1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, koʻchmas mulk va unga taalluqli huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflik tamoyilini joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 46.3-bandiga muvofiq koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda — ochiq maʼlumotlar) tarkibini belgilash, ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportalni joriy etish hamda maʼlumotlarni Milliy geoaxborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan axborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi;
koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
kadastr muhandislarining axborot tizimidan foydalanishi hamda unga ulanishi uchun qoʻyiladigan texnik va dasturiy talablar, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan kadastr muhandislari tomonidan axborot tizimidan foydalanilganligi uchun Kadastr agentligi bilan tuzilgan shartnoma asosida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga toʻlov amalga oshiriladi;
kadastr muhandislari tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar Kadastr agentligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot tizimini yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ochiq maʼlumotlarni ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga toʻlov evaziga taqdim etish tartibi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasining kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyatini yaratish;
ochiq maʼlumotlarni taqdim etish shartlari va muddatlari;
ochiq maʼlumotlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, ularni hisoblash va tushumlarni taqsimlash tartibi;
ommaviy geoportal operatorining vazifalari.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2024-yil 1-yanvarga qadar:
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlarini yakunlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda har oylik grafik asosida koʻp kvartirali uy mulkdorlari nomidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli murojaatlar yuborilishini, ularga asosan koʻp kvartirali uy joylashgan hamda unga tutash yer uchastkasining chegaralari va oʻlchamlari belgilanishini, shuningdek, koʻp kvartirali uy mulkdorlarining yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022-yil oxiriga qadar oʻzlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarining davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin.
6. Kadastr agentligi:
uch oy muddatda kadastr muhandislari tomonidan koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish hamda ularning monitoringini yuritish imkoniyatini yaratgan holda, Kadastr agentligining axborot tizimlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq kadastr yigʻmajildini tayyorlash sohasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan tajriba-sinov natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
2023-yil 1-yanvarga qadar ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportalni ishga tushirsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-oktabr,
610-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda — ochiq maʼlumotlar) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalariga, jismoniy va boshqa yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot tizimi foydalanuvchisi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoki tomonlarning kelishuviga koʻra axborot tizimidagi axborot resurslaridan foydalanuvchi davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, jismoniy va boshqa yuridik shaxslar;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida, shuningdek, huquq egalari haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona axborot maʼlumotlar bazasi;
ommaviy geoportal — ochiq maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlaydigan axborot tizimining veb-portali;
ommaviy geoportal operatori — ommaviy geoportalning uzluksiz faoliyat yuritishi, uning yanada modernizatsiya qilinishi va axborot xavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan tizim operatori — Kadastr agentligi huzuridagi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK;
texnologik yoʻriqnoma — ommaviy geoportal doirasida davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan idoralararo elektron soʻrovlar orqali maʼlumotlar almashish boʻyicha oʻzaro elektron hamkorlik qilish tartibi, maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablar, ularning shakli va taqdim etish muddatlarini ifoda etuvchi, ommaviy geoportal operatori tomonidan Kadastr agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan hujjat;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
4. Ommaviy geoportalning vazifalari axborot tizimi foydalanuvchilariga Elektron hamkorlik moduli (veb-servis) asosida xizmatlar koʻrsatish va texnologik yoʻriqnomalar asosida integratsiya qilish yoʻli bilan maʼlumotlarni taqdim qilishdan iborat.
5. Ommaviy geoportalda ommaviy geoportal operatori tomonidan quyidagi xizmatlarni koʻrsatuvchi veb-servislar yaratiladi:
ommaviy geoportaldan foydalanish uchun texnologik yoʻriqnoma;
ochiq maʼlumotlarni koʻrish;
ochiq maʼlumotlarni yuklab olish;
elektron soʻrovga koʻra, shartnoma va texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq ommaviy geoportalga doimiy ravishda integratsiya qilish orqali maʼlumotlarni taqdim qilish imkoniyatini yaratish.
6. Ochiq maʼlumotlar foydalanuvchini identifikatsiya qilish yoki shartnoma asosida ommaviy geoportal operatoriga ishtirokchi sifatida integratsiya qilish orqali taqdim qilinadi.
7. Ommaviy geoportal operatori ommaviy geoportal ishtirokchilarining masʼul xodimlari hamda ommaviy geoportalda roʻyxatdan oʻtgan axborot tizimi foydalanuvchilari hisobini yuritadi, ommaviy geoportalga kirish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi.
8. Yer uchastkasining kadastr raqami, uning joylashgan joyi (manzili) va undan foydalanish maqsadi ochiq maʼlumotlar tarkibidagi birlamchi maʼlumotlarni tashkil qiladi hamda ular ommaviy geoportal foydalanuvchilariga bepul taqdim etiladi.
9. Ochiq maʼlumotlar uchun toʻlovlar onlayn amalga oshiriladi va toʻlov hisobi uchun Yagona billing tizimiga integratsiya qilinadi.
2-bob. Ochiq maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalariga taqdim etish
10. Ochiq maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalariga taqdim etish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari ommaviy geoportal operatoriga ochiq maʼlumotlardan foydalanish uchun murojaat qiladi.
12. Ommaviy geoportal operatori davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari soʻrovi asosida ularning ochiq maʼlumotlar va axborot resurslaridan doimiy ravishda foydalanishi uchun bir ish kunida idoralararo texnologik yoʻriqnoma va shartnomani rasmiylashtiradi.
13. Ochiq maʼlumotlarni axborot tizimi orqali taqdim qilishda xoʻjalik birlashmalari shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlov amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ochiq maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlariga taqdim etish bepul amalga oshiriladi.
14. Ommaviy geoportal operatori davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini axborot tizimi foydalanuvchisi sifatida qabul qiladi hamda texnologik yoʻriqnomaga muvofiq ularga ochiq maʼlumotlarni taqdim etadi.
15. Davlat boshqaruvi organlari elektron soʻrov orqali ommaviy geoportaldan oʻzining boshqa axborot tizimiga ochiq maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega.
16. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan idoralararo elektron hamkorlik orqali maʼlum boʻlgan maʼlumotlarning va shaxsga doir maʼlumotlarning maʼlumot taalluqli boʻlgan subyektlarning yozma yoki elektron roziligisiz oshkor etilishiga hamda (yoki) uchinchi tomonga taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Axborot tizimi foydalanuvchisi elektron hamkorlik doirasida olinadigan ochiq maʼlumotlarning saqlanishini va himoyasini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
3-bob. Ochiq maʼlumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish
18. Ochiq maʼlumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Jismoniy va yuridik shaxslar ochiq maʼlumotlardan foydalanish uchun ommaviy geoportalda avtorizatsiyadan oʻtadi.
20. Ommaviy geoportalda avtorizatsiyadan oʻtgan jismoniy va yuridik shaxslarga ochiq maʼlumotlar tarkibidan zarur maʼlumotlarni tanlash imkoniyati yaratiladi.
21. Ommaviy geoportal operatori jismoniy va yuridik shaxslar soʻrovi asosida ularning ochiq maʼlumotlar va axborot resurslaridan doimiy ravishda foydalanishi uchun bir ish kunida texnologik yoʻriqnoma va shartnomani rasmiylashtiradi.
22. Ochiq maʼlumotlar haq evaziga taqdim qilinadi.
Ochiq maʼlumotga mos ravishda toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) elektron shaklda yuboriladi.
23. Toʻlovlar yagona billing tizimi yordamida amalga oshiriladi.
24. Ommaviy geoportalda toʻlov amalga oshirilgan ochiq maʼlumotlarni elektron formatda mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
4-bob. Ochiq maʼlumotlarni taqdim etish uchun toʻlovlarni hisoblash va mablagʻlarni taqsimlash
25. Jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida taqdim qilinadigan har bir ochiq maʼlumot uchun toʻlov Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibining 4.14-bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
26. Maʼlumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etishdan tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
40 foizi — Kadastr agentligi axborot tizimlarining, xususan, ommaviy geoportalning uzluksiz faoliyat yuritishini, modernizatsiya qilinishi va doimiy ravishda axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq ishlashini taʼminlash uchun ommaviy geoportal operatorining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Mazkur Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2157-moddasi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlar
TARKIBI
1.
Reyestrning tartib raqami:
2.
Yuridik shaxsning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi:
3.
Yer uchastkasi haqida maʼlumotlar:
3.1.
Yer uchastkasining kadastr raqami:
3.2.
Maydoni, ga:
3.3.
Joylashgan joyi:
3.4.
Huquq turi:
3.5.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:
3.6.
Yer uchastkasidan foydalanish maqsadi:
3.7.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi:
3.8.
Servitutlar:
3.9.
Kadastr bahosi, 20___ y. holatiga ming soʻm
3.10.
Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqami:
4.
Binolar, inshootlar va koʻp yillik ekinlar haqida maʼlumotlar:
4.1.
Binolar va inshootlar roʻyxati, koʻp yillik ekinlar turlari:
4.2.
Bino va inshootning kadastr raqami:
4.3.
Maydon, kv. m:
4.3.1.
Umumiy:
4.3.2.
Ishlab chiqarish, turar joy:
4.4.
Huquq turi:
4.5.
Bino, inshoot va koʻp yillik ekinlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:
4.6.
Bino va inshootdagi mulk ulushi, qism:
4.7.
Bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi:
4.8.
Kadastr qiymati, 20___ y. holatiga ming soʻm
4.9.
Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqami:
4.10.
Daraxtlar soni, dona:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalariga taqdim etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari
Davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish uchun ommaviy geoportal operatoriga murojaat qiladi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Ommaviy geoportal operatori (Kadastr agentligi huzuridagi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK)
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining soʻrovi asosida davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish uchun idoralararo texnologik yoʻriqnoma va shartnomani rasmiylashtiradi
Bir ish kunida
3-bosqich
Xoʻjalik birlashmalari
Har bir soʻralgan maʼlumot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida elektron tarzda toʻlovni oshiradi
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Davlat boshqaruvi organlari
Koʻchmas mulkka oid kadastr maʼlumotlarini taqdim etish bepul amalga oshiriladi
Soʻrov asosida
4-bosqich
Ommaviy geoportal operatori
Davlat boshqaruvi organi va xoʻjalik birlashmasini axborot tizimi foydalanuvchisi sifatida qabul qiladi va ochiq maʼlumotlarni taqdim etadi
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslar
Davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish uchun ommaviy geoportaldan roʻyxatdan oʻtadi
Ommaviy geoportalda roʻyxatdan oʻtgan jismoniy va yuridik shaxsga Davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarning toʻliq tarkibidan taqdim etilishi zarur boʻlgan maʼlumotlarni tanlash imkoniyatini yaratadi
Real vaqt rejimida
Jismoniy va yuridik shaxslar soʻrovi asosida davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlardan doimiy ravishda foydalanish uchun texnologik yoʻriqnoma va shartnomani rasmiylashtiradi.
