1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2809]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Tibbiy buyumlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-iyun,
60-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 29-iyundagi 60-son buyrugʻiga ILOVA
Tibbiy buyumlar
ROʻYXATI
I. Tibbiyot bogʻlov materiallari:
1. Tibbiyot dokasi, shu jumladan paxta matoli va toʻqilgan;
(8-pozitsiya Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 20-martdagi 114-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2809-1, 20.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 10/20/2809-1/0355-son)
9. Tibbiyot plastirlari (mahkamlovchi yoki davolovchi);
10. Tibbiyot yelimlari;
11. Sorbentlar va gemostatik kukunlar;
12. Tibbiyot tayoqchalari.
II. Tibbiyot tikuv materiallari:
13. Tibbiyotda qoʻllaniladigan iplar (soʻriladigan yoki soʻrilmaydigan, ignali yoki ignasiz);
14. Jarrohlik tikuv skobalari va klipsalari.
III. Teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan tibbiy buyumlar:
15. Bir marotaba qoʻllaniladigan inyeksion shpritslar;
16. Infuzion nasos uchun shpritslar;
17. Tana boʻshliqlariga suyuqlik yuborish uchun qoʻllaniladigan shpritslar;
18. Jane shpritslari;
19. Drenaj uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar;
20. Tibbiyotda qoʻllash uchun moʻljallangan ignalar;
21. Infuzion, transfuzion, eksfuzion sistemalar;
22. Qon olish hamda qon va uning komponentalarini saqlash uchun konteynerlar;
23. Shprits-ruchkalar;
24. Kanyula va kateterlar;
25. Zondlar;
26. Skarifikatorlar, lansetlar.
IV. Angiografiya, angioplastika, dializ, gemodializ, plazmoferez, sunʼiy qon aylanishida qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar:
27. Oksigenatorlar, dializatorlar, rentgenvaskulyar, tomir ichi muolajalari hamda angioplastika tibbiy buyumlari, gemokonsentratorlar, stentlar, fistulalar, magistrallar, oʻtkazgichlar, transdyuserlar va introdyuserlar, naylar, plazmofiltrlar;
31. Nometall va metallokeramika tish protezlari uchun farfor massalar;
32. Sunʼiy tishlar;
33. Stomatologik yordamchi materiallar: tish qoplamalari, koronkalar uchun gilzalar, mumlar, laklar, silliqlovchi vositalar, tish protezlarini mahkamlash vositalari va adgeziv vositalar;
34. Stomatologik tibbiy buyumlar: borlar, bor uchi, frezlar, stomatologik boshchalar, pulpoekstraktorlar, kanal toʻldiruvchilar va uchliklar;
35. Implantologiya va protezlash uchun buyumlar;
36. Metallokeramika, stomatologiyada qoʻllashga moʻljallangan sement;
42. Tish kanallarini plombalashga tayyorlovchi va paradontologiya uchun buyumlar, shu jumladan ildiz kanallarini kengaytirish uchun gellar.
VI. Oftalmologiya tibbiy buyumlari:
43. Tashxis uchun oftalmologik koʻzoynak shishalari toʻplamlari;
44. Kontakt, intraokulyar linzalar (qattiq va yumshoq);
45. Optik sinov linzalari toʻplami va koʻrish qobiliyatini moslovchi buyumlar;
46. Kontakt linzalarni tozalash hamda saqlashga moʻljallangan vositalar;
47. Koʻrish oʻtkirligini tekshirish jadvallari, belgilar, skiaskopik chizgʻichlar;
48. Koʻz jarrohligida qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar (koʻzni namlash uchun moʻljallangan tomchilar va silikon moylar, koʻz shishasi oʻrnini vaqtincha bosuvchi oftalmologik material);
49. Oftalmologik namlash va himoyalash vositalari;
50. Oftalmologik plastika, implantatsiya va protezlash buyumlari.
VII. Akusherlik, ginekologiya va urologiya tibbiy buyumlari:
51. Bir marotaba qoʻllaniladigan polimer qin koʻzgulari;
52. Bachadon halqalari;
53. Sitochoʻtkalar;
54. Ginekologik zondlar;
55. Siydik yoʻli (urologik) stentlari;
56. Ginekologik toʻplamlar;
57. Ekstrakorporal urugʻlantirish, ginekologiya va urologiyada qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar;
58. Vakuum aspiratorlar.
VIII. Otorinolaringologiya tibbiy buyumlari:
59. Shaxsiy ingalyatorlar;
60. Burun aspiratorlari;
61. Quloq va burunni yuvish va namlash uchun moʻljallangan vositalar;
62. Bir marotaba qoʻllaniladigan shpatellar, burun koʻzgulari va quloq voronkalari.
IX. Anesteziologiya va reanimatsiya uchun tibbiy buyumlar:
73. Suyak sinishini davolashda qoʻllaniladigan shinalar va immobilayzerlar;
74. Elektrostimulyatorlar, shu jumladan implantlanuvchi kardiostimulyatorlar;
75. Sunʼiy aʼzolar, sunʼiy tomir protezlari, sunʼiy yamoqlar, sunʼiy yurak klapanlari, endoprotezlar, sunʼiy sut bezlari protezi, sunʼiy suyaklar, suyak toʻqimalari oʻrnini bosuvchi sunʼiy buyumlar, sunʼiy transplantatlar, suyak sementi.
XI. Mahalliy qoʻllash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar:
76. Dori vositasi hisoblanmagan jarohatni bitkazishda qoʻllaniladigan vositalar;
77. Krioterapevtik vositalar;
78. Vaginal namlovchi gellar;
79. Tibbiyot xantali.
XII. Tashxis vositalari:
80. Auskultatsiya va perkussiya uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar;
81. Peshona reflektorlari;
82. Tibbiyot termometrlari;
83. Rentgenografiya va flyuorografiya plyonkalari;
84. Tibbiyot plyonkalarini yorituvchi va mustahkamlovchi buyumlar;
85. Kontakt va ultratovush tashxisi uchun gellar.
XIII. Rezina, rezinamatoli, lateksli va polimer tibbiy buyumlar:
86. Qoʻlqoplar (steril, nosteril);
87. Kompression tibbiyot buyumlari;
88. Korrektorlar, fiksatorlar;
89. Jgutlar.
XIV. Kontratseptivlar:
90. Spirallar, prezervativlar;
91. Homiladorlikdan saqlovchi qalpoqchalar.
XV. Birinchi tibbiy yordam buyumlari:
92. Dori qutilari, sanitar sumkalar (sanitar sumkalar tarkibidagi dori vositalari yoki tibbiy buyumlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart);
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-sonli “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
93. Kislorod uchun ballonchalar va yostiqlar.
XVI. Bemorlarni parvarishlash tibbiy buyumlari:
94. Taglik chambarak;
95. Ichi boʻsh rezina buyumlar (grelkalar, muz pufakchalari, sprinsovkalar);
96. Siydik va najas qabul qilgichlar;
97. Tuvaklar;
98. Buyraksimon tibbiyot lotoklari;
99. Tibbiyot pipetkalari;
100. Sut soʻrib olgichlar;
101. Uchliklar;
102. Applikatorlar.
XVII. in vitro tashxis buyumlari:
103. Reagentlar va reagentlar toʻplami;
104. Test-sistemalar;
105. Ekspress testlar, indikator sistemalari;
106. Polimer zanjir reaksiyasi tahlili uchun reagentlar toʻplami, shu jumladan DNK/RNK ajratib olish, amplifikatsiya, deteksiya va elektroforez toʻplamlari;
107. Nazorat va standart materiallari;
108. Ozuqa muhitlari.
Izoh:
Mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etiladi.
Mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar alohida toʻplam holatida, tibbiy texnikaning sarf qismi sifatida yoki tibbiy texnikaning toʻplami tarkibida boʻlishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 341-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 10/20/2809-1/0355-son)