1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Birja faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 24-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi 625–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 260–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2014-yil 13-sentabrdagi 178 (6108)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-sentabr,
OʻRQ-375-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Ushbu Qonunning maqsadi birjalarning tashkil etilishi va faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda birjalarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Birja
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
Birja — oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Birjalar faqat aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasi, Oʻzbeksiton Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birjalar oʻz faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi.
Birjaning firma nomida “birja” soʻzi boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbeksiton Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz firma nomida “birja” soʻzidan, undan hosil boʻlgan soʻzlardan va soʻz birikmalaridan foydalanishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(3-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona”gi nizom.
4-modda. Birja ustavi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birja ustavida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili;
birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja ustavida qonunchilikka muvofiq boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbeksiton Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
5-modda. Birjaning boshqaruv organlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Birja aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi birjaning boshqaruv organlaridir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birja aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi birjaning kuzatuv kengashini (bundan buyon matnda birja kengashi deb yuritiladi) saylaydi.
Birja kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
birjani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
birja savdosi qoidalarini tasdiqlash;
birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatib turish, tugatish tartibini tasdiqlash;
birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning miqdorlarini va ularni undirish tartibini belgilash;
aʼzolik badallarining va birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning miqdorini belgilash;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash fondini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini tasdiqlash.
Birja kengashi qonunchilikka va birja ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbeksiton Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-bobi (“Jamiyatning boshqaruv organlari. Minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi”).
Joriy faoliyatga rahbarlik qilish vakolatlari birja ustavida belgilanadigan birjaning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda. Birjaning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birja:
kotirovkalash, arbitraj, listing, nazorat va boshqa birja komissiyalarini tashkil etishga;
agar birja tovarlarining kotirovkalari (narxlari) birja tomonidan belgilangan chegaraviy miqdordan oʻzgarib ketsa, birja savdolarini toʻxtatishga;
qonunchilikka muvofiq tanlov, kimoshdi, koʻrgazma-yarmarka savdolarini, davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda oʻtkazishga;
(6-moddaning birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari hamda boshqa axborot va reklama materiallarini chiqarishga haqli.
Birja qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
Birja:
birja savdolarini tashkil etishi;
birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalashni (ularning narxini belgilashni) amalga oshirishi;
savdo maydonchalarida va seksiyalarda birja savdolari oʻtkazish joyi hamda vaqti toʻgʻrisida birja aʼzolarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishi;
birja aʼzolarining va ular mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilashni, aniqlashtirishni hamda hisobga olishni (kliring), shuningdek bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlar orqali ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi;
birja, birja aʼzolari va ularning mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida hisobini yuritishi;
muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) oʻz rasmiy veb-saytida birja tovarlarining kotirovkalarini (narxlarini) joylashtirishi, shuningdek birja aʼzolarini har bir birja savdosining yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilib borishi shart.
Birjaning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Birja faoliyati tushunchasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birja faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.
8-modda. Birja faoliyatining asosiy prinsiplari
Birja faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
birja savdolarini oʻtkazishning oshkoraligi va ommaviyligi;
Tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-son “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Fond birjalarining faoliyatini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Valyuta birjasi faoliyatini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbeksiton Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 47-moddasi, Oʻzbeksiton Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 23-apreldagi 12/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
10-modda. Birja tovari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan muayyan turdagi va sifatdagi tovar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) birja tovaridir.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
Yer, yer osti boyliklari, suv, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk obyektlari, ishlar va xizmatlar, xususiy belgili ashyolar, koʻchmas mulk, shuningdek qonunchilikka muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari boʻlishi mumkin emas.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-oktabrdagi 493-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” qonunini amalga oshirish xaqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
11-modda. Birja savdolari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovari savdolaridir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja savdolari birjada birja aʼzolarining barchasiga ushbu savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 3380, 22.08.2022-y.).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
12-modda. Birja savdosi qoidalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
birja aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom;
birja aʼzolarining birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi;
tovarlarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berishni amalga oshirish tartibi;
birja bitimlarining turlari;
birja savdolarida muomalada boʻladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish tartibi;
birja savdolarini oʻtkazish tartibi;
birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini roʻyxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari”.
