toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24 va 242-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 14-bandi, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23 maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamchi ijaraga berganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish, ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar (zaruratga ko‘ra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tayyorlaydi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yish choralarini ko‘radi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni ixtisoslashtirish yo‘nalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha loyiha tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lovlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga yo‘naltiriladi hamda ularning alohida hisobi yuritiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘lar qat’iy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli hududda qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sug‘orish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sug‘orish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi so‘ngi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega bo‘lish uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizom 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 09/23/137/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish materiallarini tayyorlash, tashkil etish, unda ishtirok etish, elektron onlayn-auksion savdo g‘olibini aniqlash va natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda g‘olibning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 32-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Belgilansinki, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga berish (boshqa shaxsga o‘tkazish) ko‘chmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish tartibida amalga oshiriladi va notarial tartibda tasdiqlanadi.
Adliya vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish (ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish) yuzasidan notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar tomonidan quyidagilar inobatga olinishini kat’iy ta’minlasin:
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazish;
ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazuvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, bunda yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan bo‘lsa, besh yil davomida foydalangan bo‘lishi shartligi;
ochiq elektron tanlov natijasiga ko‘ra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni bir yo‘la to‘lagan bo‘lishi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha notarial idoraga murojaat qilish, bitimni rasmiylashtirish, yer uchastkasini boshqa shaxsga qayta ijaraga berish hamda yerni ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan davriga rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi to‘g‘risidagi nizom 33-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilish, yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 34-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-noyabr,
709-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024 yil 23 maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
3-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan agrosanoat klasterlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga ijaraga berilgan yer uchastkalariga hamda yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylaridagi yerlarga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining harbiy qismlari, harbiy ta’lim muassasalari, tashkilotlariga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno);
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan va ular tomonidan foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
3. Quyidagi yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga berilmaydi:
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari berilgan yer uchastkalari (Yer kodeksning 243-moddasiga muvofiq vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin);
jamoa bog‘dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun berilgan yer uchastkalari;
investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berilib, foydalanishga kiritilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari.
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylaridagi yerlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va (yoki) chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik faoliyatini yuritish maqsadlarida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanish uchun berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
ikkilamchi ijaraga beruvchi — ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan subyektlar;
ikkilamchi ijaraga oluvchi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga beruvchidan oladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yer uchastkalari (sug‘oriladigan va lalmi haydalma yerlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik mevali-rezavor dov-daraxtlar, tokzorlar va boshqa daraxtlar band bo‘lgan yerlar, yaylov va pichanzorlar);
oraliq ekish — ekin maydonlarini asosiy ekinlardan bo‘shagandan keyin hamda bog‘-tok qator oralariga ekin ekib vaqtincha foydalanish;
foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari — investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida nazarda tutilgan talablar asosida foydalanishga (irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, yangidan barpo etish, mevali ko‘chatlar ekish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish va boshqalar) kiritilgan yer uchastkalari;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanishga berish to‘g‘risida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni hisobga olish reyestri;
Oldingi tahrirga qarang.
Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning yagona nuqtasi;
operator — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
5. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) beriladi.
Agar qonunchilikda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish ikkilamchi ijaraga beruvchining yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylaridagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va (yoki) chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik faoliyatini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) muddati ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchining (keyingi o‘rinlarda — taraflar) kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Mazkur muddat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
7. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomalari vakolatli organ tomonidan elektron axborot tizimi orqali ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi yo‘nalishlar orqali amalga oshiriladi:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi o‘rtasida yozma qog‘oz hujjat shaklida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish;
b) Agroportalda tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash va elektron shartnomalarni rasmiylashtirish, ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Agroportal orqali murojaat qilish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Ikkilamchi ijaraga oluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, to‘lov undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ikkilamchi ijaraga berish uchun ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi o‘rtasida yozma qog‘oz hujjat shaklida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organga ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan murojaat qilinadi.
Bunda davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi (yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmatlari yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
72. Ikkilamchi ijaraga berish uchun Agroportalda tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash va elektron shartnomalarni rasmiylashtirish, ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini amalga oshirish uchun yer uchastkasining o‘lchamidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan to‘lov amalga oshiriladi. Bunda undirilgan to‘lovlar quyidagicha taqsimlanadi:
10 foizi — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — Agroportalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun operatorning shaxsiy hisobvarag‘iga.
73. Ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri Yer kadastriga doir axborot hisoblanadi.
