toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriat va magistraturasiga jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) bakalavriatiga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Institut bakalavriatiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Bojxona qo‘mitasi) raisining Institutga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlari va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Institut bakalavriatiga kursantlar qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
3. Institutga o‘qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
test sinovlari.
Ushbu tadbirlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
4. Institutda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari asosida “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Institut bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi test sinovlari topshiriladigan imtihon fanlari majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.
Shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan majburiy imtihon fanlar majmuasi Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Test sinovlari topshiriladigan imtihon fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun ajratiladigan ballar miqdori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Institutga:
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan, shuningdek “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga javob beradigan;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatni o‘tamagan o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan hamda yigirma uch yoshda bo‘lgan fuqarolar;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan hamda yigirma besh yoshda bo‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tanlov asosida qabul qilinadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Nomzodlarning bo‘yi 165 sm.dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar tanlov bosqichlaridan chetlashtiriladi va ularni Institutga qabul qilish rad etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
7. Institutga o‘qishga kirishidan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nomzod Institutga o‘qishga qabul qilingandan so‘ng davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki o‘qishni tamomlagandan so‘ng besh yil ichida xizmatdan bo‘shatilsa, shartnomani muddatdan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, o‘qish davrida unga sarflangan barcha budjet mablag‘larini qoplashi bo‘yicha moddiy javobgarlik to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi.
8. Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida (keyingi o‘rinlarda hududiy bojxona boshqarmalari deb ataladi) nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida hududiy bojxona boshqarmasi boshliqlari buyruqlari bilan ishchi guruhlari tuziladi.
Ishchi guruh faoliyatiga hududiy bojxona boshqarmasining boshlig‘i rahbarlik qiladi va uning tarkibiga boshqarmaning kadrlar xizmati va boshqa bo‘linmalar vakillari, shuningdek, mutaxassis psixologlar kiritiladi.
Ishchi guruhini tuzish bo‘yicha buyruqda tarkib a’zolarining vazifalari belgilab beriladi.
9. Ishchi guruhlari o‘z faoliyatini qabul yilining 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar amalga oshiradi.
10. Har yili Institutga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Institut qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Qabul komissiyasi deb ataladi) tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qabul komissiyasiga Institut boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga Bojxona qo‘mitasi va Institutning sohaviy xizmat xodimlari kiritiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Qabul komissiyasi qabul yilining 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar faoliyat yuritadi.
12. Qabul komissiyasi tarkibida:
psixofiziologik o‘rganish;
yozma ish (diktant) o‘tkazish;
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiyalar tuziladi.
13. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasi ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasi vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar o‘zlarining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyi yoki nomzod tahsil olayotgan o‘quv muassasasi joylashgan hududiy bojxona boshqarmasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
15. Institutga o‘qishga kirish uchun ariza (bildirgi)lar qabul yilining 1-yanvaridan 1-apreliga qadar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan hududiy bojxona boshqarmasi ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
nomzodning arizasi (bildirgi);
nomzod yaqin qarindoshlarining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi nusxalari;
nomzodning tarjimai holi;
anketa — so‘rovnoma;
nomzodning o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
nomzod ota-onasining Institutga o‘qishga kirishga rozilik xati.
Nomzodning ayrim hujjatlariga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar olinishi mumkin.
Quyidagi hujjatlar tegishli hududiy bojxona boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
nomzodning pasport nusxasi;
nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDY organining ma’lumotnomasi;
nomzod yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi,
nomzodning umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
nomzodning mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma (agar mavjud bo‘lsa).
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
17. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan bojxona organlari xodimlari tomonidan mazkur nizomning 16-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
18. Tegishli shakl bo‘yicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
19. Hududiy bojxona boshqarmalari mazkur Nizomda nazarda tutilgan dastlabki tanlov tadbirlarini, Institut maxsus kasbiy tanlov tadbirlari bo‘yicha vazifalarni bajarishga mas’uldir. Bunda hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va Institut boshlig‘i nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishlari lozim.
2-bob. Dastlabki tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
20. Dastlabki tanlov targ‘ibot ishlaridan boshlanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va Institut tomonidan yoshlarga bojxona organlarida xizmat qilishning mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, ularda bojxona organi xodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan ta’lim mutaxassisligini tanlashda yordam berish maqsadida targ‘ibot ishlari olib boriladi.
21. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik o‘rganish;
umum jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
22. Dastlabki tanlov tadbirlari hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari tomonidan qabul yilining 1-yanvaridan 1-mayga qadar o‘tkaziladi.
23. Dastlabki tanlov:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaro yoshlar uchun yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi hududiy bojxona boshqarmasi (nomzod tahsil olayotgan o‘quv muassasasi joylashgan hudud)da;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari uchun xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli hududiy bojxona boshqarmalarida o‘tkaziladi.
24. Dastlabki tanlov tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
25. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va ularning ushbu Nizom talablariga mosligini o‘rganish dastlabki tanlov yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu nizomning 16 va 38-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligiga, shuningdek, to‘liq va sifatli jamlangan holda Qabul komissiyasiga o‘z vaqtida yetkazilishiga hududiy boshqarma boshliqlari bevosita mas’uldir.
26. Yakka tartibdagi suhbat fuqarolar bilan hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan harbiy qismlar (muassasalar) yoki bo‘linmalar komandirlarining tavsiyasiga ko‘ra hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan, bojxona organlari xodimlari bilan tegishli hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi.
27. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy bojxona boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
28. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etiladi;
Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
29. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari to‘xtatiladi.
30. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganish o‘tkazilgandan keyin 15 kun ichida mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
31. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oldin ularning sog‘lig‘i holati to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari esa, o‘zlariga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini taqdim etadi.
32. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari to‘xtatiladi.
33. Umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ular mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni to‘liq topshirganlaridan so‘ng, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi.
34. Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom deb ataladi) muvofiq maxsus tashkil etiladigan tibbiy komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
35. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
36. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
37. Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda shaxsiy hujjatlari yig‘majildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodlarni o‘qishga yuborish to‘g‘risida mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi o‘rinlarda — Bilim va malakalarni baholash agentligi) qabul jarayoni bo‘yicha “Abitur” bazasini shakllantirish maqsadida, hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumoti to‘g‘risida (11-sinf negizidagi umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar (boshlang‘ich professional) ta’lim) hujjatlarining asli, o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlardan berilgan tavsiyanomaning asli (harbiy guvohnomasi bilan birga), mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatining asli hamda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan ma’lumotni to‘ldirib, ularning nusxasi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan arizalar nusxasi bilan birgalikda Qabul komissiyasiga qabul yilining 20-may kuniga qadar yetkazishlari lozim.
Qabul yilida 11-sinf negizidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlagan nomzodlarning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar aslini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar Qabul komissiyasiga yetkazishlari lozim.
Test sinovlariga tavsiya etilgan nomzodlar, shuningdek, ularning mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan imtiyozlari (agarda mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlar qabul yilining 1-iyuliga qadar Qabul komissiyasi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus onlayn dasturiga kiritiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
3-bob. Maxsus kasbiy tanlovni o‘tkazish
39. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib hududiy bojxona boshqarmalarga yuboriladi.
40. Hududiy bojxona boshqarmalar ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga hujjatlari to‘liq holda yetib kelishlarini ta’minlaydi.
41. Hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari nomzodlarni Institutda o‘tkaziladigan maxsus kasbiy tanlov tadbirlariga kadrlar xizmatining mas’ul xodimlar rahbarligida yetib kelishlarini ta’minlaydi.
42. Maxsus kasbiy tanlov qabul yilining 25-iyuniga qadar Institutda o‘tkaziladi.
43. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
psixofiziologik o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
44. Qabul komissiyasi dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini ro‘yxatga oladi va maxsus kasbiy tanlov jarayoniga tayyorgarlik ko‘radi.
45. Psixofiziologik o‘rganish mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.
46. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yuqori malakali tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
47. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
48. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Yozma ish nomzodga diktant (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida) yozdirish orqali Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga oliy, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim muassasalari mutaxassislari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
50. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish mazkur yo‘nalish bo‘yicha tuzilgan kichik komissiya tomonidan ushbu Nizomning 12-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan metodika asosida nomzodlarning psixofiziologik o‘rganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijalarini hisobga olingan holda o‘tkaziladi.
52. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 25-iyuniga qadar kollegial prinsip bo‘yicha, Qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha nomzodni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qabul yilining 5-iyul kuni katta sig‘imdagi binolarda o‘tkaziladi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli joylarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlaydi, o‘tkazilgan test sinovlari jarayoni bo‘yicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Bilim va malakalarni baholash agentligiga topshiradi.
(54-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash;
test sinovlarini o‘tkazish jarayonida nomzodlar, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan ta’minlash uchun mablag‘lar;
yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kelishuv asosida jalb qilingan ta’lim muassasalari mutaxassislari mehnatiga soatbay haq to‘lash.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida boshqa chet tili (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladi.
Bunda yuqorida qayd etilmagan chet tillarda imtihon topshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan o‘tkazilgan imtihon mazkur Nizomning 14-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida chet tili fanidan test sinovlaridan ozod etiladilar.
Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot qabul yilining 1-iyuliga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
4-bob. Nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
57. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalarining biriga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu fan bo‘yicha test sinovidan ozod etiladilar:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan nomzodlarga Institut bakalavriatiga o‘qishga imtiyozli kirish uchun test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida ball qo‘shish shaklida imtiyoz beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Institutga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
60. Agar nomzod bir vaqtning o‘zida ushbu Nizomning 58 va 59-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lsa, ular tomonidan to‘plangan ballar yig‘indisiga imtiyozlar bo‘yicha eng yuqori ball qo‘shiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Bakalavriatga qabul qilish jarayonida nomzodlarga imtiyozlarni qo‘llashda Institut oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasasi deb qaraladi.
Xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul kvotasidan tashqari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalariga muvofiq, Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga Institutga belgilangan umumiy qabul o‘rinlari doirasida ikki foizli kvota ajratiladi va dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining (Milliy gvardiya xodimlarining) hamda xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul qilinadilar.
Ichki ishlar va bojxona organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh va ikki foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Maxsus kasbiy tanlov natijalari teng bo‘lgan hamda ajratilgan besh va ikki foizli qabul kvotalari bo‘yicha oxirgi o‘rinni egallashga da’vogarlar orasida kasbiy tanlov bosqichining yakka tartibdagi yakuniy suhbat tadbirida eng yuqori natijaga ega bo‘lgan nomzod mazkur imtiyozli o‘ringa o‘qishga qabul qilinadi.
Ajratilgan besh va ikki foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
Institutga nomzodlar qabuli uchun umumiy o‘rinlar soni tarkibida imtiyozli kvotalar doirasida vazirlik va idoralarga ajratiladigan o‘rinlar sonini belgilashda o‘rta arifmetik hisoblashdan foydalaniladi va quyidagilarga amal qilinadi:
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,5 — 0,99 oralig‘ini tashkil etsa, yaxlitlangan holda 1 ta qo‘shimcha o‘rin ajratiladi;
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,01 — 0,49 oralig‘ini tashkil etsa, yaxlitlangan holda qo‘shimcha o‘rin ajratilmaydi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
62. Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3726-son qaroriga asosan imtiyoz beruvchi tavsiyanomaga ega bo‘lsalar, uni qabul yilining 20-iyunigacha Qabul komissiyasiga taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maxsus maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari Qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, Institutga Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining Institutga tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilishga tavsiya etilgan g‘oliblari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Qonunchilikda belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar ro‘yxati mazkur tavsiyanomalarni bergan vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul yilining 4-iyuligacha ular bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
5-bob. Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish
65. Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
66. Qabul komissiyasi qabul yilining 10-iyuligacha nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Institutga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Institutga o‘qishga qabul qilish jarayonida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadilar.
(67-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota va Milliy gvardiyaning xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlari farzandlariga ikki foizli kvota bo‘yicha ajratilgan o‘rinlarga nomzodlar vazirlik va idoralar kesimida tanlovda ishtirok etadilar hamda o‘rinlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Vazirlik va idoralar kesimida imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota va Milliy gvardiyaning hizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlariga ajratilgan ikki foizli kvota bo‘yicha oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning test sinovlarida to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinlarda turuvchi nomzodning to‘plagan ballari bir xil bo‘lgan taqdirda ular orasidan ta’lim yo‘nalishi fanlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagani o‘qishga qabul qilinadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
68. Institut bakalavriatiga qabul qilingan har bir nomzod uchun yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasi ilovasida keltirilgan qaydnoma (maxsus kasbiy tanlov natijalari qaydnomasi) asosida mazkur nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma to‘ldiriladi va uning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlariga qo‘shib qo‘yiladi.
69. Institutga o‘qishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlariga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
71. Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
72. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov paytida Institut hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va foydalanishi qat’iy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga mikrokalkulyatorlar, lug‘at, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning o‘rniga kirishi, sinov o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanib, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va maxsus kasbiy tanlovdan chetlashtiriladi.
73. Dastlabki tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar, natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan tuzilgan apellyatsiya komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi kelib tushgan ariza va shikoyatlarni uch ish kuni ichida murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi.
74. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish, yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Qabul komissiyasi raisining buyrug‘iga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
75. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish, yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.
76. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
77. Institutga o‘qishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli hududiy bojxona boshqarmalarga qaytarib yuboriladi.
78. Nomzodni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar Institutda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
79. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga tanlash va o‘qishga qabul qilish tadbirlarini amalga oshirish
SXEMASI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎TILXAT

‎‎‎Men, _________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilinsam, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsam yoki o‘qishni tamomlaganimdan so‘ng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan bo‘shatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, o‘qish davrida menga sarflangan barcha mablag‘larni qoplash bo‘yicha moddiy javobgarligim to‘g‘risida ogohlantirildim.

‎‎____________________ ‎‎____________________

(Imzo)‎‎

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎
‎‎20___ yil “____” ___________
‎‎
Biz, __________________________________________________________________________________

(F.I.Sh.)

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga o‘qishga kirishga nomzodning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiyi), farzandimiz
______________________________________________________________________‎‎

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎o‘qishga qabul qilinsa, davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsa yoki o‘qishni tamomlaganidan so‘ng besh yil ichida intizomiy jazo chorasi sifatida xizmatdan bo‘shatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, o‘qish davrida unga sarflangan barcha mablag‘larni qoplash bo‘yicha moddiy javobgarligimiz to‘g‘risida ogohlantirildik.

‎‎
‎‎____________________ ____________________‎‎

(imzo)

(F.I.Sh.)

‎‎
____________________ ‎‎____________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎
‎‎20___ yil “____” ____________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎________________________________ ga
‎‎(hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘ining F.I.Sh.)
‎‎________________________________________ da

‎‎(nomzodning yashash joyi)

‎‎yashovchi_________________________________ dan

‎‎(nomzodning F.I.Sh.)

ARIZA‎‎

‎‎Menga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni so‘rayman. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash tartibi va moddiy ta’minoti bilan tanishtirildim.

‎‎Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etaman.
Test sinovlarini _______________________________________________________ tilida topshiraman.

(o‘zbek, qoraqalpoq, rus)‎‎

Chet tilidan test sinovlarini (imtihonni)________________________________tili bo‘yicha topshiraman.

‎‎Xizmat zaruratiga ko‘ra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat bo‘yicha menga ma’lum bo‘lgan davlat, harbiy va xizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman. Oilamda o‘zgarishlar bo‘lganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, belgilangan muddatda boshliqlarimga va shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga yozma ravishda xabar beraman.

‎‎
‎‎____________________ ‎‎____________________

(Imzo) ‎‎

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎
‎‎20___ yil “____” _____________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
‎‎_________________________________ ga

‎‎(hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘ining unvoni va F.I.Sh.)

‎‎

‎‎BILDIRGI

‎‎Menga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
‎‎Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etaman.
‎‎Test sinovlarini _______________________________________________________ tilida topshiraman.

(o‘zbek, qoraqalpoq, rus)

‎‎Chet tilidan test sinovlarini (imtihonni)________________________________ tili bo‘yicha topshiraman.
‎‎
‎‎____________________ ‎‎___________________________

‎‎(imzo)

(lavozimi, unvoni va F.I.Sh.)‎‎

‎‎
‎‎20___ yil “____” _____________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎Yakka tartibdagi suhbat
‎VARAQASI

‎‎Nomzodning F.I.Sh:_____________________________________________________________________
Nomzodning oilaviy ahvoli: ______________________________________________________________
‎‎Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Bojxonachi kasbini tanlashining sabablari va asoslari: _________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Nomzodning ta’lim muassasasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasi: ______________________________
‎‎Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi:_____________________________________________
‎‎Nomzod haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: ____________________________________________________
______________________________________________________________________
‎‎
‎‎Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nomzodga batafsil tushunchalar berildi.
‎‎
‎‎_________________________________ ‎‎_____________

‎‎(yakka tartibdagi suhbat o‘tkazgan shaxsning unvoni, lavozimi va F.I.Sh.)