Birja savdosi qoidalarida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Birja aʼzolari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar birja aʼzolaridir.
Birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi birja aʼzosi dilerdir. Birja tovarlari narxlarining, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun oʻz zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan diler market-meykerdir.
Mijozning topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja aʼzosi brokerdir.
Diler va broker vazifalari birjaning bitta aʼzosi tomonidan qoʻshib amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari birja aʼzolari boʻlishi mumkin emas, valyuta birjasi bundan mustasno.
Birja aʼzolari birja savdolarida ularning nomidan birja bitimlari tuzishga vakolatli boʻlgan oʻz xodimlari (treyderlar) orqali ishtirok etadi.
14-modda. Birja aʼzolarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja aʼzolari:
birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish;
birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish;
har bir birja savdosining yakunlari toʻgʻrisida axborot olish huquqiga ega.
Birja aʼzolari qonunchilikka va birja savdosi qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
birjada oʻz faoliyatini qonunchilikka va birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshirishi;
(14-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mijozga uning manfaatlarini koʻzlab tuziladigan birja bitimlari, shuningdek uning topshiriqlari bajarilishi bilan bogʻliq toʻliq axborotni oʻz vaqtida taqdim etishi;
birjaga oʻzlarining birja savdolarida ishtirok etganligi hamda birja bitimlarini tuzganligi bilan bogʻliq toʻliq axborotni oʻz vaqtida taqdim etishi;
mijoz bilan shartnoma tuzayotganda uni birja savdosi qoidalari hamda kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari bilan tanishtirishi;
oʻz hisobidan va mijozning hisobidan tuzilgan birja bitimlarining alohida hisobini yuritishi;
oʻz mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Birja aʼzolarining zimmasida qonunchilikka va birja savdosi qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
15-modda. Birjaning kotirovkalash varagʻi. Tovarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berishni amalga oshirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Dastlabki koʻzdan kechirishni talab etmaydigan, sifat koʻrsatkichlari oʻzgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan, birja savdolariga qoʻyilgan muayyan turdagi tovarlar roʻyxati birjaning kotirovkalash varagʻidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
Tovarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berishni amalga oshirish quyidagi tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi, qimmatli qogʻozlar bundan mustasno:
tovar ishlab chiqaruvchining yoki yetkazib beruvchining tovarni birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;
tovarning ushbu Qonunning 10-moddasi va mazkur moddaning birinchi qismi talablariga muvofiqligini tekshirish;
tovarning likvidliligini baholash;
tovarni birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritish va uni birja aʼzolariga yetkazish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
Qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berishni amalga oshirish (birja listingi) quyidagi tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi:
qimmatli qogʻozlar emitentining oʻz qimmatli qogʻozlarini birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;
qimmatli qogʻozlar emitentining moliyaviy holatini baholash;
qimmatli qogʻozlarning likvidliligini baholash;
qimmatli qogʻozlarni birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritish va uni birja aʼzolariga yetkazish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilgan tovar birja savdolariga qoʻyilgan hisoblanadi.
Chet el valyutasi va davlat qimmatli qogʻozlari birjaning kotirovkalash varagʻiga tovarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berishni amalga oshirish va birja listingi tartib-taomilisiz kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
16-modda. Birja bitimlari va ularning turlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja bitimi birja tomonidan roʻyxatga olingan, birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan birja tovariga doir oldi-sotdi shartnomasidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birjada birja bitimlari, shu jumladan:
birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (spot);
birja tovarlarining ularni kechiktirib yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (forvardlar);
birja tovarini yetkazib berishni (yetkazib berish fyuchersi) yoki birja tovarini yetkazib bermagan holda bitim taraflari oʻrtasida pul hisob-kitoblari amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi bitimlari (fyucherslar);
birja tovarlarini yoki hosila moliyaviy vositalarni (derivativlarni) kelgusida sotib olish yoxud sotish huquqi bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi bitimlari (opsionlar);
valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni muayyan muddat oʻtgach, avvaldan belgilangan valyuta kursi boʻyicha amalga oshirish sharti bilan tuziladigan valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar (valyuta svoplari);
qimmatli qogʻozlarni muayyan muddat oʻtgach, avvaldan belgilangan narx boʻyicha qayta sotib olish sharti bilan tuziladigan qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi bitimlari (repo) tuzilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birjada qonunchilikka muvofiq boshqa birja bitimlari ham tuzilishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja bitimi toʻgʻrisidagi axborot (birja tovarining nomi, soni, kotirovkasi (narxi), birja bitimi tuzilgan sana bundan mustasno) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin emas. Birja bitimi toʻgʻrisidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, surishtiruv va tergov organlariga esa, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.