Bir ish kunida
3-bosqich
Yagona billing tizimi
Har bir soʻralgan maʼlumot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida elektron tarzda toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
4-bosqich
Ommaviy geoportal operatori
Jismoniy va yuridik shaxslarni axborot tizimi foydalanuvchisi sifatida qabul qiladi va Davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni taqdim etadi
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
1.
Reyestrning tartib raqami:
2.
Yuridik shaxsning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi:
3.
Yer uchastkasi haqida maʼlumotlar:
3.1.
Yer uchastkasining kadastr raqami:
3.2.
Maydoni, ga:
3.3.
Joylashgan joyi:
3.4.
Huquq turi:
3.5.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:
3.6.
Yer uchastkasidan foydalanish maqsadi:
3.7.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi:
3.8.
Servitutlar:
3.9.
Kadastr bahosi, 20___ y. holatiga ming soʻm
3.10.
Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqami:
4.
Binolar, inshootlar va koʻp yillik ekinlar haqida maʼlumotlar:
4.1.
Binolar va inshootlar roʻyxati, koʻp yillik ekinlar turlari:
4.2.
Bino va inshootning kadastr raqami:
4.3.
Maydon, kv. m:
4.3.1.
Umumiy:
4.3.2.
Ishlab chiqarish, turar joy:
4.4.
Huquq turi:
4.5.
Bino, inshoot va koʻp yillik ekinlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:
4.6.
Bino va inshootdagi mulk ulushi, qism:
4.7.
Bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi:
4.8.
Kadastr qiymati, 20___ y. holatiga ming soʻm
4.9.
Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va raqami:
4.10.
Daraxtlar soni, dona:
Izoh. Maʼlumotnoma Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida mavjud maʼlumotlardan shakllantiriladi.
QR-code
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlari kadastri “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi va “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq inshootlarning texnik holatini hisobga olish va baholash, ularning bexatar ishlashini taʼminlash maqsadida yuritiladi”;
“12. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun boʻyicha aniq gidrotexnika inshootining (toʻgʻonlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv boʻshatish, suv oʻtkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv omborlari qirgʻoqlarini, daryolar va kanallar oʻzanlarining qirgʻoqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun moʻljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini oʻrab turuvchi inshootlar (koʻtarmalar)), muhofaza zonalari turiga nisbatan qoʻllaniladigan shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi”;
v) quyidagi mazmundagi IV — VI bob bilan toʻldirilsin:
“IV. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarga qoʻyiladigan umumiy talablar va ularni shakllantirish
16. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining har bir turi boʻyicha bazaviy kartografik asosdan foydalanib, obyekt turlari va axborot turlari (roʻyxatdan oʻtkazishga oid, hisobga olishga oid, baholashga oid) boʻyicha shakllantiriladi.
17. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining xususiyatidan va obyektlarning joylashuvini aniqlash usulidan kelib chiqib, 1:5 000, 1:10 000, 1:25 000 masshtablarda shakllantiriladi hamda obyektlarning fazoviy joylashuvidagi xatolik mazkur masshtab talablarida belgilangan meʼyorlaridan oshmagan boʻlishi vakolatli organlar tomonidan taʼminlanadi.
18. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq boʻlishi lozim hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) boʻlishi zarur.
19. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
20. Gidrotexnika inshootlari kadastriga tegishli tematik qatlamlarning atributiv maʼlumotlari hamda metamaʼlumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi.
21. Gidrotexnika inshootlari kadastri geoaxborot tizimi orqali yuritiladi. Gidrotexnika inshootlari kadastri geoaxborot tizimi mazkur davlat kadastrini yuritishga masʼul vazirlik va idoralar tomonidan birgalikda yaratiladi.
22. Gidrotexnika inshootlari kadastriga bazaviy kartografik asosining tematik qatlamlari hamda davlat kadastrlarining tegishli geografik axborot tizimlarini yuritish uchun zarur kartografik asoslar davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan shakllantiriladi hamda vakolatli organlarga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim etiladi.
23. Gidrotexnika inshootlari kadastri obyektlari maʼlumotlarini umumlashtirish va muvofiqlashtirish Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
V. Gidrotexnika inshootlari kadastri maʼlumotlaridan foydalanish
24. Gidrotexnika inshootlari kadastri maʼlumotlari geografik axborot tizimi orqali:
davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa vakolatli organlarga — axborot resurslariga tizimli (doimiy) ravishda foydalanishga idoralararo texnologik yoʻriqnomalar asosida ruxsat berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
yuridik va jismoniy shaxslarga — soʻrov asosida maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan toʻlov evaziga taqdim etiladi.
25. Gidrotexnika inshootlari kadastrining foydalanishi cheklangan maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
26. Gidrotexnika inshootlari kadastrining DKYATga taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun vakolatli organlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarorida:
“2. TYDK — bu temir yoʻl obyektlari, ularning geografik joylashuvi, yerni, ularning chegaralari, muhofaza zonalari, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi”;
“4. Mavjud boʻlgan va foydalanishga qabul qilingan temir yoʻllar, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari, stansiyalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻllarning boshqa obyektlari TYDK obyektlari hisoblanadi”;
5-banddagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasini” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Temir yoʻl obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYATga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boriladi”;
quyidagi mazmundagi 131 va 132-xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“131. TYDKga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq boʻlishi lozim hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) boʻlishi zarur.
132. TYDKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi”;
14-banddagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“15. TYDKni yuritish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi;
temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
TYDKni yuritish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlik qilishni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining bosh menejeri — bosh muhandisi amalga oshiradi.
TYDKni yuritishni metodik taʼminlashni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati amalga oshiradi”;
temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi joriy etilishi va mavjud boʻlishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni temir yoʻl korxonalariga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi ustidan nazorat qiladi;
korxonalarning kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil etadi;
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtiradi va uni temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritadi;
temir yoʻllarning yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishi ustidan nazorat qiladi;
kadastr axborotlari DKYATga tezkor berilishini amalga oshiradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining temir yoʻl obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi”;
18-bandning uchinchi xatboshisidagi “axborot tizimiga” soʻzlari “geoaxborot tizimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl obyektlarining egalari (foydalanuvchilar) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining kadastr xizmatiga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart”;
“22. Temir yoʻl obyektlarining barcha turlari birlamchi roʻyxatga olinishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi.
Asosiy koʻrsatkichlarning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyektga pasport tuziladi”;
“Temir yoʻl obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotlarini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi”;
26-banddagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish
sxemasi
Izoh: Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yoʻnalishlari belgilangan.
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl obyektlari egalari (foydalanuvchilar) temir yoʻl obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan temir yoʻl obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, temir yoʻl obyektlari boʻyicha axborotni Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimiga taqdim etadilar.
3. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi temir yoʻl obyekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi DKYATning maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYAT maʼlumotlar bazasidan temir yoʻl obyektlari boʻyicha axborot olishi mumkin.
6. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi temir yoʻl obyektlari boʻyicha zarur axborotni temir yoʻl korxonalari kadastr boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha temir yoʻl obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin”;
“5. Energetika vazirligi YEBQDKni yuritish boʻyicha vakolatli organ hamda YEBQDKga kiruvchi 3 ta toifadagi obyektlarni yaratish va yuritish boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari vakolatli organlar hisoblanadi”;
6-banddagi “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasini,” soʻzlari “Energetika vazirligini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Yetkazib berish quvurlari obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYATga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boriladi.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 131 va 132-bandlar bilan toʻldirilsin:
“131. YEBKDKga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq boʻlishi lozim hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) boʻlishi zarur.
132. YEBKDKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi”;
“14. YEBQDKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
“17. Hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini shakllantirish yetkazib berish quvurlari boʻyicha maʼlumotlar banki tashkil etilgan holda Energetika vazirligi va YEBQDKning tegishli boʻlimiga qarab, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
18. Energetika vazirligi va uning tizim tashkilotlarining yetkazib berish quvurlari obyektlariga quruvchi, foydalanuvchi, rekonstruksiya qiluvchi va taʼmirlovchi boʻlinmalari bir oy mobaynida maʼlumotlar bazasiga yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat oʻzgarishlari, holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni kiritishlari shart.
19. YEBQDK xizmati:
yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi joriy etilishi va mavjud boʻlishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni neft-gaz-transport korxonalariga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi ustidan nazorat qiladi;
xodimlarni yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil etadi;
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritadi;
yetkazib berish quvurlarining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishi ustidan nazorat qiladi;
shakllantirilayotgan kadastr maʼlumotlari sifati ustidan nazorat olib boradi, uning ishonchliligi va oʻz vaqtida YEBQDK avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritilishi uchun javobgar boʻladi;
kadastr axborotlarining xilma xilligi va sifatiga talabni muntazam oʻrganadi, kadastrni yuritish texnologiyasi takomillashtirilishini taʼminlaydi;
kadastr axborotlari DKYATga tezkor berilishini amalga oshiradi;
YEBQDK yuritish ishlarini metodik taʼminlashni aksiyadorlik jamiyatlarining YEBQDK boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiradi”;
umuman tarmoq boʻyicha YEBQDKni yuritish boʻyicha Energetika vazirligining tarkibiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
har yili belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga ularni DKYATga kiritish uchun yetkazib berish quvurlari obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
22. Energetika vazirligi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan yetkazib berish quvurlari obyektlarining egalari (foydalanuvchilar) Energetika vazirligining kadastr yuritish yuklatilgan tizim tashkilotlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart”;
“25. Yetkazib berish quvurlari obyektlarining barcha turlari birlamchi roʻyxatga olinishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi. Asosiy koʻrsatkichlarning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishuv boʻyicha Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyektga pasport tuziladi”;
“27. Yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qoʻyilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar boʻyicha tasniflanishini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishuv boʻyicha Energetika vazirligi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va YEBQDK avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritiladi”;
“29. Yetkazib berish quvurlari obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun neft-gaz-transport korxonalarining mansabdor shaxslari va Energetika vazirligi tizimidagi YEBQDKni yuritish yuklangan tizim tashkiloti javob beradi”;
Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish
sxemasi
Izoh: Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yoʻnalishlari belgilangan.
1. Energetika vazirligi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan yetkazib berish quvurlari obyektlarining egalari (foydalanuvchilar) Energetika vazirligi, YEBQDKni yaratish va yuritishga tegishli toifalariga masʼul boʻlinmalariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni korxonalarning tegishli kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Energetika vazirligining YEBQDKni yuritish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan boʻlgan yetkazib berish quvurlari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, ularni Energetika vazirligining YEBQDKni umumlashtirish uchun masʼul YEBKDK xizmatiga taqdim etadilar.