(imzo)‎‎

‎‎20___ yil “____” _____________
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
(6-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Individual-psixologik o‘rganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Metodika nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish maqsadida psixologik test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kirgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish tadbirini kompyuter texnologiyalariga asoslangan maxsus avtomatlashtirilgan dastur yordamida ham o‘tkazish mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun Qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari hududiy bojxona boshqarmasi Kadrlar xizmati boshlig‘ining seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor bo‘lib ketmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
2-bob. Individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish
5. Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin.
6. Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
7. Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish davomida ularga oltita vazifa bo‘yicha bir yuz o‘nta psixologik test beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkurlarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixologik turg‘unligi, samimiyligi;
bojxonachi kasbini tanlashdan maqsadi va bu maqsadning barqarorligi.
9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi vazifalar — o‘ntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning to‘rtta shkalasi — o‘n to‘rttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — o‘n to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi. Bunda har bir to‘g‘ri javobga bir ball qo‘yiladi.
10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar individual-psixologik o‘rganish jarayoniga qo‘yilmaydi. Bunday holatda nomzod uchun dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
11. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodning e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi.
12. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Psixologik test o‘tkazish vaqtida mas’ul shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar varaqasini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar varaqasini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur.
15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod Institutga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
16. Individual-psixologik o‘rganish natijalari bo‘yicha Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan individual-psixologik o‘rganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
17. Individual-psixologik o‘rganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
Individual-psixologik o‘rganish metodikasiga
ILOVA
Nomzodning individual-psixologik o‘rganish natijalari bo‘yicha
QAYDNOMASI
‎‎Nomzod_______________________________________________________________________________
Topshirish joyi: ‎‎ _______________________________________________________________________
‎‎Topshirish sanasi: 20__ yil “___” _______________
Natijalar:
‎‎

1-vazifa‎‏

2-vazifa‎‏ ‎‏3-vazifa
‎‏4-vazifa

5-vazifa‎‎

6-vazifa‎‏

Xulosa‎‏

1‎

2‎

3‎

4‎

0 — 4‎

0 — 4‎

0 — 4‎

0 — 5‎

0 — 4‎

0 — 4‎

0 — 4‎

0 — 4‎

0 — 4‎

Tavsiya etilmaydi‎

5 — 10‎

5 — 10‎

5 — 10‎

6 — 10‎

5 — 14‎

5 — 14‎

5 — 14‎

5 — 14‎

5 — 14‎

Tavsiya etiladi‎

‎‎
Xulosa:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Hududiy boshqarma ishchi guruhi raisi:

_____________(imzo) ‎

__________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎Hududiy boshqarma ishchi guruhi a’zolari:

_____________(imzo)

__________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)‎‎

‎‎_____________(imzo)

‎‎__________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

_____________(imzo)

__________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
(7-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi hududiy boshqarmaning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimlarida kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajarishadi.
O‘g‘il bolalar:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
Qiz bolalar:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
7. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
8. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (turnikda osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
9. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini o‘g‘il bolalar 15,0 soniya ichida, qiz bolalar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
10. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini o‘g‘il bolalar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini qiz bolalar 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
11. Qiz bolalar uchun kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
12. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi.
13. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilingandan so‘ng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
14. Ikkinchi mashqni bajarishda:
qo‘lga tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qo‘llar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
15. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash turlaridan kamida ikkitasini muvaffaqiyatli bajargan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga
ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
QAYDNOMASI
Nomzod _______________________________________________________________________________
Topshirish joyi: _______________________________________________________________________
‎‎Topshirish sanasi: 20__ yil “___” _______________
‎‎Natijalar:
‎‎

T/r‎

Mashqlarning nomi‎‎

Natija‎‎

Xulosa

1.‎

Turnikda tortilish‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

100 metrga yugurish ‎‎ ‎‎

4.‎

3000 metrga yugurish‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

1000 metrga yugurish‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Xulosa: _______________________________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Hududiy boshqarma ishchi guruhi raisi: ‎‎

_____________(imzo)

_________________________________
‎(unvoni va f.i.sh.)

‎‎

Hududiy boshqarma ishchi guruhi a’zolari: ‎‎

_____________(imzo) ‎‎

_________________________________ ‎(unvoni va f.i.sh.) ‎‎

_____________(imzo) ‎‎ ‎‎

_________________________________ ‎(unvoni va f.i.sh.) ‎‎ ‎‎

_____________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

_________________________________ ‎(unvoni va f.i.sh.) ‎‎ ‎‎ ‎‎

_____________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

_________________________________ ‎(unvoni va f.i.sh.) ‎‎ ‎‎ ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
(8-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎__________________________________

‎‎(hududiy boshqarma boshlig‘ining unvoni,
‎F.I.Sh. va imzosi)

20 ___ yil “_____”________________

‎‎

‎‎Nomzodni Bojxona institutiga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarida ishtirok etishga yuborish to‘g‘risida

XULOSA‎‎

‎‎Nomzod ____________________________________________________________________________ ni
‎‎Bojxona institutiga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish to‘g‘risida.
‎‎1. Nomzodni dastlabki o‘rganish natijalari:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎2. Maxsus tekshirish natijalari:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎3. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi:
‎‎______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
4. Nomzodni o‘rganish natijalari bo‘yicha xulosa:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎
‎‎___________________________ ‎‎___________________________

‎‎(mas’ul shaxsning lavozimi va unvoni)

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎___________________________ ___________________________

(mas’ul shaxsning lavozimi va unvoni)‎‎

‎(F.I.Sh)‎‎

‎‎___________________________

___________________________

‎‎(mas’ul shaxsning lavozimi va unvoni)

‎(F.I.Sh)‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎20 ___ yil “_____”________________

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
(9-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Nomzod haqida qisqacha
ma’lumotnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: (*) o‘zbekcha, ruscha; (**) bojxona ishi / yurisprudensiya
(***) nomzod tanlagan chet tili.
Eslatma: ushbu ma’lumotlar jadvali shaxsan nomzod tomonidan to‘ldirilib, ularning haqqoniyligi shaxsiy imzo bilan tasdiqlanishi lozim.
‎‎Nomzod _____________________________ ‎‎____________________

‎‎(F.I.Sh.)

(imzo)‎‎

‎‎Kadrlar xizmati _____________________________ ‎‎____________________

(unvoni, F.I.Sh)‎‎

(imzo)‎‎

Kadrlar xizmati muhri‎‎

(9-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
(10-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Psixofiziologik o‘rganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish ularga psixologik topshiriqlar berish orqali aniqlanadi.
2. Nomzodlarga psixofiziologik o‘rganish o‘tkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik o‘rganish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
3. Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar varaqasi Qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda ko‘paytiriladi.
Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar varaqasi kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi. Kichik komissiya raisi psixologik topshiriqlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
2-bob. Psixofiziologik o‘rganishni o‘tkazish va natijalarni baholash
4. Psixofiziologik o‘rganish davomida nomzodlarga 3 ta psixologik topshiriq beriladi.
5. Psixofiziologik o‘rganishda quyidagilar taqiqlanadi:
nomzodga topshiriq mazmuniga muvofiq bo‘lmagan tushuntirishlar yoki javobga yo‘naltirilgan savollar berish;
topshiriqlarni bajarish vaqtida nomzodni tanqid qilish, unga tanbeh berish.
6. Psixofiziologik o‘rganishni o‘tkazishda topshiriqlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar aniq yetkazilishi hamda o‘rganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi bo‘lgandagina o‘tkazilishi lozim.
7. Psixofiziologik o‘rganish maxsus jihozlangan xonada o‘tkaziladi.
8. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sun’iy yoritilgan bo‘lishi;
shovqindan himoyalangan bo‘lishi;
nomzodlarga ajratilgan joylar qulay va raqamlangan bo‘lishi;
zarur namoyish jadvallari, plakatlar va matritsalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
9. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
10. Kichik komissiya raisi nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini shaxsan tekshirib, ularni raqamlangan joylarga o‘tqizadi.
11. Psixofiziologik o‘rganish boshlanishidan oldin o‘zini yomon his qilayotgan yoki sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
12. Psixofiziologik o‘rganish vaqtida uni o‘tkazayotgan mas’ul shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar varaqasini psixofiziologik o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislar javoblar varaqasini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berilishi zarur.
14. Nomzodlarning psixofiziologik o‘rganish natijalari “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
nomzod psixologik topshiriqlarning barchasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 5 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning ikkitasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 4 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning bittasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 3 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning birortasini to‘g‘ri bajarmagan taqdirda — 0 ball qo‘yiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Psixofiziologik o‘rganish natijalari bo‘yicha nomzodlar uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
16. Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish tadbirlari kompyuter texnologiyalariga asoslangan maxsus avtomatlashtirilgan dastur yordamida ham o‘tkazilishi mumkin.
Psixofiziologik o‘rganish metodikasiga
ILOVA
Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish natijalari
QAYDNOMASI
Hududiy bojxona boshqarmasi: ____________________________________________________________‎‎

(nomi)‎‎

‎‎Topshirish joyi: _______________________________________________________________________
‎‎Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish o‘tkazilgan sana: 20___ yil “___” __________________________.
‎‎

T/r‎

Nomzodning F.I.Sh.

Tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili

To‘g‘ri javoblar soni‎

Noto‘g‘ri javoblar soni

To‘plagan bali ‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Nomzodlarning umumiy soni_________
‎‎Shu jumladan ko‘rsatkichlari bo‘yicha soni:
‎‎“5” ball ___________________________
‎‎“4” ball ___________________________
‎‎“3” ball ___________________________
“0” ball ___________________________‎‎
‎‎
‎‎Psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisi:

‎‎________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Kichik komissiya a’zolari:

‎‎________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

‎‎________________(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
(11-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Yozma ish (diktant) o‘tkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yozma ish (diktant) yozdirish yo‘li bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash amalga oshiriladi.
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda ko‘paytiriladi.
3. Yozma ish (diktant)larning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
5. Nomzodlarga yozma ish (diktant)ni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Yozma ish (diktant) qanday baholanishidan qat’i nazar, nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yiladi.
6. Yozma ish (diktant)lar tekshirib chiqilgandan so‘ng, natijalari bo‘yicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
7. Yozma ish (diktant) o‘tkaziladigan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
2-bob. Yozma ish (diktant)ga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yozma ish (diktant) uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki professional ta’limi fan dasturlari doirasida o‘tilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
9. Yozma ish (diktant) matnining hajmi 170 — 200 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni to‘liq o‘qib eshittiriladi.
Yozma ish (diktant) yozish vaqtida har bir gap o‘qib eshittirilgandan so‘ng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib bo‘lingandan so‘ng, gap yana bir bor o‘qib eshittiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Diktant matnini o‘qib eshittirishda audiomatndan foydalanish mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 5 ball qo‘yiladi;
ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 4 ball qo‘yiladi, xatolar nisbati o‘zgarganda, ularning umumiy miqdori to‘rttadan oshmasligi kerak;
to‘rttagacha orfografik va to‘rttagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 3 ball qo‘yiladi, xatolar nisbati o‘zgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak;
yettitagacha orfografik va yettitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 2 ball;
to‘qqiztagacha orfografik va to‘qqiztagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 1 ball;
o‘nta va undan ortiq orfografik va o‘nta va undan ortiq punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 0 ball qo‘yiladi.
12. Quyidagi mezonlar mavjud bo‘lganda xatolar, ularning sonidan qat’i nazar, bitta xato deb topiladi:
beshta so‘zda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa;
kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
qaratqich belgisi uchtagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa.
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq so‘zi barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan, biroq bitta o‘rinda noto‘g‘ri yozilgan yoki 1441 o‘rniga 1941 yozilgan bo‘lsa);
takroriy xatolar (masalan, qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa);
so‘z ko‘chirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Tekshirilgan har bir yozma ish (diktant)ga Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan a’zosi tomonidan imzo qo‘yiladi. Bunda kichik komissiya a’zolari o‘zlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi.
16. Yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning yozma ish (diktant)lari kichik komissiya raisi tomonidan Qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
Yozma ish (diktant) o‘tkazish metodikasiga
ILOVA
Nomzodlarning yozma ish (diktant) natijalari
QAYDNOMASI
Hududiy bojxona boshqarmasi: ____________________________________________________________‎‎

‎‎( nomi )

‎‎Topshirish joyi: _______________________________________________________________________
‎‎Nomzodlarga yozma ish (diktant) o‘tkazilgan sana: 20___ yil “___” _____________
‎‎

T/r ‎

Nomzodning F.I.Sh. ‎‎

Tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili‎‎

To‘plagan bali ‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Nomzodlarning umumiy soni_________
Shu jumladan ko‘rsatkichlari bo‘yicha soni:‎‎
‎‎“5” ball ___________________________
“4” ball ___________________________‎‎
“3” ball ___________________________‎‎
“0” ball ___________________________‎‎
‎‎
‎‎Yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya raisi:

‎‎________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎
Kichik komissiya a’zolari:‎‎

‎‎________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

‎‎________________(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

‎‎________________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

‎‎________________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
(12-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yo‘li bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
3. Test savollari, ularning javoblari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish kichik komissiyasi tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
2-bob. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish
5. Nomzodga yigirmata test savoli va ularni yechish uchun o‘ttiz daqiqa vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki professional ta’limi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
8. Test savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha;
idora dasturiy ilovalari (Microsoft Office dasturi) bo‘yicha;
internet tarmog‘ida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish bo‘yicha.
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:
17 — 20 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 5 ball;
13 — 16 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 4 ball;
9 — 12 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 3 ball;
5 — 8 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 2 ball;
1 — 4 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham to‘g‘ri javob berilmagan bo‘lsa — 0 ball qo‘yiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijalari bo‘yicha qaydnoma mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
Nomzodlarning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasiga
ILOVA
Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish bo‘yicha test natijalari
QAYDNOMASI
Hududiy bojxona boshqarmasi: ____________________________________________________________‎‎

(nomi)‎‎

‎‎Topshirish joyi: _______________________________________________________________________
‎‎Nomzodlarga test o‘tkazilgan sana: 20___ yil “___” __________________________.
‎‎

T/r‎

Nomzodning F.I.Sh.

Tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili

To‘g‘ri javoblar soni‎

Noto‘g‘ri javoblar soni

To‘plagan bali ‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Nomzodlarning umumiy soni_________
‎‎Shu jumladan ko‘rsatkichlari bo‘yicha soni:
‎‎“5” ball ___________________________
‎‎“4” ball ___________________________
‎‎“3” ball ___________________________
“0” ball ___________________________‎‎
‎‎
‎‎Test sinovini o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya raisi:

‎‎________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Kichik komissiya a’zolari:

‎‎________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

‎‎________________(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
13-ILOVA
(13-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Qabul komissiyasi tomonidan sog‘ligining holatiga ko‘ra, Institutda o‘qishga yaroqli deb topilgan nomzodlar uchun maxsus kasbiy tanlov oxirida yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkaziladi.
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga o‘qishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika bo‘yicha psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijalari asosida o‘tkaziladi.
3. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish bo‘yicha asosiy tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning umumiy yo‘nalishlari va qabulga oid boshqa zarur ma’lumotlar maxsus kasbiy tanlov tadbirlari boshlanishidan oldin Qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar to‘plami umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional ta’limi fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq holda qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqilib, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
5. Savollar nomzodning o‘qishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim fazilatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
6. Savollar ro‘yxati Qabul komissiyasi mas’ul kotibining seyfida saqlanadi. Mas’ul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
2-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish
7. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip bo‘yicha, Qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
8. Nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
9. Qabul komissiyasi a’zolariga mas’ul kotib tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tkazilayotgan nomzod haqidagi barcha ma’lumot (hujjatlarni rasmiylashtirgan hududiy bojxona boshqarmasi, tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili, sog‘ligining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqliligi, psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi natijalari)lar taqdim etiladi.
10. Qabul komissiya a’zolari nomzod haqidagi umumiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, unga og‘zaki tarzda 3 ta savol beradi.
11. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan so‘ng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
12. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qo‘yiladi.
13. Nomzodning berilgan savollarga javobi eshitilgandan so‘ng, komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ushbu ballarning o‘rta arifmetigi nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan olgan bahosi hisoblanadi.
Maxsus kasbiy tanlovning barcha turdagi tadbir (diktant, psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi, yakka tartibdagi suhbat natijasi)lari bo‘yicha nomzod to‘plagan ballarning o‘rta arifmetik miqdori uning uchun yakuniy ball hisoblanadi.
14. Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari bo‘yicha yakuniy ball shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi va mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha o‘rtacha uch va undan yuqori yakuniy ball to‘plagan nomzodlarga Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat beriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Nomzodni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat yoki ruxsat bermaslik to‘g‘risidagi qaror qaydnomaga yozib qo‘yiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
17. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasiga
ILOVA
Maxsus kasbiy tanlov natijalari
QAYDNOMASI
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎Hududiy bojxona boshqarmasi:__________________________________________________________________________________________
‎‎Topshirish sanasi: 20___ yil “___” ________________
‎‎

T/r ‎

‎‎Nomzodning F.I.Sh

Tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili BI / yurisprudensiya o‘zbek/rus

Tibbiy ko‘rik natijasi (institutda o‘qishga yaroqli yoki yaroqsiz)

Psixofi- ziologik o‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball

Yozma ish (diktant) natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball

Komp. texn va axb-kom. texnologiyalari bo‘yicha bilimiga qo‘yilgan ball ‎‎

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball

‎‎O‘rtacha arifmetik ball

‎‎Qabul qilingan qaror: test sinovlarini topshirishga (ruxsat/ ruxsat emas)‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎

‎‎Tavsiya etilgan jami ______ nafar nomzodlardan______nafariga Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat etildi.

Komissiya raisi:

______________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎Qabul komissiyasi a’zolari:

______________________(imzo)

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.)

