1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-avgust,
662-II-son
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
FERMER XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Ushbu Qonunning maqsadi fermer xoʻjaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 972-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi — fermerdir. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ana shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi. Fermer xoʻjaligi boshligʻining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar]
Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,6 gektarni), sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 30 gektarni, gʻallachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda koʻpi bilan 5 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyiladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi 744-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
6-modda. Fermer xoʻjaligini tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi shu xoʻjalik boshligʻi tomonidan tashkil etiladi, u fermer xoʻjaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
Fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun uning boshligʻi belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.
Qarang: mazkur Qonunning 10, 11-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish]
7-modda. Fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Fermer xoʻjaligi bank muassasasida hisob-kitob varagʻi va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi”ning 2-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi tashkil etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonunga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi, shuningdek roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Fermer xoʻjaligining ustavi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining namunaviy ustaviga.
9-modda. Fermer xoʻjaligi ustavining mazmuni
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
III. FERMER XOʻJALIKLARI YURITISH UCHUN YER UCHASTKALARI BERISH. YERDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI
(III boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
10-modda. Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari:
zaxira yerlardan;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan;
(10-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari boʻylab joylashgan yer uchastkalari fermer xoʻjaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bogʻlari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) koʻpaytirish, oʻtlatish va boqish bilan bogʻliq boʻlgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yoʻnalishdagi fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 441-son qarori bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
11-modda. Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi
Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari oʻtkazilgan tanlov yakunlariga koʻra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori boʻyicha beriladi.
Tuman hokimining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi boʻlgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xoʻjaligiga yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
13-modda. Yerdan foydalanish
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xoʻjaligi tomonidan garovga qoʻyilishi mumkin.
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xoʻjaligi qayta tashkil etilgan taqdirda, agar yer uchastkasining boʻlinishi natijasida yangi tashkil topgan yer uchastkalarining oʻlchami ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan eng kam oʻlchamlardan kam boʻlmasa, boʻlinishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Yer uchastkasining oʻlchami va chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtadi.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1115-moddasiga (“Dehqon xoʻjaligi yer uchastkasiga egalik qilish huquqini meros qilib olish”) qarang.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi oʻqishga qabul qilingan, saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini oʻzining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga koʻra ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin.
(13-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xoʻjaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxoʻri ega boʻladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382—385-moddalariga qarang.
Fermer xoʻjaliklarining suv isteʼmoli ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
IV. FERMER XOʻJALIGINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI HAMDA MOL-MULKI
16-modda. Fermer xoʻjaligining huquqlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Fermer xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:
berilgan yer uchastkasida oʻz ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz);
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
elektr energiyasi, yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlarning, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv xoʻjaligi xizmatlari, texnik va boshqa xizmatlar koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzish;
(16-modda birinchi qismining yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
tadbirkorlik faoliyatidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olgan daromadlarini (foydasini), bank muassasasidagi oʻzining hisobvaraqlarida boʻlgan pul mablagʻlarini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish;
kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol-mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni taʼmirlash;
ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
fan-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligi:
yer uchastkasidan qonun hujjatlarida va ijaraga olish shartnomasida koʻrsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlashi;
ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini koʻrishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishi;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan eʼtiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlashi;
suv resurslaridan suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;
mazkur fermer xoʻjaligi aʼzo boʻlgan suv isteʼmolchilari uyushmasi balansida turgan sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, oʻz xodimlari, shu jumladan fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi;
(17-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi oʻlchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi;
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashi;
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan muhofaza qilinishini taʼminlashi shart
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonunuga muvofiq sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Fermer xoʻjaligi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Pul, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xoʻjaligining ustav fondiga qoʻshiladigan hissa boʻlishi mumkin. Bunda fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritiladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
Agar fermer xoʻjaligining ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi oʻz oila aʼzolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni fermer xoʻjaligiga topshirayotgan boʻlsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi”ning IV bobi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
19-modda. Fermer xoʻjaligining mulk huquqi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
Fermer xoʻjaligining mulk huquqi davlat himoyasidadir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Binolar, inshootlar, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollar, parrandalarga, yetishtirgan mahsulotiga, qishloq xoʻjalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek fermer xoʻjaligining balansidagi boshqa mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi fermer xoʻjaligiga qarashlidir.
Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul va moddiy mablagʻlari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlar, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
(19-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Fermer xoʻjaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida oʻz mablagʻlari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonunga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
20-modda. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob varagʻidan mablagʻlarni faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.
21-modda. Fermer xoʻjaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish
Fermer xoʻjaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
Fermer xoʻjaligi oʻz ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15, 324—339, 985, 989 va 990-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasiga qarang.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
Fermer xoʻjaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
23-modda. Fermer xoʻjaligidagi mehnat
Fermer xoʻjaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrda 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomaga qarang.
Fermer xoʻjaligidagi ish tartibi xoʻjalik boshligʻi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xoʻjaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xoʻjalik boshligʻi tomonidan tashkil etiladi.
Fermer xoʻjaligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash taraflarning kelishuviga koʻra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-329-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
Fermer xoʻjaligining boshligʻi va xodimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
24-modda. Mahsulotni fermer xoʻjaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining V-boʻlimiga (“Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik”) qarang.
Fermer xoʻjaligi yetishtirayotgan mahsulotning eksportga yetkazib berilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25-modda. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish boʻyicha uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiydir.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi OʻRQ-533-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
26-modda. Fermer xoʻjaligini kreditlash va sugʻurtalash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
Fermer xoʻjaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini olish uchun uzoq muddatli kreditlash hamda uning joriy ishlab chiqarish faoliyatini qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Fermer xoʻjaligini imtiyozli kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xoʻjaligi oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlarining, koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirgan mahsulotining, xom ashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sugʻurta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) oladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Fermer xoʻjaligining foydasi soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin fermer xoʻjaligi boshligʻining tasarrufiga oʻtadi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
28-modda. Fermer xoʻjaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1781, 26.03.2008-y.).
VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
29-modda. Fermer xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Davlat fermer xoʻjaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Davlat organlari fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishlari shart.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
(29-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari boʻlmagan hududda fermer xoʻjaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni (yoʻllar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurishni, suv bilan taʼminlashni, gazlashtirishni, telefonlashtirishni, radiolashtirishni, yer tuzishni, yerlarni melioratsiyalashni) amalga oshiradilar;
fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam koʻrsatadilar;
(29-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashadilar;
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;
fermer xoʻjaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga koʻmaklashadilar;
(29-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
qishloq xoʻjalik ekinlarining navli urugʻlik hamda koʻchatlari, organik va mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona oʻtlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati koʻrsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek texnikaviy xizmat koʻrsatadilar;
qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga koʻmaklashadilar;
zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek omixta yem sotib olishda koʻmaklashadilar;
fermer xoʻjaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar;
(29-modda uchinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda koʻmaklashadilar;
noqishloq xoʻjalik yoʻnalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermerlarni ragʻbatlantiradilar
konsalting, axborot yoʻsinidagi va boshqa xil xizmatlar koʻrsatadilar.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari fermer xoʻjaliklariga ham tatbiq etiladi.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-mayda 232-son “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
30-modda. Fermer xoʻjaligi faoliyatini tekshirish cheklanganligi
Fermer xoʻjaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar boʻlgan, shuningdek yagona yer soligʻi oʻz vaqtida toʻlanmagan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta amalga oshiriladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ushbu moddada koʻrsatilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
(30-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ–26-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
31-modda. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish
Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qoʻyilganda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
32-modda. Fermer xoʻjaligini tugatish asoslari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganda;
(32-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda;
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
fermer xoʻjaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etib, xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxoʻr boʻlmasa;
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yoki yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan fermer xoʻjaligi yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanmaganida, xususan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekkanida yer uchastkasini olib qoʻyish zarurati boʻlgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinsa, shuningdek Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan.
(32-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi OʻRQ-533-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Fermer xoʻjaligi:
fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga binoan;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan;
moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
35-modda. Fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha javobgarlik
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xoʻjaligining boshligʻi fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi.