1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2848]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 12-avgustdagi 330-mh-sonli “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2848-4, 12.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllari 1 — 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (M. Maxmudov) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-dekabr,
294-mh-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 1-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan _______yil ___ dekabrda
_______________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” aksiyadorlik
jamiyati aksiyadorlarining ______yil
___dekabrdagi ___-son umumiy yigʻilishi
bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
AKSIYADORLIK JAMIYATINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “__________” aksiyadorlik jamiyatining (bundan buyon matnda “jamiyat” deb yuritiladi mazkur Ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Qonun” deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Jamiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (06.05.2014y. OʻRQ-370-son) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.
1.3. Jamiyatning toʻliq firma nomi:
Oʻzbek tilida: “________________” aksiyadorlik jamiyati
Rus tilida: aksionernoye obshestvo “_______________”
Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi:
Oʻzbek tilida: “_______________” AJ
Rus tilida: AO “_______________”.
1.4. Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): ________________________________________________________________________
1.5. Jamiyatning elektron pochta manzili:_______________________________________________________________________________
1.6. Jamiyatning rasmiy veb-sayti: ____________________________________________________________________________________
II. JAMIYAT FAOLIYATINING SOHASI (ASOSIY YOʻNALISHLARI) VA MAQSADI
2.1. Jamiyat tijorat tashkiloti boʻlib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan foyda olishdir.
2.2. Jamiyat oʻz maqsadlariga erishish uchun faoliyat va xizmat koʻrsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
-
-
- qonunchilikda belgilangan boshqa faoliyat turlarini oʻrnatilgan tartibda amalga oshirishi mumkin.
III. JAMIYAT USTAV FONDI (USTAV KAPITALI)NING MIQDORI
3.1. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi.
3.2. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) _______ soʻmni tashkil qilib, u har birining nominal qiymati _______ soʻm boʻlgan ________ dona oddiy va ______ dona imtiyozli aksiyalarga boʻlingan.
Jamiyatning ustav fondi (kapitali)ni koʻpaytirish
3.3. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
3.4. Qoʻshimcha aksiyalar jamiyat tomonidan ushbu ustavda belgilangan eʼlon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtiriladi.
3.5. Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ni oshirish maqsadida joylashtirilgan aksiyalariga qoʻshimcha ravishda chiqarishi mumkin boʻlgan eʼlon qilingan aksiyalari miqdori — nominal qiymati _______ soʻm boʻlgan __________ dona oddiy va________ dona imtiyozli aksiyalardan iborat.
3.6. Jamiyatning ustav fondi (kapitali)ni koʻpaytirish qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalarning umumiy qiymati, soni, turi, nominal qiymati, joylashtirish tartibi, usuli, muddati, joylashtirish (aksiyalarning birja va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxi, aksiyalar uchun toʻlov tartibi belgilanadi.
3.7. Qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalar ochiq obuna usuli bilan belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish yoʻli bilan birja bozorida yoki birjadan tashqari bozorda joylashtiriladi.
3.8. Qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar bozor qiymatida, lekin nominal qiymatidan kam boʻlmagan qiymatda joylashtiriladi.
3.9. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish chogʻida ularga haq toʻlash pul va boshqa toʻlov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirish
3.10. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
3.11. Agar ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirish natijasida uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirishga haqli emas.
3.12. Ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirish sabablarini koʻrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
IV. JAMIYAT AKSIYALARINING SONI, NOMINAL QIYMATI TURLARI VA ULAR BOʻYICHA DIVIDENDLAR TOʻLASH TARTIBI
4.1. Jamiyatning aksiyalari egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
4.2. Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga har yili aksiyalar nominal qiymatining ___ foizi miqdorida dividend olish huquqini beradi.
4.3. Imtiyozli aksiyalar egalari jamiyat tugatilgan taqdirda uning mulklari taqsimlanayotgan paytda oddiy aksiya egalari oʻrtasida mulk taqsimoti amalga oshirilgunga qadar oʻz aksiyalarining nominal qiymatini oladilar.
4.4. Jamiyat oʻzi joylashtirgan imtiyozli aksiyalarni olish narxi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.
4.5. Dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlanishi mumkin.
4.6. Jamiyatning imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.7. Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
4.8. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va toʻqqiz oyi natijalariga koʻra dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
4.9. Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
4.10. Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlar toʻlash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan kech boʻlmasligi lozim.
V. JAMIYATNING ZAXIRA FONDI
5.1. Jamiyat sof foyda hisobidan zaxira fondini hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida aniqlanadigan, jamiyat faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa fondlarni tashkil etadi.
5.2. Jamiyatning zaxira fondi, boshqa mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, jamiyatning zararlari oʻrnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun moʻljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
5.3. Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning 15 foizdan kam boʻlmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi tuziladi.
5.4. Jamiyat zaxira fondiga Ushbu ustavning 5.3-bandida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan 5 foiz miqdorida ajratmalar oʻtkazadi.
5.5. Zaxira fondi toʻlaligicha yoki qisman sarflanib boʻlgan hollarida, majburiy ajratmalardan tiklanadi.
VI. JAMIYAT BOSHQARUVINING TUZILMASI
6.1. Jamiyat boshqaruv organlari — aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi (direktor).
VII. JAMIYAT AKSIYADORLARINING UMUMIY YIGʻILISHI
7.1. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
7.2. Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini) oʻtkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan tashqari oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlari navbatdan tashqari yigʻilishlardir.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan taqdirda esa, kuzatuv kengashining aʼzolaridan biri olib boradi.
7.3. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
jamiyat ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
jamiyatni qayta tashkil etish;
jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining son tarkibini belgilash, ularning aʼzolarini saylash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
jamiyatning ustav fondi (kapitali)ni koʻpaytirish;
jamiyatning ustav fondi (kapitali)ni kamaytirish;
oʻz aksiyalarini olish;
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
jamiyat taftish komissiyasining aʼzolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;
jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida qarorni qabul qilish;
aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogʻozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash;
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
qonunchilikda belgilangan hollarda jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
7.4. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu qarorlar qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
7.5. Jamiyat aksiyadorlar umumiy yigʻilishi jamiyatning “Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida”gi nizom asosida chaqiriladi va oʻtkaziladi.
VIII. JAMIYAT KUZATUV KENGASHI
8.1. Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolatiga taalluqli masalalar bundan mustasno.
8.2. Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining soni 5 kishidan iborat.
8.3. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirish, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
jamiyat ustavining 7.3 bandida koʻrsatilgan masalalarini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun kiritish;
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
jamiyatning yillik biznes-rejasini maʼqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga moʻljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay maʼqullanishi lozim;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning aʼzolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish;
jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
jamiyatning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolasini tasdiqlash;
avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish;
qonunchilikda belgilangan hollarda jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyat direktorining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash;
jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogʻliq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
8.4. Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaxslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqlidir. Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
8.5. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan ularning oʻzlari orasidan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Jamiyat kuzatuv kengashi oʻz raisini jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.
8.6. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi.
8.7. Jamiyat kuzatuv kengashi raisi yoʻq boʻlgan hollarda uning vazifasini kuzatuv kengashi aʼzolaridan biri amalga oshiradi.
8.8. Jamiyat kuzatuv kengashi majlislari uning raisi tomonidan har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Zaruriyatga koʻra jamiyat kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari ham oʻtkazilishi mumkin.
8.9. Jamiyat kuzatuv kengashining qarori kuzatuv kengashga saylangan aʼzolarning kamida yetmish besh foizi ishtirok etganida qonuniy hisoblanadi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar qonunchilikda boshqa hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa, majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashning har bir aʼzosi bitta ovozga ega. Jamiyat kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini kuzatuv kengashning boshqa aʼzosiga berishiga haqli emas. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlgan holda, jamiyat kuzatuv kengashi raisining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
8.10. Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida”gi nizom asosida ish olib boradi.
IX. JAMIYATNING IJROIYA ORGANI
9.1. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi rahbari direktor tomonidan amalga oshiriladi.
9.2. Direktor jamiyatning kundalik faoliyatini boshqaradi va operativ rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, jamiyat ustavi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashining qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
9.3. Direktor aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashiga hisobot beradi.
9.4. Direktor aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi (tayinlanadi). Direktor bilan mehnat shartnomasini jamiyat nomidan kuzatuv kengashi raisi imzolaydi.
9.5. Direktorga toʻlanadigan haq miqdori jamiyat faoliyatining samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlib, mehnat shartnomasida belgilanadi.
9.6. Direktorning vakolatlariga Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
9.7. Direktor Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
— mazkur ustav va Kuzatuv kengashi tomonidan oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq Jamiyatning ishiga rahbarlik qilish;
— Kuzatuv kengashining roziligiga koʻra uning ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etish;
— Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish va uning manfaatlarini himoya qilish;
— Jamiyat nomidan bitimlar tuzish, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlash;
— shtatlarni tasdiqlash, Jamiyat xodimlarini ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash, xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomini saqlab turishini taʼminlash;
— Jamiyat nomidan amaldagi qonunchilikka asosan ishonchnomalarni berish;
— Jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
— oʻz vakolatlari doirasida Jamiyatning samarali va barqaror ishlashini taʼminlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish;
— Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
— amaldagi qonunchilikka muvofiq Jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi, yillik hisobotlar va boshqa moliyaviy hisobotlar tegishli organlarga oʻz vaqtida taqdim etilishini, shuningdek aksiyadorlarga, kreditorlarga va boshqa oluvchilarga yuboriladigan Jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlash;
— amaldagi qonun hujjatlariga hamda Jamiyat ichki hujjatlariga rioya qilish.
9.11. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz majburiyatlarini bajarishda Jamiyat manfaatlarini koʻzlab ish tutishi lozim.
9.12. Direktor qonun hujjatlariga va ushbu ustavga muvofiq Jamiyat oldida javobgardir.
9.13. Direktor mazkur ustav va Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan “Ijroiya organi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida ish olib boradi.
X. JAMIYATNING TAFTISH KOMISSIYASI
10.1. Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish uchun aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi taftish komissiyasini bir yil muddatga saylaydi. Jamiyat taftish komissiyasi 3 kishidan iborat.
10.2. Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari:
10.3. Jamiyat taftish komissiyasining yozma talabiga binoan jamiyatning Boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.
10.4. Jamiyatning taftish komissiyasi amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
10.5. Jamiyat taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi tarkibiga ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.
10.6. Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan “Jamiyat taftish komissiyasi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilab qoʻyiladi.
XI. YAKUNIY QOIDALAR
11.1. Ustav boʻyicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar aksiyadorlarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Ustavga asosan hal qilinadi.
11.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular tegishli ravishda sud orqali hal qilinadi.
11.3. Mazkur Ustav Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Jamiyat direktori: _____________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 2-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi )
tomonidan _______yil ___ dekabrda
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” masʼuliyati
cheklangan jamiyati ishtirokchilarining
______yil ___dekabrdagi ___-son
umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
MASʼULIYATI CNEKLANGAN JAMIYATINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “__________” Masʼuliyati cheklangan jamiyatining (bundan buyon matnda “Jamiyat” deb yuritiladi) mazkur Ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Jamiyat Ishtirokchilarining 20__ yil “ “________dagi Taʼsis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Jamiyatning Ishtirokchilari:
“_____________________” ;
“_____________________”.
1.3. Jamiyatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida: “___________________” masʼuliyati cheklangan jamiyati,
Rus tilida: Obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu “__________”;
Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi:
Davlat tilida: “____________” MCNJ
Rus tilida: OOO “_________”.
1.4. Jamiyatning pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, _______________________________________________________________.
1.5. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI
2.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
2.2. Jamiyat oʻz faoliyatini mazkur ustav va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va taʼsis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.
2.3. Jamiyat oʻz majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
2.4. Jamiyat oʻzining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻz emblemasiga, tovar belgisiga ega boʻlishga haqli.
2.5. Jamiyat oʻz egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, oʻz nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
III. JAMIYATNING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
3.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq vakolatxonalar va filiallar va boshqa alohida boʻlinmalar tuzishga haqli.
IV. JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI
4.1. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish.
Jamiyat faoliyatining predmeti boʻlib ______________________ hisoblanadi. Shu jumladan:
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
4.2. Amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshiriladi.
V. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonun hujjatlarida va jamiyat taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda va uning tegishli qismini olishda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoxud uning bir qismini qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish;
jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari yoki harakatsizligi bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar;
jamiyat ishtirokchilari jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
5.2. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari:
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishlari;
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Jamiyat ishtirokchilariga jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
VI. JAMIYATNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
6.1. Jamiyat mustaqil ravishda oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanadi.
6.2. Jamiyatning mol-mulki:
— ishtirokchilarning ulushlaridan;
— jamiyat faoliyati natijasida olingan foydadan;
— Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi.
VII. JAMIYATNING USTAV FONDI
7.1. Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun ishtirokchilar ___________soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi.
— “_________________” — ____________soʻm, yaʼni %;
— “_________________” — ____________soʻm, yaʼni %.
7.3. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir yil mobaynida Ishtirokchilarning har biri ustav fondidagi ulushini toʻliq kiritadi.
7.4. Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
7.5. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga asosan ustav fondini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
7.6. Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Jamiyat ustav fondining koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga, agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
7.7. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish ishtirokchilarga tegishli boʻlgan ulushlarning nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini kamaytirish va uning yangi miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kun mobaynida jamiyatning unga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida maʼlumot eʼlon qilishi shart.