______________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.)

______________________(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:

______________________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
14-ILOVA
(14-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihonni baholash
MEZONLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Imtihon test sinovlari majmuasida chet tili fanining egallagan o‘rnini hisobga olgan holda maksimal 63 ballgacha bo‘lgan yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
2. Imtihonda tegishli chet tili bo‘yicha nomzodning matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
2-bob. Baholash mezonlari
3. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar bo‘yicha baholanadi.
4. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihonda, nomzodning chet tilida matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tili fani bo‘yicha:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 63 ball qo‘yiladi:
matnni o‘qishda xato qilmasa — 15,5 ball;
matnni to‘liq (100 foiz) tarjima qilsa — 11,6 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini to‘liq gapirib bersa — 11,6 ball;
berilgan mavzuni to‘liq bilsa — 2,5 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 5 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani to‘liq tahlil qilsa — 4,2 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda ikkitagacha grammatik, ikkitagacha leksik xato qilsa — 4,2 ball;
talaffuz qilishda ikkitagacha fonetik xato qilsa — 4,2 ball;
yozganda ikkitagacha orfografik xato qilsa — 4,2 ball qo‘yiladi;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 43 ball qo‘yiladi:
matndagi ikkitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 11,6 ball;
matnning 90 foizini tarjima qilsa — 9,9 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 6,6 ball;
berilgan mavzuni chala bilsa — 1,6 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 2,5 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani chala tahlil qilsa — 2,5 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘rttagacha grammatik, to‘rttagacha leksik xato qilsa — 3,3 ball;
talaffuz qilishda to‘rttagacha fonetik xato qilsa — 2,5 ball;
yozganda to‘rttagacha orfografik xato qilsa — 2,5 ball qo‘yiladi;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 26 ball qo‘yiladi:
matndagi beshtagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 8,4 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 7,4 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 3,4 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda oltitagacha grammatik, oltitagacha leksik xato qilsa — 3,4 ball;
talaffuz qilishda oltitagacha fonetik xato qilsa — 1,7 ball;
yozganda oltitagacha orfografik xato qilsa — 1,7 ball;
berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qo‘yiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 13 ball qo‘yiladi:
matndagi yettitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 4,9 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 4,9 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda sakkiztagacha grammatik, sakkiztagacha leksik xato qilsa — 1,6 ball;
talaffuz qilishda sakkiztagacha fonetik xato qilsa — 0,8 ball;
yozganda sakkiztagacha orfografik xato qilsa — 0,8 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qo‘yiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 3 ball qo‘yiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 3 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq so‘zni o‘qishda xato qilsa yoki umuman o‘qiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘qqiz va undan ortiq grammatik, to‘qqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda to‘qqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda to‘qqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qo‘yiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qo‘yiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq so‘zni o‘qishda xato qilsa yoki umuman o‘qiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘qqiz va undan ortiq grammatik, to‘qqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda to‘qqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda to‘qqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qo‘yiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
7. Nomzodning javoblari qabul qilingandan so‘ng, komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari bo‘yicha mazkur Mezonlarning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi.
8. Qo‘yilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning o‘rtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Natijalar shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi.
Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihonni baholash mezonlariga
ILOVA
Chet tilidan imtihon natijalari bo‘yicha
QAYDNOMA
‎‎Nomzod ______________________________________________________________________________.

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎Topshirish joyi: _______________________________________________________________________.
‎‎Topshirish sanasi: 20__ yil “___” ____________.
Imtihon topshirilgan til: ___________________.‎‎
‎‎Nomzodga qo‘yilgan ball _____________________.
‎‎
Imtihon komissiyasi raisi:‎‎

________________(imzo)

‎‎_________________________________
‎(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎
Kichik komissiya a’zolari:

________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

________________(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

________________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

________________(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎_________________________________ ‎(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
15-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎_______________________________
‎‎_______________________________
‎‎_______________________________

‎‎(qabul komissiyasi raisining unvoni,
‎F.I.Sh. va imzosi)

20 ___ yil “_____”__________________‎‎
‎‎

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA QO‘MITASI
‎BOJXONA INSTITUTI
‎ qabul komissiyasi yig‘ilishining ____-son
‎BAYONNOMASI ‎‎

‎‎
‎‎20__ yil “___”__________

‎‎______________________________________(yig‘ilish o‘tkazilgan hudud nomi)

‎‎Raislik qiluvchi:

______________________________________(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.Sh.)

‎‎Qatnashganlar:

‎‎______________________________________
‎(qabul komissiyasi a’zolari)

‎‎______________________________________
(qabul komissiyasi a’zolari)

KUN TARTIBI: ‎‎

‎‎(nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida)

‎‎

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti qabul komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalarini ko‘rib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan qaror qiladi:

‎‎__________________________ mutaxassisligi bo‘yicha tanlov natijalari:
‎‎

T/r‎

Nomzodning F.I.Sh.‎‎

Nomzodning maxsus kodi‎‎

Test sinovlarida to‘plagan bali‎‎

Imtiyoz‎

Umumiy ball‎

O‘qishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎

...‎

‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Qabul komissiya raisi:

‎‎______________________(imzo)

‎‎______________________________(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎Qa?ul komissiyasi a’zolari:

‎‎______________________(imzo) ‎‎

‎‎______________________________(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎______________________(imzo) ‎‎

‎‎‎‎______________________________(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:

‎‎______________________(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎______________________________(unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

(15-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
16-ILOVA
(16-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)

‎‎Maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha

QAYDNOMA

‎‎
Nomzod ______________________________________________________________________________‎‎

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎Hududiy bojxona boshqarmasi: ____________________________________________________________

‎‎‎(boshqarmaning nomi)

‎‎Tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili __________________________________________________________

‎‎(bojxona ishi / bojxona huquqi , rus / o‘zbek)

‎‎Topshirish sanasi: 20___ yil “___” _________________
‎‎

Psixofiziologik o‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball ‎‎

Yozma ish (diktant) natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball‎‎

Kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi bo‘yicha qo‘yilgan ball ‎‎

O‘rtacha arifmetik ball

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Qabul qilingan qaror: Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat ________________________________________________________________________________
‎‎
‎‎Komissiya raisi:

‎‎_________________________(imzo)

‎‎_________________________(unvoni va F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Qabul komissiyasi mas’ul kotibi:

‎‎_________________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________(unvoni va F.I.Sh.)

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) magistratura bosqichiga tinglovchilarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Institut magistraturasiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Bojxona qo‘mitasi) raisining Institutga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va yurisprudensiya (shu jumladan bojxona ishi va bojxona huquqi mutaxassisligi) ta’lim yo‘nalishlarini, shuningdek, magistraturaga qabul bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bojxona organlari xodimlari magistraturaga tanlov asosida qabul qilinadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy Bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan kursantlar bakalavriatni tamomlagach, kamida ikki yil bojxona organlarida xizmatni o‘taganidan so‘ng, besh yil mobaynida mutaxassisligi bo‘yicha Bojxona institutining magistraturasiga umumiy qabul kvota doirasida kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
4. Institut magistraturasiga tanlov va o‘qishga qabul qilish teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida ikki bosqichda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
kasbiy tanlov.
Ushbu tadbirlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Dastlabki tanlov qabul yilining 1-maydan 30-iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida (keyingi o‘rinlarda hududiy bojxona boshqarmalari deb ataladi) har o‘quv yili uchun magistraturada o‘qish istagini bildirgan nomzodlar ro‘yxati tuziladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Nomzodlarning xizmat faoliyatlari o‘rganib chiqilib, ularning magistraturada o‘qishga layoqatliligi, shuningdek soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga qobiliyati hududiy boshqarmalarning Attestatsiya komissiyalarida ko‘rib chiqiladi. Komissiya tomonidan nomzod magistraturada o‘qishga munosib deb topilganda, uning tegishli hujjatlari Institutga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nomzodlar bo‘yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
bildirgi (mutaxassislik yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda);
hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘ining nomzodga bergan tavsifnomasi (Bojxona qo‘mitasining raisi o‘rinbosarining Bojxona qo‘mitasining markaziy apparati xodimiga bergan tavsifnomasi);
xodimning ma’lumotnoma-so‘rovnomasi;
xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha kamida V2 darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi;
Nomzodlarning pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari va fotosurati, xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha kamida V2 darajadagi milliy sertifikati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
Bunda nomzodlar tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha taqdim etiladigan sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan bu turdagi sertifikatlarga qo‘yilgan talablarga mos bo‘lishi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
7. Nomzodlarning tegishli hujjatlari qabul yilining 5-iyul kuniga qadar Institut qabul komissiyasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning intellektual salohiyati, bojxona sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini xolisona baholashdan iboratdir.
Kasbiy tanlov qabul yilining 10-iyulidan 25-iyuligacha bo‘lgan muddatda mutaxassislik fanlari bo‘yicha yozma imtihon (kamida 2 ta fandan) shaklda o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)/23/560/0796-son)
9. Institut magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi. Nomzodning magistraturaga kirish to‘g‘risidagi bildirgisida imtihonni qaysi tilda topshirish ko‘rsatilishi lozim.
10. Magistraturaga kirish imtihonlari mutaxassisliklar bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mutaxassislik fanlaridan imtihonlar o‘tkazish jadvallari Institut boshlig‘i buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ushbu buyruqqa imtihonga kiruvchi nomzodlar ro‘yxati ilova qilinadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Yozma imtihonlar o‘tkazish jadvallari ushbu tadbirlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin nomzodlarga tegishli tartibda yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Institut magistraturasiga qabul qilingan xodimlar Institut tinglovchisi hisoblanadi. Magistraturada o‘qish davrida tinglovchilarning oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
13. Institut magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida, har o‘quv yili uchun Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Institut magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.
14. Qabul komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadi.
15. Qabul komissiyasiga Institut boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Institut xodimlari tarkibidan shakllantiriladi.
Qabul komissiyasi:
kasbiy tanlov o‘tkazish tadbirlarini tashkil qiladi;
kasbiy tanlov bo‘yicha imtihonlar savollari, qaydnomalar va boshqa materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi.
16. Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 1-iyulidan 30-avgustiga qadar olib boradi.
17. Qabul komissiyasi tarkibida kasbiy tanlovni o‘tkazuvchi komissiya (imtihon komissiyasi, maxsus komissiya)lar tuzilishi mumkin. Ushbu komissiyalar tarkibiga Davlat bojxona qo‘mitasi va Institutning yetakchi mutaxassis xodimlari, shuningdek respublika oliy o‘quv yurtlarining mutaxassislari kiritilishi mumkin.
2-bob. Institut magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish
18. Institut magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tegishli tartibda e’lon qilinadi. E’londa tanlovni o‘tkazish muddatlari, o‘tkazish joyi, o‘qishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
19. Institut magistraturasiga o‘qishga kirish istagini bildirgan Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati xodimi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi nomiga, hududiy bojxona bojxona boshqarmasi xodimi hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasi va Institut boshlig‘i nomiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Bildirgilar qabul yilining 1-mayidan 30-mayiga qadar qabul qilinadi. Bildirgiga mazkur Nizomning 107-bandida nazarda tutilgan hujjatlar nusxasi ilova qilinadi (mavjud bo‘lsa).
3-bob. Dastlabki tanlov
20. Dastlabki tanlov doirasida Institut magistraturasiga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlarning nazariy bilim va amaliy salohiyatlari hamda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan qobiliyat va ko‘nikmalariga ega ekanliklari aniqlanadi.
21. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodning ma’naviy-axloqiy xislatlarini va kasbiy malakasini, egallab turgan lavozimidagi erishgan yutuqlarini baholash;
nomzodning faol fuqarolik pozitsiyasi va respublikada o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoqarashlarini aniqlash;
nomzodning kelgusida bojxona sohasida ilmiy, ilmiy-pedagogik faoliyatni davom ettira olishiga yoki tanlagan sohaviy yo‘nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib chiqishiga baho berish;
nomzodning kasbiy tanlovda ishtirok etish masalasini kollegial tarzda hal qilish.
22. Dastlabki tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
23. Dastlabki tanlov hududiy bojxona boshqarmalarning Attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Attestatsiya komissiyalari tomonidan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzod “kasbiy tanlovda ishtirok etishga tavsiya etiladi”;
nomzod “kasbiy tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilmaydi”.
4-bob. Yozma imtihonlarni o‘tkazish tartibi
24. Yozma imtihonlarni ushbu Nizomga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish va o‘tkazish mas’uliyati Qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotib, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari, imtihon komissiyasi va maxsus komissiya a’zolariga yuklanadi.
25. Yozma imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida amalga oshiriladi.
26. Yozma imtihonlarni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar Qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
yozma imtihon o‘tkazish jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
yozma imtihon o‘tkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlash;
yozma imtihonni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek, yozma imtihon natijalari to‘g‘risida ularga to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish.
27. Yozma imtihonni o‘tkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yozma imtihon tugagach 1 soat ichida videotasvirlar Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi. Videotasvirdan nusxa ko‘chirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yozma imtihon olinadigan fanlar dasturi, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin Bojxona qo‘mitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi orqali belgilangan tartibda nomzodlarga yetkaziladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
29. Yozma imtihonlar o‘tkazilishiga qadar Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan fanlardan konsultatsiyalar tashkil etiladi.
30. Yozma imtihon, qoida tariqasida, Institutga tegishli binolarda o‘tkaziladi.
Yozma imtihon o‘tkaziladigan binolar va auditoriyalarni tayyorlash bo‘yicha javobgarlik mas’ul kotib zimmasiga yuklanadi.
31. Qabul komissiyasi yozma imtihon o‘tkaziladigan kunda soat 7:00 gacha nazoratdan o‘tish joylari xizmatchilariga Institut boshlig‘i tasdiqlagan bino hududiga kirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatini topshiradi.
Imtihon o‘tkaziladigan binoga kirish eshigi oldida nomzodlarni tartibli va o‘z vaqtida binoga kiritish uchun nazorat-ruxsat punktlari tashkil etilishi lozim.
32. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan binoda imtihon materiallarini tarqatish va yig‘ib olish uchun imtihon vaqtida ushbu materiallarni saqlash uchun seyflar bilan jihozlangan maxsus xona (keyingi o‘rinlarda Shtab deb ataladi) tayyorlanishi lozim.
33. Yozma imtihon o‘tkaziladigan binoda uni o‘tkazish uchun sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak.
34. Auditoriyalarni tayyorlashda yorug‘lik tushishi, shamollatish, nomzodlarni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
35. Har bir auditoriya kamida 15 nafar nomzodni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Barcha auditoriyalardagi o‘rinlar raqamlangan bo‘lishi lozim.
36. Auditoriyalarning eshiklarida nomzodlar joylashtiriladigan guruh mutaxassisligi shifri va mutaxassislik nomi yozilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishi lozim.
37. Har bir auditoriya soat, bo‘r yoki marker, doska va yelim bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
38. Auditoriyalarda yozma imtihonlar o‘tkaziladigan fanlarga taalluqli bo‘lgan ko‘rgazmali vositalar bo‘lmasligi lozim.
39. Yozma imtihon o‘tkaziladigan binolarda imtihon jarayonida foydalanilmaydigan, shu jumladan nusxa ko‘chirish va turli aloqa vositalari mavjud xonalar, shuningdek qavatlarning kirish-chiqish eshiklari 1 kun oldin mas’ul kotib tomonidan qulflanib muhrlanishi lozim.
40. Yozma imtihon o‘tkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yo‘lak va shunga o‘xshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi.
41. Har 15 kishilik guruhga bir nafardan auditoriya rahbari va kuzatuvchisi biriktiriladi.
Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida qabul jarayoniga Institutning shahodatlangan xodimlari jalb qilinishlari mumkin.
5-bob. Yozma imtihonlar savollarini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
42. Magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha yozma imtihon savollari har bir mutaxassislik bo‘yicha ekspertlar guruhi tomonidan tuziladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida e’tibor qaratiladi:
savollar nomzodlarda tahliliy fikrlash darajasini, bojxonaga oid iqtisodiy-huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek, qo‘yilgan muammolar bo‘yicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim;
savollar tegishli fan o‘quv dasturiga, shuningdek, tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi lozim;
savollar mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi lozim;
savollar lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi lozim;
savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek, ular qonunchilik hujjatlarida va fanda qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llanilishi lozim;
savollar umumiy qabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq adabiy tilda va iqtisodiy hamda yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
44. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni bo‘yicha mas’uliyat ekspert guruhi a’zolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatini Qabul komissiyasi raisi boshqaradi.
45. Ekspert guruhi tomonidan tuzilgan yozma imtihon savollari Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va imtihon biletlari shakllantirilguniga qadar unda saqlanadi.
46. Tuzilgan savollar yozma imtihon o‘tkazilishidan bir kun oldin yozma imtihon biletlarini shakllantirish uchun mas’ul kotibga topshiriladi.
Har bir bilet:
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir bilet 3 ta savoldan (ikkita nazariy va bitta amaliy) iborat bo‘lishi lozim;
(46-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
chet tili fani bo‘yicha uchta vazifadan (o‘qish darajasini aniqlash; yozma nutq ko‘nikmalarini aniqlash; gapirish ko‘nikmalarini aniqlash) iborat bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
48. Shakllantirilgan imtihon biletlari konvertlarga solinadi, ular o‘z navbatida tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinadi. Konvertlar va paketlar Qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi va shtabda saqlanadi.
