toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-sonli “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish, hamda davlat mulki obyektlarini sotishda keng foydalaniladigan xalqaro amaliyotni joriy etish va fond bozoriga aholining keng qatlamlarini jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari boshqaruv organlarining aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga xalqaro amaliyotiga muvofiq birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini sinov asosida oʻtkazish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
2. Tasdiqlansin:
1-ilovaga muvofiq aksiyalari birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazish yoʻli bilan sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati;
2-ilovaga muvofiq Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom.
3. Belgilansinki:
aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazish yoʻli bilan aksiyalarning taklifi narxi tashkilotchi tomonidan belgilanadi;
ushbu qaror doirasida sotiladigan 1-ilovada koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bir shaxs tomonidan (anderrayterdan tashqari) sotib olinganida, uning soni jami sotilayotgan aksiyalarning 0,05 foizidan oshmasligi kerak;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6 oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 279-son qarorining amal qilishi davlat aksiya paketlarini ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish yoʻli bilan fond birjasida sotishga, shuningdek ularning qiymatini aniqlashga tatbiq etilmaydi;
aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflari yordamida sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun arizalarni yigʻish koʻrsatilgan IPO yoki SPOni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan tashkilotchi yoki tashkilotchilar guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
tashkilotchiga tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma asosida aksiyalarni taqsimlash uchun investorlarni tanlash, shuningdek investorlar tomonidan aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflari doirasida sotib olingan aksiyalarni sotishni taqiqlash muddatini belgilash huquqi beriladi;
aksiyalarni IPO va SPO yordamida taqsimlash aksiyalarga boʻlgan talab va takliflardan kelib chiqqan holda tashkilotchi tomonidan belgilanadigan yagona narx asosida amalga oshiriladi.
4. Davlat raqobat qoʻmitasi:
“Toshkent” respublika fond birjasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda “Toshkent” Respublika fond birjasida qimmatli qogʻozlarning birja savdolari qoidalarini mazkur qarorga muvofiq moslashtirishni taʼminlasin;
zarurat tugʻilganda Vazirlar Mahkamasiga aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritsin;
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sinov tariqasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish yakunlari boʻyicha 2018-yil 1-iyulga qadar ushbu tartibni boshqa aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mohiyati va mazmunining keng yoritilishi va tushuntirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-may,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-son qaroriga
1-ILOVA
Aksiyalari birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi yoʻli bilan sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI*

T/r

Aksiyadorlik jamiyati nomi

Aksiyalarning ommaviy taklifi tashabbuskori 

Aksiyalarning ommaviy taklifi tashkilotchisi

Sotish shakli

1.

“Kvars” AJ

“Kvars” AJ

TIF milliy banki

IPO

3.