7.8. Ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror uchinchi shaxslar uchun ustav va taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina kuchga kiradi.
VIII. ISHTIROKCHILARNING JAMIYAT ISHTIROKCHILARI SAFIDAN CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI
8.1. Jamiyatning har qanday ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari safidan chiqish huquqiga ega. Bunday holatda ishtirokchi ustav fondidagi oʻz ulushini qolgan ishtirokchilarga yoxud ularning roziligi boʻyicha uchinchi shaxslarga sotish yoki ularning foydasiga voz kechish huquqiga ega.
8.2. Ishtirokchi ishtirokchilar safidan chiqishida unga oʻzi tomonidan ustav fondiga kiritilgan ulushning haqiqiy qiymati natura yoki haqiqiy qiymatiga teng boʻlgan pul koʻrinishida qaytariladi.
8.3. Jamiyat ishtirokchisi oʻzgartirilganidan keyin jamiyatning taʼsis hujjatlariga zaruriy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishi lozim.
8.4. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
IX. JAMIYAT ISHTIROKCHISINING JAMIYAT USTAV FONDIDAGI ULUSHINING (ULUSHI BIR QISMINING) JAMIYATNING BOSHQA ISHTIROKCHILARIGA VA UCHINCHI SHAXSLARGA OʻTISHI
9.1. Jamiyat ishtirokchilaridan har biri jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoki ulushining qismini jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga sotishga yoki boshqacha shaklda ularning foydasiga voz kechishga haqli.
9.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlangan davrgacha boʻlgan muddatda toʻlangan qismi boʻyichagina begonalashtirilishi mumkin.
9.3. Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
X. JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH
10.1. Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashi shart:
— jamiyatning taʼsis hujjatlari, shuningdek jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar;
— jamiyat muassislari yigʻilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasi;
— jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
— jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
— jamiyatning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
— jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
— jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
10.2. Yuqorida aytib oʻtilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi.
10.3. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, jamiyat mazkur ustavning 10.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi.
10.4. Jamiyat har qanday ishtirokchining talabi bilan unga axborot, shuningdek taʼsis hujjatlarini unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
XI. HISOB VA HISOBOT
11.1. Jamiyat oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va oʻz mahsuloti va xizmatlariga narxlarni bozor konyukturasidan kelib chiqib belgilaydi.
11.2. Jamiyat mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini, statistika va moliyaviy hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
11.3. Jamiyat mustaqil ravishda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini, shtat jadvalini va mehnatga haq toʻlashni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiladi.
11.4. Jamiyat faoliyatiga oid hisobotlarni qonunda belgilangan tartibda davlat organlariga taqdim qiladi.
XII. DAROMADNI TAQSIMLASH VA ZIYONLARNI QOPLASH
12.2. Jamiyat ustav fondining 15% miqdorida zaxira fondi shakllantiradi. Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va qonunda nazarda tutilgan hollarda Jamiyatning ustav fondidagi ulushni (ulushning qismini) sotib olish uchun moʻljallangan.
XIII. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
13.1. Jamiyatning boshqaruv organlari boʻlib quyidagilar belgilanadi:
— ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi — oliy boshqaruv organi;
— direktor jamiyatning ijro etuvchi organi.
13.2. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
XIV. ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIGʻILISHI
14.1. Jamiyatning oliy boshqaruv organi boʻlib jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
14.2. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
14.3. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
b) jamiyat ustav fondining miqdorini oʻzgartirish;
v) taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
g) jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
d) jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
e) agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
j) yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
i) jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
k) auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;
l) boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
m) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
n) tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining a), b), v), z) va m) kichik bandlarida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qolgan qarorlari, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
XV. IJRO ETUVCHI ORGAN
15.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi boʻlib jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi direktor hisoblanadi.
15.2. Jamiyatning direktori ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
15.3. Jamiyat va jamiyatning direktori oʻrtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor tayinlangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
15.4. Direktor lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini direktorni saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi raisi imzolaydi.
15.5. Direktor lavozimidan ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
15.6. Jamiyatning direktori:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;
jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15.7. Direktor ishtirokchilar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi va uning oldida jamiyat faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgardir.
15.8. Direktor jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha yirik bitimlar tuzishi mumkin.
XVI. JAMIYAT FAOLIYATI YUZASIDAN NAZORAT
16.1. Jamiyatda alohida nazorat qiluvchi organning tuzilishi koʻzda tutilmagan.
16.2. Jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat ishtirokchilar yoxud mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
XVII. XODIMLAR
17.1. Jamiyat maʼmuriyati xodimlar bilan jamoa shartnomasini imzolaydi. Ushbu shartnomaning mazmuni, shu jumladan “Xodimlarning ijtimoiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, mazkur ustav, shuningdek jamiyat faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
XVIII. JAMIYATNING TIJORAT SIRI
18.1. Jamiyatning tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot boʻlib, ushbu axborot jamiyat tomonidan uning maxfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi.
18.2. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida xodim:
ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda oʻz foydalanishida boʻlgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yoʻq qilib yoxud oʻchirib tashlashi shart.
XIX. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
19.1. Jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 55-moddalarida va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 49 — 55-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
19.2. Jamiyatni qayta tashkil etish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
19.3. Jamiyat belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda ishtirokchilarning Umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
19.4. Jamiyatning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyatning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
XX. NIZOLARNI HAL QILISH
20.1. Taʼsis shartnomasi va ustav boʻyicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, taʼsis shartnomasi va ustavga asosan hal qilinadi.
20.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
XXI. YAKUNIY QOIDALAR
21.1. Mazkur Ustav jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
21.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Ustavga muvofiq tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 3-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan _______yil ___ dekabrda
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” masʼuliyati
cheklangan jamiyati ishtirokchilarining
______yil ___dekabrdagi ___-son
umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
MASʼULIYATI CNEKLANGAN JAMIYATINING
TAʼSIS SHARTNOMASI
“______________________” masʼuliyati cheklangan jamiyatining
Taʼsis shartnomasi
________ sh.
20___ yil “___” _______
Bundan buyon birgalikda “Ishtirokchilar”, deb nomlanuvchi quyidagi shaxslar:
“_____________”;
“______________”.
ushbu Taʼsis shartnomasini (bundan buyon matnda “shartnoma” deb yuritiladi) quyidagilar toʻgʻrisida imzoladilar:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda “jamiyat” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
1.2. Jamiyatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida — “___________” Masʼuliyati cheklangan jamiyati, qisqacha nomlanishi — “____________” MCNJ;
Rus tilida — obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu “__________”, kratkoye naimenovaniye — OOO “_________”.
1.3. Jamiyatning pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, ____________________________________________________________
1.4. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI
2.1. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish.
2.2. Jamiyat faoliyatining predmeti boʻlib _________________________________ hisoblanadi. Shu jumladan:
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
III. JAMIYATNING USTAV FONDI
3.1. Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun Ishtirokchilar ___________________ soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi.
“_________________” — ______________soʻm, yaʼni %.
3.2. Ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi ulushlari sifatida pullar, qimmatli qogʻozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul qiymatiga ega boʻlgan oʻzga begonalashtiriladigan huquqlar boʻlishi mumkin. Uchinchi shaxslar tomonidan ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi pul koʻrinishida boʻlmagan ulushlarini pul qiymatida baholash va jamiyatga qabul qilish barcha ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi.
3.3. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir yil mobaynida ishtirokchilarning har biri ustav fondidagi ulushini toʻliq kiritadi va bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga maʼlumot berishi lozim.
IV. ISHTIROKCHILARNING ULUSHNI KIRITISH BOʻYICHA MAJBURIYATLARINI BUZGANLIKLARI UCHUN JAVOBGARLIK
4.1. Ulushini toʻliq kiritmagan ishtirokchi jamiyatning majburiyatlari boʻyicha oʻz ulushining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladi.
V. DAROMAD VA ZIYONLARNI TAQSIMLASH SHARTLARI VA TARTIBI
5.1. Jamiyatning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga qonun hujjatlari bilan belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin olingan daromadi ishtirokchilar oʻrtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
5.2. Daromad oraliq davr yakunlari boʻyicha har chorakda, yarim yilda bir marta, yiliga bir marta taqsimlanishi mumkin. Daromadni taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
5.3. Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan ziyonlar ushbu maqsadlar uchun tashkil etiladigan zaxira fondi hisobidan qoplanadi.
5.4. Zaxira fondi jamiyat ustav fondining 15% miqdorida shakllantiriladi.
VI. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
6.1. Jamiyatning boshqaruv organlari quyidagilar:
ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi;
direktor.
6.2. Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining vakolatlari (shu jumladan mutlaq vakolatlari), chaqirish, koʻrib chiqish kun tartibiga masalalarni kiritish, qarorlar qabul qilish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
6.3. Direktorning vakolatlari, muddati, javobgarligi va faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, ustav, direktor va jamiyat oʻrtasidagi mehnat shartnomasi, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
VII. ISHTIROKCHILARNING JAMIYATDAN CHIQISH TARTIBI
7.1. Ishtirokchi boshqa ishtirokchilarning roziligidan qatʼi nazar, har qanday vaqtda jamiyatdan chiqib ketishi mumkin.
7.2. Jamiyatdan chiqib ketgan yoki chiqarib yuborilgan ishtirokchining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunday holda jamiyatdan chiqarib yuborilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga uning ulushining haqiqiy qiymatini yoki ishtirokchining roziligi bilan, shunday qiymatdagi mol-mulkni natura holida toʻlashi shart. Jamiyatga oʻtgan ulush bir yil mobaynida ishtirokchilarning qarori bilan uchinchi shaxslarga berilishi va (yoki) sotilishi lozim.
7.3. Ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi ulushining merosxoʻrlarga (qonun boʻyicha qonuniy vorislarga) oʻtishi faqatgina boshqa ishtirokchilarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
VIII. NIZOLARNI HAL QILISH
8.1. Nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, ustav va mazkur shartnomaga asosan hal qilinadi.
8.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
IX. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Mazkur shartnoma jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
9.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ustaviga muvofiq tartibga solinadi.
ISHTIROKCHILAR:
________________________________________________
________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 4-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” qoʼshimcha
masʼuliyatli jamiyati ishtirokchilarining
______yil “___” _____dagi ___-son
umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
QOʼSNIMCNA MASʼULIYATLI JAMIYATINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “__________” qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatining (bundan buyon matnda “jamiyat” deb yuritiladi) mazkur Ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining 20__ yil “___” ____________dagi taʼsis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Jamiyatning ishtirokchilari:
“______________”;
“______________”.
1.3. Jamiyatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida: “__________________” qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyati;
Rus tilida: Obshestvo s dopolnitelnoy otvetstvennostyu “_________”;
Jamiyatning qisqacha firma nomi:
Davlat tilida: “____________” QMJ
Rus tilida: ODO “_________”.
1.4. Jamiyatning pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, _____________________________________________________________________.
1.5.Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI
2.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
2.2. Jamiyat oʻz faoliyatini mazkur Ustav va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va taʼsis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.
2.3. Jamiyat oʻz majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil boʻlgan va qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar.
Ishtirokchilar javobgarligi ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari qiymati, shuningdek jamiyat ustav fondidagi ulushlari nominal qiymatining ____% doirasidagi qoʻshimcha javobgarlik bilan chegaralanadi.
2.4. Jamiyat oʻzining firma nomi bilan muhr, shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻz emblemasiga, tovar belgisiga ega boʻlishga haqli.
2.5. Jamiyat oʻz egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, oʻz nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
III. JAMIYATNING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
3.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq vakolatxonalar va filiallarlar tuzishga haqli.
IV. JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI
4.1. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish.
Jamiyat faoliyatining predmeti boʻlib ______________________, shu jumladan:
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
4.2. Roʻyxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shugʻullanishi mumkin.
V. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
Jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonun hujjatlarida va jamiyat taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda va uning tegishli qismini olishda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoxud uning bir qismini qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish;
jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari yoki harakatsizligi bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar;
jamiyat ishtirokchilari jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
5.2. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari:
jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishlari;
jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
jamiyat ishtirokchilariga jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
VI. JAMIYATNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
6.1. Jamiyat mustaqil ravishda oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanadi.
6.2. Jamiyatning mol-mulki:
— Ishtirokchilarning ulushlaridan;
— Jamiyat faoliyati natijasida olingan foydadan;
— Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi.
VII. JAMIYATNING USTAV FONDI
7.1. Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun Ishtirokchilar ___________soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi.
7.2. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari miqdori quyidagicha:
— “_________________” — ____________soʻm, yaʼni %;
— “_________________” — ____________soʻm, yaʼni %.
7.3. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ishtirokchilarning har biri bir yil mobaynida ustav fondidagi ulushini toʻliq kiritadi.
7.4. Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
7.5. Jamiyat ishtirokchilar umumiy yigʻilishining qaroriga asosan ustav fondini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
7.6. Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Jamiyat ustav fondining koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
7.7. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish ishtirokchilarga tegishli boʻlgan ulushlarning nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini kamaytirish va uning yangi miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kun mobaynida jamiyatning unga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida maʼlumot eʼlon qilishi shart.
7.8. Ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror uchinchi shaxslar uchun ustav va taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina kuchga kiradi.
VIII. ISHTIROKCHILARNING JAMIYAT ISHTIROKCHILARI SAFIDAN CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI
8.1. Jamiyatning ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari safidan chiqish huquqiga ega. Bunday holatda ishtirokchi ustav fondidagi oʻz ulushini qolgan ishtirokchilarga, yoxud ularning roziligi boʻyicha uchinchi shaxslarga sotish yoki ularning foydasiga voz kechish huquqiga ega.