(71 — 73-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Ikkilamchi ijaraga berish bo‘yicha yerlarni belgilash, shartnoma tuzish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylaridagi yerlar ikkilamchi ijaraga ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga beruvchining tashabbusi bilan ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligiga ko‘ra faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida beriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Ikkilamchi ijaraga beruvchi:
o‘ziga tegishli yer uchastkasini to‘liq yoki bir qismini ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Agroportalga joylashtiradi, bunda:
yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (so‘mda) belgilaydi;
avtomatik tarzda shakllantiriladigan ikkilamchi ijara shartnomasini bir tomonlama elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
82. Ikkilamchi ijaraga oluvchi:
ikkilamchi ijaraga beriladigan va Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda bir tomonlama imzolangan ikkilamchi ijara shartnomasini ko‘rib chiqadi;
yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasi shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda, o‘zining shaxsiy kabineti orqali shaxsiy hisobvarag‘ini tegishli mablag‘ bilan (so‘mda) to‘ldiradi;
ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
83. Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi va uni ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan imzolangan ikkilamchi ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ikkilamchi ijara shartnomalari reyestriga kiritish uchun o‘zaro hamkorlik orqali ijaraga oluvchi tomonidan vakolatli organga yuboriladi.
(81 — 83-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylaridagi yerlar ikkilamchi ijaraga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
10. Shartnoma ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi o‘rtasida yozma shaklda, qog‘oz yoki elektron hujjat shaklida tuziladi.
Qog‘oz shaklidagi shartnoma kamida 4 nusxada tuziladi.
Taraflar shartnomani tuzishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining o‘lchami, kontur raqami va yer turi, joylashgan joyi (geografik koordinatalari), manzili, tuproqning ball boniteti, suv bilan ta’minlanganlik darajasi, yillik ijara narxi, ikkilamchi ijara muddati taraflarning kelishuviga asosan Agroportalning “Ikkilamchi ijara” bo‘limidagi namunaviy shartnomada aks ettiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ikkilamchi ijara shartnomasi ikkilamchi ijaraga oluvchining davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali uch ish kuni ichida yuborgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi murojaatiga asosan vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Vakolatli organ murojaatni ko‘rib chiqishda qo‘shimcha zarur ma’lumotlarni idoralararo axborot tizimlari orqali o‘zaro hamkorlik qilish asosida oladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
13. Taqdim etilgan murojaat va shartnoma vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.
Vakolatli organ shartnomani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi yoki asoslantirilgan xulosa bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli organ ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shartnomani Agroportalning “Ikkilamchi ijara” bo‘limida aks ettiradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
14. Quyidagi hollarda shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi:
murojaat vakolatsiz shaxs tomonidan imzolangan yoki umuman imzolanmagan taqdirda;
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lmaganda;
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan tegishli huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmaganda;
ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov amalga oshirilmaganda;
qonunchilikka muvofiq ko‘rsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mumkin bo‘lmaganda.
Xulosada rad etish asoslari aniq ko‘rsatilishi shart.
Mazkur bandda ko‘rsatilmagan boshqa holatlar asosida shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakolatli organ qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
15. Vakolatli organ yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi haqida taraflarni bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
16. Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikkilamchi ijaraga beruvchi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ikki ish kuni ichida shartnomada ko‘rsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchiga foydalanish uchun berishi, mazkur holat taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Taraflarning kelishuviga ko‘ra, ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilash va uni ajratib berish uchun geodeziya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
3-bob. Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishning alohida xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
17. Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining faqat foydalanishga kiritilgan qismi davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yoxud Agroportal orqali ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
18. Yer uchastkalarining foydalanishga kiritilganligi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining xulosasi asosida aniqlanadi.
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining foydalanishga kiritilganligini besh ish kunida joyiga chiqqan holda monitoring qiladi.
19. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning foydalanishga kiritilganligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
davlat-xususiy sheriklik bitimi yuzasidan davlat sherigining xususiy sherik tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish bo‘yicha bajarilgan majburiyatlarini to‘liq qabul qilib olganligi;
investitsiya shartnomasida qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishga kiritish bo‘yicha majburiyatlar investor tomonidan to‘liq bajarilganligi.
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarining foydalanishga kiritilgunga qadar bo‘lgan holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida taqqoslash orqali tahlil qiladi.
20. Monitoring yakuni bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlanadi.
Xulosada quyidagilar ko‘rsatiladi:
investitsiya shartnomasi (yoki davlat-xususiy sheriklik bitim) tuzilgan sana va raqam;
investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida foydalanishdan chiqqan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish bilan bog‘liq tadbirlar, ularning bajarilganlik darajasi;
foydalanishga kiritilgan yer uchastkasining huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari;
belgilangan yer uchastkalarining investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq foydalanishga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi.
Monitoring jarayoni foto (video) qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etiladi.
Xulosaga davlat sherigining xususiy sherik tomonidan bajarilgan majburiyatlar to‘liq qabul qilib olinganligi yoki investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlari hamda foto (video) tasvirlar ilova qilinadi.
21. Monitoring yakuni bo‘yicha ijobiy xulosa qabul qilinganda yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berganlik uchun to‘lovlar
22. Ikkilamchi ijaraga oluvchi yer uchastkasining ikkilamchi ijara haqi uchun to‘lovlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq bo‘ylaridagi yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun ijara haqi 1 so‘m miqdorida belgilanadi.
(22-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ikkilamchi ijara haqi miqdori yerlarning ball boniteti, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari, yer uchastkasining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, taraflarning kelishuvi asosida erkin belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
24. Ikkilamchi ijara haqi ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining bankdagi hisobvarag‘iga naqd yoki naqd pulsiz shaklda, elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda yoxud taraflarning kelishuviga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullarda to‘lanishi mumkin.
5-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish
25. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qonunchilikda belgilangan tartibda kiritiladi.
Shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
26. Shartnoma taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yoki sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Agar qonunchilikda va shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining muddatidan oldin bekor qilish shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs

1. O‘z tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligi bilan yozma qog‘oz shaklida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasini tuzadi.

2. O‘z tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida:

o‘ziga tegishli yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Agroportalga joylashtiradi;

yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (so‘mda) belgilaydi;

ikkilamchi ijara shartnomasini bir tomonlama elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs

1. Yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi hamda to‘lovni amalga oshiradi.

2. Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi va ikkilamchi ijara shartnomasini ko‘rib chiqadi;

shaxsiy hisobvarag‘ini mablag‘ bilan (so‘mda) to‘ldiradi;

ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.

3. Ikkilamchi ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ikkilamchi ijara shartnomalar reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga elektron shaklda murojaat qiladi.

Shartnoma imzolangandan keyin 3 ish kuni ichida

3-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

1. Yer uchastkasining ikkilamchi ijarasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

a) ikkilamchi ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish;

b) ikkilamchi ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish.

3 ish kuni ichida

2. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi haqida davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs

1. Yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilaydi va uni ajratib beradi.

2. Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.

O‘zaro kelishuv asosida 2 ish kuni ichida yoki shartnomada belgilangan muddatda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1.

F.I.O.:

2.

Pasport (ID-karta) ma’lumotlari (seriyasi va raqami):

3.

JSHSHIR:

4.

Telefon raqami:

5.

Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1.

To‘liq nomi:

2.

STIR:

3.

Telefon raqami:

4.

Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

Arizada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar:

Ikkilamchi ijara shartnomasi imzolangan sana va raqami:

Ko‘chmas mulk obyekti turi:

Ikkilamchi ijaraga olinayotgan yer uchastkasining o‘lchami:

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq:

Izoh. Arizaga ikkilamchi ijara shartnomasi ilova qilinadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
31-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega bo‘lish uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega bo‘lish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqqan holda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda — qo‘shimcha to‘lovlar) hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomda qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish va sarflash bo‘yicha belgilangan talablar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lovlarning Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan qismiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
2. Qo‘shimcha to‘lovlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti hamda Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Qo‘shimcha to‘lovlarning hisobi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq yuritiladi.
2-bob. Qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tanlovda ijara huquqini yutib olish uchun ko‘proq ball to‘plash maqsadida ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olingan qo‘shimcha to‘lovlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ijara davri muddatiga teng taqsimlangan holda to‘lanadi hamda ushbu to‘lovlarning 50 foizi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga va qolgan 50 foizi tegishli tuman (shahar) budjetiga yo‘naltiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
4. Qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir tuman (shahar) uchun daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Qo‘shimcha to‘lovlarning hisobi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va (yoki) tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq boshqa vakolatli organlar tomonidan yuritiladi.
5. Qo‘shimcha to‘lovlar sarflanishini nazorat qilib borish uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifidan kelib chiqib, har bir tarmoq xarajatlari alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarda yuritiladi.
3-bob. Qo‘shimcha to‘lovlarni undirish muddatlarini belgilash tartibi
6. Ijara davri muddatiga teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash grafigi (keyingi o‘rinlarda — to‘lash grafigi) ochiq elektron tanlov natijalari bo‘yicha eng yuqori ballga ega bo‘lgan talabgor (keyingi o‘rinlarda — tanlov g‘olibi) va tuman (shahar) hokimligi o‘rtasida tuziladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasiga ilova qilinadi.
Qo‘shimcha to‘lovlar tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tanlov g‘olibi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olish huquqiga ega bo‘lish uchun zimmasiga olingan qo‘shimcha to‘lovning dastlabki to‘lov sifatida operator maxsus hisobvarag‘iga to‘langan hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga va tuman (shahar) mahalliy budjetiga o‘tkazib berilgan 5 foiz qismi inobatga olinadi va qo‘shimcha to‘lov summasidan kamaytiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
7. Qo‘shimcha to‘lovlarning bir kalendar yili uchun hisoblangan miqdori to‘lash grafigiga muvofiq tanlov g‘olibi tomonidan to‘lanadi.
To‘lash grafigida qo‘shimcha to‘lovlarning har bir kalendar yili uchun hisoblangan miqdori hisobot yilida 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi nazarda tutiladi.
Bunda qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash grafigida belgilangan muddatdan oldin ham to‘lanishi mumkin.
Qo‘shimcha to‘lovlar ijara davri muddatiga bo‘lib to‘langanda, qolgan summa to‘lov amalga oshirilgan sanadagi normativ qiymatni o‘tgan yildagi yer normativ qiymatiga nisbatan o‘zgarish koeffitsiyentini ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
8. Qo‘shimcha to‘lovlar tanlov g‘olibi tomonidan to‘lash grafigida belgilangan muddatda to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan taqdirda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va (yoki) tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq boshqa vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda undirish choralari ko‘riladi.
4-bob. Qo‘shimcha to‘lovlarni sarflash tartibi
9. Qo‘shimcha to‘lovlar qat’iy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli tuman (shahar)da qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sug‘orish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun tuman (shahar) hokimi qaroriga muvofiq yo‘naltiriladi.
Tuman (shahar) hokimi qarorining loyihalari tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limlari va tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan tayyorlanadi.
Bunda tuman (shahar) hokimining qarori qo‘shimcha to‘lovlardan tuman (shahar) budjetiga haqiqatda kelib tushgan mablag‘lar doirasida qabul qilinadi.
10. Tuman (shahar) hokimining qabul qilingan qarori tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritiladi.
11. Tuman (shahar) budjetida jamlangan mablag‘larning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda boshqa tuman (shahar) budjetiga o‘tkazilishiga yoki qayta taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sug‘orish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng so‘ngi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini bajarish bo‘yicha xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritish, shuningdek, ular yuzasidan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xarajatlarni amalga oshirish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Qo‘shimcha to‘lovlarning ikki yil davomida to‘lash grafigida belgilangan muddatda to‘lanmasligi yoki to‘liq to‘lanmasligi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi birinchi qismining 9-bandiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
14. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganda, tanlov g‘olibining qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega bo‘lish uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish maqsadida axborot tizimida har bir tuman (shahar) uchun daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochadi.

Belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

Tanlovda ijara huquqini yutib olish uchun ko‘proq ball to‘plash maqsadida belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan qo‘shimcha to‘lovlarni ixtiyoriy ravishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining ijara davri muddatiga teng taqsimlangan holda to‘laydi.

15-aprel va 15-oktabrga qadar

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

1. Qo‘shimcha to‘lovlardan tuman (shahar) budjetiga haqiqatda kelib tushgan mablag‘lar doirasida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun qarorlarni qabul qiladi.

2. Tuman (shahar) hokimining qabul qilingan qarorini tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.

Belgilangan tartibda

4-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Tuman (shahar) hokimi tomonidan qabul qilingan qarorni tasdiqlaydi.

Belgilangan tartibda

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

Qabul qilingan qaror asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiradi.

Belgilangan tartibda

(31-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 09/23/137/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
32-ILOVA
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari:
a) o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish;
b) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish uchun tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“E-ijara” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-ijara” AT) — yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) — yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish va o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan axborot tizimi;
vakolatli tashkilotlar — yer tuzish loyihasini kelishadigan tashkilotlar — Qishloq xo‘jaligi vazirligi (yer uchastkasidan foydalanish maqsadi va ixtisosligi bo‘yicha), Suv xo‘jaligi vazirligi (suv ta’minoti, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari bo‘yicha), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari bo‘yicha) hududiy bo‘linmalari;
yer tuzish loyihasi — yagona mavze bo‘yicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, yer uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar to‘plami;
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlang‘ich narxi — savdoga qo‘yilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun ushbu yer uchastkasining normativ qiymati bo‘yicha aniqlangan narxi;
zakalat — ishtirokchi tomonidan elektron onlayn-auksion savdoda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida oldindan kiritiladigan mablag‘;
Oldingi tahrirga qarang.
ijaraga beruvchi — tuman (shahar) hokimliklari yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi;
ijrochi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti;
ishtirokchi — elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, belgilangan tartibda ariza bergan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar;
(3-bandning to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
lot — elektron buyurtmaga asosan elektron onlayn-auksion savdoda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun savdo platformasiga qo‘yilgan obyekt;
operator — savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga elektron onlayn-auksion savdolarda ishtirok etish uchun buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistika ma’lumotlarini ko‘rish hamda operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi;
elektron buyurtma — yer uchastkalarini savdo platformasi orqali realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil qilish yuzasidan ijrochi tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;
elektron onlayn-auksion savdo — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga obyektni realizatsiya qilish bo‘yicha narxni oshirib borish tamoyili asosida onlayn tartibda o‘tkaziladigan savdo shakli;
elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo.
4. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada belgilangan tartib-taomillari bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
5. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari:
a) dehqon xo‘jaliklariga — O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddat va o‘lchamda ijaraga beriladi;
b) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddatlarda va o‘lchamlarda ijaraga beriladi;
v) agrosanoat klasterlari, shu jumladan, kooperatsiya shaklidagi klasterlarga — O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddat va o‘lchamda ijaraga beriladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari talablariga asosan ijtimoiy daftarga kiritilganlar, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlari ro‘yxatiga kiritilgan talabgorlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasida hamda “E-ijara” ATda alohida toifa (kategoriya) ochiladi.
2-bob. Elektron onlayn-auksion savdoni o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi yer uchastkalari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni ijrochiga “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan kunning o‘zida yuboradi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
yer uchastkasini elektron xaritada ko‘rsatish uchun yer uchastkasining kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema);
mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (izoh ko‘rinishida). Bunda davlat kadastrini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimida ma’lumotlarning to‘liqligiga javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ijrochi uch ish kuni ichida yer uchastkasi to‘g‘risida “E-ijara” AT orqali yuklab olingan ma’lumotlarni joyiga chiqqan holda o‘rganadi va yer uchastkasining haqiqiy holatidan (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisoslashgani, suv bilan ta’minlanganlik darajasi hamda irrigatsiya va melioratsiya tizimining holati, ball-boniteti, sho‘rlanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar) kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda yer uchastkasining ixtisoslashuvini va dehqon xo‘jaligi uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini ko‘rib chiqadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Ijrochi elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yilayotgan yer uchastkasi bo‘yicha ushbu Nizomning 5-bandida bayon etilgan qishloq xo‘jaligi maqsadlari va o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-ijara” ATda avtomatik tarzda o‘ziga xos raqam beriladi. Bunda har bir lot bitta yer uchastkasidan iborat bo‘ladi.
Bitta yaxlit konturdagi bir nechta lotlar uchun umumlashgan yagona yer tuzish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bunda ijrochi tomonidan har bir lotning buyurtmasiga yer uchastkasini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlar kiritiladi.
9. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligidan olingan dastlabki formatlarda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga quyidagi ma’lumotlardan tashkil topgan yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun 3 ish kuni ichida ijaraga beruvchiga “E-ijara” AT orqali yuboradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda), toifasi va normativ qiymati hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi ma’lumot;
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
v) yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi elektron xaritasidan ko‘chirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili;
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
d) yer maydonidagi tuproqning amaldagi ball bonitirovkasi hamda u aniqlangan sana va ko‘rsatkichi.
(9-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari, o‘rganilgan vaqti;
j) almashlab ekish tavsiya etiladigan asosiy va takroriy ekin turlari;
z) suv bilan ta’minlash usullari, davlat tomonidan kafolatlanadigan yillik suv yetkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi;
i) dala chetida (muhofaza zonasidan tashqari) 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suvni tejaydigan texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasi (mavjud bo‘lganida).
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan “e” — “i” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjud bo‘lgan holatlarda qo‘shimcha ravishda davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan ham kelishiladi.
10. “E-ijara” ATga yer tuzish loyihasi joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
a) vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
“E-ijara” ATda qabul qilingan tegishli qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan belgi qo‘yiladi;
kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi;
