toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash boʻyicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar boʻlishiga qaramasdan tashxis qoʻyish va davolash standartlarida koʻzda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
eng ilgʻor xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarini qayta koʻrib chiqish jadvalini ikki hafta muddatda tasdiqlasin, bunda uch oy muddatda tashxis qoʻyish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlari tasdiqlanishini, shuningdek, zarur hollarda amaldagi tashxis qoʻyish, davolash hamda klinik protokollarni qayta koʻrib chiqishni nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
tashxis qoʻyish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochiq boʻlgan axborot tizimlari orqali oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlasin hamda ularga rioya etilishini qatʼiy nazorat qilsin;
bir oy muddatda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal roʻyxati, shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari roʻyxatini tasdiqlasin, unga zarurat tugʻilganda belgilangan tartibda har yili oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;
yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi uchun litsenziyani bekor qilish shartlari, shuningdek, minimal roʻyxat boʻyicha majburiy talablarni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda Farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasiga qoʻshimchalar kiritsin;
shifokorlarning dori-darmon vositalarini tavsiya etish va dorixonalarda dori-darmon vositalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va unda belgilangan tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini nazarda tutsin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”), Maʼmuriy javbgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 164, 1651-moddalari, Jinoyat kodeksining 1863-moddsi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ular narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
faoliyatining oʻziga xos xususiyatini hisobga olgan holda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishi ustidan nazoratni tashkil etsin hamda uning buzilishi aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish uchun tegishli materiallarni, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish boʻyicha materiallarni litsenziyalovchi organga kiritish;
sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalaga chiqarishga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni kuchaytirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 87-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 19- va 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 307-sonli qarorlari 2017-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-oktabr,
PQ-2647-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 583-modda, 2016-y., 52-son, 599-modda; 2017-y., 7-son, 87-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)