan summa, uning uchun pensioner vafot etgandan soʻng olti oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalarni toʻlash Milliy gvardiya organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida manzil-koloniya joylashgan yerdagi tijorat banklari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisob varaqlariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
4-§. Pensiyalardan chegirmalar qilish
52. Pensiyalardan quyidagi hollarda chegirmalar qilinadi:
sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining ijro hujjatlari asosida;
Milliy gvardiya organlarining qaroriga binoan pensionerga u tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaganligi) natijasida yoxud hisoblashdagi xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda.
Pensiyalardan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hollardan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
53. Pensioner ixtiyoriy ravishda aliment toʻlash istagini bildirganda, uning arizasida har oylik undiriladigan aliment miqdori (hujjatlarda koʻrsatilgan foizlarda yoki pensiya oluvchi tomonidan belgilangan summada), undirish muddati va aliment undiruvchi shaxsning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Ixtiyoriy ravishda toʻlanayotgan aliment miqdori va chegirma qilish muddatiga oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilish pensionerning arizasiga asosan amalga oshiriladi.
54. Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildiga pensiyadan alimentlarni chegirma qilish toʻgʻrisida tegishli yozuvlar kiritiladi. Ushbu yozuvlar moliya boʻlinmalari boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi va imzolanadi.
55. Aliment undirish bilan bogʻliq barcha asoslovchi hujjatlar pensiya toʻlovchi tijorat banklariga ijro uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda tegishli moliya boʻlinmalari tomonidan yuboriladi.
56. Ijro hujjatida pensiyadan chegirmalar turi koʻrsatilmagan hollarda bu haqida Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlariga yozma ravishda xabar beriladi.
57. Bir nafar pensionerga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiyalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 80-moddasiga muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasi ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
58. Undiruv qaratilgan pensionerning yashash (pensiya toʻlash) joyi oʻzgarganda ijro hujjati yuborilgan manzil toʻgʻrisida Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari xabardor qilinadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
59. Ijro hujjatlari hamda pensionerlarning arizalari boʻyicha pensiyadan chegirma qilish mazkur Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Bunday hollarda pensiyadan chegirma qilish boʻyicha ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlariga qaytariladi.
5-§. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun mablagʻlar hisobi va hisobotini yuritish
60. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun xarajatlar hisobi Milliy gvardiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hujjatlari va pensionerning pensiyaga oid hujjatlari yigʻmajildlarida yuritiladi.
61. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan pensiya va nafaqa toʻloviga oid oylik, choraklik va yillik hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi
62. Pensiya va nafaqalarning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Milliy gvardiya organlari xodimlarining tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti tartibi
1-§. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti koʻrsatishni tashkil etish
63. Milliy gvardiya organlarining xodimlariga, sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan tarkib) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari (keyingi oʻrinlarda — ichki ishlar organlari) tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
64. Biriktirilgan tarkib ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida ambulatoriya va statsionar sharoitlarda bepul tibbiy tekshiruvlardan oʻtkaziladi, davolanadi va sogʻlomlashtiriladi, shuningdek, ularga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha turar joylariga borib belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
65. Milliy gvardiya organlari xodimlariga bepul ortopedik stomatologiya va ortodontiya yordami (qimmatbaho metallar, keramik massalar va maxsus plastmassalar qoʻllab tayyorlangan protezlar bundan mustasno) ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida koʻrsatiladi.
66. Biriktirilgan tarkibga yashash hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Sogʻliqni saqlash vazirligi) tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
67. Milliy gvardiya organlari xodimlari ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni olish uchun ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari komissiyasi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga yuboriladi.
Milliy gvardiya xodimlariga tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga sarflangan xarajatlar Milliy gvardiya tomonidan qoplanadi.
Xarajatlarni qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
68. Alohida hollarda Milliy gvardiya organlari xodimlarini tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda ularning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar tegishliligi boʻyicha Milliy gvardiyaning Jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan faoliyat yurituvchi Milliy gvardiya organlari mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Milliy gvardiya qoʻmondonining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
69. Milliy gvardiya organlari xodimlari kasal boʻlganda, shikastlanganda, homiladorligida, tuqqanda, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganda, protez qoʻydirganda, sanatoriy-kurortda davolanganda, shuningdek, sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazilganda va karantin tufayli xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilganida, ularga vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnoma berish ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
70. Milliy gvardiya organlari xodimlarining oila aʼzolari hamda ishchi va xizmatchilarining mehnatga vaqtincha layoqatsizlik holatlarida mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-§. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini amalga oshirish tartibi
71. Milliy gvardiya organlari xodimlari har yili bir marotaba majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
72. Milliy gvardiya organlari ishchi va xizmatchilari tibbiy koʻrikdan turar joyi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda oʻtadilar.