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi ko‘rsatiladi;
qonunchilik hujjatlari normalariga zid bo‘lgan sabablar ko‘rsatilmagan holda rad etish yoki kelishmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi;
belgilangan muddatda yer tuzish loyihasi kelishilmasligi natijasida kelib chiqqan huquqiy oqibatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga javobgarlik choralari qo‘llaniladi;
Kadastr agentligiga kelishish uchun ma’lumotlar elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
b) ijaraga beruvchi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-ijara” AT orqali ijrochiga yuboradi, bunda:
ijaraga beruvchi elektron onlayn-auksion savdoga ijaraga berish huquqi qo‘yilayotgan yer uchastkasi yer tuzish loyihasini unga tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin, boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihasi tasdiqlangan hisoblanadi.
11. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga qayta kiritadi.
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.
12. Ijaraga beruvchi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi.
Bunda yer tuzish loyihasi asosida qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish huquqi uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtma “E-ijara” AT orqali avtomatik tarzda operatorga yuboriladi.
13. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi hamda elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi bilan imzolanadigan ijara shartnomasi bir tomonlama ijaraga beruvchi tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
Ijara shartnomasida yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish bo‘yicha to‘lovlar va yer uchastkasining ijara haqini to‘lash tartibi alohida aks ettiriladi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari lotlarga bo‘lingan konturning yaxlitligini ta’minlagan holda, bir xil turdagi mahsulot ekish bo‘yicha yer tuzish loyihasi bilan birga yuboriladigan buyurtmalarga asosan elektron onlayn-auksion savdolarga chiqariladi.
14. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-ijara” AT orqali ijrochiga qaytaradi.
15. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos bo‘lgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida to‘liq bartaraf etib, takroran buyurtmani “E-ijara” AT orqali operatorga yuboradi.
3-bob. Elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Operator buyurtmani olgan kundan ikki ish kunidan kechiktirmay, elektron onlayn auksion savdo o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani savdo platformasida e’lon qiladi. Bunda:
elektron onlayn auksion savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomalar savdolar o‘tkazilishidan besh kalendar kuni va takroriy savdolarda bir kalendar kuni oldin e’lon qilinadi;
takroriy savdolarda bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda e’lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;
sotilmagan lot narxi har takroriy savdoda 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
17. Elektron onlayn-auksion savdo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ikki yoki undan ortiq lotlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdoda g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga faqat bitta yer uchastkasi uchun bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdo natijalari bekor qilinadi hamda bekor qilingan lotlar bo‘yicha zakalat puli ishtirokchiga qaytariladi.
Dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
4-bob. Elektron onlayn-auksion savdo natijalarini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Lot bo‘yicha taklif etilgan eng yuqori ijaraga olish qiymati 15 ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi tomonidan to‘langandan so‘ng unga operator tomonidan bir ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo natijalari to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun shakllantirilgan zakalat puli miqdori qo‘shib hisoblanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi belgilangan muddatda lot qiymatini to‘lamasa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) va (yoki) ijaraga olish shartnomasini imzolamasa, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda ish yuritiladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi jismoniy shaxs bo‘lsa, mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan muddatda o‘zining yagona ta’sischiligida tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni shaxsiy kabineti orqali savdo platformasiga kiritadi.
Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining ma’lumotlari (JSHSHIR, manzili) savdo platformasi orqali Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga real vaqt rejimida yuboriladi va Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga va reyestrdan ko‘chirma operatorga yuboriladi.
Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir elektron bayonnomada g‘olib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs ko‘rsatiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
191. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali aniqlanadigan yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi shart, bunda:
boshlang‘ich narx yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
sotilmagan lotlar har besh kun ichida lotning narxini 10 foizdan boshlang‘ich narxning 20 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytirgan holda takroriy auksionga chiqariladi.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
20. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi ixtiyoriy ravishda dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan taqdirda, ikki ish kuni ichida dehqon xo‘jaligi sifatida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tadi.
Bunda elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir bayonnomada g‘olib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan ta’sis etilgan dehqon xo‘jaligi ko‘rsatiladi.
21. Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga oid bayonnoma savdo platformasi orqali “E-ijara” ATga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi va ijaraga beruvchi bayonnomaga asosan o‘n ish kuni ichida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
22. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ijrochi tomonidan yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi “E-ijara” ATda elektron axborot almashinuvi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalariga yuboriladi.
23. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
24. Ijrochi elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kunning o‘zida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini hamda elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdan ko‘chirmani elektron onlayn-auksion savdo g‘olibiga “E-ijara” AT orqali yuboradi.
25. Ijrochi uch ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo g‘olibiga yer uchastkasining chegarasini joyida ko‘rsatib beradi va bu haqida tegishli ma’lumotlarni “E-ijara” ATga joylashtiradi.
26. Ishtirokchilarning integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali olinadigan ma’lumotlari haqqoniyligiga, o‘z vaqtida kelmasligi (umuman kelmasligi) yoki mavjud emasligi oqibatida yuzaga keladigan nizolarga operator javobgar hisoblanmaydi.
5-bob. Elektron onlayn-auksion savdodan tushadigan mablag‘larni taqsimlash
27. Elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lar ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, 3 foiz — “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz — Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga). Bunda mazkur mablag‘larning jami miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning hisobvarag‘iga (dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi);
qolgan mablag‘lar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni doirasida taqsimlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
5-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat va monitoring qilish
30. Prokuratura organlari, adliya organlari hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni ushbu Nizom talablariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi. Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “E-ijara” AT orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari ko‘rsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Elektron onlayn-auksion savdo o‘tkazilmagan deb topilganligi sababli lot takroriy elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilganda, boshlang‘ich narx normativ qiymat o‘zgarishi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilinishi talab etilmaydi.
32. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
33. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyekt

Tadbir

Muddat

I. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yish tartibi

1-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi

Tuman (shahar) hokimligi yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — ijaraga beruvchi) nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

Yer uchastkasi tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingandan keyin

2-bosqich

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Ijaraga beruvchi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-ijara” AT orqali yuklab oladi hamda yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini ko‘rib chiqadi.

Bir ish kuni ichida

4-bosqich

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Suv xo‘jaligi vazirligi, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

1. Elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yiladigan yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi va yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

2. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-ijara” AT orqali yuboradi.

21. Ijaraga beriladigan yer uchastkalari bo‘yicha suv bilan ta’minlash usullari, yillik suv yetkazib berish limitlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

22. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalarini aniqlaydi.

3. Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga yuboradi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Uch ish kuni ichida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari,

Taqdim etilgan yer tuzish loyihasini elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.

Ijaraga beruvchi

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdoga qo‘yish to‘g‘risidagi buyurtmani operatorga yuboradi.

Avtomatik tarzda

II. Elektron onlayn-auksion savdoni o‘tkazish tartibi

1-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (keyingi o‘rinlarda — operator

Elektron onlayn-auksion savdoni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma va lot haqidagi ma’lumotlarni, qishloq xo‘jaligi yer uchastkasining ijara shartnomasi loyihasini “E-auksion” elektron savdo platformasida e’lon qiladi.

Ikki ish kuni ichida

2-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxslar

(keyingi o‘rinlarda — ishtirokchi)

Belgilangan zakalat mablag‘larini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi va arizani yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Operator

1. Ishtirokchilar uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etadi.

2. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibini e’lon qiladi va bu haqda g‘olibning shaxsiy kabinetiga, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

III. Elektron onlayn-auksion savdo natijasini rasmiylashtirish va ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

1-bosqich

Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdoda tasdiqlangan narxning dastlabki 15 foizini to‘laydi.

O‘n ish kuni ichida

2-bosqich

Operator

1. Elektron onlayn-auksion savdo natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.

2. Bayonnoma qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi bilan birga elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

3. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi ma’lumotlari (JSHSHIR, manzili) tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi

1. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga va reyestrdan ko‘chirma operatorga yuboriladi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi va ijaraga beruvchi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi.

o‘n ish kuni ichida

5-bosqich

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasini Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmasiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy bo‘linmasi

1. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Reyestrdan ko‘chirmani “E-ijara” AT orqali “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalariga yuboradi.

Ikki ish kuni ichida

7-bosqich

O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Reyestrdan ko‘chirmani elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Real vaqt rejimida

2. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibiga yer uchastkasi chegarasini ko‘rsatib beradi va bu haqidagi ma’lumotni “E-ijara” ATga joylashtiradi.

Uch ish kuni ichida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron
‎onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish huquqi uchun
‎ELEKTRON BUYURTMA

20___ yil “____” __________da ijaraga beruvchi tomonidan tasdiqlangan loyiha bo‘yicha quyidagi yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami __________________________________________;
‎2. Yer uchastkasining maydoni ga ______________________________________________;
‎3. Yer uchastkasi joylashgan joy ______________________________________________ ________________________________________________________________________;
‎4. Belgilangan maqsadi _____________________________________________________;
‎5. Yer toifasi _____________________________________________________________;
‎5.1. Yer turi ______________________________________________________________;
‎6. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibining majburiyatlari
‎________________________________________________________________________;
‎6.1. Ijara muddati ________________________________________________________;
‎6.2. Elektron onlayn-auksion savdo g‘olibiga qo‘yiladigan talablar _________________
‎_______‎_________________________________________________________________;
‎6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _____
‎________________________________________________________________________;
‎7. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmasining manzili va bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) _______________________________________________________________
_______________________________________________________‎_________________;

