1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.03.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.03.01 Oʻsimlik dunyosining davlat hisobi. Oʻsimlik dunyosining davlat kadastri. Oʻsimlik dunyosining monitoringi;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi;
7.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT KADASTRLARI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Ushbu Qonunning maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni toʻplash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
2-modda. Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xoʻjalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi.
4-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimi
Davlat kadastrlarining yagona tizimi Oʻzbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini taʼminlashga moʻljallangan koʻp maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
5-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat oʻrmon kadastri;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.03.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.03.01 Oʻsimlik dunyosining davlat hisobi. Oʻsimlik dunyosining davlat kadastri. Oʻsimlik dunyosining monitoringi;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi;
7.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat yer kadastri;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar davlat kadastri;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
davlat oʻrmon kadastri;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 21-moddasi.
oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom.
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 28-moddasiga qarang.
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibiga qarang.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom.
chiqindilarni koʻmib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga qarang.
(5-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri;
texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun bilan belgilanadigan boshqa davlat kadastrlari ham kirishi mumkin.
6-modda. Davlat kadastrlari obyektlari
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini koʻmib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi.
Qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari ham nazarda tutilishi mumkin.
7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kadastr obyektlarining har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini toʻla qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash;
kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;
kadastrga doir axborotning aniqligi;
kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.
8-modda. Davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat boshqaruvi
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish tartibini belgilaydi;
10-modda. Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur boʻlgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi;
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadilar;
davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
kadastr obyektlariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan taʼminlash.
Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisida, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi davlat kadastrining har bir turi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tartibga solingan. Mazkur Qonunning 5-moddasiga qarang.
Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
13-modda. Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi.
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat reyestrlariga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli boʻlinmalari tomonidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, shuningdek aholi punktlari, tumanlar, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ularning amaldagi holati va ulardan foydalanilishiga koʻra olib boriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Kadastr obyektlarini baholash sifat va qiymat jihatidan baholashni oʻz ichiga oladi.
Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Kadastr obyektlarini qiymat jihatidan baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Kadastr obyektiga boʻlgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, obyektning kadastr yigʻmajildi, kadastr xaritasi (plani), kadastr kitobi, kadastr obyektlarining holati haqidagi hisobot kadastr hujjatlarining asosiy turlaridir.
Kadastr yigʻmajildi kadastr obyektiga boʻlgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan kadastr obyektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlaridan iborat boʻladi.
Kadastr xaritasi (plani) kadastr obyektlari joylashgan yerni, ularning chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi grafik chizma hujjati boʻlib, u qogʻozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
Kadastr kitobi kadastr obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobot davlat kadastrining har bir turi boʻyicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr obyektlarining alohida hududlar va butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
17-modda. Davlat kadastrlariga doir axborotni taqdim etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.