3. Energetika vazirligining YEBQDKni umumlashtirish uchun masʼul YEBKDK xizmati davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, bino va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. Energetika vazirligining YEBQDKni umumlashtirish uchun masʼul YEBKDK xizmati yetkazib berish quvurlari obyekti axborotlarini YEBQDKga kiritilgandan keyin umumlashtirilgan YEBQDKdagi kadastr maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYATga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boradi.
5. Energetika vazirligining YEBQDKni umumlashtirish uchun masʼul YEBKDK xizmati yetkazib berish quvurlari obyekti axborotlarini soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi DKYATning maʼlumotlar bazasidan olishi mumkin.
6. Energetika vazirligining YEBQDKni umumlashtirish uchun masʼul YEBKDK xizmati Energetika vazirligi tizimidagi YEBQDKni yurituvchi vakolatli tashkilotlarga yetkazib berish quvurlari obyekti zarur axborotlarni Energetika vazirligining YEBQDKni yuritish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha yetkazib berish quvurlari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini Kadastr agentligi DKYAT maʼlumotlar bazasidan olishlari mumkin”;
“2. AODK — bu aloqa obyektlari, ularning geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, muhofaza zonalari, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli maʼlumotlar tizimidir.
3. AODK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududidagi aloqa obyektlarini tabiiy, xoʻjalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi”;
quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. AODKga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq boʻlishi lozim hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) boʻlishi zarur.
72. AODKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi”;
12-banddagi “qogʻoz va (yoki) elektron manbalarda” soʻzlari “geoaxborot tizimi orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. AODKni yuritishga masʼul vazirlik va idora AODK geoaxborot tizimini yaratadi”;
“13. Aloqa obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan ochiq tematik qatlamlar DKYATga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boriladi.
Maʼlumotlar elektron-raqamli bazalarining texnik parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilishi kerak.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim qilinadi”;
26-bandning uchinchi xatboshisi “korxonaning kadastr daftariga yoziladi va” soʻzlaridan keyin “AODKning” soʻzi bilan toʻldirilsin;
28-band “va ularning DKYATga” soʻzlaridan keyin “geoaxborot tizimi orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. EODKga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq boʻlishi lozim hamda taqdim etilayotgan maʼlumotlar 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimida (WGS-84) boʻlishi zarur.
72. EODKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi”;
12-banddagi “qogʻoz va (yoki) elektron manbalarda” soʻzlari “geoaxborot tizimi orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Energetika obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYATga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boriladi.
14. EODKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
15. EODKni yuritish Energetika vazirligining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
“Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari EODKni yaratish boʻyicha boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
EODKni yuritish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlik qilish Energetika vazirligi tomonidan amalga oshiradi.
EODKni yuritishni metodik taʼminlashni Energetika vazirligi “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda amalga oshiradi”;
“17. Energetika vazirligi “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda:
energetika obyektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi EODK Geografik axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — GAT) joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni energetika korxonalariga berishni amalga oshiradi, maʼlumotlar bazasi toʻldirilishining toʻgʻriligini nazorat qiladi;
EOKX kadastr xodimlarini EODK GAT bilan ishlashga oʻqitishni tashkil qiladi;
EOKXga taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va ularni EODK GATga kiritishni amalga oshiradi;
yangi energetika obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlari toʻplanishini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining DKYATga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi.
Energetika vazirligi energetika obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni DKYATga geoaxborot tizimi orqali real vaqt rejimida taqdim etadi.
18. “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari:
energetika obyektlarining miqdor va sifat boʻyicha holatidagi joriy oʻzgarishlarni, ularning atrof muhitga taʼsirini, ekologik-iqtisodiy bahosini toʻplaydi va tizimlashtiradi;
energetika obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish hamda EODK GATga kiritish uchun Energetika vazirligining tegishli kadastr boʻlinmasiga beradi;
yangi energetika obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplaydi.
19. Energetika vazirligi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi energetika obyektlari mulkdorlari (foydalanuvchilar) Energetika vazirligining “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining kadastr boʻlinmalariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek, ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishlari shart”;
“22. Energetika obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritiladi. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ushbu koʻrsatkichlarning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda Energetika vazirligining “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining tegishli normativ hujjatlari bilan belgilanadi. Roʻyxatga kiritish natijalari boʻyicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi”;
“24. Energetika obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularni iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari boʻyicha klassifikatsiya qilishni oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Energetika obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Energetika vazirligining “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Hisobga olish axborotlari korxonaning kadastr daftariga yoziladi va EODK GATga kiritiladi”;
Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish
SXEMASI
Izoh: Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yoʻnalishlari belgilangan.
1. Energetika vazirligi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan energetika obyektlarining egalari (foydalanuvchilar) Energetika vazirligi, EODKni yaratish va yuritishga tegishli toifalariga masʼul boʻlinmalariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni korxonalarining tegishli kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Energetika vazirligining EODKni yuritish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan boʻlgan energetika obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, ularni Energetika vazirligining EODKni umumlashtirish uchun masʼul energetika obyektlari xizmati (EOKX)ga taqdim etadilar.
3. Energetika vazirligining EODKni umumlashtirish uchun masʼul EOKX davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. Energetika vazirligining EODKni umumlashtirish uchun masʼul EODK xizmati energetika obyekti axborotlarini EODKga kiritilgandan keyin umumlashtirilgan EODKdagi kadastr maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYATga geoaxborot tizimi orqali integratsiya qilish yoʻli bilan real vaqt rejimida taqdim qilib boradi.
5. Energetika vazirligining EODKni umumlashtirish uchun masʼul EOKX energetika obyekti axborotlarini soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi DKYATning maʼlumotlar bazasidan olishi mumkin.
6. Energetika vazirligining EODKni umumlashtirish uchun masʼul EOKX Energetika vazirligi tizimidagi EODKni yurituvchi vakolatli tashkilotlarga yetkazib berish quvurlari obyekti zarur axborotlarni Energetika vazirligining EODKni yuritish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYAT maʼlumotlar bazasidan energetika obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishi mumkin”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “jugʻrofiy holati” soʻzlari “geografik joylashuvi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“DSHKga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtali, chiziqli va maydonli) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi”;
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish geografik axborot tizimining geoportali (keyingi oʻrinlarda — DSHK geoportali) orqali amalga oshiriladi.
DSHK geoportali qatlamlar, fazoviy maʼlumotlar, metamalumotlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.
DSHK geoportali davlat axborot resursi hisoblanadi”;
“16. Qurilish vazirligining DSHK geoportal operatori:
DSHK geoportali joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalarga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastri geoportalida ishlashga oʻqitilishini tashkil etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini turkumlashtiradi va ularni DSHK geoportaliga kiritadi;
Davlat shaharsozlik kadastrining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishini nazorat qiladi;
Davlat shaharsozlik kadastriga oid kadastr maʼlumotlari DKYATga Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilish orqali real vaqt rejimida toʻliq taqdim qilinishini taʼminlaydi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yaratish va yuritish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli boʻlinmalarga DSHK geoportalida qulay imkoniyatlar yaratadi.
17. Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli boʻlinmalar:
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat holati toʻgʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydilar va turkumlashtiradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadilar, oʻz vakolatlari doirasida oʻz maʼlumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtiradi va DSHK geoportaliga kiritib boradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadilar, ular toʻgʻrisida hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydilar va DSHK geoportaliga kiritadilar”;
“22. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, shaharsozlik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Qurilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va DSHK geoportaliga kiritiladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyektning qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
22-1-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini” soʻzlari “DSHK geoportalini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ilovada:
a) III boʻlimning nomi “Yer uchastkalariga” soʻzlaridan keyin “va koʻp yillik dov-daraxtlarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 3.6-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
3.6
Koʻp yillik dov-daraxtlar
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi
”;
v) quyidagi mazmundagi 4.16 va 4.17-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
4.16
Jismoniy shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan koʻchirmalar
Bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari
4.17
Yuridik shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan koʻchirmalar
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno)”;
“5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2018 — 2021-yillar” soʻzlari “2018 — 2023-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovada:
2-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“butunjahon geodeziya tizimi(WGS-84) — 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy-hududiy birliklar — viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ortofotoreja — aerokosmik suratlarni fotogrammetrik usulda aniq geodezik asosga (koordinata va balandlik boʻyicha) bogʻlab tayyorlangan fotoreja;
“chegara chizigʻining tavsifi — chegara burilish koordinatalari va chegara chizigʻining yoʻnalishiga oid maʼlumotlarni tizimli ravishda yozuvli matn shaklida taʼriflash”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qoraqalpogʻiston Respublikasining chegaralari faqat uning roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tumanlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlarning va shaharlarda tumanlarning chegaralarini oʻzgartirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tegishli tumanlar va shaharlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi”;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tayyorgarlik va dala kuzatuv ishlari;
chegaralarni belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
chegara chizigʻini davlat va WGS-84 koordinatalar tizimida geoaxborot bazasida (*.gdb, *.mxd formatida) shakllantirish;
chegara chiziqlari aks ettirilgan kartografik materiallar tayyorlash;
chegara chizigʻi burilish nuqtalarining koordinatalar katalogini tayyorlash;
chegara chizigʻi tavsifini tuzish;
chegaralarni kelishish va tasdiqlash”;
17-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chegara chiziqlari aks ettirilgan kartografik va aero yoki kosmik suratlar asosida tayyorlangan ortofotorejalar hamda chegara chizigʻi tavsifi va tegishli masshtabdagi topografik xaritalar (mavjud boʻlgan taqdirda)”;
quyidagi tahrirda yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maʼmuriy-hududiy chegarani amalda oʻzgartirish (vaqtincha foydalanish) toʻgʻrisidagi hujjatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrtasida almashtirilgan yer uchastkalari va yer turlarining maydoni hamda yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
yettinchi xatboshi tegishlicha sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dala kuzatuv ishlari jarayonida sugʻoriladigan hududlarda 1:10 000 masshtabda, boshqa hududlarda esa 1:25 000 va 1:50 000 masshtabdagi topografik xaritalardan, chegara chizigʻining har ikki tomonidan tegishlicha 500 — 2 500 metr kenglikda chegara chizigʻi tushirilgan holda koʻchirmalar olinadi. Yangilangan topografik xaritalar mavjud boʻlmagan taqdirda aero yoki kosmik suratlar asosida yaratilgan ortofotorejalardan foydalaniladi”;
24-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Chegaralarni belgilashda burilish nuqtalari koordinatalari bir-biriga mutanosib shakllantiriladi.