73. Tibbiy koʻrik natijasida xizmatni davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlangan xodimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar boshqarmalariga yuboriladi.
74. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallangan biriktirilgan tarkib ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining tibbiyot boʻlimlari mutaxassislari nazoratiga olinib, ularni davolash va sogʻlomlashtirish ishlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
75. Dispanser nazoratiga olingan Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvini olib borish, tibbiy tekshiruvlar va koʻriklar koʻlami hamda davriyligi, shuningdek, davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
76. Milliy gvardiya organlarining xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.
77. Milliy gvardiya organlari xodimlari uchun sanatoriy-kurort muassasalariga, shuningdek, xorijiy davlatlardagi sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
78. Milliy gvardiyaning Jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan faoliyat yurituvchi Milliy gvardiya organlari mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan faoliyat yurituvchi Milliy gvardiya organlari tizimidagi muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish ushbu muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
79. Sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar quyidagi tartibda beriladi:
a) bepul:
harbiy-tibbiy komissiyalarning asoslangan xulosasiga koʻra — mazkur Nizomning 84-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga;
mazkur Nizomning 84-bandi “b”, “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarga, shu jumladan, koʻzi ojiz I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kuzatib boruvchi shaxsga, yolgʻiz keksalarga;
b) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanma qiymatining 25 foizini toʻlash sharti bilan — mazkur Nizom 84-bandining “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarga;
v) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmaning qiymatini toʻliq toʻlash sharti bilan Milliy gvardiya organlari xodimlari va pensionerlarining oila aʼzolariga.
80. Ixtisoslashtirilgan sanatoriy muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan beriladi.
81. Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritadigan ishchi va xizmatchilarni sanatoriy-kurort muassasalarida davolash uchun yoʻllanmalar bilan taʼminlash Milliy gvardiyaning kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladi.
82. Sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga muhtoj shaxslarni tanlash va saralash ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari sanatoriy-kurort saralash hayʼati tomonidan belgilanadi.
83. Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu yordamni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi.
84. Quyidagi shaxslar biriktirish roʻyxatlari asosida ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi:
a) Milliy gvardiya organlari xodimlari, shu jumladan, Milliy gvardiyaning harakatdagi kadrlar zaxirasida qoldirilib, boshqa tashkilotlarga yuborilgan xodimlar;
b) xizmat muddatidan qatʼi nazar, Milliy gvardiya organlarida xizmat vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador boʻlish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
v) Milliy gvardiya organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega boʻlib, shundan 12,5 yil Milliy gvardiya organlarida xizmat qilgan sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilar bundan mustasno);
g) Milliy gvardiya organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi boʻlgan farzandlari, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi;
d) qonun hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatish boʻyicha zararlangan zonada xizmat vazifasini oʻtagan shaxslar va yadro poligonlarida hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
85. Mazkur Nizom 84-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlari tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalariga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi.
86. Shaxsning ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolari deganda, uning Milliy gvardiya organlari tizimida xizmatda boʻlgan davrida nikohda boʻlgan xotini (eri), nikoh bekor qilingan hollar bundan mustasno, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalari, yoshidan qatʼi nazar bolalikdan nogiron boʻlgan bolalari tushuniladi.
Ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida statsionar tibbiy yordam oʻn sakkiz yoshdan boshlab koʻrsatiladi.
87. Milliy gvardiya organlarida xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, shuningdek, ularning pensiya yoshidagi yoki nogiron ota-onasi tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi.
88. Mazkur Nizom 84-bandining “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya rasmiylashtirgan oila aʼzolari ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
89. Ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qolgan shaxslarning yashash joyi oʻzgarganda, ular shu hududdagi tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlaridagi maxsus tibbiy komissiyalar qarorlari asosida mazkur tibbiyot muassasalariga tibbiy xizmatga biriktiriladi.
