toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 2-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda.Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 5-yanvardagi 2 (6437)-sonida eʼlon qilingan
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-yanvar,
OʻRQ-399-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega boʻlgan yoxud tashxis qoʻyish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllanilish uchun tayyor dori vositalari;
dorivor oʻsimlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar boʻlgan oʻsimliklar yoki ularning qismlari;
Oldingi tahrirga qarang.
klinik tadqiqot subyekti — farmakologik vositani yoki dori vositasini klinik tadqiq etishda oʻzining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
retsept — shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasi;
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi va tibbiy buyum;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega boʻlgan, klinik tadqiqot obyektlari boʻlgan modda yoki moddalar aralashmasi;
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
(3-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.
4-modda. Davlatning aholini asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash sohasidagi kafolatlari
Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi.
2-bob. Davlat organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining dori vositalari hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-bobi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Asosiy dori vositalari roʻyxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud boʻlishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(6-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 284-sonli qarori.
ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini taʼminlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 35-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar Roʻyxati”ning II-bobi birinchi xatboshining 1-kichik bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
Davlat farmakopeyasini tasdiqlaydi va chop etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 8-moddasi.
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida” Qonunining 2-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-sonli “Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori.
tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida” Qonunining 13 — 15-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3604, 27.01.2025-y.).
Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini toʻxtatib turadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toʻxtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini toʻxtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
farmakologik nazoratni amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
(6-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlaydi;
(6-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Asosiy dori vositalari roʻyxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tibbiy buyumlar roʻyxati” (roʻyxat raqami 2809, 12.07.2016-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida”gi nizom.
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
tegishli hududda davlat davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlashda ishtirok etadi;
dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda oʻtkazishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24 va 25-moddalari.
3-bob. Dori vositalari. Tibbiy buyumlar. Tibbiy texnika
8-modda. Davlat farmakopeyasi
Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami boʻlgan rasmiy nashrdir.
Umumiy farmakopeya maqolasi dori vositalarining, tibbiy buyumlarning sifatiga, dorivor oʻsimlik xom ashyosiga, ularning sifatini nazorat qilish usullariga, dori vositalarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan standart namunalarga, reaktivlarga, dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan joylash-oʻrash materiallariga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Farmakopeya maqolasi muayyan dori vositasining, tibbiy buyumning, dorivor oʻsimlik xom ashyosining, yordamchi moddaning sifatiga doir talablarni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Davlat farmakopeyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta chop etiladi. Davlat farmakopeyasining qayta nashrlari oraligʻidagi davrda Davlat farmakopeyasiga ilovalar chop etiladi.
9-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik oldi tadqiqotlari farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini oʻrganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, biologik, mikrobiologik, farmakologik, toksikologik tadqiqotlarni hamda boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi.
Tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari tibbiy buyumlarning xavfsizligini oʻrganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, texnik, biologik, mikrobiologik, toksikologik tadqiqotlarni va boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi.
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazish ularni ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda zarur moddiy-texnika bazasiga va tadqiqotning tegishli sohasi boʻyicha malakali mutaxassislarga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot muassasalarida, dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda, oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin.
10-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari xavfsizlik va samaradorlikni aniqlash maqsadida ularning farmakologik xossalarini, nojoʻya taʼsirlari va boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri samarasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish uchun oʻtkaziladi.
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta davolash-profilaktika muassasasida yoki koʻp markazli klinik tadqiqot tarzida yagona bayonnoma boʻyicha bittadan ortiq davolash-profilaktika muassasasida oʻtkazilishi mumkin.
Odamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari;
farmakologik vositaning yoki dori vositasining qoʻllanilishidan ehtimol tutilgan nojoʻya taʼsir xavfi kutilayotgan ijobiy taʼsirdan ancha past boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishga etika ekspertizasining mazkur tadqiqotlarni oʻtkazish etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosasisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida klinik tadqiqot subyektining ishtirok etishi oʻzining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqot subyektiga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Klinik tadqiqot subyekti tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.
(10-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz klinik tadqiqot subyekti ishtirokida oʻtkazilgan taqdirda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.
(10-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan klinik tadqiqot subyektlari ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan klinik tadqiqot subyektlarida klinik tadqiqot oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
(10-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti boshlanishidan oldin tadqiqotni oʻtkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi yoxud tadqiq etilayotgan farmakologik vositani yoki dori vositasini taqdim etgan yuridik shaxs klinik tadqiqot subyektining hayotiga, sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sugʻurta shartnomasini sugʻurtalovchi bilan tuzishi shart.
(10-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan klinik tadqiqot subyektining hayoti, sogʻligʻi uchun tahdid paydo boʻlgan taqdirda klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotni toʻxtatishi va bu haqda tadqiqotni davom ettirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
(10-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini moliyalashtirish tadqiq etilayotgan farmakologik vositalarni yoki dori vositalarini taqdim etgan yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan yoxud qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi va klinik tadqiqotlar oʻtkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
11-modda. Etika ekspertizasi
Etika ekspertizasi farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning etika jihatidan asoslanganligi toʻgʻrisida xulosa berish maqsadida oʻtkaziladi.
Etika ekspertizasi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Etika qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi, uning tarkibiga tibbiyot, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, oliy taʼlim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiritiladi.