Chegara chizigʻi bino va inshootlar hamda ular joylashgan yer uchastkalarini kesib oʻtmasligi kerak”;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Chegara chiziqlarini belgilash boʻyicha kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, nizoli hududlardagi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar hamda yer turlari boʻyicha qoʻshimcha materiallar toʻplanadi, toʻplangan materiallar Ishchi organ tomonidan chegaradosh hududlarning komissiyalari (kelishuv asosida) qoʻshma yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi”;
27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Kelishilgan chegaralar chizigʻini belgilash maqsadida chegara chizigʻi topografik xaritalar uchun qabul qilingan shartli belgilarga muvofiq, aero yoki kosmik suratlarni davlat koordinatalar tizimiga bogʻlagan holda elektron dastur yordamida sugʻoriladigan hududlarda 1:10 000, boshqa hududlarda 1:25 000 va 1:50 000 masshtabga keltirilgan ortofotorejaga tushiriladi, maʼmuriy-hududiy birliklarning tasdiqlangan chegara chizigʻining tavsifi topografik xaritada yoziladi”;
33-band “Chegara” soʻzidan keyin “chizigʻining” soʻzi bilan toʻldirilsin;
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Chegara chizigʻini tavsiflashda geografik obyektlarning nomlari topografik xaritaga mos ravishda, avtomobil va temir yoʻllar, kanal va zovurlar nomlari Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri va boshqa rasmiy maʼlumotlarga asosan qabul qilinadi”;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarini belgilash boʻyicha ishlar yakunlanganidan soʻng quyidagi hujjatlar Komissiyaga koʻrib chiqish uchun Ishchi organ tomonidan taqdim etiladi:
chegara chizigʻining xaritasi (foydalanilgan ortofotorejalar ilova qilingan holda);
chegara chizigʻining tavsifi;
chegaralarni belgilash boʻyicha bajarilgan dala kuzatuv ishlarining natijalari yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar va bayonnomalar;
chegaralarni belgilashga oid materiallar asosida tayyorlangan tushuntirish (sharh) xati”;
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Tuman (shahar) chegaralarini belgilash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tayyorgarlik va dala kuzatuv ishlari;
chegara chiziqlarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
chegara chizigʻini davlat va WGS-84 koordinatalar tizimida geoaxborot bazasida (*.gdb, *.mxd formatida) shakllantirish;
chegara chiziqlari aks ettirilgan kartografik materiallar tayyorlash;
chegara chizigʻi burilish nuqtalarining koordinatalar katalogini tayyorlash;
chegara chizigʻi tavsifini tuzish;
chegaralarni belgilash va tasdiqlash”;
39-bandning uchinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chegara chiziqlari aks ettirilgan kartografik va aero yoki kosmik materiallar asosida tayyorlangan ortofotorejalar hamda chegara chizigʻi yozuvli matni tavsifi va tegishli masshtabdagi topografik xaritalar (mavjud boʻlgan taqdirda);
mavjud chegaralar oʻzgargan taqdirda, tumanlar oʻrtasida almashtiriladigan yoki beriladigan yer uchastkalarining va yer turlarining maydoni hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlanadi”;
40-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dala kuzatuv natijalari asosida chegara chiziqlarini tasdiqlash maqsadida tumanlarning chegara chizigʻi 1:25 000 masshtabdagi, shaharlarning chegara chizigʻi 1:10 000 masshtabdagi topografik xaritalarga tushiriladi. Maʼmuriy chegara tavsifi davlat koordinatalar tizimi asosida topografik elementlarga bogʻlangan holda tuziladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yangilangan topografik xaritalar mavjud boʻlmagan taqdirda, tumanlarning chegara chizigʻi aero yoki kosmik suratlar asosida tayyorlangan ortofotorejaga tushiriladi”;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Kelishilgan chegara chizigʻini belgilash maqsadida uning aero yoki kosmik suratlarini davlat koordinatalar tizimiga bogʻlagan holda elektron dastur yordamida tuman chegarasi 1:25 000 masshtabdagi, shaharlarda 1:2 000 masshtabga keltirilgan ortofotorejaga tushiriladi, maʼmuriy-hududiy birliklarning tasdiqlangan chegara chizigʻining tavsifi topografik xaritadan yoziladi. Shaharlar boʻyicha topografik xaritalar mavjud boʻlmagan taqdirda, aero yoki kosmik suratlar yordamida tayyorlangan ortofotorejalardan foydalaniladi”;
46-banddan “arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Shaharchalar, qishloqlar (ovullar) chegaralarini belgilash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tayyorgarlik va dala kuzatuv ishlari, chegaralarni belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
chegara chizigʻini davlat va WGS-84 koordinatalar tizimida geoaxborot bazasida (*.gdb, *.mxd formatida) shakllantirish;
chegara chiziqlari aks ettirilgan kartografik materiallar tayyorlash;
chegara chizigʻi burilish nuqtalarining koordinatalar katalogini tayyorlash;
chegara chizigʻi tavsifini tuzish, chegaralarni kelishish va tasdiqlash”;
50-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mavjud chegaralar oʻzgargan taqdirda, shaharcha, qishloq va ovullar oʻrtasida almashtiriladigan yoki beriladigan yer uchastkalarining va yer turlarining maydoni hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlanadi”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
52-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Topografik xaritalar mavjud boʻlmagan taqdirda, aero yoki kosmik suratlar asosida tayyorlangan ortofotorejada aks ettirilishi mumkin”;
53-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chegaralarni belgilash jarayonida har bir shaharcha, qishloq (ovul) boʻyicha chegaralar qoʻshni maʼmuriy-hududiy birliklar ajratib koʻrsatilgan xolda tavsiflanadi. Chegara chizigʻi tavsifida ular boʻyicha chegara belgilanadigan tabiiy va sunʼiy obyektlar nomlari, chegara chizigʻi yoʻnalishi va masofasi keltiriladi, chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatiladi”;
55-banddan “arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
56-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kartografik (ortofotoreja, raqamli topografik xarita va tasdiqlangan qogʻoz shaklidagi xarita) material va chegara chizigʻi matni tavsifi, chegara burilish nuqtalari koordinatalar katalogi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“chegara chizigʻini davlat va WGS-84 koordinatalar tizimida geoaxborot bazasi (*.gdb, *.mxd formatida)”;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
57 va 58-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan uch nusxada yigʻmajild tayyorlanadi, birinchi (asl) nusxa bajaruvchi tashkilot tomonidan Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga doimiy saqlash uchun taqdim qilinadi, ikkinchi nusxasi maʼmuriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritasini yuritish uchun Respublika aerogeodeziya markaziga va uchinchi nusxasi foydalanish uchun Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga topshiriladi.
58. Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yuzasidan tayyorlangan elektron raqamli ortofotoreja materiallari Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazida davlat yer kadastriga oid axborot tizimini shakllantirish, yuritish va doimiy yangilab borish maqsadida jamlanadi”;
v) 2-ilovada:
2-bandda:
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻp yillik dov-daraxtlar — bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlari, mevazorlar va boshqalar bilan band boʻlgan yerlar”;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy-hududiy birliklarning chegara chizigʻining tavsifi — chegara burilish nuqtasining koordinatalari va chegara chizigʻining yoʻnalishiga oid maʼlumotlarni tizimli ravishda yozuvli matn shaklida taʼriflash”;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ortofotoreja — aerokosmik suratlarni fotogrametrik usulda aniq geodezik asosga (koordinata va balandlik boʻyicha) bogʻlab tayyorlangan fotoreja”;
6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning joylashgan yer uchastkasi, chegaralari, yer maydoni, yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda boshqa tavsiflariga aniqlik kiritiladi.
7. Ish turining maqsadi va yoʻnalishidan kelib chiqib, maʼmuriy-hududiy birliklar chegarasida kadastr hisobini yuritish maqsadida:
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar;
aholi punktlarining yerlari;
foydali qazilmalar qazishda geologik qidiruv, qurilish va boshqa ishlarni bajarishda buzilgan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
oʻrmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari va zaxira yerlar xatlovdan oʻtkaziladi”;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish ishlari tuman (shahar) hokimligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi”;
13-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer hisobini yuritish materiallari, mavjud elektron raqamli xaritalar;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mavjudligi, ular foydalanayotgan yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aero va kosmik suratlar asosida yaratilgan ortofotorejalar va kartografik materiallar”;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish ishlari uchun kosmik va aero suratlardan foydalangan holda tayyorlangan raqamli ortofotorejalar asosida deshifrovka ishlari amalga oshiriladi. Bunda kosmik va aero suratlar davlat koordinatalar tizimiga bogʻlab chiqiladi va elektron dastur yordamida: sugʻoriladigan hududlarda 1:10 000, boshqa hududlarda 1:25 000, 1:50 000 masshtablarda, keltirilgan ortofotoreja elektron varianti tayyorlanadi hamda maʼmuriy-hududiy birliklar tasdiqlangan chegara chizigʻi tushiriladi”;
15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tuman (shahar)ning yangilangan yaxlit elektron raqamli xaritasi davlat va WGS-84 koordinatalar tizimida (*.gdb, *.mxd formatida) tayyorlanadi”;
16-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Tuman (shahar)ning elektron raqamli xaritalari yaratilgandan soʻng yer turlari va maydonlari konturlar kesimida hisoblash qaydnomasi (yangi va oldingi kontur raqamlarini koʻrsatgan holda) ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq hisoblab chiqiladi. Bunda tumanlar (shaharlar) boʻyicha yer resurslari kontur raqamlari takrorlanmaydigan tartib raqami boʻyicha belgilanadi va oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar tomonidan yaxlit kontur ichida xoʻjalik faoliyati uchun ichki ariq, dala yoʻli, qatorlab koʻp yillik dov-daraxtlar yoki vaqtincha dala cheklari barpo qilingan boʻlsa, alohida kontur raqamlari berilishi yoʻl qoʻyilmaydi va kontur yaxlitligi boʻyicha raqam beriladi.
Ushbu yerlarni ekin yeri sifatida qoldirish maqsadida takliflar tayyorlanadi. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda suv xoʻjaligi boʻlimi birgalikda konturlarni qoʻshish yoki boʻlish boʻyicha asoslangan takliflarni ishlab chiqadi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Tuman (shahar)ning elektron raqamli xaritalari asosida yer egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar, yer uchastkalari mulkdorlarining huquqiy hujjati boʻyicha foydalanayotgan yer uchastkalari chegaralari va yer turlari boʻyicha tushirilishi oʻrganiladi va tahlil qilinadi.