Buyurtma 20___ yil “____” ____________da taqdim etildi.
“O‘zdaverloyiha” institutining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

__________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
33-ILOVA
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi;
ijaraga oluvchi — yer o‘ziga ijara huquqi asosida biriktirilgan va yer uchastkasi mavjud bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs (fermer xo‘jaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xo‘jaligi va boshqa tadbirkorlik subyektlari);
qayta ijaraga oluvchi — amaldagi ijaraga oluvchidan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (fermer xo‘jaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xo‘jaligi va boshqa tadbirkorlik subyektlari);
UZKAD tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi.
3. Yer uchastkasi qayta ijaraga oluvchiga ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni rasmiylashtirish tartibida o‘tkaziladi (qayta ijaraga beriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
2-bob. Yer uchastkasining ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishga doir asosiy talablar
4. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi qayta ijaraga oluvchiga quyidagi talab asosida o‘tkaziladi (qayta ijaraga beriladi):
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi shart. Ushbu muddat ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab hisoblanadi;
yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalarini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yo‘l qo‘yiladi;
ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra yer uchastkasini ijara muddati bo‘yicha teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni bir yo‘la to‘liq to‘lashi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasi hamda ushbu yer uchastkasi bo‘yicha ijaraga oluvchining o‘z huquq va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda qayta ijaraga oluvchiga o‘tkaziladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijarachining o‘zida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga o‘tkaziladigan yer uchastkalarining maydoni O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 461-moddasida belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi lozim;
yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi o‘rtasida taqsimlash qishloq xo‘jaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sug‘orish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qaroriga asosan oltinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
ijaraga oluvchi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazishda (qayta ijaraga berishda), qayta ijaraga oluvchi yuridik shaxs bo‘lishi talab etiladi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga olgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan muddatiga qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
6. Ijaraga oluvchi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar notarial idoraga (notariusga) taqdim etiladi.
7. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qayta ijaraga berishda notarial idoraga (notariusga) yer uchastkasiga doir quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi;
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (reyestrdan ko‘chirma, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma);
yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi tuzilishiga asos bo‘lgan ochiq elektron tanlov yoki elektron-onlayn auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organlarining qarorlari;
yer uchastkasi qayta o‘lchovdan o‘tkazilib, o‘lchov natijasiga ko‘ra vakolatli organning ijobiy xulosasi (agar mavjud bo‘lsa).
8. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qayta ijaraga berishda, notarius tomonidan qayta ijaraga oluvchiga yer uchastkasini qayta o‘lchovdan o‘tkazish yuzasidan davlat xizmatidan foydalanish hamda vakolatli organning ijobiy xulosasini olish tavsiya etiladi.
Bunda qayta ijaraga oluvchi ushbu taklifni rad etgan taqdirda, yer uchastkasini boshqa shaxsga o‘tkazishga doir notarial tasdiqlanadigan bitimga yer uchastkasining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydoni va amaldagi maydonidan farq qilgan hamda ushbu yer uchastkasida noqonuniy qurilma (lar) qurilgan hollarda, javobgarlikni qayta ijaraga oluvchi o‘z zimmasiga olishi yuzasidan tegishli band kiritiladi.
9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda, notarial idoraga (notariusga) yer uchastkasiga doir quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi;
yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (reyestrdan ko‘chirma, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma);
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi tuzilishiga asos bo‘lgan elektron-onlayn auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma.
3-bob. Qayta ijaraga oluvchining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
10. Yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazishda (qayta ijaraga berishda) yer uchastkasining ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibida o‘tkaziladi.
11. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) yuzasidan notarial tasdiqlangan bitimga muvofiq qayta ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, u shartnoma imzolash uchun berilgan o‘n ish kuni ichida o‘zining yagona ta’sischiligida tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni yoxud dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmani davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tegishli kadastr organiga bevosita yoki elektron shaklda yuboradi.
12. Qayta ijaraga oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi axborot yoki dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmani taqdim etgandan so‘ng kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uch ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Bunda qayta ijaraga oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda, kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga asos hisoblanadi.
13. Kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yer uchastkasining ijaraga oluvchisi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborot (huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
15. Mazkur nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(33-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/6/0023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
34-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha murojaat qilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
ijrochi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar — ijara huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (fermer xo‘jaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda xo‘jalik yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari).
3. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish
4. Ariza beruvchi ixtiyoriy ravishda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron so‘rovnomani to‘ldirgan holda Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tib murojaat qiladi.
5. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining nusxasi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi tuzilishiga asos bo‘lgan ochiq elektron tanlov yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organining qarorlari nusxasi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining boshqa shaxsga qayta ijaraga beriladigan qismi bo‘yicha kontur raqami va o‘lchami haqidagi ma’lumotlar;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar so‘rovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Ariza beruvchi so‘rovnomaga zarur ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, ERI, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda, so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy bo‘linmasiga (keyingi o‘rinlarda — ijrochi) yuboriladi.
Shuningdek, YIDXP orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma avtomatik tarzda ijrochiga yuboriladi.
8. So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi:
1 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
10 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
100 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari;
100 gektardan yuqori bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari.
YIDXP orqali murojaat qilinganda — ushbu bandda keltirilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
9. Undirilgan yig‘imlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning shaxsiy hisobvarag‘iga;
(9-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63,75 foizi — “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvarag‘iga;
(9-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning shaxsiy hisobvarag‘iga;
(9-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63,75 foizi — “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvarag‘iga.
(9-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
10. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
Aynan bitta yer uchastkasi (kontur) bo‘yicha so‘rovnomani takroran ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan so‘rovnomani muqaddam ko‘rsatilmagan boshqa sabablar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar bunday holatlar kuzatilgan taqdirda, ariza beruvchi tegishli yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari ko‘rsatishning har qaysi bosqichida bosh tortish huquqiga ega va bunda so‘rovnoma ko‘rilmasdan qoldiriladi hamda undirilgan yig‘imlar qaytarilmaydi.
13. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash ishlari quyidagi asosiy mezonlarga asosan amalga oshiriladi:
yer uchastkasi bo‘linganidan keyin bo‘lingan har bir yer uchastkasining maydoni O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 461-moddasida belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi lozim;
qishloq xo‘jaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sug‘orish tizimi saqlab qolinishi zarur;
alohida turgan konturlarni qayta xatlov qilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shaklida amalga oshirilishi kerak.
14. Ijrochi so‘rovnoma kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida so‘rovnomada ko‘rsatilgan hududdagi yer maydonini joyga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan mezonlarga asosan yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtiradi va tegishli xulosani olish uchun ushbu hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) yuboradi.
15. Vakolatli organ ijrochi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha rozilik berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.
16. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha salbiy xulosa tayyorlashga asos bo‘ladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan yer maydoni hajmi va amaldagi maydon hajmidan farq qilgan hollarda;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasida noqonuniy qurilma (lar) qurilgani aniqlanganda;
ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan mezonlarga mos kelmaganda.
Vakolatli organ tomonidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha salbiy xulosa tayyorlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha xulosa rasmiylashtirilgan kunning o‘zida avtomatik ravishda elektron shaklda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoida
18. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(xo‘jalik yurituvchi subyektlar)