8.2. Ishtirokchi ishtirokchilar safidan chiqishida unga oʻzi tomonidan ustav fondiga kiritilgan ulushning haqiqiy qiymati natura yoki haqiqiy qiymatiga teng boʻlgan pul koʻrinishida qaytariladi.
8.3. Jamiyat ishtirokchisi oʻzgartirilganidan keyin jamiyatning taʼsis hujjatlariga zaruriy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishi lozim.
8.4. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
IX. JAMIYAT ISHTIROKCHISI ULUSHI (ULUSHI QISMI)NING UCHINCHI SHAXSLARGA OʻTISHI
9.1. Jamiyat ishtirokchilaridan har biri jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoki ulushining qismini uchinchi shaxslarga sotishga yoki boshqacha shaklda ularning foydasiga voz kechishga haqli.
9.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlangan davrgacha boʻlgan muddatda toʻlangan qismi boʻyichagina begonalashtirilishi mumkin.
9.3. Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
X. JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH
10.1. Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashi shart:
— jamiyatning taʼsis hujjatlari, shuningdek jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar;
— jamiyat muassislari yigʻilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasi;
— jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
— jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
— jamiyatning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
— jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
— jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
10.2. Yuqorida aytib oʻtilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi.
10.3. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, jamiyat mazkur Ustavning 10.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni doimo saqlaydi.
10.4. Jamiyat har qanday ishtirokchining talabi bilan unga axborot, shuningdek taʼsis hujjatlarini unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
XI. HISOB VA HISOBOT
11.1. Jamiyat oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va oʻz mahsuloti va xizmatlariga narxlarni bozor konyukturasidan kelib chiqib belgilaydi.
11.2. Jamiyat mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini, statistika va moliyaviy hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
11.3. Jamiyat mustaqil ravishda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini, shtat jadvalini va mehnatga haq toʻlashni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiladi.
11.4. Jamiyat faoliyatiga oid hisobotlarni qonunda belgilangan tartibda davlat organlariga taqdim qiladi.
XII. DAROMADNI TAQSIMLASH VA ZIYONLARNI QOPLASH
12.1. Jamiyat barcha soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin uning hisobida qolgan mablagʻlar jamiyatning foydasini tashkil etadi.
12.2. Jamiyat ustav fondining 15% miqdorida zaxira fondi shakllantiradi. Jamiyatning zaxira fondi uning ziyonlarini qoplash va qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi ulushni (ulushning qismini) sotib olish uchun moʻljallangan.
XIII. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
13.1. Jamiyatning boshqaruv organlari boʻlib quyidagilar belgilanadi:
— ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi — oliy boshqaruv organi;
— direktor jamiyatning ijro etuvchi organi.
13.2. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.
XIV. ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIGʻILISHI
14.1. Jamiyatning oliy boshqaruv organi boʻlib jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
14.2. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
14.3. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
b) jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini oʻzgartirish;
v) taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
g) jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
d) jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
e) agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
j) yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
i) jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
k) auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;
l) boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
m) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
n) tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining z) va m) kichik bandlarida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining a), b) va v) kichik bandlarida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan qarorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qolgan qarorlari, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
XV. IJRO ETUVCHI ORGAN
15.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi boʻlib Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi Direktor hisoblanadi.
15.2. Jamiyatning direktori ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qaroriga asosan tayinlanadi.
15.3. Jamiyat va jamiyatning direktori oʻrtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor tayinlangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
15.4. Direktor lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini direktorni tayinlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi raisi imzolaydi.
15.5. Direktor lavozimidan ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan ozod qilinishi mumkin.
15.6. Jamiyatning direktori:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;
jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15.7. Direktor ishtirokchilar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi va uning oldida jamiyat faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgardir.
15.8. Direktor jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha yirik bitimlar tuzishi mumkin.
XVI. JAMIYAT FAOLIYATI YUZASIDAN NAZORAT
16.1. Jamiyatda alohida nazorat qiluvchi organning tuzilishi koʻzda tutilmagan.
16.2. Jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat ishtirokchilar yoxud mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
XVII. XODIMLAR
17.1. Jamiyat maʼmuriyati xodimlar bilan jamoa shartnomasini imzolaydi. Ushbu shartnomaning mazmuni, shu jumladan “Xodimlarning ijtimoiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, mazkur Ustav, shuningdek jamiyat faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
XVIII. JAMIYATNING TIJORAT SIRI
18.1. Jamiyatning tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot boʻlib, ushbu axborot Jamiyat tomonidan uning maxfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi.
18.2. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida xodim:
ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda oʻz foydalanishida boʻlgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yoʻq qilib yoxud oʻchirib tashlashi shart.
XIX. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
19.1. Jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 55-moddalarida va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 49 — 55-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
19.2. Jamiyatni qayta tashkil etish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
19.3. Jamiyat belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
19.4. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) boʻlib qolganida uning jamiyat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi boshqa ishtirokchilar oʻrtasida ularning qoʻshgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
19.5. Jamiyatning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyatning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
XX. NIZOLARNI HAL QILISH
20.1. Taʼsis shartnomasi va ustav boʻyicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, taʼsis shartnomasi va ustavga asosan hal qilinadi.
20.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
XXI. YAKUNIY QOIDALAR
21.1. Mazkur Ustav jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
21.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Ustavga muvofiq tartibga solinadi.
ISHTIROKCHILAR:
_______________________________________________
_______________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 5-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi )
tomonidan _______yil ________ da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” qoʼshimcha
masʼuliyatli jamiyati ishtirokchilarining
______yil ___dekabrdagi ___-son
umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
QOʼSNIMCNA MASʼULIYATLI JAMIYATINING
TAʼSIS SHARTNOMASI
“______________________” qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatining
Taʼsis shartnomasi
________ sh.
20___ yil “_______”
Bundan buyon birgalikda “ishtirokchilar”, deb nomlanuvchi quyidagi ishtirokchilar:
“_____________”;
“______________”.
ushbu taʼsis shartnomasini (bundan buyon matnda “shartnoma” deb yuritiladi) quyidagilar toʻgʻrisida imzoladilar:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyati (bundan buyon matnda “jamiyat” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
1.2. Jamiyatning firma nomi:
Davlat tilida — “___________” Qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyati, qisqacha nomlanishi — “____________” QMJ;
Rus tilida — obshestvo s dopolnitelnoy otvetstvennostyu “__________”, kratkoye naimenovaniye — ODO “_________”.
1.3. Jamiyatning pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, ____________________________________________________________
1.4. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI
2.1. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish.
2.2. Jamiyat faoliyatining predmeti boʻlib _________________________________ hisoblanadi. Shu jumladan:
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
III. JAMIYATNING USTAV FONDI
3.1. Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun Ishtirokchilar ___________________ soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi.
“_________________” — ______________soʻm, yaʼni %.
3.2. Ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi ulushlari sifatida pullar, qimmatli qogʻozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul qiymatiga ega boʻlgan oʻzga begonalashtiriladigan huquqlar boʻlishi mumkin. Uchinchi shaxslar tomonidan ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi pul koʻrinishida boʻlmagan ulushlarini pul qiymatida baholash va jamiyatga qabul qilish barcha ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi.
3.3. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir yil mobaynida Ishtirokchilarning har biri ustav fondidagi ulushini toʻliq kiritadi.
IV. ISHTIROKCHILARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil boʻlgan va qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar.
4.2. Ishtirokchilar javobgarligi ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari qiymati, shuningdek jamiyat ustav fondidagi ulushlari nominal qiymatining ____% doirasidagi qoʻshimcha javobgarlik bilan chegaralanadi.
V. DAROMAD VA ZIYONLARNI TAQSIMLASH SHARTLARI VA TARTIBI
5.1. Jamiyatning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga qonun bilan belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin olingan daromadi ishtirokchilar oʻrtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
5.2. Daromad oraliq davr yakunlari boʻyicha har chorakda, yarim yilda bir marta, yiliga bir marta taqsimlanishi mumkin. Daromadni taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror Ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
5.3. Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan ziyonlar ushbu maqsadlar uchun tashkil etiladigan zaxira fondi hisobidan qoplanadi.
5.4. Zaxira fondi jamiyat ustav fondining 15% miqdorida shakllantiriladi.
VI. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
6.1. Jamiyatning boshqaruv organlari quyidagilar:
ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi;
direktor.
6.2. Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining vakolatlari (shu jumladan mutlaq vakolatlari), umumiy yigʻilishni chaqirish, kun tartibiga masalalarni kiritish, qarorlar qabul qilish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
6.3. Direktorning vakolatlari, muddati, javobgarligi va faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Ustav, Direktor va Jamiyat oʻrtasidagi mehnat shartnomasi, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
VII. ISHTIROKCHILARNING JAMIYATDAN CHIQISH TARTIBI
7.1. Ishtirokchi boshqa ishtirokchilarning roziligidan qatʼi nazar, har qanday vaqtda jamiyatdan chiqib ketishi mumkin.
7.2. Jamiyatdan chiqib ketgan yoki chiqarib yuborilgan ishtirokchining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunday holda jamiyatdan chiqarib yuborilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga uning ulushining haqiqiy qiymatini yoki ishtirokchining roziligi bilan, shunday qiymatdagi mol-mulkni natura holida toʻlashi shart. Jamiyatga oʻtgan ulush bir yil mobaynida ishtirokchilarning qarori bilan uchinchi shaxslarga berilishi va (yoki) sotilishi lozim.
7.3. Ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi ulushining merosxoʻrlarga (qonun boʻyicha qonuniy vorislarga) oʻtishi faqatgina boshqa ishtirokchilarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
VIII. NIZOLARNI HAL QILISH
8.1. Nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, taʼsis shartnomasi va ustavga asosan hal qilinadi.
8.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
IX. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Mazkur shartnoma jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
9.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ustaviga muvofiq tartibga solinadi.
ISHTIROKCHILAR:
___________________________________
___________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 6-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“___________________________” fermer
xoʼjaligi boshligʻining ___yil
“___” _______dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“__________________________________________”
FERMER XOʼJALIGINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. “__________” fermer xoʼjaligi (bundan buyon matnda “fermer xoʻjaligi” deb nomlanadi) mazkur ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
Fermer xoʻjaligi (oʻziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga koʻra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
2. Fermer xoʻjaligi Davlat xizmatlari markazidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda boʻlmagan huquq va majburiyatlarga ega boʻlish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻlish huquqini oladi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 218-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848-3, 09.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-3/1052-son)
3. Fermer xoʻjaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xoʻjaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishni taʼminlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlash yuzasidan majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.
4. Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fermer xoʻjaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6. Fermer xoʻjaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin hamda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan Davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 218-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848-3, 09.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-3/1052-son)
II. Fermer xoʻjaligining maqsadi, vazifalari va faoliyati
7. Tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yoʻli bilan daromad (foyda) olish, oʻzining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xoʻjaligining maqsadi hisoblanadi.
8. Fermer xoʻjaligining vazifalari quyidagilardan iborat:
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;
mustaqil ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar koʻrsatish;
veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish.
9. Fermer xoʻjaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan oʻz savdo shoxobchalari orqali sotish;
tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
III. Fermer xoʻjaligining huquq va majburiyatlari
10. Fermer xoʻjaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega boʻladi. Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biri boʻlib, tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xoʻjaligi xoʻjalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
11. Fermer xoʻjaligi:
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlangan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan oʻz xohishiga koʻra isteʼmolchilarga sotish huquqiga ega boʻlish;
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xoʻjaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar koʻrsatishga shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak boʻlgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi oʻzining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablagʻlarini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini garovga qoʻyish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni taʼmirlash;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Fermer xoʻjaligi:
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni taʼminlashga;
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishga;
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;
paxta va boshoqli ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishga;
ushbu fermer xoʻjaligi aʼzo hisoblangan Suv isteʼmolchilari uyushmasi balansidagi sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
yer uchastkasini ogʻirlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini taʼminlashga;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlashga;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, oʻz xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni taʼminlashga majburdir.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
IV. Fermer xoʻjaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari
13. Ustavda fermer xoʻjaligining pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil boʻlishi mumkin boʻlgan ustav fondi miqdori koʻrsatiladi. Bunda fermer xoʻjaligining ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari majburiy tartibda kiritiladi.
Agar fermer xoʻjaligi boshligʻi fermer xoʻjaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xoʻjaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.
Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
14. Fermer xoʻjaligi:
oʻziga qarashli xoʻjalik imoratlari, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xoʻjaligi balansida boʻlgan boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
15. Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul mablagʻlari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin.
16. Fermer xoʻjaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
V. Fermer xoʻjaligini boshqarish
17. Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi — fermerdir. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, tegishli malakaga yoki qishloq xoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.
18. Fermer xoʻjaligining boshligʻi:
fermer xoʻjaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
fermer xoʻjaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi;
fermer xoʻjaligi faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ish koʻradi;
ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek fermer xoʻjaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
fermer xoʻjaligi xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
daromadni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi;
xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi toʻlanishini taʼminlaydi, mehnatga haq toʻlash miqdorini va moddiy ragʻbatlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
fermer xoʻjaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.
VI. FERMER XOʻJALIGIDA YERDAN VA SUV ISTEʼMOLIDAN FOYDALANISH
19. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Yer uchastkasining ijara muddati tamom boʻlgandan keyin fermer xoʻjaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga egadir.
Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida oʻz oilasi aʼzolaridan biriga berishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq meros boʻyicha oʻtadi.
20. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Yer uchastkalarining oʻlchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritilgandan keyingina oʻzgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
22. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
23. Fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻrniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi, bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
24. Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda qishloq xoʻjaligi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
25. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq yagona yer soligʻi tariqasida undiriladi.
26. Fermer xoʻjaliklarining suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
27. Yer resurslarini, fermer xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga haq toʻlash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
VII. Fermer xoʻjaligida mehnat
28. Fermer xoʻjaligining faoliyati fermerning va mehnat shartnomasi boʻyicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan tashkil etiladi.
30. Fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida toʻlanadi.
31. Fermer xoʻjaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qoʻshiladi.
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
VIII. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
32. Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob raqamidan mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
33. Qishloq xoʻjaligi ekinlari, shu jumladan paxta va gʻalla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xoʻjaligining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
34. Fermer xoʻjaliklari elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar yetkazib beruvchilar va fermer xoʻjaliklariga xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
IX Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
35. Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan, elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xoʻjaligining ixtiyoriga oʻtadi.
Fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
X. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
36. Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida qoʻshilish, shu jumladan ulush (pay) asosida qoʻshilish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
XI. Fermer xoʻjaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish
37. Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda hududiy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Fermer xoʻjaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat koʻrsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli boʻlmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.
XII. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish
38. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
fermer xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida oʻz ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaslik, shu jumladan ustav fondiga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan berilgan arizada koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari kiritilmasligi;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish;
fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼtirof etilishi, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;
fermer xoʻjaligi boshligʻining vafot etishi va xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlaydigan merosxoʻrning yoʻqligi;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi zarur boʻlganda yoxud yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, shu jumladan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.
Fermer xoʻjaligi:
fermer xoʻjaligi boshligʻi (fermer)ning;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi.
40. Fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 7-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“___________________________” dehqon
xoʼjaligi boshligʻining ___yil
“___” ________dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“____________________________________________”
DENQON XOʼJALIGINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Dehqon xoʻjaligi — oilaviy mayda tovar xoʻjaligi boʻlib, oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshligʻiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan tadbirkorlik faoliyati subyektidir.
“__________” dehqon xoʼjaligi (bundan buyon matnda “dehqon xoʻjaligi” deb nomlanadi) mazkur ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
Dehqon xoʻjaligi ijara shartnomasiga koʻra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovari ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
1.2 Dehqon xoʻjaligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma asosida fuqarolik-huquqiy munosabatlariga kirishishga haqli.
1.3 Dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomini oladi va oʻz nomidan shartnomalar tuzish, huquq va majburiyatlariga ega boʻlish, sudda daʼvogar va javobgar boʻlib qatnashish huquqiga, banklarda hisob raqamlar ochishga hamda nomi yozilgan muhr va shtampga ega boʻladi.
1.4 Davlat dehqon xoʻjaligi majburiyatlari yuzasidan, dehqon xoʻjaligi esa davlat majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
1.5 Dehqon xoʻjaligining xoʻjalik faoliyatiga, shu jumladan dehqon xoʻjaligi tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yoʻnalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
1.6. Dehqon xoʻjaligining toʻliq nomi: “_____________________” dehqon xoʼjaligi.
1.7. Dehqon xoʻjaligining yer maydoni miqdori: ______________:
Dehqon xoʻjaligining manzili:______________________________
1.8. Dehqon xoʻjaligining boshligʻi: __________________________________.
II. DEHQON XOʻJALIGI FAOLIYATINING MAQSADI VA ASOSIY FAOLIYAT TURLARI
2.1. Dehqon xoʻjaligi faoliyatining maqsadi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish asosida daromad (foyda) olish, aholini mahsulotga hamda oʻz oila aʼzolarining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
2.2. Dehqon xoʻjaligining asosiy faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
III. DEHQON XOʻJALIGI VA UNING AʼZOLARINING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Dehqon xoʻjaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega boʻladi.
Dehqon xoʻjaligi tadbirkorlik shakllaridan biri boʻlib, tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadlariga erishish uchun shu maqsadlariga monand tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishga haqlidir. Dehqon xoʻjaligi mulkchilikning boshqa shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
3.2. Dehqon xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
yetishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;
oʻzi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni isteʼmolchilarga oʻz xohishi boʻyicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;
xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq toʻlanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga moʻljallangan aksiyalarni sotib olish;
oʻz mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qoʻyish.
3.3. Dehqon xoʻjaligi quyidagilarni bajarishi shart:
tomorqa yer uchastkasidan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish;
tabiiy obyekt boʻlmish yerga zarar yetkazmaslik;
tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish;
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
dehqon xoʻjaligining majburiyatlari va qarzlari boʻyicha toʻla javobgar boʻlish;
xoʻjalik aʼzolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlash.
Qonun hujjatlarida dehqon xoʻjaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
3.4. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari:
xoʻjalik aʼzolari oʻrtasidagi shartnoma shartlariga koʻra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan oʻz ulushini olish;
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilish va ijtimoiy taʼminlanish, shuningdek tovar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xoʻjaligida sarflangan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega.
Dehqon xoʻjaligi aʼzolari dehqon xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Qonun hujjatlarida dehqon xoʻjaligi aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
IV. DEHQON XOʻJALIGINING MULKI VA UNING MOL-MULKIGA BOʻLGAN MULK HUQUQI
4.1. Dehqon xoʻjaligi:
oʻziga karashli uy-joylar, xoʻjalik imoratlari, ekinzorlar, qishloq xoʻjalik ekinlari va koʻchatlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xoʻjalik texnikasi, asbob-uskunalar va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, boshqa mol-mulklarga;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlarga;
olingan daromadlarga (foydaga);
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega boʻlgan boshqa mol-mulkka mulkdordir.
4.2. Dehqon xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.
4.3. Dehqon xoʻjaligining mol-mulki, agar uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan boʻlmasa, uning aʼzolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi.
4.4. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xoʻjalik aʼzolarining oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
4.5. Dehqon xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, koʻpaytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
V. DEHQON XOʻJALIGINI BOSHQARISH
5.1. Dehqon xoʻjaligining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshligʻi yoki oilaning muomalaga layoqatli aʼzolaridan biri boshqaradi. Dehqon xoʻjaligining boshligʻi vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt ishda boʻlmaganda u oʻz majburiyatlarini bajarish vakolatlarini xoʻjalik aʼzolaridan biriga berishga haqlidir.
5.2. Dehqon xoʻjaligining boshligʻi:
xoʻjalikning butun ish faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarida dehqon xoʻjaligi nomidan ish koʻradi;
dehqon xoʻjaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
ishonchnomalarni beradi, shartnoma va bitimlar tuzadi;
dehqon xoʻjaligi aʼzolari uchun xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun shart-sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish vaqti muddatini, ish haqlarini belgilaydi, moddiy ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
dehqon xoʻjaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi.
VI. DEHQON XOʻJALIGIDA MEHNAT
6.1. Dehqon xoʻjaligining faoliyati xoʻjalik aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xoʻjaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
6.2. Dehqon xoʻjaligining aʼzolari dehqon xoʻjaligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda badallar toʻlangan taqdirda davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
6.3. Dehqon xoʻjaligining barcha aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlab borayotgan dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xoʻjaligi boshligʻi yuritadi.
6.4. Dehqon xoʻjaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qoʻshiladi.
6.5. Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida), boshqa qishloq xoʻjaligi yoki oʻrmon xoʻjaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlashi hisobini yuritish tegishincha mazkur kooperativ (shirkat xoʻjaligi), korxona, muassasa va tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
6.6. Dehqon xoʻjaligi aʼzolariga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
VII. DEHQON XOʻJALIGINING MABLAGʻLARI VA HISOB-KITOBLARI
7.1. Dehqon xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarini erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Dehqon xoʻjaligining hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
VIII. DEHQON XOʻJALIKLARINING BIRGALIKDAGI FAOLIYATI
8.1. Dehqon xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
IX. DEHQON XOʻJALIGI FAOLIYATINING NATIJALARINI HISOBGA OLISH
9.1. Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
X. DEHQON XOʻJALIGINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
10.1. Dehqon xoʻjaligini qayta tashkil etish qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish, qayta tuzish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10.2. Dehqon xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati toʻxtatiladi):
xoʻjalik faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan bironta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmagan boʻlsa;
tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;
belgilangan soliqlar muttasil toʻlanmaganda;
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda;
dehqon xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qoʻpol ravishda buzilganda.
Dehqon xoʻjaligi:
dehqon xoʻjaligi aʼzolarining qaroriga binoan;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati toʻxtatiladi).
10.3. Dehqon xoʻjaligini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi: _______________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 8-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___ yil “__” _____da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” xususiy
korxonasi mulkdorining ______ yil “__” _________dagi ___-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
XUSUSIY KORXONASINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “___________” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda “korxona” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil topgan.
1.3. Korxonaning pochta manzili: ______________________
1.4. Korxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga amal qiladi.
1.5. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir, oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin. Shuningdek, korxona toʻliq nomi davlat tilida ifodalangan va joylashgan yeri koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
1.6. Korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi. Korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda korxonaning majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.
1.7. Korxonaning toʻliq firma nomi:
Toʻliq nomi: “__________________” xususiy korxonasi.
Qisqa nomi: “__________________” XK.
II. FAOLIYAT SOHASI VA MAQSADLARI
2.1. Bozorni zarur xizmatlar va mollar bilan toʻldirish, aholini ishga joylashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish va boshqalar korxonaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
2.2. Korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
_______________________________________________;
_______________________________________________;
_______________________________________________.
Korxona maxsus ruxsatnoma (litsenziya) kerak boʻlgan faoliyat turlarini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olgandan keyingina amalga oshiradi.
III. KORXONANING USTAV FONDI
3.1. Korxonaning ustav fondi_____________ soʻm miqdorida tashkil etiladi.
Pul, qimmatli qogʻozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan oʻzga huquqlar korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin.
Mulkdor korxonaning ustav fondiga oʻzi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
3.2. Korxonaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga koʻra korxonaning ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Agar korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor oʻz oila aʼzolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan boʻlsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
3.3. Korxona koʻrgan foyda hisobidan zaxira va boshqa jamgʻarmalar tuzishi mumkin. Jamgʻarmalarni tashkil etish va ishlatish tartibi toʻgʻrisidagi qaror korxona mulkdori tomonidan qabul qilinadi.
IV. KORXONANI BOSHQARISH
4.1. Korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, korxonaning pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
4.2. Korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi.
Korxona mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
korxona Ustaviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;
korxonani qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
korxonaning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan foydasidan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanish;
korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qoʻyish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish.
Korxona mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4.3. Korxona mulkdori:
ustav fondini shakllantirishi;
oʻziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart.
Korxona mulkdori zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
V. KORXONANI VAQTINCHA BOSHQARISH YOKI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZISH
5.1. Korxona mulkdori oʻzi vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash toʻgʻrisida yozma qaror qabul qiladi.
5.2. Korxona mulkdori muvaqqat rahbarning korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qoʻyishi mumkin.
5.3. Korxona mulkdori vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati cheklanganligi yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganligi oqibatida mulkdorning korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga va korxonaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
5.4. Korxona mulkdori korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni oʻzgacha usulda boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli.
VI. KORXONANING HUJJATLARINI SAQLASH
6.1. Korxona quyidagi hujjatlarni saqlashga majbur:
— Korxonaning ustavi, shuningdek ustavga kiritilgan va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni;
— Korxonani tashkil etish va korxonaning ustav fondiga pul, pul koʻrinishida boʻlmagan ulushlarni pulda baholashni tasdiqlash toʻgʻrisidagi korxona mulkdorining qarori, shuningdek korxonani tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa qarorlarni;
— Korxonaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnomani;
— Korxonaga tegishli mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
— mustaqil auditorlik tashkilotlari xulosalarini;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni.
6.2. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, korxona mazkur Ustavning 6.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi.
VII. KORXONA FAOLIYATINI TUGATISH
7.1. Korxona uning mulkdori yoki sudning qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
7.2. Korxonani tugatish haqidagi yozuv yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng korxonani tugatish tamomlangan, korxonaning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
VIII. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Mazkur Ustav korxona davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
8.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Ustavga muvofiq tartibga solinadi.
“________” xususiy korxonasi mulkdori: __________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 9-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan _______yil ___ da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” ishlab chiqarish
kooperativi ishtirokchilarining
______yil __________dagi ___-son
umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
ISNLAB CNIQARISN KOOPERATIVINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “___________” ishlab chiqarish kooperativi (bundan buyon matnda “Kooperativ” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil topgan.
1.2. Kooperativ oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga amal qiladi.
1.3. Kooperativning firma nomi:
Toʻliq nomi: “__________________” ishlab chiqarish kooperativi.
Qisqa nomi: “__________________” IshChK.
1.4. Kooperativning pochta manzili: _____________________________
1.5. Kooperativ aʼzolari:
“_____________”;
“_____________”;
“______________”.
1.6. Ustavi roʻyxatga olingan va davlat reyestriga kiritilgan paytdan eʼtiboran kooperativ tashkil topgan deb hisoblanadi.
1.7. Kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan, jamoa mulki huquqi asosida oʻziga qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
II. FAOLIYAT SOHASI VA MAQSADLARI
2.1. Kooperativ jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashma sifatida tashkil etilgan.
2.2. Kooperativ quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
Kooperativ maxsus ruxsatnoma (litsenziya) kerak boʻlgan faoliyat turlarini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olgandan keyingina amalga oshiradi.