Oʻrganish va tahlil jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yer va maydonlarida noaniqliklar va boshqa holatlar yuzaga kelganda dala kuzatuv ishlari amalga oshiriladi”;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Dala kuzatuv jarayonida elektron raqamli yoki qogʻoz koʻrinishidagi ortofotorejalarda quyidagilar aks ettiriladi:
maʼmuriy hududiy chegaralar;
yer fondi toifalari va yer turlari hamda ularning chegaralari;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar, yer uchastkalari mulkdorlarining amalda foydalanayotgan yer uchastkalari chegaralari va yer turlari hamda ularning foydalanishida boʻlmagan yer turlari;
aholi punktlari chegaralarida yer turlari boʻyicha jamoatchilik yerlari, umrbod egalik huquqiga ega boʻlgan dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning yer uchastkalari;
joyning yangi topografik elementlari, shuningdek, yangi qurilish obyektlari”;
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha:
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar boʻyicha konturlar boʻyicha hisoblash qaydnomasi (yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning STIR yoki JSHSHIR raqamlari, yangi va oldingi kontur raqamlarini hamda yer hisobotiga nisbatan xatlovda yer turlari va toifalarining oʻzgarishlarini aniq koʻrsatgan holda) 3-ilovaga muvofiq;
aniqlangan yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlari boʻyicha maʼlumotlar 4-ilovaga muvofiq tuziladi”;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning rasmiy hujjatlar va amalda foydalanishida boʻlgan yer maydonlari oʻrtasidagi farqlar, shuningdek, yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari oʻrganiladi”;
24 — 26-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi tarkibda hujjat va materiallar shakllantiriladi:
tushuntirish xati (kelgusida yerdan samarali foydalanishga qaratilgan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar);
yer resurslarini konturlar boʻyicha hisoblash qaydnomasi;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar boʻyicha konturlar hisoblash qaydnomasi;
qogʻoz shaklda konturlar chegaralari va yer turlari koʻrsatilgan yangilangan qishloq xoʻjaligi xaritasi hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralari koʻrsatilgan holda yerlarni xatlovdan oʻtkazish xaritasi (oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va noqonuniy qurilmalar bilan birga);
elektron shaklda davlat va WGS-84 koordinatalar tizimida (*.gdb, *.mxd formatida) tumanning yaxlit yangilangan qishloq xoʻjaligi xaritasi (yer turlari koʻrsatilgan holda konturlar chegaralari, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralari, oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va noqonuniy qurilmalar chegaralari alohida qatlamlarda).
25. Tuman (shahar) chegaralarida yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish materiallari umumlashtirilib, tuman (shahar) hokimligi qarori loyihasi ilova qilingan holda tuman (shahar) hokimligiga koʻrib chiqish uchun topshiriladi.
Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnomalar belgilangan tartibda 10 kun muddatda tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlanadi.
Taqdim etilgan materiallar tuman (shahar) hokimligi tomonidan asoslangan eʼtirozlar bilan qaytarilsa, ijrochi 5 kun muddatda kamchiliklarni bartaraf etib qayta taqdim etadi.
Tuman (shahar) hokimi yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish yakunlarini ushbu yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha qaror bilan tasdiqlaydi va qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻradi”;
28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish materiallari asosida belgilangan tartibda yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi, yaratilgan elektron raqamli xaritalar va konturlar qaydnomasidan kelgusida amalda foydalanishni tashkil etadi”;
30-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish yuzasidan uch nusxada yigʻmajild tayyorlanadi, birinchi (asl) nusxa bajaruvchi tashkilot tomonidan Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga doimiy saqlash uchun taqdim qilinadi, ikkinchi nusxasi navbatchi xaritani yuritish uchun Respublika aerogeodeziya markaziga va uchinchi nusxasi foydalanish uchun Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
32. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish yuzasidan tayyorlangan elektron raqamli ortofotoreja materiallari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida davlat yer kadastriga oid axborot tizimini shakllantirish, yuritish va doimiy yangilab borish maqsadida jamlanadi”;
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer turlari va maydonlarini konturlar boʻyicha hisoblash
QAYDNOMASI
Kontur raqami
Eski kontur raqami
Yagona kontur raqami
Yer toifasi
Umumiy maydon (ga)
Shundan
haydaladigan yerlar
bogʻlar
tokzorlar
tutzorlar
mevali koʻchatzorlar
terakzorlar
boʻz yerlar
pichanzorlar
yaylovlar
jami qishloq xoʻjalik yerlari
tomorqa yerlar
meliorativ holati tiklanadigan yerlar
oʻrmonzorlar
suv osti yerlari
yoʻllar va mol haydab oʻtish joylari
koʻchalar,qurilishlar, saroy va maydonlar
qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
lalmi
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
lalmi
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
lalmi
sugʻoriladigan
lalmi
jami
shu jumladan, suv bilan taʼminlangani
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
jami
shu jumladan, daladagisi
jami
shu jumladan:
jami
shundan:
jami
shundan shartli sugʻoriladigan
shundan issiqxonalar
jami
shundan shartli sugʻoriladigan
jami
shundan shartli sugʻoriladigan
ihota daraxtzorlari
butazorlar
daryo va soylar
koʻllar
suv omborlari va suv havzalari
kanallar va ariqlar, kollektor va zovurlar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
Ish bajaruvchi tashkilot rahbari________________________________(imzo) ___________________F.I.O.
Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi_________________(imzo) ___________________F.I.O.
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali boshligʻi_______(imzo) ___________________F.I.O”;
Nizomga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerdan foydalanuvchilarning yer turlari va maydonlarini konturlar boʻyicha hisoblash
QAYDNOMASI
T/r
Yerdan foydalanuvchilar nomi
Soliq toʻlovchining identitsfikatsiya raqami
Yoʻnalishi
Kontur raqami
Eski kontur raqami
Yagona kontur raqami
Yer toifasi
Umumiy maydon (ga)
shu jumladan:
haydaladigan yerlar
bogʻlar
tokzorlar
tutzorlar
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
lalmi
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
lalmi
jami
shu jumladan, sugʻoriladigan
lalmi
jami
shundan, shartli sugʻoriladigan
shundan, issiqxonalar
jami
shundan, shartli sugʻoriladigan
jami
shundan, shartli sugʻoriladigan
1. Fermer hoʻjaliklari
2. Boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari
3. Boshqalar
davomi
shu jumladan:
mevali koʻchatzorlar
terakzorlar
boʻz yerlar
pichanzorlar
yaylovlar
jami qishloq xoʻjaligi yerlari
tomorqa yerlar
meliorativ holati tiklanadigan yerlar
oʻrmonzorlar
suv osti yerlari
yoʻllar va mol haydab oʻtish joylari
koʻchalar, qurilishlar, saroy va maydonlar
qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar
sugʻoriladigan
lalmi
jami
shu jumladan, suv bilan taʼminlangan
jami
shu jumladan, pichanzorlar
jami
shu jumladan, daladagi
jami
ihota daraxtzorlari
butazorlar
jami
daryo va soyliklar
koʻllar
suv omborlari va suv havzalari
kanallar va ariqlar, kollektor va zovurlar
24.
25.
26.
27.
28.
29.
30.
31.
32.
33.
34.
35.
36.
37.
38.
39.
40.
41.
42.
43.
44.
45.
46.
1. Fermer xoʻjaliklari
2. Boshqa qishloq hoʻjaligi tashkilotlari
3. Boshqalar
Ish bajaruvchi tashkilot rahbari____________________________(imzo)___________________F.I.O.
Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi______________(imzo)___________________F.I.O.
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali boshligʻi____(imzo)___________________F.I.O”;
Nizomga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xatlov natijalari boʻyicha yerdan foydalanish borasida aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan
MAʼLUMOT
T/r
Yerdan foydalanuvchilar nomi
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Kontur raqami
Eski kontur raqami
Yagona kontur raqami
Yer toifasi
Yer maydoni (ga)
Yer turlari
Aniqlangan yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi turlari
Foydalanish holati
izoh
ekin yerlar
koʻp yillik daraxtzorlar
yaylovlar
boshqalar
uy-joy qurish
qurilishlar qurish
koʻp yillik daraxtzorlar ekish
oʻzboshimchalik bilan egallab olish
yerlarni yaroqsiz holga keltirish
boshqa holatlar
ekin ekib foydanalmasdan turgan maydon
foydalanilmaslik sababi
sugʻoriladigan
lalmi
suv bilan taʼminlanmagan
kuchli shoʻrlangan
botqoqlashgan
shagʻalli
boshqalar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
Ish bajaruvchi tashkilot rahbari______________________________(imzo)___________________F.I.O.
Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi_______________(imzo)___________________F.I.O.
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali boshligʻi_____(imzo)___________________F.I.O”.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5a-ilovaga muvofiq;
(8-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(8-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
b) 1-ilovaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq turlar boʻyicha belgilanadi”;
v) 3-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisidagi “ortiq” soʻzi “kam boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) yer uchastkasi boʻyicha oʻrnatilgan servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi”;
6-banddagi “Markaz” soʻzi “Palata” soʻzi bilan almashtirilsin;
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
15, 17 va 19-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Markaz” soʻzi tegishli kelishikdagi “Palata” soʻzi bilan almashtirilsin;
Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkasida servitut oʻrnatish toʻgʻrisida namunaviy kelishuv
Yer uchastkasining huquq egasi (keyingi oʻrinlarda — huquq egasi), bir tarafdan, va _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(servitut oʻrnatilishidan manfaatdor shaxs nomi)
servitut oʻrnatilishidan manfaatdor (keyingi oʻrinlarda — manfaatdor shaxs) ikkinchi tarafdan, birgalikda “Taraflar” deb ataluvchilar ushbu kelishuvni quyidagilar haqida tuzdi:
1. Kelishuv predmeti
1.1. Yer uchastkasi huquq egasiga _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(hujjat nomi, berilgan sanasi va raqami)
huquqi bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
1.2. Yer uchastkasining manzili ____________________________________________ _____________________________________________________________________
(yer uchastkasining toʻliq manzili koʻrsatiladi)
1.3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanadi: _____________________________ _____________________________________________________________________
(servitutning maqsadi koʻrsatiladi)
1.4. Umumiy maydoni ________ kv m.ga teng boʻlgan yer uchastkasining servitut oʻrnatilayotgan qismining umumiy maydoni ___ kv m.ni tashkil etadi.
1.5. Servitut oʻrnatilishi natijasida yerdan foydalanishni cheklash: _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(huquq egasi tomonidan yer uchastkasidan foydalanishda yuzaga keladigan cheklovlar koʻrsatiladi)
1.6. Yer uchastkasi boʻyicha oʻrnatilgan servitut boʻyicha kelishilgan sxemasi ilova qilinadi va ushbu sxema kelishuvning ajralmas qismi hisoblanib, yer uchastkasining chegaralari, servitut chegaralari va qoʻshni yerdan foydalanuvchilarning nomlari koʻrsatiladi.