Birja bitimining mazmuni haqidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(16-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbeksiton Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi va “Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat” qoidalari (roʻyxat raqami 2038, 06.11.2009-y.).
Birja bitimi toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga qonunchilikka muvofiq oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi.
(16-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
17-modda. Birja savdolarini oʻtkazish va birja tovarini kotirovkalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja savdolari birja aʼzolari tomonidan berilgan buyurtmalar asosida, birja savdosi qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Birja tovarini kotirovkalash birja savdolarida birja tovarining birja narxini belgilash maqsadida avtomatik rejimda, birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Birja savdolari yakunlariga koʻra olingan qimmatli qogʻozlarning, davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno, birja narxi mazkur qimmatli qogʻozlarning birja savdolari sanasidagi bozor narxidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbeksiton Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
18-modda. Birja bitimini roʻyxatdan oʻtkazish va rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birja bitimini roʻyxatdan oʻtkazish va rasmiylashtirish birja savdolari natijalari boʻyicha yozma yoki elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlarga doir birja bitimlarini yozma ravishda rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Birja bitimlari notarial tartibda tasdiqlanmaydi.
19-modda. Tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun quyidagilar orqali shart-sharoitlar yaratadi:
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
agar birja bitimi shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, birja tovarlarini yetkazib berishni nazorat qilishni va hisobga olishni amalga oshirish;
pul mablagʻlarini va birja tovarlarini oldindan deponentga qoʻyishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni belgilash;
birja savdosi qoidalariga va birja bitimlari boʻyicha majburiyatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Birja bankrot deb topilgan taqdirda, birja aʼzolarining va ular mijozlarining birja hisobvaraqlaridagi mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi hamda birja aʼzolariga va ularning mijozlariga ularning birja bitimi boʻyicha majburiyatlari bajarilganidan keyin qaytarilishi lozim.
Birjaning majburiyatlari boʻyicha undiruvni birja aʼzolarining va ular mijozlarining mol-mulkiga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Birja aʼzolarining mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, birja bitimi boʻyicha majburiyatlarni bajarish tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash fondining pulli va qaytarib berish asosida birja aʼzolariga taqdim etiladigan mablagʻlari orqali taʼminlanishi mumkin.
Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun qonunchilikka muvofiq boshqa shart-sharoitlarni ham yaratishi mumkin.
(19-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Birja faoliyatini amalga oshirishdagi cheklovlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
ishlab chiqarish, savdo, savdo-vositachilik faoliyatini bevosita amalga oshirishga, shuningdek birja faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa yuridik shaxslarning muassisi (aksiyadori) boʻlishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
birja aʼzolarining va ular mijozlarining pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga, qonunchilikda va birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(20-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birjada:
birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilmagan birja tovarlarini muomalaga kiritishga;
birja aʼzolarining narxlarning sunʼiy ravishda oʻzgartirilishiga yoki qatʼiy qilib qoʻyilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan kelishilgan xatti-harakatlariga;
bozor konyunkturasini sunʼiy ravishda oʻzgartirishga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan notoʻgʻri va ataylab yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishga;
birja savdolari oʻtkazilmagan holda birja aʼzolari oʻrtasida tuzilgan birja tovariga taalluqli bitimlarni birja tomonidan roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Birja faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.04.00 Birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1794-moddasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 38-son, 481-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)