toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, sugʻurta tashkilotlariga va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarga 2-ilovaga muvofiq kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun masʼuliyat yuklanishi belgilab qoʻyilsin.
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining, shuningdek ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyati ular kichik biznes, xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga qanchalik samarali koʻmaklashayotganliklariga qarab baholanishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Loyihalarni tanlab olish tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar berish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijiy kreditlardan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tijorat banklariga yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
27-may 1998-y.,
232-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.

Organning nomi‎

Kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi ‎

‎‎Kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash.
‎Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish:
‎investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish.
‎Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini ishlab chiqish.
‎Investitsiya loyihalarini va takliflarini mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatishni taʼminlash.
‎Mablagʻ bilan taʼminlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish. ‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari‎

‎Kichik biznes subyektlari uchun mahalliy soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilash.
‎Kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish.
‎Kichik biznes korxonalari uchun turar-joy boʻlmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qoʻyish. ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmak berish.
‎Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam koʻrsatish.
‎Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
‎Tadbirkorlarga keng xizmat turlarini koʻrsatish, jumladan axborot taʼminoti va konsultativ yordam berish, Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida axborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish.
‎Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan xalqaro huquq va normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
‎Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish. Tadbirkorlik faoliyati uchun taʼlim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar oʻqishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlash.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka banki”, “Mikrokreditbank”, kredit beruvchi va kredit liniyalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari‎

Kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb etish.
‎Oʻz mablagʻlari va jalb qilingan kredit resurslari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish.
‎Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish.
‎Kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Keng koʻlamda bank xizmatlari koʻrsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar).‎‎

Budjetdan tashqari jamgʻarmalar ‎

‎‎Kichik biznes subyektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish.
‎Kichik korxonalarning ustav kapitalida qatnashish.
‎Maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatish shaklida texnik yordam koʻrsatish.
‎Infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashish.
‎Olinadigan kreditlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish.‎‎

“Kafolat”, ‎“Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyalari va boshqalar‎

‎‎Kichik biznes subyektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish.
‎Kreditlar olish, shu jumladan, xorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur boʻlgan sugʻurta kafolatlari berish. ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Qoʻshma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiyalari toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda koʻmaklashish. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi‎

‎‎Kichik tadbirkorlik subyektlariga ularning soliqlarni toʻgʻri hisoblashida va buxgalteriya hisobini yuritishida yordam koʻrsatish.
‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son
Farmonining kichik biznes subyektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni asossiz ravishda koʻp martalab tekshirishlar tufayli korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalgʻitilishiga yoʻl qoʻymaslikka oid qismida qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

‎‎Yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat roʻyxatidan oʻtkazishning tegishli raqamini berish.
‎Kichik biznes subyektlari boʻyicha davlat statistika hisobotini yuritish.
‎Tashkiliy-huquqiy shakllari va hududlar hamda tarmoqlar boʻyicha kichik biznes korxonalarini tashkil etish, tugatish dinamikasini ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda tahlil qilish.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ‎

‎‎Tijorat banklarida kichik biznes subyektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naq pul tushumi sifatida kichik biznes korxonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash.
‎Kichik biznes korxonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi‎

‎‎Adliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik tadbirkorlik masalalariga oid meʼyoriy hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
‎Qonunchilikning, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikni, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning raqobat toʻgʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi 232-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
2. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlashning ustuvor huquqiga:
— eksportga moʻljallangan mahsulotlar;
— qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash boʻyicha;
— mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar;
— kundalik ehtiyojdagi xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiya loyihalari ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar kichik biznes subyektlari: kichik firmalarga, kichik korxonalarga beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
4. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash tadbirkorlik subyekti tanloviga koʻra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit olish uchun zarur boʻlgan texnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning toʻliq paketini ishlab chiqish va tanlab olish boʻyicha xizmatlarning toʻliq kompleksini taqdim etish:
— namunaviy loyihalar boʻyicha — “Oʻzinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
— yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha — “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
6. Loyihani ekspertiza qilish, tanlov oʻtkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
II. NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILADIGAN INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN XORIJIY KREDITLARNI BERISH
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xorijiy kredit liniyalari boʻyicha kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Namunaviy loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
xarid qilinadigan asbob-uskunalarning texnik-iqtisodiy parametrlari;
asbob-uskunalardan foydalanish shartlari;
loyiha samaradorligini baholash;
loyihani qarzga olingan mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash va qarzni uzishning asosiy shartlari.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar toʻgʻrisidagi axborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) oʻtkazish shartlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi yoki kichik biznes subyektlariga yetkazadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi (kichik tadbirkorlik subyekti) loyiha maqsadini koʻrsatgan holda oʻz buyurtmanomasini yoki oʻzi tanlagan namunaviy loyihani xorijiy kredit liniyasi berilgan vakolatli bank boʻlinmasiga beradi. Buyurtmanomaga bank belgilagan talablarga muvofiq kreditni taʼminlash boʻyicha hujjatlar paketi ilova qilinadi.
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kredit olishga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va tender gʻolibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega boʻlgan vakillari kiradi:
vakolatli bank (ikki ovozga ega);
Oldingi tahrirga qarang.
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash hududiy markazlari;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta agentliklari (“Oʻzbekinvest”, “OʻzinvestAIG”, “OʻzAIG”, “Oʻzagrosugʻurta”);
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
boshqa manfaatdor tashkilotlar.
(11-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
12. Vakolatli bank manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
a) tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi;
b) kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlashning texnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi;
v) eksport xulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
13. Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning gʻolibini eʼlon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli xulosani beradi.
14. Tanlov komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan xulosa bankning kredit qoʻmitasi koʻrib chiqishi va kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
15. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar toʻliq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
17. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan mulkini sugʻurtalash, mazkur Tartibning 11-bandida koʻrsatilgan sugʻurta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
III. YAKKA TARTIBDAGI LOYIHALARNI ISHLAB CHIQISH
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kichik tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi loyihani mablagʻ bilan taʼminlashni olish istagida u tegishli buyurtmanoma bilan “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasiga yoki banklarda tashkil etilgan, xorijiy kredit liniyalarga xizmat koʻrsatuvchi injiniring kompaniyalariga texnik-iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqish, biznes-reja va xorijiy bankning kredit liniyasiga kiritish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida murojaat qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
19. Hujjatlarning toʻliq paketini tayyorlash tugagach “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi (tegishli injiniring kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi:
a) kreditorlarning barcha talablarini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan xulosa;
b) tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega boʻlgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslar bilan;
v) korxonaning tavsiyanomani tayyorlash paytida tuzilgan texnik pasporti.
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga ularni bankka joʻnatishda quyidagilar ilova qilinishi kerak:
shakllangan ustav kapitalining miqdori toʻgʻrisida xizmat koʻrsatadigan bankdan koʻchirma;
Oldingi tahrirga qarang.
garov shartnomasi nusxasi, agar u talab qilinsa;
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta polislari nusxalari.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
20. “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injiniring kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash boʻyicha xizmatlari qiymati kichik biznes subyekti xohishiga koʻra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin.
21. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasida (tegishli injiniring kompaniyasida) hujjatlar toʻliq paketi tayyorlashgacha boʻlgan eng koʻp muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
22. Imkoniyatga ega boʻlgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida koʻrib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1998-y., 5-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda, 24-son, 240-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 249-modda, 24-son, 219-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda, 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda, 37-son, 485-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son,27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)