1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
2. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2004-yilda 4-ilovaga* muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda:
mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda har bir viloyat va tuman uchun 2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqsinlar, qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor bersinlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
mahalliy xususiyatlardan va mehnat resurslari mavjudligidan kelib chiqqan holda, mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan parametrlarga muvofiq qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishning doimiy monitoringini olib borsinlar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Fermer xo‘jaligi xodimlarini yollash to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma 9-ilovaga muvofiq;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash]
Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga namunaviy shartnoma 11-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
Xizmatlar ko‘rsatishga (ishlarni bajarishga) namunaviy shartnoma 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi hamda Qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturining bajarilishini nazorat qilish Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasiga yuklansin.
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) amaliy monitoring o‘rnatsin va ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarning bajarilishini har chorakda o‘z majlislarida ko‘rib borsin, zaruriyat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga dasturiy chora-tadbirlar va qoidalarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq takliflar kiritsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini televideniyeda va ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha maxsus eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 6-ILOVA
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
1. Fermer xo‘jaligi o‘ziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga ko‘ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2. Fermer xo‘jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo‘lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
3. Fermer xo‘jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lash yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
4. Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
fermer xo‘jaligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
fermer xo‘jaligi joylashgan joy va uning pochta manzili;
fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
ustav fondining miqdori ko‘rsatilishi kerak.
Fermer xo‘jaligining ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
6. Fermer xo‘jaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin hamda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tuman (shahar) hokimligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
II. Fermer xo‘jaligining maqsadi, vazifalari va faoliyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
7. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yo‘li bilan daromad (foyda) olish, o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xo‘jaligining maqsadi hisoblanadi.
8. Fermer xo‘jaligining vazifalari quyidagilardan iborat:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;
mustaqil ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish.
9. Fermer xo‘jaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan o‘z savdo shoxobchalari orqali sotish;
tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
III. Fermer xo‘jaligining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
10. Fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xo‘jaligi xo‘jalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘langan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan o‘z xohishiga ko‘ra iste’molchilarga sotish huquqiga ega bo‘lish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xo‘jaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi o‘zining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablag‘larini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini garovga qo‘yish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni ta’mirlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Fermer xo‘jaligi:
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga;
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishga;
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;
paxta va boshoqli ekinlarni navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishga;
ushbu fermer xo‘jaligi a’zo hisoblangan Suv iste’molchilari uyushmasi balansidagi sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirg‘oq bo‘yi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari]
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi polosalar, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.06 Servitutlar (shuningdek, 11.03.08.07ga qarang)]
yer uchastkasini og‘irlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini ta’minlashga;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilishni ta’minlashga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, o‘z xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni ta’minlashga majburdir.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(11, 12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
IV. Fermer xo‘jaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari
13. Ustavda fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ustav fondi miqdori ko‘rsatiladi. Bunda fermer xo‘jaligining ustav fondiga fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan berilgan arizada ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari majburiy tartibda kiritiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Agar fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xo‘jaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish fermer xo‘jaligi rahbarining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
14. Fermer xo‘jaligi:
o‘ziga qarashli xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
15. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pul mablag‘lari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
16. Fermer xo‘jaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
17. Fermer xo‘jaligining muassisi — fermer uning boshlig‘i hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, tegishli malakaga yoki qishloq xo‘jaligida ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarosi fermer bo‘lishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
18. Fermer xo‘jaligining rahbari:
fermer xo‘jaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi;
fermer xo‘jaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi;
fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ish ko‘radi;
ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek fermer xo‘jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
fermer xo‘jaligi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
daromadni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi;
xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi to‘lanishini ta’minlaydi, mehnatga haq to‘lash miqdorini va moddiy rag‘batlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasi.
fermer xo‘jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.
(VI bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
19. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Yer uchastkasining ijara muddati tamom bo‘lgandan keyin fermer xo‘jaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini cho‘zish) huquqiga egadir.
Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda fermer xo‘jaligining boshlig‘i yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida o‘z oilasi a’zolaridan biriga berishi mumkin”;
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Fermer xo‘jaligi rahbari vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini cho‘zish) huquqi qonun hujjatlariga muvofiq meros bo‘yicha o‘tadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.04 Yer uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish (shuningdek, 03.08.07.05 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.05 Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi]
20. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Yer uchastkalarining o‘lchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyingina o‘zgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.03.00 Hadya]
22. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.21.00 Qishloq xo‘jaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
23. Fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘rniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
24. Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
25. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq yagona yer solig‘i tariqasida undiriladi.
