toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2848-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-avgust,
330-mh-son
Kelishilgan:

Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV

2019-yil 2-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 12-avgustdagi 330-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-son “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848, 2016-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 586-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 38-mh-son “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarining 6-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848-1, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 136-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 16-iyundagi 136-mh-son “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarining 11-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848-2, 2017-yil 16-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 520-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 218-mh-son “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarining 6-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848-3, 2018-yil 9-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-3/1052-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/2848-4/3553-son)