2.3. Kooperativning faoliyati oʻz aʼzolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) boʻyicha ishlayotgan fuqarolarning oʻz mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi.
2.4. Kooperativ Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanishga haqlidir.
2.5. Kooperativ Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq respublika va xalqaro bozorlarda xoʻjalik faoliyatini erkin yuritish huquqiga egadir.
III. KOOPERATIVNING MOL-MULKI
3.1. Kooperativning mustaqil balansida oʻz ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablagʻlari, pay badallari, shuningdek boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
3.2. Kooperativning mol-mulki oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar, bu mahsulotlarni sotishdan, kooperativ ustavida nazarda tutilgan oʻzga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonunlarda man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil boʻladi.
3.3. Kooperativning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek mazkur kooperativga aʼzo boʻlmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga (kontraktiga), bitimiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
3.4. Kooperativ tomonidan tashkil etilayotgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek qoʻshgan ulushlariga muvofiq xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki kooperativ mulki hisoblanadi.
IV. KOOPERATIV AʼZOLARI
4.1. 16 yoshga toʻlgan, kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir boʻlgan har bir jismoniy shaxs, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kooperativ aʼzosi boʻlishi mumkin.
4.2. Kooperativ aʼzolari boʻlgan fuqarolarning soni uch kishidan kam boʻlmasligi kerak.
4.3. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa kooperativlar va shirkatlar kooperativning jamoa aʼzolari boʻlishi mumkin. Kooperativlar va ularning jamoa aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asoslarida quriladi.
4.4. Kooperativning aʼzosi mehnat shartnomasi boʻyicha bir nechta ishlab chiqarish kooperativida ishlashi yoki ayni bir vaqtning oʻzida uy-joy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan shugʻullanuvchi bir necha kooperativning aʼzosi boʻlishga haqli.
4.5. Kooperativga kirish yoki unda mehnat shartnomasi (kontrakt, bitim) boʻyicha ishlash uchun asosiy ish joyidagi korxona mulkdorining, maʼmuriyatning (boshqaruv idorasining) roziligi talab qilinmaydi.
4.6. Qonun hujjatlariga muvofiq yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra muayyan faoliyat bilan shugʻullanishi yoxud muayyan lavozimni egallashi man etilgan shaxslarning kooperativga aʼzo boʻlishi yoki mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida unda ishlashga jalb etilishi mumkin emas.
4.7. Kooperativ aʼzosi ustavda nazarda tutilgan hollarda kooperativning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kooperativdan chiqarilishi mumkin.
4.8. Kooperativ aʼzoligidan chiqarilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
4.9. Kooperativ aʼzolari kooperativ qarzlari boʻyicha mulkiy javobgardirlar.
4.10. Aʼzolik munosabatlaridan kelib chiqqan nizoli ishlar kooperativ boshqaruv idoralari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan hal etiladi.
V. KOOPERATIV AʼZOLARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
5.1. Kooperativ aʼzolari:
kooperativ faoliyatda va uning ishlarini boshqarishda qatnashish, kooperativning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash hamda saylanish, kooperativ faoliyatini yaxshilash, uning idoralari va mansabdor shaxslarining ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish haqida takliflar kiritish:
foydali (daromaddan) ulush olish, kooperativ tugatilgan taqdirda esa ustavda nazarda tutilgan tartibda qoʻshgan mehnat va mulkiy hissasiga yarasha kooperativ aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi lozim boʻlgan mulk ulushini olish;
pay badalining butun summasini qaytarib olgan holda, shuningdek oʻz mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda kooperativ foydasidan (daromadidan) ulush olgan holda kooperativdan ixtiyoriy tarzda chiqish;
kooperativ mulkidan, ustavda kooperativ aʼzolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanish;
kooperativning mansabdor shaxslaridan kooperativning faoliyatiga doir har qanday masala yuzasidan axborot olish;
kooperativ mulkidagi oʻziga qarashli ulushni meros qilib qoldirish;
ishlab chiqarish ehtiyojlarini va kasbiy tayyorgarlikni hisobga olgan holda kooperativdan ish olish;
ishlamaydigan kunlar berish orqali taʼminlanadigan dam olish, shuningdek ishchi va xizmatchilarning tegishli toifalari uchun qonunda belgilanganidan kam boʻlmagan muddatga har yili haq toʻlanadigan taʼtil olish;
xavfsiz mehnat sharoitida ishlash;
oʻzini ijtimoiy va majburiy tibbiy sugʻurta qildirish hamda ijtimoiy taʼminlanish;
madaniy-maishiy xizmatdan foydalanish va kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilagan tartibda boshqa ehtiyojlarni qondirish huquqiga ham egadirlar.
5.2. Kooperativ aʼzolari:
kooperativ ustaviga rioya etishlari hamda kooperativning umumiy yigʻilishi, saylab qoʻyiladigan boshqaruv va nazorat idoralari qabul qilgan qarorlarni bajarishlari;
kooperativ faoliyatda mehnat qilib yoki mulk qoʻshib ishtirok etish bilan bogʻliq kooperativ oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari;
kooperativga xoʻjalik faoliyati yuritish uchun berib qoʻyilgan tabiat resurslaridan oqilona foydalanishlari, ularni asrab-avaylashlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishlari shart.
5.3. Kooperativ aʼzolari kooperativ ustavida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻladilar hamda ularning zimmasiga masʼuliyatlar ham yuklatiladi.
VI. KOOPERATIV AʼZOLARNING MASʼULIYATI
6.1. Kooperativ aʼzolari tugatilgan kooperativning qarzlari yuzasidan kooperativning mol-mulki bilan javobgar boʻladilar, bu mol-mulk yetmay qolgan taqdirda qarz summasi sud tomonidan kooperativ har bir aʼzosining yillik daromadi summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
6.2. Kooperativning jamoa aʼzosi xoʻjalik mustaqilligini saqlab qoladi va oʻz faoliyatida oʻzining ustaviga (nizomiga) amal qiladi. U mustaqil mulkiy javobgar boʻladi.
6.3. Kooperativ oʻz tarkibidagi jamoa aʼzolarining majburiyatlari uchun javobgar boʻlmaydi, jamoa aʼzolari esa kooperativning majburiyatlari boʻyicha ustavda koʻzda tutilgan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladilar.
VII. KOOPERATIVNI BOSHQARISH
7.1. Kooperativning oliy boshqaruv idorasi umumiy yigʻilish, konferensiya, syezd boʻlib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularga kooperativni boshqarish boʻyicha oʻz vakolatlarini topshiradi.
7.2. Kooperativning har bir aʼzosi, shu jumladan uning har bir jamoa aʼzosi, qoʻshgan mulkiy hissasining miqdoridan qatʼi nazar, bir ovozga ega boʻladi.
7.3. Kooperativda mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha ishlayotgan fuqarolar umumiy yigʻilishda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
7.4. Umumiy yigʻilish:
kooperativning ustavini qabul qiladi, unga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadi;
kooperativ raisini, kooperativ boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi (yollaydi) va ozod etadi, ularning faoliyatlariga doir hisobotlarini eshitadi;
kooperativ aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish masalalarini, shuningdek kooperativdan chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
kooperativning ichki tartib qoidalari, kooperativ mulkiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi, mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi qoidalarni hamda kooperativning boshqa ichki hujjatlarini qabul qiladi va ularni oʻzgartiradi;
kooperativga kirish, pay badallarining va boshqa badallarning miqdorini belgilaydi;
kooperativ faoliyatning rejalarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi;
foydani (daromadni) taqsimlash tartibini, kooperativ fondlari va rezervlarining turlari, miqdori hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
kooperativni qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish, uning xoʻjalik uyushmalariga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal qiladi.
Mazkur masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish kooperativ umumiy yigʻilishining mutlaq ixtiyorida boʻladi.
7.5. Umumiy yigʻilishining kooperativni qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish masalalari yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Umumiy yigʻilishining qolgan qarorlari, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan, agar umumiy yigʻilishining barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan oʻzgacha qaror qabul qilish belgilanmagan boʻlsa, qabul qilinadi.
7.6. Kooperativ ustaviga yoki umumiy yigʻilishning qaroriga muvofiq kooperativ faoliyatining boshqa tashkiliy, xoʻjalik va ijtimoiy masalalari ham kooperativning mutlaq ixtiyoriga berilishi mumkin.
7.7. Zarur hollarda kooperativlarda umumiy yigʻilish ixtiyoridagi masalalarni hal etish uchun vakillar yigʻilishlari chaqirilishi mumkin.
7.8. Kooperativ boshqaruvi (raisi) kooperativning ijro organi hisoblanadi va kooperativning joriy faoliyatini qonun hujjatlari va umumiy yigʻilish belgilagan tartibda boshqaradi.
7.9. Taftish komissiyasi (taftishchi) kooperativning (boshqaruvning) moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va u umumiy yigʻilish oldida hisobdordir.
7.10. Kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi kooperativning (boshqaruvning) moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorni yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
VIII. KOOPERATIVNING FAOLIYATINI TOʻXTATISH VA UNI QAYTADAN TASHKIL ETISH
8.1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xoʻjalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xoʻjalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
8.2. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham toʻxtatilishi mumkin:
agar kooperativ roʻyxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmagan boʻlsa yoki amalda toʻxtatib qoʻyilgan faoliyatini daromadlar toʻgʻrisidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil oʻtgach qaytadan boshlamasa;
kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan koʻproq) toʻlovga qobiliyatsiz boʻlsa;
kooperativ oʻz ustavini va amaldagi qonun hujjatlarining normalarini buzsa;
kooperativning tuzilgan muddati tugasa;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda.
8.3. Kooperativ davlatning roʻyxatga olish reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran (ushbu kooperativga xizmat koʻrsatayotgan bankning yozma maʼlumoti mavjud boʻlgan taqdirda) qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan deb hisoblanadi.
8.4. Kooperativ tugatilayotganda kooperativ jismoniy shaxsning sogʻligʻiga yoki hayotiga yetkazgan zarar uchun javobgar ekanligi munosabati bilan bu kooperativdan undirilishi lozim boʻlgan toʻlovlarga avans beriladi.
8.5. Ishlab chiqarish kooperativi tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar va mehnat jamoasi aʼzolarining daʼvolari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida uning ustavida koʻzda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
AʼZOLAR:
________________________________
________________________________
________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 10-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___ yil “___” ________ da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” kommandit
shirkati ishtirokchilarining ___yil
“___” _________dagi ___-son umumiy
yigʻilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
KOMMANDIT SNIRKATINING
TAʼSIS SHARTNOMASI
Bundan buyon birgalikda quyidagilar:
Toʻliq sheriklar:
“_____________” (yuridik shaxs) pochta va elektron manzili, roʻyxatdan oʻtkazgan organ nomi, reyestr raqami va sanasi;
“______________” (jismoniy shaxs) yashash manzili va fuqaroning pasporti maʼlumotlari (fuqaroning tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, pasportning qaysi organ tomonidan va qachon berilganligi);
Hissa qoʻshuvchi (kommanditchi):
“_____________” (yuridik shaxs) pochta va elektron manzili, roʻyxatdan oʻtkazgan organ nomi, reyestr raqami va sanasi;
“______________” (jismoniy shaxs) yashash manzili va fuqaroning pasporti maʼlumotlari (tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon berilganligi) ushbu taʼsis shartnomasini (bundan buyon matnda “shartnoma” deb yuritiladi) quyidagilar toʻgʻrisida imzoladilar:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Kommandit shirkat (bundan buyon matnda “shirkat” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
1.2. Shirkatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida — “___________” kommandit shirkati, qisqacha nomlanishi — “____________” KSh;
Rus tilida — kommanditnoye tovarishestvo “__________”, kratkoye naimenovaniye — KT “_________”.
1.3. Shirkatning pochta va elektron manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, __________ sh., _______ koʻchasi, ___ uy, ___@_____.
1.4. Shirkat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. SHIRKATNING FAOLIYAT TURLARI
2.1. Shirkat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
–_____________________________________;
–_____________________________________;
–_____________________________________;
Shirkatni tashkil etishdan asosiy maqsad _____________.
2.2. Shirkat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
2.3. Roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan shirkat faqat litsenziya asosida shugʻullanishi mumkin.
2.4. Shirkat oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega boʻladi hamda oʻz nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
2.5. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin.
2.6. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs sifatida tuzilgan deb hisoblanadi.
2.7. Shirkatning toʻliq nomi davlat tilida ifodalangan va shirkatning joylashgan manzili koʻrsatilgan dumaloq muhrga ega. Xoʻjalik shirkatining muhrida uning firma nomi xoʻjalik shirkatining ixtiyoriga koʻra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
2.8. Shirkat oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalarga ega boʻlishga haqli.
III. SHIRKATNING USTAV FONDI
3.1. Shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi.
3.2. Shirkatning ustav fondi ________ soʻmni tashkil etadi. Hissa qoʻshuvchilarning umumiy birgalikdagi ulushi ________ soʻmni tashkil etadi.
Jumladan:
Toʻliq sheriklar:
1. Toʻliq sherik nomi ____ soʻm, yaʼni ___%,
2. Toʻliq sherik nomi ____ soʻm, yaʼni ___%,
Hissa qoʻshuvchi (kommanditchi) ishtirokchilar:
1. Hissa qoʻshuvchining nomi ____ soʻm, yaʼni ___%,
2. Hissa qoʻshuvchining nomi ____ soʻm, yaʼni ___%.
3.3. Pul, qimmatli qogʻozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar ishtirokchilarning shirkat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshadigan hamda shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari boʻlishi mumkin.