26. Fermer xo‘jaliklarining suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
27. Yer resurslarini, fermer xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
VII. Fermer xo‘jaligida mehnat
28. Fermer xo‘jaligining faoliyati fermerning va mehnat shartnomasi bo‘yicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.19.00 Mehnat shartnomasi tuzishning boshqa masalalari]
29. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan tashkil etiladi.
30. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida to‘lanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Fermer xo‘jaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qo‘shiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va to‘lash]
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni.
VIII. Fermer xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari
32. Fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob raqamidan mablag‘larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
33. Qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g‘alla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni to‘lash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
34. Fermer xo‘jaliklari elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar yetkazib beruvchilar va fermer xo‘jaliklariga xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
IX. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
35. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xo‘jaligining ixtiyoriga o‘tadi.
Fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
36. Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida qo‘shilish, shu jumladan ulush (pay) asosida qo‘shilish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
Fermer xo‘jaligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiy hisoblanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 652-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2018-y., 09/18/652/1702-son)
XI. Fermer xo‘jaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
37. Fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Fermer xo‘jaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat ko‘rsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli bo‘lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.
XII. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
38. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 31 –– 33-moddalari.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
39. Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq elektron tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari ustav fondiga kiritilmaganda;
moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
fermer xo‘jaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etib, xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxo‘r bo‘lmasa;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
fermer xo‘jaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda, bundan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan fermer xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilgan hollar mustasno.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi.
Fermer xo‘jaligini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 09/21/709/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 9-ILOVA
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Fermer xo‘jaligi xodimlarini yollash to‘g‘risida
NAMUNAVIY SHARTNOMA
_______________ tumani
-son
200 ___ yil ________
__________________ (nomi)
fermer xo‘jaligi Ustav asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, keyingi o‘rinlarda
“Ish beruvchi” deb yuritiladigan ____________ orqali bir tomondan va keyingi o‘rinlarda (F.I.O.)
“Xodim” deb yuritiladigan fuqaro _________________ ikkinchi tomondan ushbu shartnomani (F.I.O.)
quyidagilar to‘g‘risida tuzishdi:
1. Xodim ___________
mutaxassisligi bo‘yicha
___________________ (razryad ko‘rsatiladi)
lozimiga qabul qilinadi.
2. Shartnoma ________________________________________________ (asosiy ish bo‘yicha, o‘rindoshlik bo‘yicha)
4. Shartnoma bo‘yicha ishning boshlanishi _________________________________________ (yil, kun, oy)
5. Xodimning majburiyatlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va xo‘jalik Ustavi talablariga, mehnat intizomiga rioya qilish, mehnat majburiyatlarini bajarish;
b) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
6. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) mehnatni tashkil etish va Xodimning mehnatini muhofaza qilish, uni texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat majburiyatlari, jamoa shartnomasi (u qabul qilingan bo‘lsa) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lash;
v) Xodimni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq zarur inventarlar va boshqa muhofaza vositalari bilan ta’minlash;
g) Xodimning mehnat daftarchasini belgilangan tartibda yuritish;
d) qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
7. Ish tartibi:
ish vaqti tartibini fermer xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13-bobi (“Ish vaqti”).
Bunda bir yildagi ish vaqti jami hisoblangan ish vaqtidan, har kungi ishning davom etishi esa 12 soatdan oshishi mumkin emas.
8. Mehnatga haq to‘lash:
a) tomonlar belgilagan ish hajmi bajarilgan taqdirda Xodimga har oy
uchun _____________________________ miqdorida mehnat haqi belgilanadi; (aniq summa ko‘rsatiladi)
b) ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolishlar sababli Xodim uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Bunda mehnatga haq to‘lash bajarilgan ishlar bo‘yicha, lekin Xodimning ilgarigi ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi;
v) Ish beruvchi huquqlar va moliyaviy imkoniyatlar doirasida quyidagi qo‘shimcha to‘lovlarni (ustamalar, mukofotlar, rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlarni) belgilaydi:
________________________________________________________ ________________________________________________________ (qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlarning nomi va miqdori)
g) Xodim bilan kelishuvga ko‘ra mehnatga haq to‘lash ham pul, ham natura tarzida amalga oshirilishi mumkin.