1.7. Ushbu kelishuv boʻyicha servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
1.8. Servitut va ushbu kelishuv 20___ yil “__” ________ ga qadar amal qiladi.
1.9. Manfaatdor shaxs tomonidan yer uchastkasining bir qismidan cheklangan tarzda foydalanishi (servitut) uchun yigʻim miqdori: ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(toʻlov miqdori va uni amalga oshirish muddati, toʻlovni amalga oshirish shartlari yoki toʻlovning mavjud emasligi koʻrsatiladi)
1.10. Yer uchastkasining huquq egasi oʻzgargan taqdirda, servitut berish shartlari, shu jumladan, kelishuv boʻyicha toʻlov miqdori saqlab qolinadi.
2. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga majbur:
servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab manfaatdorga ushbu kelishuvning 1.2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasining ushbu kelishuvning 1.4-bandida koʻrsatilgan maydonidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini taqdim etish;
ushbu kelishuvning 1.5-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlarga rioya qilish;
manfaatdor shaxsga servitutdan maqsadli foydalanishga toʻsqinlik qilmaslik;
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan uni yigʻishtirish, qoʻriqlash, taʼmirlash va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatish;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv tuziladig?n taqdirda, ushbu masalani manfaatdor shaxs bilan yozma shaklda kelishish
2.2. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga haqli:
manfaatdor tomonidan servitutdan muntazam ravishda ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda, ushbu kelishuvni bekor qilishni talab qilish;
servitut tashkil etilgan asoslar bekor qilingan taqdirda, manfaatdor shaxsni bu haqda yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
oʻz vaqtida toʻlanmagan servitut uchun toʻlovni undirish uchun sudga murojaat qilish;
manfaatdor shaxs yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanganlik (servitut) uchun mazkur kelishuvning 1.9-bandida koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda haq toʻlamasa, manfaatdor shaxsni shartnomani bekor qilish haqida ogohlantirish, manfaatdor tomondan rad javobini olganda yoki qonunda yoxud shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa — oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin talabni sudga taqdim etish.
2.3. Manfaatdor quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining huquq egasi bilan birgalikda servitutni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
servitutdan faqat ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanish;
servitut oʻrnatilgan yer uchastkasidan foydalanishda, ushbu kelishuvning 1.4-bandida koʻrsatilganidan tashqari, huquq egasiga qoʻshimcha cheklovlar yaratmaslik;
servitut oʻrnatilishiga asos boʻlgan harakatlarni jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali amalga oshirish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer uchastkasi huquq egasining birinchi talabiga koʻra servitutdan foydalanishni toʻxtatish;
uchinchi shaxslar bilan ushbu yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv tuzish masalasini kelishish yuzasidan yer uchastkasining huquq egasidan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan boshlab ____________ kun ichida yozma ravishda javob berish.
2.4. Manfaatdor shaxs quyidagi huquqlarga ega:
ushbu shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan servitut maqsadlaridagi harakatlarni amalga oshirish;
servitut oʻrnatilishiga asos boʻlgan harakatlarni jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali amalga oshirish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnoma talablarini toʻliq bajargan tartibda, shartnomada bunday talablar keltirilmagan taqdirda, taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida servitutdan foydalanishni toʻxtatish.
3. Servitut amal qilishini bekor qilish hollari
3.1. Ushbu kelishuv bilan belgilangan servitutning amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
servitut oʻrnatilishi sababi (maqsadi) tugaganda;
manfaatdor shaxs va yer uchastkasining huquq egasi bitta shaxs boʻlib qolganda;
manfaatdor shaxs servitutdan voz kechganda, buning uchun servitut bekor qilinishidan ______kun oldin yer uchastkasi huquq egasiga yozma xabarnoma yuborishi zarur;
ketma-ket ____________ yil mobaynida servitutdan foydalanilmaganda;
manfaatdor shaxs yer uchastkasidan cheklangan foydalanganlik (servitut) uchun haq toʻlashni rad etgan taqdirda;
servitut bitimida belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish.
4. Fors-major holatlari
4.1. Taraflar bir-birlarini fors-major holatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida ular yuzaga kelgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qilishi kerak.
4.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ushbu kelishuv boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amalda boʻlgan davrga koʻchiriladi.
5. Yakunlovchi qoidalar
5.1. Ushbu kelishuvga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda amalga oshiriladi va shartlashayotgan Taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
5.2. Ushbu kelishuv boʻyicha nizolar Taraflar tomonidan muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi, kelishuvga erishishning imkoni boʻlmaganda esa — sud orqali hal etiladi.
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
e) quyidagi mazmundagi 5a — 5v-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5a-ILOVA
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻp yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini qamrab oladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqining yuzaga kelishi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
3. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi va cheklanishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini ularda joylashgan koʻp yillik dov-daraxtlar bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori;
koʻp yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, koʻp yillik dov-daraxtlarning renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga oʻtishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
koʻp yillik dov-daraxtlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida mulkdorning qarori;
koʻp yillik dov-daraxtlarning tabiiy ofatlar natijasida barham topganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor oʻrtasida koʻp yillik dov-daraxtlarni berish toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Huquqning bekor boʻlishi koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
koʻp yillik dov-daraxtlar xatlab qoʻyilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma;
koʻp yillik dov-daraxtlarning boshqa shaxsga oʻtkazilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi xabarnoma;
koʻp yillik dov-daraxtlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnoma.
Huquqlarning cheklanishi koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
4. Ijaraga olingan yer uchastkasida yaratilgan koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi ham boshqa shaxsga oʻtadi.
5. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
7. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi yuzaga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, bekor qilinishida, cheklanganda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizada koʻp yillik dov-daraxtlar oʻsadigan yer uchastkasining kadastr raqami koʻrsatiladi hamda koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻimni undirish Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar uni koʻrsatishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida tegishliligi boʻyicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga yuboriladi.
15. Quyidagilar koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi;
koʻp yillik dov-daraxtlarning birlamchi kadastr yigʻmajildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
huquqlarning yuzaga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik (bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov miqdori bir oy mobaynida toʻlanmagan buyurtmalar avtomatik rad etiladi).
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
16. Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari soʻrovnoma tushgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
17. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan koʻchirma tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqiga ega boʻlgan kundan boshlab 1 oy mobaynida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Arizani Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari
1. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazadi, Reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
2. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqami)
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. JSHSHIR:
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
III. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻp yillik dov-daraxtlar oʻsadigan yer uchastkasining kadastr raqami:
2. Yer uchastkasining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
IV. Soʻrovnomaga ilova:
1. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5b-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda taqdim etiladi.
3. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlarning joylashgan manzili;
bino va inshootlarning kadastr raqami;
bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar turi;
bino va inshootlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.
4. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki davreestr.uz veb-sayti (belgilangan tartibda avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtish lozim) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
13. Palata soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (koʻchmas mulk mulkdori tomonidan oʻz bino va inshootlarining mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qiladi.
2. Xizmat koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
Soʻrovnomani Palataga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Palata
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
1. Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Oʻzi kelib murojaat qilganda, maʼlumotnomani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqami)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) toʻldirishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
1. Jismoniy shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomi (ishonchnoma egasining F.I.O.)
2. Yuridik shaxslarda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxslarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
4. Jismoniy shaxsning yashash manzili yoki yuridik shaxsning joylashgan joyi (yuridik manzili)
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA
20__ “__” ______
№ _______
20__ “__” ______da tushgan arizaga asosan shuni maʼlum qilamiz:
Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar
Koʻchmas mulk obyektining nomi
Bino va inshootning turi
Kadastr raqami
Joylashgan joyi
Huquq egasi (egalari) va huquqdagi ulushi
Huquq turi
Huquq belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi
Bino va inshootlarning umumiy maydoni (m2)
Koʻchmas mulkning kadastr qiymati, (soʻm)
Cheklanish mavjudligi
Izoh. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5b-ilovaga muvofiq yuqoridagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
QR-code
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5v-ILOVA
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Maʼmuriy reglament Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi (keyingi oʻrinlarda — kadastr muhandisi) — yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;
malaka imtihoni — kadastr muhandisiga qoʻyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yoʻnaltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan imtihon;
talabgor — kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs.
3. Kadastr munosabatlari sohasida tayyorlash kurslarida oʻqishni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi yoki ish stajiga ega boʻlmagan holda kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari boʻyicha taʼlim olgan boʻlishi.
5. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.
Bunda kadastr muhandisi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzadi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.
2-bob. Malaka imtihonini topshirish
6. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktorining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan toq sonli tarkibda malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Agentlik direktori malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlik va Palata masʼul xodimlari hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining masʼul vakillaridan shakllantiriladi.
7. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi va doimiy hisoblanmaydi.
Bunda Agentlik malaka imtihoni komissiyasi tarkibini shakllantirish uchun Palata va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga yozma murojaat qiladi.
Komissiya ishchi organ vazifasi Palata tomonidan amalga oshiriladi.
8. Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda komissiya majlisi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiya majlisini oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana va vaqti eʼlon qilinadi.
9. Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malakasini oshirish va ularga malaka shahodatnomasini berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani hamda ushbu Reglamentning 4-bandida keltirilgan mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi yoki xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasini pdf formatida taqdim etadi.
Talabgor taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari qolgan zarur boʻlgan hujjat va maʼlumotlarni, xususan, talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va mehnat daftarchalarining maʼlumotlari Agentlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
12. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
13. Agentlik quyidagi asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
talabgor mazkur Reglamentning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
talabgor taqdim qilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilgani aniqlanganda;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik (bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov miqdori bir oy mobaynida toʻlanmagan buyurtmalar avtomatik rad etiladi).
Boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda, Agentlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgor rad etish sabablari koʻrsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida bir ish kuni ichida talabgor ariza va hujjatlarni Agentlikka taqdim etgan usulda xabardor qilinadi.
15. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishda rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga uch ish kunilik muddat beriladi.
Belgilangan muddatda talabgor tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmasa, imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi va uning arizasi rad etiladi.
16. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganida talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi va roʻyxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin malaka imtihoni komissiyasiga topshiriladi.
17. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgor malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida besh ish kuni oldin mobil telefoni (mavjud boʻlganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.
Malaka imtihonini oʻtkazish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan oʻn besh kun oldin joylashtiriladi.
Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan, imtihon savollarini tuzish va qayta ishlash hamda natijalarini tekshirishni amalga oshirish uchun talabgorlar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu summaning 90 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Toʻlov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Palataning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Palataning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali murojaat etilganda mablagʻlar toʻliq miqdorda Palataning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Toʻlovlar davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
18. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati hamda malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot uni oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilingan kunda Agentlik va Palataning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
19. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga koʻra, lekin kamida bir oyda bir marotaba oʻtkazilishi lozim.
20. Malaka imtihoni komissiyasining tarkibi, ish reglamenti, shuningdek, test savollari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
21. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
22. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda, imtihonga qoʻyilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.
23. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali ikki ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
24. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritilmaydi. Bunday hollarda talabgor malaka imtihonidan oʻtish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim.
25. Malaka imtihoni test sinovi usulida, kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek tilida yoki zaruratga koʻra rus tilida ham oʻtkaziladi.
26. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi.
27. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Palata rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
28. Test sinovi sohaga oid 75 ta savoldan iborat boʻladi.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
29. Test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon va shpargalkalar olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari oʻtkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
30. Malaka imtihoni test sinovi natijalari test sinovi yakuni bilan eʼlon qilinadi.
Malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida malaka imtihoni komissiyasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Malaka imtihoni natijalari hamda malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi Palatada saqlanishi lozim.
32. Talabgorning toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
33. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorlar uni navbatdagi malaka imtihonida takroran topshirish huquqiga ega, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talabgor navbatdagi malaka imtihonini qayta topshirishiga qadar taqdim qilingan hujjatlar Palatada saqlanadi.
34. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka shahodatnomasi beriladi.
35. Kadastr muhandislarini Palatada oʻqitish va doimiy tarzda (uch yilda bir marotaba) malakasini oshirib borish lozim.
3-bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
36. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Agentlikka apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
37. Agentlik bir ish kuni muddatida apellyatsiyani malaka imtihoni komissiyasiga taqdim etadi.
Malaka imtihoni komissiyasi uch ish kunida apellyatsiyani koʻrib chiqadi va Agentlikka qabul qilingan qaror haqida xabar beradi.
Agentlik malaka imtihoni komissiyasining qarori toʻgʻrisida talabgorga bir ish kuni muddatida xabar beradi.
38. Malaka imtihoni komissiyasi tomonidan apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash toʻgʻrisida;
malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
39. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror apellyatsiyada koʻrsatilgan asoslar oʻz tasdigʻini topmagan hollarda qabul qilinadi.
40. Agentlikning qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
4-bob. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtirish va berish
41. Malaka shahodatnomasi mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi va Toshkent shahar va Toshkent viloyatining barcha hududlarida amal qiladi.
42. Malaka shahodatnomasi Agentlik axborot tizimining elektron hujjatlar bazasida shakllantirilib, veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan tekshirish imkoniyati boʻladi.
43. Malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va talabgor ariza va hujjatlarni Agentlikka taqdim etgan usulda elektron koʻrinishda talabgorga taqdim etiladi.
44. Agar talabgor malaka shahodatnomasini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz faoliyatini amalga oshirmagan boʻlsa, Agentlik mazkur shahodatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
5-bob. Malaka shahodatnomasini qayta rasmiylashtirish
45. Kadastr muhandisining familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab ikki oy ichida Agentlikka mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
46. Malaka shahodatnomasining qayta rasmiylashtirilishi kadastr muhandisi tomonidan ariza berilgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
47. Yangi malaka shahodatnomada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka shahodatnomasining raqami qoʻshimcha tarzda qayd qilinadi.
48. Kadastr muhandisi yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka shahodatnomasi oʻrniga Agentlik axborot tizimining elektron hujjatlar repozitoriysi veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan malaka shahodatnomasini qayta yuklab olishi mumkin.
6-bob. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
49. Kadastr muhandisining tashabbusi bilan malaka shahodatnomasini tugatish va bekor qilish Agentlik tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vakolatli organlar tashabbusi bilan malaka shahodatnomasini tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
50. Quyidagilar malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi:
kadastr muhandisining arizasi;
kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarini buzish;
kadastr yigʻmajildi tayyorlashda, uning qavatma-qavat rejalarini tuzishda, texnik rejalarni rasmiylashtirishda, shuningdek, uning texnik hisobga qoʻyish ishlarini amalga oshirishda notoʻgʻri maʼlumot berish;
shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori.
51. Malaka shahodatnomasining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
52. Malaka shahodatnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Agentlikning malaka shahodatnomasini berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
malaka shahodatnomasi soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
53. Malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu qaror qonuniy kuchga kirgan sanadan boshlab amal qiladi.
54. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun malaka shahodatnomasining amal qilishi tugatilgan kadastr muhandisiga, u tugatilgan sanadan boshlab quyidagi muddatlar mobaynida takroran malaka shahodatnomasi berilmaydi:
koʻchmas mulk obyektlarida xatlov ishlarini olib borib kadastr yigʻmajildini shakllantirishda texnik xatoliklarga yoʻl qoʻyganda olti oy mobaynida;
koʻchmas mulk obyektiga tegishli huquq belgilovchi hujjatlarga amal qilmagan xolda kadastr yigʻmajildini shakllantirishda bir yil mobaynida.
55. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
56. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida tegishli kadastr muhandisi va kadastr muhandisi bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxsga uning nusxasi yuboriladi.
57. Malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7-bob. Kadastr muhandislari reyestri
58. Agentlik tomonidan kadastr muhandislari reyestri yuritiladi va unda kadastr muhandislarining quyidagi maʼlumotlari qayd etiladi:
kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
malaka shahodatnomasining raqami, berilgan sana;
malaka shahodatnomasi olingan sana;
malaka imtihonida qayd etilgan natija;
malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish, qayta rasmiylashtirish haqidagi maʼlumotlar.
59. Kadastr muhandislari reyestri elektron shaklda yuritiladi.
60. Kadastr muhandislari reyestriga kiritilgan maʼlumotlardan ochiq foydalanilishi mumkin.
Kadastr muhandislari reyestri Agentlikning rasmiy veb-saytida aks ettiriladi.
61. Kadastr muhandisi tomonidan kadastr yigʻmajildi tayyorlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar Mazkur reglamentga 4 ilovaga muvofiq minimal stavkalar asosida amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
62. Mazkur Reglamentni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
63. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malakasini oshirish va unga malaka shahodatnomasini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali arizani hamda mazkur Reglamentning 3‑bandida keltirilgan mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi yoki xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasini pdf formatida taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Soʻrovnomani tegishlicha Agentlikka yuboradi
1. Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
2. YIDXP
2. Avtomatik tarzda
3. Agentlikning rasmiy veb-sayti
3. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Agentlik
Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi, natijasi boʻyicha talabgorni xabardor qiladi.
Uch ish kuni ichida
4-bosqich
Talabgor
1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng miqdorda toʻlov amalga oshiradi;
Uch ish kuni ichida
2. Malaka imtihonini topshirish rad etilgan taqdirda, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi.
Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Agentlik
1. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgor malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida mobil telefoni (mavjud boʻlganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qiladi.
Imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida besh ish kuni oldin
2. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati Komissiyaga taqdim etadi.
Malaka imtihoni boshlanishidan bir kun oldin
3. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati hamda malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot Agentlik va Palataning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
3. Koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilmaydi.
Malaka imtihonini oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun ichida
6-bosqich
Talabgor
Belgilangan vaqtda kelib malaka imtihonini topshiradi
45 daqiqa
7-bosqich
Agentlik
1. Malaka imtihonini oʻtkazadi.
Belgilangan muddatda
2. Test sinovi natijalari boʻyicha bayonnomani rasmiylashtiradi va eʼlon qiladi.
Uch ish kunida
3. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi yoki YIDXP, elektron pochta orqali talabgorga taqdim etadi.
Ikki ish kunida
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Malaka shahodatnomasi tushgandan soʻng ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga
ARIZA
Menga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Shu bilan birga, oʻzim toʻgʻrimda quyidagi axborotlarni maʼlum qilaman:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. (JSHSHIR):
4. Tugʻilgan yili, oyi, sanasi:
5. Yashash manzili:
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili:
8. Mehnat faoliyatini olib borgan joy (tashkilot nomi):
9. Lavozimi:
10. Ishga kirgan sana:
11. Ishdan boʻshagan sana:
12. Oʻqigan taʼlim muassasasi:
13. Mutaxassisligi:
14. Oʻqishga kirgan yil:
15. Oʻqishni bitirgan yil:
Shaxsiy maʼlumotlarimdan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi va uni rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarda foydalanilishiga roziman.
Shaxsiy imzo __________________
20___ yil “____” _______________.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
KADASTR MUHANDISINING MALAKA SHAHODATNOMASI
______-son
20__ yil “___” ______________
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ga
(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaxsning F.I.O.)
malaka imtihon komissiyasining 20__ yil “__”_______dagi qaroriga asosan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi berildi.
____________________________________
_______________
(vakolatli shaxsning F.I.O.)
(imzo)
QR-code
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida kadastr muhandislari tomonidan koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildi tayyorlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar narxining minimal stavkalari
T/r
Xizmatlar nomi
Ishlarning minimal narxi
I. Koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr yigʻmajildini tayyorlash
1.1.
Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
1.2.
Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi
1.3.
Umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan 5 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari
1.4.
Umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan 15 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari
1.5.
Umumiy maydoni 15 000 kvadrat metrdan 50 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari
1.6.
Umumiy maydoni 50 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari
II. Koʻchmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr yigʻmajildini tayyorlash
2.1.
Koʻp kvartirali uydagi kvartira
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi
2.2.
Yakka tartibdagi turar joy
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi
Izoh.
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha bino va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi.
2. I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
3. Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi:
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman boʻysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda — 0,8;”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Yakka tartibdagi uy-joyda hamda jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish (dala hovli) uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik daraxtlarga kadastr yigʻmajildi tayyorlanmaydi”;
b) 52-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“koʻp kvartirali uyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 9a-ilovaga muvofiq”;
v) quyidagi mazmundagi 9a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9a-ILOVA
(Davlat kadastrlari palatasi filiali nomi yoki kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi)
KOʻP KVARTIRALI UYNING KADASTR PASPORTI (kadastr yigʻmajildidan koʻchirma)
Kadastr yigʻmajildi shakllantirilgan sana
Kadastr pasporti berilgan
Sana
Raqami
I. Manzil haqida maʼlumotlar
Kadastr raqami
Joylashgan joyi
II. Umumiy maʼlumotlar
Yer uchastkasining maydoni, m2
hujjatdagi
amaldagi
Binoning qavatlari soni
Qurilgan yili
Umumiy qurilish osti maydoni, m2
Tutash yer uchastkasi maydoni, m2
Umumiy foydali, m2
Koʻp kvartirali uyning turi
Kvartira va joylar soni
Shundan:
1 xonali
2 xonali
4 xonali
5 xonali
6 va undan koʻp xonalilar
turar joy
noturar joy
III. Obyekt tavsifi
Jami xonalar soni
Yashash xonalari soni
Kadastr qiymati, soʻm
Baholash sanasi
Konstruktiv qismlarining tavsifi
Poydevor
Yuk koʻtarib turuvchi qismlar
Tom qoplamasi
IV. Umumiy mol-mulk
Yertoʻlalar maydoni
Kirish yoʻlaklari (podyezdlar) soni
Cherdaklar maydoni
Liftlar soni
Boshqa umumiy mol-mulklar
_______________________
____________________________
(ijrochi lavozimi)
(F.I.O.)