Etika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
12-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ruxsat etiladi.
Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalari (bundan dori vositalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan dori moddalari (substansiyalar) mustasno);
(12-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
tibbiy buyumlar;
tibbiy texnika.
Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibida turli dori moddalari boʻlgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchining turli savdo nomlari ostidagi, tarkibi bir xil dori moddalaridan iborat boʻlgan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(12-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibida yangi kimyoviy moddalar mavjud boʻlgan dori vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taqdim etilgan dori vositasining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlaridagi mavjud maxfiy axborot ariza beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran olti yil mobaynida uning roziligisiz oshkor qilinishi va undan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin emas.
Yangi kimyoviy modda deganda patentga layoqatliligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatdan oʻtkazilmagan har qanday kimyoviy birikma tushuniladi.
Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan axborotni ariza beruvchining roziligisiz oshkor qilishga va undan foydalanishga sudning qaroriga asosan, quyidagi hollardan biri mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
dori vositasini yetkazib berish hajmi Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy mobaynida aholining ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmaganda;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish hollari aniqlanganda.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-fevraldagi OʻRQ-908-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalariga koʻra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil boʻlgan tegishli roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi beriladi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa muddatsiz beriladi.
(12-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasining zarur hujjatlar ilova qilingan arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy ichida berilishi kerak. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qoʻllashga, agar ular roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan boʻlsa, ruxsat etiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi dori vositasining, tibbiy buyumning va tibbiy texnikaning xavfsizligiga, sifatiga hamda samaradorligiga taalluqli yangi maʼlumotlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
13-modda. Farmakologik nazorat
Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush taʼsir koʻrsatadigan nojoʻya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir.
Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan nojoʻya reaksiyalarga baho beradi, baholash jarayonida nojoʻya reaksiyaning klinik koʻrinishlari va dori vositasining qoʻllanilishi oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻlanishlari, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbati aniqlanadi.
Kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatining oʻzgarishiga taʼsir etuvchi faktlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqaruvchilar va ularning vakillari salbiy oqibatlarni bartaraf etishga, odamning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishining oldini olishga, bunday dori vositalarining qoʻllanilishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Dori vositasi qoʻllanilganda dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.
14-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika toʻgʻrisidagi axborot va dori vositalarining reklamasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga:
Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida;
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyxatida;
Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatida;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Asosiy dori vositalari roʻyxatida;
Oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika roʻyxatida;
Tibbiy buyumlar roʻyxatida koʻrsatilgan axborot joylashtiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida koʻrsatiladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Retsept boʻyicha beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi va tibbiy buyumlar haqidagi axborot faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida beriladi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarining reklamasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
4-bob. Farmatsevtika faoliyati
15-modda. Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari
Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
dorivor oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish
Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya daʼvogarining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi:
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
17-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini oʻrganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni oʻtkazishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar koʻrsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi.
Tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini oʻrganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar koʻrsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi.
18-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat boʻlib, u toʻliq texnologik sikl boʻyicha yoki uning alohida bosqichlari boʻyicha ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.
Qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchisining buyurtmasiga muvofiq tegishli litsenziyaga ega boʻlgan boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda dori vositalarining va tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dori vositalarini va tibbiy buyumlarni buyurtmaga muvofiq bevosita ishlab chiqaradigan tashkilotga beriladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-879-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega boʻlishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tamgʻalash hamda joylash-oʻrash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamenti”ning 5-bobi.
19-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 14-iyuldagi PF-916-sonli “Respublikada dori-darmonlar sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish” qoidalari 13-bandning oʻn birinchi xatboshisi.
20-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni (oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari) chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar boʻyicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3277, 01.07.2020-y.) 11-bandi va nizomga 1-ilova.
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
21-modda. Dorixona
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 4-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”) va 2-paragraflari (“Tijorat tashkilotlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 284-son qarori.
Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, maʼdanli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qoʻshimchalarni realizatsiya qilishni ularning qoʻllanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Dorixona filialining mudiri farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 20, 22, 23-moddalari.
Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh sanitar vrachi tomonidan 2007-yil 29-dekabrda 0243-07-son bilan tasdiqlangan “Tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish boʻyicha dorixonalar va ularning filiallari tuzilishiga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalari”.
Oldingi tahrirga qarang.
211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki oʻrta maxsus farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
(211-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
22-modda. Dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash
Dori vositalari dorixonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari roʻyxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
23-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilib tashlash
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlashga ruxsat beriladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashish ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi taʼminlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda muomaladan chiqarilishi va yoʻq qilib tashlanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizom” 13-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”gi nizom.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yoʻq qilib tashlash ularning egalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish
24-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar oʻtkazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi 22-sonli “Import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxati” (roʻyxat raqami, 1952, 08.05.2009-y.).
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qoʻyishda va ularni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar importi, oʻta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tugʻdiradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qoʻyishda hamda ularni davolashda qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasi boʻyicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
25-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular:
mamlakatda boʻlish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy koʻrsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun moʻljallangan boʻlsa;
diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yoʻlovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan boʻlsa.
Xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlarining ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchilarini davolash uchun moʻljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni olib kirish hamda olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javbgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 164, 1651-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186, 1863-moddalari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 3-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)