9. Xodimga har yilgi asosiy mehnat ta’tili ____ ish kuni (kamida 15 ish kuni) miqdorida va ____ish kuni miqdorida qo‘shimcha mehnat ta’tili belgilanadi.
10. Xodimga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasi qo‘llanadi.
11. Ish beruvchi mehnat intizomi va ushbu Shartnoma shartlari buzilganligi uchun Xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida ko‘rsatilgan intizomiy tanbeh choralarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasi talablarini bajargan holda qo‘llash huquqiga egadir.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 11-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash]
* Moddiy-texnika resurslarining aniq turiga shartnoma namunasi manfaatdor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
____________________________ (shartnoma tuzilgan joy)
№ ________________________
200___y. “ _____ ” ________________
________________________________________________ asosida ish ko‘ruvchi, (fermer xo‘jaligi ustavi)
keyinchalik “Xo‘jalik” deb yuritiluvchi ________________________________ (fermer xo‘jaligi nomi)
nomidan fermer xo‘jaligi boshlig‘i ___________________________________ (F.I.O.)
bir tomondan, va ___________________________________asosida ish ko‘ruvchi, (ustav, qaror, ishonchnoma)
keyinchalik “Yetkazib beruvchi” deb yuritiluvchi ___________________________ (korxona, tashkilot nomi)
nomidan ish ko‘ruvchi _________________________________________________ (lavozimi, F.I.O.)
ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
I. Shartnoma mavzusi
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha “Yetkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka ____________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda – “Moddiy-texnika resurslari” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xo‘jalik” esa ularni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
“Moddiy-texnika resurslari”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Xo‘jalik”ning huquqlari:
“Yetkazib beruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;
“Moddiy-texnika resurslari” “Xo‘jalik”ning hisobiga transportda tashilganda “Yetkazib beruvchi”dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Yetkazib beruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat, assortimentdagi “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishini talab qilish;
zarur sifatga ega bo‘lmagan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmagan taqdirda o‘z tanlashiga ko‘ra:
— zarur sifatga ega bo‘lmagan “Moddiy-texnika resurslari” shunga o‘xshash “Moddiy-texnika resurslari” bilan almashtirilishini;
— kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xo‘jalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilanishi xarajatlarini qoplashni;
— bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Yetkazib beruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xo‘jalik”ning majburiyatlari:
o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Moddiy-texnika resurslari”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab ___kun mobaynida haq to‘lash.
2.3. “Yetkazib beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oldindan haq to‘lanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xo‘jalikdan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xo‘jalik”dan talab qilish.
2.4. “Yetkazib beruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xo‘jalik”ka “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;
agar “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish jarayonida “Yetkazib beruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Xo‘jalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni __ kun muddatda tekin tuzatib berish.
III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi
3.1. Mazkur shartnomaning bahosi ___________________ so‘mni tashkil etadi. (summa raqamlar va harflar bilan yoziladi)
Yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada ko‘rsatilgan.
3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni “Yetkazib beruvchi” ko‘taradi.
Mahsulot “Xo‘jalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Yetkazib beruvchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham o‘z ichiga olgan holda amaldagi massa bo‘yicha).
3.3. “Xo‘jalik” yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari” turkumi summasining _______ foizi miqdorida oldindan haq to‘laydi. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin ____ kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
3.4. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun _______ yo‘li bilan (hisob-kitob shakli ko‘rsatiladi)
naqd pulsiz tartibda hisob-kitob qilinadi.
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Moddiy-texnika resurslari” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana “Moddiy-texnika resurslari”ga haq to‘lash bo‘yicha “Xo‘jalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xo‘jalik”ning roziligi bilan “Moddiy-texnika resurslari” muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va “Xo‘jalik” tomonidan qabul qilingan “Moddiy-texnika resurslari” uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan “Moddiy-texnika resurslari” hisobiga haq to‘lanadi va ular hisobiga o‘tkaziladi.
4.5. “Xo‘jalik” muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” o‘rnini to‘ldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari”ning o‘rni to‘ldirilishi kerak, bunday “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish “Xo‘jalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi bo‘yicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” bevosita “Xo‘jalik”ning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” miqdori, ularning sifati ko‘rsatiladi.