3.4. Shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissasining pul hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
3.5. Shirkatga tegishli mol-mulk unga ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida foydalanishga berilgan muddat oʻtguniga qadar mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, shirkatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi shirkatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga oʻxshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqqa teng pul tovoni toʻlashi shart. Pul tovoni shirkat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan eʼtiboran, agar shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tovon toʻlashning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, bir oy ichida bir yoʻla toʻlanishi kerak. Bunday qaror shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan shirkat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda shirkat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Shirkatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan shirkatga ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida foydalanishga berilgan mol-mulk, agar mazkur shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, u qancha muddatga berilgan boʻlsa, shuncha muddat davomida shirkatning foydalanishida qolaveradi.
IV. SHIRKAT USTAV FONDINI KOʻPAYTIRISH VA KAMAYTIRISH
4.1. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
4.2. Shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi shirkat mol-mulki hisobiga va (yoki) shirkat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga, shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga yoki Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
4.3. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) shirkatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror shunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun shirkatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
4.4. Shirkat ustav fondi (ustav kapitali) shirkatning mol-mulki hisobiga koʻpaytiriladigan summa shirkat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) summasi oʻrtasidagi farqdan ortiq boʻlmasligi kerak.
4.5. Shirkat barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan amalga oshiriladi, qarorda qoʻshimcha hissalarning umumiy qiymati, shirkat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni qoʻshish muddati belgilanishi kerak.
4.6. Ushbu shartnomaning 4.5-bandida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qoʻshishning shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddati oʻtganidan keyin, belgilangan qoʻshimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan toʻliq yoki qisman qoʻshilgan boʻlmasa, umumiy yigʻilish:
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini shirkat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha oʻzgartirgan holda amalda qoʻshilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qoʻshgan qoʻshimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish toʻgʻrisida;
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi oldingi yigʻilishi qarori bilan belgilangan ulushini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bu holda shirkat oʻn kunlik muddat ichida oldingi yigʻilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) shirkat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan oʻsha qoʻshgan pul hissalarini shirkat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
4.7. Shirkat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) shirkatga tegishli ulushlarning haqini toʻlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
4.8. Shirkat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilmogʻi lozim.
4.9. Shirkat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida shirkatning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart. Bunda shirkat kreditorlari oʻzlariga xabarnoma yoʻllangan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida shirkat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashni yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
V. TOʻLIQ SHERIKLARNING HUQUQLARI
5.1. Shirkat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish, Qonunning 29-moddasi, ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
shirkatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish, ushbu shartnomada belgilangan tartibda buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
shirkat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
5.2. Shirkatning ishtirokchilari qonun hujjatlarida va shirkatning ushbu shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
VI. TOʻLIQ SHERIKLARNING MAJBURIYATLARI
6.1. Shirkatning ishtirokchilari:
Qonun va ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda, miqdorlarda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
shirkatning faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
shirkatning ishtirokchilari zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
shirkat ishtirokchisi Qonunda va ushbu shartnomada nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagani oqibatida shirkatga yoki uning ishtirokchilariga zarar yetkazgan taqdirda boshqa ishtirokchilar zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
VII. HISSA QOʻSHUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Shirkat hissa qoʻshuvchisi quyidagi huquqlarga ega:
shartnomada nazarda tutilgan tartibda shirkatning foydasidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshgan hissasiga mutanosib qismini olish;
shirkatning yillik hisobotlari va balanslari bilan tanishish;
moliya yili tugaganidan keyin shirkatdan chiqish va ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda oʻz hissasini olish;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini boshqa hissa qoʻshuvchiga yoki uchinchi shaxsga berish. Hissa qoʻshuvchilar ulushni (uning bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilingan bahoda sotib olishda uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadilar. Hissa qoʻshuvchi tomonidan butun ulushining oʻzga shaxsga oʻtkazilishi uning shirkatdagi ishtirokini tugatadi.
7.2. Shirkatning hissa qoʻshuvchisi shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissani ushbu shartnomada belgilangan muddatda qoʻshishi shart.
Hissaning qoʻshilganligi hissa qoʻshuvchiga shirkat tomonidan beriladigan ishtirok etish toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
VIII. ISHTIROKCHINING USTAV FONDIDAGI ULUSHINING OʻZGA SHAXSGA BERILISHI
8.1. Shirkat ishtirokchisi qolgan ishtirokchilarning roziligi bilan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini shirkatning boshqa ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxsga berishga haqli.
8.2. Ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga berilganda ulushni (ulushning bir qismini) bergan ishtirokchining huquqi toʻlaligicha yoki huquqning tegishli qismi unga oʻtadi. Ulush (ulushning bir qismi) berilgan shaxs shirkatning majburiyatlari boʻyicha Qonunning 21-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
IX. USTAV FONDIDAGI ULUSHNING SHIRKAT TOMONIDAN OLINISHI
9.1. Shirkat oʻzining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9.2. Shirkatning shartnomasida shirkat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan, shirkatning boshqa ishtirokchilari uni olishdan voz kechgan taqdirda, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) shirkatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechishga rozilik berilmagan taqdirda, agar bunday rozilik olish zarurligi taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, shirkat ishtirokchisining talabiga binoan unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) shirkat olishga majburdir. Bunda shirkat shirkatning ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) shirkat ishtirokchisining shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi hisobot davri uchun shirkatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashga yoki shirkat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni berishga majburdir.
9.3. Ulush (ulushning bir qismi) shirkat ishtirokchisi uni shirkat olsin deb talab qoʻygan paytdan eʼtiboran shirkatga oʻtadi.
9.4. Shirkat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashga yoki, agar shirkatning shartnomasida kamroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni ulush (ulushning bir qismi) shirkatga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida berishga majburdir.
9.5. Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlarining qiymati bilan shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdor oʻrtasidagi farq hisobiga toʻlanadi. Agar bunday farq yetarli boʻlmasa, shirkat oʻz ustav (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.
9.6. Shirkatga qarashli ulushlar shirkat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishidagi ovoz berish natijalarini aniqlashda, shuningdek shirkat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
9.7. Shirkatga qarashli ulush shirkatga oʻtgan kundan eʼtiboran bir yil ichida shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan shirkatning barcha ishtirokchilari oʻrtasida ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud shirkatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu shirkatning shartnomasida taqiqlangan boʻlmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi va haqi toʻliq toʻlanishi lozim. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) tegishlicha kamaytirilgan holda toʻlanishi kerak. Ulushni shirkat ishtirokchilari ulushlari miqdorlari oʻzgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bogʻliq oʻzgarishlarni shirkatning shartnomasiga kiritish shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
10.1. Ishtirokchining oʻz qarzlari boʻyicha undiruvni uning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratishga ishtirokchining boshqa mol-mulki qarzlarini qoplash uchun yetishmagan taqdirda faqat sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi. Bunday ishtirokchining kreditorlari shirkat mol-mulkining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) qarzdorning ulushiga toʻgʻri keladigan qismini, undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish maqsadida, ajratishni talab qilishga haqlidirlar. Shirkat mol-mulkning ajratilishi lozim boʻlgan qismi yoki uning qiymati kreditorlar tomonidan ajratish toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan paytdagi holatga koʻra tuzilgan balans boʻyicha aniqlanadi.
10.2. Shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtirokchining ulushiga toʻgʻri keladigan mol-mulkka undiruvni qaratish uning shirkatdagi ishtirokini tugatadi va Qonunning 21-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
XI. SHIRKAT BOSHQARUVI
11.1 Ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi shirkatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Shirkat faoliyatini boshqarish toʻliq sheriklar tomonidan amalga oshiriladi.
11.2. Shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
shirkat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
shartnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;
shirkat foydasini (zararlarini) uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
shirkat ustav fondini (ustav kapitalini ) koʻpaytirish va kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
shirkatning shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Shirkat faoliyatini boshqarish uning barcha ishtirokchilarining umumiy kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Umumiy yigʻilish qarori shirkat ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
11.3. Hissa qoʻshuvchilar shirkatni boshqarishda va uning ishlarini yuritishda ishtirok etishga ishonchnomasiz boshqa har qanday tarzda uning nomidan ish koʻrishga haqli emaslar. Hissa qoʻshuvchilar shirkatni boshqarish va uning ishlarini yuritish boʻyicha toʻliq sheriklarning xatti-harakatlari xususida bahslashishga haqli emaslar.
XII. SHIRKATNING FOYDASI VA ZARARLARINI TAQSIMLASH
12.1. Shirkat foydasi va zararlari uning ishtirokchilari oʻrtasida, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shirkatning biror-bir ishtirokchisini foyda yoki zararlarni taqsimlashda ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi kelishuv haqiqiy emas.
Agar shirkat tomonidan koʻrilgan zararlar oqibatida shirkat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan kamayib ketsa, sof aktivlar qiymati ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmagunga qadar shirkat tomonidan olingan foyda ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
XIII. SHIRKAT ISHTIROKCHILARINING UNING MAJBURIYATLARI YUZASIDAN JAVOBGARLIGI
13.1. Shirkat ishtirokchilari shirkatning majburiyatlari yuzasidan oʻz mol-mulklari bilan solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar.
13.2. Shirkat taʼsis etilganidan keyin ulushning oʻtkazilishi yoki huquqiy vorislik tartibida unga aʼzo boʻlib kirgan shirkat ishtirokchisi u shirkatga aʼzo boʻlib kirgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan boshqa ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar boʻladi.
13.3. Shirkat taʼsis etilganidan keyin yangi ishtirokchini qabul qilish tartibida shirkatga aʼzo boʻlib kirgan shirkat ishtirokchisi u shirkatga aʼzo boʻlib kirgandan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar boʻyichagina javobgar boʻladi.
13.4. Shirkatdan chiqib ketgan ishtirokchi shirkatning u chiqib ketgan paytga qadar yuzaga kelgan majburiyatlari yuzasidan, u shirkatdan chiqib ketgan yil uchun shirkatning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlangan kundan eʼtiboran ikki yil mobaynida, qolgan ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar boʻladi.
13.5. Shirkat ishtirokchilarining ushbu moddada nazarda tutilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish toʻgʻrisidagi kelishuvi haqiqiy emas.
XIV. SHIRKATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
14.1. Shirkatni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
14.2. Barcha hissa qoʻshuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda toʻliq sheriklar shirkatni tugatish oʻrniga uni toʻliq shirkatga aylantirishga haqlidirlar.
Kommandit shirkat tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot boʻlgan taqdirda, hissa qoʻshuvchilar shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan hissalar olishda toʻliq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan mol-mulki toʻliq sheriklar oʻrtasida, agar shartnomada yoki toʻliq sheriklar va hissa qoʻshuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, ularning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Agar shirkatning taʼsis shartnomasida yoki qolgan ishtirokchilarning kelishuvida shirkat oʻz faoliyatini davom ettirishi nazarda tutilgan boʻlmasa, shirkat ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda ham tugatiladi.
XV. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
15.1. Nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, ushbu shartnomaga asosan hal qilinadi.
15.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali hal qilinadi.
XVI. YAKUNIY QOIDA
16.1. Mazkur shartnoma shirkat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
KOMMANDIT SHIRKATNING TOʻLIQ SHERIKLARI:
1. ___________________________________
2. ___________________________________
3. ___________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 11-ILOVA
______________________________
(roʻyxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“ROʻYXATGA OLINGAN”
M.Oʻ.
“_____________________” davlat unitar
korxonasi muassisining ___yil
“___” ________dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
M.Oʻ.
“______________________”
DAVLAT UNITAR KORXONASINING
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “_______________________” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “korxona” deb yuritiladi) tijorat tashkiloti hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
1.2. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, tovar belgilariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.
1.3. Korxonaning rasmiy toʻliq va qisqartirilgan nomi:
davlat tilida: “_________________________________________” davlat unitar korxonasi, qisqacha nomi “_______________________” DUK,
rus tilida: gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “______________________”, qisqacha nomi GUP “___________”.
1.4. Korxona joylashgan yeri (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, ___________________________.
1.5. Korxonaning muassisi:______________________________ (keyingi oʻrinlarda “muassis” deb yuritiladi).
1.6. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
1.7. Korxona muassisning roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan tijorat tashkilotlarida, shuningdek notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aʼzo) boʻlishi mumkin.
1.8. Korxona boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
II. KORXONA FAOLIYATINING PREDMETI VA MAQSADLARI
2.1. Foyda olish, muassisning topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, shuningdek ushbu ustavda koʻrsatilgan boshqa ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish korxona faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
2.2. Quyidagilar korxona faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
2.4. Korxona faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
III. KORXONA FAOLIYATINI BOSHQARISH
3.1. Korxona oʻz faoliyatida qonun talablariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
3.2. Korxona muassisga hisobot beradi.
3.3. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
korxona faoliyatining maqsadlari, predmeti va turlarini belgilash;
korxona ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona ijro etuvchi organi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish;
korxonani qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
korxonaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud boshqa maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qoʻyish va uni tasarruf etish;
korxonaga berilgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
korxona mol-mulki bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilish.