 “Qoʻkon mexanika zavodi” AJ

“Oʻzneftegazmash” AK

TIF milliy banki

SPO

* 10 protsentov ot ustavnogo kapitala
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-son qaroriga
2-ILOVA
Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom fond birjasida aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat ulushi kamaytirilgan davlat ulushiga ega boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻtkaziladigan SPO yoʻli bilan amalga oshiriladigan davlat aksiyalarini ommaviy taklifi hollariga, shuningdek, IPO yoʻli bilan amalga oshiriladigan qoʻshimcha aksiyalarga ochiq obuna boʻlish hollariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar (davlatdan tashqari) ushbu Nizomni oʻz aksiyalarini IPO yoki SPO yoʻli bilan ommaviy taklif etishda qoʻllashlari mumkin.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
birlamchi (IPO) ommaviy taklif — bu aksiyadorlik jamiyati (IPO tashabbuskori) tomonidan investorlar cheklanmagan doirasi oʻrtasida qoʻshimcha aksiyalarni fond birjasida joylashtirish;
ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif — aksiyador (SPO tashabbuskori) tomonidan oʻz aksiyalarini fond birjasida cheklanmagan doiradagi investorlarga sotilishi;
aksiyalarni ommaviy taklifi tashkilotchisi (tashkilotchi) — investitsiya vositachisi yoki tijorat banki yoxud anderrayting faoliyatini amalga oshiruvchi hamda aksiyalarni ommaviy taklifini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi sugʻurta qiluvchi;
obuna kampaniyasi — investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish yoʻli bilan aksiyalarni sotib olish toʻgʻrisidagi arizalarni yigʻishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, ularda aksiyadorlik jamiyati, uning faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari, aksiyalarni ommaviy taklif etish shartlari va investorlar arizalarini yigʻish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etiladi;
aksiyadorlik jamiyatini dastlabki oʻrganishinvestitsiya obyektini mustaqil baholashni, uning moliyaviy holatini va bozordagi holatini har tomonlama oʻrganishni, shuningdek investitsiya risklarini baholashni nazarda tutadigan investitsiya obyekti — aksiyadorlik jamiyati toʻgʻrisida obyektiv tasavvurni shakllantirish tartiboti.
4. IPOni oʻtkazish uchun aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining vakolatli organi qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish va tashkilotchi bilan IPOni tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5. SPOni oʻtkazish tashkilotchi tomonidan SPO tashabbuskori bilan tuzilgan SPOni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
6. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan IPO va SPO oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar fond birjasi qoidalari bilan belgilanadi.
2 bob. Aksiyadorlik jamiyatini dastlabki oʻrganish va narx diapazonini aniqlash
7. Tashkilotchi IPO yoki SPOni amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatini dastlabki oʻrganishni oʻtkazadi, oʻrganish davomida auditorlik, baholash, konsalting va sugʻurta tashkilotlari, banklar va boshqa ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
8. IPO yoki SPOni oʻtkazishda aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlik jamiyatini dastlabki oʻrganishni oʻtkazish, zarur materiallarni tayyorlash va ularni investorlarga taqdim etish uchun tashkilotchiga zarur maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etadi.
9. Tashkilotchi tomonidan aksiyadorlik jamiyatini dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra aksiyalarni sotib olishga arizalarni yigʻish uchun aksiyalar taklifi narxlarining diapazoni aniqlanadi.
10. IPO va SPOni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar, agar ular oʻrtasidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilotchi tomonidan keyinchalik IPO yoki SPO tashabbuskori tomonidan aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ularni qoplash bilan qoplanadi.
3-bob. Obuna kampaniyasini oʻtkazish va aksiyalarni sotish tartibi
11. Obuna kampaniyasi tashkilotchi tomonidan respublikaning har bir hududida oʻtkaziladi, uning davomiyligi, odatda, quyidagi sanadan boshlab 180 kundan kam boʻlmagan muddatni tashkil etadi:
IPOni oʻtkazish uchun aksiyalar chiqariluvi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan;
tashabbuskor va tashkilotchi oʻrtasida SPOni oʻtkazish uchun shartnoma tuzilgan sanadan.
12. Obuna kampaniyasini oʻtkazishda tashkilotchi tomonidan aksiyalarni sotib olishga arizalarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ularning tartibi fond birjasi tomonidan belgilanadi.
13. Aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish orqali sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun arizalarni yigʻish koʻrsatilgan IPO yoki SPOni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan tashkilotchi yoki tashkilotchilar guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Investor ilgari berilgan arizani aksiyalar sonini va ulush narxini koʻpaytirish yoki kamaytirish qismida oʻzgartirishga yoxud ilgari berilgan arizani fond birjasida aksiyalarni sotish sanasigacha bir kundan kechiktirmay kiritilgan mablagʻlarni qaytarish bilan bekor qilishga haqli.
Bunda, qonunchilik bilan oʻtkaziladigan IPO va SPO doirasida bitta investor tomonidan sotib olish uchun aksiyalar soniga cheklov nazarda tutilishi mumkin.
15. IPO va SPO yoʻli bilan aksiyalar taklifining narxi tashkilotchi tomonidan belgilanadi.
16. Arizalar qanoatlantirilmagan taqdirda, investorlarning pul mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitimlar roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kun ichida ularga qaytarilishi shart.
17. IPO va SPO yoʻli bilan sotiladigan aksiyalarning joylashtirilmagan qismi, agar IPO yoki SPO tashabbuskori oʻrtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tashkilotchi tomonidan, odatda, fond birjasi tomonidan belgilanadigan kotirovka narxi boʻyicha sotib olinadi.
18. IPO va SPOni oʻtkazishda maʼlumotlarni oshkor qilish qonunchilik va birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. IPO va SPO mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tavsiya etilgan sxemalar boʻyicha oʻtkaziladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
20. Aksiyalarga narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun aksiyadorlik jamiyati, agar ular oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tashkilotchiga yoki boshqa shaxsga nominal qiymati boʻyicha yopiq obuna boʻyicha joylashtirilgan aksiyalarni (odatda ustav kapitalining 0,5 foizi) qoʻshimcha chiqaruvini amalga oshirishi mumkin.
21. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar
Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Aksiyalarni birlamchi (IPO) ommaviy takliflarini oʻtkazishning
TAVSIYA ETILGAN SXEMASI
Eslatma: tadbirlar va ularni bajarish muddatlari IPO tashabbuskori bilan kelishilgan holda tashkilotchi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Aksiyalarni ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflarini oʻtkazishning
TAVSIYA ETILGAN SXEMASI
Eslatma: tadbirlar va ularni bajarish muddatlari SPO tashabbuskori bilan kelishilgan holda tashkilotchi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.