4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik”ning buyurtmanomasida ko‘rsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Yetkazib beruvchi” Xo‘jaliklarning buyurtmanomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berishning mo‘ljallanayotgan sanasigacha kamida 5 kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Yetkazib beruvchi”ning xodimi “Xo‘jalik”da qoladigan nusxaga sanani ko‘rsatgan holda u qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
4.9. “Xo‘jalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini o‘zgartirishga haqlidir, bu haqda “Yetkazib beruvchi”ni buyurtmanomada ko‘rsatilgan sana boshlanishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Tomonlar o‘rtasida kelishilgan jadval bo‘yicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘laydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar o‘rtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
5.2. Yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari” sifati, miqdori “Yetkazib beruvchi” tomonidan noto‘g‘ri aniqlanishi, ularning qiymati noto‘g‘ri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Yetkazib beruvchi” yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi va hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari “Xo‘jalik”ka noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. Agar yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada bo‘lmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
5.4. “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Yetkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari yetkazib berilishi kerak bo‘lgan “Moddiy-texnika resurslari”ning 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarimadan tashqari, “Yetkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmasligi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.
5.5. “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmagan taqdirda “Yetkazib beruvchi” “Xo‘jalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki to‘liq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.6. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmaganda “Xo‘jalik” “Yetkazib beruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5.7. “Xo‘jalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xo‘jalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Yetkazib beruvchi”ning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi.
“Yetkazib beruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xo‘jalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Yetkazib beruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
(6.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
VII. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
(8.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) “Xo‘jalik” joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
(8.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
200__ yildagi “___”__________dagi ____-son shartnomaga ilova
Mineral o‘g‘itlar yetkazib berish jadvali
№
Mahsulot ning nomi
Davlat standarti, Texnik shartlar
O‘lchov birligi
Bahosi, So‘m
Summa, so‘m
Yetkazib berishning yillik hajmi
Shu jumladan oylar bo‘yicha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Yetkazib beruvchi ________________ (imzo, muhr)
Xo‘jalik ______________________ (imzo, muhr)
200__ yildagi “___”__________dagi ____-son shartnomaga ilova
Neft mahsulotlari yetkazib berish jadvali
№
Mahsulot ning nomi
Davlat standarti, Texnik shartlar
O‘lchov birligi
Bahosi, So‘m
Summa, so‘m
Yetkazib berishning yillik hajmi
Shu jumladan oylar bo‘yicha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Yetkazib beruvchi_______________________ (imzo, muhr)
Xo‘jalik ______________________ (imzo, muhr)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 12-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
* “Xizmat”larning aniq turiga shartnoma namunasi manfaatdor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
____________________________ (shartnoma tuzilgan joy)
№ ________________________
200___y. “ _____ ” ________________
________________________________________________ asosida ish ko‘ruvchi, (fermer xo‘jaligi ustavi)
keyinchalik “Xo‘jalik” deb yuritiluvchi ________________________________ (fermer xo‘jaligi nomi)
nomidan fermer xo‘jaligi boshlig‘i ___________________________________ (F.I.O.)
bir tomondan, va ___________________________________ asosida ish ko‘ruvchi, (ustav, qaror, ishonchnoma)
keyinchalik “Yetkazib beruvchi” deb yuritiluvchi ___________________________ (korxona, tashkilot nomi)
nomidan ish ko‘ruvchi _________________________________________________ (lavozimi, F.I.O.)
ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
I. Shartnoma mavzusi
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka __________________________________________________ (keyingi o‘rinlarda – “Xizmatlar” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xo‘jalik” ushbu “Xizmatlar”ni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
“Xizmatlar”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek ularni ko‘rsatish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Xo‘jalik”ning huquqlari:
“Bajaruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;
“Bajaruvchi”dan “Xizmatlar” “Xo‘jalik”ning hisobiga transportda tashilganda transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Bajaruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan ko‘rsatilishini buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifatga ega bo‘lgan “Xizmatlar” ko‘rsatilishini talab qilish;
zarur sifatga ega bo‘lmagan “Xizmatlar” ko‘rsatilgan taqdirda o‘z tanlashiga ko‘ra:
— zarur sifatga ega bo‘lmagan “Xizmatlar” shunga o‘xshash “Xizmatlar” bilan almashtirilishini;
— “Xizmatlar”ning kamchiliklari bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xo‘jalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilanishi xarajatlarini qoplashni;
— bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Bajaruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xo‘jalik”ning majburiyatlari:
o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Xizmatlar”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab ___kun mobaynida haq to‘lash.
2.3. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun oldindan haq to‘lanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini “Xo‘jalik”dan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xo‘jalik”dan talab qilish.