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

1. So‘rovnomani to‘ldirib ijrochiga yuboradi.

2. To‘ldirilgan so‘rovnomani avtomatik tarzda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — ijrochi) yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Ijrochi

So‘rovnomani ko‘rib chiqib, yer uchastkasini joyiga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazadi va dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda yer tuzish loyihasini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboradi.

Besh ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

Dalolatnoma hamda yer tuzish loyihasiga asosan tegishli xulosani tayyorlaydi.

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani ariza beruvchiga taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Ijrochi

Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani hamda yer tuzish loyihasini ariza beruvchiga elektron shaklda shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida ma’lumotlar

Jismoniy shaxsning:

F.I.O.:

Pasport yoki ID — karta ma’lumotlari (seriyasi va raqami):

JSHSHIR:

Yashash manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

Yuridik shaxsning:

To‘liq nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli:

STIR:

Yuridik manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):

II. Yer uchastkasi haqida ma’lumotlar

Kadastr raqami (yer ijara shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami):

Umumiy yer maydoni (ga):

Kontur(lar) raqami:

Joylashgan joyi (manzil):

III. So‘rovnomaga ilovalar

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining nusxasi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining tuzilishiga asos bo‘lgan ochiq elektron tanlov yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organining qarorlari nusxasi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining bo‘linadigan qismi bo‘yicha kontur raqami va o‘lchami haqidagi ma’lumotlar;

belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar so‘rovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).

Izoh. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilashda yer uchastkasining chegarasini joyiga chiqqan holda qayta o‘lchovdan o‘tkazish hamda yer tuzish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga to‘liq amal qilishimni ma’lum qilaman hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmamga olaman.
Vakolatli organ tomonidan salbiy xulosa berilganda ijaraga olingan yerlarni bo‘lish mumkin emasligi haqida ogohlantirildim.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA

______________________________________________________________ning

(yuridik shaxs nomi)

_____________________________________ga qayta ijaraga berilayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining chegaralarini belgilash bo‘yicha

DALOLATNOMA

202__ yil “___” ________

№ _______

Men _________________ “O‘zdaverloyiha” DILI _________ bo‘linmasi mutaxassisi va ariza beruvchi _____________________________ ishtirokida 2024-yil “____” ___________dagi № YU _______-son so‘rovnomaga asosan _____________ viloyati ______________ tumani _____________ MFY (OFY) hududida joylashgan ________ gektar Y-_________/_______ unikal raqamli yer uchastkasiga qayta aniqlik kiritildi.

Yer maydonini ko‘rsatib berishda quyidagi holatlar aniqlandi:

______________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________

Yer maydonini ko‘rsatib berishda chegaradosh yer uchastkalari chegarasi bilan tanishtirildi.

Mavjud yer maydonini ko‘rsatib berdi: ___________ ________________________________

Yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchi: ___________ ________________________________

(34-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 7 va 8-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son; 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son; 03.04.2023-y., 09/23/137/0186-son; 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son, 31.05.2023-y., 09/23/222/0304-son; 31.07.2023-y., 09/23/320/0544-son; 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son; 06.08.2024-y., 09/24/479/0579-son; 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son; 13.01.2025-y., 09/25/6/0023-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son; 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son; 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son; 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)