6-bob. Yozma imtihonlarni o‘tkazishda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning vazifalari
49. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan kuni auditoriyalar rahbarlari va kuzatuvchilari biriktirilgan binoga soat 7:30 dan kechikmasdan yetib kelishlari shart.
50. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan yozma imtihon o‘tkaziladigan binoga aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, shpargalka va shu kabilarni olib kirish taqiqlanadi.
51. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan kuni Shtabda soat 7:30 dan 7:50 gacha auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari auditoriyalarga taqsimlanadi. Ular biriktirilgan auditoriyalarga borishadi hamda o‘zlarining ismi, otasining ismi va familiyalarini doskaga yozib qo‘yadilar.
52. Kuzatuvchilar soat 7:50 dan 8:00 gacha auditoriyaning imtihonga tayyorlik holatini tekshiradi, imtihon jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Shuningdek, kuzatuvchilar auditoriyadagi o‘rindiqlarning to‘g‘ri raqamlanganini ham tekshiradi.
53. Auditoriya rahbari soat 8:00 dan 8:15 gacha Shtabda imtihon komissiyasi raisidan nomzodlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini qabul qilib oladi, imtihon biletlari bo‘lgan paketlarning muhri buzilmaganligini tekshiradi va imtihon komissiyasi a’zolaridan birining ishtirokida auditoriyaga olib keladi.
54. Kuzatuvchilar soat 8:30 gacha auditoriya rahbaridan guruh bo‘yicha ro‘yxatni oladi, shuningdek, nomzodlarni guruhlar ro‘yxati asosida pasporti (xizmat guvohnomasi) bilan tekshirib, auditoriyaga kiritadi. Nomzodlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan raqamli joyga borib o‘tiradi.
Yozma imtihonga kelmagan nomzodlarning o‘rni yozma imtihon o‘tkazish jarayonida bo‘sh qoldiriladi.
55. Kuzatuvchilar ikki nafar nomzod guvohligida imtihon biletlari solingan paketlar muhrlanganiga ishonch hosil qilgach, konvertlarni ochadi.
Kuzatuvchilar nomzodlarga qat’iy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan yozma ish yoziladigan daftarlarni tartib bilan tarqatadilar.
Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda Qabul komissiyasi raisida saqlanadigan muhr va mas’ul kotib imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
56. Auditoriya rahbari nomzodlarga daftar muqovasida o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini ko‘rsatishi, daftar varaqlarini bukmaslik, farq qiluvchi belgilar qo‘ymaslik, yozuvlar tagiga chizmaslik, javoblarni belgilashda ko‘k havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanmaslik haqida tushuntirish berishi, shuningdek, ushbu talablarni buzish yozma imtihon o‘tkazish talablarini buzish deb hisoblanishi haqida nomzodlarni ogohlantirishi lozim.
57. Kuzatuvchi soat 9:00 gacha nomzodlarni ro‘yxat bo‘yicha oldiga chaqirib ularga imtihon biletlarini tarqatadi va ularning tartib raqamini ko‘rsatgan holda bilet va daftarlarni qabul qilib olganligi to‘g‘risida qaydnomaga imzo qo‘yishini ta’minlaydi.
Yozma imtihonlarga kelmagan nomzodlar haqida guruh ro‘yxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
58. Auditoriya rahbari soat 9:00 da yozma imtihon boshlanganligini e’lon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi.
59. Auditoriya rahbari soat 11:00 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qiladi va kuzatuvchiga daftarlarni javobi bilan yig‘ib olish bo‘yicha ko‘rsatma beradi.
Daftarlar yig‘ib olingandan so‘ng auditoriya rahbari daftarlarning ushbu Nizom 56-bandida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirib, nomzodlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi.
60. Barcha daftarlar, shu jumladan imtihon o‘tkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi.
61. Auditoriya rahbari soat 11:15 dan kechikmay barcha qutilarni imtihon komissiyasi raisiga topshiradi hamda u ushbu qutilarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, tegishli joyiga imzo qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
7-bob. Yozma va og‘zaki imtihon jarayonini tashkil etish
66. Nomzodlar yozma imtihon o‘tkaziladigan binoga pasporti (xizmat guvohnomasi) bilan tegishli tartibda kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi.
Nomzodlar auditoriyalarga mutaxassisliklariga qarab joylashtiriladi.
67. Yozma imtihon soat 9:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.
68. Nomzodlar yozma imtihon o‘tkaziladigan binoga soat 8:00 gacha, auditoriyaga soat 8:30 gacha kiritiladi. Soat 8:30 dan keyin nomzodlar auditoriyaga kiritilmaydi.
69. Yozma imtihonga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha imtihonlar o‘tkazilmaydi.
70. Yozma imtihon boshlanganidan keyin nomzodlar bilan imtihon biletlari yuzasidan suhbatlashish taqiqlanadi.
71. Imtihon biletlariga javoblar daftarga ko‘k havorang sharikli ruchkada tushunarli qilib yozilishi lozim.
72. Nomzodlarga so‘zlarni qisqartirib yozish, so‘zlarning osti yoki ustiga chizish, daftarga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qo‘yish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlarni yozish, yozma imtihon materiallarini bir-biriga uzatish, boshqalarga yordam berish taqiqlanadi.
Imtihon jarayoniga nomzodlar tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
73. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lug‘at, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini auditoriya tashqarisiga olib chiqqan nomzod yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
74. Yozma imtihon davomida nomzodlarga auditoriyadan chiqish taqiqlanadi. O‘zboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
75. Yozma imtihon o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzodlar yozma imtihondan chetlashtiriladi, yozma imtihondan chetlashtirish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasida berilgan shaklga muvofiq auditoriya rahbari va kuzatuvchi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
76. Yozma imtihondan chetlashtirilgan nomzodlarning yozma ishlari baholanmaydi va bunday nomzodlar yozma imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
77. Auditoriya rahbari tomonidan yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganligi e’lon qilinganda nomzodlar imtihon materiallarini topshiradilar. Nomzodlar belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatganda ushbu Nizomning 56-bandida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin imtihon materiallarini topshirishlari mumkin.
78. Imtihon komissiyasi raisi imtihon yakunlangach daftarlar solingan qutilarni auditoriya rahbarlaridan qabul qilib oladi, daftarlarning muqovasi va birinchi varag‘iga maxsus shifrlar qo‘yib, daftar muqovasini ajratib oladi va ushbu Nizomning 7-ilovasi shaklida yozma imtihonlar qaydnomasining 2 va 3-ustunlarini to‘ldirib yozma imtihon olish bo‘yicha maxsus komissiyasi raisiga topshiradi.
Qo‘yilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun imtihon komissiyasi raisi shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
8-bob. Yozma imtihon javoblarini tekshirish va baholash
81. Maxsus komissiya yozma imtihonlar o‘tkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Maxsus komissiya raisi Institut boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan, maxsus komissiyaning boshqa a’zolari esa Institut boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi. Maxsus komissiya a’zolarining soni har bir mutaxassislik bo‘yicha nomzodlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda Institut boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Lozim bo‘lganda maxsus komissiya tarkibiga Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa oliy ta’lim muassasalari yoki idoralardan mutaxassislar taklif qilinadi.
82. Maxsus komissiya a’zolari yozma imtihon o‘tkaziladigan kuni soat 10:00 dan kechikmay o‘z pasport (xizmat guvohnoma)lari bilan tegishli mutaxassislik bo‘yicha yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatish tizimi bilan jihozlangan xonaga kelishlari lozim.
83. Maxsus komissiya a’zolari tomonidan yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
84. Maxsus komissiya raisi maxsus shifrlangan muqovasiz daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiya raisidan qabul qilib oladi hamda maxsus komissiya a’zolari ishtirokida ochadi va daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki nomzodning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud bo‘lgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi. Bunday ishlar tekshirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
85. Maxsus komissiya raisi tekshirish va baholarni qo‘yish maqsadida imtihon natijalari yozilgan daftarlarni bojxona ishi va yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan komissiya a’zolariga taqsimlab beradi hamda ular tomonidan imtixon natijalari tekshiriladi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Yozma javoblar maxsus komissiya a’zolari tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovada nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshiriladi va baholanadi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
87. Mutaxassislik fanlardan biletdagi har bir savol yoki vazifaga qo‘yilgan ballar qo‘shiladi va 3ga bo‘linadi, hosil bo‘lgan qiymat yozma imtihondan olingan yakuniy ball hisoblanadi.
88. Mutaxassislik fanlar bo‘yicha yozma imtihon ballari maxsus komissiyalar tomonidan tegishli shifrlar bilan ushbu nizomning 7-ilovasi shaklidagi qaydnomaga kiritiladi. To‘ldirilgan qaydnomalar imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi.
Imtihon komissiyasi raisi ushbu nizomning 7-ilovasi asosida 8-ilova shaklidagi qaydnomani shakllantiradi va uni Qabul komissiyasi raisi yoki mas’ul kotibga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
90. Daftarlar va yozma imtihon natijalari qaydnomalari qutilarga solinadi hamda maxsus komissiya raisi tomonidan imtihon komissiyasi raisiga topshiriladi.
91. Institut magistraturasiga kirish uchun yozma imtihonni qayta o‘tkazish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
92. Yozma imtihon natijalari imtihonlar o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
9-bob. Yozma imtihon natijalari bo‘yicha shikoyat qilish
96. Agar nomzod yozma imtihon natijalariga rozi bo‘lmasa, Qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga shikoyat berish huquqiga ega.
97. Shikoyat qiluvchi nomzodga imtihon bo‘yicha apellyatsiya kuni va vaqti haqida xabarnoma beriladi.
98. Zarur hollarda apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayoniga tegishli masalalar bo‘yicha maxsus komissiya a’zolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilar jalb qilinishi mumkin.
99. Shikoyat tushgan kuni mas’ul kotib tomonidan shikoyat yozgan nomzodning yozma imtihon materiallari apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.
100. Nomzod xabarnomada nazarda tutilgan vaqtda xizmat guvohnomasi bilan yetib kelishi va apellyatsiya komissiyasida shikoyatini ko‘rib chiqishda o‘zining ishtirokini ta’minlashi shart.
101. Shikoyatni ko‘rib chiqishda nomzodning so‘roviga asosan unga yozma ishi berilishi mumkin.
102. Nomzod o‘z e’tirozlarini yozma ravishda yozadi va unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
103. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish muddati shikoyat berilgan sanadan boshlab 2 ish kunidan oshmasligi lozim, natija bo‘yicha qaror qabul qilinishi shart.
104. Nomzodning shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
105. Nomzodning shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi shikoyatchining yozma imtihon ishiga uzil-kesil ball qo‘yadi va qabul qilingan yakuniy qaror haqida nomzodga xabar beradi.
10-bob. Kasbiy tanlov natijalarini aniqlash va e’lon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
106. Yozma imtihon bo‘yicha maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(108-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
110. Nomzodlarning kasbiy tanlovda mutaxassislik fanlaridan imtihonda olgan ballari asosida eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida 8-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi hamda Institutga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
11-bob. Institutga o‘qishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
112. Mutaxassislik fanlaridan imtihon yuzasidan eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar belgilangan kvotalar asosida mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga tinglovchi sifatida qabul qilinadilar.
(112-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
113. Institutga o‘qishga qabul qilish jarayonida mutaxassislik fanlaridan imtihon natijalariga ko‘ra, kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadilar.
(113-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
114. Qabul komissiyasi nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tegishli bayonnomani rasmiylashtiradi.
115. Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni Institutga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Har yili 1-avgustga qadar Institut boshlig‘ining nomzodlarni magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(116-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
117. Institutga o‘qishga qabul qilingan bojxona organlari xodimlariga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etishlari uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
118. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Bojxona instituti magistraturasiga tanlash va o‘qishga qabul qilish tadbirlarini amalga oshirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
‎‎_________________________________ga