3.4. Muassis quyidagilarga majbur:
korxona direktorini tayinlash, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi tuzish;
korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida korxonaning ustav fondini unga davlat mulkini tezkorlik bilan boshqarish uchun berish yoʻli bilan shakllantirish;
korxonaning ijro etuvchi organiga mulkni tasarruf etish uchun ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi qarorni tegishli ravishda kelishish;
korxonaga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish.
IV. KORXONA USTAV FONDINING MIQDORI
4.1. Korxonaning ustav fondi oʻzida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun unga muassis tomonidan berilgan mol-mulk va boshqa aktivlar jamini ifodalaydi.
4.2. Korxona ustav fondining miqdori ______ soʻmni tashkil etadi.
4.3. Korxonaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, muassisning qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
V. KORXONANING MOL-MULKINI TASARRUF ETISH
5.1. Tezkor boshqarish huquqi bilan muassis tomonidan korxonaga biriktirilgan mulk, asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar korxonaning mol-mulkini tashkil etadi.
5.2. Korxonaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmasdir va ulushlar (ulushlar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
5.3. Muassis korxonaga berilgan davlat mulkining oʻz vazifasiga koʻra foydalanilishi va saqlanishi, shuningdek oʻzgaga berilishi ustidan nazorat qiladi.
5.4. Korxona mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda direktor tomonidan muassis bilan kelishgan holda amalga oshiriladi:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga topshirish;
mulkni xoʻjalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qoʻshish;
xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
xoʻjalik jamiyatlaridagi Korxonaga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni sotish;
mulkni korxona faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.
Bunda bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(5.4-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 16-iyundagi 136-mh-sonli (roʻyxat raqami 2848-2, 16.06.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 520-modda)
Bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotishdan tushgan mablagʻlar, ularni sotib olish manbalaridan qatʼi nazar, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan taqsimlanadi.
(5.4-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 16-iyundagi 136-mh-sonli (roʻyxat raqami 2848-2, 16.06.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 520-modda)
VI. DAROMAD (FOYDA)NI TAQSIMLASH VA ZARARLARNI QOPLASH TARTIBI
6.1. Barcha soliqlar xamda budjetga va budjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qoladigan sof foyda korxona tasarrufida qoladi va muassisning qarori boʻyicha foydalaniladi.
6.2. Korxonaning xoʻjalik faoliyati natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash ushbu maqsadlarda tashkil etilgan zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
VII. ZAXIRA JAMGʻARMASI VA BOSHQA JAMGʻARMALARNI TASHKIL ETISH TARTIBI
7.1. Korxona oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira jamgʻarmasini, shuningdek miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadigan boshqa jamgʻarmalarni tashkil etishi mumkin.
Asosiy vositalarni qayta baholash summasi va bepul olingan mol-mulk qiymati ham zaxira jamgʻarmasini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
7.2. Korxona ustav fondining 15% miqdorida zaxira fondi shakllantiradi.
VIII. KORXONA DIREKTORINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
8.1. Korxonaning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
8.2. Korxona direktori:
yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organi rahbari hisoblanadi;
korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni oʻzgartiradi va toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
korxonaning ichki tartib-qoidasi va xoʻjalik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
korxonaning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
8.3. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarni bajarishda korxona manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi.
8.4. Direktor budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlov oʻz vaqtida toʻlanishi, ish haqi toʻlanishi, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishi, oʻzining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan korxonaga yetkazilgan zarar, shu jumladan, korxonaga berilgan davlat mulki yoʻqotilgan holat uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
IX. HISOBOTLARNI TUZISH TARTIBI
9.1. Korxona hisobot davri tamom boʻlgandan keyin roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlash uchun belgilangan tartibda berilishi uchun javob beradi.
9.2. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida korxona faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
X. KORXONANING JAVOBGARLIGI
10.1. Korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Korxonaning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda muassis korxonaning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javob beradi.
10.2. Korxona muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
XI. KORXONA FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
11.1. Korxona muassis bilan kelishgan holda, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
11.2. Korxonaning filiallari va vakolatxonalari korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida korxona nomidan ish koʻradi.
11.3. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan vakolatxonalar va filiallar korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida va oʻzlari joylashgan mamlakatlarning qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻradilar.
XII. KORXONANI TUGATISH VA QAYTA TASHKIL ETISH
12.1. Korxona qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muassisning qarori boʻyicha yoki sudning qarori boʻyicha tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
12.2. Korxonaning tugatilishi huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmasdan korxona faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi, qayta tashkil etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Korxona muassisi: _________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 12-ILOVA
1.1. Bundan buyon “____________” oilaviy korxonasi boshligʻi deb ataluvchi _________________________ (F.I.O.) hamda ishtirokchilar deb ataluvchi __________________________ (F.I.O.) va __________________ (F.I.O.) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida “____________” oilaviy korxonasini (keyingi oʻrinlarda “korxona” deb yuritiladi) tashkil etdilar.
1.2. Korxona boshligʻi va ishtirokchilari quyidagilar:
— ________________ (F.I.O.), pasport seriyasi ________, _________ tomonidan ___________ kuni berilgan, ______________________________ manzilda yashaydi; — ________________ (F.I.O.), pasport seriyasi ________, _________ tomonidan ___________ kuni berilgan, ______________________________ manzilda yashaydi; — ________________ (F.I.O.), pasport seriyasi ________, _________ tomonidan ___________ kuni berilgan, ______________________________ manzilda yashaydi.
1.5. Korxona cheklanmagan muddatga tashkil etilgan.
II. USTAV FONDI
2.1. Korxonani tuzish va uning faoliyatini taʼminlash uchun _____________ soʻm miqdorida ustav fondi tashkil etiladi.
2.2. Ishtirokchilarning Ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
- ________________ ning ulushi — _____________ soʻm, yaʼni ______ %;
- ________________ ning ulushi — _____________ soʻm, yaʼni ______ %;
- ________________ ning ulushi — _____________ soʻm, yaʼni ______ %.
III. USTAV FONDIGA ULUSH KIRITISH TARTIBI, MIQDORI VA USULLARI
3.1. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki oʻzga shaxsga oʻtkaziladigan boshqa huquqlar koʻrinishda kiritilishi mumkin.
Korxonaning ustav fondi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining oʻn baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
3.2. Korxonaning ustav fondiga ishtirokchilar tomonidan oʻzlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi. Ustav fondining miqdori oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi qaror korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Ishtirokchilarning korxona tarkibidan chiqishida korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga oʻzi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natura holda oʻziga ajratib berilishi mumkin. Korxona taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartirish kiritishni roʻyxatga olish vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining minimal miqdoridan kam boʻlsa, korxona ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
3.3. Korxona moliya-xoʻjalik faoliyati davomida olingan sof foyda ishtirokchilar oʻrtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
3.4. Korxona tugatilgan taqdirda mol-mulkni taqsimlash tartibi ishtirokchilar oʻrtasida kelishilgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3.5. Korxona ishtirokchilarining oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkdan tarkib topadi.
IV. KORXONANING ASOSIY VA QOʻSHIMCHA FAOLIYAT TURLARI, MOL-MULKIGA DOIR YIRIK BITIMLARI
4.1. Korxonaning asosiy faoliyat turi _____________________________________________________________.
Korxonaning qoʻshimcha faoliyat turlari _____________________________________________________________.
Korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin.
4.2. Korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimning miqdori _______________ soʻmni tashkil etadi.
Korxona bitimlar tuzishda erkindir.
4.3. Korxona faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yoʻnalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
V. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz boʻlmasligi kerak. Korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan oʻrtacha yillik sonidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
5.2. Korxona boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish va yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan korxona faoliyatiga bogʻliq boʻlgan shartnomalar tuzish;
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
ishonchnomalar berish.
5.3. Korxona boshligʻi:
korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi;
korxonaning mol-mulki bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini taʼminlashi;
buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlashi shart.
5.4. Korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
korxonaning foydasidan oʻz ulushini olish;
korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish.
5.5. Korxona ishtirokchilari korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
VI. KORXONA ISHTIROKCHILARINING UMUMIY YIGʻILISHI
6.1. Korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi korxonaning yuqori boshqaruv organidir.
6.2. Korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
korxonaning taʼsis shartnomasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
korxona boshligʻini saylash;
korxona faoliyatining turlarini belgilash;
korxonaning ustav fondini belgilash va uning miqdoriga oʻzgartishlar kiritish;
korxona boshligʻining korxona moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotini koʻrib chiqish;
taʼsis shartnomasiga muvofiq korxonaning foydasini taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
6.3. Korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bir ovozdan qabul qilinishi lozim.
VII. KORXONANI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
7.1. Korxonani qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga koʻra, shuningdek agar unda korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Korxona tugatilayotganda boʻshatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
7.2. Korxona uning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan hisoblanadi.
7.3. Korxonani tugatish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
VIII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
8.1. Taʼsis shartnoma ishtirokchilar tomonidan imzolanganidan soʻng kuchga kiradi.
8.2. Taʼsis shartnomada oʻz ifodasini topmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha tartibga solinadi.
8.3. Korxona boshligʻi oʻzgargan, ishtirokchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirgan (undan chiqib ketgan), er va xotin oʻrtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan va bu hollar oilaviy korxona balansiga berilgan oilaviy korxona ishtirokchilarining mol-mulki roʻyxatida oʻzgarishlarga sabab boʻlgan taqdirda, taʼsis shartnomaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi.
ISHTIROKCHILAR:
___________________________
(F.I.O.)
___________
(imzo)
___________________________
(F.I.O.)
___________
(imzo)
___________________________
(F.I.O.)
___________
(imzo)
___________________________
(F.I.O.)
___________
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 13-ILOVA
Bundan buyon birgalikda “ishtirokchilar”, deb nomlanuvchi quyidagilar:
“_____________” (yuridik shaxs) pochta va elektron manzili, roʻyxatdan oʻtkazgan organ nomi, reyestr raqami va sanasi;
“______________” (jismoniy shaxs) yashash manzili va fuqaroning pasporti maʼlumotlari (fuqaroning tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, pasportning qaysi organ tomonidan va qachon berilganligi) ushbu taʼsis shartnomasini (bundan buyon matnda “shartnoma” deb yuritiladi) quyidagilar toʻgʻrisida imzoladilar:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu toʻliq shirkat (bundan buyon matnda “shirkat” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
1.2. Shirkatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida — “___________” toʼliq shirkati, qisqacha nomlanishi — “____________” TSh;
Rus tilida — polnoye tovarishestva “__________”, kratkoye naimenovaniye — PT “_________”.
1.3. Shirkatning pochta va elektron manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, __________________________________, _____@______.
1.4. Shirkat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
1.5. Shirkat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq vakolatxonalar va filiallar va boshqa alohida boʻlinmalar tuzishga haqli.
Shirkat vakolatxonalari va filiallariga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi haqidagi axborotlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga bildirish tariqasida taqdim etiladi. Ushbu shartnomadagi mazkur oʻzgartishlar yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bunday oʻzgartishlardan xabardor qilingan paytdan eʼtiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
II. SHIRKATNING FAOLIYAT TURLARI
2.1. Shirkat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
—_______________________________________________;
—_______________________________________________;
—_______________________________________________;
Shirkatni tashkil etishdan asosiy maqsad _____________________.
2.2. Shirkat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
2.3. Roʻyxati qonunlarda belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan shirkat faqat litsenziya asosida shugʻullanishi mumkin.
2.4. Shirkat oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega boʻladi hamda oʻz nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
2.5. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin.
2.6. Shirkat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs sifatida tuzilgan deb hisoblanadi.
2.7. Shirkat toʻliq nomi davlat tilida ifodalangan va xoʻjalik shirkatning joylashgan manzili koʻrsatilgan dumaloq muhrga ega boʻladi. Shirkatning muhrida uning firma nomi shirkatning ixtiyoriga koʻra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
2.8. Shirkat oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalarga ega boʻlishga haqli.
III. SHIRKATNING USTAV FONDI
3.1. Shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi.
3.2. Shirkat ustav fondining miqdori ________ soʻmni tashkil etadi.
Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari miqdori quyidagicha:
1. Ishtirokchi nomi ____ soʻm, yaʼni ___%,
2. Ishtirokchi nomi ____ soʻm, yaʼni ___%,
3. Ishtirokchi nomi ____ soʻm, yaʼni ___%.
3.3. Pul, qimmatli qogʻozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar ishtirokchilarning shirkat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshadigan hamda shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning ulushlari boʻlishi mumkin.
3.4. Shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz ulushining pul hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
3.5. Shirkatga tegishli mol-mulk unga ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida foydalanishga berilgan muddat oʻtguniga qadar mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, shirkatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi shirkatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga oʻxshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqqa teng pul tovoni toʻlashi shart. Pul tovoni shirkat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan eʼtiboran, agar shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori bilan tovon toʻlashning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, bir oy ichida bir yoʻla toʻlanishi kerak. Bunday qaror shirkatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan shirkat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda shirkat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Shirkatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan shirkatga ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida foydalanishga berilgan mol-mulk, u qancha muddatga berilgan boʻlsa, shuncha muddat davomida shirkatning foydalanishida qolaveradi.