2.4. “Bajaruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xo‘jalik”ka “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda ko‘rsatish;
agar “Xizmatlar”ni ko‘rsatish jarayonida “Bajaruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Xo‘jalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni __ kun muddatda tekin tuzatib berish.
III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi
3.1. Mazkur shartnomaning bahosi _______________________ so‘mni tashkil etadi. (summa raqamlar va harflar bilan yoziladi)
Yetkazib beriladigan “Xizmatlar”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada ko‘rsatilgan.
3.2. “Xo‘jalik” ko‘rsatiladigan “Xizmatlar” turkumi summasining _______ foizi miqdorida oldindan haq to‘laydi. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin ____ kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
3.3. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun _______________ yo‘li bilan naqd pulsiz tartibda (hisob-kitob shakli ko‘rsatiladi)
hisob-kitob qilinadi.
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Xizmatlar” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana “Xizmatlar”ga haq to‘lash bo‘yicha “Xo‘jalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xo‘jalik”ning roziligi bilan “Xizmatlar” muddatidan oldin ko‘rsatilishi mumkin. “Xo‘jalik” tomonidan ko‘rsatilgan va qabul qilingan “Xizmatlar” uchun keyingi davrlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan “Xizmatlar” hisobiga haq to‘lanadi va ular hisobiga o‘tkaziladi.
4.5. “Xo‘jalik” muddatlar buzilgan holda ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Xizmatlar” ko‘rsatilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi ko‘rsatilmagan “Xizmatlar” o‘rnini to‘ldirish sifatida qaralmaydi va ko‘rsatilmagan “Xizmatlar”ning o‘rni to‘ldirilishi kerak, bunday “Xizmatlar” “Xo‘jalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi bo‘yicha ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” bevosita “Xo‘jalik”ning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada ko‘rsatilgan “Xizmatlar” miqdori, ularning sifati ko‘rsatiladi.
4.8. Shartnomada nazarda tutilgan “Xizmatlar” ko‘rsatilishi mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xo‘jalik”ning buyurtmanomasi ko‘rsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Bajaruvchi” Xo‘jaliklarning buyurtmanomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Xizmatlar”ning tegishli qismlarini ko‘rsatish mo‘ljallanayotgan sanasigacha kamida 5 kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Bajaruvchi”ning xodimi “Xo‘jalik”da qoladigan nusxaga sanani ko‘rsatgan holda u qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
4.9. “Xo‘jalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Xizmatlar”ning tegishli qismlarini ko‘rsatish sanasini o‘zgartirishga haqlidir, bu haqda “Bajaruvchi”ni buyurtmanomada ko‘rsatilgan sana boshlanishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Ko‘rsatilayotgan “Xizmatlar” sifati, miqdori “Bajaruvchi” tomonidan noto‘g‘ri aniqlanishi, ularning qiymati noto‘g‘ri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Bajaruvchi” ko‘rsatilayotgan “Xizmatlar”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi, hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari xo‘jalikka noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.2. Agar ko‘rsatilgan “Xizmatlar”ning sifati, assortimenti, navlari standart, texnik shartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon ko‘rsatilgan, sifati zarur darajada bo‘lmagan “Xizmatlar” qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. “Xizmatlar” ko‘rsatish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan “Xizmatlar”ning 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarimadan tashqari, “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka “Xizmatlar” ko‘rsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.
5.4. Xizmatlar ko‘rsatish kechiktirilgan yoki to‘liq ko‘rsatilmagan taqdirda “Bajaruvchi” “Xo‘jalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi ko‘rsatilmagan “Xizmatlar” qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Xizmatlar” ko‘rsatish muddati kechiktirilishi yoki to‘liq ko‘rsatilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.5. Ko‘rsatilgan “Xizmatlar” uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmaganda “Xo‘jalik” “Bajaruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5.6. “Xo‘jalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xo‘jalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Bajaruvchi”ning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi
“Bajaruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xo‘jalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Bajaruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.7. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
VII. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
(8.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) “Xo‘jalik” joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
(8.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
200__ yildagi “___”__________dagi ____-son shartnomaga ilova
Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) jadvali
№
Mahsulot ning nomi
Davlat standarti, Texnik shartlar
O‘lchov birligi
Bahosi, So‘m
Summa, so‘m
Yetkazib berishning yillik hajmi
Shu jumladan oylar bo‘yicha
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Yetkazib beruvchi ____________________ (imzo, muhr)