‎‎(hududiy boshqarma boshlig‘ining unvoni va F.I.Sh.)

‎‎

BILDIRGI‎‎

‎‎Menga Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga va dastlabki tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat berishingizni so‘rayman.

‎‎Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etaman.
‎‎

‎‎_________________________(imzo)

_________________________________(lavozimi, unvoni va F.I.Sh.) ‎‎

‎‎20___ yil “____” _____________
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti boshlig‘i‎‎

‎‎_________________________________ga

(unvoni va F.I.Sh.)‎‎

BILDIRGI‎‎

‎‎Menga Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga va kasbiy tanlovda ishtirok etishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

‎‎Tanlovda ______________________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha ishtirok etaman.
Kasbiy tanlovlarni _____________________________________________________ tilida topshiraman.

‎‎(o‘zbek, rus)

‎‎
‎‎

‎‎_________________________(imzo)

‎‎_________________________________(lavozimi, unvoni va F.I.Sh.)

‎‎20___ yil “____” _____________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
(4-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)

‎‎Yozma imtihondan chetlashtirish

DALOLATNOMA‎‎

‎‎Toshkent shahri ‎‎20___ yil “___” ___________
‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, nomzod
______________________________________________________________________‎‎

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎quyidagi sabablarga ko‘ra yozma imtihondan soat ___:___ da chetlatildi:

‎‎uyali telefon, kompyuter va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob, shpargalkadan foydalandi;

‎‎yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatdi;
abituriyentlarga yordam berdi;
‎‎Nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________

Nomzod tomonidan Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning _______ -bandlari talablari buzildi.

‎‎
‎‎1. Auditoriya rahbari _________________________

‎‎_________________________

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

‎‎2. Kuzatuvchi _______________________________ ‎‎____________________

‎‎(F.I.Sh.)

(imzo)‎‎

‎‎
‎‎Izoh. Ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga yelimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
(5-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha yozma imtihon savollarga yozgan javoblarini
BAHOLASH MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.

Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 100 balgacha baholanadi:

Ball

Javob tavsifi

Normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilganlik darajasi

86 balldan
100
ballgacha

mazmunan aniq yoritilgan, mohiyati to‘liq ochib berilgan, mantiqiy izchil ifodalangan;

qonunchilik hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda to‘g‘ri javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan hamda ularning samaralari va natijalari bo‘yicha mustaqil ijodiy fikr yuritilgan;

tegishli masalalar bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi e’tiborga olingan;

fikr mantiqiy izchil bayon etilgan, savol bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan to‘g‘ri foydalanilgan.

zarur bo‘lgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs va uning havola qilingan normasi aniq ko‘rsatilgan;

qonunchilikka kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar ularning mazmuni va amaliy ahamiyatidan kelib chiqib tahlil qilingan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida yetarlicha ma’lumotga ega.

71 balldan
85
ballgacha

mazmunan yoritilgan, mohiyati ochib berilgan, izchil ifodalangan;

qonunchilik hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda yaxshi javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan;

tegishli masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilingan;

fikr izchil bayon etilgan, savol bo‘yicha xulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan to‘g‘ri foydalanilgan.

zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs ko‘rsatilgan;

qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar e’tiborga olingan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida qisman ma’lumotga ega.

55 balldan
70
ballgacha

mazmunan qoniqarli darajada yoritilgan;

qonunchilik hujjatlariga va nazariy bilimlarga yetarlicha asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar e’tiborga olinmagan;

savol bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan xulosalar chiqarilgan;

ayrim huquqiy atamalar noto‘g‘ri qo‘llanilgan.

ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan;

qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar e’tiborga olinmagan;

ushbu sohada qabul qilinishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida ma’lumotga ega emas.

0 balldan
54
ballgacha

26 balldan 54 ballgacha:

qonunchilik hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga umuman e’tibor qaratilmagan.

normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar mavjud emas yoki mavjud havolalar ham noo‘rin qo‘llanilgan.

1 balldan 25 ballgacha:

huquqiy atamalar noto‘g‘ri qo‘llanilgan;

savol bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas.

0 ball:

noto‘g‘ri javob berilgan yoki umuman javob yozilmagan;

o‘quv adabiyotlaridan va qonunchilik hujjatlaridan so‘zma-so‘z ko‘chirilgan.

(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
(7-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)

Yozma imtihon bo‘yicha ____ guruh

QAYDNOMASI

Yozma ish o‘tkazilgan fanning nomi: Mutaxassislik fanlari _______________________________________
‎‎Nomzodlarning tanlagan mutaxassisligi: ____________________________________________________
‎‎Nomzodlarga yozma ish o‘tkazilgan sana: 20___ yil “___” _________________________________________
‎‎

T/r ‎

Maxsus shifr
‎ (nomzodga berilgan shifr) ‎‎

To‘plagan bali ‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎
‎‎

‎Nomzodlarning umumiy soni_________

Shu jumladan:‎‎
‎‎imtihonda _____________ ishtirok etdi;
‎‎imtihonda ______________ ishtirok etmadi;
imtihondan ______________ chetlashtirildi.
‎‎
‎‎Imtihon komissiyasi raisi:

_________________________(imzo)

‎‎_________________________(F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Maxsus komissiya raisi:

_________________________(imzo)

‎‎_________________________(F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Komissiya a’zolari:

_________________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________(F.I.Sh.) ‎‎

_________________________(imzo) ‎‎

‎‎_________________________(F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
(8-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)

‎‎Nomzodlarning yozma ish natijalari bo‘yicha ____ guruh

QAYDNOMASI‎‎

‎‎
‎‎Yozma ish o‘tkazilgan fanning nomi: Mutaxassislik fanlari _____________________________________
‎‎Nomzodlarning tanlagan mutaxassisligi: ____________________________________________________
Nomzodlarga yozma ish o‘tkazilgan sana: 20___ yil “___” _________________________________________‎‎
‎‎

T/r ‎

Maxsus shifr (nomzodga berilgan shifr) ‎‎

Nomzodning F.I.Sh. ‎‎

To‘plagan bali ‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎
‎‎
Nomzodlarning umumiy soni_________‎‎
‎‎Shu jumladan:
‎‎imtihonda _____________ ishtirok etdi;
imtihonda ______________ ishtirok etmadi;‎‎
‎‎imtihondan ______________ chetlashtirilgan.
‎‎Imtihon komissiyasi raisi:

‎‎_________________________(imzo)

‎‎________________________(F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Maxsus komissiya raisi:

‎‎_________________________(imzo)

‎‎________________________(F.I.Sh.) ‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-bandidan “Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi alohida nizomlar bilan belgilanadi”;
b) 1-ilovaning o‘n beshinchi xatboshisidagi “Oliy harbiy bojxona instituti” so‘zlari “Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Vazirliklar va idoralar” ustunining 1, 2, 3, 5 va 8-bloklaridagi 4-bandlar chiqarib tashlansin;
“Bajarish muddatlari” ustunining 2, 3 va 6-bloklaridagi 4-bandlar chiqarib tashlansin.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/365/3036-son, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)