IV. SHIRKAT USTAV FONDINI KOʻPAYTIRISH VA KAMAYTIRISH
4.1 Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
4.2 Shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi shirkat mol-mulki hisobiga va (yoki) shirkat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga va (yoki) agar bu shirkatning taʼsis shartnomasida taqiqlangan boʻlmasa, shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga ushbu shartnomada yoki Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
4.3 Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) shirkatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror shunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun shirkatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
4.4 Shirkat ustav fondi (ustav kapitali) shirkatning mol-mulki hisobiga koʻpaytiriladigan summa shirkat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) summasi oʻrtasidagi farqdan ortiq boʻlmasligi kerak.
4.5. Shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan amalga oshiriladi, qarorda qoʻshimcha hissalarning umumiy qiymati, shirkat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni qoʻshish muddati belgilanishi kerak.
4.6. Ushbu shartnomaning 4.5-bandida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qoʻshishning shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddati oʻtganidan keyin, belgilangan qoʻshimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan toʻliq yoki qisman qoʻshilgan boʻlmasa, umumiy yigʻilish:
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini shirkat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha oʻzgartirgan holda amalda qoʻshilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qoʻshgan qoʻshimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish toʻgʻrisida;
qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi oldingi yigʻilishi qarori bilan belgilangan ulushini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bu holda shirkat oʻn kunlik muddat ichida oldingi yigʻilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) shirkat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan oʻsha qoʻshgan pul hissalarini shirkat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
4.7. Shirkat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli. Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) shirkatga tegishli ulushlarning haqini toʻlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
4.8 Shirkat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi lozim.
4.9 Shirkat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida shirkatning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilishi shart. Bunda shirkat kreditorlari oʻzlariga xabarnoma yoʻllangan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida shirkat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashni yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
V. SHIRKAT ISHTIROKCHILARINING HUQUQLARI
5.1. Shirkat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish, Qonunning 29-moddasi, ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
shirkatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish, taʼsis shartnomasida belgilangan tartibda buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
shirkat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
5.2. Shirkatning ishtirokchilari qonun hujjatlarida va shirkatning taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
VI. SHIRKAT ISHTIROKCHILARINING MAJBURIYATLARI
6.1. Shirkatning ishtirokchilari:
Qonun va taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda, miqdorlarda, usullarda va muddatlarda ulush qoʻshishlari;
shirkatning faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Shirkatning ishtirokchilari zimmasida qonun hujjatlarida va shirkatning taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Shirkat ishtirokchisi Qonunda va taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagani oqibatida shirkatga yoki uning ishtirokchilariga zarar yetkazgan taqdirda boshqa ishtirokchilar zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
VII. ISHTIROKCHINING SHIRKAT USTAV FONDIDAGI ULUSHINING OʻZGA SHAXSGA BERILISHI
7.1. Shirkat ishtirokchisi qolgan ishtirokchilarning roziligi bilan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini shirkatning boshqa ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxsga berishga haqli.
7.2. Ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga berilganda ulushni (ulushning bir qismini) berilgan shaxs shirkatning majburiyatlari boʻyicha Qonunning 21-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
VIII. USTAV FONDIDAGI ULUSHNING SHIRKAT TOMONIDAN OLINISHI
8.1. Shirkat oʻzining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
8.2. Shirkatning taʼsis shartnomasida shirkat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan, shirkatning boshqa ishtirokchilari uni olishdan voz kechgan taqdirda, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) shirkatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechishga rozilik berilmagan taqdirda, agar bunday rozilik olish zarurligi taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, shirkat ishtirokchisining talabiga binoan unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) shirkat olishga majburdir. Bunda shirkat shirkatning ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) shirkat ishtirokchisining shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi hisobot davri uchun shirkatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashga yoki shirkat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni berishga majburdir.
8.3. Ulush (ulushning bir qismi) shirkat ishtirokchilari uni shirkat olsin deb talab qoʻygan paytdan eʼtiboran shirkatga oʻtadi.
8.4. Shirkat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashga yoki, agar shirkatning taʼsis shartnomasida kamroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni ulush (ulushning bir qismi) shirkatga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida berishga majburdir.
8.5. Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlarining qiymati bilan shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdor oʻrtasidagi farq hisobiga toʻlanadi. Agar bunday farq yetarli boʻlmasa, shirkat oʻz ustav (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.
8.6. Shirkatga qarashli ulushlar shirkat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishidagi ovoz berish natijalarini aniqlashda, shuningdek shirkat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
8.7. Shirkatga qarashli ulush shirkatga oʻtgan kundan eʼtiboran bir yil ichida shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan shirkatning barcha ishtirokchilari oʻrtasida ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud shirkatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu shirkatning taʼsis shartnomasida taqiqlangan boʻlmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi va haqi toʻliq toʻlanishi lozim. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) tegishlicha kamaytirilgan holda toʻlanishi kerak. Ulushni shirkat ishtirokchilari ulushlari miqdorlari oʻzgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bogʻliq oʻzgarishlarni shirkatning taʼsis shartnomasiga kiritish shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
IX. UNDIRUVNI ISHTIROKCHINING SHIRKAT USTAV FONDIDAGI ULUSHIGA QARATISH
9.1. Ishtirokchining oʻz qarzlari boʻyicha undiruvni uning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratishga ishtirokchining boshqa mol-mulki qarzlarini qoplash uchun yetishmagan taqdirda faqat sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi. Bunday ishtirokchining kreditorlari shirkat mol-mulkining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) qarzdorning ulushiga toʻgʻri keladigan qismini, undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish maqsadida, ajratishni talab qilishga haqlidirlar. Shirkat mol-mulkning ajratilishi lozim boʻlgan qismi yoki uning qiymati kreditorlar tomonidan ajratish toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan paytdagi holatga koʻra tuzilgan balans boʻyicha aniqlanadi.
9.2. Shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtirokchining ulushiga toʻgʻri keladigan mol-mulkka undiruvni qaratish uning shirkatdagi ishtirokini tugatadi va Qonunning 21-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
X. SHIRKAT BOSHQARUVI
10.1 Ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi shirkatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
10.2. Shirkat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
shirkat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
taʼsis shartnomasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;
shirkat foydasini (zararlarini) uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish va kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
shirkatning taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Shirkat faoliyatini boshqarish uning barcha ishtirokchilarining umumiy kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Umumiy yigʻilish qarori shirkat ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
10.3. Shirkatning har bir ishtirokchisi, u shirkatning ishlarini yuritishga vakolatli yoki vakolatli emasligidan qatʼi nazar, ishlarni yuritishga doir barcha hujjatlar bilan tanishishga haqlidir. Bunday huquqdan voz kechish yoki uni cheklab qoʻyish, shu jumladan shirkat ishtirokchilarining kelishuviga binoan cheklab qoʻyish haqiqiy emas.
XI. SHIRKATNING FOYDA VA ZARARLARINI QOPLASH
11.1. Shirkat foydasi va zararlari uning ishtirokchilari oʻrtasida, agar taʼsis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shirkatning biror-bir ishtirokchisini foyda yoki zararlarni taqsimlashda ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi kelishuv haqiqiy emas.
Agar shirkat tomonidan koʻrilgan zararlar oqibatida shirkat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan kamayib ketsa, sof aktivlar qiymati ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmagunga qadar shirkat tomonidan olingan foyda ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlanmaydi.
XII. SHIRKAT ISHTIROKCHILARINING UNING MAJBURIYATLARI YUZASIDAN JAVOBGARLIGI
12.1 Shirkat ishtirokchilari shirkatning majburiyatlari yuzasidan oʻz mol-mulklari bilan solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar.
12.2 Shirkat taʼsis etilganidan keyin ulushning oʻtkazilishi yoki huquqiy vorislik tartibida unga aʼzo boʻlib kirgan shirkat ishtirokchisi u shirkatga aʼzo boʻlib kirgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan boshqa ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar boʻladi.
12.3 Shirkat taʼsis etilganidan keyin yangi ishtirokchini qabul qilish tartibida shirkatga aʼzo boʻlib kirgan shirkat ishtirokchisi u shirkatga aʼzo boʻlib kirgandan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar boʻyichagina javobgar boʻladi.
12.4 Shirkatdan chiqib ketgan ishtirokchi shirkatning u chiqib ketgan paytga qadar yuzaga kelgan majburiyatlari yuzasidan, u shirkatdan chiqib ketgan yil uchun shirkatning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlangan kundan eʼtiboran ikki yil mobaynida, qolgan ishtirokchilar bilan teng ravishda javobgar boʻladi.
12.5 Shirkat ishtirokchilarining ushbu moddada nazarda tutilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish toʻgʻrisidagi kelishuvi haqiqiy emas.
XIII. SHIRKATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
13.1 Shirkatni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
13.2 Shirkat qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga koʻra, shuningdek shirkatda yagona ishtirokchi qolgan taqdirda tugatiladi. Bunday ishtirokchi shirkatning yagona ishtirokchisiga aylangan paytdan eʼtiboran olti oy ichida yangi ishtirokchilarni qabul qilishga va shirkatni saqlab qolishga, shirkat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatni moliyalashtirish toʻgʻrisida hissa qoʻshuvchilar bilan shartnoma tuzishga va kommandit shirkat tuzishga, shirkatni qayta tuzish yoki tugatishga haqlidir.
XIV. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
14.1. Nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari va ushbu shartnomaga asosan hal qilinadi.
14.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali hal qilinadi.
XV. YAKUNIY QOIDA
15.1. Mazkur shartnoma shirkat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
SHIRKAT ISHTIROKCHILARI:
1. _____________________________________
2. _____________________________________
3. _____________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrugʻiga 14-ILOVA
1.1. _______________ unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “korxona” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan tashkil etiladi. Uning muassisi boʻlib _________________________ hisoblanadi.
Korxonaning toʻliq nomi: “____________” unitar korxonasi;
Qisqartirilgan nomi: “__________” UK.
1.2. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
1.3. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, oʻz nomi yozilgan muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi. Korxona oʻz faoliyatini toʻliq xoʻjalik hisobi, oʻz-oʻzini moliyaviy taʼminlash va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida olib boradi.
1.4. Korxona oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
1.5. Korxona muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda ishtirok etishi mumkin.
1.6. Korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari boʻyicha undirilishi mumkin boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi.
1.7. Korxona oʻz muassisining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Muassis korxonaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
Korxona cheklanmagan muddatda faoliyat yuritadi.
1.8. Korxona joylashgan yeri (pochta manzili): ___________________________
II. FAOLIYAT MAQSADI VA SOHASI
2.1. Korxonani tashkil etishdan asosiy maqsad: ______ faoliyatini amalga oshirish orqali foyda olish hisoblanadi.
2.2. Korxona faoliyatining sohasi:
— ________________________________;
— _______________________________.
2.3. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya olinishi kepak boʻlgan bapcha faoliyat tupini litsenziya olgandan soʻng amalga oshipadi.
III. KORXONA FAOLIYATINI BOSHQARISH
3.1. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
— korxona faoliyatining maqsadi, sohasi va turlarini belgilash;
— korxonaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida sudga daʼvo taqdim etish;
— korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan huquqlarni amalga oshirish.
3.2. Direktor ijro etuvchi organ rahbari hisoblanadi.
3.3. Direktor:
korxona nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va bekor qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan qaror va buyruqlar qabul qiladi;
korxonaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
ish faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
korxonaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
IV. KORXONANING USTAV FONDI MIQDORI
4.1. Korxonaning ustav fondi pul mablagʻlari va mol-mulklardan iborat boʻladi.
4.2. Korxona ustav fondining miqdori __________ soʻmni tashkil qiladi.
4.3. Muassis korxona ustav fondiga pul mablagʻlari, mol-mulk va taqsimlanmagan foydani kiritishi mumkin.
4.4. Korxona muassisining qaroriga asosan ustav fondi koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
4.5. Ustav fondini koʻpaytirish muassis tomonidan qoʻshimcha ulush kiritish yoki korxonaning taqsimlanmagan foydasi hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
V. KORXONANING MULKINI TASARRUF ETISH
5.1. Muassis tomonidan korxonaga xoʻjalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar korxona mulkini tashkil qiladi.
5.2. Korxonaning mol-mulki boʻlinmasdir. Korxona xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
5.3. Muassis korxonaga berilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini nazorat qiladi.
5.4. Direktor muassis bilan kelishgan holda korxona mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
VI. DAROMADLARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI
6.1. Korxona daromadi:
— xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
VII. ZAXIRA FONDINI VA BOSHQA FONDLARNI TASHKIL ETISH TARTIBI
7.1. Korxona oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadi.
VIII. DAROMAD (FOYDA)NI TAQSIMLASH VA ZARARLARNI QOPLASH TARTIBI
8.1. Korxonada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Korxona tasarrufida qoladi va undan muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
IX. HISOBOTLAR TAQDIM ETISH TARTIBI
9.1. Korxona hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning oʻrnatilgan tartibda saqlanishini taʼminlaydi.
9.2. Direktor har chorakda faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida muassisga hisobot beradi.
X. KORXONANING JAVOBGARLIGI
10.1. Korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Muassis korxonaning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
10.2. Korxona muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
XI. KORXONANING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
11.1. Korxona muassis bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham uning tashqarisida ham, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
11.2. Korxonaning filiallari va vakolatxonalari korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
XII. KORXONANI TUGATISH VA QAYTA TASHKIL ETISH
12.1. Korxona muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda esa sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
12.2. Korxonani tugatish korxona faoliyatining huquq va majburiyatlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi. Korxona qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Unitar korxona muassisi: _________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 586-modda; 2017-y., 9-son, 136-modda, 24-son, 520-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-1/1052-son)