90. Biriktirish roʻyxatlari va Milliy gvardiya organlarining tegishli pensiya taʼminoti boʻlimlari yoʻllanmalari hamda pensionerlik guvohnomalari asosida tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlari tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan shaxslarga ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi.
91. Faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarida zarur tibbiy xizmat turlari mavjud boʻlmagan hollarda pullik davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlari Milliy gvardiyaning Jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan faoliyat yurituvchi Milliy gvardiya organlari mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda Milliy gvardiya qoʻmondoni ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Pullik davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlarini qoplash tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
3-§. Biriktirilgan tarkibni tibbiy-sanitariya vositalari bilan taʼminlash
92. Biriktirilgan tarkibga ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish, kasalliklarni davolash va oldini olish uchun sarflanadigan tibbiy-sanitariya vositalari, vaksinalar bilan bepul taʼminlash ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
93. Biriktirilgan tarkib ambulatoriya va statsionarda davolanishda boʻlganda tibbiy-sanitariya vositalari bilan oʻzlari davolanayotgan tibbiyot muassasalari orqali yoki retsept asosida dorixonalar orqali belgilangan tartibda taʼminlanadi.
94. Biriktirilgan tarkibga dori vositalarini tayinlash, qabul qilish, saqlash va qoʻllash, shuningdek, dori vositalarini retsept asosida berish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
95. Biriktirilgan tarkib ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha bepul emlanadi. Rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha emlanishi lozim boʻlgan shaxslar toifalari Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
5-bob. Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini tashkil etish tartibi
96. Milliy gvardiya organlarining jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda oʻrnak koʻrsatgan harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda — avtotransport vositalari) sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
97. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Milliy gvardiya tomonidan beriladigan taqdimnomalarga muvofiq Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) yiliga 300 tagacha avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi:
kredit muddati — 5 yilgacha;
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining kamida 20 foizi miqdorida;
kredit boʻyicha foiz stavkasi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil belgilanadigan stavkalarda;
kredit boʻyicha taʼminot — kredit boʻyicha sotib olinadigan avtotransport vositasini garovga qoʻyish.
Kreditning boshqa shartlari mazkur bankning kredit siyosati va amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.
98. “Oʻzavtosanoat” AJ Milliy gvardiyaning taqdimnomalari boʻyicha avtotransport vositalarini sotib olishni xohlovchi Milliy gvardiya organlarining harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari hisobiga ushbu avtotransport vositalarini sotib olishda koʻmaklashadi.
99. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit olishga tavsiya etiladigan Milliy gvardiya organlarining harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) tanlab olish hamda taqdimnomalar berish mezonlarini belgilaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
100. Harbiy xizmatchilar (xodimlar) yoki ularning yaqin qarindoshlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
101. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari
Zarar oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qilish
Zarar yetkazilgan vaqtda
2-bosqich
Milliy gvardiya organlari rahbari
Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida bildirgi (ariza)ni oʻrganib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etish
Bir kunda
3-bosqich
Yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya kotibi
Zararni qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni hamda zarar harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilganligini oʻrganish natijalarini Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlash
Ikki kunda
4-bosqich
Yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya
1. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish.
Oʻn kunda (qoʻshimcha hujjatlarni olish talab etilganda yigirma kunda)
