1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
[TSZ:
1.Moliya / Birja faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” Qonunini amalga oshirish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” Qonunini amalga oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida 1992-yil 2-iyuldagi 626-XI-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
1. Birja tovari boʻlishi mumkin boʻlmagan mol-mulklar, milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlarining ilova qilinayotgan roʻyxati tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
1992-yil 1-noyabrgacha taʼsis hujjatlari “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan yoki uning qoidalarini buzadigan birjalarga nisbatan ularning faoliyatini toʻxtatishga yoki ularni tugatishga qadar tegishli taʼsir choralarini koʻrsin;
ikki hafta muddat ichida, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim qilish uchun, Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini koʻrsatilgan qonun bilan muvofiqlashtirish toʻgʻrisida takliflarni taqdim etsin;
birjalarni davlat roʻyxatiga olish chogʻida olinadigan belgilangan pul miqdori toʻgʻrisida taklif kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birjalarning ustav fondlarini indeksatsiyalashni amalga oshirsin, bunda pul mablagʻlari indeksatsiyalanmasligini, asosiy fondlar esa Vazirlar Mahkamasining “Asosiy fondlar qiymatini amaldagi narxlar boʻyicha qayta hisoblab chiqish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 18-iyundagi 293-son qarori talablariga muvofiq qayta baholanishini hisobga olsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 26-oktabr,
493-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-oktabrdagi 493-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birja tovari boʻlishi mumkin boʻlmagan mol-mulklar milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlarining ROʻYXATI
1. Yer, yer osti boyliklari, suv va boshqa tabiiy resurslar.
2. Qimmatbaho va nodir yer metallari va ulardan boʻlgan buyumlar.
3. Qimmatbaho toshlar va ulardan boʻlgan yoki ular ishlatigan buyumlar.
4. Strategik materiallar va raketa yoqilgʻisining maxsus turlari.
5. Qurol-yarogʻlar, ularning oʻq-dorilari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va ularning asboblari, agar ular boshqa tarmoqlarda ishlatilmaydigan boʻlsa, portlovchi moddalar, portlatish vositalari, porox, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalar harbiylashtirilgan tashkilotlarning shaxsiy tarkibi uchun maxsus qurol yarogʻ hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun meʼyoriy-texnik hujjatlar.
6. Raketa-kosmik komplekslar, harbiy maqsadlardagi aloqa va boshqaruv tizimlari hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun meʼyoriy-texnik hujjatlar.
7. Jangovar zaharlovchi moddalar, ulardan himoyalanish vositalari hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun meʼyoriy-texnik hujjatlar.
8. Uran, boshqa boʻlinuvchi materiallar va ulardan boʻlgan buyumlar.
9. Rentgen asbob-uskunalari, radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalanib tayyorlangan asboblar va qurilmalar.
10. Shifrlash texnikasi hamda uni ishlab chiqarish va undan foydalanish uchun meʼyoriy-texnik hujjatlar.
11. Radioaktiv materiallarning chiqindilari.
12. Portlovchi moddalarning chiqindilari.
13. Tarkibida qimmatbaho va nodir yer metallari hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan chiqindilar.
14. Fuqaroviy va xizmat quroli turlari va uning oʻq-dorilari.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
15. Zaharlar, narkotik moddalar va farmakologik preparatlar.
16. Davlat muzeylari va suratlar galereyalaridagi barcha davrlarga tegishli sanʼatning barcha turlaridagi badiiy asarlar.
17. Davlat kutubxonalari va arxivlaridagi qoʻlyozmalar, hujjatlar, matbaa mahsulotlari, kino va fotomateriallar.
18. Tarixiy, ilmiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan asarlar va buyumlar.
19. Barcha mamlakatlar va xalqlarning 1945-yilgacha boʻlgan meʼmorchilik fragmentlari, haykallar, rasmlar, grafika*.
20. Devoriy surat va barcha turlardagi koshinkor buyumlar, shuningdek, ularning fragmentlari.
21. 1945-yilgacha yogʻochga, metallga, suyakka, qogʻozga va boshqa materiallarga ishlangan miniatura*.
22. Arxeologik materiallar va ularning fragmentlari.
23. Ikonalar va diniy marosim buyumlari.
24. Barcha davrlarga mansub oltindan, platinadan, tabiiy qimmatbaho toshlarda kumushdan tayyorlangan nodir buyumlar.
25. Fil va morj suyaklaridan tayyorlangan nodir buyumlar.
26. 1960-yilgacha qimmatbaho va noqimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar va tangalarning kolleksiyalari, qogʻoz pullar*.
27. Mamlakat va chet el ordenlari va koʻkrakka taqiladigan nishonlar.
28. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan badiiy roʻzgʻor va ilmiy asboblar va anjomlar (soatlar, barometrlar, tarozilar, durbinlar va boshqalar).
29. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan chinni, fayans, keramika, sirlangan shisha, billur, biser, tosh, shox, teri, bronza, mis, emal va boshqa materiallardan boʻlgan badiiy buyumlar*.
30. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan badiiy kiyim-kechak va poyafzal, shu jumladan xalq kiyim-kechaklari va poyabzallar, yetakchi korxonalarda ishlab chiqarilgan roʻmollar va sholroʻmollar, gazlamalardan boʻlgan noyob buyumlar*.
32. 1945-yilgacha tayyorlangan qoʻlda ishlangan shpalerlar gobelenlar, gilamlar va gilamdoʻzlik buyumlari, qoʻlda toʻqilgan matolar, qoʻlda tikilgan badiiy kashtalar*.
33. 1945-yilgacha tayyorlangan xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari*.