Obyekt boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni davreestr.uz veb-sayti orqali olish imkoniyati mavjud.
QR-kod
(Davlat kadastrlari palatasi filiali nomi yoki kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi) Koʻp kvartirali uyning kadastr pasportiga ILOVA
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyundagi 395-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi “umumdavlat” soʻzidan keyin “hamda maxsus (tarmoqqa oid)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
sxema nomi “umumdavlat” soʻzidan keyin “hamda maxsus (tarmoqqa oid)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
sxemaning 1 va 6-bosqichlari “Chora-tadbirlar” ustuni “umumdavlat” soʻzidan keyin “hamda maxsus (tarmoqqa oid)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Nizomga 2-ilovada sxema nomi “umumdavlat” soʻzidan keyin “hamda maxsus (tarmoqqa oid)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarorida:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini ularga soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish tartibi;
koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish tartibi va xususiyatlari”;
yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish;
koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanishga ajratish tartibini belgilaydi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Ushbu Reglamentga muvofiq davlat va jamoat ehtiyojlari hisoblangan vazifalar ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilmagan yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi belgilangan hollarda yer uchastkasi faoliyat sohasidan kelib chiqib, tegishli davlat organi, muassasasi va korxonasiga, bunday tashkilotni aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi va keyinchalik ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi.
Koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli boʻlmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ushbu qoida yangi koʻp kvartirali uy quriladigan yer uchastkasining maydonini qasddan kamaytirib koʻrsatish uchun asos sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidagi yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
Agar ajratilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlar toifasiga kirsa, avval ushbu yerlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa yer toifasiga oʻtkazish masalasi hal etiladi”;
quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkasini (keyingi oʻrinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi.
Agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi”;
“9. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi. Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi”;
“11. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi besh ish kuni mobaynida:
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini, yer uchastkasining toifasini aniqlaydi;
yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan va (yoki) qishloq (oʻrmon) xoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga kirgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkasi boʻyicha buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi”;
31-bandning birinchi xatboshisi “qarori asosida” soʻzlaridan keyin “yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 51 va 52 -boblar bilan toʻldirilsin:
“51-bob. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish tartibi
321. Foydalanishdagi yer uchastkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
322. Davlat tashkilotlari foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
323. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida uni tegishli qurilish bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
324. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari yer uchastkasi ajratilayotgan davlat tashkilotlari hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
325. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq haq undiriladi.
326. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni oʻrganadi:
buyurtmada belgilangan davlat tashkilotlarining foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda boshqa yuridik shaxslar nomiga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
yer uchastkalari boʻyicha topografik rejaning mavjudligi.
Davlat tashkilotlarining foydalanishdagi yer uchastkasi hamda undagi bino va inshootlar jismoniy va boshqa yuridik shaxslar nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi.
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud boʻlmagan yoki topografik xaritasi amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkasining maydoni va chegaralariga mos boʻlmaganda taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda davlat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnoma asosida yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi.
327. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi davlat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va hujjatlar yigʻmajildi tayyorlangan kunning oʻzida uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
328. Hujjatlar yigʻmajildiga quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi haqida qisqacha maʼlumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati;
yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma).
Bunda Davlat kadastrlari palatasi joyiga chiqqan holda yer uchastkalarining chegaralarini aniqlaydi va natijasi boʻyicha dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda davlat tashkilotlari vakili hamda qoʻshni chegaradoshlar bilan kelishadi.
329. Qurilish bosh boshqarmasi soʻrov tushgan kundan boshlab besh ish kun ichida “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
3210. Qurilish bosh boshqarmasi ijobiy kelishuvidan keyin hujjatlar yigʻmajildi “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
3211. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch ish kun mobaynida hujjatlar yigʻmajildini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibga asosan vakolatli organlar bilan kelishadi.
3212. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qurilish bosh boshqarmasi va vakolatli organlar bilan kelishilgan hujjatlar yigʻmajildini olgandan keyin ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud boʻlgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlari;
suv muhofazasi, ekologik, yongʻinga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat boʻlganda).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz qarorini bir ish kuni mobaynida davlat tashkilotlari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Davlat tashkilotlarining murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
52-bob. Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish tartibi
3213. Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga (keyingi oʻrinlarda — mulkdorlar) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
3214. Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
3215. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida buyurtmani tegishli hududiy qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
3216. Qurilish bosh boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “OʻzGASHKLITI” MCHJga yuboradi.
3217. “OʻzGASHKLITI” DUK mulkdorlar yoki uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruvchilar) bilan shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni mobaynida elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
Bunda qurilish bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkalarining topografik xaritasini tayyorlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-qidiruv sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
3218. Qurilish bosh boshqarmasi besh ish kunida joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda yer uchastkasi chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qoʻshni chegaradoshlar bilan kelishiladi.
3219. Dalolatnoma mulkdorlar tomonidan imzolanadi.
Yer uchastkalari chegaralarini aniqlashda yer uchastkasining chegaralari chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egasi (egalari) bilan kelishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal etiladi.
3220. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
foydalanishdagi yer uchastkasining maydoni (gektarda) haqida maʼlumot;
koordinatali nuqtalari bilan yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm).
3221. Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
3222. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun materiallar tushgan kundan boshlab ikki ish kunida:
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi boʻsh boʻlgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi;
yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.
3223. Qurilish bosh boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan kelishilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.
3224. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari va dalolatnomalari olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilinishining majburiy sharti hisoblanadi.
3225. Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud boʻlgan taqdirda), mulkdorlari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga uning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xaritasi ilova qilinadi.
3226. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz qarorlarini bir ish kuni mobaynida mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
3227. Mulkdorlar yoki boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda mulkdorlar nomiga yer uchastkasiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
Maʼmuriy reglamentga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish
SXEMASI
I. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish tartibi
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi
Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Buyurtmani yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi
Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
5 ish kuni mobaynida
Yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
20 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Hujjatlar yigʻmajildini oʻrganadi va Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalaridan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
5 ish kuni mobaynida
Buyurtmachi
Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun murojaat qiladi.
1 ish kuni mobaynida
Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi va buyurtmachiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini taqdim etadi.
20 ish kuni mobaynida
Buyurtmachi
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Hujjatlar yigʻmajildini oʻrganadi va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga xulosa olish uchun yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi
Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, hujjatlar yigʻmajildini koʻrib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va tegishlicha uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
5 ish kuni mobaynida
Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, oʻz xulosasini ilova qilgan holda hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga kelishish uchun yuboradi.
3 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi
Hujjatlar yigʻmajildi materiallarini koʻrib chiqadi, ularni kelishadi.
5 ish kuni mobaynida
Kelishilgan materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
3 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi
Oʻz xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yigʻmajildini mazkur xulosa (kengash bilan kelishuv)ni ilova qilgan holda vakolatli tashkilotlarga xulosalar olish va kelishish uchun yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
10-bosqich
Vakolatli tashkilotlar
Kelishishni amalga oshiradi va tegishli xulosani beradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
5 ish kuni mobaynida
11-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Yer uchastkasini ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
2 ish kuni mobaynida
Hujjatlar yigʻmajildini, vakolatli tashkilotlar xulosalari va kelishuvi boʻyicha materiallarni hamda oʻz qarorini Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
12-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi, qurilish bosh boshqarmasi hamda “OʻzGASHKLITI” MCHJ loyiha-qidiruv tashkiloti filiali
Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.
3 ish kuni mobaynida
13-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi
Yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2 ish kuni mobaynida
II. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish tartibi
Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Buyurtmani tegishli Qurilish bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi
1. Buyurtmada belgilangan yuridik shaxsning foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda yuridik shaxslar nomiga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini oʻrganadi.
2. Yer uchastkalari boʻyicha topografik rejaning mavjudligini aniqlaydi.
3. Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
5 ish kuni mobaynida
Yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralari va shaharsozlik hujjatlari boʻyicha kelishish uchun Qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
Belgilangan muddatda
4-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari
Hujjatlar yigʻmajildni koʻrib chiqadi, “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
3 ish kuni mobaynida
Ijobiy kelishilgan hujjatlar yigʻmajildini “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yigʻmajildini ilova qilgan holda vakolatli tashkilotlarga xulosalar olish va kelishish uchun yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Vakolatli tashkilotlar
Kelishishni amalga oshiradi va tegishli xulosani beradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi
3 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Yer uchastkasini yuridik shaxslarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
2 ish kun mobaynida
Oʻz qarorini yuridik shaxslar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi
yuridik shaxslarning murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi.
Belgilangan muddatda
“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2 ish kuni mobaynida
III. Koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari
Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Buyurtmani tegishli hududiy qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari
Buyurtma boʻyicha foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “OʻzGASHKLITI” MCHJga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
“OʻzGASHKLITI” MCHJ
Buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
10 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari
Joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qoʻshni chegaradoshlar bilan kelishadi.
Foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi boʻsh boʻlgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi.
Yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari
Yer uchastkasining topografik xaritada belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
2 ish kuni mobaynida
Oʻz qarorlarini mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Mulkdorlar yoki koʻp kvartirali uy-joylar boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi.
“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Foydalanishdagi yer uchastkasi ______________________________________ joylashgan.
(joylashgan manzili)
Foydalanishdagi yer uchastkasining maydoni ______________ gektarni tashkil qiladi.
Foydalanishdagi yer uchastkasi _______________________ maqsadida foydalanilmoqda, uning qurilish ostidagi va hovli yerlari ____________ ga, boshqa yerlar _____________ ga.
Foydalanishdagi yer uchastkasidan amalda _______________ maqsadida foydalanilmoqda.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning cheklanishi ____________________________________
Foydalanishdagi yer uchastkasi chegaralarining taʼrifi ___________________________ ________________________________________________________________________
Foydalanishdagi yer uchastkasi chegaralari boʻyicha mulkdorning va chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egalarining _______________________________________
Foydalanishdagi yer uchastkasining boshqa xususiyatlari: ________________________________________________________________________
Mazkur dalolatnomaga uning ajralmas qismi sifatida yer uchastkasining_____________ _____________________________ masshtabdagi topografik xaritasi ilova qilinmoqda. Qurilish bosh boshqarmasi __________________________________________________
(ijrochining lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
Foydalanishdagi yer uchastkasining mulkdori
__________
_______________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egalari
1. ______________________
________________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
2. ______________________
________________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
3. ______________________
________________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi oʻn birinchi xatboshisi “batafsil rejalashtirish loyihalariga” soʻzlaridan keyin “hamda master rejalariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.