2. Qarorni manfaatdor shaxslarga — harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazish.
Uch kunda
5-bosqich
Milliy gvardiya organlari
1. Yetkazilgan zararni manfaatdor shaxslarga qoplab berish.
Qaror qabul qilingandan soʻng oʻn kunda
2. Yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq xarajatlarni aybdor shaxsdan regress tartibida undirish.
Qonunchilikda belgilangan tartibda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ___________________________ (pensiya tayinlash huquqi berilgan mansabdor shaxs) ___________________________________ ___________________________________ (ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi) Yashash manzili: ______________________ ___________________________________ ___________________________________
Agar ishga kirsam, oila aʼzolarimda oʻzgarish boʻlsa, yashash manzilim oʻzgarsa bu haqida 10 kun muddat ichida xabar qilaman
Tel.: uy ____________________________
uyali (98____)____________________
Ariza beruvchining imzosi ________________ 20___ yil “____”_____________ Ariza qabul qilindi 20____ yil “____” ______________ ______ seriyali ____________ raqamli pasport taqdim etildi. Mansabdor shaxsning imzosi________________
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ___________________ boshligʻi (lavozimi)
Xizmat yillari boʻyicha pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi XULOSA
Sobiq harbiy xizmatchi (xodim): ______________________________________________ ________________________________________________________________________
1. Tugʻilgan yili, oyi va kuni: _______________________________________________ ________________________________________________________________________
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ________________ning 20__ yil “___” _________ dagi shaxsiy tarkib boʻyicha _____-sonli buyrugʻiga asosan, Nizomning ________________________________________________________________________
(harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom moddasi va mazmuni)
_______________________________________________________________________________ asosan harbiy xizmat (xizmat)dan rezerv (isteʼfoga)ga boʻshatilgan.
3. Xizmat yillari: kalendar hisobda — ____ yil, imtiyozli hisobda — ____ yil, jami hisobda — ___ yil.
4. TMEK tomonidan “___” guruh nogironligi belgilangan.
5. Pensiya tayinlashda inobatga olingan pul taʼminoti miqdori:
a) unvon maoshi
__________ soʻm
b) rayon koeffitsiyenti
__________ soʻm
v) xizmat yillari uchun foiz qoʻshimcha (___ %)
__________ soʻm
g) oziq-ovqat oʻrniga toʻlanadigan kompensatsiya puli
__________ soʻm
JAMI:
__________ soʻm
6. Pensiya tayinlanadigan oila aʼzolari: (boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya tayinlanganda)
Qarindoshlik darajasi
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan yili, oyi, kuni
Tugʻilganlik haqida guvohnoma seriyasi va raqami
Pensiyani toʻxtatish toʻgʻrisida belgi
7. 20__ yilning “___” ________dan pensiya olish huquqiga ega. “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining __________ moddalariga asosan, _____________ pul miqdorining _____foiz miqdorida har oyga (_____ x ____% = _____ soʻm.)
8. Qonunga muvofiq pensiyaga qoʻshimcha toʻlovlar: - qaramogʻida boʻlgan __ nafar voyaga yetmagan farzandiga (_____ x ___) __ soʻm.
9. Pensiya: 20___ yilning “___” _____ dan 20___ yilning “___” ______iga qadar muddat uchun bir oyga _____ soʻm miqdorda belgilandi. 10. Bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa: (_____ + _____) x 0 = _____ soʻm miqdorida toʻlangan.
Xulosani tuzdi: Ijtimoiy taʼminot boʻlimi bosh mutaxassisi _________________ 20___ yil “___” ___________
Tekshirdi: Ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshligʻi __________________ 20___ yil “___” ___________
Pensiya miqdorining oʻzgarishi va pensiya toʻlovi toʻxtatilishi boʻyicha MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish
DAFTARI
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi tartib raqami
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi seriyasi
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi roʻyxatga olingan sanasi
F.I.O.
Ishlagan joyi, lavozimi va unvoni
Pensiya turi
Pensiya toʻlovini toʻxtatish, qayta tayinlash toʻgʻrisida belgi
Izoh
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” 2017-yil 23-oktabrdagi 861-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bandi oʻn ikkinchi xatboshisidagi “va ularning ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “ularni ijtimoiy muhofaza qilish, individual ustamalar berish va ragʻbatlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 693-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “maktab-internat tarbiyalanuvchilari va bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari” soʻzlari “maktab-internat, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi va maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-apreldagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 51-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlariga shahar yoʻlovchi transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi 301-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyundagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 124-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-iyuldagi 452-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 127-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 522-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 152-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga ilovaning 13-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 279-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi OʻRQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 45-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ichki ishlar organlari xodimlarini ragʻbatlantirishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-martdagi 207-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 3-son, 35-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyuldagi 596-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori)” 2019-yil 16-avgustdagi 674-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-oktabrdagi 865-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 10-son, 249-modda).
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)” 2020-yil 16-yanvardagi 30-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 1-son, 14-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 7-son, 160-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 37-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2021-y., 6-son, 109-modda).
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-647-son Qonuni)” 2021-yil 10-iyundagi 363-son qaroriga ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2021-y., 6-son, 116-modda).
18. Vazirlar Mahkamasining “Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 28-iyuldagi 470-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2021-y., 7-son, 151-modda).